April 19

Void Flame

16-BOB.

● Sen mening najotim ham, halokatim ham bo‘la oladigan yagona insonsan.

–––––––

Quyosh allaqachon ufqdan ko‘tarilib, osmon bag‘rida bemalol porlab turardi. Uning yorug‘ nurlari deraza oynalaridan ichkariga kirib xonaning sokin havosiga iliq rang bag‘ishlardi. Tongning sovuqqon sukunati ortda qolgan, kun esa asta sekin o‘z nafasi bilan atrofni to‘ldirib borardi. Deraza orqali kirgan quyosh nuri xonaning bir chetidan ikkinchisiga cho‘zilib, pol ustida mayin oltin yo‘lak hosil qilgan edi. Yorug‘lik devorlar bo‘ylab sirg‘alib xonadagi buyumlarning soyalarini asta siljitardi. Pardalar orasidan o‘tgan nur xonaga yanada yorqinlik berib ichkaridagi jimjitlikni yanada sezilarli qilardi.

Yotoqda koʻzlarini biroz qisibgina uygʻongan yigit kaftlarini yuzlariga bosdi. Allaqachon kun yarmiga yaqinlashib qolgan. Ustiga yarim yopilgan choyshabning bir tomonini siypalab xonaga yaxshiroq nazar tashladi. U xonada yolgʻiz edi. Hoseok qizning qochib ketganini hayolidan oʻtkazib keng jilmaydi. Shkafcha ustida turgan qogʻoz boʻlakchasini koʻrib yana lablarini qisib kulimsiradi. Biroz choʻzikib qogʻozchani qoʻliga olgacha maktubchani oʻqiy boshladi.

" Hayrli tong yomon yigit. Menimcha juda yaxshi dam olgansan, bunga shubham yoʻq! Miyangdagi kechagi bir kunlik shoʻxlimlarimiz keyinini chiqarib tashla. OK. E'tiboringni ishga qarat. Sen oʻzingga keraklisi olding, men ham albatta. Endi esa tushdan keyin mahkamaga kelib muammoni hal qil. Ha yana... Kechagi shilinishlar uchun uzur soʻrayman. Malham qoʻy juda chuqur jarohatlabman. "

Hoseok maktubni oʻqigacha koʻksidagi va bilaklardagi qizarishlarga qarab qoʻydi. Yelkasi ham biroz achishmoqda. Bu yovvoyi xonimcha uni yaxshiga jarohatlagan. Kecha tunda uzluksiz davom etgan yaqinlikdan soʻng tanasini yengil his qilgan yigit oʻzini sekin yostiq ustiga tashladi. Qizning takabbur va zaharxandali unga boʻlgan xohishini va qiziqishini kuchaytirib borardi. Maktubga yana bir bor nigoh tashlagan yigit koʻzlarini yumib lablarini qisdi.

— Istaganimni hali olmadim Qizaloq!

>>>

Kun asta sekin tushga og‘ayotgan pallada quyosh osmon bag‘rida baland turar, uning yorqin nurlari yer yuziga yorqin sochilib turardi. Osmon chuqur va tiniq ko‘k rangda yoyilgan, unda bir parcha bulut ham ko‘rinmasdi. Quyoshdan taralayotgan nur esa shahar ustiga keng yoyilib hamma narsani ravshan va aniq ko‘rsatib qo‘ygandek edi. Binolarning baland devorlari shu yorug‘likda yaltirab turar, oynalar esa quyosh nurlarini qaytarib mayda chaqnashlar hosil qilardi.

Sienna qoʻlidagi telefonni tosh oynaga tirab qoʻyar ekan uchrashuvga tayyorgarlik koʻrish davomida Jungkook bilan video qoʻngʻiroqda gaplashardi. U so'ngi lab boʻyoqni lablarida yengil sirgʻaltirar ekan ularni burlashtirib qisib sochlarini ortga tashladi.

— Menimcha juda qizarib ketdi... Koʻylak ham juda torga oʻxshaydi - Jungkook oppoq choyshabda koʻksi yalang holatda yotar ekan norozi ohangda ma'lum qildi. Sienna unga koʻzi suzib qarab qoʻyar ekan lablarini burdi.

— Meni nazorat qilishga urinmay qoʻya qol! Oxirida bari bir istagan ishimni qilaman. Sen uzoqda ekanligingda yayrab qolay... - Sienna telefonni qoʻliga olar ekan oxirida kinoya qilib qoʻydi. Jungkook yengil kular ekan bu kulgu ortida achchiqlanish mavjud edi.

— Meni avrab Italiyaga shartnoma bahonasiga jo'natib yuborib endi istagan ishimni qila olaman deb yuribsanmi? Hoʻsh men qaytganimda buni badalini ortigʻi bilan ololmaymanmi Sevgilim...? - Jungkook biroz siljib qizni ayyorona tabassum bilan sinchikov nigoh tashladi.

— Bu topshiriqni faqat senga ishona olardim. Seni avraganim yoʻq Sevgilim! - Sienna Jungkook sotib olgan oʻsha shohona uyidan chiqib mashina tomon yurib borar ekan kinoya bilan jilmaydi.

— Yana uch kun sabr qilsam telefon ortidan qilgan qiliqlaring uchun va quloqsizliklaring uchun javob berasan Suyukligim... - Jungkook qoshini uchib lablarini tilini bilan oʻynab asabiy bosh chayqadi. Chunki qizning koʻylak oldi ochiqligidan oppoq koʻksi yaqqol koʻrinib turgandek tuyulardi unga.

— Faqat Flora bilan koʻrishasan shundaymi? - betoqatlanib yana soʻroqladi. Sienna bu savol qirqinchi marotaba edhirayotgani uchun ensasini qotib mashina ruliga joylashdi. Telefonini maxsus tutqichga joylashtirar ekan chuqur nafas chiqardi.

— Peshonamga yozib qoʻyaymi Flora bilan uchrashishga ketyapman deb!? Ertalab buyon senga necha marotaba aytganimning sanogʻi yoʻq. Bugun oʻn yettinchi seans. Agar shundan eson omon oʻtib olsam Flora menga uch kun dam olish berarkan. Sensiz va Florasiz tinchgina uch kun! Ajoyib... - Sienna kamarni taqish davomida bayon qildi.

— Sien shifoxonada oʻzingni tutib tura olishingga ishonasanmi? Ahvoling yomonlashsachi? Men uzoqda boʻlsam yoningda kim boʻladi? Balki shu seansni keyinriqqa surib turarmiz. Flora bilan gaplashib koʻraman... - Jungkook havotirli yuziga qiyofada qizga chuqur tikilib soʻzlar ekan Siennani shifoxonadagi holatini hayolidan oʻtkazdi.

— Jungkook menda hammasi yaxshi. Flora haqiqatdan buni yaxshi bajaryapti. Men shifoxonani uzoqda koʻrganimda ham hech qanday bir bezovtalikni his qilmayapman. Ikki kun avval biz shifoxonadagi bolalarga oʻyinchoqlar va shirinliklar olib bordik. Ishona olasanmi men shifoxonada oʻzimni yomon his qilmadim. Bu menga yoqdi. Flora bilan palatalarni birga aylandik... U telba boʻlsa ham men uchun bor kuchi bilan harakat qilyapti. Mendan havotir olma va e'tiboringni ertangi konferentsiyaga qarat! - Sienna yigitga gapirish chogʻida koʻzladi quvonchdan porlab turardi. U qoʻrquvini yengib oʻtayotgani va o'tmishdagi oʻgriqlarini unutishni uddalay olayotganidan hursand edi. Flora bilan juda koʻp vaqtni birga oʻtkazishar, uning murakkab shaxsiyatiga hech tushuna olmas edi. Ammo Flora haqiqatdan juda mukammal va pok qalbli qiz edi. Siennaga yaqin boʻlishni uddagan yana bir kamyop insonlardan biri edi u.

— Senga ishonaman Suyukligim. Unda tezroq belgilangan joyda vaqtida yetib bot Florani jahli chiqsa senga rahm shavqat qilmaydi. E'tiboringni yoʻlga qarat lekin goʻshakni qoʻyma seni yana kechgacha koʻra olmayman yaxshilab qarab olay! - Jungkook yostiqqa tayanib boshini kaftiga tirab qizga chuqur tikilib turardi. Hamon tili bilan lablarini oʻynatar ekan Siennaning har bir harakatini obdon kuzatib yotardi.

Sienna biroz lablarini choʻzib mashinani oʻt oldirdi va rulni qisib avtoturargoh yoʻlakchasiga e'tiborini qaratdi. Sienna mashinani boshqarib borar ekan ekran ortidan Jungkook hech bir soʻzsiz uni kuzatib turardi xolos.

>

Sienna shifoxonaning umumiy eshiklariga yaqin borar ekan uzoqdan tez yordam mashinasi va bir necha shoshilinch harakat qilayotgan hamshiralarni koʻrib joyida toxtab chuqur nafas oldi. Qoʻlidagi telefon ekraniga yuzlanar ekan yuzini yaqinroq olib keldi.

— Sen choʻzilib yotmay ishga kirish endi! Goʻshakni qoʻyaman. Bu galgi seans uzoq davom etadi, kechgacha sakson sakkiz marta qo'ng'iroq qilib oʻzingni qiynama! Uyga borganimda oʻzim qo'ng'iroq qilaman, ungacha esa chao Sevgilim! - Sienna gaplarini sharta aytib qo'ng'iroqni tugatdi.

Shifoxonaga uzoq tikilib turar ekan bir necha soniya ichida telefoni jiringladi. Sienna goʻshakni koʻtarar ekan telefon ortidan kesatiqli mazax ohangi yangradi.

— Uysiz mushukchaga oʻxshamay katta katta qadamlar bilan shifoxona umumiy eshigi tomon kel. Men bir burchakda seni kutib jonim uzilay deyapti! Yana uxlab qoldingmi nima balo! Yurishni eplolmaydigan goʻdak singari qoʻllaringdan tutib ichkariga olib kiraymi endi? Tezlash! - oxirida iztaza qilgan qiz qo'ng'iroq yakunladi. Sienna Florani yana oʻzi kabi zaharxandalik va qoʻrslik bilan aytilgan so'zlaridan soʻng yengil hoʻrsindi.

— Sen uddalaysan Sienna! Sen barini yengib oʻtasan... qani olgʻa! - Sienna oʻziga pichirlab soʻzlar ekan chuqur nafas olib ildamladi. Yonidan bir necha oq halatdagi tibbiyot talabalari oʻtib ketar ekan ularga hiyla nazar tashladi. U kichikligiga huddi ular kabi boʻlishni ozru qilgan edi. Hatto bu uchun onasini qurbon qildi.

Ular kabi insonlar dardiga da'vo topmoqni, umrni poyoniga yetishi kutib yashayotgan insonlarga umid bermoqni va eng muhimi onasini kasallikdan qutqarmoqni istaganlarini xotirlab koʻksida ogʻriq bilan sust nafas ola boshladi. Shifoxona eshiklaridan ichkariga kirar ekan dimogʻiga urilgan dori va shifoxonadagi har xil iforlar bilan toʻqnash kelar ekan uzoqlarga termuldi. Chuqur nafas olar ekan atrofni kuzatardi. Insonlar nimadandir umidvor, oʻz dardi bilan bazilari hush kayfiyat bilan bazilar esa juda mahzun qiyofada yoʻlaklar boʻylab yurib borishardi. Hech kim bir biriga e'tibor bermas. Hamma nimadirdur havotirda, bezovta. Axir shifoxonaga insoniyat oʻz dardi uchun davo izlab keladi.

— Ogʻzing yop pashsha kirib ketadi hozir! Shifoxonaga uchinchi bor kelishimiz sen esa yana birinchi bor koʻrib turgandek qaraysan... - Flora telefonini chontagiga joulasg davomida so'zladi. Sienna hamon atrofni mayus kuzatar edi.

— Shifoxona emas undagi insonlarning qiyofalari qiziq koʻrinyapti... Bir vaqtda ham baxtli ham baxtsiz koʻrinish. Oq rang doim ham soflikning anglatmasligiga isbot - Sienna sumkasini qattiq qisar ekan ichida endigina gʻujlanib koʻtarilib borayotgan qoʻrquvni bosishga urinardi. Flora uning holatini tezda ilgʻab olar ekan Siennaga yaqin keldi.

— Faylasuflikni Jungkook bilan yotoqda davom ettirasan! Vaqt yoqotmaylik ishga oʻtamiz... Ortimdan yur va anqayma! - Flora qizni yelkasini qoqib qoʻyar ekan yaxshigina kesatib qoʻyib oldinlab ketdi. Sienna lab uchida kulimsirab qoʻyar ekan hoʻrsinib qoʻydi. U Floraning bu kabi gaplariga o'rganib qolgani sabab hech qanday javob qaytarmadi.

Sienna shifoxona yoʻlaklari boʻylab ichkarilab ketar ekan atrofni kuzatib oʻzini biroz noqulay his qilardi. Ichidagi qoʻrquv susaygan boʻlsa ham hali batamom yoqolmagan. Flora hech nimaga e'tibor bermagan holda ilgarilab borardi. Florani yelkasiga urilib toxtagan qiz yuzini burishtirib joyida tek qoldi. Koʻzi tepada yozilgan " Qon quyish boʻlimi" yozuviga tushar ekan Floraga ma'noli qarash qildi. Flora qizga befarq qarab qoʻyar ekan koʻzlarini yumib chuqur nafas chiqardi.

— Shifoxonadagi ogʻir bemorlar uchun qon kerak ekan. Bugunni oʻziga uchta avtohalokatga uchragan ahvoli ogʻir bemorlar bor ekan. Ularga qon kerak. Qoʻrqoq mushukcham sen choʻchima men qon berishni istadim. Sen faqat erkin kuzatuvchi boʻlasan! Istasang sen ham qon ber. Bu kimnidir hayotini qutqarib qoladi. - Flora yana boʻlim tomonga qarab yana qizga yuzlandi.
— Agar yaxshilik qilishni istamasang aqlli qiz boʻlib jimgina kuzat! Men bu ezgu ishni oxiriga yetkazay. - Flora kibrlanib sochlarini ortga tashlab koʻzlarini suzib qoʻydi. Sienna unga gʻalati va tushunarsiz nigoh bilan tikilib turardi.
— Menga unday qarama! Yovuzlik mabudasi kabi koʻrinaman Ammo yoningda qanotsiz farishta turibdi ishon... Kettik oppogʻim! - Flora qizga bir yelka qisib boʻlim eshiklari tomon ketdi. Sienna chuqur nafas chiqarar ekan u ham qizni ortidan ergashdi. To'g'ri u shifoxonada bemalol yura oladi ammo hali qon va ignalar masalasi u uchun jiddiy.

Flora ichkariga kirgan zahoti maxsus kursiga oʻtirib hamshirani tibbiy buyumlarni tayyorlanishini kutdi. Sienna joyida betoqatlanib turar ekan Flora unga hiyla nazar tashlab qoʻydi.

— Tilingni yutib yubordingmi Mushukcham! Yaxshilik qilishni istamayman deyotgan ekansan unda bir qoʻnib topib oʻtirib tur... - Flora kesatib qoʻyar ekan hamshira qiz bilaklarini nam paxta bilan artib soʻng ignani tomirlariga sanchdi. Sienna oʻsha tomondan koʻzlarini uzmas edi. Florani yuziga hech qanday ogʻriqni darak beruvchi ifoda yoʻq. Bir qoʻlida telefonini bemalol titkilab bamaylixotir suyanib oʻtiribdi. Sienna toqatsizlanib yuzini boshqa tomonga burdi. Ammo shaffof naychada qon maxsus qobchaga tushar ekan qizillik Siennani e'tiborini qayta qayta tortar edi. U ham negadir qon berigisi keldi. Balki shu bilan yana bir toʻsiqni yengib oʻtar.

— Men ham qon beraman... - toʻsatdan aytilgan soʻzlardan soʻng Flora sekin qiz tomonga qaradi. U bu soʻzlarni kutgani aniq edi.

Sienna ham maxsus oʻrindiqqa joylashar ekan bilaklarini keng yoydi. Flora uning yonida turib ishni kuzatib turardi. Hamshira Floraga qarab qoʻyar ekan u koʻzlari tasdiq ma'nosida yumdi. Hamshira qiz Siennani bilaklarini ham dezenfeksiya qilib tozalab olar ekan ignani sekin teriga sanchdi. Sienna koʻzlarini qattiq yumar ekan yuragi juda tez urardi. Hamshira ignani chiqarib olar ekan bu go'yo ehtiyotsizlik kabi koʻrindi. Sienna koʻzlarini ochar ekan bilaklaridan oz miqdorda qon oqayotganini koʻzdi. Dami ichiga tushib ketar ekan tanasini sovuq ter bosa boshladi. Vahima huruji tutushiga bir qancha soniyalargina qoldi. Ikkinchi qoʻlini tutgan kaftlar ta'sirida yana real hayotga qaytdi.

— Sien bu shunchaki ozgina qon. Qoʻrqishingga hojat yoʻq. Qon seni oʻzligingni yoqotishinga sabab emas... Hamshira birozgina xatoga yoʻl qoʻydi keyingi gal albatta uddalaydi. Koʻzlaringni yumma. Jarayonni kuzat, bu qoʻrqinchli emasligini tushunasan! Qani yana bir marta... - Flora qizni kaftlarini silab qoʻyar ekan hamshira yana bir ignani tayyorladi. Siennaning bilaklarini tozalab olar ekan bir necha chalgʻituvchi gaplar bilan qizni tinchlantirayotgan Flora hamshira ishini ham kuzatib turardi. Sienna ignadan koʻzlarini uzmasdi. Hamshira ignani yana tomirga sanchdi. Naycha boʻylab sizib borayotgan alvon qon maxsus qopchaga tushdi. Sienna bularni kuzatib turar ekan soʻng boshini ortga tashlab chuqur nafas oldi.

— Bu qoʻrqinchli emas...

>>>

Jimjitlik hukmron boʻlgan ulkan xonada hujjatlarni qayta tekshirib boʻlgan Sienna koʻzoyaklarini yechib stol chetiga qoʻyib qoʻydi. Oʻttiz daqiqadan soʻng kampaniya hodimlari uchun umumiy majlisni rejalashtirilgan qiz soatiga nazar tashlab qoʻydi. Shifoxonadagi qon berish marosimidan soʻng yana ikki kun vaqt oʻtdi. Flora bu ishni uddalay olgani uchun unga uch kun dam berdi. Sienna shu vaqt ichida kampaniyada yangi jamgʻarma ochishni reja qilgan edi. Majlislar zaliga ertariq yetib borishni istab eshik tomon borayotgan qiz hali unga yetmasdan shoshilinch kirib uni siquvga olgan tanadan gangib qoldi.

— Prezident xonim qayerga shoshyapti! - Jungkook qizni quchogʻidan biroz boʻshatib yuziga tikildi. Sienna kutilmagan bu holatdan quvonib keng tabassum qildi. Qayta Jungkookni qattiq quchib olar ekan chuqur nafas oldi.

— Ertaga kelishing kerak edi-ku! - Sienna Jungkookning yuziga mamnun nigoh bilan qarab savolga tutdi.

— Ertaroq kelganimdan hursand emasmisan? Sogʻinch meni ishlarni tezda yakunlashga majburladi. Meni sogʻinmadingmi...? - Jungkook qizga chuqur nigoh tashlab uning sochlarini siladi. Sienna ham lablarini qisib jilmayar ekan Jungkookni yoqasidan tutib oʻzi tomonga tortdi. Dudoqlarini uniki bilan birlashtirar ekan Jungkook ham bundan mamnun qizni bellaridan qisib oʻziga tortqiladi. Boʻsa chuqurlashib murakkablashib borar ekan oʻpkasi toʻlib qolgan juftlik bir biridan birozgina ajraldi.

— Mmm yana bir kun sabr qilsam telbaga aylanardim... - Jungkook qizning boʻynida ortida qisib soʻzlarini yakunlab yana yumshoq dudoqlarni egallab oldi. Tez harakat bilan qizni yengil devorga tirab kaftlari bilan uning ortini qisib tanasini o'ziga jipslashtirardi. Jungkook Siennani lablarini soʻrib olar ekan u bilan havo ham kamayib borardi. Oʻtkir tishlari atay lablariga botirib olar ekan Siennadan chiqqan ingroq unga yanada kuch berardi.

Jungkook ochiqchasiga qizning kalta etaklaridan tagidan qoʻlini suqib ichkariga olib kirar ekan barmoqlarini sezgir nozik qismga botirdi. Sienna chuqur uh tortib yuborar ekan yuqoriga talpindi. Lablarida hamon tutqunlikda, nafasi koʻksiga yetib bormasdi. Yana bir botirilishdan baland ovozda ingrab yuborgan qiz yuzini yuqoriga burib chuqur nafas oldi.

— Jungkook... Hozir vaqti emas... Ayshh! - Jungkook qizning gaplari so'ngida ikki barmoqlarini ichkariga suqdi. Tanasi ehtirosdan qaltirab qolgan qiz oyoqlari bo'shatib ketdi. Ostida ega namlik ortib borardi.

— Tshhh... Bu tovushlarni har tun hayolimda qayta qayta aylanishidan aqldan ozayozdim Sevgilim. Shu yerga seni buzib kiraman! - Jungkook kamarini bo'shatishga shaylanar ekan Sienna qaltiragan qoʻllarini bilan uning kaftlaridan tutdi. Qizarishga ulgurgan yuzini Jungkookka qaratib boshini chayqadi.

— oʻn daqiqadan soʻng hodimlar majlisi belgilatganman. Shu oʻtkazib olay keyin butkul senikiman! - Sienna Jungkookning qoʻllarini silar ekan iltijo qilgandek tikilib turardi. Jungkook qizning ostidan qoʻllarini olar ekan boshqa qoʻllarini bilan uning yuzini siypab qoʻydi.

— Sen sodir boʻlishi kerak boʻlgan ishni choʻzyapsan. Tagʻin men hajringda aqldan ozib boʻlganman! Bunchalik shahvoniy boʻlma Sevgilim... - Jungkook qizning yuzlarini har yeriga lablarini bosar ekan oxirida dudoqlaridan chuqur boʻsa oldi. Sienna ham hammasi ortga tashlab u bilan ketishni istar ammo besh kundan buyon Floraning seanslari sabab ishga kela olmadi. Kampaniya nazoratdan chiqib ketmasligi kerak edi.

— Sevgilim birozgina dedim axir... Men ham seni juda juda sogʻindim. Men uchun ozgina... - Sienna ham qayta e'tiroz bildirgandek boshini chayqadi. Jungkook havsalasiz nafas chiqarib bosh silkidi.

— Yaxshi... ammo jazoying og‘irlashib ketyapti shuni unutma. Telefon ortidan qilgan qiliqlaring yodimdan chiqqadi yoʻq! Hammasi uchun javob berasan Prezident xonimcha... - Jungkook qizdan uzoqlashar ekan Sienna bu soʻzlardan achchiqlanib egnini epaqa keltirdi. Sochlarini ortga tashlab tartibga keltirar ekan Jungkook barmoqlaridagi namlikni ro'molchasiga artib qizga nazar tashlab qoʻyar edi.

— Meni jazolash senga qolibdimi!? Telba! Meni jazolay olmaysan! - Sienna biroz achchiqlanib oʻynoqi ohangda ma'lum qildi. Jungkook sekin qizga nigohlarini ko'chirar ekan lablarini choʻzib qo'ydi.

— Qilolmaymanmi? Hozir, shu yerda, istagan vaqtimda qilaman... - Jungkook qiz tomon bir ikki qadam yaqin kelar ekan Sienna ortga shoshilinch chekindi. Jungkook bilan oʻynashgisi kelib lablarini qisib boshini chayqadi. Eshik tutqichiga qoʻari tegar ekan uni ayyorona jilmaydi.

— Bekor aytibsan Eshshak! - Sienna oʻrta barmogʻini chiqarib tez eshikni ochib xonadan yugurib chiqib ketdi. Baland pochtada boʻlishiga qaramay tez harakat qilayotgan qiz ortiga qarab qoʻyardi.

Jungkook xonada biroz hayron ifoda qoshlarini koʻtarib qolib ketar ekan pastki lablarini qisib eshikdan bamaylixotir tashqariga chiqdi. Sienna uzoqda yugurgilab ketardi. Jungkook peshonasini ishqalab kular ekan chuqur nafas oldi.

— Quvlashmachoq oʻyinimizni sogʻibsanda Mallavoyim! Koshki seni tutib olish menga qiyinchiliklar tugʻdirsa! - Jungkook katta qadamlar bilan ildamlab borar ekan majlislar zaliga juda yaqin qolgan edi. Eshikni endi ochishga shaylanib turgan kotibani koʻrgacha uni chaqirdi.

— So Xonim! Bu yerga keling... - Jungkook eshik tomon borar ekan qiz joyida toxtab aytgan ishini bajarib uning yoniga bordi.

— Xush kelibsiz Janob Jeon! Kwon Xonim bugun hodimlar majlisini begilagan edi. Shu sa... - qiz gaplarini yakunlamasdan betoqatlangan yigit uning gaplarini kesib tashladi.

— Majlisni ertaga qoldir va ichkariga hech kim kirmasligini taminla! Tushundingmi? - Jungkook eshikni to'sib olar ekan qizga qattiq ohangda takidladi. Kotiba biroz talmovsirab qolar ekan bosh chayqadi.
— Ichkariga kirgan har qanday xodim ishdan boʻshatiladi! - Jungkook so'zlarini jiddiy va qoʻrslik bilan aytib ichkariga kirib ketdi.

Sienna noutbukda katta erkanda diagrammalarni tartiblar ekan ichkariga kirgan insonga e'tibor qaratmadi. Albatta majlis sabab Jungkook unga hech nima qila olmaydi deb oʻylayotgan edida. Eshik yonida qizni ayyorona nigohlar bilan kuzatayotgan yigit sekin va ohista qadamlar bilan qiz tomon odimladi.

>>>

Tush payti allaqachon o‘z cho‘qqisiga yetgan bo‘lsa-da, mahkamaning ichkarisi bu yorug‘likdan deyarli bebahra edi. Binoning uzun yo‘laklari va qalin devorlari tashqaridagi quyoshli kunni ichkariga kiritmas, shu sabab ichkarida doimiy bir xira sokinlik hukm surardi. Rileyning xonasi ham ana shu og‘ir muhitni o‘zida mujassam etgan.

Derazalar baland bo‘lsa-da, ularni qoplab turgan quyuq rangli pardalar quyosh nurlarini ichkariga faqat xira chiziqlar holida o‘tkazar edi. Shu sabab xona yarim qorong‘u, sokin va biroz bosim beruvchi muhitga ega bo‘lib ko‘rinardi.

Xona markazidagi uch mertli ulkan avlon atirgullar. Uning ifori butun xonani egallab olgandek. Riley qizil kanvertdagi maktubni oʻqib hiyla jilmaydi. Soʻng birdan kerakli raqamni terib telefonni quloqlari yaqiniga olib bordi. Bitta signaldan soʻng goʻshakni koʻtargan yigitning mayin ovozi eshitildi.

— Mening Qizalogʻimga gullarim yoqdimi? - Riley uning ovozida sabab jilmaysa ham tezda oʻzini yana jiddiy qiyofasiga qaytdi.

— Oʻsmir yigitlardek har kuni gullar jo'natishni bas qilarsan! - Riley zaharxandalik bilan javob berar ekan sirtdan o'zini sovuqqon tutishga urinardi.

— Istasang bugun tunda erkakligimni koʻrsataman! Kechagi mashgʻulotlarimizni uyingda yana davom ettiramiz Qizalogʻim... - Hoseok ham doimgidek ochiqcha istagini bildirar ekan Riley tilni ogʻzida aylantirib qoch qoqib qoʻydi.

— Oʻrtamizdagi ishlar juda chuqurlashib ketmayaptimi Bolajonim! - Riley sekin o'lchovli qadamlar bilan kelib kursisiga oʻtirib oyoqlarini chalishtirdi. Engida bezatgan qora tirnoqlariga qarab lablarini lablarini choʻzdi.

— Istasang bugun yanada chuqurroq kiraman! Chuqurlik lazzat beradi ishonaver... - Riley uning gaplaridan havsalasiz nafas chiqarar ekan kursiga yaxshiroq joylashib oldi.

— Chegaradan chiqib ketyapsan... To'g'ri menga juda katta yordam berding ammo bu men bilan chegarasiz aloqaga kirishasan degani emas! Menga erishish sen oʻylagandek osongina ish emas... - Riley uzoqda turgan gullarga qarab qoʻyar ekan koʻzlarini suzdi.

— Chegaradan chiqsam nima qila olasan! Hibsga olasanmi Komissar Xonim? - Hoseok uni mazax qilib kesatib qoʻydi.

— Zax bosgan qamoqxonada chirib ketishni istamasang men bilan oʻynashma Bolakay... Istasangda men qoʻygan chegarani buza olmaysan! Sen tomon kelgan gullar bundan keyin axlatxonadan joy topadi. Puling shunchalar koʻp boʻlsa manfaatli ishlarga sarfla! - Riley qoʻrslik bilan javob qaytarar ekan Hoseok bir soniya jim qoldi.

— Oʻsha zax bosgan qamoqxona egasi sen boʻlsang jazoga hukm qilinganim men uchun sharaf Komissar Xonim. Bugun uyingga boraman va ishimizni toxtab qolgan joyidan davom ettiramiz. Endi esa sen stoling ustida turgan qahvani sovuq qolmasdan ichib ol! Ha yana... tirnoqlaring juda ajoyib chiqibdi. Bugun ulardan keraglicha foydalana olasan! Chao! - Hoseok qizni mot qilib goʻshakni qoʻyib qoʻyar ekan yana nigohlarini planshet ekraniga yoʻnaltirdi. Riley asabiy sochlarini siqimlar ekan tinmay uzoqdagi gullarga qarab jilmayar edi. Hoseok qizning tabassumini kuzatib beixtiyor lablarini choʻzdi.

— Meni oʻzimdan koʻproq xohlashingni qachon tan olasan Qizaloq...

>>>

Buyumlar o‘z joyidan uzilib, xona ichiga betartib sochilib ketgan, go‘yo vaqt bir lahzaga to‘xtab, keyin hammasini qo‘pol harakat bilan ag‘darib yuborgandek. Pol ustida g‘ijimlangan hujjatlar, ochilib qolgan tortmalar, devor yonida sinib yotgan buyumlar bir biriga aralashib tartib degan tushunchani butunlay yo‘qotgandek. Shisha parchalari esa xira yorug‘likda sovuq yaltirab bu vayronalikni yanada keskinroq ko‘rsatadi.

Singan buyumlar burchak burchaklarda to'kilib yotar ekan uzilgan pardalardan quyoshning kuchsiz nurlari tushib turardi. Xonada ogʻir sukunat qizning yigʻi tovushi bilan aralashib ketgan.

Flora xonada markazida qoʻliga homiladorlik testini tutib tizzalab oʻtirib qolgan. Har doim xohlagan insonidan istamagan farzandi paydo boʻlgani uni sarosimaga solib oʻzini butkul yoqitishiga sabab boʻlgan edi. Taehyung bilan so'ngi bor uchrashuvi mashinadagi tongi jinsiy yaqinlik bilan boshlanib tushdan keyingi yotoqdagi uyqu bilan tugagan. Shundan soʻng u qayta Taehyung bilan toʻqnash kelmadi. Taehyung oʻzi bir bor qizni izlamadi. Unga qongʻiroq ham qilmadi. Flora bu gal ham Taehyungning nayranglariga aldangani, unga taslim boʻlgani sabab oʻzidan nafratlanib ketar ekan uch kundan buyon qayt qilishi undan battar holdan toydirgandi.

Taehyungdan yana bir bor ranjib ichidagi so'ngi umid uchqunlaridan voz kechib uni qayta eslamaslikka oʻziga va'da berganida vujudida uni bolasi paydo boʻlganini bildi. Qoʻli bormasa ham homiladorlik testi qildirdi. Va natija ham u istagani kabi emas edi. Flora bu bolani umuman istamasdi ammo u endi bu hayotda mavjud. Qornini siqimlagan qiz hissiz yuz qiyofada noma'lum nuqtaga tikilib qolgan.

— Unga hech qachon imkon bermasligim kerak edi... Oʻsha kuni o'zimni unga topshirmasligim kerak edi! Sen sabab endi Taehyungni hech qachon hayotimdan chiqara olmayman! - Flora testga qayta nazar tashlash koʻyida koʻz yoshlarini qoʻyib yubordi.

Taehyung doim kutilmaganda paydo boʻladi va yana uni oʻziga ishontirib yo'qolib qoladi. U bu ishini hech qachon tashlamaydi. Florani shu vaqtga ming bor boshqa bir ofatijonlarga alishtirib soʻngida yana unga qaytadi. Flora esa doimgidek muhabbatiga taslim boʻlib uni qabul qilardi. Necha bor uning xiyonatlariga guvoh boʻldi, necha bor uni yolgʻiz tashlab ketgani ahmoqlar kabi uni kelishi kutdi, necha bor Taehyung qaytib kelganida uni yana qabul qildi, kechirdi. Ammo u yana o'sha noma'qul ishlariga qaytdi. Taehyung hech qachon Florani oʻylamadi. U doim oʻzini oʻyladi. U mutlaqo xudbinlik bilan qizni sevdi. Flora u sabab qilishni istamagan ishlariga qoʻl urdi. Oʻn olti yoshdan buyon Taehyungning qiliqlariga koʻz yumib mana shu vaqtgacha faqat uni sevdi. Oʻn yil... Oʻn yildan buyon oʻzligino vayron qilgan sevgimdan voz kechgani yoʻq. Taehyungning oʻn yillik azoblariga, xiyonatlariga, xudbinliklariga chidab kelmoqda. Mana endi umri davomida uning bir parchasi yonida olib yurishga majbur.

Flora boladan qutulishni, uni o'ldirib tashlashni ham o'yladi. Ammo vujudidagi goʻdak uning ham farzandi-ku. Eng alamlisi uning bu ishlarga aybi yoʻq. Ikki soatdan buyon gavdasi qimirlata ham olmagan qiz Taehyungdan qutilish undan uzoqlashishning ming xil rejasini tuzdi. Flora aniq biladiki qachonki Taehyungni yodiga tushib qolsa u yana qaytadi. Va oʻz hukmi va ta'siri Floraga oʻtkazishga urinadi. Bu doim uddalagan. Floraning muhabbati uni Taehyungga nisbatan zaif qilib qoʻygan. Besh yil davomida u oʻziga yaxshigina tarbiyaladi. Ammo bu farzandning paydo boʻlishi uni yana zaiflashtirgan edi.

— Seni oʻldirsam mendan ranjiysanmi bolajonim...? - ahmoqona savoldan oʻzini achiq kulimsiragan Flora koʻzlarini yumib gavdasini egdi. Telbalardek baland ovozda kular ekan butun uy bu vayronagarlik ichida kulgu bilan qorishib daxshatli koʻrinardi.

Xonaning qaysidir burchagida jiringlayotgan telefon ovozidan sergaklanib oʻrnidan turgan qiz yirtilgan qozgʻozlar va siniq orasidan telefonini topdi. Yuzidagi koʻz yoshlarini tezda artib tashlar ekan chuqur nafas oldi.

— Eshitaman... - Ovozi yana doimgidek eshitilar ekan Flora oʻzini yaxshigina nazorat qilardi.

— Sevgilim bugun oqshom uchrashuvimizni unutmadingmi? Seni o'zim olib ketaymi? Uyingdamisan? - telefon ortidan kelayotgan yigitning ovozini eshitgan qiz hech qanday ifodasiz jim qolgan edi. Yigitning muloyim ohangi uni tinchlantirsa ham u oʻzi istagan inson emas edi.

— Ha yodimda Jin. Ishlarim yakunlangach qoʻngʻiroq qilaman. - aloqani uzib tashlagan qiz telefonini befarq o'tib yubordi. Qoʻlidagi testga yana tikilib qolar ekan chuqur hoʻrsindi. Buzilgan pardoz, torgʻigan sochlar, singan umid va butun vujudini yemirib borayotgan afsus. Flora hissiz qadamlar bilan yuvinish xonasi tomon ketdi.

>>>

— Bu ishni menga qoʻyib bering Janob David. Surishtiruvlar natijasiga bir qancha dalillar to'pladim. Aniqlashimcha ular Koreyada. Menga bu jinoyat ishini oxiriga yetkazishim uchun Koreyaga ketishimga ruxsat bering! - erkak hujjatlarni koʻzdan kechirar ekan sigaretasini tutatib burchakka qoʻydi.

— Bu ishni faqat sizga ishonaman Janob Starling. Tongi reys bilan Koreyaga uchasiz!

°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°
Shu yerigacha oʻqigan boʻlsangiz fikr va reaksiyalaringizni bildirib keting shakar qandlarim.

Imloviy xatoliklar uchun uzurasizlar....

Author Sienna