January 8

Witness.

Tanishtiruv

By:Mizumi

Janr:Detiktiv, triller dorama

Bosh rollarda: Namjin (Namjoon x Jin).

Kim Namjoon (RM)

Kasbi: Seul politsiya boshqarmasining eng yosh va eng xavfli detektivi.

Xarakteri: Sovuqqon, o‘ta aqlli (IQ 148) va qonun-qoidalarga qat'iy amal qiluvchi shaxs. Uning hayoti faqat jinoyatchilarni tutish va dalillar bilan ishlashdan iborat. U hissiyotlarga berilmaydi, lekin Jinni uchratgach, uning "mukammal" tartibi buziladi.

Kim Seokjin (Jin)

Kasbi: Mashhur restoran bosh oshpazi va oziq-ovqat tanqidchisi.

Xarakteri: Sho'x, chiroyli va biroz qo'rqoqdek ko'rinsa-da, ichidan juda irodali. U go'zallikni va mazali ovqatlarni yaxshi ko'radi. Tasodifiy guvohga aylanishi uni hayot-mamot o'yiniga sudrab kiradi.

Birgina xato burilish, birgina tasodifiy nigoh... Seulning qorong‘u ko‘chalarida sodir bo‘lgan dahshatli qotillikning yagona guvohi — Kim Seokjin. Ammo jasad yo‘q, dalillar yo‘q. Faqatgina Jinning titrayotgan so‘zlari va uning oq ko‘ylagidagi qon dog‘lari haqiqatni aytib turibdi.

Detektiv Namjoon bu ishni o‘z qo‘liga oladi. U guvohni himoya qilish uchun uni o‘z uyiga joylashtirishga majbur. Endi ular nafaqat ko‘rinmas qotildan, balki bir-birlariga nisbatan uyg‘onayotgan, taqiqlangan tuyg‘ulardan ham himoyalanishlari kerak.