March 18

LOST LOVE

BAXTLI YAKUN.

Muhabbat — yurakning sabab izlamaydigan qaroridir.

° ° °

Baxt haqida ko‘p gapirishadi. Uni kimdir uzoq yo‘llardan izlaydi, kimdir esa katta orzular ortidan quvib yurib topaman deb o‘ylaydi. Aslida esa baxt ko‘pincha kutilmagan mehmon kabi keladi, eshikni qoqmay, ogohlantirmay, shunchaki hayotingga sekin kirib keladi. Inson buni ba’zan darrov anglamaydi ham. Faqat bir kuni yuragida g‘alati bir yengillik, ko‘nglida esa tushuntirib bo‘lmaydigan iliqlik paydo bo‘ladi.

Go‘yo hayot birdan boshqacha ranglarga bo‘yaladi. Oldin odatiy tuyulgan tonglar ham chiroyli ko‘rina boshlaydi. Quyosh nuri derazadan kirib xonani yoritganida inson yuragida ham bir nur paydo bo‘lgandek bo‘ladi. Shamolning mayin esishi, daraxt yaproqlarining shiviri, hatto oddiy kunlarning sokinligi ham qalbga zavq bag‘ishlaydi. Ana o‘sha lahzalarda inson sekin tushuna boshlaydi, baxt kelganini.

Ba’zan esa baxt bir inson bilan birga kirib keladi. Tasodifiy uchrashuv, oddiy bir suhbat yoki bir qarash… va shu kichik lahza butun hayotni o‘zgartirib yuboradi. Avval begona bo‘lgan inson asta sekin qalbga yaqinlashadi. Uning ovozi tanishdek tuyuladi, nigohida esa qandaydir samimiylik yashirin bo‘ladi. Shunda yurak sezaki bu uchrashuv shunchaki tasodif emas.

Hayotimning eng shirin lahzalarida yashamoqdaman. Suyukli insonim yonimda va u hech qachon mendan uzoqlashmaydi. Beg'ubor bolaligimning sof muhabbati Jungkook.

Oy kunimga juda yaqin qolgani sabab harakatlanish men uchun juda bir mushkul ishdek. Ertalabdan kechgacha uyda ostona hatlab chiqmayman. Bunga Jungkook ruxsat ham bermaydi. Tanamdagi ogʻriqlar sabab katta uyimizni tashlab kichik bir uyga koʻchib oʻtdik. Kichik uyda biz birimizga juda yaqinmiz. Tushlik vaqti boʻlganiga ancha boʻldi ammo avqatdan darak yoʻq. Jungkook meni yotib dam olishimni aytib oʻzi oshxonaga ketdi. Unga oshxonani ishonib topshirish mumkin albatta ammo bu uzoq vaqtlik tenglikdan qoʻrqish kerak. Oʻrnimdan zoʻrgʻa qoʻzgʻaldim. Qornim ochib ketdi.

— Jungkook Sevgilim... - oshxonaga kirganimdayoq hayratdan ensam qotdi.

Jungkook butun oshxonani unga burkagan. Kiyimlarini va ust boshi unga belangan erginam kichik bir tovoqda xamir qorishga urinardi.

— Ayshh nega turib olding!? - Jungkook menga norozi qiyofada qarab hoʻrsinib qoʻydi.

— Bu nimasi Jungkook? Hamma joyni ravso qilibsanku... ehhh nega hamir qoryapsan? - hunobim oshib Jungkookni yoniga bordim. Uning yuzlari un, qob qora ustki kiyimi ham deyarli oqarib ketgan.

Undan fartukni yechib olmoqchi boʻlganimda oʻzini tortdi.

— Axir manti yemoqchiman dedingku! Shuning uchun uni pishirishga harakat qilayotgan edim sevgilim... ozgina qoldi hamir qorsam manti boʻladi-da! - Jungkookning yoqimtoy yuz qiyofasiga qarab kulib yubordim. Yuzlaridagi oppoq un ham uni koʻrkam ko'rsatmoqda. Ablah Jeon, har doim kelishganda!

— Jungkook men biror yaxshi manti pishiradigan joyga borishimizni nazarda tutgandim... Men manti pishirishni bilmayman sen qanday pishirasan? - men unga gapirish davomida belidan fartuk bogʻichlarini yechishga urinardim.

— Men Jeon Jungkookman! Agar harakat qilsam uddalayman. Mmm ammo mayli seni bugun eng zoʻr manti pishiriladigan joyga olib boraman. - uning yuziga boshimni koʻtarib qarab jilmaydim. Mehribon erginam. Fartukni ochib chekkaroqqa qoʻydim.

— Ust boshing unga belanibdiku! Sen unni idishga soldingmi yoki ustindan quyib yubordingmi? - Men uni mazaxlab sochlarini qoqdim. U kattagina qornim sabab yo'qolib ketgan belimdan tutib yuzimdan oʻpa boshladi.

— Sen haqingda oʻylab nima qilayotganimni anglamay qolgandirmanda... Mmm seni juda sogʻindim! - uni boʻynimdan oʻpichlarini joylab qaynoqligimni oshirardi.

— Jungkook axir uch kundan buyon na uydan chiqasan na ishga borasan! Har doim yonimdasanku... qanday sogʻinishing mumkin? - u gaplarimni eshitgacha yuzimga yaqinroq egildi.

— Balki men boshqa narsani nazarda tutgandirman! Oxirgi marta bolamiz besh oyligida yaqinlik qilgan edik... Sabrim tugab boryapti sevgilim! - u ayyorona ammo bechoragina qiyofaga kirib lablarini burdi. Men qoshlarimni chimirib ensa qotirdim.

— Har kuni porno koʻryapsanku! - men uni mazax qilib kulib yubordim.

— Hali meni poylayapsanmi? - u yuzimga chuqur tikilib lablarini burdi. Men uni yuziga tik qaradim men lablarimni tishladim.

— Yordam bermayaptimi Buzuqi Jeon?! - ayyorona iljayib iyaklarini silab qoʻydim. U menga ma'nosizgina tikilib turdi. Keyingi qoshlari qoqib qoʻyib yuzini burib xira kuldi.

— Balki sen yordam berarsan? Namunali xotin boʻlib erinni erkinligiga yordam bermaysanmi? - ablah! Qornimga qattiqlik tiraldi. Bechoraginam. Unga juda qiyin boʻldi. Lablarimni choʻchaytirib turib koʻzlarimni undan olib qochdim.

— Manti yeyishga bormoqchi edik... - gapni boshqa tomonga burib unga yana koʻz tashlab qoʻydi. U iyaklarimni ushlab yuzimni oʻziga togʻiladi.

— Faqat qoʻllar kerak! Aynan seniki... - u yana oʻsha mavzuga qaytdi. Ablah buzuq! Meni nima qilishga majbulamoqchiligini bilib turibman. Ammo u ham erkak men qilmasam kim qiladi. Yana ko'chadan jazman topib olmasin. Agar shunday qilsa uni oʻldiraman.

— Hali boshqa ayollarniki ham boʻlishi mumkinmi? - qoshlarimni chimirib vaziyatdan chiqib ketish yoʻlini topdim. Jungkook ogʻir hoʻrsinib yengil kulib yubordi.

— Hamma aybni meni yelkamga yuklab oʻzingiz vaziyatdan silliqqina chiqib ketmoqchimisiz Jeon Xonim! - u sochlarimni silab yuzimdan yana oʻpib qo'ydi.

— Yok bu jiddiy savol? Nima sen boshq... - hovliqib oʻzimni oqlashga urinar ekanman gaplarim yakunlanmay lablarimni egallab olgan erginam yumshoq boʻsalar bilan meni siylay boshladi. Yoqimli... u doim bir soʻz aytishimga yoʻl bermaydi.

— Seni qorningni toʻydirib kelamiz va keyin tunda bu mavzuga qaytamiz... Agar istamasang boshqa usullarini topamiz xotinjon! - peshonamda oʻpib mendan uzoqlashdi. Egilib qornim tutib u yerga ham lablarini bosdi.

— Bolajonim oyingni qiynamaygina tezroq tashqariga chiqib olishing kerak! Dadang senga istaganingni muhayyo qiladi... - men bu telba erimni boshini silab kulimsiradim.

Biz juda baxtli edik. Shu lahzalarni boshdan kechirayotganimga ishongim kelmas. Tush boʻlib chiqmasin deya havotir olar edim. Yo'q bu tush emas... Men haqiqatdan juda baxtliman. U bilan. Umrboqiy sevgilim Jungkook bilan.

>>>

Yufuzli resteranlardan biridagi sokin oqshom. Bugun bu yerda hoʻrandalar biroz siyrak edi. Billur qandillar shiftda yaraqlab turar ekan uning jimjimador nurlari kishini yuziga jilo berardi.

Markazda joylashgan oʻrindiqlardan birida oʻtirgan yigit bu uchrashuvdan umuman mamnun emas edi. Jimin qarshisidagi begona qizning yuziga tikilib oʻtirar ammo hayollari olislarga ketib qolgan. Onasi hafa boʻlib qolmasligi uchungina bu uchrashuvga rozilik bildirgan edi. Qarshisidagi qizning gaplari uni tobora zeriktirib yuborar, uning yuziga ham qarashni istamas edi.

— Jimin sizni hech sevgan qizingiz boʻlganmi? - qizning keyingi savoli uni biroz o'ylantirib qoʻydi. Ha boʻlgan desa sevgan insoni bilan uni sevishganlardan deb atab boʻlmasa, boʻlmagam desa u bir paytlar haqiqiy oshiqqa aylangan edi.

— Haa boʻlgan... U juda... - Jimin soʻzlari boshlar ekan uzoqdan uning sevimli qiyofaga ega insoniga koʻzi tushdi. Bari soʻzlarini unutdi. Siennaning quvonchdan keng jilmayishi koʻrib yana oʻzini yoqotdi. Ammo bu biroz ogʻriqli kechdi.

Uzoqda Jungkook bilan boshqa bir o'rinda joylashib olib mantilarni ogʻziga toʻldirib chaynam keng jilmayotgan qizning qiyofasi uni xira jilmayishga undadi. Siennaning juda baxtli koʻrinar edi. Yonida esa Jungkook. Jimin uni kuzatish davom etardi. Siennaning ovqatni lazzat bilan chaynashda davom etar ekan Jungkook uning lablarini tozalab yirik qorinchasini silab qoʻyar edi.

— U juda maftunkor edi. Va juda goʻzal jilmayar edi. Men uchun boʻlmasa ham... - soʻngi soʻzlarini sust ohangda aytgan Jimin yuzini boshqa tomonga burdi. Ichidan Siennaning baxtli ekanidan quvordi. Ammo uni baxtli qilishga Jimin sazovor boʻla olmagandi.

— Kechirasan ammo shoshilinch ishim chiqib qoldi. Ketishim kerak! - Jimin telefoniga koʻz tashlar ekan soʻzlarini ma'lum qilib oʻrnidan turdi.

Restoran chiqish eshigi tomon ketar ekan ortiga oʻgirilib ikki juftlikka qarashni istardi. Ammo u ortiga ogʻirilolmasdi. Oʻzini qoʻlga olib togʻri eshikdan tashqariga chiqdi. U ortiga ogʻirilmadi. Bilardiki agar u ortiga oʻgirilda ogʻriq kuchayadi. Nimadir uning qalbiga ogʻir toshdek botadi. Alam qilardi...

>

Yarim tun mashinaga joylashgan yigit mastlikdan oʻzi anglamasdi. Kamarni ham taqmay koʻzlarini qisib mashinani oʻt oldirdi. Bur necha daqiqada katta koʻchaga chiqib olgan yigit boshi aylansa ham rulni boshqarishga davom etdi. Butun vujudi qaynab toshar ekan istamasada unga ogʻriq beradigan lahzalarni hotirlardi. Sienna...

— Seni unuta olaman Sien... Faqat seni qayta koʻrmasam! - pichirlar ekan koʻzi qamashib ketdi. Yo'ldagi yana bir mashinaga zarb bilan urilgan yigitning tanasi oldinlab ketdi. Mashinaning old tomoni toʻliq pachaqlandi. Oyoqlari temir orasida tiqilib qolar ekan ularni ishlatishga qiynalib chuqur hoʻrsindi. Koʻzlarini qiya ochgan yigit uzoqdagi to'planib borayotgan olomonni koʻrar ekan tasvir xiralashdi. Keyin esa zulmat...

>

— Flora haqiqatdan u qizni tanimayman! Qasam ichaman... - Taehyung qizni qarshiga kelar ekan uning asabiy va norozi qiyofasiga tikildi. Ularning toʻyiga hali bir oy ham boʻlmadi. Flora unga nafrat bilan achchiqlanib kuzatatib turar edi.

— Ablahsan! Yana meni laqillatyapsan! Men koʻrdim la'nati... u qizni qoʻlidan tutding! - Flora asabiy uning koʻksiga urdi. Koʻzlari oʻz oʻzidan yoshlanar ekan kichik bir to‘qnashuv sabab boshqa bir qizni qoʻlidan tutib qolgani uchun janjallashayotgan edi.
— To'g'risini ayt u qiz bilan don olishib yuribsanmi? Men senga yoqmay qoldimmi? Gapir! - Flora mana endi koʻz yoshlariga erk berib baqirardi. Taehyung koʻzlarini havsalasiz yumar ekan qizni qoʻlidan tutmoqchi boʻldi. Ammo Flora ortga chekindi.

— Sevgilim u qiz bilan oʻrtamda hech narsa yoʻq! Men faqat odamiylik yuzasidan yordam berdim xolos... Men seni sevaman Yagonam! - Taehyung yana rafiqasini quchishga urinar ekan bu gal Flora yana battar yigʻlay boshladi. Ammo u jim edi.

— U qiz senga qanday qaraganini koʻrdim... Sen ham unga iljayding ablah! Yoki meni yoki ayollarga boʻlgan odamiyligingni tanla! - yuzini eridan burib olgan qiz burunchasini tortib qoʻydi. Taehyung ogʻir hoʻrsinib peshonasini ishqaladi. Oddiy narsani boʻrtirib yuborgan qiz oʻzi toʻqigan yolgʻonlariga oʻzi ishonib asabiylashar edi.

— Flora sen oddiy narsani murakkablashtiryapsan! Oʻzingni oʻzing ranjityapsan... - Taehyung chuqur nafas chiqarib bildirdi. Flora unga ajl nigohlari bilan qarab turar ekan ichidan vulqon qaynay boshladi. Jagʻlarini qisar ekan sochlarini siqimladi.

— HAA! Men shunaqaman! Meni borim shunday! Ket! Yo'qol! Men shunday ahmoqman! Telbaman! Yoqmasa ket! Koʻzimga koʻrinmaa! - Flora xonada qoʻliga ilingan hamma narsani atrofga uloqtirar ekan asabiylikdan qichqirar ekan Taehyung bir chekkada Floraning bunday toʻsatdan ro'y bergan harakatlaridan hayratlanib uni toʻxtatishga harakat qilar ekan qiz unga stol ustida turgan finjonni uloqtirdi. Yaxshiyam jazavaga tushib qolgan qiz moʻljalda adashdi. Boʻlmasa u naqt Taehyungni peshonasiga tegar ekan. Taehyung ham boshini egib olar ekan qizning harakatlaridan havotirlana boshladi.

Flora esa zoʻriqishdan yuzi qizarib ketar ekan qoʻlidagi grafinni ham xonaning qaysidir burchagiga uloqtirdi. Nafasi boʻgʻilib koʻz oldida qorong'ulashib borayotgan qiz sustlashib qolar ekan Taehyung imkoniyatdan foydalanib uni quchogʻiga tortdi. Florani tanasi boʻshashib qoldi. Hushi yo'qotgan qizni ko'rgan Taehyung havotirlanib uning yuzidan sekin urib koʻrdi.

— Flor... Sevgilim... Flora!

>

Shifoxonada erta tongdan birozgina gavjum. Ammo alohida palata ichida juda sokin muhit hukmron. Jimin ogʻiq bilan koʻzlarini ochar ekan kecha koʻp ichib yuborgani sabab boshi juda ogʻrir edi. Tomogʻi qurib endi oʻrnidan qozgʻalaman deganida oyoqlariga oʻralgan gipsni his qildi. Qoʻllariga ulangan ignadan tomirlariga dori yoʻnalar edi. Qimir eta olmasligini fahmlagan yigit yana oʻzini boʻsh qoʻyib yotib oldi. Koʻzlari shiftga qadalgan edi.

Biroz hayol surib qolgan yigit oʻziga berilgan savolga vaqtida javob berolmadi.

— Hoy Janob Park! - qiz qoʻlidagi kasallik varaqasiga qarab qoʻyib qayta murojaat qildi. Jimin koʻzlarini biroz pirpiratib tepasida turgan qizga tikildi.

— Sizni eshityapman baqirmasangiz boʻladi! - qiz qoshlarini chimirib chuqur nafas chiqardi. Qayta kasallik varaqasiga koʻz yugurtira ekan yana Jiminga qaradi.

— Kasallik varaqasida miyangiz jarohatlatlanmagan deyilgan ekan biroq tekshirib ko'rish zarar qilmaydi! Men sizga naqt uch marotaba chaqirdim eshitgan odam javob qaytarar edi... - ensasi qotirgan qiz hoʻrsindi. Qoʻlidagi varaqalarni stol chetiga qoʻyar ekan qoʻlidagi yoritgichni olib Jiminni qorachiqlariga yoʻnaltirdi.

— Unda miyamni ham tekshirib koʻring! - qiz Jiminni koʻzdan kechirar ekan unga javob qilmadi. Jimin qizni kuzatib turar ekan uning yoqimtoy yuzidan nigohlarini uza olmadi.

— Boshingiz aylanyaptimi? Ko'nglingiz behuzur boʻlmayaptimi? - qiz fanindaskopning bir uchini quloqlariga oʻrnatar ekan ikkinchi uchuni Jiminning koʻksini ochib koʻksiga qoʻydi. Joylashuvni oʻzgartirar ekan bir marotaba boʻlsada uning mushaklariga qaramadi. Koʻzlarini boshqa tomonga olib yuragi eshitib boʻlgan Jiminni qon bosimini oʻlchadi.

Birlamchi tekshiruvlar tugatib yana Jiminga yuzlanar ekan unga ma'nosiz tikilib turardi.

— Janob Park sizga bir gapni uch marotabadan qaytarish kerakmi? - ruchkani qoʻliga olgan qiz yana kesatia qildi. Jimin xira kulib qoʻydi. Kiyimini oldini yopar ekan qizga yuzlandi.

— Ha boshim aylanyapti va biroz ko'nglim ham ayniyapti! - ma'lum qildi Jimin.

— Tahmin qilgan edim! Piyanista boʻlish kasifati shu... - so'ngi so'zlarini pichirlab aytgan qiz Jiminni eshitib qolganini tahmin ham qilmagan edi. Qogʻozga kerakli ma'lumotlarni yozar ekan Jimin yengil kuldi.

— Meni aroqxoʻr deb oʻyladingizmi? - Jimin hayrat bilan biroz tajang holatda so'roqladi.

— Oʻylashim shart emas Janob Park! Siz shundaysiz... - erta tongdan bosh shifokordan ta'nalar eshitgan qiz ham hozir juda asabiy holatda edi.

Jimin endi ogʻiz juftlamoqchi edi hamki palataga Sienna kirib keldi.

— Jimin! Ahvoling yaxshimi? Avtohalokatga uchraganingni aytishdi? Nima bo'ldi oʻzi? - qorni anchagina kattalashib qolgan qiz biroz havotir bilan Jiminga yaqinlashdi. Ortidan Jungkook ham kirib kelar ekan uning avzoyi buzuq edi.

— Sien havotirlanishing shart emas! Kichik Avtohalokat xolos... - Sienna doʻstidan chinakamiga havotirlanayotgan edi. Ertalabdan Amaya unga shunday habar bergan edi. Kecha tunda doktorlar birinchi qongʻiroqdagi insonga ulanib halokat haqisa habar berishgan. U inson esa Amaya edi. U kecha tunda Jiminni palatasiga oʻtkazib soʻng oʻzi uyga qaytgan edi.

— Ana unga balo ham uramagan degan edim-ku senga! Erta tongdan bekorga asabiylashding Sevgilim... - Jungkook Jiminga koʻz qiri bilan qarab qoʻyar ekan ma'lum qildi.

— Sien asabiylashish shart emas edi! Axir... - Jimin Jungkookning so'zlaridan biroz achchiqlanar ekan ham Siennaning havotirli yuziga boqdi. Yonida jimgina turib dorilarni yozib olayotgan qizni bilaklaridan tutdi.
— Axir Sevgilim shu yerda boʻlsa... - koʻzlari kattalashib ketgan qiz Jiminga soʻng unga tikilib turgan ikki insonga qaradi. Jiminga ma'noli qarash qilib qoshlarini koʻtarar ekan asabiy lablarini qisdi.

— Nima? Aqldan ozganm... - qizning so'zlarini kesib tashlagan Jimin uni kaftlaridan tutdi. Ularni silab oʻpib qoʻyar ekan yoqimli jilmaydi.

— Yagonam endi buni boshqalardan sir tutishimiz shart emas... Ular meni doʻstlarim! - Jimin jilmayib qizga ma'noli qarash qilib qoʻydi. Qiz ham soxta kulimsirar ekan ovoz chiqarib yengil kulib qoʻydi.

— Biz buni boshqacha shaklda hamma aytmoqchi edikku Arslonim! - qoʻllarini sekin unda olar ekan soxtagina kuldi. Jimin ham qizga tikilib keng jilmayar ekan uning aytgan erkalashi battar kulgusini qistar edi. Jungkook ham ogʻzini yopib kular ekan Sienna ham xira jilmaydi.

— Jimin nega menga bu haqida aytmading!? Salom men Siennaman Jiminni eng yaqin doʻsti... - Sienna o'rnidan turib qizga qoʻlini uzatdi. Qiz noqulay ahvolda qolgani sabab Jiminga keyin seni oʻldiraman degandek qarab qoshlarini uchirdi.

— Men Haenaman! Jiminning... - qiz so'zlarini chalkashtirib yuborar ekan Jimin qolganini toʻgrilab yubordi.

— Sevgilisi... Boʻlajak rafiqasi de Yagonam! - Jimin qizning barmoqlaridan mayin tutib silab qoʻyar ekan unga jilmayib tikilardi. Sienna ularni chekkadan kuzatar ekan u ham ohista kulimsiradi.

— Hali toʻy mavzusiga ancha bor Jimin! Bu haqida gapirma! - Jiminning barmoqlariga tirnogʻini hiyla suqib olgan qiz koʻzlarini asabiy katta ochib lablarini zoʻraki kengaytirdi.

— Yagonam axir muhabbatimiz oxirida bari bir toʻyimiz boʻladi-ku! - Haena Jiminga qarab qosh qoqib qoʻydi.

— Sevgilim ularni holi qoldiraylik endi! Mana do'stingni koʻrding uyga qaytamiz. Senga bugungilari yetarli... - Jungkook rafiqasining ortidan kelib yelkalaridan tutib turgʻizdi. Sienna noiloj o'rnida turar ekan koʻnishdan boshqa yoʻli yoʻq. Jungkook unga nisbatan oʻta ehtiyotkor boʻlib qolgan edi.

— Jimin tezroq tuzalib sevgiling bilan uyimizga bor. Sizlarni mehmon qilamiz! Haena seni kutaman... - Sienna qoʻlini silkib palatani tark etdi.

Ular chiqib ketganini ko'rgan qiz qoʻlini Jimindan tortib oldi.

— Bu qanday maynavozchilik!? Aqldan ozganmisan nima? Duch kelgan odamni qoʻlini tutib Sevgilim deyaverasanmi to'nka!? - g'azablanib ta'na qilgan qiz ensasini qotirdi. Jimin biroz hijolat tortib boshini ishqalab qoʻydi.

— Kechir shunday qilishga majbur boʻlib qoldim... Men hammaga ham bunday qilavermayman!

— Koʻrinishingdan qanday ekanliging koʻrinib turibdi! Shilqim! - qogʻozlarni koʻksiga qattiq bosib ortiga oʻgirilib eshik tomon ketdi.
— Ikkinchi bir yoʻlimdan chiqma Andishasiz! - yuzini burib palatani tark etgan qiz shahd bilan Bosh shifokor xonasi tomon ketardi. U Jiminni davolashdan voz kechib uni boshqa doktorga topshirmoqchi edi. Ammo eshik yaqiniga kelganida ertalabdan qanday ta'nalar eshitganini esladi. Agar u bemorni davolashdan voz kechsa yana muammolar ichida qoladi.

— Efff! Mayli mayli! Birozgina sabr qilay indinga uyiga jo'natib yuboraman... - ortiga burilgan qiz boshqa bemorlariga qarash uchun ketdi.

>

Shifoxonada tong ottirgan juftlik yana qizning tomirlariga ulangan dorilarni tugashini kutar edi. Taehyung Florani qoʻlidan tutib qimirlashiga yoʻl bermas edi. Oʻzing ham koʻzlari qizargan u tuni bilan qizni tepasida turib uhlamagan.

Flora koʻzlarini ochar ekan tepasida yarim ochiq koʻzlar bilan uhlashga shay turgan yigitni koʻrdi. Uni kuzatib turar ekan lablarini qisti. U hamon jigʻibiyron.

— Mendan qoʻlingni tort! - Taehyungni qoʻliga urgan qiz ta'na qildi. Taehyung choʻchib oʻziga kelar ekan koʻzlarini ishqaladi.

— Haliyam jahlingdan tushmadingmi Sevgilim? - qizning sochlarini silagan Taehyung jilmaydi. Flora esa qovoqlari uyib unga qarab turardi.

— Qilgan ishingni unutmayman! Sen menga hiyonat qilding! Yana koʻz oldimda... - yuzini burib olgan qiz yana asabiylashaverar edi. Negadir ichida nimadir tinalab alamini qandaydir yoʻl bilan ololmasa tinchlanmas edi.
— Ajrashaman! Sen bilan ajrashaman! Shunga senga zararim tegmaydi... Mazza qilib yashaysan! Hammasi murakkab emas oddiy boʻladi... - lablarini qimtirgan qiz yana burnini tortib qoʻydi. Taehyung keng jilmayib Floraning yuzlarini siladi.

— Shunday yoqimtoy va jizzaki xotinim bilan ikki dunyoda ham ajrashmayman! Keyin... biz endi xohlasakdan ajrasholmaymiz! - Taehyung lablarini tishlab qoʻyib yanayam keng jilmayardi. Flora unga ahmoqona nigoh tashladi.

— Bekor aytibsan! Men seni hali beri kechirmayman! Ajrashishni istasam ajrashaman ham... - qayta jigʻibiyron holatda bayon qildi.

— Sevgilim menga rahm qilmaysan to'g'ri, ammo bolamizga rahming kelsin! U hali endi paydo boʻlgan boʻlsa... - Taehyung mayin kulimsirab kaftlarini qizning qorniga qoʻydi. Flora hayratdan jim qolar ekan koʻzlarini yumdi.

— Nima sen homiladormisan? - atay haqiqatdan qochayotgan qiz so'roqladi. Taehyung ovoz chiqarib kulib yubordi.

— Yoq Azizam sen homiladorsan! Bizning bolamiz... - Taehyung kaftlarini Floraning qorniga yaxshiroq bosdi.

— Hali bola boqishga tayyor emas edim! La'nati himoya vositalari ish bermabdi... - ich ichidan quvonsa ham biroz qoʻrquvga tushgan qiz ma'lum qildi. U oʻzini hali onalikka tayyor deb hisoblanamas edi. Chunki nimadirni noto'g'ri qilishdan choʻchirdi.

— Sen uni tugʻib bersang boʻldi oʻzim unga gʻamxoʻrlik qilaman! Uni mendek otasi bor axir... - Flora kulimsirab qoʻyar ekan Taehyungga tikildi. Ayyorona jilmayar ekan lablarini qisti.

— Hatto uni oʻzing emiza olasanmi? - joyidan sekingina qoʻzgʻalib oʻtirib olgan qiz so'roqladi. Taehyung oʻynoqilik bilan kaftlarini tepalatib borar ekan qizning koʻksiga yetganida toʻxtab qoldi.

— Sevgilim seniki bolamizga ham menga ham yetarli boʻladi... Axir ular ikkita-ku! - Flora handon otib kulib yuborar ekan Taehyung ham unga qo'shildi.

— Ablah! Buzuqi! Agar bolamiz tugʻilsa senga hech narsa qolmaydi... Ahmoq... - yuzini yopib qayta kulgan qiz chuqur nafas oldi.

— Unda oldindan kelishib olamiz! Men tuni bilan bolamizga gʻamxoʻrlik qilaman sen mazza qilib uhlaysan. Evaziga meni ham toʻydirasan! - Floraning yuzlariga yaqin kelib lablarini tishlab bildirgan Taehyung oʻynoqi jilmaydi.
— Men aynan emizishgina nazarda tutmadim Jonginam... - qizning ayyorona jilmayishlarini kuzatib lablaridan qisqa boʻsa olgan yigit qayta qayta yuzlarini har joyidan oʻpa boshladi.

— Rozimisan? - Flora biroz oʻylanib turar ekan bosh silkidi.

— Faqat meni tundan bezovta qilmaysizlar. Uyqumni buzsang bur hafta jazo olasan! - Flora erini koʻksidan urib qoʻyar ekan soʻzladi.

— Ayshhh bir hafta juda koʻpku! Jazoni biroz yengillashtiraylik... - Taehyung yuzini burishtirib kaftlarini qizning qorniga qoʻydi.

— Yoʻq! Rozi boʻlsang shu...

— Roziman! Bolamni qornini toʻygʻizib istaganingcha uhlaysan... ammo men istaganimni xohlagan vaqtim olaman! - qoshlarini qoqib qoʻydi. Flora unga ma'noli qarab qo'yar ekan kulimsiradi.

Flora ona boʻlishi bilgan onida oʻzidan juda havotirlanar edi. U oʻzidan yaxshi ona chiqmaydi deya oʻylardi. Biroz ma'suliyat, qoʻrquv va hayajon mavjud edi unda. Ammo u yonida Taehyung borligini bilganida oʻzini hotirjam his qilardi.

>

Shifoxona yoʻlakchasi boʻylab boshqa Shifokor ortidan ketayotgan qiz biroz bezovta edi. U uch kundan buyon Jimindan hatto bir bor habar ham olmagan edi. Jimin uning bemori edi ammo u magʻrurlik qilib hamshiralardan ahvolini bilib turdi. Bugun esa bosh shifokorning shaxsan oʻzi uni uyiga jo'natib yubormoqchi. Palataga kirib kelishgani Haena juda asabiy edi. Jimin yotoqdan turishga tayyorgarlik koʻrayotgan edi. U avval Haenani soʻng yonidagi tanish chehrani koʻrdi.

— Ahvolingiz yaxshimi Janob Park? - bosh shifokor Janib Do unga yaqin keldi.

Jimin bir uzoqda jimgina turgan qizga qarab qoʻydi.

— Ha Janob Do juda yaxshiman. Hwang xonim menga juda yaxshi gʻamxoʻrlik qildi. Shifokorlaringiz juda tajribali ekan... - Jimin mulohazali ohangda bayon etar ekan koʻzlari Haena koʻchib turardi. Haena esa biroz hijolat chekib lablarini qisib turardi.

— Hwang Haena yangi boʻlishi qaramay juda yaxshi doktor! U juda oʻqimishli va oʻtkir zehnli oʻquvchilarimdan... Barakalla qizim! - Janob Do qizga oʻgirilib uni maqtab qoʻyar ekan boshini silkidi.

— Bundan keyingi muolajalarimni uyda olaman. Shu sabab Hwang xonimni bunga jalb etishingizni istayman. - Haena uning gaplaridan soʻng Jiminni yuziga yeb yuborgudek ammo soxta jilmayish bilan qaradi.

— Albatta! Bu u uchun malaka oshirish uchun bir imkoniyat boʻlardi... Hae qizim sen rozimisan? - Doktor yana qizga yuzlandi. Haena nima deyishni bilmay talmovsirab qolar ekan Jiminning oʻynoqi yuziga qarab qoʻydi.

— Janob Do siz nimani maqul koʻrsangiz shu! Biroq bu yerda ham oʻnga bemorim bor ularning taqdiri nima kechadi? Keyin bilasiz yarim kunlik ishlasam oʻqishlarim ham bor! Janob Parkka qaysi payt vaqt ajrata olardim... - Haena chiroyligina qilib rad etishga urinib yengil kulib qoʻydi. Ichidan hozir Jiminni saralashga tayyor.

— Oʻqishlaringda muammo boʻlmaydi! Bemorlaringga kelsak oʻzim yordam beraman. Sen ishingni davom ettiraverasan Janob Parkning uyiga tushdan keyin ishdan chiqib kirib oʻtasan! - Janob Do imkoniyat yaratib berar ekan Haena buni rad eta olmas edi. Janob Do otasining doʻsti va besh yildan buyon unga ustozlik qilib kelgan otasidek inson. Uning buyrugʻini inkor eta olmaydi.

— Mayli Janob Do unda men Janob Parkni shaxsan nazoratga olaman! Menga ishonavering... - Janob Do mamnun jilmayib qoʻydi.

— Unda ikki haftadan soʻng sendan Janob Parkni kasallik varaqasi qabul qilib olaman... - Janob Do shu soʻzlarni aytib yana Jiminga yuzlandi.

— Otangizga salomimni yetkizib qoʻying... Hae! Janob Parkni kuzatib qoʻy. Tekshiruvlar natijasi menga olib kelasan! - Janob Do xonani tark etar ekan Haena jimib qoldi. Jimin esa atay undan nigohlarini uzamas edi.

— Hamshiralar allaqachon tekshiruvlardan oʻtkazgan ana eshik mana bu esa arava keta olasiz deb oʻylayman! Uy manzilingiz va raqamingizni ma'lumotlardan olaman ertagacha xayr... - soʻzlarini qoʻrslik bilan ma'lum qilgan qiz ortiga oʻgirildi.

— Meni mashinagacha kuzatib qoʻysangiz juda a'lo ish boʻlardi. Har holda siz uchun yolgʻon soʻzladim! - Jimin qizni ortida kesatiq qilar ekan Haena koʻzlarini havsalasiz yumdi. Ortiga oʻgirilib chuqur nafas chiqardi.

— Yaxshi!

>

Hamma oʻz yo'lida ketmoqda. Bugun tuni bilan yana darslarimni tayyorlashim kerak. Anavi injiq bemorim Jimin sabab amtihonlarga tayyorlana olmadim. Uning uyiga naqt ikki hafta qatnadim. Oyogʻi birozgina ogʻrisa ham, qichishib qolsa ham, tomiri tortib qolsa ham meni chaqirardi. Biram ezma cholga oʻxshaydi. Yana tegma nozik olifta. Uyida qanday ish boʻlsa barini menga qildirdi. Qilmasam Janob Do ga mendan shikoyat qilishini shipshitib qoʻyardi. Yaramas! Yaxshiyamki shu azobli va yoqimsiz ikki haftani yakunladim. Bugun kasallik vaqarasini muvaffaqiyatli tarzda Janob Do ga topshirdim. Mendan baxtli odam yoʻq dunyoda. Shu turqi sovuq olifta injiq Jiminni qayta koʻrmayman.

Oʻz xonamda ming betlik kitobimni oʻqib nimanidir yodlashga harakar qilar edim. Indinga imtihon men esa hamon tayyor emasman. La'nati! Oʻsha Jimin boʻlmaganida men darslarga toʻliq qatnashib mavzularni tushunib olgan boʻlardim. Janob Do ham bu imtihonda menga yordam bera olmaydi.

Xonam eshiklari sekin ochilar ekan xonaga onamning ovozi yoyildi.

— Haena qizim... - oyim sekingina ichkariga kirdi. Yuzidan nimadir boʻlgani aniq.

— Ha oyijon... - oʻrnimdan turib onamni yoniga bordim. Onam biroz bezovtadek koʻrinardi.

— Dadangni doʻsti bir necha mehmonlar bilan uyimizga kelishdi. Seni ustozing Janob Do. Mehmonlarni yoniga tushishingni otang istayapti... qani yur! - onam soʻzlarini yakunlab xonadan chiqib ketdi.

Menga nima bor ekan u yerda. Xonamda dard qilib oʻtiraverardim. Oʻzi darslarimni oxiriga yetolmay qiynalib oʻtiribman. Boyagina dasturnoxonni hozirladim yetadiku!

Hayollarga berilib mehmonga kirib qolganimni bilmay qoldim. U yerda bir nechta kishi oʻtirardi. Bir ayol va erkak. Toxtachi... anavi surbet Jiminmi? U bu yerda nima qilyapti. Uni koʻrgacha yuzim burishib ketdi. Ensam qotganini bildirmaslik uchun yana soxta jilmaydim.

— Kel qizim bu yerga oʻtirib ol! - men nima qilishni bilmay turaverdim. Eff salomlashish kerak ediku!

— Xush kelibsizlar! Salomatmisiz? - bu nimasi endi. Nima deyman nima qilaman men. Kresloni bir burchagiga oʻtirib asabiylashib birardim. Juda bezovtaman. Anavi sutbet esa menga tikilishdan charchamaydi. Shu turqini ikki hafta koʻrganim yetarli edi. Uyimizda unga balo bir ekanmi? Yaramas...

— Dohyun endi maqsadga oʻtib qoʻya qolaylik. Seni anchadan buyon taniyman. Eski doʻstlarmiz. Qizing Haenani oʻgʻlim Jiminga bersang qarindoshlik aloqalarini oʻrnatardik. Jiminni bilasan, koʻz oldingda ulgʻaydi. Bir yildan buyon uni uylanishga koʻndira olmayotgan edim. Qizing uni davolagan shifokor ekanini bilib juda hursand boʻldim.

Jimin ham aynan seni qizingga uylanishini aytgani boshim osmonga yetdi! - Janob Do yonidagi amaki nimalar deyayotganini anglayaptimi oʻzi? Qanaqa qudalik? Meni Jiminga soʻrab kelishdimi nima? Bu nimasi? Qanday gunoh qilgan edim jazosi bu surbet boʻlib keldi? Oyoqlarimni likillatib asabiy yutundim. Otamning soʻzlari barini hal qiladi. Otam mendan soʻramay hech narsa demaydi. Buni bilaman. Ammo bari bir qoʻrqyapman.

— Bu juda ajoyib boʻlardi! Jimindek kuyovim boʻlishini juda istardim... - otam Jiminga qarab kulib qoʻydi. Bu yaramas esa keng iljayib menga qaradi. Men esa hech bir soʻzsiz qoldim. Hozirgina kelajagim hal boʻldi. Men hali turmushga chiqishni istamayman. Otamni erkatoy yagona qizi boʻlganim sabab hech ikkilanmay rad etishga urindim.

— Dadajon! Axir hali oʻqishim borku! Mendan nimadir soʻramaysizmi mobodo... - otamga ma'noli qarash qilib qoʻydim. Onam esa menga oʻqrayib qaradilar. Chuqur nafas olib jahl bilan otamning soʻzlarini kutdim.

— Qizalogʻim senga Jimindan mos odamni koʻrmayapman. Men bu nikohga roziman meni fikrim sen uchun ahamiyatsizmi? - otam menga biroz ranjigan qiyofada tikildi. Otam shu kungacha istaganimni muhayyo qildilar. Meni koʻz qorachigʻidek asrab avaylab katta qildilar. Hatto o'qishdan yiqilganimda ham meni koyimadi. Oʻqishim uchun qoʻlidan kelganini qildi. Men qanday qilib unga qarshi chiqa olaman. Hayotimda eng qadrlaydigan bir inson boʻlsa ham u shubhasiz otam. Men qanday uning qalbiga ozor beraman. Oʻz istaklarimni qanday qilib unikidan ustun qoʻyaman. Otamga uzoq tikildim. Jimib qoldim. Hammani yonida otamga nisbatan hurmatsizlik qila olmayman.

— Yoʻq dadajon... Siz nima desangiz shu! - biroz sust va hafa ohangda bildirdim. Soʻng butkul jim qoldim. Bilaman ulg'aydim. Bir kun kelib kimgadir turmushga chiqishim kerak. Ammo nega aynan hozir. Orzularimchi? Men qilgan maqsadlarchi? Meni istaklarimni kim inobatga oladi. Shundan soʻng hech bir soʻz demadim. Boshimni egib qotib qoldim. Nahotki oʻzim istamagan inson bilan bir umr hayot chekirsam?

— Hae?! Qizim sen juda hafa koʻrinasan... Havotir olma qizim biz seni oʻqishing uchun hamma sharoitlarni yaratib beramiz. Oʻgʻlim Jimin ham seni juda yaxshi tushunadi. U yomon inson emas... Bizdan ranjimadingmi? - Jiminni yonida turgan ayol menga muloyim ohangda gapirdi. Menimcha by ayol uning onasi. Kulishga urinib lablarimni qistim. Jiminning onasi yomon ayolga oʻxshamayapti? Juda mehribon.

— Qarorni otam qabul qilgan boʻlsa qanday ranjiyman... - Taslim boʻlgan koʻyim soʻzlar ekanman otamga menga tikilib kulimsirab qoʻydi.
— Dadam doim meni oʻylaydi, menga yomonlikni ravo ko'rmaydilar. Oʻgʻlingiz qanday inson bilmadim ammo otam uni menga loyiq koʻrgan ekan bu eng togʻri qaror ekaniga ishonaman. Endi men xonamga qaytsam, Mazur tutasizlar... - koʻzim yoshlanib oʻrnimdan qoʻzgʻaldim. Dimogʻim achishib ketyapti. Men hozir nimalar qildim? Bir onda butun hayotimni oʻzgartirib yubordim... Umuman o'zgartirib yubordilar... buni qanday qabul qilaman. U surbet bilan qanday oila boʻlaman?...

>

Ikki yil. Ikki yil yeldek oʻtib ketdi. Hammasi oʻzgargan. Tadqirlar baxt bilan qorishgandek edi. Jimin va Haenaning toʻyi boʻlganiga uch oy toʻldi. Ular ikki yil bir biriga koʻnikishga harakat qilishdi va Haenaning roziligi bilan toʻy boʻldi. Boshida qiz Jiminni qabul qila olmadi. U bilan uchrashishni, gaplashishni yoki birga vaqt oʻtkazishni istamasdi. Ammo Jimin bu imkonisizdek koʻringan ishni uddaladi. U bor e'tibori, mehri va sevgisi faqat Haenaga yoʻnaltirgan edi. U hech ham taslim boʻlmadi va oxirida u sevgisi erishdi. Bir yil vaqt ichida u Haenani oʻziga koʻniktirishni uddaladi. Hozir esa ular juda baxtli oilaga aylangan.

— Sen uni kotibam dedingmi? - Haena jigʻibiyron boʻlib kech qolib kelgan erini ortidan bordi. Bugun ertaroq kelaman degan odam yarim tunda kirib kelyapti yana biroz mast. U qizishib Jiminni ortidan yotoqxonaga kirdi. Jimin xonaga kiriboq kiyimlarini yechib tashlar ekan tanasi yonib ketardi. Haena endi kiyimlarini alishtirib tungi libosi kiyib uxlashga tayyorgarlik koʻrgan edi.

— Men senga savol berdim! - qiz asabiy erini yalang tanasi qarshiga keldi. Ayni damda koʻziga hech narsa koʻribmayapti. Chunki bir necha soat ilgari eriga qongʻiroq qilganida goʻshakni begona ayol ko'tardi.

Jimin qizning gaplarini eshitsada quloqlariga ilmay jilmayib lablarini tishlari. Mukammal ayolga ega boʻlganini yodga olar ekan oʻzidan gʻururlandi. Oʻshanda hech ikkilanmay Haenaning qoʻlini soʻrashga ota onasini majbur qilganida hayotidagi eng togʻri yo'lni tutganini tushundi. Ayolini belidan qoʻlini aylantirib tanasiga jipslab qoʻydi. Haena erining bunday shilqimliklariga koʻnikib ketgani sabab koʻzlarini havsalasiz yumdi.

— Mening Goʻzal rafiqam erini rashk qilishni boshladimi? - Jimin barmoqlari bilan yuzini siladi. Haena esa hamon uni osilgan qovoqlar va oʻtkir nigoh bilan kuzatardi. Jimin egilib ayolini yuzidan oʻpib qoʻydi. Haena alkogol hididan yuzini burishtirib Jiminni oʻzidan itardi.

— Rashk qilishga haqqim yoqmi? Erimga qongʻiroq qilsam goʻshakni begona ayol oldi... Erimdan buni hisobini soʻrasam u mening kotibam deb mavzuni yopyapti! - qiz norozi qiyofada kesatiq bilan gapirar ekan Jimin uni xira jilmayish bilan kuzatib turar edi.

— Jahling chiqqanida juda yoqimtoy boʻlib ketasan! Seni yeb qoʻygim keladi... - Jimin yana kulimsirab Haenani boʻyniga yuzini koʻmdi.

— Gapni olib qochma! - qattiq ohangda bildirdi.

— U oddiy kotibam xolos. Majlis sabab telefonim xonamda qolib ketibdi, tinmay qongʻiroq qilganing sabab goʻshakni koʻtargan. Bu uchun mendan uzur soʻradi... - Jimin gapirish davomida qizning yelkarida ilinib turgan bogʻichni yechib oldi. Haenaning egnidan sirpanib yerga tushgan tungi libosi endi oppoq tanasini yashirmasdi. Jimin keng gʻalati jilmayish bilan qizni yanada oʻziga tortdi.

— Juda asabiysan... Nimani xohlayotganingni bilaman! - Jimin qizning sochlarini silab quloqlariga yaqin kelib pichirladi.
— Ismimni aytish yodingdan chiqmasin! Shongʻib ketsam bilmay ortingga tarsaki tushirib yuborishim mumkin... - ayyorona iljaygan yigit ayolini qoʻliga olib yotoq tomon ildamladi.

>

Keng dasturxon atrofida baxtli juftliklar yigʻilgan. Tushdan soʻng kelishuv asosida bir joyga yigʻilgan kichik oilalar ayni damda qizg'in suhbatga kirishib ketishgan. Biroz uzoqroqda kichik bolalar birga mashina surishib oʻynab oʻtirishar ekan yam yashil oʻt oʻlan bilan qoplangan bogʻda uzun dasturxon yoyilgan. Bir burchakda goʻsht pishirish mashinasida tansiq taom tayyor boʻlmoqda.

Stol atrofidagi juftlik yengil kulishar ekan Sienna oxirigi go'sht bolagini ogʻziga soldi.

— Siennam bugun juda ishtahang ochilib ketdi, balki test qildirarsan! - Flora kulimsirab sha'ma qilib qoʻyar ekan Siennaning tomogʻiga go'sht tiqilib yoʻtalib qoldi. Jungkook uning ortidan yengil urib suv uzatar ekan havotirli qiyofada xotiniga qarab turar edi.

— Ayshhh Sevgilim sekinroq ye...

— Flora oʻzing qilgan murakkab ishga meni ham tortyapsan... - Sienna Floraning endigina boʻrtib chiqayotgan qorinchasiga ishora qildi. Flora asabiy ensa qotirdi. Taehyung uzoqdan yana go'sht boʻlaklari likopchalarga qoʻydi.

— O'sha kuni Tae shoshiltirmaganida balki ishlar bunchalik murakkablashib ketmas edi! Hammasiga u aybdor! - Flora hech narsadan habari yoʻq erini turtqiladi.

— Kimdir hafa qildimi Marvaridim!? - Taehyung egilib Florani peshonasidan oʻpib qoʻyar ekan uning arazkash yuziga tikildi.

— Bolamiz hali ulgʻaymay turib ikkinchisiga homilador boʻlganimni gapirishyapti! Bitta bola yetadi degan eding... Yolgʻonchi meni avrab homilador boʻlishga majburladi! Ablah! - Flora so'zlari oxirida kulib yuborar ekan Taehyung ham hamma singari yengil kulib xotinini quchoqladi.

— Hayotim sen ularga e'tibor berma! Sen ikkinchi hayrli ishni qilyapsan ular senga hasad qilishyapti! Nima qilibdi yana bitta mittivoyimiz bo'ladi... - Taehyung yana Florani peshonasiga lablarini bosdi.

— Bunisiga ham oʻzing qaraysan! Men tugʻib beraman undan keyin sen enagalik qilasan... - Flora eriga qayta takrorlar ekan boshini silkidi. Taehyung keng jilmayib xotinini qornini silab qoʻydi.

— Bosh ustiga! Mittivoyimizga oʻzim gʻamxoʻrlik qilaman... - Taehyung qizni quchog'iga olib sochlarini silab oʻtirardi.

Jungkook sekin Siennaning belida chimchilab qoʻyar ekan g'alati qarash qilib qoʻydi. Sienna unga oʻgirilar ekan qochlarini chimirdi.

— Unday qarama Jungkook! Biz hali ikkinchisiga tayyor emasmiz... Oʻzi bitta bolani arang eplayapmiz! Sen Taehyung kabi yaxshi enaga emassan... - Jungkook xotiniga oʻtkir nigoh tashlab qoʻyar ekan suvdan hoʻpladi.

— Har holda men yotoqda Taehyungdan yaxshiman! - ayyorona kulimsiragan yigit suzulib qo'ydi.

— Yotoqda qandayligimni xotinim soʻra! Sendan yaxshiroq ekanimni isboti mana bu... - Taehyung ham Jungkookka oʻlchakishib Florani qorniga ishora qilib ko'z qisib qoʻydi.

— Hoy Tae! Sen olovga moy sepyapsan! Erimni yoʻldan ozdirma... - Sienna Jungkookni bilaklaridan tutar ekan yelkasini silab qoʻydi. Jungkook Siennani stulini o'ziga yaqin surar ekan quchogʻiga oldi. Sochlaridan oʻpib qulayroq joylashib oldi.

— Yoshlar biroz nariroqda bolalar oʻynayapti. Bu gaplar va qiliqlar ularga yaxshi oʻrnak boʻlmaydi... - boshidan beri jim turgan Haena qoʻshimcha qildi. Jimin soʻngi qultum sharbatni ichar ekan kulimsiradi.

— Yagonam ularga bu ta'sir qilmaydi! Bu yerda namunali ota onalar faqat bizmiz... - Jimin qizning qoʻlidan tutib jilmayib qoʻydi.

— Goʻshtni hidi kelyapti! - Haena burniga kelgan kuygan hid ta'sirida yuzini burib ma'lum qildi.

— Hozir olaman! - Taehyung endi Floradan ajralib uzoqlashmoqchi edi ammo qiz uni qoʻlini qoʻyib yubormadi.

— Nega faqat meni erim turishi kerak! Ana sizlar ham pishiringlar! Hamma narsani meni erim qilishi kerakmi? - Flora qaysarligi tutib Taehyungni qoʻyib yubormasdi.

Jungkook chuqur hoʻrsinib qoʻzgʻalishga urindi ammo Sienna ham unga qarshi chiqib tortqiladi.

— Meni erim ham turmaydi! Undan avval ikki marta Jungkook pishirdi go'shtni... - Sienna ham norozilik bildirdi.

— Boʻldi azizlarim meni erim va men pishiramiz! Janjallashish shart emas... Qani erjonim tur go'shtni birga pishiraylik tinchgina! - Haena oʻrtaga qoʻshilar ekan oʻrnidan turdi. Jimin ham xotinini yuzini chimchilab qoʻydi.

— Oʻzimni aqlligim! Birdonam... Qani yur ramatika qilib go'sht pishiramiz! - Jimin qizni kaftlarini toʻldirib stoldan uzoqlashib ketdi.

— Ular bir biriga juda mosda! Ikki yaxshi odam birlashib qolgan... - Flora uzoqdan ularni ortida qarab qolar ekan ma'lum qildi.

Uzoqda Floraning oʻgʻlining yigʻi ovozi eshitilar ekan u yugurib Taehyungni yoniga keldi.

— Dada Sanji meni urdi! Qoʻlimni shilib oldi qarang! - yigʻlab oppoq qoʻlini tilingan joyni koʻrsatgan bolakay yana yigʻlay ketdi.

— Yaramas qizaloq! Nega oʻgʻlimni qoʻlini yulib olgan! Nega qaytarib urmading oʻgʻlim? - Flora asabiy oʻgʻliga yaqinlashdi.

— Tinchlan Flora axir Sanji ham bola boʻlsa. Bolalar shunday urishadi va yana yarashadi! Sanjiga baqirma... - Sienna oʻrtaga qoʻshilib Florani tinchlantirdi.

— Jiminni qizi juda shartaki! Oʻgʻlimga hech kun bermaydi! Seni oʻgʻlingni urmaydi u bilab urushmaydi... faqat meni bolamga teginadi! - Flora oʻgʻlini quchogʻiga olib ovutdi.

— Meni oʻgʻlim qizlar bilan yaxshi til topishadi-da! - Jungkook uzoqda Sanji bilan oʻynab o'tirgan oʻgʻliga qarab qoʻydi. Magʻrurlanib qoshlarini koʻtarib qoʻyar ekan jilmaydi.

— Senga oʻxshab xotinboz boʻlmasa boʻlgani! - Flora yana chaqib oldi.

— Boʻlsa yaxshiku! - Jungkook yana davom etdi.

— Bas qilinglar iltimos... Biz dam olish uchun kelgan edik ammo sizlar yana muammolar yaratasizlar!

Stolga yaqin kelgan juftliklar yana pishgan goʻsht boʻlaklarini likopchaga qoʻyishdi.

— Nimadir boʻldimi? - Haena yigʻlab turgan bolakayga qarab qoʻydi.

— Suyukli qizlaringiz oʻgʻlimni yan turtkilabdi! - Flora oʻgʻlini boshini silab qoʻydi.

— Qizimiz hali seni oʻgʻlingdan kichik boʻlsa, oʻgʻling oʻzini himoya qila olmasa ayb undami? - Jimin kesatib qoʻydi qizini himoya qilib.

— Meni oʻgʻlim oliyjanob! Oʻzidan kichiklarga ozor bermaydi! Bolajonim oʻzimni... - Flora yoqimtoygina boʻlib oʻtirgan oʻgʻlini oʻpib qoʻydi.

— Flora sen yana oʻn beshta bolani katta qila olasan! Ikkinchisi tug'ilgach vaqt yotoqmay keyingisiga harakat qilinglar... - Sienna dugonasini mazaxlab kulib qoʻydi.

— Kerak boʻlsa eriginam boqa olsa yana bola yarataveramiz! Koʻra olmaydiganlar kuyib oʻlsin... - Flora suzulib qoʻyib yuzini burdi.

— Sevgilim bu tun biz ham harakat qilamiz! Himoyasiz! Oʻgʻlimizni ertaroq uhlatamiz... - Jungkook Siennaning ochiq sonlaridan tutib mahkam qisib quloqlariga pichirladi. Sienna eriga gʻalati qarab qo'ydi.

— Jungkook rekodrimni yangilolmaysan! Men bu gal birinchi ota boʻlaman... - Taehyung ogʻziga goʻsht bo'lagini solib qoshlarini koʻtarib magʻrurlanib qoʻydi.

Hamma birdan kulib yuborar ekan oʻrtaga yana quvnoq muhit avj oldi. Yana suhbat juda maroqli, uzun va huzurbaxsh davom etdi. Bir stol atrofida o'tirgan insonlar uzoq yillik qalin doʻstlar, bir birini sevib oshiq boʻlgan, balki bir paytlar dushmanga aylangan. Ammo hozir hammasi juda samimiy edi.

Bizning hikoyamiz ham o‘z nihoyasiga yetdi. Ularning baxtli lahzalari hali oldinda. Balki hayot ularga yana sinovlarni ro‘baro qilar. Biroq sevgan va ishongan qalblar hech qachon bir birini qiyin pallalarda tashlab qo‘ymaydi. Axir hayot yo‘li hamisha ravon bo‘lavermaydi. Ba’zan u insonni og‘ir sinovlar bilan to‘xtatadi, sabrini va irodasini taroziga soladi. Ayriliq, tushunmovchilik va iztirob ham muhabbatning yo‘lida uchraydigan bekatlardir. Ammo chin sevgi aynan shunday sinovlarda o‘zining asl qadrini ko‘rsatadi. Muhabbati sinovlardan o‘tgan insonlar esa oddiy baxtni ham boshqacha qadrlaydi. Ular bir birining yonida bo‘lishning o‘zi eng katta ne’mat ekanini anglaydi.

Yana shuni unutmangki baxt bu faqat sevganda yoki sevilganda his etilmaydi. Bazan baxtni his qilish oz qoʻlimizdadir. Baxt bu oilamiz, baxt bu sogʻligimiz, baxt bu shu hayotda borligimiz, baxt bu yaqinimiz bilan o'tkazgan lahzalarda, baxt bu kimgadir kerak boʻlish, baxt bu muvaffaqiyatga erishish, baxt bu tinchlik, baxt bu hayotimiz istamagan tomonga burilib bizga cheksiz quvonch beradigan onlardadir. Baxt tushunchasi juda keng. Uni his etishimiz uchun bazan biz ogʻir sinovlarga dosh berishimiz kerak bo'ladi. Shundagina baxtni qadrini anglaymiz.

Hech qachon taslim boʻlmang. Doim yashashga va baxtli boʻlishga intiling. Va shuni unutmangki baxt bazan bizga juda yaqin, bazan esa juda uzoq. Ammo biz baxtni koʻproq yaqindan izlaylik. Masalan, bizning kanalda yozilgan asarlardan.

“Baxt tashqaridan emas, inson qalbidan boshlanadi" ( Leo Tolstoy )

*****

Mana azizlarim fanfic haqiqatdan oʻz yakuniga yetdi. Har bir hikoya boshlangani kabi tugaydi. Bu hayotda tugamaydigan narsaning oʻzi yoʻq. Barchaning yakuni bo'ladi. Hayot ayriliqlardan iborat. Hech narsa abadiy emas. Bu hayotda oʻlimni hech unutmaylik. Hayot har bir kishiga bir marotaba beriladi. Shu sabab bir martalik hayotingizda baxtli yashashga intiling. Gʻamlat abadiy emas. Bir kun ular ham tugaydi. Hullas doim baxtli boʻlishga va tabassum qilishga sabab toping. Urinib ko'ring, bu imkonsiz emas qadrligim.

Hikoya sizga manzur keldi degan umiddaman. Men bor kuchimni berib siz azizlarga hikoyamiz mazmunini yetkazib bera oldim deya oʻylayman. Hikoyamizda asosiy urgʻu faqat sevgiga emas balki oila, doʻstlik, maqsadlarga erishish uchun harakat qilayotgan qalbga yoʻnaltirilgan edi. Sienna sevgi deb atalmish murakkab bir savdoni boshisan kechirdi. Oʻylaymanki u qilgan xatoliklarni siz qilmaysiz. Sevgi degan tuygʻuni doim bir badali bo'ladi. Siz uni Sienna kabi otaning ishonchiga aloshtirmang. Agar siz hali balogʻat yoshidagi katta hayotga endi qadam qoʻygan qizaloq boʻlsangiz hech qachon sevgi sabab oilangizni hafa qilmang. Ishoning bundan qattiq afsuslanasiz. Hayot hamma yigitlar ham Jungkook kabi emas. Bilaman hikoyalarni, ayniqsa fanficlarni oʻqisangiz haqiqiy hayotdan uzoqlashasiz. Bu yaxshi. Bazan hikoyalardagu yaxshi yakun sizni yengillashtiradi. Yaxshi oʻy hayollarga borishga undaydi. Sevgi borligiga ishontiradi. Ammo doim ham bu haqiqat emas. Doim ham sevgi baxtli yakun topmaydi. Shuni unutmang. Hayotga real qarashni o'rganing qizlarim.

Hech narsa oilangizni hafa qilib qoʻyishingizga arzimaydi. Hatto o'sha yigitga boʻlgan muhabbatingiz ham. Oilangiz muhabbati har qanday yigitga boʻlgan his tiygʻularingizdan ustundir. Siennaning otasi kabi otalar kam emas. Hamma otalarning gʻururi bo'ladi. O'sha gʻurur siz ekanligingizni unutmang. Odobnoma darsini oʻtish niyatim yoʻq ammo hikoyadan o'zingizga qandaydir saboq chiqara olgan bo'lsangiz men mamnunman.

Hammaga rahmat. Ketkazgan vaqtingiz, bosgan reaksiyalaringiz va alohida e'tibor berib yozgan fikrlaringiz uchun rozi boʻling. Sienna sizlarni juda yaxshi koʻradi va doim uni qadrlaydigan bitta muxlisi uchun ham yozishda davom etadi. Love you ♡