Cruel Love
Seni ayblamayman. Seni sevib ming parchagan bo'lingan qalbim uchun oʻzim javobgar edim.
Qora bulutlar ostida yaraqlab turgan ulkan bino ichida vaqt allaqachon tunga yaqinlashib qolganiga qaramay mijozlar talaygina. Bar yana qaynab shijoat bilan ishlamoqda. Bar eshigidan kirishingiz bilan ichkaridan jazirama issiqlik va alkogolga qorishgan havoning o‘tkir hidi yuzingizga uriladi. Yorug‘lik xira shiftga osilgan neon chiroqlar turfa rangda miltillab atrofga sehrli ko‘rinish beradi. Bardan o‘rtaga taralayotgan musiqaning ritmi yurak bilan mushtdek urilmoqda jazz va deep house ohanglari bir-biriga singib ketgandek.
Bardagi mijozlar allaqachon alkogol ta'sirida bir nimalarni valqalagancha oʻz dunyosiga tushib qolishgan. Kimdir kulib gaplashar, kimdir pinagini buzmasdan bir stakanni do‘st tutib chuqur fikrlarga cho‘mgan. Qizil lab bo‘yog‘i va jozibali ko‘z qiyofalari bilan ayollar bar peshtaxtasida o'tirib garchi kayfiyatlari yengil bo‘lsa-da ko‘rimsiz og‘irlikda o‘tirardi. Ularning kulgusi ham xira ammo shunchalik jalb etuvchi. Bartender yigitlar mohirlik bilan shakerlar bilan o‘ynashib stakanlarga yengil muz solishar, viski va likyorlarni muvozanat bilan aralashtirib ichimliklar tayyorlaydi. Ularning qiyofasi o‘ylangancha jozibali qisman yengil tabassum, qisman sirli sokinlik bilan mijozlarni o‘ziga jalb etadi. Ofitsiant qizlar qora forma kiyib oyoqlarida poshna tovushlari zamin ustida ritm bilan yangraydi go'yo. Har bir buyurtmani yodlab stollarni aylanib yurishar, mijozlarning kayfiyatiga qarab hazil aralash so‘zlar bilan xizmat qilishardi. Ularning ko‘zlarida charchoq ko‘rinsa ham ammo yuzlarida hanuz mehribonlik saqlanib qolgan.
Melin ham bugun oʻsha ofitsiantlar qatorida qoʻlidagi buyurtmalarni mijozlarga eltish bilan band. Bu ish uning asosiy daromadini aylanib ulgurgan. Kunduzi ham u shu barda ishlaydi. Melin bugun ham biroz charchoqli yuz ila qadamba qadam buyurtma tashirdi. Orada ikki hafta vaqt oʻtdi ayni damda Melinda faqat yigitning oʻsha kungi maktubigina bor. Melin Taehyung uni hatto telefon orqali ham izlamagani va habar olmaganidan ranjib ulgurgan. Melin yigitining bu qadar koʻp yoq boʻlob qolishiga oʻrganib qolgandek edi. Taehyung go'yo kuchli chaqmoqqa oʻxshaydi. Chaqmoq kabi shovqin va kuchli yorugʻlik olib keladiyu biroq bu qisqa fursat ichida yana yoqoladi va Melinni yana o'sha zimostonlik ichida yolgʻiz qoldirgancha ketib qoladi. Ayniq damda Melin o'zini butkul yolgʻiz his qilar edi. U bu beshavqat dunyoda yolgʻiz oʻzigina qolgandek. Eng yaqin dugonasining ham endi turmushi va oʻzini muammolari bisyor. Hyunjin qandaydir hizmat safariga yoq boʻldiyu boshqa qaytmadi. Felixni anchadan buyon koʻrmadi. Sevgan insoni esa uni faqat omadli tasodifan uchratib qolardi. Oʻsha omad esa Taehyung xohlaganida keladi.
Anchadan buyon holsizlik, uyqu bosishi va ayniqsa bardagi yoqimsiz alkogolga aralash tutun hidi qizning ko'nglini behuzur qilar edi. Ammo bularga chidashga majbur. U har soniya Taehyung qarshisidan chiqib uni quchishini u har gal rad etib yuzini buradigan yoqimli erkalashlarini sogʻinar edi. Negadir shu kunlarda u yigitni telbalardek kutar faqat unigina oʻylar edi.
Melin zinalardan pastlab tushar ekan yana oʻsha bosh aylanishi tasirida qalqib ketdi. Ortidan kelgan ovoz tasirida hushyor tortdi.
— Melin sakkizinchi Vip xonaga bor. – Janob Min jiddiy va biroz mungli qiyofada qizga gapirar ekan koʻzlarida gʻalati bir achinish uchqunlari mavjud edi. Melin uni kuzatib turar ekan nimadir notog‘ri ekanini tushundi. Melin indamay qadamlarini Vip xona tomon yoʻnaltirdi. Ichidan balki suyukli insoni kelgani haqidagi bir oʻy uni quvontirdi.
Vip xonaga eshiklaridan ichkariga kirar ekan u yerda charm kursida yoyilib oʻtirgan oʻrta yoshli erkakga duch keldi. Melin kutgan olamiga yoʻliqmaganidan yuragi orqada tortdi. Melin hayron qiyofasini yashirishga urinib qoʻllarini kastyum etaklarida olob borgancha biroz hijolat tortdi. Qarshidagi inson unga mutloq begona.
— Sen ekansan oʻsha Lee Melina – kamsitish aralash iztehzo bilan gapirgan erkak qoʻllarini kursining ikki chetiga qoʻydi. Uning nigohlariga bepisandlik va odamni hayiqtiradigan sovuqlik mavjud edi.
— Demak meni taniysiz? Kimsiz oʻzi? – Melinga bu erkakning qarashlari va oʻzini magʻrur tutishi gʻashini keltirdi. U ham u kabi sovuq ohangda soʻradi. Melin oʻzini tutib olishga urinib qoʻllarini etaklarida olib jiddiy qiyofada javob kuta boshladi.
— Sen don olishib yurgan insoningni otasiman! – janob Kim bepisand ohangda kinoya bilan javob berdi. Koʻzlari esa qizga yoqtirmayman qarash bilan har bir harakatini kuzatardi. Melin ogʻir yutunib qoʻyar ekan miyasiga urilgan " don olishib " uni teshib oʻtdi. Melinga bu gap qattiq tasir qildi shekilli yuzlari qizara boshladi. Ammo u jim turishni afzal bildi.
— Melin sen bilan ochiqchasiga gaplashamiz. Oʻgʻlim Taehyung bilan bundan keyin uchrashmaysizlar. Men bu bemani munosabatlarga qarshiman. – Janob Kim qattiq ohangda qat'iy ma'lum qilar ekan oʻrnidan qoʻzgʻaldi.
— Sen u bilan bu bemanilikka barham berasan. Taehyung bilan boshqa uchrashmaysan va uni atrofida oʻralashmaysan. Oʻgʻlim sen bilan yetarlicha ko'ngilxushlik qilib boʻldi. – Janob Kimning har bir gaplaridan tobora ezilib yerga kirib borar ekan o'pkasiga tiqilgan sovuq havo yurakka sanchilgan muz kabi ogʻriq berar edi. Eshitgan gaplari yuragini siqib nafasini bogʻib borar edi. Sevgan insoning padari bilan bunday muloqot qilishini kutmagan edi.
Janob Kim stol ustida turgan qiz hech ham etibor bermagan kanvert ichidagi pullarga imo qildi.
— Ularni olda bu yerdan ket. Senga bu meni yaxshiligim boʻlsin. – Janob Kimning bu gaplari endi juda ortiqchalik qildi. Qizni go'yo erkaklarni ko'nglini hushlab keyin pul taqdim etadigan foxishalarga tenglashtirgani unga juda ogʻir botdi. U bu sevgidan kutganlari shu edimi. Soʻzsiz ishongan insonidan qabul qilgani shu kanbert ichidagi pullarmi? Melinni shu onni ozidayoq gʻazabi ortib bordi.
— Janob Kim men siz bergan bu sadaqaga muhtojligim yoq. Taehyung meni har qanaqasiga hayotidan chiqarib yuborishi yoki meni xohlamasligi haqidagi safsatalarga meni ishontira olmaysiz. Men sizga emas sevgan insonimga ishonaman. Taehyung hayotiga meni oʻzi olib kirdi va u meni sevishini bilgan holda uni hech qachon tark etmayman. – Melin soʻzlari qat'iyatlik bilan takidlar ekan janob Kimning gʻazabi yaxshiga koʻtarildi. Ammo u yuziga sovuq iblisona tabassumini namoyon etdi.
— Seni sevishiga ishondingmi? Taehyung unashtirilgan hoʻsh suyukli sevgiling buni ham senga aytganmidi? Oʻgʻlimni sendan koʻra men yaxshiroq bilaman u sen kabilar bilan faqat oʻynashish uchungina birga boʻladi. U yaqinda uylanadigan yigit oʻsha oʻgʻlim tortib olgan or nomusing zigʻirchagina oʻzingda qolgan boʻlsa hurmating borida ket. Aqling yigʻ! – Melin turgan joyida toshdek qotdi. Tanasi go'yo muz ichida qolgandek hatti qaltiray olmas edi. Har bir soʻz nafasini toraytirar ichidan nimanidir uzib borardi. Nafas olishni unutgandek betartib nafas olar ekan janob Kimning yuziga qaray ham olmas edi. Koʻzlarida jilvalangan marjon koʻz yoshlarni chiqib ketmasligi uchun kurashar ekan bu ilojsizdek go'yo. Qalbidagi bu cheksiz ogʻriqni his qilganidan faqat oʻzinigina lanatladi. Go'yo soʻzlashni unutgan inson kabi hech narsa deya olmasdi. Sukunat esa uni ichidan yeb bitirgudek. Ammo uning yigitha boʻlgan sevgisichi? U sof ediku. Taehyung bilan oʻtgan oʻsha shirin hotiralari aslida haqiqat ediku. Yigitning unga boʻlgan munosabati va bergan vadalari eslida yolgʻon edimi? Uning koʻzlarida mehr va mavjlangan muhabbatichi yolg'on edimi? Melin nafas yutgan holda jim turar ekan Taehyung hech qachon unga bunday qilmasligi va uning har hir harakati faqat sevgini anglatishini yodga olar ekan nafasini qoʻyib yubordi. Har qanday qiz ham bu gaplardan soʻng ketishi mumkin ammo Melin sevgisi uchun bunday qila olmas edi. Taehyung har doim faqat unga ishonishi va faqat u bilan qolishini takror takror anglatganini yodiga olar ekan qalbi biroz tinchlangandek boʻldi. U yigitni qoʻllaridan tutgan ekan u qizni oʻzidan itarmagunicha ketmaydi. Melinda yigitga nisbatan kuchli ishonchi va cheksiz muhabbat mavjud ekan u shunchaki ketmaydi.
— Janob Kim haqoratlaringiz Taehyung yoniga ham aytishing uchun saqlab qoʻying chunki uni yonida meni doim koʻrasiz. Men siz tarbiyalagan insonni sizchalik bilmasman ammo u meni yarim yoʻlda tashlab ketmasligi umuman olganda u hech narsani chala qoldirib ketmasligi bilaman. Taehyung oʻzi menga ket demagunicha ketmayman u siz boʻlasizmi yoki boshqasini buni farqi yoq. Men faqatgina sevgan insonimga ishonaman. Endi mazur tutasiz men ishimga qaytishim kerak. – Melin har bir soʻzini qalbidagi notinchlik va ogʻriqqa qorishtirib ma'lum qilar ekan hiyla egilib qoʻygancha erkakni keyingi gaplari eshitmay xonadan chiqib ketdi.
Xonada qahr va alam bilan qolib ketgan janob Kim qoʻllari bilan koʻzlarini asabiy ishqaladi.
— Oʻgʻlimga doim ojar osov otlar yoqgan bu ham huddi shuni oʻzginasi! Ammo sendan boshqacha yoʻl bilan ham qutula olaman magʻrur xonimcha...
Xonadan chiqqach yanada nafasi bogʻilib borayotgan qizning oʻy hayollarida janob Kimning gaplari tinmay kaseta singari aylanar edi. Bu soʻzlar haqiqatga biroz yaqindek. Axir u Taehyungni ikki haftadan buyon koʻrmadi. Undan na habar bor va na biror koʻrinish. Melinni go'yo ikki qoʻli bogʻlangandek edi. Yurayot yoʻlini ham anglamagan qiz zinalardan oastlab borar ekan togʻri hodimlar xonasi tomon noaniq qadamlar bilan borardi. Qizning ahvolini chetdan koʻrib qolgan Nabi ishini tezda tashlab ortidan ergashdi. Melin ertalabdan buyon tuz totgani yoq hatto tushlikninh ham yoqimsiz hidli ekanini roʻkach qilgancha ishga shoʻngʻib ketdi.
Eshik birdan ochib ichkarida kirar ekan Melin sochlari ortga taragancha eshitgan gaplari va hayotiga bu noaniqliklar ichida kuldek yonar edi. Hammani yonida jar solib aytgan soʻzlari rostmi oʻzi? Taehyung uni yarim yoʻlda qoldirib ketmaydimi? Oʻzi u bilan qancha yoʻl bosdi. Bu uch oylik munosabatlar ichida ular bir biriga jida kam vaqt ajratardi. Taehyungning oʻrtada haftlab yoq boʻlib qolishi va tok urgandek paydo boʻlib qizni oʻz yoʻl yoʻrigʻiga burishi. Bu hammasi sevgimi? Melin oʻzi aytgan gaplariga oʻzi shubha qilar ekan bundan battar asabiylashib borar edi. Bir burchakka oʻtirgancha toʻyin toʻyib yigʻlashni istaydi u ayni damda.
— Melin bu nima ahvol. Nega ranging oqarib ketgan? Tobing qochdimi? – Nabi qizga havotirli nigoh tashlagancha yaqin kelar ekan Melin yigʻlab yubordi. Nabi qizni bagʻriga olar ekan unga tushunarsiz qiyofada qaragancha yupatar edi. Bagʻriga hoʻngrab yigʻlayotgan qizni koʻrgan Nabi uni tinchlantirishga urindi.
— Melin goʻzalim nega yigʻlayapsan? Yoki Janob Min nimadir dedimi? Taehyung bilan hammasi yaxshimi? U hafa qildimi seni? – Nabi qizni boshini silagancha unga savol berar edi. Ammo hozirgi paytda Melinga faqat issiq va samimiy quchoq kerak edi. Eshitganlarini hech miyasidan chiqara olmayotgan qiz hech biriga ishonishni istamas edi. Bari yolgʻon boʻlsin!
— Melin senga qarachi. – Nabi qizning yuzlaridan tutib namiqqan sochlarini ortga olar ekan Melin hali hamon yigʻlar edi. Koʻz yoshlar asli insonni yumshoq va yengil qiladi biroq ayniq damda Melinga bu foyda bermasdi. Yana yana ichidan toʻlib toshib kelayotgan koʻz yoshlar va oʻylar unga yanada azob berardi.
Melin boshini koʻtarib Nabiga qarashga uringanida unda kelayotgan yoqimsiz qanaqadir goʻsht hididan u oshxonada kelgani ma'lum. Melin bunga chiday olmay yuz burar ekan qornidagi noqulay qattiq qisilishdan soʻng ogʻziga toʻplanib kelgan tahir va bemaza suyuqlik tasirida yugurgancha hech qachon foydalanmaydigan hodimlar hojatxonasi tomon yugurdi. Tanasi uvishgancha halqumiga tiqilib kelgan nordor badboʻy suyuqlik tashqariga otirlar ekan yuragi urishi tezlashib koʻzlari yoshlangancha nafasi qisilib borar edi. Oʻzini oʻnglashgan ulgurmay yana koʻtarilgan oʻsha suyuklil tasirida egilgancha qayt qilishni davom ettirdi. Tana kuchli kuchanish va holsizlikdan oʻzini tuta olmas edi. Nabi tezlikda Melinni ortidan oʻtgancha uni boshini ushlab oldi. Melin omonatgina unga suyanib bot bot qayt qilar edi. Hozirgi holat ikkisiga ham nima natija olib kelishini bilar edi.
— Balki test qilarsan – Nabi holsiz devorga suyangancha hayolga tolgan qizga qarata toʻsatdan aytdi. Melinni shundoq ham oʻylaydiganli bagʻiyatga koʻp bu esa unga yanada ogʻir yuk boʻldi. Melin buni ham oʻsha oʻylar ichiga qoʻshar ekan bu hol yuz bermasligini xohlar edi. Ayni bu vaziyatda bu homila xato boʻlardi. Ammo asoratlar faqat shunga taqalyapti. Nabi tibbiyot sohasida oʻqiydi bu holat aniq shunga olib boradi. Melin uzoq vaqtlik yigʻidan soʻng jimib qoldi. Go'yo hammasi unga bari birdek. Hayotida nima boʻlsa ham faqat oʻzi aybdor.
Osmonni avzoyi buzuqdek qora bulutlar egallab olgan, quyosh moʻralagancha yer yuziga yorugʻlik va issiq berishga urinardi. Kun allaqachon yarimiga kelga boʻlsa havo biroz sovugandek edi. Bahorning ilk kunlarida boʻlganidanmi ab havo juda injiqliklar qilishidan toxtamas edi. Bir qarasa osmon juda musaffo go'yo hech qachon bu buzipmaydigandek, bir qarasa soniyalar ichida falakni qora bulutlar bosib oladi.
Ulkan oynali xona tush vaqti boʻlishiga qaramay chiroqlarsiz qorongʻulikka burkangan. Sabin yotoqda oʻtirgancha onasini bilan telefonda gaplashar ekan kech Jungkookni kutilmagan qoʻngʻirogʻi va uning toʻsatdan aytgan muloyim soʻzlari tasirida hali ham juda quvnoq edi.
— Oyijon rostan ikki kundan soʻng qaytasizmi? Muolaja tugadimi? – onasini qaytishini eshitgan qiz bundanda baxtiyor boʻlib ketgan edi. Quvonchi ichiga sigʻmay onasini bilan diydorlashishga juda mushtoq edi qiz. Albatta onasini koʻrmaganiga olti oydan oshdi. Togʻri har kuni u bilan telefon orqali gaplashib turdi biroq bu onasini iforiga toʻya olmas edi.
— Ha qizim kuyovim sogʻ boʻlsin meni juda yaxshi davolashdi. Ancha kichga toʻldim yurak bezovtaligiyu qon bosimi ortishi endi menga begona. – Yoonmi xonim ham ayni damda juda xushchaqchaq edi. Kinoya bilan gapirar ekan kuyovini maqtashni ham unutmas edi.
— Siz sogʻ boʻlsangiz boʻlgani. Men kelishingizni intzorlik bilan kutman. – Sabin onasiga soʻzlarini aytar ekan singlisi hayolidan oʻtdi. Yoonmi xonim har gal u haqida gapirishni boshlasa Sabin mavzuni chetga burib yuboradi. Hayun oʻsha nusxa bilan ketganini ham u bilar edi. Sabin bunda Yoonmi xonimni qaytarishga urindi biroq Hayun onasini ko'ndirishni uddalagan edi. Bunda tashqari Jimin aslida kim ekanini ayta olmas edi. Chunki oʻrtada koʻp sirlar ochilib qolasa Yoonmi xonimga bu qattiq tasir qilishi tayin.
— Oyi... Hayunchi u qachon qaytmoqchi ekan. Men u bilan bogʻlana olmadim – qiz oxiri dilidagi gapni tiliga koʻchirdi. Ming qilmasin u jon jigari singlisi u haqida qaygʻurishi va havotirlanishi tabiiy. Hayun unga nimalar qilmasin nima demasin uni bari bur yaxshi koʻradi. Aslini olganda hammasini oʻsha Jimin aybdor Sabin singlisini boshini aylantirib olgan osha Jimin topib tazirini berishni juda ham istardi.
— U ham bir oyda soʻng qaytar ekan. Qizim singling oʻzi oyoqlarim bilan yurib boraman yoningizga dedi! Men juda baxtliman qizalogʻim Hayunim ham endi sogʻatadi sen esa Jungkook bilan juda baxtlisan buni sezib turibman. Sizlarni baxtli koʻrish nasib qoldi endi hayotimda nima boʻlsa ha roziman... – Yoonmi xonim hissiyotlariga berilgancha juda shodon ohangda gapirar ekan Sabin ichidan aytgan yolgʻonlari bir kun onasini bilib qaygʻuga botishini tasavvur qilardi. Yoonmi xonim yolgʻondan nafratlanar edi. Shuning uchun ham farzandlarini birinchi yolgʻondan qaytarardi. Ammo taqdir ikki farzandini ham yolgʻonlar girdobiga tashladi.
— Men ham juda quvondim oyijon. Siz sogʻinib ketdim tezroq kelsangiz sizni uzoq vaqt quchaman. Iforingizni juda sogʻinib ketdim. Sizsiz hammasi qiyin. Siz yonimda boʻlsangiz men butun boʻlaman. Kuchli va o'sha jasoratli qizingizni faqat siz yarata olasiz oyijonim. – Sabin iliq soʻzlarini qalbidan chiqara aytar ekan Yoonmi xonim ham uni jim tinglardi. Ona ham qizini juda sogʻingan.
— Ozgina sabr qil qizalogʻim diydor koʻrishamiz. Men ham seni juda sogʻindim. – qizning koʻzi biroz namlanar ekan sogʻinch hissi yurakni tirnalab borardi. Tezroq onasi kelsayu quchogʻiga otilsa.
— Sizni kutaman oyijon. Oʻzingizni ehtiyot qiling. Sizni juda ham yaxshi koʻraman.
— Men ham qizalogʻim. Men bugun so'ngi anakiz natijalari topshirishim kerak. Sen ham o'zingni esra senga yana qo'ng'iroq qilaman jonim qizim. Hayr... – Yoonmi xonim soʻzlarini yakunlar ekan qizining gaplaridan soʻng goʻshakni qoʻydi.
Sabinni ayni damda qalbida noaniq havotir va chalkashlik avj olar edi. Ich ichida qaynab kelayotgan quvonch bu onasini qaytishi va o'nglanib borayotgan turmushi natijasida boʻlsa. Havotiri esa Hayunni Han Dongyun bilan bogʻliq boʻlib borayotgani, Han Dongyun bunchalar tinchib ketgani edi.
Yoki u oʻljasiga hamla qilishga tayyorlanayotga yirqich singari payt poylayaptimikan?
Soat millari bir birini quvgancha vaqtni surib borar ekan osmonni egallagan qora bulutlar quyuqlashib borar edi. Bugun negadir oy hm koʻrinish berishni istamayotgandek edi. Vaqt esa kechgi sakkizdan oʻzib ketgan. Biroz kirlangandanmi yoki eskirganda oppoq marmarlar sariq tusga kirgan yuvinish xonasida umidsizlik va chorasizlik girdobida qolib ketgan Melin lablarida birlashtirgancha sunukat ichida choʻkib borar edi. Havo ayni damda biroz sovugan hatti yomgʻir ham yogʻib yuborishga shaylanayotgandek. Yopiq havo odamni bogʻib yuborsa ham yomgʻirni daragini beruvchi hid dimogʻ urilardi. Ammo ulardan uzoqda boʻlgan xira chiroqlar yoritgan yuvinish xonasida havo dim edi.
Melin qoʻlidagi ikki chiziqqa ega testga tikilgancha tubsiz qariga choʻkib borar edi. Uni paydo boʻlgani baxtmi? Quvonishni kerakmi yoki qaygʻuga botishi buni oʻzi ham anglolmasdi. Bunday boʻlmasligini jida xohlagan edi. U buni umuman xohlamaganidan emas balki bu vaziyatda u boʻlishi kerak emas edi. Albatta u sevgan insonida shirin farzandlar koʻrishni juda istaydi ammo hozir hatto Taehyung uniki yoki unga tegishli ekanini noma'lum bir vaziyatda bu bolani dunyoga keltira oladimi?
Yuvinish xonasidagi bugʻ tasirida koʻzgudan silgʻalib tushayotgan tomchilar Melinni koʻz yoshlari bilan bir vaqtda ilgarilar edi. Ayni damda u chorasiz. Taehyung qayerda ekani u Melinni hayotida qanday sifatda koʻrgani ham mavhum. O'sha tongda tashlab ketilgan bir parcha qogʻozga umid bogʻlagan holda uni kutayotgan Melin uchun bu juda ogʻir. U bu koʻyda farzand ko'rishni sevgan insonini hayotida ortiqcha oddiy bir o'yinchoq sifatida yashashni u hech qachon xohlamaydi. Qoʻllarini qorniga olib borar ekan bu bola hech qachon shunchaki bir kongilxushlik mahsuli emasligini juda xohalardi. U sof muhabbat mevasi emasmi aslida.
— Sen xato emassan, meni yorqin chirogʻimsan bolajonim... – ichidagi noshukurlik va qarshilik tuygʻusini chetga surib faqatgina boʻlgʻusi onalogi haqida oʻyladi Melin. Vujudidagi farzandini xato deb atashdan oʻzini qaytardi. Yuzida siniq tabassum paydo qilishga urinar ekan Taehyung bu haqida eshitsa qanday reaksiya bildirishini oʻyladi. Melin oddiy bir tabassumiga ham dunyolarcha sevingan inson tugʻilajak farzandi haqida bilsa nima qilarkin.
Melin horgʻin ahvolda qayta qayta qayd qilishgan charchagancha yuvinish xonasidan chiqar ekan tashqaridan kelayotgan ogʻriqli ingrash tovushni eshitgan zahoti eshik tomon otildi. Kichkinagina uy devorlari ham juda yupqa boʻlganidan bu ovoz otasiga tegishli ekanini fahmlab ulgurgan Melinni tanasida chumolilar o'rmalagan jimirlab ketdi. Umumiy zal eshigidan oyoq hartlab kirar ekan polga ayovsiz doʻpposlanayotgan otasini koʻrganida qichqirib yubordi.
— Toxtanglar! Bas qiling! – Melin otasi tomon otilar ekan ortida bilaklarida tortib toxtatib qolgan barzangilarga kuchi yetmay baqrishiga tushdi. Ular Melinni koʻz ongida otasini tanib boʻlmas darajada ayibsiz do'pposlayotgan edi. Melin ularning qoʻlida chiqishga urinar ekan divanda yoyilib otirgancga bularni kuzatayotgan Janob Kimga endi etibor qaratdi.
— Ayting ularga toxtashsin! Sizga aytayapman! – meni oshqirgancha Janob Kim tomonga otilib yigʻidan boʻgilgan tovushlarida bayon etar ekan Janob Kim pinagini ham buzmay jimgina kuzatar edi.
Otasining yuzi tanib boʻlmas darajaga kelgan qiz qizil qonga boʻyalgan, har bir zarba ketidan ogʻriqli ingrash tovushlari xonani tutib ketgan. Janob Lee ning jigari shundoq ham hasta bu zarbalar uni oʻlib yoqasiga olib borishi tayin. Melinni tobora sabr kosasi toʻlib tanasi otasining azoblariga chiday olmay muzlab borar edi. U ham Melinni tashlab ketsa bu dunyoda uni kimi qoladi. Otasini yoqotishga chiday olmaydi u.
— Yolvoraman toxtating! Iltimos Janob! – Melin tanasini yerga choʻktirgancha oʻtinib soʻradi. Ovozi olam va oʻtinch aralash bogʻiq chiqdi. Yerda tiz choʻkkancha boshini yerga egib hansirab yigʻlar edi. Janob Kim uni koʻrgacha ishora berdi faqat shundagina Janob Leeni doʻpposlashdan toxtashdi.
— Sevging senga qanday ofatlarni olib kelishini endi anglab yetgandirsan? – Janob Kimning sovuq va tahdidli ohangi yangrar ekan Melin u eshitsada boʻshatilgan qoʻllardan ozob boʻlib hushini yoqotishdan Nari beri turgan otasi tomon otildi.
— Dada... Dadajon ahvolingiz yaxshimi? – qizarga koʻzlaridan hali hamon yoshlar sizgʻib chiqar ekan qalbi har taraflanama olgan zarbalaridan larzaga kelgan edi.
— Melin qizim... kurash! Uni sevdingmi endi oxirigacha kurashishing kerak – Janob Lee qizining yigʻidan qizarga yuziga boqar ekan oʻzi uchun hos boʻlgan soʻzlarini aytdi. Janob Lee Melinni Taehyung bilan munosabatlarni juda yaxshi sezgan va bilib turar edi. Janob Lee qizini haqiqiy jasur va jur'atli qilib tarbiyalagan. U nimani xohlasa erishishi va hech bir ishni yarim yoʻlda tashlab ketmasligini oʻrgatgan. Hozir ham u ortga chekinmasligini takror aytmoqda. Melin otasining bu soʻzlaridan yanayam ezilib ketdi. Otasi ayni damda uni deb shu ahvol.
— Men senga yaxshilikcha taklif berdim. Sen qabul qilmading. Men doim aytgan ishimni bajaradigan insonman. Taehyung bilan hammasiga nuqta qoʻyasan. Bugunoq! Agar yana rad etsang avval otangni keyin esa seni ham bu dunyoda izingni oʻchiraman. – Janob Kim kiprik qoqmay dagʻdagʻa ila soʻzlarini aytar ekan yuzidagi magʻrur va sovuq hotirjamlik qizni sabrini sina borardi.
— Men Taehyung menga ket demagunicha kwtmayman dedim. Siz kabi men aytgan gapimda turaman! – Melin otasini yuzidan silagancha qaddi tik tutdi. Janob Kim esa qizni mazxara qilgancha iljaydi. Koʻzlarini sal kam harobaga oʻxshash uyda kezar ekan havsalasiz oʻrnidan turdi.
— Ogʻlimni hatto senga shu gapni aytish uchun ham vaqti yoq. Ayniq damda u boʻlajak rafiqasi bilan kampaniyaga. Taehyung sendaylarga faqat bekorchi vaqtinigina sarflaydi. Agar menga ishonmasang kampaniyaga bor ayni damda ular yolgʻiz qolishgan – Janob Kim yigitlarga ishora qilarkan eshik tomon yurdi. Ortiga oʻgirilar ekan qizga achinish va kamsitish bilan nazar tashladi.
— Taehyungdan voz kechmas ekansan hayotingdagi xavf hatarga tayyor tur. Bu boshlanishi... – Janob Kimning jumboqli soʻzlari hali bularning davomi borligidan darak edi. U eshikdan chiqar ekan hotirjamlik bilan mashina tomon ketdi.
Melim ochiq qolgan eshikdan eshikdan kirayotgan sovuq havoni his qilar ekan tanasi qaltirab borardi. Otasining keyingi tovushidan soʻng unga oʻgirilib qaradi.
— Ota meni kechiring! Men uni sevmasligim kerak edi... – Melin oʻzini yerga tashlab ezilib ezilib yigʻlar edi. Bu sevgi aslida hati edi. Melin yaqinlarini xavfga qoʻyilmaydi. Yagona borligʻi va yaqini boʻlgan jonidan aziz otasisiz hayotini tasavvur qila olmasdi. Kun kelib qabul qilgan qarori va sevgidan bunchalik afsus kechishini oʻylamagan edi u.
— Melinim... Sevish ayb emas. Agar u seni sevsa bu yoʻl seni yolgʻiz qoldirmaydi. – Janob Lee biroz uh tortgancha oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Qiziga mungli nigoh tashlar ekan qachonlardir u Melinni onasi uchun ham bundan battar holatlarga tushgan edi. Melin haqiqiy va qanchadan qancha sinovlarga dosh bergan chin muhabbatning mevasi edi. Janob Lee oʻzini o'nglab olgancha oʻrnidan turib ogʻir qadamlar bilan oshxona tomon ketdi.
Melin otasining gaplari eshitar ekan ammo Taehyung meni yonimdan boʻladimi degan savol uni shubhaga soldi. U hatto qizning bu ahvolidan behabar boʻlsa, ikki haftadan buyon qorasini ham koʻrsatmagan osha sevgilisi qayerda. Janob Kim uni kampaniyada dedi. Demak endi ularni yuzlashishi kerak. Hammasini oydinlashtirib olish vaqti keldi.
Melin oʻrnidan turgancha yupun koyimiga e'tibor bermay oyoqlaridagi uy shippagi bilan eshikdan shoshilinch chiqqancha hech nimaga qaramay kampaniya tomon ketdi.
Kampaniya yonida toxtagan taksidan tushar ekan go'yo bilgandek qoʻriqchilar ham qizga yoʻl bergandek indamadi. Melin shahdam qadamlar bilan kampaniyaga kirib borar edi. Kirish qismining katta zali va chap tomonga registiratsiya peshtahtasi qiz ildamlagancha oʻng tomondagi lift tomon borar ekan endi burilishga shaylangandida liftdan tushgan ikki insonni koʻrgancha oʻzini ortga oldi.
Melin yuragi ayni damda qizidan chiqqudek urardi. Ancha muddat buyon koʻrishni xohlgan chehrasi ayni damda rostan ham begona ayolning yonida turar edi. Melin boshini ortiga yashiringan devoriga tiragancha chuqur nafas olishga urindi. Yana bir bor oʻgirilib qarashga jur'atli yetadimikan?
— Taehyung Azizim... Nega darrov uyga ketamiz balki biror joyga borarmiz. – Taehyung ortidan ergashib kelayot qiz erkalangancha tilga kirdi. Melin ularni eshitilib turar ekan 'Azizim' soʻzining oʻzi qalbiga pichoq kabi sanchildi. Nafasini qisgancha ularni tinglashga majbur edi.
— Sero sen bilan kun boʻyi vaqt oʻtkazyapman. Shuni oʻzi yetarli emasmi? – zalda Taehyung qattiq va dagʻal ovozi yangrar ekan Melin uzoq vaqtdan buyon eshitishni istagan oʻsha ovozni bu gal jon dilidan boshqa eshitmaslikni xohlab qoldi. Kun boʻyi u qiz bilan birga ammo Melinni sevadi. Bu ahmoqlik emasmi? Melin yana oʻsha uni yeb bitirib kelayotga savolni oʻziga berdi. Sevadimi?
— Taehyung axir yaqinda toʻyimiz sen bilan koʻproq vaqt oʻtkazishni xohlashim tabiiy. Bundan tashqari kampaniyada faqat ish tufayli birgamiz menga koʻproq vaqt ajratishingni istayman. – Sero yigitga yaqinlashgancha qoʻllaridan tutdi. Taehyung yuzida asabiylik oʻynar ekan buni Melin kora olmas edi. Taehyung qoʻlini sekin qizdan tortib oldi.
Melin esa toʻy haqidagi gapni eshitgacha qoʻllarini ogʻziga bosdi. Demak Janob Kim togʻri aytgan ekan. Taehyung ham buni rad etgani yoʻq. Melinni koʻz oldi yoshlar tufayli xiralashib borar ekan qalbida turgan tahqirlanganlik va aldanganlik hissi ogʻirlashib borardi.
— Sero seni uyingga olib boraman. – Taehyung sovuq ohangda qizni chetlab oʻtishga uringanida Sero uning bilaklaridan qayta tutdi.
— Taehyung axir seni sevaman. Yaqinda turmush quramiz ammo sen bilan yetarlicha yaqin boʻla olmadik. Kel bugun tunni birga oʻtkazamiz... – Sero nozlangancha yigitga yaqin kelar ekan Taehyung qoshlarini chimirgancha oʻsha sovuq ifodada qizga qarab turar edi. U ichidan bu kabi qiz bilan turmush qurishga majbur ekanligidan jirkanib ketardi.
Melin ularni ovozlarini nafasini ichida yutgancha qalbidagi azobdan nola qilar qilar darajada ezilib eshitib turar edi. Hammasi shunchalar ayon boʻldiki Melin endi oʻzining soddaligi va la'nati oʻsha yigitva nisbatan sevgidan uyalib ketardi. Hammasini oʻzi yoʻl ochib berdi. Hayotida boʻlgan bu hodisalarning bariga oʻzinigina ayblay oldi. Shoʻr koʻz yoshlar yuzlarini yuvar ekan nafas olishni unutgan kabi hansirab butun borliqdan yoʻq boʻlib qolishni istardi. Eshitadiganlarini eshitdi. Endi ketish kerak.
Devor ertida esa Sero yigitga umid koʻzlari bilan tikilib turar edi. Ayni damda u yigitga boʻlgan hissiyotlarini ochiqdan ochiq koʻrasatib turibdi. Ikki qorachiq bir birga tikilar ekan ammo qalblar mutloq bir biriga qarshi hislarni tuyardi. Sero yigitga nisbatan kuchli xohish va sevgini his qilsa, Taehyung tobora qarshisidagi bu qizdan jirkanish va sovuq befarqlik akslanib turardi. Sero kutilmaganda yigitga yaqin kelib boʻyini choʻzgancha yigitni lablariga intildi. U Taehyung indamay uni kuzatishidan imkoniyat bor sifatida qarab undan boʻsa olishga kirishdi. Taehyung qizning bu harakatlaridan biroz hayratga tushib lablaridagi iliqdan jirkanardi. Sero esa uning boʻyniga osilgancha yopishib olgan.
Melin ularni tinchib qolganini sezgach devor ortidan chiqar ekan lablari birlashib turgan ikki insonni koʻrar ekan bu unga keyingi zarba kabi tanasini titration yubordi. Sero Taehyungga osilgancha lablaridan oʻpardi. Albatta yigit ham bu yerda oppoq emas. Turgan joyida muzlab qolgan qiz nigohlarini ulardan uza olmasdi. Melin koʻrgan manzasidan qalbi tilka pora boʻlar ekan oʻzini yigʻib olgancha ortiga oʻgirilib binodan chiqishga kirishdi.
Binodan galdiranglab chiqar ekan oyoqlari uni qayerga boshlayotganini oʻzi ham anglamas edi. Atrof zulmatga burkangan samoda hatto yulduzlar ham yoq. Kechgi havoning sovuqligini tana hozir anglaydigan ahvolda emas. Melinning qalbi ham havo singari sovub borardi. Ogʻriq qalbining har bir burchagiga yoyililib borar yuragi bir necha marta ichkaridan ezib borardi.
Nafas olishi qiyinlashar xuddi havo ham unga xiyonat qilayotgandek. Qora bulutlar osmonda surib yurar ekan shafaqdagi gumburlash qizning qalbidagi sado kabi chiqdi. Nega doim shunday qalb singan va sevgi yakson qilingan damlarda doim yongʻir sharros quyadi. Osmon ham inson qalbidagilarni sezgancha yigʻlashga tusharkanmi. Yomgʻir tomchilari yer bilan yuzlashar ekan oz muddat ichida atrofni namlik qobladi. Teriga tegayotgan yomgʻir tomchilari gʻam botgan tanasini silab tushar edi. Yomgʻir tobora tezlashib borar ekan Melinni egnidagi kiyimlari jiqqa hol boʻlgan, sochlaridan yongʻir tomchilar siypanib tushardi. Melin bu voqeadan soʻng qanchalar ahmoqlarcha aldanganini his qildi. Eng achinarlisi u endi bu dunyoda ikki kishi uchun yashashi kerak ekanligini boʻldi. Melinning koʻzlari noma'lum nuqtada qotgancha zaif qadamlar bilan ilgarilab borar yonidan oʻtib ketayotgan o'nlab sharpalarga e'tiborsiz qaratmasdi.
Melin qalbidagi joni uzib olgudek ogʻriqni sevgan insoning yoqimli boʻsasi oʻzga insonga atalaganini guvohi boʻlganida his etdi.
*
Sevgi shu edimi? Seni menga boʻlgan sevging shu qadar boʻldimi? Har bir soʻzinadan menga aytgan yolgʻonlaringa ishongan qalbimdan nafratlanaman. Seni uchratgan oʻsha shum tadqirdan ham nafratlanaman. Har gal hayotimda paydo boʻlib meni oʻzingga bogʻlab olganida hech uyalmadimikan. Hislarim va sof muhabbatimni o'yinchoq qilganida hech vijdoni qiynalamadimikan. Boshqa inson bilan oila qurishni xohlar ekansan hatto toʻy kuning ma'lum boʻlib meni boshqa bilan koʻrib qiynashga nima haqqi bor edi. Oʻziga oid boʻlmagan insonni tahqirlash va aldash shunchalar osonmi. Nega sevaman dedi. Bu soʻzni ayta olish uchun ham menga uziq vaqt kerak boʻldi nega u bu soʻzni til uchida aytdi. Qalbini boshqasi egallagan ekan nega aqlim va hayollarimni oʻziga boʻglab oldi. Qalbim shunchalar azob chekyaptiki hatto uni boshqa qabul qila olmasligimni his qilsam ham undan uzoqlashish meni choʻktirib boryapti. Sen bilan birga tabassum qilganlarim, aytgan yoqimli soʻzlaringdan soʻng tanamdagi baxtlilik va keraklilik hissi va hayotimda ilk bor sevgini his qilishimga sababchi boʻlganing haqqi seni kechiraman. Seni hech qachon boʻlmaganing kabi unutaman. Taehyung senda butun unga ketaman. Sen va seni shu zalolat va zulmatga botgan hayotingdan butkul yoq boʻlaman. Aslida bir ikkimiz bir birimizga oid emas edik. Muhabbatimiz yodgori sifatida vujudimdagi farzandimni o'zim bilan olib ketaman. U endi faqat meniki. Sen boshqa birini qabul qilishni oʻylagan oningdayoq sen bilan rishtalarim uzilgan. Sendan nafratlana olmayotgan oʻzimdan nafratlanaman. Yana seni koʻrishni xohlagan koʻzlarim taftingni uzoq muddatdan buyon sogʻingan tanamdan nafratlanaman. Ikkimiz bir vaqtlar yolgʻon boʻlsada birlashgan yoʻl bugun ayrildi. Seni sevaman ammo hech qachon senga oid boʻlmayman. Kim Taehyung seni butun umr mensizlik va hatti borligini bilmagan farzandingni sendan tortib olib jazolayman. Hech qachon yoʻlimdan chiqma. Senda seni sevganchalik nafratlanish uchun bu hiyonatingni umrimning songiga qadar yodimda saqlayman. Men bilan oʻtkazgan har lahzang hayolingdan oʻchmasin meni koʻrad olmayotganing uchun oʻzingni oʻzing azobla. Senga shunchaki baxt tilash bilan seni tark etmayman. Menikiga azoblaring tenglashmagunicha seva olma, azoblanib yasha meni unutma .... "
— Dada Busanga koʻchib ketaylik. Yoki shahar chekkasidagi ammamning uyiga ketaylik. Meni bu yerlarda qoldirmang Dadajon... – Melin eshikdan kirar kirmas uning abgir ahvolini yuzini burishtirgancha kuzatayotgan otasi quchigʻiga otildi. Janob Lee qizni boshini silagancha oʻksinib yigʻlashini sezar ekan uni bu holga tushushida oʻzini ayblab lanatlanadi. Kichik qizalogʻini doim qat'iy qonun va tartib bilan katta qildi ammo nega unga sevishib qolmasligi uchun taqiq qoʻymadi. Uni asray olmadi. Doim zaifligi va chorasizligi tufayli qizini himoya qila olmadi.
Janob Lee qizini boshini silar ekan ich ichidan Taehyungga nafrati oshib borar edi. U qizni boshqa u nusxa bilan hech qachon yuzlashtirmaydi. U uzoqlarga ozi aytgani kabi olob ketadi. Bu shaharda Kimlar bor ekan hech qachon qaytib kelmaslikka dava berdi u ich ichidan.
Bahorning injiqliklari qolib bugun tumanli, sovuq tonglardan farqli bugun osmon g‘oyat musaffo edi. Go‘yo tabiat bugun ichidagi barcha g‘ubor va g‘amlardan tozalanib yangilangan edi. Quyosh har bir nurlarini mayinlik bilan yerdagi borliq ustiga yoyarkan, har qanday muzlagan qalbga ham iliqlik baxsh etayotgandek tuyulardi. Osmonda biror bulutning soyasi ham yo‘q har qanday nigoh uzoqqa qarasa ham faqat ko‘kda suzayotgan beg‘uborlikni ko‘rardi. Havo toza, nafas olish oson, yurakda g‘alati bir yengillik bu kun aynan ichki tinchlikni his qilish uchun yaratilgandek.
Qorgʻonga yetib kelganiga bir necha soatlar oʻtgan boʻlsa ham Sabin u yoqda buyoqqa yurgancha uydagi qadrdon hizmatchilar bilan suhbatlashib oʻtirar edi. Bugun Yoonmi xonim keladi. Ular tushgacha koʻp narsa ulgurishi kerak. Sabin ertalab kelishga urinsa hma yoʻl uzoqligi tufayli biroz kechroq keldi.
— Yaxshiyam keldingiz Jeon Xonim sizsiz uy huvillab qolgandek edi. – katta hizmatchi xonim Sabinniga mayin jilmaygancha ta'kidladi.
— Ha ammo yaqinda qaytib ketishim kerak. – Sabin yana bir nimani aytmoqchi boʻldiyu eshik jiringlashi uni hayolini boʻlib yubordi. Eshikni hizmatchi ochar ekan Sabin oshxonadan sekin chiqqancha asosiy zalga chiqdi.
— Jeon Xonim bu kanvertni sizga tashlab ketishibdi ikki kun oldin qorovul hozir berdi – Sabin qiziquvchan nigihlar bilan kanvertni olar ekan ustidagi yozuv hatidan buni kimga tegishli ekanini anglab yetdi.
Sabin kanvert olgancha mehmonlar zali tomon yurdi. Uzun va yumshoq divanga oʻtirar ekan qoʻlidagi konvert ichidan maktubdi oldi. Bu Melinning yozuvi edi.
" Salom eng yaqin qadrdon dugonajonim Sabin. Seni shu vaqt ichida juda sogʻindim. Gapni choʻzishlarini yoqtirmaysan buni bilaman bu maktubni yozishimdan maqsad esa... Men ketyapman. Qayerda deb soʻraman! Uzoqlarga mafia dunyosi va bu ko'rgiliklardan uzoqroqqa. Sen bilan hayrlashmay keta olmadim. Seni juda yaxshi koʻraman. Boshqalarga ham buni yetkazib qoʻy ayniqsa Hyunjinga. U sen bilan bir kemada ekanidan hursandman ammo kechir endi men yoningda boʻlolmayman. Kechir qadrdonim. Men bu shaharda ortiq qola olmayman. Aytib oʻtay bu uchun Taehyungni ayblama... Unga salomimni yetkaz. Uzoq va mensiz hayotida omad tila. Meni qidirma iltimos men senga o'zim aloqaga chiqaman. Balki endi umuman qaytmasman meni eslab tur. Birga oʻtgan damlarimizni yodga olib biz borgan joylarga bor. Sen meni hayotimdagi yagona eng yaqin va opam kabi dugonamsan. Opam kabi deganimga suyunma menda otigi uch oyga kattasan shunga aytdim. Seni yaxshi ko'raman. Baxtli boʻl goʻzalim.... "
Sabin maktubni oʻqir ekan Melinni sogʻinib u bilan bugun uchrashmoqchili battar qalbini ezib tashladi. Nega u ketishga qaror qildi ekan. Axir yaqindagina Taehyung bilan birga ekanligini va unga ishonishi doim uni yonida boʻlishi aytayotgan ediku. Sabinni miyasida savollar soni koʻpaydi. Taehyung bilan bu borada gaplashib olishi zarur. Agar u Melinga nisbatan nimadir qilgan boʻlsa buni javobini berishi kerak.
Sabin maktubni yana qayta kanvertga joylar ekan ichidan bu uchun Taehyungdan hisob soʻrash payida edi. Yana eshik jiringlashi hayoli boʻlob yuborar ekan bu safar oʻzi ochishga intilgancha asosiy zal tomon tez tez qadamlar bilan yoʻnaldi. Hizmatkorlarga oʻzim ochaman deb imo qilgancha eshikni ochishga kirishdi.
— Salom Xonim sizga joʻnatma bor. Bu yerga imzo cheking... – Sabin eshik yonidagi ulkan gul savatiga gʻalati nigoh bilan qaradi. Uning kattaligini chamasi ikki mert boʻlsa kerak. Sabin gulni Jungkook joʻnatganligini hayolidan oʻtkazib qoʻydi. Kerakli joylarga imzo qoʻyar ekan ikki erkak ham gulni arang koʻtarishga urindi ammo eplay olishmadi. Oetdan kelgan qoʻriqchilar ularga yordam berarkan gulni zoʻrgʻa zalning markaziga olib kelib qoʻyishdi. Sabin bu oppoq gullarni Jungkook joʻnatganiga shubha qildi. Chunki qizil gullar sevgi ramzi ediku. Yoki bu toʻnka Sabin bilan doʻst boʻlmoqchimikan. Bu ham Jungkookni navbatdagi oʻyini boʻlib chiqmasin. Potcha xodimlari ishini yakunlagancha eshikdan chiqib ketishdi. Sabin ulkan gulni yaqin kelar ekan u uchun yana bir konvert gulning ustiga mahkamlangan edi.
Sabin unga tikilib turar ekan ko'ngli negadir gʻash tortdi.
Salom shakar qandlarim shu yerigacha oʻqigan boʻlsayiz qani bir fikr va reaksiyalar bildirib qoʻyila.