Fated Lies
| “I cannot choose you… yet I have never chosen anything more completely.”
| “Men seni tanlay olmayman… ammo hech narsani seni tanlagandek to‘liq tanlamaganman.”
Qasrning baland ayvoni hali tun nafasi bilan sovuq edi. Ufqda tong asta ochilar, osmonning chekkasi oqarib, zulmatni sekin chekinishga majbur qilardi. Quyosh hali ko‘rinmagan, ammo uning nuri allaqachon ufq ortidan sezilib, osmonni mayin ranglarga bo‘yab borardi. Havo jim, faqat yengil shabada ayvon ustidan o‘tib, tongning sokinligini yanada chuqurlashtirardi.
Ayvon chetida esa Sabin oʻychan qiyofada turardi. Tungi shaffof, harir libosi yengil shabada ta’sirida asta tebranib uning nozik qiyofasini xira tong nurida yanada ravshan qilib ko‘rsatardi. Sochlari yelkasiga erkin tushgan, yuzida esa bir qarashda sezilmaydigan ammo ichki o‘ylar bilan to‘la sukunat bor. Ikki haftadan buyon Jungkookning buyrugʻi sabab tosh qarsdan ostona hatlab chiqmaydi. Ulkan tosh devor ichida sogʻinch hisi uni kemirib borardi. Jungkook undan uzoqlashib borayotgandek edi. Sabin avval aybni oʻzidan izladi. Hayoliga kelgan yomon fikrlarga ishongisi kelmasdi. Oʻsha tundan buyon Jungkookni koʻrmadi. Uning faqat buyruq qizgacha yetib kelardi. Balki saltanat ishlari koʻpayib ketgandir deya oʻyladi u. Saltanatni boshqarish naqadar oʻgir va masuliyatli ish ekanini Sabin oz boʻlsada anglashga ulgurgan albatta. Ammo qalbini yemirib yuborgan savollarga chek qoʻyishni istaydi.
— U yonimga kelmasa oʻzim bora olmaymanmi? - pichirlash davomidan ortiga oʻgirilib xona ichiga ildamladi qiz.
Sabin moviy libosi etaklari biroz koʻtarib saroyning orqa aylanma yoʻli boʻylab tosh qarsdan ruxsatsiz qochib ilgarilab borar ekan ikki oqsoch qizlar unga ergashib borardi. Qirolicha juda qaysar, soʻzidan qaytmaydi. Bir oqsoch qiz esa ichkarida vaziyatni bilib kelish uchun oldinlab ketgandi. Saroyning orqa burchakida doim ayonlar siyrak boʻlar. Ammo Sabin uzoqda gavjumlikni ilgʻadi. Ichki qiziqish uni oʻsha tomonga boshladi. Saroydagi har bir oʻzgarish Sabin uchun ham qiziq edi. Ulkan yogʻoch ustunlar atrofida bir necha soqchilar va ayonlar yigʻilgan. Sabin noaniq qadamlar bilan dor tomon yaqin borar ekan qatorasiga osilishga shay turgan erkak tanalarini koʻrdi. Baland va yogʻon yangragan Jallod erkak ovozi yangrarkan boʻyniga sirtmoq solinga erkaklar havoda muallaq osildi. Bir necha hansirashlar va bogʻilib borayotgan erkaklarning dagʻal tovushlari Sabinni quloqlarigacha yetib keldi.
Koʻkarib ketgan, mutloq harahatdan toʻxtagan tanish qiyofani ilgʻab olgan qizning tanasi muzlab ketdi. Joyida toshdek qotib qolgan qiz miyasidagi chiyillash sabab borliqdan uzulgandek boʻldi. Toʻplanib borayotgan kislorod hajmi ortib oʻpkani yorib chiqib ketishga tayyor. Koʻzlari xiralashgan qiz gavdasini oldinga tashlab yugurgiladi.
— MIMO AMAKI!!! - Sabin oʻpkasidagi bir havosi birgina qichqirish bilan chiqarib hanairagancha yugurdi. Metin sovutli soqchilar qizni toʻsib qolar ekan Sabin battar jazavaga tushib qichqirardi.
— YOʻQ!…. Yoʻq bu boʻlishi mumkin emas!! AMAKI!!! Bu siz emassiz! Bu siz emassiz!!! - Sabin yaqqol koʻrinib turgan rangsiz koʻkimtir rangga kirgan yuzga daxshatli qiyofada tikilib qoldi. Ongi buni haqiqat ekanini tan olardi ammo u bularning bari tush boʻlib chiqishini istardi. Sabin qayta oʻzini dor maydoni tomon otar ekan hansiragancha tipirchiladi.
— Hazrati Oliylari iltimos ortga chekining! - soqchilardan biri qizni uzoqlashtirish maqsadida keskin ammo mulozamat bilan buyruq berdi.
— Sen kimsan!? Kimsanki menga buyruq berasan Lanati! Qoch! Daf boʻl! Lanati qoch! - Sabin soʻzlari soʻngida hoʻrlanib yigʻlab yuborar ekan Mimo amakining jonsiz yuziga tikilib qayta vayron boʻlardi. Mimo amaki unga ota ham edi. Kichikligidan buyon oʻz qizi kabi qabul qildi. Sabinning yuksak saviyasi va zakovatida uning qissasi katta. Mimo amaki u hayotida qadrlaydigan eng moʻtabar erkaklardan biri. Uni soʻngi bor oʻsha balldan bir kun avval issiq quchogʻida bir qancha qolib vidolashganida koʻrgan. Sabinni peshonasidan oʻpib baxt tilagan otasi kabi inson edi.
Hozir esa uning ruhi tanasini tark etgan, vaxshiylarcha joni uzib olingan.
— KIM!? Kim buyruq berdi! Kimning haddi sigʻdi bunga… - nafratdan koʻzlari chaqnab ketgan qiz soqchining koʻksidan itardi. Oqsoch qizlar esa Sabinni bunday qichqirigʻidan shokka tushgan. Nima qilishni bilmay dovdirab holatni kuzatib turishardi.
— Hazrati Oliylari bu qirol buyrugʻi… - Sabin bu soʻzlarni tahmin qilsada oʻz tasdigʻini topmasligini chin dildan istagan edi. Koʻzlarini koʻksidan butun tanasiga tarqalgan uvishishdan koʻzlarini ogʻiq bilan yumdi. Chuqur nafas olgan koʻyi ortiga oʻgirildi qiz. Ammo koʻzlarida hamon Janob Mimoning yuzi gavdalanardi. Sabin chalkash qadamlar bilan jonsiz qiyofada Saroy tomon ilgarilab qadamlab borardi. Saroy ichiga avvalroq yuborilgan oqsoch qiz yugurgulab Sabinni yoniga keldi.
— Qirolicham bir qancha vaqt oldin Velamoradan oʻn oltin sandiq bilan yigirma nafas elchilar kelibdi… Qirol dargʻazab ularni… - siz soʻzlari yutib yuborar ekan yerdan koʻzlarini uzmasdi. Sabin alam bilan lablarini tishladi. Janob Mimo Sabinni koʻrish uchun elchilar safiga qoʻshilgani aniq edi. Sabin boʻshashgan tanasini tuta olmay yerga tizzalab qoldi. Alam bilan baland ovozda hoʻngrab yigʻlar ekan libosi etaklarini gʻijimlarni. Oqsoch qizlar Sabinni tutib turib talvasa tushib qolishgan.
— Qirolicham! Yordam bering…. - Sabin yana balandroq ingrab yigʻlagan holatda havosiz qolgandek kuchli hansirardi. Qaddi bukilgan, koʻzlari yoshlar sabab xiralash.
Vajohat bilan oʻrnidan qoʻzgʻalar ekan qat’iy qadamlar bilan saroy tomon ichkarilab borardi. Koʻzlari kuchli nafrat va gʻazab. Bularning bariga Jungkook buyruq bergani ayon. Qalbida tuganmas va soʻnmas gʻazab mavjlanar ekan toʻgʻri Kengashlar zali tomon yoʻnalgandi. Ulkan eshiklar qiya ochilganini koʻrgan qiz soqchilar ogohlantirishiga qaramay ichkariga kirdi. Shu on qilichning havodagi muallaq harakati ketidan ogʻir buyumning marmarga gupullab tushgan ohangini ilgʻagan Sabin yana bir vaxshiy manzaradan esankirab qoldi. Marmar polda qon sachragan uzilgan boshning egasini aniq tanidi. Bu Qirol Chanwooning ishonchli maslahatchisi Janob Vanyo edi. Sabin har bir kengashda uning oqilona va daho fikrlariga qoyil qolardi. Sabinni doim oʻz himoyasiga olgan, qilichbozlik mashgʻulotlariga uni olib borib qoʻygan eng sevimli insonlaridan biri edi u.
— Vanyo Amaki…. - Sabin keyingi yoqotishdan soʻng bir soniya shok oqibatida qotib qoldi. Qorachiqlari esa marmar polda ochiq moviy koʻzlar bilan qolgan tanasiz boshda. Sabin sekinlik bilan Jungkook tomon yuzlanar ekan lablari bir biriga talpinmay qolgandi. Jungkookning qoʻlisa qonga bulgʻangan qilich yaltirab turardi. U ham qizni koʻrganidan koʻz kosalari kengayib ketgan. Sabin bir necha soniya davomida oʻlik kabi bir nuqtaga tikilib qoldi. Boshining siqib borayotgan ogʻriq bilan achishib borayotgan koʻksi uni holsizlantirib borardi. Koʻz oldi qorungʻulashib ketgan qiz zoʻrgʻa tutib turgan tanasini qoʻyib yubordi. U koʻrgan soʻngi tasvir bundan soʻng faqat nafratiga loyiq insonning havotirli yuz qiyofasi edi.
Sukunat ichida miltirab turgan shamlar xonaning ogʻir haroratini oshirib borardi. Kipriklarini bir biridan arang ajratgan qiz xira shira tasvir bilan yuzlashar ekan tanasida ogʻirlikni his qildi. Koʻrganlari aslida ham tush emasligini anglar ekan oʻrnidan sekin qoʻzgʻaldi. Burchakda turgan bir necha saroy bekalari va oqsoch qizlar Sabinga yaqin kelar ekan hovotirli ohangda hol ahvol soʻradi.
— Hazrati Oliylari ahvolingiz yaxshimi? - saroyning keksaroq yoshdagi bekasi savol bilan yuzlandi. Sabin yuzini hurishtirar ekan peshonasiga kaftlarini tirab chuqur uhh tortib yubordi.
— Qirol Jeon qayerda?! - qat’iy tovushda birdan soʻroqqa tutar ekan hamma birdan esankirab qoldi. Sabin qoshlarini chimirib saroy bekasidan javob kutar ekan sabr kosasi toʻlib borardi.
— Savol berdim!!! - birdan oʻshqirgan qizdan hamma choʻchib tushdi.
— Qirolimiz oʻz xonalarida Hazrati Oliylari… - saroy bekasi boshini egibgina sust ohangda malum qildi. Sabin choyshabni ustidan keskim tarzda olib otib yubordi.
Bularning barini hisobini Jungkookdan olish istagi kuchayib borardi. Begunoh insonlarni oʻlimga hukm qilib qotillikka qoʻl urganini asoslab berishini istadi.
Shahdam qadamlar bilan Jungkookning xonasiga yaqin kelar ekan soqchilar uni toʻxtashga majbur qildi.
— Hazati Oliylari Qirol buyrugʻisiz ichkariga kira olmaysiz. - Sabin ularning soʻzlaridan hunobi oshib borar ekan chuqur nafas chiqardi.
— Sen menga buyruq bera olmaysan! - ikki soqchilar ham qirolichaga yaqin borishga jazm eta olmas ekan Sabin ularni turtib ichkariga kirdi. Eshiklarni kuch bilan ochar ekan hech bir ikkilanishsiz oldinga ildamladi. Xona markazidagi ulkan naqshlar bilan bezatilgan, yaltiroq toshlar bilan yaraqlab turgan qirolning stoli. Jungkook Sabinni koʻrgacha u tomonga shunchaki tikilib qarab turardi. Qoʻlidagi moʻyqalamni stol ustiga yengil otib yubordi. Sabin qizarib yoshlangan koʻzlarida nafrat bilan Jungkook nigohidi qadab unga yaqinlashib borardi.
— Ozgina boʻlsada vijdoning qiynalyapti deb oʻylagan edim! - Sabin achchiq kesatib stolning qarshisiga keldi. Xonada faqat Jimin bor ekanligini ularning omadi edi. Jimin burchakda kursiga joylashib bir nimalarni yozish bilan band ekan ayni damda uning etibori ham Sabinga yoʻnalgan. Jungkook qizning gaplaridan miyigʻida jilmayib oʻrnidan qoʻzgʻaldi.
— Behuda narsalar uchun oʻzim qiynamayman! - Jungkook qizning qarshisiga keldi. Sabin oʻlik hissiz nigohlarini Jungkookning yuziga tikdi. Jungkook ham manosiz ifoda bilan qizni kuzatar edi.
— Nega…? - Sabin lablarini qisib alamzada ohangda soʻroqladi. Jungkook qizing nihoglarini quvish bilan uni yaxshiroq kuzatishni istardi. Sabin esa koʻzlari yonib bir ogʻir asosli sabab kutardi.
— Shunchaki bu meni qarorim! Qirol sifatidagi soʻngi hukmim. - Jungkook hech nima boʻlmagandek beparvo javob berdi. Sabinning ichida nimadir yelvizak kabi huvullab oʻtib ketdi. Kaftlari bilan etaklarini qisar ekan asabiy nafas chiqardi.
— Shunchakimi?!- Jungkookni koʻksidan kutilmaganda itarib yuborar ekan oʻshqirdi. Koʻzlaridan shashqator yoshlar oqib qayta uning koʻksiga musht tushirdi.
— Mimo amakimni dorga osib oʻldirishing shunchaki edimi? U senga nima qildi? U senga nima yomonlik qildi…. Aaaaaa! - Sabin dod solib yigʻlash davomida tinimsiz Jungkookning koʻksiga urardi. Jungkook Janob Mimoning ismini eshitgani taajjubga tushib qoshlarini chimirdi ammo jiddiy qiyofasini yoqotmagan edi. Ha u Janob Mimoning dorga osilganida behabar edi. Chunki Velamoradan kelgan vakillarning barini birdan oʻlimga hukm qildi. Sabin telba singari hamon kuchsiz zarbalar bilan koʻksiga urardi.
Jungkook birdan qizning bilaklaridan tutdi. Abgor ahvoldagi qizning nam yuzlariga gʻazab bilan boqish davomida hissiyotlarini tiyishga urindi.
— Qarorlarimni sen bilan muhokama qilib oʻtirmayman! Qirolicha ekaning hech nimani anglatmaydi. Men bilan gaplashishdan avval ohanging va soʻzlaringni toʻgʻirlab ol! Qarshingda kim turganini unutma! - Jungkook qizga gʻazab bilan u tengi oʻshqirar ekan tanasini silkidi. Sabin esa alamzada yosh toʻlgan nigohlarini hamon unga qadab turardi.
— Kimsan!? Kim!? Shunchaki qotilsan! Hoʻsh nima qilasan…? Meni ham oʻlimga hukm qilasanmi? Yoki oʻz qoʻllaring bilan oʻldirasanmi? NIMA QILASAN? - Sabin bilaklarini Jungkookdan yulqib olar ekan barmogʻini unga bigiz qildi. Jungkook oʻzini bosishga urinib koʻzlarini qattiq yumdi. Jagʻlarini qisib qayta qizga gʻazab bilan tikilar ekan tanasini sovutishga harakat qilgandek chuqur nafas olardi.
— Qani oʻldir! Meni ham jonimni ol! Nega turibsan! - Sabin yana Jungkookni koʻksiga musht tushirib oʻshqirdi. Soʻzlari oxirida yigʻlab yubordi. Jungkook shunchaki oʻzini hotirjam tutishga urinib ortga qadam tashladi. Sabin unga suyanib turgani sabab gavdasi egilib qoldi. Peshonasini silab hoʻngrab yigʻlashni davom ettirar ekan Jungkook beparvolarcha kursisi tomon bordi.
— Jimin Velamora Qiroliga maxsus maktub yoz! Tezlash! - Jungkook stol chekkasida turgan romolchasini sekin barmoqlari orasiga oldi. Oppoq romolchaga qizil atilgul nashqi tushirilgan. Bu uning onasiga tegishli edi.
— Yozishni boshla! “ Hadyalarimni qabul qilib oldingiz degan umiddaman. Ming afsus nadomatlar boʻlsinki Malika sabab tuzilgan Tinchlik Sulhi buzildi. Bizga tortiq qilgan sevimli malikangiz aslida bokira emas ekan. Bizga bulgʻangan Malikani ravo koʻrganingizni haqorat deya qabul qilamiz!” - Jungkook soʻzlari davomida Sabinning qarshisiga keldi. Sabin uning soʻzlaridan ruhi uni tark etgandek muzlab qolgandi. Bokiralik… Bulgʻangan malika… Jungkookning soʻzlari miyasiga aks sado bergandek boʻldi. Sabinning nigohlarini mayuslashib borar ekan nafassiz qolgandi. Jungkook oʻsha ifodasiz qiyofada qizning yuzlarini siladi. Yuzi jiddiy, qorachiqlarida esa achinishga va mazaxga oʻxshash gʻalati mano aks etgan. U romolcha bilan Sabinning koʻzlari burchagida sizib chiqayotgan yoshlarni ohista artdi.
— “ Besh yillik Tinchlik Shartnomasi barham topdi. Men uni bekor qilaman. Va bu haqoqatingiz uchun albatta hisob soʻrayman. Yolgʻonchi Malikangizga rahm qilganim sabab kanizaklarim orasida omon qolishiga izn beraman. Malikangizni qaytarib olish haqisa ogʻiz ocha koʻrmang. Qirol tagidan chiqqan qizlar shu yerda qoladi yoki qatl etiladi. Bundan buyon siz qilgan eng katta yaxshilgim kelayotgan katta urushga hozirlik koʻrish maslahatidir. Qirol Jeon Jungkook” tugadi. - Jungkook soʻzlarini yakunlagach ham Sabinni kuzatishni davom ettirdi. Sabinning nigohlari qotib qolgan, tanasi qaltirab kuchsizlanib borardi. Eshitgan har bir soʻzlarini qalbini nimchalab tashlagan. Koʻksida turgan ogʻriqni hech bir soʻz bilan ifoda eta olmasdi. Koʻzlarini pirpiratib yuzlarini yonga burar ekan koʻz yoshlar oʻz vazifasini oʻtardi.
— Bulgʻangan Malika… - titrab chiqqan soʻzlardan soʻng telbanavo kulib yuborgan qiz Jungkookka yuzlandi. Boshini sarak sarak qilar ekan yuzlari shoʻr koʻz yoshlar sabab yuvilib borardi.
— Birinchi galda oʻsha bokiralikka, keyin esa bokiraligimni olgan insonga, soʻngida oʻsha insonga topshirib qoʻygan butun vujudimga lanatlar boʻlsin! - Sabin Jungkookning koʻksizga barmogʻini tiqtar ekan alam bilan achchiq ohangda dona dona qilib malum qildi. Jungkook esa hech biz soʻzsiz qizni tepadan kuzatib turar edi.
— Meni senga yoʻliqtirgan shum taqdirdan nafratlanaman! Sen hozir Velamoraga nisbatan urush elon qildim deb oʻylayapsan biroq haqiqiy urush men bilan! Sen menga urush e’lon qilding! Sening eng katta janging men bilan boʻladi! - Sabin gʻazabga berilib barmogʻini bigiz qilishda davom etdi. Jungkook bir qadam ortga tisarilib ketar ekan hissiz qiyofada tikilishda davom etardi.
— Seni koʻrgan lahzamdayoq eng buyuk urush boshlanib boʻlgandi! - Jungkook sovuq ohangda jiddiylikni namoyon qilgan koʻyi soʻzladi. Sabin ham unga nafrat bilan tikilib turar ekan kiprik ham qoqmasdi.
Eshiklar ochilib kirib kelgan saroy ayoni ham ikkisining nafrat va gʻazabdan iborat koʻzlar jangini buza olmadi.
— Qirolim siz aytgandek oʻnta oltin sandiqqa jasadlarning boshlarini joyladik. Sizning buyrugʻingizni kuzayapmiz! - bosh egib turgan ayon qimir etmasdi. Jungkook sekin erkak tomonga oʻgirilar ekan magʻrur holatda soʻz boshladi.
— Janob Park bergan maktub bilan birga Velamoraga joʻnatib yuboring. Hadyalarimiz xavfsiz yetib borishini ham taminlang! - Jungkookning soʻzlaridan soʻng orqaga yoʻnalib xonani tark etayon ayon qoʻrquvdan titrab turardi. Jungkook ikki hafta ichida butun saroy tugul butun saltanatni oʻch barmoqlariga ostiga olgandi. Har bir jon uning nomini eshitganda daxshatga tushadigan holatga kelgandi. Jungkookning farmoni bilan saroyning uchdan bir qismida faoliyat koʻrsatayotgan xizmatchi va ayonlarning oʻlimi muqarar boʻldi. Soliqlar va qonunlar ijrosiga oʻlim hukmi ham aralashgandi. Shu sabab butun mamlakat yangi qirolning nomini eshitganda qoʻrquvdan tizzalari shaqqilab daxshatga tushardi.
— Malikani tosh qasrga olib keting! Bugun tunda haramimda kanizak Janani koʻray. Jimin ularga buyrugʻimni yetkaz! - Sabinni yonidan e’tiborsiz oʻtib ketgan yigi hech nima boʻlmagandek kursiga joylashdi.
Sabin turgan joyida butunlay ruhan qulab tushgan. Quloqlarida yoqimsiz shovqin gʻuvullab borardi.
Har nafas olganida butun tanasi qaqshab ketar, tilini ortga qaytib ketgandek bir soʻz ham ayta olmasdi. Qaltirgan qadamlar bilan ortga qayrildi. Ortiga sekin qarab qoʻyar ekan mutlaqo beparvo va sovuq qiyofadagi yigit romolcha bilan xanjarini tozalamoqda. Sabin yana oldinga oʻgirilib koʻzlarini yumdi. Tomchi yosh sirgʻalib tushar ekan libosi etaklarini siqimladi. Tartibsiz qadamlar bilan xonani tark etgan qizning faqat yoqimli iforigina xonada qoldi. Shu zahoti Jimin oʻrnidan qoʻzgʻaldi.
— Jungkook sen quyushqondan chiqib ketding. Sabin qay darajada ranjiganini tasavvur qila olmaysan! U bularning hech biriga arzimaydi. Mimo amakining oʻlimidan senga nima naf edi!? - Jimin koʻpdan beri zanjirlangan gʻazabini namoyon qilib baland ohangda hisob soʻradi.
— Jimin chegaradan chiqma! Nima boʻlgan boʻsa bari mening xohishim. Endi esa aytilgan ishlarni bajar… - begʻamlik bilan aytilgan soʻzlar ortida jahl yashiringan edi. Jungkook oʻz ishida davom etar ekan Jimin havsalasiz chuqur nafaa chiqarar ekan ortiga qayrildi.
— U seni hech qachon kechirmaydi! Faqat yoqotganingda uni qadriga yetasan shekilli….
Nursiz yoʻlaklar boʻylab chalkash qadamlar bilan ketayotgan qiz oʻzligini unutib qoʻygan. Quloqlarida Jungkookning soʻzlari qayta qayta akslanar edi. Koʻz yoshlarini qurib qolgandek faqat yaltirab turardi xolos. Tanasi tobora boʻshashib borar, koʻz oldida faqat xira tasvirlar namoyon boʻlardi. Sabinni ortidan kelayotgan oqsoch qizlar ham undan havotir dovdirab qadamlab borardi. Bir kunda hayoti ostun ustun boʻlib ketgandi. Ham sevimli otasi kabi insonning oʻlimiga guvoh boʻldi, unga qadrli insonning qalt jarayonini ham oʻz koʻzlari bilan koʻrdi, eng achinarli tomoni esa jonidan ortiq sevgan insoni bularning barining asosiy sababchisi edi. Jungkook undan voz kechdi. Uni bir buzilgan matox, bulgʻangan nomussiz deya atadi. Hayotini qurbon qilgan mamlakati esa urush ostonasida turibdi. Va oxirida Jungkookning ochiqdan ochiq qilgan xiyonati. Bari Sabinga juda ogʻirlik qilayotgan edi. Vujudi yonib ketayotgandek, ammo oʻzi muz ichida chorasiz qolgandek his qilardi. Barchasiga sababchi kim? Jungkookmi? Yoki unga boʻlgan muhabbatimi? Yoki boʻlmasa taqdir? Balki bariga oʻzi sababchidir?…
— Menga bularni qanday ravo koʻra olding..? Qanday qilib? Nega…. - yoʻlakda tizzalab oʻtirib qolgan qiz gavdasini egib oʻksinib yigʻlay boshladi. Hamma nega bunday tus olganini anglay olmay qolgan. Bari bir kunda chalkashib ketdi. Jungkook undan voz kechisi uchun daqiqalar ham kamlik qildi. Uni osongina nomussizga chiqardi.
— Hazrati Oliylari! Tezroq yordam chaqiringlar! - qizlardan biri yerga gavdasini tashlab yuborgan qizni koʻrib vahimaga tushib u tomon yugurdi. Yoʻlak boshida qoʻlida kitob koʻtarib ketayotgan Veloura ham qizni uzoqdan koʻrib shoshib qoldi. Yugurgilab qizni yoniga bordi. Kitoblarini yerga qoʻyib tez Sabinni quchogʻiga olar ekan yuziga yengil shapatlab oʻziga keltirishga urindi. Ammo Sabin allaqachon hushini yoqotgandi.
Yumshoq choyshablar ichida oʻralgan kichik jussa juda nimjon va jonsiz koʻrinardi. Allaqachon kun yakuniga yetgan, tun yarimlab qolgan palla edi. Ingram zoʻrgʻa nafas olayotgan qiz kipriklarini ohista harakatga keltirib koʻzlarini ochdi. Bogʻilib borayotgadek oʻrnidan qoʻzgʻalar ekan atrofni kuzatdi. Xonada yana yolgʻiz ekanini fahmlagan qiz yuzida mayuslik bilan boshini egdi. Demak haqiqatdan Jungkook undan butkul voz kechibdi. Uning na ahvoli, na sogʻligi va na borligi muhim u uchun. Sabin oʻzini keraksiz matohdek his qila boshladi.
— Ahvolingiz yaxshimi Qirolicha? - Sabin ovoz kelgan tomonga boshin burar ekan Veloura unga havotir ila tikilib turardi. Sabin boshini silkitib tasdiqlab qoʻya oldi.
— Bizni juda qoʻrqitib yubordingiz… Qirol ham bir oz oldin xonasiga ketdi. - Sabin uning keyingi soʻzlaridan soʻng yalt etib unga qaradi. Oʻzi yaralaydi, yana oʻzi havotir oladi. Sabinni ichida gʻalati bir umid uchqunlari paydo boʻlgandi. Ammo bu quvonishga azimaydi ham.
— Siz ketmadingizmi..? Sizni ham urintirib qoʻymay, xonangizga ketib uxlashingiz mumkin.
- Sabin kuchsiz va holsiz ohangda malum qildi. Veloura biroz lablarini qisib Sabinga yaqin joyda oʻtirdi.
— Bilmadim nega bunchalar tushkun ahvoldasiz ammo shuni ayta olamanki… Hammasi yaxshi boʻladi. Istasangiz men bilan qadrlaringizni boʻlishishingiz mumkin. - Veloura biroz yelkasini qisib jilmaydi. Sabin unga chuqur tikilib qoldi. Dugonasi Isul, jonajon opasi Amayani xotirladi. Ular bilan nechalab tun uyqusiz sirlashish bilan vaqt oʻtkazardi. Qanday muammosi yoki tanlovi boʻlmasin ular bilan buni maslahatlashardi. Qiyin vaziyatlarda ularning quchogʻiga oʻzini otardi. Veloura ham juda samimiy va oqkoʻngil qiz ekanini shundoq bilinib turardi. Sabin ogʻir hoʻrsindi.
— Inson hatto soniyalar ichida baxtdan iztirobli baxtsizlik domiga qular ekan. Men shunchaki baxtlilikka oʻrganib qolibman. Men uchun baxt bitta insonda jamlanib qolgan ekan… U inson mendan uzoqlashsa oʻzimni boʻshliqda qolib ketgandek his qilyapman. Bularning bariga esa muhabbat aybdor - Sabin nomalum nuqtaga tikilib achchiq nim tabassum ila soʻzlardi.
— Muhabbat haqiqatdan qiyin masala. Muammo muhabbatingizdami? - Veloura qizga savol bilan yuzlandu. Sabin chuqur nafas chiqarib boshini ortga tashladi.
— Muammo nima ekanini bilmayman… Ammo hech narsa yaxshi emas. Mana bu yerim juda ogʻriyapti - Sabin koʻksining chap tomoniga qoʻlini bosar ekan lablarini qisdi. Yana koʻz yoshlari oppoq yuzida yaltiray boshladi. Veloura qizga achinib uni quchish uchun qoʻllarini yoydi. Sabinni quchoqlab yelkasini siypalar ekan uni tinchlantirishga urinardi.
— Hamma narsani yakuni bor. Hammasi iziga tushib ketadi. Qirolni sizga boʻlgan muhabbatini men ham sezdim. Menimcha muhabbatingiz juda kuchli… - Veloura qizga taskin berishga urindi.
— Unga boʻlgan muhabbatim meni vayron qila oladigan eng qudratli kuch… Ammo men shu muhabbat sabab yashayapman. Jungkook… - Sabin sekin gavdasini tiklar ekan oʻyga choʻmdi.
Balki Jungkook bilan hammasini ochiqcha gaplashib olishi kerakdir. Jungkook unga nisbatan hech qachon bunday qilolmasdi. Balki qandaydir muammo bordir. Jungkook uni himoya qilish uchun uni uzoq tutayotgandir. Jungkook doim muammolarni faqat oʻzi hal qilishga urinadi. Sabin sekin oʻrnidan qoʻzgʻalar ekan Jungkook bilan jiddiy gaplashib olishga qaror qildi.
— Men… Men hammasini hal qilishim kerak! Jungkook bilan gaplashib olaman. - Sabin barchasini ochiqlashtirishni istab eshikdan chiqib ketdi. U hayoliga kelgan ishni bajarish maqsadida esankirab yoʻlak boʻylab yugurgilab borardi. Jungkook bilan yolgʻiz gaplashib olib barini hal qila olishiga ishonardi u. Jungkookning aytgan barcha gaplari, qilgan gunohli ishlari bari uning miyasidan oʻchib ketgan edi. Sabin ayni damsa nima qilayotganini oʻzi ham anglamasdi. Balki bu aqldan ozganlikning eng yuqori darajasi edi. Sabin yana qayta unga toʻliq ishonishni, kechirib soʻraganida qayta qabul qilishni istardi. Jungkook bilan birga barini hal qilishiga ishonardi.
Sabin sergak turgan ikki soqchi yonigacha bordi. Ammo bu gal sovuq qurol uni eshikdan uzoq tutish uchun koʻksiga tiraldi.
— Qirol bu tun hech kim bezovta qilmasligini tayinladi! Ortga qayting Malika. - soqchining qatiy soʻzlarini unga ortga siljishga majbur qildi.
— Bunga qand… - Sabin achchiqlanib gapirishga shaylanar ekan eshik ortidan oʻtib quloqlariga chalingan ayolning ingroq tovushlari tasirini jim qoldi. Tomogʻiga qattiq tosh tiqilib qolgandek yutina olmay qoldi. Qon qonigacha singib ketayotgan uvishish uni ortga qadam tashlashga undadi. Sabin Jungkookning harama haqidagi soʻzlarini shunchaki uning rashkini keltirish uchun aytganiga ishongandi. Ammo bu haqiqat edi. Va keyingi soniyalarda Jungkookning hirillagan tovushi eshitildi. Sabin kaftlari bilan ogʻzini yopib oldi. Dovdirab qolgan qiz hatto qizlarning ismini tiliga olmagan Jungkookdan buni umuman kutmagan edi. Gavdasi atrofida goyo butun qasr aylanayotgandek his qilayotgan qiz birdan yonga siltanib ketdi. Umidsiz va qalbini kemirib borayotgan iztirob bilan ortuga oʻgirilib ketayotgan qiz lanatlangan bugun kunning keyingi zarbasini oldi.
Qoʻlidan hech vaqo kelmasligi anglagan qiz shunchaki issiq koʻz yoshlariga belanib xira shamchalar bilan yoritilgan yoʻlak boʻylab noma’lum bir joy tomon ketardi.
Bilaklaridan tutib burchakka gavdasini tortib ketgan sharpani ham his qilmagan qiz begona inson yuzini taniy olmadi.
— Bu maktub sizga Malika! Faqat hech kim yoʻq yerda oʻqishingizni maslahat beraman. Jungkookdan ehtiyot boʻling… - soʻzlarini shoshilinch aytgan yigit tezda yoʻlakning boshqa qorongʻu burchagiga singib ketdi. Sabin hali haqiqiy hayotga qaytishga ulgurmagan, atrofga alanglab qaragan koʻyi gangib qoldi. Kaftlari orasidagi maktubga qarab qolar ekan hansirab nafas ola boshladi.
Salom shakar qandlarim shu yerigacha oʻqigan boʻlsayiz albatta fikrlaringizni kutaman. Reaksiya bosishni unutmang. Bu men uchun juda muhim.
Imloviy xato koʻp boʻlsa kerak. Sorry, men ham odam xato qilaman.....