May 9

Fated Lies

『 23-CHAPTER 』

|“You were the only truth in a life built on duty and lies.”

| “Sen burch va yolg‘on ustiga qurilgan hayotimdagi yagona haqiqat eding.”

•┈┈┈┈┈┈┈•✦•┈┈┈┈┈┈┈•

Erta tong hali to‘liq uyg‘onmagan, qasr yo‘laklari esa yangi kunning sovuq, sokin nuriga cho‘mgan edi. Quyosh nurlari baland derazalardan sirg‘alib kirib tosh pol ustida uzun uzun oltin chiziqlar chizardi. Har bir ustun, har bir devor tongning xira iliqligida sokin, go‘yo butun saroy nafasini ichiga yutib bormoqda.

Bu sukunatni faqat yo‘lak bo‘ylab jaranglayotgan qattiq, shoshilinch qadam tovushlari buzardi. Toshga urilayotgan har bir qadam zalvorli aks sado berar, xuddi ichkaridagi taranglikni yanada oshirib yuborayotgandek edi. Jimin boʻylab shoshilinch qadam tashlab borardi. Uning qadamlari tez va nazoratdan chiqib ketgan, ichidagi og‘ir tuyg‘ular uni oldinga itarayotgandek edi. Ko‘zlarida uyqusiz tunning soyasi, yuzida esa ichdan yonayotgan, ammo tashqariga chiqolmayotgan iztirob bor edi. Velauraning hal qilingan taqdiri. Hech qanday so‘z, hech qanday qaror bu taqdirni o‘zgartira olmaydi. Shu ojizlik uni ichidan parchalab borardi.

Har bir qadam bilan yuragidagi og‘riq kuchayardi. U buni to‘xtatolmas, na qirolni, na taqdirni, na vaqtni. Faqat kuzatish… faqat jim qolishga haqqi bor. Va bu jimlik uni ichidan yemirardi. Yo‘lak oxiriga yetgach, u bir lahza to‘xtadi. Nafasi og‘irlashgan, ko‘ksida siqilish kuchaygan edi. Atrofga hiyla nazar tashladi, hech kim yo‘q, faqat sovuq tosh devorlar va jimjitlik. Bir lahza ham ikkilanmay, ichidagi to‘lib ketgan g‘azab, alam va ojizlikni bitta harakatga jamlagancha mushti qattiq siqilib, devorga zarba berdi. Yoʻlak boʻylab qisqa tovush tarqaldi.

— Shunchaki kuzatib tura olamanmi… Seni qanday qilib boshqasiga berib yuboraman! - Jimim peshonasini silab chuqur nafas chiqardi. Koʻksida achishish kuchayib borardi. Betoqatlanib yoʻlakning bir burchagidan boshqasi tomon yurardi.

— Jimin Hyung… - Jimin ortidan kelgan Nikining tovushi sabab u tomon burildi.
— Malika Veloura bilan oʻrtangizdagi muhabbat haqida bilaman… Toʻgʻrisi uni sizdan tortib olish niyatim yoʻq. Ammo akamga ham qarshi bora olmayman… - Niki bir qadam Jiminga yaqin kelar ekan oʻzidagi kichik romolchani qoʻliga oldi. Uni Jiminga uzatar ekan qoʻlidagi shilish sabab oqayotgan qonni artishiga imladi.

— Hyung… Malikangizni oling-da, bu yerlardan qochib ketinglar. Jimin Hyung sizning muhabbatingiz kurashishga arziydi. Men akamni chalgʻitib turaman va sizlar uchun xavfsiz karvon topib beraman. Agar qolsangiz men Malikaga uylanaman! Akamni buyrugʻini bajarishga majburman… - Niki Jiminga chuqur tikilib jiddiy qiyofada taklif berdi. Jimin biroz jim qoldi. Bolalikdagi doʻstidan voz kechib sevgan ayoli bilan qochib keta oladimi…

Jungkook hammadan koʻproq Jiminga ishonadi. Agar qochib ketsa bu unga qilgan eng katta hiyonati boʻlishi aniq. Balki Jungkook uni hech qachon kechirmas. Ammo muhabbatichi… Velourani oʻzgasiga qanday topshirib qoʻyadi. Sevgi va doʻstlik oʻrtasidagi ayanchli tanlov edi bu qaror. Jimin koʻzlarini qattuq yumdi. U hech qachon bunday tanlov oʻrtasiga qolib ketishi haqida oʻylamagan edi. Yuragi battar qisilar ekan qizargan koʻzlarini ishqaladi. Muhabbat dunyodagi barcha hislardan kuchlilik qiladimi?

•·.·´♡·.·•

Aftobning zarrin nurlari barglar orasidan jilovlanib asta yam yashil yoʻlaklarga sirgʻalin tushar. Saroy bogʻi butun gavjumlik va shovqinlardan uzoqda edi. Soyasi moʻjazgina xilvat yaratga katta daraxt ostida iliq shabada kezib yurardi. Jimin shu daraxt tagida Velourani kutishda davom etat ekan u bir qarorga kelib boʻlgandi.

U yana muhabbatiga yengildi. Xoin hisoblansada sevgisi zavol topishiga yoʻl qoʻya olmaydi. Uzoqda sochlari oltin kabi tovlanib yaqinlashib kelayotgan qiz Jiminni koʻrgach u tomon yugurgiladi. Tezda quchogʻiga oʻzini otar ekan sogʻinchdan yelkasidan mahkam quchib oldi. Jimin ham qizning sochlariga yuzini koʻmib chuqur nafas oldi.

— Bugun ham seni sogʻinish bilan kun oʻtkizsam kerak deb oʻylagan edim… - Veloura yigitning boʻynidan qoʻllarini oʻrab olar ekan kulimsirab soʻzlardi.

Jimin ham qizga mayin jilmayib tikilib turardi.

— Endi hech ham sogʻinmaysan! - Jiminni soʻzlaridan koʻzlarini qiziqishdan hiyla qisib bosh chayqadi qiz.

— Nega..? Qirol bilan bizning masalamizni hal qila oldingmi?! - Velourani yuzi yorishib ketar ekan quvonchdan sakrab yubordi. Jiminning yuzidagi nur sonib borardi.

— Qochib ketishimizga toʻgʻri keladi… - Jimin tushkun kayfiyatda soʻzlash davomida lablarini qisti. Velouraning ham shodon yuzi birdan oʻzgardi.

— Jimin… Qirol bunga izn bermasa men bunday qila olmayman - Veloura sekin yigitdan uzoqlashar ekan sochlarinu quloqlari ortiga oldi. Jiminning avzoyi buzilib achchiqlanib kuldi.

— Vero ~ Qirol bunga hech qachon izn bermaydi. Nega undan izn olishimiz kerak! Sen va men… - Jimin qizga yaqin kelib kaftlaridan tutdi. Veloura gʻamgin qiyofada yuzini burdi.

— Jimin… Agar men hozir sen bilan qirol ruxsatisiz qochib ketsam bu habar amakimgacha yetib boradi! Keyingichi! Nima boʻladi bilasanmi? Men sabab Morvessiya sharmanda boʻladi! Amakimga nisbatan bunday qilolmayman. Qochib ketsam Morvessiya obrosiga tuput yetadi. Hatto seni oʻsha rafiqasini mamlakatiga rahm qilmagan qiroling keyingi galda meni yurtimni nishon qiladi! Men bunga yoʻl qoʻya… - Veloura qizarga va ilojsiz koʻzladi ila malum qilish mobaynida soʻzlari yakun topmay kesib tashlandi.

— Unda shahzoda Nikiga turmushga chiqasanmi? Qirol tongda shu oy ichida sizlarni nikohlanishingizni buyruq berdi! Agar qochib ketmasak seni yonimda olib qololmayman… - Jimin chuqur nafas chiqarib qizga ojizlik bilan bildirdi. Hamon uning kaftlarini mahkam tutib olgan, ularni bosh barmogʻi bilan mayin silardi. Ikki ham bir biriga uzoq tikilib qoldi. Velouraning koʻz yoshlari bir birizi izini quvlagandek yuzini yuvib borardi. U vujudidagi ojizlik va iztirob sabab yengil titrab koʻzladini yumdi. U Jimin kabi jasur emas. U ojiza… biroq qoʻrqoq ham.

Veloura Jimindan qoʻllari ohista tortib olar ekan unga mayus tikildi. Bir qadam ortga siljib ogʻir xoʻrsindi.

— Kechir ~ Jimin men… men bunday qila olmayman. Butun koinot guvoh seni juda juda sevaman… Va bir umr seni sevib yashayman. Meni qoʻrqoq deb ata, istasang ahmoq. Ammo sevmadi deya koʻrma! Men bizning yakunimiz baxtli boʻladi deb umid qildim. Hatto men shu saroyga kelgan kunimdan buyon shunday oʻyladim. Lekin tushundimki muhabbatda yakun qanday ekanligi muhim emas, u abadiy davom etaverarkan. Mening eng sof muhabbatim, haqiqatim bu sensan. Hammasini shu yerda tugatamiz. Meni unutma… Vaholanki men seni har nafasimda xotirlayman. Park Jimin meni sevib qolganing va chekkan azoblaring uchun kechir… Va men uchun baxtli yasha! - Veloura soʻngi soʻzlarini sust nafas bilan malum qilar ekan tezda ortiga qayrildi. Chalkash va shoshilinch qadamlari ila ortiga bir bor ham qaramay oʻpkasiga toʻlib qolgan havo yigʻib ildamlar ketardi. Oxirida qoʻllari bilan otirilib chiqqan yigʻi aralash havoni toʻsib oldi.

Jimin esa uning ortidan qulagan muhabbati vayronalari ostida harakatisiz qolib ketgan edi. Qizning aytgan gaplarini hamon ongidan tahlil qilar, ishqnining yakunini qalbi hech ham qabul qilolmasdi. Ammo yakun doim biz istaganimizdek boʻlavermaydi… u bazida ogʻriq bazida cheksiz baxt bilan poyoniga yetadi.

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Shaffof ayvon pardalaridan zo‘rg‘a sizib kirayotgan quyosh nurlari ulkan xonaga xira yorug‘lik yoyardi. Yorug‘lik shunchalik sust ediki, shohona xona ham huvillab, kimsasiz va sovuq ko‘rinardi. Devorlar, baland ustunlar, og‘ir pardalar, hammasi o‘sha o‘tkir jimjitlik ichida qotib qolgandek. Xonani bosib turgan sukunat esa oddiy emas, yurakka ignadek sanchiladigan og‘ir jimlik edi.

Yotoqda alvon choyshablarga o‘ralgan zaif tana deyarli bilinmasdi. Mitti jussaning faqat yengil ko‘tarilib tushayotgan koʻksi uning hali tirik ekanini namoyon qilardi xolos. Sabinning bedor o‘tgan tunlari yuzida yaqqol iz qoldirgan. Ko‘zlari osti ko‘kargan, lablari qurib oqarib ketgan, odatda nurli bo‘ladigan yuzi esa rangsiz va holdan toygan ko‘rinardi. Uning qorachiqlari bir nuqtaga qadalgandek harakatsiz go‘yo ichidagi barcha tuyg‘ular allaqachon so‘nib ulgurgan.

Iztirob uni asta sekin yemirib borardi. Bu oddiy qayg‘u emas u ichdan bosib, nafasini siqib, butun borligini charchatib yuborayotgan og‘ir alam edi. Xona qanchalik katta bo‘lmasin, shu damda Sabin o‘zini unda yolg‘iz va yoqolib borayotgandek his qilardi.

Xonada yangragan ogʻir qadamlar yotoq tomon yaqinlashar ekan Jungkookning ogʻir nafasi eshitildi. Sabin unga orqa oʻgirilib hech nima sezmagandek yotardi.

— Seni asosiy qasrga olib ketaman! - Jungkook gapni nimadan boshlashni bilmay oxiri tilga kirdi. Sabin gapirmaslikni tanladi. Yana uzoq sukunat.
— Yonimda boʻlsang hotirjam boʻlaman. Hali toʻliq tuzalmagansan… Seni xonam… - Jungkook qiz eshitib turganini bilgani bois davom etar ekan Sabinni soʻzlari uni toʻxtatdi.

— Bas! Ketmayman? Sen bilan birga bitta xonada zoʻrgʻa nafas olyapman. Meni tinch qoʻy va daf boʻl! - Sabin unga yotgan koʻyi qimir etmay oʻshqirdi. Yuragi yonim nafasi bogʻziga tiqildi.

— Men bilan ketasan! Tamom! - Jungkook gʻazablanib qarshi buruq berdi. Sabin tezda oʻrnidan qoʻzgʻalar ekan unga tik qarab qosh chimirdi.

— Ketmayman dedim! Betobligim seni bezovra qilmasin. Hatto meni oʻldirishga ham tayyor eding endi nima oʻzgardi? Xoʻsh nima? - Sabin unga nafrat bilan termulib turardi. Jungkook soʻzsiz jim qoldi. Ammo intizor nigohlari Sabinga qadalgan.

— Senga ishonmayman… Yonimda boʻlishing kerak! - Jungkook oʻzini suvuqqon tutishda davom etdi. Sabin uning gaplarida alam bilan baland ovozda kulib yubordi. Ichidagi toshib borayotgan gʻazab va ogʻriqni shu bilan yuzagan chiqarmoqda.

— Ortingdan yana pichoq sanchishimdan qoʻrqyapsanmi Jeon!? - Sabin unga kesatiq aralash qoʻrslik bilan savol berdi va gʻalati jilmaydi.
— Haa… qoʻrqaning yaxshi! Qoʻrq! Ammo kamaringga meni bogʻlab qoʻya olmaysan. Istganim ishimni istagan vaqtim qilaman! - Sabin unga alamzada soxta achchiq kulimsirash bilan bayon etdi.

— Lozim topsam kamarimga boʻlmasa ham yotogʻimga bogʻlab qoʻya olaman. Seni nazorat qilishim uchun yonimda olib yurishim shart emas! - Jungkook oʻrnida qoʻzgʻalar ekan qizning asabiy yuzini tepadan kuzatib turdi.

— Turqingni koʻrishni istamayman! Sendan va sen bilan bogʻliq hammasidan nafratlanaman. Oʻlishingni istayman! Ha! Oʻlib ket! Hayotimdan daf boʻl! - Sabin asabiy sochlarini qisib tipichilab tobora asabiy qichqirar ekan ogʻzidan chiqqan soʻzlarning hech birini anglamasdi. Jungkook uni gʻamgin qiyofada jim kuzatardi. Sabin biroz tinchlanib hansirab nafas olar ekan holsizlanib egilib qoldi.

Jungkook qizning jimib kuchsizlanib qolganidan foydalanib uni qoʻliga dast koʻtarib oldi. Sabin zaiflikdan qimir ham eta olmas, faqat oʻpkasini toʻldirib nafas olardi. Jungkook uni qoʻliga hech qanday urinishlarsiz koʻtarib eshikdan chiqib ketdi. Tosh qasrdagi ayonlar ularni ortidan kuzatib qolar ekan Jungkook qizni qoʻlida tutib butun qasrni ham tark etdi. Asosiy qasr tomon oʻrmon oralab piyoda yurib borar ekan soqchilar unga otga minish taklifini berganini ham eshitmasdi. Sabin charchoq va holsizlikdan sust nafas olib Jungkookni koʻksiga boshini qoʻyib ketardi. U Jungkookning dimogʻiga urilayotgan ifori unga yoqib ketayotganini boshqarolmasdi. Har bir qadamda qayta qayta kuchayib borayotgan yoqimli ifor Sabinni oʻsha ishq va tashnalikka tortardi. U qalbida tipirchilayotgan hislarini rad etmasdi. U hamon oshiq…

•·.·❖·.·•

Tanasini qoplab olgan iliqlik, yelkasida yengil harakar qilib uni silab erkalab turgan begona qoʻllarni his qigan qiz ogʻir kipriklarini sekin koʻtarib koʻzlarini ochdi. Jungkookning ilk tunida qarshilagan yuz qiyofasiga duch keldi. Uning nigohlarida muhabbat va mehr akslangan. Koʻzlar toʻqnash kelar ekan Sabin bir necha daqiqa oʻzini oʻsha eski paytlarga qaytib qolgandek his qildi. Faqat va faqat ishq va quvonchdan iborat lahzalar. Sabin haqiqat nuqtasiga qayar ekan betoqatolanib atrofga alangladi. Yotoqda hech bir kiyimsiz Jungkookning yalang tanasi qurshovida uzoq vaqt uhlab qolganini fahmladi. Koʻzlarini pirpiratib Jungkookdan uzoqlashishga shaylangan palla metin qoʻllar bellarini qisdi. Jungkook qizning yuziga juda yaqin keldi.

— Unut… Bir lahza barini unut! Seni sogʻimdim - Jungkookning pichirlab chiqqan soʻzlaru bilan qaynoq nafasi yuzini qizilligini oshirib yuborgan edi. Sabin Jungkookning xohish va oʻtinchdan yonib turgan qorachiqlariga uzoq tikilib qoldi. U ham vujudida avj olib borayotgan istakka qarshi chiqish niyatida emasdek.

Jungkook biroz ogʻir kulimsirab qoʻyib lablarini ohista uning peshonasiga bosdi. Soʻng yuzining har yeridan oʻpichlarini muhrlab pastlashib nozik sezgir boʻyin teriga bu gal tishlarini ham botirdi. Sabin entikib nafaa olarkan koʻzlarini yumdi. Ammo u Jungkook uchun faqat ehtiyojlarini qondiruvchi kanizaklariga bilan tenglashib qolishni istmasdi.

— Toʻxta! Men sening shaxsiy qondiruvchi kanizaging emasman! - Sabin kesatiq bilan buyruq berdi. Jungkook buni eshitsada tishini yana teriga yaxshiroq botirib oldi xolos. Sabin bundan ingrab yuborar ekan Jungkook toʻxtadi.

— Sen mening jonimsan… Sen ham buni istaysan inkor etma! Istamasangda meni istagim qudrati bugun ikkimizga ham yetadi… - Jungkook kaftlarini qizning koʻksiga toʻldirib ularni qisib olar ekan lablari oʻz ishini davom etkazdi.

Ishtiyoqi qizning sust ingroqlaridan toshib borar ekan tezlikda joyida qozgʻalib kichik tanasi ostiga oldi. Dastlab yoqimli erkalashlar namlikka yetkazish uchun xizmat qilgan boʻlsa, qopolliklar xohish kuchi ortganidan darak edi. Tashnalik bilan egallangan lablar Sabinni nafasiga chek qoʻyar ekan sonlari orasiga ehtirosi bilan oʻyin qilayotgan qattiqlik tanasini boʻshashtirib yuborardi. Barini atay ohistalik bilan bajarayotgan Jungkook qizni qiynashni maqsad qilgan. Sabin oʻzligini unutib barmoqlarini yigitning boʻyni ortida sochlari orasiga kirgizdi. Jungkook bu rozi rizolik belgisidan mamnun harakatlarini tezlashtirib borar ekan qarshi tomondan javob ololganidan quvonchda.

Koʻp vaqt oʻtmay xonada yoyilgan qizning behayo tovushi muhitni qaynoqlashib borayotganidan darak. Yotoqning kuchli qoʻzgʻalishi ortidan Jungkookning ingrab yuborishi uning bu lazzatga naqadar muhtoj boʻlganini sezdirib qoʻydi. Botib borayotgan quyosh nurlari ikki tanadan oqib tushayotgan ter tomchilarini yaltirashiga sabab boʻlmoqda. Tun endi oʻz ustunligini oʻrnatmoqda. Tundagi aql chegarasini buzib tashlagan rejalar esa allaqachon oʻz kuchini koʻrsatmoqda. Ishq yana gʻolib boʻlganmidi? Yoki ehtiros?

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Tongning salqin shamoli qizning pala partish yopilgan choychab ostidan ochiq qolgan tana qismlarini muzlatgandek sovuqlik berardi. Sabin tanasida ogʻirlik va charchoq bilan koʻzlarini ochdi. Kechagi tun uzoq davom etib butun tanasida yaqqol namayon boʻlgan koʻkish dogʻlar bilan qoplangan tanada akslanardi. Sabin arang boshini yostiqdan koʻtarar ekan tanasini oppoq choyshab bilan yopishni ham unutmadi.

Yotoqdan biroz uzoqda moʻjazgina ish stolida qogʻoz varaqlayotgan yigit uning etiborini tortdi. Sabin barini qayta xotirlab ovoz chiqarib hoʻrsinib yubordi. U yana oʻsha uni abadiy azobga duchor qilgan hislarga taslim boʻlgandi. Kecha nafratlangan insoniga bugun tanasi va ruhini qayta topshirib qoʻydi. Jungkook qizni sezib oʻrnidan qozgʻaldi. Koʻksini yarmigacha yopib turgan tungi halat baquvvat mushaklarni koʻz koʻz qilayotgandek. Sabin bir lahza uni qayta oʻsha tijoratchi yigit siymosiga tasavvur qilib yubordi. Ammo Jungkookning uning yuziga tekka qoʻllari hushini uchirdi. Jungkook qiz tengi pastlashib kaftlari bilan yuzini mayin silardi.

— Hayrli tong Sevgilim… - Jungkook gʻoyo hech nima boʻlmagandek, bir lahza bari shunchaki tush kabi oʻtib ketgandek harakat qilmoqda. Ammo yuzida hamon magʻrurlik va takabburlik mavjud.

— Afsuski sen bilan hayrli emas! - Sabin bir zumda haqiqatga qaytdi. Qoshlarini chimirib yuzini Jungkookning qoʻlida nari oldi. Jungkook miyigʻida asabiy kulimsiradi.

— Tunda barchasini hisoblashib oldik deb oʻylagan edim! Balki yetarli boʻlmagan… - Jungkook qizni sinchkov kuzatdi. Sabin ham uni kiprik qoqmay kuzatardi.

— Tundagi hisoblashishimiz shunchaki er xotin ado etishi kerak boʻlgan masala! Har xolda men oʻzim sendan boshqasi bilan qoniqtira olmayaman… - Sabin unga iztaza bilan kinoya qilar ekan ensasini qotirdi.

— Demak har tun seni men qoniqtirishim kerak! Muammo yoq bajonidil bajaraman. - Jungkook hazlomush ohangda soʻzlab lablarini Sabinning yanoqlariga bosdi. Sabin koʻzlarini asabiy yumar ekan oʻzini oppoq farishtadek tutayotgan yigitdan gʻazablanib borardi.

— Meni boshqacha yoʻl bilan qoniqtirishingni istayman! - Sabin yigitga jiddiy nigoh bilan qaradi.

— Xoʻsh…

— Sevgi, e’tibor, rahm shavqat, ishonch, mehr… Oxirida huddi yashashga ulgurmagan bolamiz kabi chaqaloq! Huddi meni tark etmasingdan avvalgi paytlar kabi… - Sabinning koʻzlarida yoshlar mavjlanar ekan dimogʻi achishdi. Ammo hamon qizarib borayotgan koʻzlarini Jungkookka qadagan.

— Sabin… Biz yana farzandli boʻla olamiz. Sen istasang bari avvalgidek boʻladi… - Jungkook qizning tozgʻigan sochlarini quloqlari ortiga oldi.

— Boʻlishi mumkindir… Faqat sen qasosingdan voz kechsang! Velamoraga qarshi urushni toʻxtatsang! - Sabin vujudida kichik umid uchquni ila oʻtinch bilan tikildi unga. Jungkookning yuzi jiddiy va sovuq holda qotdi. Hissiz nigohlarida hech bir ma’no yoʻq. Havsalasiz koʻzlarini yumib oʻrnidan qoʻzgʻaldi.

— Nima bilgansan hali toʻliq aniqlashtirmadim ammo qasos olinishi muqarrar! Men voz kechmayman. Urush boʻladi va men niyatimga yetaman. - Jungkook katta qadamlar bilan eshik tomon yoʻnaldi.

— Niyating meni oʻlimimmi!? - Sabin qatti va sert tonda qoʻqisdan savol berdi. Jungkook joyida toʻxtab qoldi.

— Oʻlishingga yoʻl qoʻymayman!

— Oʻlishni istasam hammi!? - Sabin u tomon alam bilan tikilgan koʻyi soʻroqladi.

— Oqshom qirollik dasturxoni yoziladi. Seni u yerda yopiqroq libosda koʻray! - Jungkook shahvoniy holatda eshikni ochar ekan qizning qichqirigʻi uni toʻxtatdi.

— AAA ABLAH BUZUQI! - Jungkook bir qadam ichkariga kirar ekan Sabin tomon taajjublanib qaradi.

— Egningdagi yarimga matoni ham yechib tashla! Burun saroy koʻrsin doim latta puttaga oʻralgan qismlaringni! Yalangʻoch yur axir bu seni saroyingku! - Sabin yigitning shahvoniy holatda eshikdan chiqib ketayotgani sabab rashkdan aqlini yoqotar ekan bot bot kesatiq bilan Jungkookni kiyimini almashtirishga buyurayotgan edi. Jungkook koʻzlari chala kulimsirash bilan yumar ekan halat baogʻichlarini yechib qizning qarshiga koʻksini butunlay yopib qayta bogʻladi. Bogʻich iplarini mahkam qisib Sabinga qosh qoqib xonadan chiqib ketdi.

Sabin asabiy nafas chiqarar ekan u ham uzoqdagi halatni egniga tashladi. Jungkookning gaplaridan hunobi oshib halat iplarini mahkamlar sochlarini jahl bilan ortga otdi.

— Men ham voz kechmayman! Seni men magʻlub qilaman Qirol Jeon!

•·.·☆·.·•

Yorugʻlik nuri yetib bomagan yoʻlaklardan tezlashgan qadamlad bilan yurib borayotgan qiz oʻtgan gal unga maktub tutqazilgan xilvat tomon harakatlanar edi. Shohona libos, ogʻir ammo yaltirashi koʻzni qamashtiradigan taqinchoqlar va har qandag kishi maftun etadigan koʻrinishi bilan betoqatlanib atrofga alanglardi. Yonidan sharpa oʻtib ketganini sezganida darrov ortiga oʻgirildi.

— Hazrati oliylari maktubda keyingi uchrashuv sanasi va manzil yozilgan. Ehtiyot boʻling… - Sabin barmoqlari titragancha qogʻoz boʻlagini qoʻliga oldi. Koʻzlarini pirpiratib atrofni tekshirar ekan yuragi juda tez tez urardi.

•·.·.·.·••·.·.·.·••·.·.·.·••·.·.·.·••·.·.·.·••·.·.·.·••·.·.·.·•
KEYINGI QISMLARDA:

— Chunki u homilador!

>>>>

— Jungkookning hayoti evaziga oʻzingnikini garovga qoʻyasanmi?

>>>>

— Yoq Qishloq qizi… Bugun sen shu hovuz ichida qirolichasan! Balandroq ovoz chiqarishing kerak!

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Salom shakar qandlarim shu yerigacha oʻqigan boʻlsayiz albatta fikrlaringizni kutaman. Reaksiya bosishni unutmang. Bu men uchun juda muhim.

Imloviy xato koʻp boʻlsa kerak. Sorry, men ham odam xato qilaman.....

Author Sienna