Another Winter
❆ Qish ayozi meni muzga aylantirayotganida, sening nigohlaring vujudimda qayta bahorni uyg‘otdi..
Tun yarmida atrof sokin. Shahar shovqini uzoqlashib ketgandek hamma narsa sekinlashgan vaqtning o‘zi ham oqshomning sovuq bag‘rida muzlab qolgandek tuyulardi. Yarim tunda yog‘ayotgan qor mayda, sokin, hatto muloyim go‘yo osmon yerga shivirlab sir aytayotgandek. Har bir mayda zarra sokinlik bilan yerga tushar chiroqlar ostida esa mayin kumush chaqnashlar yasab shaharni oppoq orzudek o‘rab turardi.
Seul Markaziy Shifoxonasining maxsus operatsiya boʻlimi. Maxsus jonlantirish moslamalari, maxsus kiyimlarga oʻralga jarrohlar va qaltis vaziyat. Tashqaridagi sokin qor yog‘ayotgani ichkaridagi keskinlik, shoshilish va hayot uchun kurashga almashgan edi. Operatsiya xonasi yorqin sovuq yoritgichlar ostida tik turgancha nafasini ham ichiga yutgan odamlar bilan to‘lgan.
Metall asboblarning toza, achchiq hidlari, kislorod va dezinfeksiya vositalarining keskin aralashmasi havoga singib og‘ir atmosferani hosil qilgan. Monitorlardagi yashil chiziqlar notekis qimirlar har bir qimir hayotning ingichka ipdek tebranayotganidan darak berar edi. Shifokorlar qo‘llarini tez, aniq va titroqsiz harakatlantirar ammo yuzlaridagi jiddiylik, charchoq va ich ichidagi og‘ir mas’uliyatni yashira olmasdi. Katta jarrohning ovozi past, ammo qat’iy yangrardi.
— Skalpel.
— Yurak ritmi tushmoqda.
— Qon bosimi pasaymoqda.
Hamma bitta maqsad bilan birlashgan bemor hayotini ushlab qolish.
Tashqarida sokin qor yog‘ayotgan bo‘lsa bu xonaning ichida vaqt o‘qday o‘tayar har bir soniya bir qarorga teng edi. Yurak urishi pasaysa hamma nafasini tutar, ko‘tarilsa yengil “oh” eshitilardi.
Operatsiya xonasi ichida hayot bilan o‘lim orasidagi nozik chegara ustida turgan bu lahza tashqaridagi qish sukunati bilan dahshatli vaziyat yaratardi.
Maxsus niqob ostidan peshonasi terga botgan Sienna hamon harakatdan toʻxtamas, ko‘zlari qizarib ketgan, ammo bir zum ham bo‘sh kelmayotgan jarrohlardan biri edi. Har bir harakati shu qadar aniqki, go‘yo uning qo‘llari o‘z yo‘lini o‘zi bilardi. Ammo ichidagi charchoq, tashqaridagi sovuq qor, bu tunning nimadir bo‘lishi kerakligiga ishora qilayotgandek edi…
Hayotini saqlab qolmoqchi boʻlgan insoni umrining eng shirin lahzalarini yaratuvchi edi. Uni yashab qolishi uchun kurashardi. Jungkook avtohalokatda miyasi kuchli zararlangan, ichki qon ketishi va bir necha suyak sinishi. Bari juda murakkab edi. Sienna uning hayoti tahlikada turganini fahmlab turar biroq sirtdan tan olmasdi.
Birdan yurak ritmi susaya boshladi.
— Bemorni yoqotyapmiz! - hamshiralar biri monitordagi tasvirlarga tikilib baqirib yubordi. Siennaning yuragi shuv etib ketdi. Qoʻllari oʻz o'zidan qaltiray boshlarkan oʻpkasi havoni ortiq qabul qilmaydigandek.
— Yoq! Yoq.... Jungkook iltimos yasha! Kurash yolvoraman... yasha.... - qiz pichirlab shularni aytar ekan yoshlangan ko'zlarini qattiq yumdi. Qoʻlidagi qisqichni qattiq tutib oʻzini qoʻlga olishga urinardi.
— Defibrilyatorni tayyorlang! Yurak toʻxtab qolyapti... Tez! - Sienna yurak yutib monitorga yuzlanar ekan so'ng qichqirib yubordi. Hamshiralar jonsarak shoshilinch defibrilyatorni uzatar ekan Sienna uni tezda olib yigitning koʻksiga bosdi. Tok ta'sirda yuqoriga koʻtarilib tushgan tana qayta operatsiya stoliga tushdi. Sienna umid bilan yana monitorga moʻltirab qaradi. Ammo chiziq tekislanib borayotgan edi.
— Jungkook! Iltimos... Men uchun yasha! Iltimos... iltimos... ketma! Yasha... - lablari titrab qayta shoshilinch defibrilyatorni uning koʻksiga bosar ekan chuqur nafas chiqarib yubordi. Tanasidan oqib tushayotgan sovuq ter, qinidan chiqayotgan yurak va oʻpkaga yetib bora olmayotgan nafas bari qizni tubsiz boʻshliqqa itarardi.
Monitordan ko'zlari uzmay tikilib turgan qiz ichidan umid ila yurakning ritmi oʻz oʻrniga tushishini kutardi. Vanihoyat yashil chiziqlar yuqoriga va pastga harakatlana boshladi. Xonada yana yurak urishi tovushi aylandi. Chuqur nafas chiqargan holdan toyib yigitning asboblar ulangan yuziga termuldi.
— Men eshitishingni bilgan edim. Rahmat... hayotimda shirin ogʻriq kabi borligini uchun
| 2010-yil. Dekabr ilk kunlari |
Qishning ilk kunlari o‘ziga xos og‘ir sukunat bilan boshlandi. Osmon butunlay oppoq bulutlar bilan qoplanib go‘yo shahar ustida past osilib turgan ulkan paxtadek yengil ammo bosim bilan to‘la edi. Unga qaragan odam nimadir yaqinlashayotganini qorni uzoq vaqt bosib turgan bu bulutlar endi qiynalib bo‘lsada yerga tushmoqchi ekanini sezardi. Havoda qor hidiga o‘xshash bir nozik sovuqlik bor yupqa, ammo teriga tegishi bilan tanani titratadigan. Bu kun qishning kelganini e’lon qiladigan kunlardan biri.
Maktab hovlisi ham bu o‘zgarishni sezgandek edi. Daraxtlarning yalang‘och shoxlari orasidan o‘tgan shamol mayin shivirlab kuzning oxirgi issiqligini o‘zida olib ketayotgandek tuyulardi. Beton hovli ustida o‘quvchilar qadamlari jaranglar ammo atrofdagi havo shunchalik sokinki bu jarang ham o‘zini noto‘g‘ri joyda eshitilayotgandek tuyulardi. Sinf ichida esa qishning sukunati dars bilan aralashib ketgan edi. O‘quvchilardan ayrimlari yon daftarga bir ikki chizib qo‘yar, ammo ko‘pchiligi deraza tomon qaragancha qolib ketgan edi. Ularning ko‘zlarida bir xil intizorlik, bir xil sokin ishonch birinchi qor yog‘adigan lahza yaqinlashayotganini faqat bolalarcha qalb bilan sezsa bo‘ladi.
Sienna darsdan biroz zerikin deraza ortiga tikildi. Soniyalar ichida tanaffus qongʻirogʻi chalindi. Bir onda sinfxona ichida shovqin koʻtarildi. Go‘yo bu soniyalarni iliqlik bilan kutilgan.
— Sienna yoningga oʻtirsam boʻladimi? - Jungkook qizning tepasida turib so'roqladi. Sienna shunchaki bosh irgʻab qoʻydi. Jungkook sekin uning yoniga choʻkdi. Bugun qizning kayfiyati yoʻqligi yaqqol bilinib turardi.
— Negadir kayfiyating yoʻqdek ko'rinyapti - Jungkook sekin qizning yuziga yaqin kelib soʻradi. Sienna biroz jim qoldi.
— Sen sevganing seni sevmaganida qanday yoʻl tutarding? - birdan yigitga burilib savolga tutdi. Jungkook yuzi taranglashib borar ekan buni sezish qiyin emas edi.
— U senga arzimasdi Sienna... Juda hunik yigitku! - sekingina ochiqchasiga ma'lum qildi Jungkook.
Sinfdagi deyarli barcha Siennani Hyunjin tomonidan rad etilganini bilardi. Ular ham bu ikkisini sevishganlar deb oʻylab yurardi biroq Hyunjin maktabda boshqa qiz bilan qoʻl ushlab yurishmaguncha. Sienna bundan rosmana ranjidi. Yuzini quyi olgan qiz bur meyorda nafas olardi.
— Agar sevsang uni qusurlari senga koʻrinmaydi. U men uchun kelishgan yigit edi... - horg'in nafas chiqargan qiz soʻngida jim qoldi.
Jungkook asabiy oyoqlarini likillatib turarkan tilini ogʻiz boʻshligʻida aylantirardi.
— Sienna keyingi darsga kirmasakchi? Seni zoʻr joyga olib boraman... - qizga yaqinroq kelib biroz jilmayib soʻroqladi. Sienna sekin u tomon yuz burar ekan ayyorona kulimsirab qoʻydi. Jungkook bu tasdiq ekanini bilgani bois u ham keng jilmaydi.
Istirohat bog'ining ular yurmagan yoʻllari qolmadi. Jungkook qizni quvontirish uchun qoʻlida nima kelsa amalga oshirdi. Bogʻ chetidagi butalar yaqinidagi boʻsh oʻrindiqlardan bir tomon ketishdi. O'rindiq sovuq havo ta'sirida biroz namiqqan bunga e'tibor ham bermagan juftlik qo'rqinchli atraksiyondan soʻng hansirab oʻtirib olishdi.
— Bunchalik qoʻrqasan deb oʻylamagan edim... Jungkook yuzingni koʻrganingda edi! - yigitning yuziga qarab qayta qayta niriqib kulayotgan qiz qizarib ketgan edi. Jungkook ham biroz tabassum qilgancha qizni kuzatardi.
— Oshirib yuboryapsan Sien! Sen mendan koʻzlaringni uzmading xolos. - Jungkook qizning biroz qosh chimirdi ekan kesatib qoʻydi.
— Men sendan koʻzlarimni uzmabmanmi? - lablari burib erkalik qildi qiz. Jungkookning yuziga yaqin kelar ekan nafasi uning yuziga urilardi.
— Balki... Sen juda kulgili koʻringandirsan! Mister Quyon... - Jungkook uning qiliqlariga tikilib qolar ekan bazan nigohlari uning nim pushti pablariga tushardi. Sienna esa soʻzlarini yakunlab yana kulib yubordi.
— Sien... Sen bilan men kimlarmiz? - Jungkook birozdan soʻng vazminlik bilan soʻradi. Sienna sochlarini ortga otar ekan yaqinroq kelib bir qoʻli bilan Jungkook boʻynidan oʻziga yaqinroq tortdi.
— Joʻramiz! Xaxax... - hazlomus ohangda javob berar ekan yana kulib yubordi.
— Albatta sen bilan eng yaqin doʻstlarmiz. - biroz oʻziga kelgan qiz o'zini yigitdan nari oldi.
Jungkook uning gapdan havsalasi pir boʻlib achchiq kulimsiradi. Biroz taranglashib barmoqlarini qarshillatar ekan atrofni biroz kuzatdi.
— Doʻstlar... To'g'ri biz yaqin doʻstlarmiz. - sekin koʻzlarini qizga qaratar ekan u telefonda kimdir bilan betibor yozishib oʻtirardi. Uning gaplari qulogʻiga ilinar ekan Jungkookka burildi.
— Haa... haaa albatta doʻstlar! - telefondan nigohlarini uzib loqaydlik bilan gapirdi.
— Jungkook ustoz bizni Floradan soʻrabdi! Ertaga gapga qolmasak boʻldi... - gapni boshqa tomonga burib ketdi. Jungkook chuqur nafas chiqarar ekan yonida oʻtirgan qizni kuzatishni davom ettirdi. U bilan kimlar ekani emas u yonida boʻlgani eng ahamiyatlisi edi Jungkook uchun.
— Ketamizmi? Oyim hozir qongʻiroq qilib qoladi... - sumkasi olib o'rnida qozgʻalgan qiz Jungkookka toʻliq diqqatini qaratdi. Jungkook uni soʻzsiz kuzatardi xolos.
— Qani tur kettik endi! - Sienna koʻzlarini kosasida aylantirar ekan yigitning kaftlaridan tutdi. Uni majburlab tortib o'rnida turgʻuzar ekan kaftlarini mahkam tutib sal kam sudrab ketardi. Jungkook ularning tutashgan kaftiga nazar tashlar ekan ichidan quvonib ketardi. U ayni damda qiz uchun hamma narsaga tayyor inson edi. Uning erkaliklari, injiqliklari, qaysarliklari, beg'ubor kulgusi qisqa vaqt ichida butun hayotiga aylanib qolgan. Maktabga faqagina u uchun kelardi. Har kuni Siennani koʻrish va uning qo'ng'iroqdek ovozini eshitish, jinnicha harakatlari va unga nisbatan samimiy harakatlarini sinchikovlik bilan bir chetda kuzatardi. Lekin hech qachon Sienna uning nigohlari va sevgiga qorishiq gʻamxoʻrliklarini koʻrmas edi. Jungkook unga qancha yaqinlashishga urinasa Sienna doim undan uzoqroqqa qochayotgandek. Sienna hech Han bir bor boʻlsada yigitning koʻzlarida yaraqlayotgan ishq uchqunlarini ilgʻamas, doim uni oʻziga doʻst va sinfdosh sifatida koʻrardi xolos. Jungkook bundan qoniqmasa ham qiz uning yonida ekanidan hotirjam edi.
| 2010-yil. Dekabr oʻrtalari |
Tashqarida qishning sokin va uzun tunlaridan biri hukm surardi. Ko‘chada shamol esmasdi lekin uning sovuqligi deraza oynasiga urilib mayda muz chiziqlarini hosil qilgan go‘yo tabiat tunning qog‘oziga o‘z imzosini qo‘ygandek. Osmon quyuq chuqur oppoq tumanli qorong‘ulikda yotar, har bir zumda qor zarralari tushib qoladigandek jim kutib turardi. Uzoqdan faqat kechki shahar nafasining xira g‘ala g‘ovuri eshitilardi.
Sienna tun choʻkkaniga qaramay kundaligiha nimalarnidir yozardi. Siennaning xonasi tashqi sovuqqa mutlaqo teskari edi. Uyning ichida issiq, havoda kitob hidiga aralashgan vanilin shamining iliq yumshoq hidi sezilardi. Uning yozuv stolida kichkina stol chirog‘i yonib turardi. Sienna och pushti rangdagi kalta shortikli tungi kiyimini kiyib olgan sochlari ruchka yordamida tepaga yigʻilgan ko'zlari daftar sahifalariga qadalgan. Ba’zan u yozganlarini to‘xtatib qo‘lini qalamdan tortib olib boshini ko‘tarib derazaga qarab qo‘yardi. Tashqaridan hech narsa ko‘rinmasdi, faqat qorong‘ulik va bulutlar orasida yo‘qolib borayotgan pasaygan yorug‘lik.
Qiz yana qayta sahifaga diqqatini koʻchirdi.
> " Qishni yomon koʻraman. U doim meni zaif qiladi, fikrlarimni o'zining sovuqligi bilan muzlatib qoʻyadigandek. Har gal qish kirib kelganida bezovtaliknigina his qilaman. Hozir ham shu qishning ayozi tufayli kasal boʻlib qolganman. Ikki kundan buyon uydan tashqariga chiqmadim. O'qishlarim ham qolib ketdi. Hammasi qish aybdor. Har yil qishda kamida uch marta kasal boʻlmasam hisobmas. Ammo bu yil hammasi boshqachadek. Bilmadim hammasi qandaydir iliq... Bunga sabab Jungkook. Uni o'zimga faqat do'st deya hisoblashimni takrorlashdan bazan charchayman. Qalbim uni menga do'stlikdan anchayin yaqin ekanini anglatadi. Unga befarq emasman... buni allaqachon anglaganman. Ammo men uni qabul qilishga tayyormanmi? "
So'ngi satrlarni oq varaqqa muxrlagan qiz gavdasini biroz koʻtarib qoʻliga Jungkook ikki kun oldin sovgʻa qilgan kitobini oldi. Ikki kundan buyon uni koʻrmadi. Jungkook ham biror marta uni ko'rgani kelmadi ham.
Qiz shularni oʻylab qolarkan derazaning tiqirlashi fikrlarini sochib yubordi. Sergaklangan qiz qiziqish bilan derazaga yaqin keldi. Pardalarni sekin koʻtarar ekan deraza ortida Jungkook zoʻrgʻa osilib turardi. Hayratdan koʻzlari kattalashgan qiz darhol oynalarni ochdi.
— Jungkook! - ajablangan koʻyi kaftlari bilan ogʻzini berkitdi.
Jungkook derazadan ehtiyotkorlik bilan ichkariga kirar ekan chuqur nafas chiqarib yubordi.
— Uhh... Xonang juda yoqimli issiq ekan! - sovuqdan tanasi uvishib qolgan yigit o'zini isitishga urindi.
— Jungkook sen bu yerda nima qilyapsan? - lablarini tabassumdan uza olmayotgan qiz soʻroqladi. Jungkook qoʻlidagi paketlarni qizga tutqizish uchun qaddi koʻtardi.
— Ikki kundan buyon maktabga kelmading. Flora seni kasal ekanligingni aytdi. Men ham sen uchun dori va mana buni olib keldim... - paketlar ichidan uchta kitobni sekin chiqardi. Sienna uni jilmayib kuzatib turardi.
— Buni o'qishni juda xohlagan eding... - Jungkook kitoblarni qizga koʻrsatar ekan ularni u tomon uzatdi. Sienna kitoblarni olar ekan ularni varaqlar boshladi. Jungkook mana endi qizning tashqi ko'rinishiga e'tibor qaratdi.
Siennaning kalta shotigidan oppoq sonlari yaqqol ko'zga tashlanishi tayin edi. Kalta yengsiz koʻylak ham shunga monand. Jungkook qizni oʻgʻrincha kuzatar ekan sekin yutinib qoʻydi.
— Jungkook bu men anchadan buyon qidirib yurgan kitoblarku! - quvonchdan sakrak yuborgan qiz yigitni boʻyniga osildi. Jungkook ham uni javoban quchar ekan ortidan quchdi.
— Sen xohlading men amalga oshirdim! - qisqa javob berdi yigit. Sienna hech qanday hijolat hissini sezmas ekan yigitdan uzoqlashdi.
— Bularni bugunoq oʻqib chiqishni xohlar edim. - kitoblarga qarab cheksiz baxt bilan jilmayardi.
— Yoq! Avval dorilarni ichib olasan va sogʻayasan. So'ng oʻqib chiqaverasan. - Jungkook bir necha dori qutilarini chiqarar ekan qiz ularni Jungkookni qoʻlida oldi.
— Bular aynan shamollashga qarshi ekanini qayerdan bilaqolding? - qiz ham ularni nomlarini o'qish davomida soʻroqladi.
— Masalan sen haqingda boʻlsa men bilmaydigan narsaning o'zi yoq! - Jungkook sekin qizga nigohlarini qadadi. Sienna qilayotgan ishidan toxtab yigitning joʻshqin nigohlari bilan toʻqnash keldi.
— Juda goʻzalsan... - yigit qizning yanoqlari, kipriklari, lablariga e'tibor qaratar ekan nafasi tezlashib borardi. Sienna ham uning qorachiqlarini ortidan quvlagandek ikkisiga birdek qarashga intilar edi.
— Kechir... - sekin qizga yaqin kelib shivirlar ekan qoʻlidagilarni qoldirib qizning bellaridan tutib dudoqlarini uniki bilan birlashtirdi.
Bu harakatdan gangib qolgan qizning nafasi boʻgʻziga tiqildi. Koʻzlari kattalashar ekan qoʻllari yigitning koʻksiga tiralgan edi. Jungkookning mohirona muloyim boʻsasi chuqurlashib va murakkablashib borardi. Sienna ham oxiri tanasidagi galayonga yon berib qoʻllarini Jungkookning boʻynidan aylantirib oldi. U ham yigitga tengma teng boʻsagan javob qaytarar ekan Jungkook bundan mamnun kulimsirab qoʻydi. Ikkisining ham qoʻlidagi buyumlar poldan joy oldi.
Siennaning vujudida nimadir juda bezovta edi. Jungkookning harakatlari tanasida yoqimli oriqqa sabab boʻlgan edi. Jungkook qizdan uzoqlashar ekan lablarini qimtidi.
— Tezroq tuzalib ket...- Jungkook soʻzlarini yakunlab Siennaning yuzidan qisqa boʻsa olib tezda deraza tomon shoshildi. Sienna turgan joyiga qotib qolgan. Biroz oldin bo'lgan ishlardan karaxt ahvolda edi.
Jungkook derazadan tushar ekan so'ngi bor ortiga oʻgirildi. Qiz qarab qoʻyib uyalchang jilmayib derazadan pastga sakradi. Sienna u ketgach keng tabassum qilar ekan lablarini ushlab battar hayajonlanar edi.
— Bu mening birinchi boʻsam edi! Efff! Jungkook nega bunday qildi? - boshini ushlab lablarini qimtirgan qiz oyoqlarini likillatar edi. Ichidan nimadir toshib ketayotgandek his qilgan qiz oʻzini yumshoq yotogʻiga otdi. Yuzlarini yopib yotoq ustida tipirchilar ekan jilmayishdan oʻzini hech tiya olmasdi. U oʻzi istamasa toʻxtovsiz kulimsirar edi.
— Ayshhh! Sevmasa nega mendan boʻsa olardi? Jungkook meni sevar ekan... u meni sevadi! Aniq sevadi! - tezda o'rnidan turib olib yana bardavom jilmayotgan qiz sochlarini ishqaladi. Gavdasini yana yumshoq koʻrpasi ustiga tashladi.
Koʻksiga qoʻllarini qoʻygan qiz u yerda tipirchilab gupullab urayotgan yuragini his qilar edi.
Shu yerichaga o'qigan boʻlsangiz goʻzalim fikr va reaksiyalaringizni kutib qolaman. Men uchun bu katta ahamiyatchaga ega albatta.