KOʻZLARINGGA TERMULSAYDIM
Yona esa hayratda edi, nima qilishini bilmasdi. U o‘zini juda befarq his qilardi, ko‘zi oldida esa Taehyung va Suho, mashinasining yonida, qattiq qarashardi. Birinchi marta o‘zi sezmagan holda mashinaga urilib ketganidan keyin, uning yuragi juda tez urar, qo‘llari esa juda kuchli chiroyli Taehyungga qaramasdan titrar edi.
Suho, ochiq ko‘zlari bilan Yonaning shokdagi holatini ko‘rib, darhol ko‘chaga qadam qo‘yib, unga yordam berishga harakat qildi. "Hoy, Yona, yaxshimisan?" — deya so‘radi u, uning ko‘ksidan cho‘kib o‘tayotgan yurak urishi juda tez edi. Suho juda muloyim va mehribon ko‘rinardi, ammo Taehyungning sukunati har doim yengil qo‘rquv bilan birga kelardi. U, bu holatda qanday harakat qilishini bilmasdi, lekin Taehyungning ko‘zi Yona bilan to‘qnash kelganda, unda qandaydir g‘alati his his qildi.
Taehyungning qattiq qarashi, yomonroq bir narsaning kelishi mumkinligini anglatardi. Yona o‘rta joyda turgan holda, ularning har ikkisining shoshilinch ko‘zlarini his qilib, nima deb javob berishini bilmasdi. "Meni afsus, men...," — deb murakkab gapirishga harakat qildi, lekin so‘zlari tilidan to‘g‘ri chiqmasdi.
Taehyung, o‘zida bo‘layotgan holatni hazm qila olmasdi, ammo u Yonaning kuchli bo‘lishini xohlardi. "Haqiqatan ham, nima bo‘lib o‘tganini bilmaymiz, lekin biz sizni o‘zingizni yomon his qilmaslikka yordam berishimiz mumkin," — deya aytishga harakat qildi.
Yona, qizil rangga burkangan yuzini qizartirgan holda, ikkita yigitning oldida turardi. U, oxir-oqibat, "Uzr, men bir oz e’tiborsiz edim," — deb gapirishga jur’at topdi.
Taehyung Yonaga keskin qarab, jiddiy ohangda so‘z boshladi:
Taehyung:"Qanday qilib mashina haydayotganda e’tiborsizlik qilish mumkin axir? Bu juda xavfli-ku."
Suho esa Yonaning sog‘lig‘idan xavotirlanib, unga hech nima bo‘lmadimikan, deb ta’sirlanib qaradi. Tezda Taehyungga qarab, pichirlab shunday dedi:
Suho:"AKA, hozir bu gaplar kerak emas. Axir Yona mening kursdoshim va yaxshi do‘stim. Avval u yaxshimi yoki yo‘qmi, shuni so‘rab olaylik."
Ammo Yona hijolatda edi. Taehyungdan tushkunlikka tushish o‘rniga, unga qarshi gapirishga qaror qildi. U bu vaziyatni bo‘sh kelmasdan boshqarishga harakat qildi:
Yona:"Hamma ham xato qiladi, bu menda birinchi marta bo‘ldi. Agar mashinangizga zarar yetkazgan bo‘lsam, pulini beraman," dedi u qat’iyat bilan.
Taehyung esa Yonani yanada qiziqarliroq deb his qilmoqda edi. Uning qiziqishi ortayotganini his qilsa-da, bu gaplarni hazil bilan olib, yana jiddiy ohangda javob berdi:
Taehyung:Mayli, mashinamga zarar yetdi. Keling, pullarini bera qoling, dedi u qattiqqo‘l ovozda.
Suho bu vaziyatda aralashishga majbur bo‘ldi va yumshoqroq ohangda Yonaning yonini oldi:
Suho:"Hoy, Yona, u hazillashyapti. Pul kerak emas, men uchun sen yaxshimisan, shuni aytsang bo‘ldi," dedi u yuzida tabassum bilan.
Yona boshini sal qiyshaytirib, Suhoga qaradi:
Yona:Ha, ko‘rib turibsan-ku, men soppa-sog‘man. Ammo mashinaga zarar yetkazdim, shuning uchun to‘lovni qilishim kerak, deb ta’kidladi va cho‘ntagidan hamyonini olishga urindi. Ammo o‘zining kartasi uyida qolganini eslab, hijolatda edi.
Bir daqiqa kutib turinglar. Uyda qoldirib ketibman. Hozir dadamga qo‘ng‘iroq qilib, kartangizga pul o‘tkazib berishini so‘rayman, dedi u va telefonini chiqarib, dadasiga qo‘ng‘iroq qildi.
Uning dadasi tezda telefonni ko‘tarib, eshitdi. Yonaning shoshilinch ovozi orqali nima bo‘lganini his qilgan dadasi yumshoq ovozda so‘z boshladi:
Han:Mitti malikam, yana nimaga duch kelding?
Yona jilmayib, dadasiga o‘zining vaziyatini qisqacha tushuntirdi, so‘ng Taehyungga yuzlanib, kartasini aytishini so‘radi.
Taehyung raqamni aytgan zahoti, Yonaning dadasi ikki daqiqa ichida pulni o‘tkazdi. Taehyungning telefoniga kelgan xabar unga bu haqda ma’lum qildi. U endi Yonaga qarab jilmayib dedi:
Taehyung:Sen bilan ishimiz tugadi, kichkintoy qizaloq.
Yona biroz xijolat tortdi, lekin ichida Taehyungni yanada ko‘proq o‘ylashni boshladi. Taehyungning bu laqabi esa unga qiziqarli tuyuldi.
Suho esa akasining qo‘pol muomalasidan biroz hijolat tortdi va Yonaga muloyim ohangda qarab dedi:
"Sen bilan ertaga ko‘rishamiz. O‘zingni ehtiyot qil, hayolparast," dedi-da, Taehyungga keskin nigoh tashladi. Ammo Taehyung uning bu qarashlariga e’tibor ham bermasdan, mashinasiga o‘tirib ketdi. Yona Suhoga qarab, tabassum qildi:
"Mayli, ertagacha," dedi va mashinasiga o‘tirdi. Shunday qilib, uchchalasi ham o‘z yo‘llarida davom etdi.
Yona uyiga yetib kelgach, mashinadan tushib, ehtiyot bilan o‘z xonasiga chiqishga hozirlanayotgan edi, shu payt oshxonadan dadasining ovozi kelib qoldi:
"Mening mitti malikam kelibdi-ku!"
Yona dadasining bu mehrli chaqiruvini eshitib, tabassum bilan oshxonaga kirib bordi. Dadasi qo‘llarida kofe finjonini tutgancha o‘tirar edi va unga yoqimtoy nigoh bilan qarab so‘z boshladi:
"Xo‘sh, qani ayt-chi, shuncha pulni nimaga sarflading?"
Yona yelkasini qisib, o‘zini begunoh tutib dedi:
"Dada, bir mashinaga tasodifan urilib ketdim. Yo‘l chirog‘iga e’tibor bermabman. Ammo xavotir olmang, men soppa-sog‘man."
Dadasi, Han, yuzida tashvish bilan, ammo yumshoq ohangda javob berdi:
"Yo‘q, qizim, ehtiyot bo‘lishing kerak. Axir haydovching bor-ku! Unga shu uchun ishonch bildiryapman. Sen yagona qizimizsan, malikam. O‘zingni ehtiyot qilmasang, biz qanday yashaymiz?"
"Dada, men bu yerdaman-ku! Xavotir olmang, menga hech nima qilgani yo‘q. Doim sog‘lom va bardam yuraman."
Dadasi yoniga yaqinlashib, bilan qaradi:
"Xo‘p, xo‘p, lekin mashina egasiga zarar yetmadimi?"
Yona tabassum qilib javob berdi:
"Yo‘q, unga hech nima bo‘lmadi. Faqat mashinasiga zarar yetdi, xolos. Siz ko‘rib turganingizdek, pulini ham to‘ladim."
Han unga saboq beruvchi nigoh bilan qarab dedi:
"Mayli, bundan keyin ehtiyot bo‘lib mashina haydagin, xo‘pmi? Bu juda muhim."
Yona esa qo‘llarini ko‘ksiga qo‘yib, chiroyli tabassum bilan dedi:
"Albatta, dada. Va’da beraman. Keyingi dam olish kuni birga sayr qilamizmi?"
"Ha, mayli. Keyingi dam olish kunini kuta qol."
Yonaning ko‘zlari chaqnab, dadasini yuzidan o‘pib, xonasiga yugurib chiqib ketdi. Han esa unga mehr bilan qarab, "Eh, hali ham yosh bola, erkatoyim mening," deb kulimsirab qoldi.
Taehyung va Suho suhbatlashishmoqda
Mashinasini boshqarib ketayotgan Taehyung Suhoga qarab qiziqsinib so‘radi:
"Anavi qizni do‘stim deganmiding?"
Suho unga qarab boshini irg‘ab tasdiqladi:
"Ha, u mening kursdoshim. Nega so‘rayabsiz?"
Taehyung yelka qisib, beparvo ohangda dedi:
"Shunchaki. Qiz o‘zgacha ekan. Boshqa qizlar kabi emas. Menga qiziqish uyg‘otdi."
Suho esa yana hijolatda, uning bu so‘zlaridan ajablanib dedi:
"U chindan ham o‘zgacha, juda samimiy va mehribon. Lekin siz meni uyaltdingiz. Har doim shunday qila olishingizni yomon ko‘raman."
"Qanaqa qilib seni uyaltirishim mumkin ekan? Bu faqatgina o‘z usulim."
Suho biroz afsus bilan boshini chayqab, derazadan tashqariga qaradi. Ammo Taehyung esa mashina haydab borar ekan, o‘zini Yonaning nigohlariga mahliyo bo‘lganini his qildi va ichida bir o‘ylab qo‘ydi:
"Nega u qizni o‘ylayabman o‘zi? Ko‘zlari juda ham maftunkor ekan..." Deya u ham huddi Jungkook kabi oshiq boʻlib qolgan edi!
Jungkook intiqlik bilan kechki paytni kutar edi.
Va nihoyat, soat ham allaqachon 17:30 bo‘lgandi. Seul ko‘chalari doim gavjum, kuzning sehrli kechalari esa juda ajoyib ko‘rinar edi. Jeonlar xonadonida tayyorgarlik avjida edi. Jungkook o‘z xonasida hayajon bilan o‘ziga oro berar, Janob Jeon va Jeon Mia esa allaqachon tayyor edi.
Jungkook kiyinishni tamomladi – har doimgidek qora rangdagi Calvin Klein brendidagi ko‘ylak va shim, oyoqlariga qora tufli kiygan. Tuflisi esa mukammal darajada toza edi. Qo‘liga qora braslet taqqan, sochlarini esa tekis qilib o‘ng tomonga taragan. Maxsus Jungkook uchun ishlab chiqarilgan xushbo‘y atirdan sepib, oxirgi tayyorgarlikni tamomladi. Nihoyat pastga tushdi va dadasi hamda onasini qora kiyimda ko‘rdi. Bir-birlariga qarab tabassum qilishdi, mashinaga o‘tirishdi va yo‘l-yo‘lakay suhbat qurishdi.
Jeon: "O‘g‘lim, hayajonlanmayapsanmi?"
Jungkook: "Biroz hayajon bor, lekin bildirmaslikka harakat qilyapman."
Mia, Jungkookning qo‘lini ushlab: "Hammasi yaxshi bo‘ladi, o‘g‘lim. Hayajonlanma va havotir olma," dedi va dalda berdi.
Jungkook bosh silkib rozilik bildirdi. Nihoyat, Hanlar oilasining uyiga yetib kelishdi. Mashinadan tushishdi, uchchalasi ham juda ajoyib ko‘rinishardi. Hanlar darvozasini jiringlatishdi.
Bu payt Mariy va Han kompyuterda ishlayotgan edi, Yona esa xonasida nimalardir bilan band edi. Hizmatchi borib eshikni ochdi va Jeonlar oilasini uyga taklif qildi, ularni mehmonxonaga olib bordi. Hizmatchi ularga qahva taklif qilib, Han va Mariyni chaqirish uchun yuqori qavatga ko‘tarildi. Xona eshigini taqillatib kirdi va:
"Janob Han, uyga mehmonlar keldi. Ular Jeonlar oilasi ekan, sizlarni chaqirishyapti. Ularni mehmonxonaga olib kirdim," dedi.
Han: "Yaxshi, hozir tushamiz," deya Mariyga qaradi. Ikkalasi mehmonxonaga tushdi.
Jeon, Mia va Jungkook o‘rinlaridan turishib, salomlashishdi.
Han: "Salom, xush kelibsizlar!"
Mariy: "Ahvollaringiz yaxshimi?"
Jeon: "Salom, xush keldik," deya javob qaytardi. Barchasi qo‘l berib ko‘rishdi va joylariga o‘tirishdi.
Jeon: "Uylaringiz juda bejirim va ajoyib ekan."
Han: "Rahmat! Uyimiz haqida fikringiz uchun. Sizni nima yetaklab keldi xonadonimizga?"
Jeon tabassum bilan: "Biz sizning qizingiz Han Yonani kelin qilib olish uchun keldik," dedi.
Han va Mariy ham tabassum qildi.
Han: "Ha, bizning malikamiz haqida deysizmi? U endigina 19 yoshda."
Jeon: "Biz qizingiz haqida yaxshi bilamiz. Bizning o‘g‘limiz Jungkook esa 27 yoshda. U qizingizni yoqtirib qolibdi," deya ochiq aytdi.
Han: "Ajoyib. Bizning qizimiz haqida aytadigan bo‘lsak, u nafaqat juda qaysar va dangal, balki tasavvurga sig‘maydigan qobiliyatlari bilan har bir kunimizni rang-barang qilib yuboradi. Yona – bu qo‘shni ko‘chamizda sho‘x, samimiy va mehribon tarovat ulovchi, atrofdagi har bir insonning qalbiga iliqlik ulashadigan bir yulduz. Uning kuchli xarakteri va dadilligi uni o‘ziga xos qiladi. Uning har bir g‘oyasi va quvonchli kulgisi jamoatimizga iliqlik bag‘ishlaydi. Siz bunga chiday olarmikinsiz?" dedi va Mariyga qarab kuldi.
Jeon: "Bo‘lajak kelinimiz shunday ajoyib bo‘lsa, biz albatta chidamiz. Bizning ham yakkayu yagona o‘g‘limiz Jungkook – sirli, mehribon, qat'iyatli va tirishqoq yigit. U har qanday qiyinchilikka qarshi kurashishda kuchli iroda va metin sabr bilan harakat qiladi. Jungkookning o‘ziga xosligi va insonlarga bo‘lgan sadoqati, uni haqiqiy lider qiladi. U nafaqat o‘zining yutuqlari bilan, balki o‘zining mehribonligi va qizlarga bo‘lgan g‘amxo‘rligi bilan ham e’tiborni tortadi. Bu ikki yorqin yulduz bir-birini to‘ldiradi, o‘zaro mehr va ishonch bilan birgalikda hayot yo‘lida yuradi."
Han: "Yaxshi. Agar sir bo‘lmasa, qanday ish bilan shug‘ullanasizlar?"
Jeon bir Jungkookga qarab qo‘yib: "Biz mafiamiz, davlat ishchilari," dedi.
Han: "Oho, juda ajoyib! Yona ham mafia bo‘lmoqchi edi, lekin ruxsat bermadim. Mafialar dunyosi boshqacha, va men qizimning o‘ziga xosligini inobatga olib ruxsat bermadim."
Jeon chuqur nafas olib, ochiq yuz bilan: "Mafialarning ishi oson emas, bizni tushunganingiz uchun rahmat," dedi va Jungkookga qarab kulib qo‘ydi. Mia ham xursand edi.
Han: "Albatta tushunaman, chunki mening otam ham mafia bo‘lgan, lekin men bu yo‘ldan bormadim."
Suhbatni Mia davom ettirdi: "Yona 19 yoshda, lekin Yonsei universitetida 1-kursda ekan, to‘g‘rimi?"
Mariy: "Ha, tarjimon bo‘lmoqchi."
Mia: "Bu haqida xabarimiz bor edi, lekin nega 18 yoshidan boshlab o‘qishga kira olmagan?"
Mariy, Janob Hanga qarab: "Bu uzoq hikoya. Qizimiz maktabni bitirgan payti o‘rgimchaklar haqida qo‘rqinchli film ko‘rib qo‘rqib qolgan va o‘rgimchaklardan juda jirkanadigan bo‘lib qoldi. Bir yil shifoxonada davolandik," dedi.
Mariy: "Ha, hozir unchalik qo‘rqmaydi, lekin jirkanish hissi qolgan."
Han, Jungkookka yuzlanib: "Jungkook, qizimni sizga ishonsam bo‘ladimi?" — dedi, uning ovozida xavotir va umid aralashgan edi. U, qizi Yonaga qarab, o‘zining haqiqiy sevgisi va kelajakdagi hayoti uchun tashvishlanayotganini sezgandi.
Jungkook bu keskin savoldan biroz hayron bo‘ldi, ammo qat'iy javob berdi: "Albatta, Janob Han, qizingizni menga ishonsangiz bo‘ladi. Chunki men uni bor vujudim bilan sevaman. Yona nafaqat o‘zining go‘zalligi bilan, balki qalbidagi samimiyligi va donoligi bilan ham alohida. U boshqa qizlarga o‘xshamaydi; u – o‘ziga xos va yoqimtoy. Turmush qursak, barcha orzularimizni birgalikda amalga oshiramiz. Men uni har doim qo‘llab-quvvatlayman, har bir qadamda uning yonida bo‘laman. U meniki bo‘ladi yoki hech kimniki emas," deya so‘zini tugatdi, ovozida o‘ziga xos bir kuch bor edi.
Uning oxirgi gapidan hamma kulib yubordi.
Han: "Huddi yoshlikdagi o‘zimni eslatding. Men ham Mariyni qiyinchilik bilan erishganman."
Jeon kulib: "Ajoyib, men ham Miani sevib, oila qurganman," dedi.
Han: "Rostdanmi? Sevgi hikoyalaringiz qanday edi?"
Shundan so‘ng Jeon va Han, Mariy va Mia o‘zaro suhbatga berilib ketishdi. Jungkook esa Yonaning xonasiga chiqib ketdi. Tepaga ko‘tarilar ekan, yuragi tez ura boshladi. Xonaga kirib, Yonani raqsga tushayotganini ko‘rdi va bu manzaradan yuziga kulgu yugurdi.