May 4

Fated Lies

『 22-CHAPTER 』

| “In another life, I would have chosen you without war, without blood, without fear.”

| “Boshqa bir hayotda men seni urushsiz, qonsiz va qo‘rquvsiz tanlagan bo‘lardim.”

•┈┈┈┈┈┈┈•✦•┈┈┈┈┈┈┈•

Quyosh ufq bag‘riga tobora chuqurroq singib borayotgan lahzalar edi. Osmon g‘arb tomonda qizg‘ish va oltin ranglarga burkanib shafaq butun ufq bo‘ylab mayin alanga kabi yoyilgandi. Kun bo‘yi olamni isitgan nur endi so‘nggi bor yer uzra sirg‘alib, asta sekin ortga chekinardi.

Havoda oqshomning salqin nafasi sezilar, yengil shabada qasr devorlari va baland minoralar oralab o‘tib, ayvonlardagi pardalarni sekin tebratardi. Oqartirilgan devorlar va marmar ustunlar quyoshning so‘nggi nurlarida xira oltin tusga kirgan, qirollik esa shu lahzada odatdagidan ham sokinroq ko‘rinardi.

Qasrning eng baland minoralaridan biridagi ayvonda esa Sabin yolg‘iz turardi. Harir libosining etaklari shabada ta’sirida yengil hilpirar, yuziga tushgan soch tolalari ham shamol bilan birga mayin silkinardi. Ammo u qimirlamas, nigohlarini ufqqa deyarli butunlay botib ulgurgan quyoshga qadagancha turardi. Yuzida mahzun ifoda bilan hayolga choʻmgan.

Go‘yo uning ichidagi iztirob ham osmon bilan birga so‘nib borayotgandek edi. Ko‘z oldida kun asta sekin zulmat bag‘riga singar, quyoshning so‘nggi olovrang chekkasi ham ufq ortiga yashirinishga chog‘lanardi. Uch kun ilgari roʻy bergan uchrashuv haqida oʻylab chuqur nafas chiqardi. Yana arosatda zaiflashgan irodasi ila yolgʻiz qolib ketgan edi.

{ uch kun avval }

Zimistonlikka burkangan tun oʻz hukmronligini oʻrnatgan. Sabin ikki oqsoch qiz bilan qora yopinchiqqa burkanib qarsdan uzoqlashib borardi. Maktubda belgilangan joyga yetib kelgach atrofga sinchkov nazar tashladi.

— Meni shu yerda kuting… - Sabin qat’iy buyruq berib oldimlab ketdi. Ikki qiz ham egilib oʻsha joyda qolib ketdi. Oʻrmon qariga ilgarilab kirib borar ekan uzoqdagi shamchiroqni ilgʻab oʻsha tomonga qadam tashladi.

Erkak ham qora yopinchiq yopinib olgan. Xira nur taratayotgan shamchiroq yaqinlashib kelgani naqadar porlab turganini sezdi. Boshidan yopinchigʻini yelkasiga tushirgan qiz jiddiy qiyofada erkakka tikilib turardi.

— Xabaringizni oldim. Menga qanday taklifingiz bor edi? - Sabin sovuq va rasmiy ohangda murojaat qildi.

— Buni e’tiborsiz qoldirmasligingizni bilardim Malikam. - Jiyeong ham yopinchiqni tushirib gʻalati iljayib bayon qildi. Sabin uning soʻzlaridan nafratlansa ham hozirgi vaziyatda uning yordami kerak edi. Chunki u Velamorani qurbon qilolmaydi.

— Togʻri maqsadga oʻtsak! - Sabin qoʻrslik bilan soʻzlarini bayon etdi. Jiyeong miyigʻida iljayib qoʻyib qizni biroz kutdi.

— Mamlakatingiz uchun sevgilingizdan voz kechadigan darajada jasursiz! Bu ish xavfli boʻlishi mumkin. - Jiyeong qizni kuzatish davomida qoʻshimcha qildi. Sabin bu ishi haqiqatdan Jungkookdan voz kechish ekanligini anglab turardi. Jungkook bundan habar topsa uni kechirmasli ayon.

— Avval taklifingizni eshitmoqchiman! Nega paysalga solyapsiz?! - Sabin bu gal balandriq tonga soroqladi.

— Hamkorlik taklif qilmoqchiman albatta. Taxtni ukamdan tortib olishimga yordam berasiz. Men esa Velamoraga qarshi urushni bekor qilaman. Yagona yoʻli shu… Jungkook bu urushdan hech qachon voz kechmasligi aniq! - Jiyeong ochiqchasiga maqsadini ayon qilish davomida Sabin atrofida aylandi. Sabin chuqur oʻyga toldi. Jungkook taxt uchun qancha kurashdi. Shu sabab jarohat oldi. Hatto oʻlim bilan yuzlashdi. Sabin unga nisbatan bundat adolatsizlik qila olarmidi. Nima boʻlsa ham hamon u oʻsha johil qirolini sevadi. Sabin mum tishlagandek jim qoldi. Jiyeong qizning sukutda qolganidan toqatsizlanib barmogʻini qarsillatdi.

Sabin hayolot chegarasidan yana haqiqatga qaytdi. Koʻzlarini pirpiratib erkakka hissiz nigoh ila qarab turardi.

— Jungkookka ziyon yetkazmaslikka soʻz berasizmi? - Jiyeong qizning soʻzlaridan soʻng soxta kulimsiradi.

— Hamon Jungkook haqida qaygʻurasan. Ammo u sendan allaqachon voz kechgan. Magʻrur, shavqatsiz va takabbur qirolga aylangan. Uning atrofida minglab ayollar parvona. Istaganiga istagan vaqtda ega chiqadi.

Sabin… Soddadigan malika! Jungkookka endi seni keraging yoʻq. U sendan nafratlanadi. Eshitishimcha, onasini oʻlimi seni mamlakating bilan bogʻliq emish… Qasos sabab sendan osongina voz kechgan. Balki tez orada seni ham gumdon qilar… Mamlakating kulini koʻkka sovurmagunicha toʻxtamaydi u. Sen ukamni mendan koʻra yaxshiroq bilmasliging aniq! U bir narsani maqsad qilsa yoʻliga toʻgʻanoq boʻlgan barcha narsani yoʻq qiladi. Sen esa u uchun bir toʻsiqsan. Aqlingni ishlat qizaloq… - Jiyeong Sabinni atrofida aylanar ekan yelkasini qoqib qoʻydi. Sabin uning gaplarini eshitib turarkan dimogʻi achishib tomogʻiga achchiq tosh tiqilib qoldi. Tasvirlar xiralashib borardi, nafasi tez, yurak ritmi ham kuchayib borardi.

— Soʻz ber! Jungkookka hech qanday zarar bermaysan… - Jiyeong shuncha aytgan gaplari havoga uchganidan ensasini qotirib yuz burdi. Qizning qarshiga kelib yelkasini qisti.

— Shundoq ham ukamga ziyon yetkazmayman. Men Jungkookdan koʻra rahmdil insonman. Ammo senga achindim Malika… - Jiyeong qizga achingandek yuzini burishtirdi.

— Ammo… men bu haqida oʻylab koʻrishim kerak. Kenyinroq senga javobini aytaman - Sabin uchun bundan hiyonatga qoʻl urish juda qiyin edi. Jungkook undan nafratlanib qolishini, taxtdan ayrilganida qay koʻyga tushishini oʻylab qaygʻurardi.

— Ehhh! Yaxshi… Ammo bizda vaqt juda kam. Bir oydan soʻng Jungkook mamlakatingga bostirib boradi. Tezroq chora koʻrish kerak. Tanla… Velamora yoki Jungkook! Shuni unutmaki Velamorani tanlasang Jungkook omon qoladi va sevgiling bilan baxtli hayot kechiraverasan. Ammo urush boʻladigan boʻlsa Jungkook Velamoraning aholisini qirib tashlaydi! Sen Junghwa qilgan daxshatli urushlarni eshitgandirsan. Barini Jungkook boshqargan. Velamorani bir zarba bilan yakson qila oladi…. - Jiyeong yana oʻz tasirini oʻtkazishga kirishdi. Sabin buni bilsada jim edi. Chunki uning soʻzlari aynan haqiqat. Veloramora ayni damsa urushga tayyor emas. Jungkookning qoʻshini juda kuchli, uning oʻzi ham. Sabin uchun eng qadrli insonlar esa Velomorada tinch hayot kechirmoqda. Qanday qilib ularning hayotini buzib tashlaydi. Urushni toʻxtatishning chorasi boʻlsa u qanday qilib minglab insonlarning oʻlimiga indamay qarab turadi. Jungkook kiprik qoqmay Mimo amakini oʻlimva hukm qildi. Koʻz oldida elchini boshini uzib tashladi. U vahshiy edi. U hech kimga rahm qilmaydi. Sabin koʻzlarini qattiq yumdi. Issiq yoshlar yuzini kuydirib yubordi. Ammo sevgisichi…

— Menga vaqt kerak…

— Yaxshi! Unda bu koʻzguni ol. Bir haftadan keyin toʻlin oy chiqadi. Bu koʻzgundan toʻlin oy nurini minora ayvonidan qalin oʻrmon tomon yoʻnaltirasan. Agar rozi boʻlsang shundan bilib olaman. Erta tongdan senga maktub yuboraman. Ungacha xayr malika! - Jiyeong shamchiroqni qoʻliga qattiq siqib oʻrmon tomon yurib ketdi. Sabin zulmat qarida yolgʻiz qoldi. Oy nuri ham yoʻq. Koʻkda esa minglab yuzduzlar yaltirab turardi. Ammo ular oyning yorugʻlini bera olmasdi. Sabin chuqur nafas chiqarib soʻng oʻpkasini oʻrmonning nam havo ila toʻldirdi.

{ hozirgi vaqt }

Sabin ayvondan ichkariga kirgacha harir halatini yechib yotoq tomon yoʻnaldi. Koʻzlarida charchoq, yuzi nursiz va mahzun. Eshikning keskin ochilishi xushini uchirib yuborar ekan sergaklanib oʻsha tomonga qaradi.

Jungkook yonida ikkita soqchi, saroy ayonlari va yonida bir qiz bilan kirib keldi. Uning vajohatidan gʻazabga berilgani bilinib turardi. Qoshlarini jahldan bir biriga yaqinlashib singib ketar, qadamlari esa nafrat bilan polga kuch bilan bosilardi. U togʻri Sabin tomon kelar ekan qarshiga turib yelkasida mahkam qisdi. Sabinning tanasi silkinib ketar ekan Jungkookning chalgali kuch bilan yelkasini qisib ogʻriq berardi.

— Bunga qanday qoʻl urding!? - Jungkook qizning yuziga nafrat bilan tikilib oʻsbqirdi. Sabinning tanasi titrab ketar ekan koʻzlari yoshlandi. Shundoqdan singan qalbiga bu tanali soʻzlar battar ogʻir botdi.

— Nima haqida gapiryapsan!?- Sabin ham oʻzini ortga olishga urinib u tengi oʻshqirdi.
— Qoʻyib yubor meni! - Sabin tipirchilab yuzini burdi.

— Meni hech narsadan habar topmaydi! Istaganimni qilaman deb oʻyladingmi? Akam bilan til biriktirib ortimdan pichoq urishni reja qildingmi? Bunga qanday hadding sigʻdi! Gapir! - Jungkook gʻazabkor ohangda oʻshqirib Sabinni jahl bilan silkilab tashladi. Soʻngida uni polga uloqtirar ekan muvozanatni yoqotgan qiz yuzi bilan yerga yiqildi. Boshini koʻtarib alam bilan nafas olgan Sabin uzoqda yerga koʻz tikib bemalol holatni kuzatib turgan qizga qaradi. Oʻsha kuni bu oqsoch qiz u bilan birga oʻrmonga borgan edi. Sabin yerga choʻkkalab koʻzlarini qattiq yumdi.

— Meni baridan habarim bor! Sen qilgan barcha ishni kuzatib turaman! Oʻzing mendan aqlli sanaysan! Zigʻircha miyang bilan menga tuzoq qoʻymoqchi boʻldingmi? Bunga qanday jut’at etding?! - Jungkook qizni yana silkilab bilaklaridan tutib yuzini oʻziga oʻgirdi. Sabin allaqachon ogʻriqdan yigʻlab yuborgan. Nafas ololmay bogʻilib borardi. Bari oshkor boʻldi. Jungkook esa gʻazabning choʻqqisiga chiqqan.

Sabin gapira olmay qoldi. Bir zum oʻpkasiga havo oqimi kirolmay nafassiz qolib ketdi. Bilaklaridagi bosim Jungkookning oʻtkir gʻazabkor nigohi bilan bir xil edi.

— Senga hech qachon ishonmayman! - Jungkook qisilgan jagʻlarini harakatga keltirib vishillar ekan Sabinni yotoq chekkasiga uloqtirdi. Sabin zarb bilan yotoq burchagiga urilar ekan nafasi qaytib ketdi. Bari tugashini istab yuzini choyshab chekkasiga koʻmdi.

Jungkook ortiga qayrilib ularni kuzatib turgan ayonlarga qaradi. Peshonasini jahl bilan ishqalar ekan chuqur nafaa olardi. Agar hozir oʻzini bosib olmasa aniq Sabinni halok qiladi. Uning gʻazabi qizni harob qilishi bilardi. Sabin qanchalar qaysar va maqsadidan qaytmas inson ekanini u bilardi. Jiyeong bilan til biriktirib unga qarshi chiqishgacha boribdimi demak maqsadi aniq.

— Narini mening haramimdagi kanizaklar orasiga joylashtiring. Qilgan ishi uchun esa mendan oltin sanchiqcha bilan mukofotlang! - Jungkook shu soʻzlarni baland ohangda aytib hammani xonadan chiqishiga buyruq berdi.

Sabin bu gaplarni eshib koʻksiga qoʻlini olib bordi. Koʻksidan butun vujudiga yoyilgan ogʻriq uni kuchsizlantirib borardi. Xonada Jungkookning qadam tovushlari yangrar ekan Sabin mana endi ham yanada daxshatga tusha boshladi. Jungkook uning bu ishini shunday qoldirmaydi.

— Oʻrningdan tur! Qarshimga kel! - Jungkook qizni tepadan kuzatar ekan buyruq berdi. Sabin biroz shu holatda jim qolar ekan miyasiga turli xil fikrlar paydo boʻla boshladi. Jungkookning qarshisiga qanday chiqadi. Unga nima deydi.

Ammo uning qilgan jirkanch ishlari, xiyonati va qotilliklari birma bir miyasiga aylanar ekan nega unga qarshi chiqmasligi kerak edi. Sabin bularning hech biriga loyiq emasdi. Qasos sabab unga ziyon yetkazishga Jungkookni haqqi yoʻq edi. Sabin boshini koʻtarib oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Jungkookning qarshisiga kelar ekan yuziga tik qaradi. Sabin ham ayni damda undan nafratlanadi. Qilgan ishidan mana endi ham hech afsusni his qilmayapti.

— Hoʻsh! Mendan nimani kutgan eding! Senga qoʻshilib mamlakatimni birga yakson qilishimnimi? Har kecha kanizaklaring bilan don olishishingni kuzatishimnimi? Tosh qasringga qamalib ilojsiz sening vaxshiyliklaringni koʻrib seni maqtashimnimi? Nima kutgan eding! - Sabin oxirida jahl bilan oʻshqirdi. Jungkookning qisilgan nigohlariga tik qarab koʻksidan itardi.
— Yodingda boʻlsa senga aytgan edim! Sen Velamoraga emas menga urush elon qilding deb. Men oʻsha urushni boshladim huddi sen kabi! - Sabin unga jur’at bilan tik qarab alam bilan soʻzlardi.

— Ortimdan pichoq urish bilanmi? Akam bilan birga yaqinlik qilish bilanmi? Balki unga tanangni ham topshirarsan! - Jungkook oʻzi oʻylagan narsadan oʻzi tutoqib ketdi. Hayolida Sabinni akasi bilan birga tasavvur qilib mushtini tugib yuzini burdi. Chuqur nafas chiqarib yana qizga yuzlanar ekan Sabin magʻrur qiyofada qahr bilan unga tikilib turardi.

— Agar bu xalqimni himoya qilishga yordam bersa hammasiga tayyorman! Men bir gal xalqim uchun sendan voz kechdim.

Hoʻsh bu gal nima halaqit beradi menga! Sendan voz kechaman… Huddi sen meni oʻrnimga boshqasini qoʻya olganing kabi! Sen menga hiyonat qila olganingdek men ham bunga qoʻl uraman! - Sabin soʻzlarini baland tovushga bildirar ekan yuzini qizarib borardi. Jungkook uning soʻzlaridan soʻng keskin harakat bilan kaftini qizning boʻyniga oʻrab oldi. Sabin boʻynidagi qisilish sabab bogʻilib havosiz qolib tipirchiladi. Jungkook kuch bilan qizni bogʻib olar ekan koʻzlaridan olov chaqnab turardi. Bir soniyalik gʻazab sabab qizni oʻldirib qoʻyishi tayin edi. Jungkook qizning koʻkarishga ulgurgan yuziga qarab jagʻlarini qisar ekan qoʻlini boʻshatib yubordi. Sabinning qaddi egilib chuqur nafas olib yoʻtalar ekan achchiq nadomad bilan yigʻlardi. Jungkook unga bunday munosabatda boʻlayotgani Jiyeongning soʻzlaridagi haqiqatni koʻrsatib berardi. Jungkook uchun endi uning bir tiynlik qadri yoʻq. Hatto uni oʻz qoʻli bilan oʻldirishga ham tayyor. Jungkook qizni bilagidan turtkilab mahkam qisib oʻziga qaratdi. Sabinni tanasi qalqib ketar ekan Jungkookni yuziga alamzada tik qaradi.

— Mendan voz kechishga majbur qilgan oʻsha xalqingni tak tugu bilan yoʻq qilaman! Butun tarixdan nomini oʻzim oʻchirib tashlayman! Agar yoʻlimga toʻgʻanoq boʻladigan boʻlsang…. - Jungkook qizga qahr bilan tikilib soʻzlarini dona dona qilib aytdi. Oxirida soʻzladi uzilib qolar ekan Sabinni abgor yuziga tikilib jim qoldi.

— Oʻldir… Meni oʻldirsangina yoʻlingga gʻov boʻlmasligim mumkin! Hozir oʻldir! Senga hatto qarashdan ham hazar qilyapman… - Sabin yuzini burishtirib achchiq soʻzlarini bayon etga koʻyi tikilib turaverdi.

— Hazar qilaman deging! Shu tanang tagimda harob boʻlganida oʻzingdan hazar qilasan! - Sabinni sudrab yotoqqa olib borar ekan kuch bilan otib yubordi. Kiyimlarini jahl bilan yechib uloqtirar ekan endi qochishga shaylangan qizni oyoqlaridan tutib qoldi.

— Menga teginma!!! Daf boʻl lanati… - Sabin oyoqlarini tortib olar ekan tipirchilab yotoqdan tushishga urindi. Jungkook qizni oʻzi tomon tortqilar ekan egnidagi shaffof libosni ham uzib oldi. Butunlay kiyimsiz qolib ketgan qiz battar tipirchilab uning changalidan chiqib ketishga urindi. Jungkook bir urinishda qizni tagiga oldi.

Baquvvat qoʻllari qizni belidan qisib yotoqqa kuch bilan bosib turardi. Sabin bundan nafasini yoqotgan kabi bogʻilib yuqoriga talpinardi. Oyoqlarini majburlab ikki ayirib ular orasiga kirib olgan Jungkook qizning koʻksiga urilayotgan qoʻllarini yuqoriga koʻtardi. Hech qanday namliklarsiz zarb bilan kirgan organ qizning qichqirigʻiga sabab boʻldi. Allaqachon qattiqlashgan azo torlikda siqilib qolar ekan Jungkook ham ingrab yubordi. Sabinning ruhi tanasidan ayrilgandek ogʻriqdan qimir eta olmas edi. Kislorod butun tanasidan chiqib ketgandek edi. Oyoqlari orasidagi ogʻriqni hali umri davomida his qilmagan. Jungkook uni doim avalab kelgandi. Ammo ayni damda eng koʻp u azob bermoqda.

Jungkook qizga nafrat bilan qosh chimirib tikilar ekan undan chiqib yana zarb bilan ichkariga kirdi. Bu galgi ogʻriq qizning belida tepaga yoyildi.

— AHH! - Qichqirib yuborgan qiz lablarini tishlab palapartish nafas olar edi. Jungkook yoqimli torlikdan, anchadan buyon telbalarcha xohlagan tanasida rohatda chuqur nafas olib yubordi. Jungkook qizning koʻksiga kafti olib borib ularni siqimlar ekan qichqiriq ohangi oshdi. Zavqdan nima qilari bilmay Sabinni tanasiga tishini botirib chiqar ekan hech qanday rahm shavqatsiz terini uzib olishga shaylangandek edi. Maqsad qiznga qattiq jazo berish va bu hech qanday qahm shavqatsiz boʻlishi kerak edi. Bu Sabin uchun ogʻriqli va qilgan ishiga munosib abadiy xotirlanadigan.

Jungkook birdan harakatlanishni kuchaytirib yuborar ekan yotoqa ham unga hamohang siljib borardi. Sabin har silkinishda ogʻriqdan dod solsa, ritm ham kuchayib borardi. Jungkook ayovsiz ravishta suqulib kirib qizning jonini sugʻurib olayotgandek edi. Eng achinarlisi bundan faqat oʻzi rohatlanmoqda. Tagiga ezilib borayotgan kichik jussa esa kuchsizlanib harakatsiz qolib ketgan.

Shu holatda sira toxtashni istamagan Jungkook yana bir bor kuch bilan ichkariga intildi.

Bu gal Sabin yuragidagi sanchiq sabab sapchib tushdi. Ammo hatta nafas olishga ham kuchi yetmasdi.

Jungkook qaynoqlikni his qilar ekan qizdan ayrilib masofani uzaytirdi. Oppoq choyshabdan alvon qon yoyilib borar ekan allaqachon xushini yotoqgan qizning tanasi koʻkarishlarga toʻlib ketgan edi. Jungkook choyshabga singib borayotgan qondan uzoqlashib qizga yaxshiroq nazar tashladi. Sabinni tanasi goʻyo jonsizlanib qolgandek harakatsiz va oppoq edi. Qonning hajmi oshib borar. Soniyalar ichida butun yotoq alvon rangga kirdi. Jungkookning yuragi bir zum toxtab qoldi. Goʻyo qizning barcha qoni tanasidan chiqib ketayotgandek edi.

— Sabin! - Jungkook qizga tezda yaqin kelar ekan koʻzlari vahimadan kattalashib ketgan. Qoʻllari qaltirab Sabinni oʻlib qolishidan qoʻqruvga tushgandi. Jungkook qizni quchogʻiga olar ekan sochlarini silardi. Ayni damda quchogʻidan chiqarsa undan ayrilib qoladigandek edi.
— Iltimos meni tark etma! Yordam beringlar! - Jungkook vahimaga tushib qizning yuzini kaftlari orasiga oldi. Qon esa yotoqqa battar singib borardi. Sabinning oyoqlari orasiga butkul lahta qonga belangan. Bu zulmatda yanada vahimali koʻrinardi. Jungkook choyshab bilan qizning tanasini yopar ekan yuzini titroq qoʻli bilan silardi.

— Ozgina chida Sevgilim… Tabibni ayolni chaqiring!

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Tun yarimiga yetgan. Jungkook ulkan xonada parda ortida nimalar boʻlayotganini bilmay hunobi oshib bir joyda oʻtiropmas edi. Sabinni qonga belangan holatda parda ortiga joylashtirdi-yu ulkan xonada hech qanday gap soʻzlarsiz soatlarcha tabib ayolni kutmoqda. Ichida oʻtayotgan havotir kuchayib borar ekan uzoq vaqtdan buyon Sabindan hech qanday habar berilmayotgani uchun tashvishga solardi.

Jungkook xonani bir burchagidan keyingisi jonsarak qadam tashlar ekan chuqur nafas olishga urinardi. Oʻzini aybdor his qilib sevgan ayolidan ayrilib qolish qoʻrquvi butun vujudini muzlatib yuborardi.

Parda sekin harakatga kelar ekan uning ortidan chiqqan ayolning yuzini hiyla mayuslik oralagan. Saroy bosh tabibi boʻlgan ayol koʻpincha doyalik bilan shugʻullanardi. Hatto Jungkookni ham u dunyoga kelishida u doyalik qilgan edi.

— Uning ahvoli qanday? - ayol bir necha soniya jim qoldi.

— Qirolichaning oʻn haftadan kattaroq homilasi nobud boʻlibdi… Bundan tashqari Qirolicha haftalab ovqat yemagan. Tana juda zaif. Koʻp qon yoqotgan. Bundan keyin yana farzandli boʻla olishi dargumon. - ayol qizning tanasidagi dogʻlardan vaziyatni yaxshigina anglab yetgan. Jungkookka uning bu shum qiligʻidan achchiqlanib qoʻrslik bilan gaplarini bayon qilardi.

Jungkook shu soniyalardan boshlab oʻzini yoqotib qoʻydi. Butun vujudida sovuqlik jimirlab tanasida yoyildi. Aybdorlik hissi bilan tanasida harorat oshib borar ekan tomogʻiga qattiq tosh botgandek boʻldi.

— U homilador ekanmi..? - Jungkookning ovozi gaplari soʻngida ingichkalashib ketdi. Kaftlari bilan yuzini berkitib olar ekan boshini ortga tashlab chuqur nafas chiqardi. Havo oʻpkasigacha yetib bormayotgandek toqotsizlanib xonada aylandi.

— Qiz juda zaif… Kerakli giyohlar va muolajalarsiz uni ham yoqotishimiz mumkin. - ayol qoʻshimcha qilib qoʻyar ekan yuzi qizarib borayotgan yigitni kuzatdi. Boshqa bir soʻz deyishga yuragi dov bermas ekan ammo qarshisidagi erkakdan hazar qilib ketardi. Nahotki Jungkook ulgʻayib shunchalar johil insonga aylangan boʻlsa degan fikr aylanardi miyasi. Sabinning ahvolini koʻrgani unga juda rahmi kelgan, ostidan toʻxtamay oqayotgan qondan u ham shoshib qolgandi.

— Nima qilsangiz ham Sabinni hayotini saqlab qolasiz! Siz aytgan barcha narsani muhayyo qilishadi. U yashashi kerak… U yashashi kerak. - Jungkook yoshlangan koʻzlarini tezda artib tashlar ekan soʻzlarini qatiy bildirib xonadan chiqib ketdi.

Yoʻlak boʻylab katta qadamlar bilan ketar ekan oʻz xonasiga yetgandan eshikni kuch bilan yoptidi. Kaftlari bilan yuzini ishqalar ekan nafas ololmay qoldi. Oʻz bolasini qotiliga aylangan edi u. Murgʻak goʻdak hali hayotni his qilmasdan oʻlimga mahkum etdi. Eng achinarli farzandi hayotida eng koʻp sevgan ayolidan, butun saltanatni yoqib yuborishga tayyor boʻlgan ayolidan edi.

Sabin bilan farzandlari boʻlishi borliqdagi barcha yaxshi narsalardan koʻproq istagan ediki. Endi boʻlsa oʻsha istakni oʻzi barbod qildi. Oʻz farzandini oʻzi nobud qildi. Sabin bu haqida bilsa hech qachon uni kechirmaydi. Orzulariga oʻzi bolta urgani sabab oʻzi ham kechirmaydi u.

•·.·☆·.·•

Shaffof pardalardan suzub oʻtib ichkariga intilayotgan quyosh nurlari xonaga iliqlik va yorugʻlik olib kelsa-da Sabinning qalbidagi zulmatni chekinishiga imkon bermasdi. Yotoqda bir nuqtaga termulib yotgan qiz hech nimani his qilishni istamas, faqat bazan koʻksi sust nafas olishdan maromida harakatlanardi. Jimjitlik. Sabin oʻz iztiroblari va ogʻriqlari bilan yolgʻiz qolib ketgan. Xushiga kelganiga besh kun boʻlsa ham yotoqdan bir bor qozgʻalmadi. Oʻsha bola bilan hayotidagi nur bilan cheksiz muhabbati ham nobud boʻlgandi. Yumshoq choyshablar ichida yoqolib ketgudek kichiklashgan qizning jussini uzoqdan ilgʻab olish qiyin edi.

Shaffof pardalar orasidan suzib kirayotgan quyosh nurlari xonani iliq va yorug‘ bir sokinlik bilan to‘ldirar. Nur devorlar bo‘ylab yoyilib, gilamlar ustida jilvalanar, go‘yo bu xonaga hayot qaytganini eslatmoqchi bo‘lgandek edi. Ammo bu iliqlik Sabinning qalbiga yetib bora olmas, hali ham sovuq, qorong‘i va jimjit bir bo‘shliq hukmron edi.

U yotoqda qimirlamay yotar, nigohi bir nuqtaga qadalgandek muzlab qolgan. Go‘yo atrofdagi yorug‘lik ham, vaqtning o‘zi ham unga tegmay o‘tayotgandek. Ba’zan faqat ko‘ksining sekin ko‘tarilib tushishi uning hali tirik ekanini eslatardi xolos. Xonada og‘ir jimjitlik bor edi. Bu oddiy sukunat emas so‘zsiz og‘riq bilan to‘lgan, har bir burchagiga iztirob singib ketgan jimlik edi. Sabin shu jimlik ichida o‘z dardlari bilan yolg‘iz qolgan. Hech kim kirib kelmaydi, hech kim uni bu o‘ylar girdobidan tortib chiqarmaydi.

Hushiga kelganiga besh kun bo‘ldi. Ammo u bir bor ham yotoqdan qo‘zg‘almadi. Go‘yo tanasi ham, ruhi ham bir joyga mixlanib qolgandek. Farzandi… uning hayotidagi yagona yorug‘lik manbai boʻlgandek. Uning borligi bilan hamma narsa ma’noga ega bo‘lgandek tuyulgan. Uni borligini his etishga ham ulgurmagan. Endi esa u yo‘q. Shu bilan birga Sabinning ichidagi nur ham so‘nib ketgan. Cheksiz tuyulgan muhabbat bir lahzada kulga aylangan, undan faqat bo‘shliq va og‘riq qolgan edi.

Yumshoq choyshablar ichida u shunchalik kichrayib ketgandek edi-ki, go‘yo butun borlig‘i shu oq matolar orasida erib ketayotgandek. Uning jussasi ham, nafasi ham, hatto mavjudligi ham xira tortib, uzoqdan qaraganda sezilmaydigan darajaga yetib kelgan.

Xonada vazmin qadam tovushlari yangrab yaqinlashib kelayotgan insondan darak berardi. Sabin buni sezsa ham joyida jim qoldi. Yelkasiga tekkan qoʻllardan seskanib ketar ekan qizargan koʻzlarini sekingina yumdi. Qurib bitgan koʻz yoshlari endi tashqariga chiqa olmas. Faqat achishish va ogʻriq bor edi.

— Sevgilim… - Jungkook qizni nima deb atashni koʻp oʻylamadi. Ammo keyingi soʻzlarini haqida biroz muddat oʻylab qoldi.
— Ahvoling ya… - soʻzlari yakunlanlasdan siltab yuborilgan bilaklari kutilgan natijani bergandi. Sabin yotoqdan qoʻzgʻalib nafrat bilan unga tikilib turardi. Yuzlari jahldan burishgan, koʻzlari qizarib nursizlanib qolgan.

— Also meni bunday jirkanch soʻzlaring bilan chaqirma! - Sabin barmogʻini yigitga bigiz qilib tanasi undan nari oldi. Jungkook qizga tikilib soʻzsiz qolib ketgan.
— Ahvolim seni qiziqtirmasin! Seni koʻrishni ham eshitishni ham istamayman! Daf boʻl! - Sabin eshikki koʻrsatib yigitdan hazar qilib buyuruq berar ekan oʻpkasi achchiq nadomaddan toʻlib borardi.

— Sabin men… - Jungkook unga mehr bilan tikilib kaftini tutmoqchi boʻlganida qiz tezlik qoʻli undan tortib oldi.
— Mendan yana nima istaysan!? Ayt menga yana nima qilmading? Nahotki kongling joyiga tushmadi!? Meni tinch qoʻy lanati… - Sabinning ovozi tobora balandlashib borar ekan ichida toʻplanib qolgan alamlarining bari sekinlik bilan yuzaga chiqa boshladi.

— Men bularni hech biri istamagandim… Men ham bolamiz haqida bilmagandim! - Jungkook ham afsus bilan qizga tushuntirishga urinar ekan unga yaqin suruldi.

Sabin havsalasiz nafas chiqarar ekan lablarini asabiy tishladi.

— Sen men haqimda bilar eding! Meni senga oshiq ekanligimni bilar eding! Hoʻsh men uchun nima qila oldingki bolamiz uchun nimadir qilsang!? Sen mendan ham, bolamizdan ham voz kechding… Oʻsha lanati qasosingni deb bizni halok qilding! - Sabin soʻngi soʻzlarini aytib oʻksinib yigʻlab yuborar ekan yuzlarini yopib oldi. Jungkook u tomon qoʻlini choʻzar ekan Sabin bu gal ham uning taftini sezgach qoʻlini siltab tashladi.
— Menga teginma! Sendan nafratlanaman! Eshityapsanmi? Sendan nafratlanaman!!!- Sabin Jungkookni koʻksidan itarib oʻzidan uzoqlashtirdi.

Nima qilsa ham ham qalbidagi alanga hech sovumasdi. Hali mavjudligini sezmagan farzand dogʻi uni ich ichidan kemirib borardi. Gʻazab sabab tomirlaridagi qon ham qaynab borardi. Jungkook esa aybdor qiyofada jim qolgan.

— Senga men nima yomonlik qildim! - Sabin yana bir bor uning koʻksidan itardi.
— Seni sevishdan boshqa nima qildim ayt! UNI AYBI NIMA EDI!!! Bolamning aybi nima edi… Bolajonimni hatti borligini ham sezmadim. - Sabin Jungkookni yoqasidan tutib itarib soʻng egilib qolar ekan bir qoʻlini bilan qornini silab yana qayta yigʻlashga tushdi.

— Sen meni yolgʻonchiga chiqarding! Nomussiz, bulgʻangan, xiyonatkor… Hoʻsh oʻzingchi! Meni doim asrab avaylashingni ayting, sevishingga ishontirding, hech qachon meni tark etmasligingni aytding! Ammo hammadan avval sen mendan voz kechding… Koʻz oldimda menga xiyonat qilding! Aslida sen sen meni emas oʻzingni nomussizga chiqarding! Sen qilding! SEN BOLAMNI OʻLDIRDING… - Sabin Jungkookni yoqasidan tutib oʻshqirar ekan tanasi silkinib oʻzi kuchsizlanib borardi.

Jungkook uni keskin quchogʻiga tortib boshini silashgan urindi. Ammo Sabin undan yulqib chiqib uzoqlashar ekan barmogʻini unga bigʻiz qilib qahr bilan unga tikildi.

— YOQ! Aslo menga tegma! Endi sen sevgan ayol yoʻq! SABIN OʻLDI!!! - chuqur nafas bilan nafratga qorishib aytilgan soʻzlar xonada baralla yoyilar ekan Jungkookning qoni qaynab borardi.
— Endi sening eng katta dushmaning menman! Menda faqat Vatanimga boʻlgan sevgimgina tirik qolgan. Velomora uchun hatto ismingni butun tarixdan oʻchirib tashlayman!!! Jonimni berib boʻlsa ham seni yoʻq qilaman Jeon Jungkook!!! Yodingdan tut… Shu soniyalardan boshlab menga hech qachon ishonma! Chunki men sening dushmaningman…. - Sabin aytishni istamagan gaplarni ham baralla jar solar ekan ammo qalbi bunga mutlaqi teskari hislarga berilgan edi. Nafrat, alamzadalik, qasos va gʻurur ruhini, hislarini oʻchirib tashlashlagan. Uni butkul oʻzga insonga aylantirgan edi.

— Qoʻlingdan kelganini qil Sevgilim… Ammo men sendan hech voz kechmadim!

•·.·☽·.·•

Tun o‘z pardasini yer uzra ohista yoygan, olamni shovqindan xoli, og‘ir sukunatga topshirgan. Havoda sovuqning nozik nafasi sezilmay yurakka qadar kirib borardi goʻyo. Hech bir tovush bu jimlikni buzolmas, faqat shabadaning yengil shivirlashi quloqqa chalinar, go‘yo tunning o‘zi nafas olayotgandek.

Sukunat bag‘rida qasrning eng baland minorasi osmon bilan tutashgandek qad rostlab turar, uning ayvoni esa tun bilan yuzma yuz qolgandek. Osmon chuqur va keng, uning markazida esa to‘lin oy sovuq jilva bilan porlab butun manzarani o‘z nuri ostiga olgan.

Sabin qoʻlidagi kichik koʻzguga tikilib qolar ekan yuzidan sirpanib tushgan qaynoq koʻz yoshini artib tashladi. Koʻzguni oy nuriga tutar ekan soyasini oʻrmon tomon yoʻnaltirdi. Qoʻllari minoradagi sovuq havo oqimi tasiri emas balki qalbidagi bir biriga qarama qarshi hislar jangi sabab qaltirardi. U bugun oʻzini Jungkookka dushman deya atadi. Ammo vujudi urib turgan yuragi faqat uning yashashini va doim gʻolib boʻlishi istaydi. Goʻyo uni bu dunyoda faqat Jungkooka boʻlgan sof muhabbati ushlab turibdi.

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Yoʻlak boʻylab qirol buyrugʻi bilan uning xonasi tomon shoshayotgan yigit eshik yaqiniga kelganida uni taqillatib javob kuta boshladi. Erta tongdan sevgan ayoli bagʻriga kutib olgan tongi sabab vaqti hush joyida turib javob kuta boshladi.

Ichkaridan izn berilgach ichkariga odimlagan yigit ish stolida qogʻozlarga koʻmilib bejoo qarashlar bilan uni qarshilagan akasiga duch keldi. Jungkookning holsiz yuzi va qizargan koʻzlari uni bu tun uxlamaganidan darak edi.

— Toʻgʻri maqsadga oʻtamiz Niki… - tongʻillab qoʻrslik bilan aytilgan soʻzlar yaxshi habardan darak emasligini yigit darrov sezdi.

— Hayrli tong demoqchi edimku-ya ammo soʻrashga hojat qolmadi! Siz uchun hayrli emas ekan… - Niki biroz xazilomus ohangda bayon qilar ekan soxta kulimsirab qoʻydi. Uning ortidan xonada Jimin ham biroz shishga qovoqlar va charchagan yuz qiyofada kirib kelar ekan u ham Jungkookni buyrugʻiga binoan kelgani ayon edi.
— Jimin Hyung siz ham tunni bedor oʻtkazdingizmi deyman… - Niki hiyla kesatib qoʻyar ekan uch bor Malika Veloura bilan uni bogʻda koʻrib qolganini hotirladi. Niki allaqachon bu haqida yaxshigina malumotga ega edi.

— Ortiqcha bemani gaplarni yigʻishtiringlar! Niki… Shu oy Morvessiya Malikasi Velauraga nikohlanishing kerak!

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Salom shakar qandlarim shu yerigacha oʻqigan boʻlsayiz albatta fikrlaringizni kutaman. Reaksiya bosishni unutmang. Bu men uchun juda muhim.

Imloviy xato koʻp boʻlsa kerak. Sorry, men ham odam xato qilaman.....

Author Sienna