March 14

LOST LOVE

FINAL.

` U ketti ammo qoldirgan dogʻi oʻchmadi...

°

° ° °

Zulmat... Sukunat... Hech narsani his qilmayapman. Vujudimda urib turgan yuragimni ham sezmayotgandekman. Uzoqda qadam tovushlarini sezyapman. Yana qandaydir tovushlar... Men yashayapmi? Nahotki yana omadim kelmagan boʻlsa. Koʻzlarimni ogʻirlik bilan ochdim. Koʻzni qamashtiradigan darajada oqlik. Tomogʻim qirilib ketgandek qup quruq. Yutunganimda boʻynimdan butun tanamga ogʻriq tarqalgandek boʻldi. Holsizman... koʻzlarimni ochishni istamayman. Ammo hayotga qaytgan ekanman yashashga majburman. Kipriklarimni qimirlatish dunyo azobidek edi. Tepamga kelgan hamshiralarga qaraganda men shifoxonadaman tabiiyki. Quloqlarimga uzuq yuluq tovushlar eshitilyapti.

Oq halatdagi yuzlari berk erkak koʻzlarimga kuchli nurni yoʻnaltirdi.

— Sienna! Meni eshityapsanmi? Oʻzingni qanday his qilyapsan? - erkakning ovozini aniq eshitdim. U koreyschada gapirdi. Demak men koreyadamanmi? Eff o'ylashni ham istamayman. Erkak mendan javob kutyapti. Koʻzlarimni shunchaki yumib tasdiqladim. U yana la'nati tekshiruvlarini boshladi. Endi yana dunyoning tashvishlari bilan charchab yashashga majbur boʻlaman. Oʻlim ham meni qabul qilmadi. Qoyil!

>

Yolgʻizlik shu ekanmi? Hech kim yoʻq. Nahotki hech kimga kerak emasman. Meni palataga olishganiga bir soat boʻldi. Oʻzimni yaxshi his qilganim sabab VIP palataga ko'chirishdi. Haqiqatdan bu yer VIP. Otam kasalxona uchun yaxshigina pul toʻlgan. Hamshiralar atrofimda parvona. Ularni ketishini aytib yolgʻiz qoldim. Hech kimni koʻrishni istamayman!

Koʻzlarimni engina yumganimda dunyoning eng goʻzal tovushi eshitdim.

— Qizalogʻim! Bolajonim... - koʻzlarimni kuchsiz ochdim. Onam men tomon yugurgilab kelardi. Hamma joyim ogʻriyapti. Onam buni angladi albatta u ohista yelkamni tutib yuzimdan oʻptilar. Menimcha yuzim ham juda yomon shilingan, birozgina teginish ham meni sochib yuboradigandek. Tomirimga ulangan igna qimir etganida ogʻriq beryapti. Hali tanamni koʻzdan kechirganim yoʻq. Lekin tanamning ahvoli yaxshi emasligini aniq.

— Oyi... - tilimga zoʻrgʻa ilingan soʻz shu boʻldi. Boshqa kuchim qolmadi yana jimlik. Onam meni yuzimni silab tinmay yigʻlardi. Uni shu koʻyga men soldimmi? Qanday farzand boʻldim. Yuzlari oqarib, lablari quruqlashib qolgan. Hoynahoy sochlariga ham oq tushgan. Meni deb joni azobda qolgan. Kechiring onajon... Men sizni unutibman. Oʻzimni yolgʻiz debman-u sizni unutman. Axir menda siz borsizku. Doim yonimda turgan, menga ishongan, hammadan koʻproq sevgan. Bir ogʻrigʻimni ming marotaba kuchliroq his qilgan. Ko'cha koʻydagilaring arzon sevgisini deb azoblanibman-u onamning minnatsiz va cheksiz muhabbatini unitibman. Oʻzimga qanday qilib oʻlim tiladim. Tillarim uzilsin. Onajon men siz uchun ham yashashim kerak edi. Mana endi ham yashayman... faqat siz uchun mehribonim.

Onam meni yuzlarimda mayin oʻpti. Menga tikilib jilmayib turardi.
— Polaponim... bolajonim... oʻzingni qanday his qilyapsan? Mittivoyim, yaxshimisan? Qayering ogʻriyapti? Meni eshityapsanmi? Qizalogʻim... - oyim kaftlarimni tinmay silardi. Koʻz yoshlarini artib yana siniq jilmayar edi. Oyi... sizga judayam yomon ekanimni qanday aytaman. Butun vujudimdagi simillagan ogʻriqni, qalbimdagi cheksiz iztiroblarim sabab paydo boʻlayotgan ogʻriq qanday bayon etay? Siz ham ogʻrinib qolsangizchi?

Hech narsa demadim. Biror nima deyishga kuchim yetmasdi. Boshimni sekin silkidim onam keng jilmayib yana qoʻllarimni oʻpib qoʻydilar.

— Bemorimizni koʻp charchatib qoʻymang Xonim. U endigina reanimatsiyadan chiqdi. Tekshiruvlar natijasi a'lo! Miyada biroz asoratlari qolgan ammo yaxshi gʻamxoʻrlik qilinsa tuzalib ketadi! - yuziga tabassum yurgurgan erkak menga qarab qoʻydi. Aftidan onam shifokor bilan ancha yaqin boʻlib qolgan. Oʻzi qancha vaqt oʻzimni bilmay yotib qoldim. Bu haqida oʻylashimnichi? Indamay yotavermaymanmi? Boshim ogʻriyapti!
— Sienna qayeringda ogʻriq bor? - ana vaqtida soʻradida oʻziyam. Bitta soʻz uchun shunchalar koʻp kuch to'plash kerak asti soʻramang.

— Boshimda... - lablarimdan zoʻrgʻa chiqa oldi shu soʻzlar ham. Oyimga uzoq tikilib qoldim. Juda baxtli ammo sarosimada koʻrinyapti menga. Doktor xonadan bir nimalar dedida chiqib ketdi. Ahmoqmi bular? Ogʻriyapti dedim koʻrib qoʻyamaydimi? Eff mayli uyqum kelyapti!

— Qizalogʻim biroz dam ol. Kuch yigʻib olishing kerak. Koʻzlaringni ochding, meni tashlab ketmading... Shukur! Meni juda qoʻrqitib yubording! Hammani yuragini yording sen qiz. Seni bizga qaytarib berishdi... Qizalogʻim oʻzimni! - oyim yana peshonamdan oʻpib qoʻydilar. Kechiring oyijon. Men badbaxt qizingizni avf eting. Yaxshiyam hayotga qaytdim. Sizni butun umr farzand dogʻida qoldirardim. Naqadar yomon farzandman. Sizni oʻylamabman hech. Siz esa meni doim oʻylaysiz. Endi yashayman... baxtli boʻlaman. Otamchi? Ular qayerda ekan. Demak hamon meni kechirmabdida. Men kechirgan deb oʻylagan edim...

>>>

Juda tez oʻzimni tiklab olyapman. Kuchga toʻlib boryapman. Hamma atrofimda parvona. Nima desam shuni qilishadi. Ayniqsa Flora. U meni shunchalar qattiq quchoqladi birinchi koʻrganida. Menimcha hech qachon qoʻyib yubormasa kerak deb oʻylagan edim. Yetti kun. Bir hafta oʻtdi. Flora har kuni har soat shu yerda. Bir qadam ham uzoqlashmaydi mendan. Meni kuldiradi, bazi gaplari esa yigʻlashga majbur qiladi. Taehyung bechora uni tunda zoʻrgʻa uyiga olib ketadi. Tunda bazan oyim bilan qolaman. Ularning quchogʻida uhlamay. Yosh bola kabi onamni iforini tuyib uyquga ketaman. Oyim boshimni silaydi, peshonamdan oʻpadi, erkalaydi. Oyimning bagʻrida jannatni his qilaman. Men jannatni tugʻilganimda topgan ekanmanda. Naqadar omadliman. Oyim ko'nglim nima tusasa shuni pishirib beradilar. Mazza qilib yeyman. Bazida toʻymayman ham. Shunchalar ochofat boʻldimmi nima balo!

Ukam har doim kechga kelib menga shirinliklar olib keladi. Telefon ortidan istagan narsamni soʻrayman. Shu kunlarda juda nafsi buzuq boʻlib ketyapman. U har kuni dunyo dunyo narsalar olib keladi. Hammasini yeyman. Ertaga yana hech vaqo qolmaydi. Vazn yigʻganimni ham sezdim. Bu ketishda yana eski Siennaga aylanib qolsam kerak.

Jimin ham doim yonimda. U mendan kechirim soʻradi va umrbod doʻstim boʻlib qolishga qasamlar ichib tashladi. Hech qachon meni tark etmas ekan. Uylanib olsa unutadi albatta. U hamon menga juda gʻalati qaraydi. Hech qachon erishilmagan, qozonilmagan mukofoti kabi. Ammo doimgidek juda gʻamxoʻr va mehribon. Kechir Jimin men seni hech seva olmadim... senga qaraganimda doim doʻstimni koʻraman. Noto'g'ri hayol yoki fikrlar boʻlmagan hech. Doim doʻstim boʻlib qol.

Otam va Jungkookni hech koʻrmadim. Oyim otam meni kechirgani va boshimda turib oʻtmasligim uchun hammaga yolvorganini aytdilar. Ammo nega kelmayapti? Hech sogʻinmadilarmi meni? Har doim nigohlarim eshikda qolib ketadi. Otam kelsa edi, meni erkalasa edi, zora "Qizim" desalar edi. Men ularni quchsam, iforini va mehrini qayta his etsam. Kechirganlarni menga tan olsalar edi. Qalbimda nimadir juda ogʻirlik qiladi bazan.

Jungkook... Menimcha u mendan voz kechgan. Oʻsha kuni uni so'ngi bor koʻrgan edim. Meni yana tashlab ketdimikan? Qayerlarda ekan u? Kimdan soʻrayman? Soʻrashga hech botina olmayman. Qanday soʻray? Men undan o'sha kuni voz kechdim. Ortimga qaramadim. U chi? U meni olib qoldimi? Balki Amaya bilan turmush qurgan. Juda baxtli boʻlgani uchun meni borligimni unutgan. Jungkook nega sen haqingda oʻylayman. Kimsan oʻzi? Hamma narsaga yetgan aqlim nega senga kelganini ishlamaydi. Vazifasini ado etmaydi? Seni hamon sevaman. Bu haqiqat... Mening eng telbanavo haqiqatim. Sevganim uchun ham faqat baxtli boʻlishingni istayman. Amaya bilan baxtga erishsang men faqat hursand boʻlaman. Yoʻlimdan qayta chiqma. Bilaman seni unuta olmayman...

Tun choʻkkan. Palata juda sokin. Hech narsa halal bermaydi. Uzoq uzoq o'ylashim, hayol surishim mumkin. Oyimni majburlab jo'natib yubordim. Yuzlaridagi charchoqni koʻrib o'zimdan ranjidim juda. Oyoqlarim lat yegani sabab koʻp turish va yurish mumkin emas. Ham buni istamayman. Kun boʻyi yotoqda yotaman. Ovqatni ham shu yerda yeyman. Bazan ko'nglim behuzur boʻladi. Oshqozonim qaynab ketadi.

Ichimdan nimadir bosib kelaveradi. Bugun ikki marta qayt qildim. Har kuni shu ahvol. Doktordan so'rasam operatsiyadan keyin bemor oʻzini tiklaguncha shunday boʻlib turar ekan. Faqat yeb yotaman. Bazan palatani uch qadam yurib aylanaman. Juda koʻp vazn olganman. Shunchalik ham boʻladimi? Yana semirib ketsam-a! Efff Balki dieta qilarman tuzalib ketsam. Onam juda chiroyli boʻlib vazn olganimni aytilar. Baqaloqlikda chiroylilashish boʻladimi?

Yostiqqa boshimni qoʻyib yonboshlab yotib oldim. Ichimda nimadir pirpirayotgandek. Oshqozonim buzildi shekilli. Koʻzlarimni yumib chuqur nafas chiqardim. Ablah Jeon! Nega koʻzlarimni yumsam seni yuzing gavdalanyapti. Yaramas! Seni yomon koʻraman. Hech qachon yuzingga qaramayman! Ammo... ammo seni quchoqlagim kelyapti. Nega yigʻlayapman. Ablah Jungkook! Soʻtak! Yaramas! Qabih! Menga qanday qilib shularni ravo koʻrdi. Ahmoqman! U nega koʻrgim kelyapti. Uni quchoqlagim kelyapti. Efff la'nati! Oʻsha tun yana hayolimga keldi. Buzuqi! Ammo juda kelishgan... lablari. Boʻsalari. Erkalashlari umuman boshqacha edi. To'nka! Meni sevadi deb oʻylardim. Yolgʻonchi ablah! Jeon Jungkook seni koʻrgim kelyapti. Iforingni hidlasamda quchogʻingda uhlasam!

— La'nati Jeon! - oʻrnimdan sapchib turib uni lanatladim. Tepamda menga moʻltirab qarab turgan hamshirani koʻrib hijolat tortdim.

— Aaa xonim... biror nima istaysizmi? Siz aytsangiz olib kelaman... - yarim kechasi nima istashim mumkin. Halovat istayman! Tinchlik istayman! Jungkookni istayman! Ablah Jeonni koʻrgim kelyapti. Buni esa iloji yoʻq. Shirin nimadir yegim keldi. Banan! Ee yoʻq oʻylasam ko'nglim behuzur boʻldi. Tarvuz! Ha ha Tarvuz istayman! Ayshhh endi judayam istab qoldim

— Tarvuz! Tarvuz yeyishni istayman... olib kelasizmi? - hamshira biroz gʻalati tortdi. Hozir tarvuz topib boʻladimi? Albatta yoʻq. Endigina qishdan chiqdik oʻzi. Uni ustidan kulgandek tuyuldim shekilli. Iljayib turishi yoqmayapti.

— Uhlamay tursangiz uzog'i yigirma daqiqada olib kelaman! - u gaplarini yakunlab tezda palatadan chiqib ketdi. Aqldan ozganmi bu? Hozir tarvuzni qayerda topadi. Oʻzi bu narsa qayerdan kelli miyamga. Bari bir topa olmaysan. Uhlayman. Ajab qilsin!

Yaxshilab joylashib olib yana oʻsha soʻtak Jeon haqida oʻylay boshladim. Tentak Sienna! Nega uni koʻrgim keladi. Yomonam sog'inib ketdim. Aqalli bir martagina kelsin edi. Yuziga zaharimni sochardim. Bir martagina koʻrib qolardim shu ablahni. Jungkook nega bunchalar berahmsan? Men esa naqadar ilojsizman. Hayotning la'natlangan qonuni shu ekan. Sevasan ammo sevilmaysan.

>

Iliqlik... yo'q bu qaynoqlik. Isib ketyapman. Boʻynimga issiq havo urilyapti. Qimirlay olmadim. Belimda begona odamning qoʻli turibdimi? La'nati! Bu nimasi boʻldi!

— AAAAA! Qoch! - qoʻrqib baqirib yubordim. Nafasim tezlashib ketdi. Sochlarim yuzimga oʻralib qolgan kimdir yerga qulab tushdi. Ajab qilsin! Tanimagan, bilmagan odamini quchoqlab yotadimi? Kim ekan u ablah!

— Uhhh! Ayshhhhh! - baland ovozda uh tortgan inson kimligini bilaman. Bu ovozni, bu tovushni, oddiygina nafas olishni minglab insonlardan ichidan farqlay olaman. Jungkook... koʻzlarim achishdi. Bogʻzimga ogʻir nimadir tiqildi. Telba sevgilim Jungkook...

Uning yuzini ko'rganimda hamma narsa birdan oʻzgarib ketdi. Tanamdagu titroq kuchaydi. Nafas olishim yuragim bilan birga tezlikda ish bajarardi. Ablah juda kelishgan! Butun vujudimda titrab ketdi. Ichimda nimadir tipirchilayapti. Raqsga tushyapti deyarli. Tanamda iliqlik tarqaldi. Jungkook belini silab oʻrnidan turdi. Menga tikilib turib jilmaydi. Yaramas! Bunday jilmayma! Seni sevishdan toʻxtay olmay qolaman. Hamma narsani unutaman. Seni quchoqlagim kelyapti. La'nati bu nimasi boʻldi? Koʻz yoshim yuzimni siypalab soʻng izidan sovuq bir iz qoldirdi.

— Qoʻrqitib yuborganim uchun kechir! - u menga termulib turardi. Nega hech nima boʻlmagandek jilmayib turibdi. Yuzi porlab turibdi. Nigohlarida muhabbatni his qildim. Balki adashyapman. U rolini juda zo'r ijro etadiku. Shoshmay tur Jeon adabingni beraman!

— Kimsiz oʻzi? - Unga atay tanimagandek qarab turdim. Uning yuzida kulgu yoyildi. Men esa oʻzimni jiddiy tutib turibman. Men ham zo'r rol ijro etaman Jeon. Yaramas lablari nega buncha pushti. Ablahning mushaklari ham betakror. Ularni tishlagim kelyapti.

— Sien?... Men Jungkookman! Tanimaganga olyapsan shundaymi? - u koʻzlarini biroz qisib menga yaqin keldi. Oʻzim istamasamda ortga tortdim. Negadir unga teginishni istayman. Ammo yoʻq! Adabing berishim kerak seni! Osonlikcha quchogʻimga olmayman sen ablahni.

— Qanaqa Jungkook? Kimsiz oʻzi? Nega bu yerga kirib oldingiz! Yordam bering! - undan oʻzimni olib qochib choyshab ichiga kirib oldim. U esa taajjublanib menga tikilib turardi. Yuzida jiddiylik yugurgan. Ajab qildim! Battar boʻl Jeon!

— Sien... hazllashishing shart emas! Men tanib turibsanku! - u yana menga yaqin keldi. Bilaklarimni tutganida qilishni istagan ishimni amalga oshirdim. Kaftlarini tishlab oldim. U esa igrab qoʻyib yuborganimda qoʻlini tortib oldi. Jagʻlari qisilgan menimcha yomon tishladim. Besh battar qilishim kerak edi oʻzi! Achinma unga Sienna!

— Kimsiz? Keting bu yerdan! Hozir hamshiralarni chaqiraman! Menga tajavus qilmoqchi boʻldingizmi? - unga talvasa tushgandek qilib baqirdim. U esa hayron qiyofada menga qarab turardi. Baqirganim sabab doktorlar tezda yetib kelishdi. Shu yerdan haydab chiqaraman seni Jeon. Oʻshanda ichim muzdek boʻladi.

Doktorlar kelganida yana rolga kirishib ketdim.

— Janob Do bu odam palatamga kirib olibdi! Qoʻrqib kettim! Meni quchib turardi. Begona odam bu yerga qanday kiradi! Dadamga habar bering! - choyshablarni ustimga yopib sarosimaga tushgandek gapirdim. Doktor bir menga bir Jungkookka qarab turardi. Doktor menga yaqinroq keldi.

— Bu yigitni tanimayapsanmi? - u ishonmay so'roqladi. Jungkook meni sinchikov kuzatib turardi. Davom etamiz!

— Yoʻq albatta! Bu yigit kim oʻzi? Dadamga habar bering! Ustingizdan shikoyat yozaman! Duch kelgan odam palatamga kirib kelaveradimi? - Men Jungkookka bepisand nigoh bilan qarab qoʻydim. U yosh bola kabi moʻltirab qarab turardi menga. Alam qilsin! Yuzimni unday burib boshqa qaramadim. U burchakda ilojsiz qolib nima qilishini bilmay turardi. Doktor esa menga tinchlantiruvchi dori buyurib asabiylashmasligim va dam olishimni aytib meni qayta tekshirdi.

— Men uhlamoqchiman! Hamma chiqib ketsin! - yuzimni burib choyshabni ustimga tashlab oʻgirilib yotib oldim. Qayta ortimga oʻgirilmadim. Shunday boʻladi Jeon. Negadir uni yana koʻrgim kelyapti. Yuziga yaxshi qarab ololmadim. Mushaklarini koʻrib oldim ammo. Bekor qildimikan? Effff nega birdan turib ketdim ozgina quchogʻida yotaversam boʻlarkan. U belimdan quchgan edimi? Ayshhh.... demak hamon voz kechmagan. O'rnimdan turib olib sochlarimni ortga tashladim.

— Jungkook meni sevadimi shunda? Nega keldi unda? - ahmoqmanda. Menga qilganlarini darrovgina unutib yubordim. Bittagina jilmayib qoʻydi xolos. Nega oʻzimni aldayman axir haqiqatdan koʻrgim kelgan edi. Sevaman uni. Eyyy nega unday qildim oʻzi! Sochlarimni siqimlab tipirchiladim. Lablarimni qimtib yigʻlagim kelib oʻtirardim. Uzoqdagi shkafcha ustida tarvuzni koʻrdim. U kesib tayyorlab qoʻyilgan edi. Menimcha Jungkook olib kelgan...

Nega yigʻlayapman? Jungkook... Nega birdan ketib qolasan? Quchmaysanmi? Siennam demaysanmi? Men bilan qayta tanishmaysanmi? Nega darhol taslim boʻlding? Sevmaysanmi? Nega kelasan boʻlmasa... yuzimni kaftlarim bilan bosib yigʻladim. Hoʻngrab yigʻladim. Yuragim ogʻriyapti. Uni koʻrgim kelyapti. Ammo u qilganlarni ham unuta olmayapman.

— Ablah ekansan Jeon! Nega ketib qolsan! - u ketib boʻlgan boʻlsa kerak. Axir koʻp vaqt boʻldi palatadan chiqib ketishganiga. Yigʻlab yuzimni yoptim. Telbaga aylandimmi nima balo? Sevaman ammo qoʻlimni uzata olmayman. Qabul qila olmayman... Nega menga ilgaridagi kabi yopishib olmayapsan? Sevsang kelda ablah!

— Men shu yerdaman Siennam... - uning ovozini eshitganimda butun hujayralarim yayrab ketdi. Yoqimli toʻlqin tarqaldi vujudimda. Kaftlarimni olib uzoqdagi qoʻlida planshet ushlab turgan Jungkookni koʻrdim. U yumshoq jilmayib qarab turardi. Nega bunchalar seni sevaveraman? Nima qilib qoʻygansan meni? Nega sendan voz kechib ketolmayman? Yaramas Jeon.

— Ket! Seni koʻrishni istamayman! Seni tanishni istamayman! Ket dedim senga! - unga qarab baqirib tashladim. Ichim yonib ketyapti. Qol deya olmayman. Ket deyish esa oson. Qabul qila olmayman. Ammo sevishdan to'xtash umrimni poyoniga yetishi kabidek. Voyyy soʻtak nega burilyapti! Rostan ketib qolyaptimi?
— Hoooyy! - yana qichqirib yubordim. Doim shunday yigʻlatadi meni ablah. Nafas olishim tezlashib ketdi. Lablarimni tishladim. U menga oʻgirildi ammo men yuzimni burdim. Nimasi boʻldi qiliq! Arosatda qolib ketdim... efff. Agar qaramay turganimda ketib qolsang ikki bor turqingga qarasam odam bolasimasman. Ketib qolgan boʻlsang kechirmayman Seni Jeon.

Jimib qoldi. Aniq ketib qolgan. Ahmoqsan Sienna. Ahmoq. Ana rol oʻynaganingni ham bilib qoldi. Ortga burilganimda ketib qolgan boʻlsachi? Jungkook bu gal shunday qilgan boʻlsang... sevmayman seni! Savdoyiman men! Bari bir sevaman oʻsha ablan Jeonni... sekingina oʻgirilaman balki ketmagan.

Ogʻirilmasimdan meni yotoqqa bosgan yigit tepamda menga chuqur tikilib turardi. Ayyshhh joningdan sevgilim ketib qolmabdi. Bunchalar tez qachon yetib kelib olgan ekan. Lablarimni qimtidim. Koʻzlaridan qorachiqlarimni undan uzmaslikni juda istmayman ammo ichimda nimadir yuziga tarsaki tushir deydi. Yuziga nima boʻlgan buni? Nega koʻkarish izlari bor. Lablari burchagi qizil turibdi. Menimcha jarohat olgan.

— Yuzingga nima qildi? - tilimga kelgan soʻzlarni aytim. Hammasi tupurdim unga nima boʻlgani menga juda qiziq. Jungkook menga qarab yengil jilmaydi. Nafas chiqarib kulib qoʻydi.

— Rolingizni mahorat bilan ijro etdingiz Sienna Xonim! - u egilib peshonamdan oʻpib qoʻydi. Mmm biram yoqimli. Yana oʻpib qoʻy yaramas. Nega bu bola bunchalar tortinchoq boʻlib qoldi. Avval bunday emas ediku. Yoki men boshqacha qayta tigʻildimmi? Eff nimaga mendan uzoqlashadi. Lablaridan oʻpishni istayman. La'nati oʻzim qilaman!

Mendan endi uzoqlashmoqchi boʻlgan yigitni yoqasidan tortib lablariga intildim. Dudoqlarimiz birlashganida butun tanamda anchadan buyon his qilishni istagan qaynoqligim tarqaldi. Dominantlik menda boʻldi ammo davomi Jungkookdan boʻlaverdi. Uning dudoqlari menga kuch berayotgandek edi. Nimadir ichimdan toshib kelyapti. Jungkook boʻsani tobora chuqurlashitirib borardi. Uni toʻxtab qolishini hech istamas edim. Yoqasidan yaxshiroq tortqilab boʻsani yakunlashga uringan yigitimni ogohlantirib qoʻydi. Qisqa kulgi ortidan meni yotoqqa yaxshiroq bosgan Jungkook endi ustiga yaxshiroq joylashib oldi. Mana endi juda qulay. Uning boʻyni ortidan barmoqlarimni suqub tortdim. Kuchsiz igroqdan soʻng qarshi javob sifatida belimgi qisib qoʻygan yigitim shifoxona koʻylagi etaklarini koʻtara boshladi. Ko'nglimni koʻchasi hali jiddilashishga yoʻl boʻlsin. Koʻksidan yengil turtganim sabab menga bir necha santimetrgina uzoqlashdi xolos.

— Jasorating tugab qoldimi Momiqcham... - u menga ayyorona qarab qoʻyib sochlarimni silab qoʻyib quloqlarim ortiga oldi. Negadir beixtiyor jilmaydim. Uni juda sevaman. Qanchalar yomon boʻlmasin, ablah boʻlmasin, beshafqat boʻlmasin, sevaman. Sevgimdan hech afsuslanmadim. Uni sevish meni jonlantiradigandek. Istasamda undan voz kecha olmayman, sevishdan oʻzimni tiyolmayman.

— Unda davom etaylik! Faqat qoʻlingni pastlata koʻrma! Bu safar yotoqdan tepib yiqitaman... - Jungkook iblisona iljayib yana lablarimga yopishdi. Biz hammasini unutgan edik. Borliq, dunyo, taqdir yoki haqiqat bizni qiziqtirmas edi. Men va faqat u bormiz.

>

Uning quchogʻida hotirjam yotardim. Nafasim yengil, qalbim osoyishta. U yonimda. Oʻtmishni eslashni istamayman. Uning xatolarini yodga olishni ham. Undan uzoqlashishni istamayman.

Jungkookning barmoqlarini yelkamga muloyim aylanib terimni silar ekan quloqlarim ostida uning gupullab urib turgan yuragi tovushi eshitardim.

— Sien... - u nimadir demoqchi ekanini fahmladim.

— Jungkook! Hech narsa dema... soʻzlar kerak emas. - soʻzlarini boʻlib talab qildim undan. Jungkook shu ondayoq to'xtab meni quchogʻiga yaxshiroq tortdi. Chuqur nafas chiqarib yelkamni silab qoʻydi.

— Seni sevaman Sien... doim sevganman! - koʻzlarimni endi yumganimda quloqlarim uning ovozini eshitdi. Sekin jilmayib qoʻydim ammo javob qaytarmadim. Buni oʻylagani kabi oson aytmayman. Ammo ichimda nimadir hamon baxtdan tipirchilar edi.

>>>

Yuvinish xonasida tepamda naqt uch kishi bilan biroz avvalgi qoʻlansa hidli ovqatni deb qayt qilar edi. La'nati nega ogʻzimga soldim. Nima shoʻrva edi u! Ichida sholgʻom bor edimi? Sholgʻomni yoqtirmaymanku!

Boshimni koʻtarib chuqur nafas oldim. Bogʻzimga tikilib kelgan qisilishdan keyin yoqimsiz tamga ega suyuqlikni yana chiqarib yubordim. Tomogʻim achishib qoldi. Holsizlikdan tanam boʻshashib qoldi.

— Ahh bechoragina qizim! - oyim boshimni ushlab yuzimni yuvib qoʻydi. Flora oʻng tomonimdan meni tutib turardi. Orqamga esa Taehyung ham bor. U ham nimadirlar deyapti. Unga balo bor ekanmi bu yerda?

Oyim va Flora meni yetaklab yotoqqa olib bordi. Oʻzimni tashlab joylashib yotib oldim. Qayt qilish bunchalar achinarli boʻlmasa. Qaltirab qoldim. Chuqur nafas ola boshladim. Koʻzlarim yumilib ketardi. Ertalabdan buyon hech vaqo yemagan edim. Ichaklarim bir biriga yopishib qolgandek tuyulyapti.

— Siennaa! - palataga vahima bilan kirib kelgan Jungkook yonimga kelib kaftlarimni siqib oldi. Hijolat chekib atrofga qarab qoʻydim. Ahmoqmi bu nega bunday qiladi? Oyimni yonida nima degan odam boʻldim.
— Ayshhh! Ahvoling yaxshi koʻrinmayapti! - Jungkook havsalasiz nafas chiqardi.

Oyim ham burchakda jimgina turibdi. Nega Jungkookni haydamayapti? Flora va Taehyung ham sukutda. Nega ular gʻalati.

— Flora sholgʻomni yoqtirmasligimni bilib turib shoʻrvaga uni solib menga yedirdi! - Floraga qovoq osib qarab qoʻydim. U asabiy koʻzlarini kattalashtirdi.

— Ahmoq homiladorlikda bunday boʻlishi tabiiy! Meni shoʻrvamni aybi yoq... - Flora yuzini burib menga iztaza qildi. Homiladorlik? Men homiladormanmi? Hazllashyapti shekilli.

— Nimaaa?! Menmi? - men hayratda koʻzlarim katta ochib qotib qoldim. Qanday qilib odam homiladorligini birovdan eshitadi. Bola? Men ona boʻlamanmi? Oyimga burilib qaradim u Flora yomon qarab qoʻydi.

— Xolajon menga unday qaramang! Bilishi kerakku qornidan odam bolasi borligini. Tugʻriq paytida bilishi kerakmidi nima?! - Flora achchiqlanib bildirdi.

Men hayratda edim. Jungkook ham jim. U ham bilganmi? Ahmoq Sienna... mana nega tez tez qayt qilyapman. Bir nimalar yegim keladi. Jungkookni koʻrsam ochimda nimadir tipirchilab qoladi. Biz oʻsha tun... oʻsha tunda bu bola. Ahhh... Men ona boʻlaman. Jungkookning farzandi. Ikkimizniki... koʻzlarim achishdi.

— Bu haqiqatmi? Chindan bu yerda bola bormi? - men qornimni ishora qilib hayratda soʻroqladim. Jungkook qornimga qoʻlini qoʻydi. Ichimda yana oʻsha pirpirash hissi boshlandi. Nahotki u otasini his qilayotgan boʻlsa.

— Bizni bolamiz... - Jungkook ajoyib jilmaydi.

— Shoshilmaymiz balki otasi sen emasdursan! Sienna hali tasdiqlanamadi buni! Jiyanimni otasi boʻlganing uchun bu yerda turibsan soʻtak! - Flora bir qadam yaqin kelar ekan Taehyung uni bilaklaridan tutib tinchlantirdi. Men Jungkookni kechirsam ham u hech qachon kechirmasa kerak. Bu telba qiz nima demoqchi boʻldi? Men nima boshqa erkaklar tagiga oʻzimni otamanmi?

— Flora bu bilana nima demoqchisan? - unga qoshlarimni chimirib qaradim. U esa havsalasiz ensa qotirib burildi.

— Ha qolishing mumkin otasi sen ekansan! - u Jungkookka yeb yuborgudek qarab qoʻydi.

— Boʻldi sevgilim yoshlarni tinch qoʻy! Jungkookka juda havasim kelyapti... - Taehyung Florani belidagi yupka tepasini teginib qo'yar ekan qosh qoqib qoʻgdi. Flora qoshlarini chimirib ahmoqona nigoh bilan unga qarab turardi.

— Biz hali turmush qurmaganmiz! - u Taehyungdan suzulibgina uzoqlashar ekan koʻzlarini asabiy yumdi. Taehyung unga ayyorona kulimsirab qarab turardi.

— Bizning ham toʻyimiz tezlashib ketarmidi deymanda... - Taehyung oyim tomonda qarab qoʻyar ekan oʻzini bosib oldi. Flora esa yonimga kelib ikkinchi qoʻlimdan tutib Jungkookka g'alati qarash qilib qoʻydi.

— Oʻzi seni kim chaqirdi? Yoki... - Flora achchiq qilib gapirar ekan sekin ortidagi Taehyungga qarab qoʻydi.

— Boʻlajak rafiqamni boshqalarga ishonmayman! - Jungkook ham unga jiddiy qarab qoʻrs soʻzlardi.

— Yoʻlda boshingni urib oldingmi deyman Jungkook! U hali rafiqang emas... boʻlajak deding oʻzing! Hozir emas... - Bu ikkisini oʻrtasida qolib ketar ekanman Taehyung peshonasini siladi. Oyim allaqachon bizni oʻzimizni qoldirib chiqib ketayotganlarini koʻrdim. Menimcha oyim ham hijolat tortdilar.

Taehyung Floraga yaqinlashib yelkasidan tutdi.

— Meni ham shunday talashsang edi! Qani turchi... Sen menikisan men seni Siennaga bermayman! - Taehyung Florani turgʻizar ekan mendan uzoqlashitirdi.

— Tae! Men Sienna bilan qolaman... Toʻydan soʻng manavi to'nka bilan qoladi afsuski! Ammo ungacha unga oʻzim gʻamxoʻrlik qilaman... - Flora yana Taehyungni rad etib men tomon yaqinlashmoqchi boʻldi. Ammo Taehyung uni belidan tutib oʻziga tortdi.

— Ulardan soʻng navbat biziki boʻladi! Balki biz ham toʻyimizgacha bir harakat qilib koʻrarmiz... Himoya vositalarisiz qaynoq tunga nima deysiz Kim Flora? - Taehyung oʻynoqi nigohlari bilab Floraga yaqin kelib yuzidan oʻpib qoʻydi. Flora asabiy hoʻrsinib qoʻydi.

— Balki oʻsha qaynoq tunda nimalar qilishimizni rejasini ham shu yerda aytarsan?! Xohlasang intervyu beramiz! Qani yur bir shamollab kelamiz miyangga kislorod yetib kelmay qolyapti chamasi... - Flora Taehyungga kesatib soʻng mazaxlab qoʻlidan tutib eshik tomon yetakladi. Menga oʻgirilib ishora berib qoʻyar ekan ikkisi xonani tark etdi.

Jungkook shu zahoti quloqlarini qornimga qoʻyar ekan nimadir eshitish maqsadida qimirlamay turar edi. Men esa keng jilmaydim. Gʻalati his ekan bular.

— Menimcha hali kichkina boʻlsa kerak... - Men Jungkookning boshini silab sochlarini oʻynab bildirdim. Jungkook boshini koʻtarib menga tikildi.

— Deyarli oʻn to'rtinchi haftaga oʻtyapti. Adashding sevgilim u deyarli odamchaga aylangan... - u bir nimalarni hisoblab soʻng qosh qoqib ma'lum qildi. Men bilmayman ammo u biladi. Hoʻsh kelajakda u qanday ota boʻlar ekan.

— Sen bularni qayerdan bila qolding! - men uni turtib kulimsiradim.

— Tahlil natijalarini ko'rganimda u sakkiz haftali edi. Unda soʻng besh haftacha vaqt oʻtdi... internetdan koʻrdim bola bu haftada odamchaga aylanar ekan! U bizni eshita olarkan... va.. - u shunchalar baxtli qiyofada gapirar ediki men uni keng jilmayish bilan kuzatardim. Unga otalik juda yarashar ekan. Menchi qanday ona boʻlaman. Xonaga kirib kelgan qadam tovushlari sabab Jungkook ortiga oʻgirildi.

Dadam... dadam jiddiy va tund qiyofada palataga kirib kelar ekan ortidan onam ergashib kelardi. Boshimni quyi egdim. Otamni yuziga qanday qarayman. Jungkook ham tik turib jim qoldi. Jungkook bilan baxtni oʻylabman-u dadamni bu nikohsiz paydo boʻlgan nabirani qabul qilashi haqida oʻylamanman. Bu gal oʻzimni nima bilan oqlayman. Yana otamni yonida yer bilan bitta boʻldim. Bu gal ham huddi o'sha xato. Faqat bu gal biz qilgan gunohning aniq dalili bor. Farzand... otam bu gal ham meni kechirmasachi? Mendan butunlay voz kechib yuborsalar kerak. Endigina otamning yana erka qiziga aylanishdan umidvor edim. Biroq yana tarix takrorlandi. Boshimni koʻtara olmay qoldim. Nima deyman? Otamni yuziga qanday qarayman? Kechiring dada... Men sizga munosib qiz boʻla olmadim. Men bir nomussiz farzand boʻldim sizga.

Tanam titrab ketyapti. Mana endi haqiqatdan qornim bilinishini fahmladim. Koʻzlarim yoshlanib keraveryapti.

— Qizim... Ahvoling yaxshimi? - dadamning ovozi quloqlarim ostida jarangladi. Qayta qayta so'zlar miyanda jonlana boshladi. Yuragim siqilib ketdi. Hayajonim ortib chuqur nafas chiqardim. Boshimni koʻtara olmadim. Otamga qarashga haddim sigʻmayotgan edi. Bogʻzimga toshdek bir qattiqlik tiraldi. Hech yutuna olmas edim.

Qoʻlim qaltirardi. Otam menga tepadan kuzatib turganini his qilardim. Hozir yigʻlab yuboraman. Nafas ololmay qoldim. Va... o'zimni bosa olmadim. Hoʻngrab yigʻlab yubordim... kaftlarim bilan yuzimni yopdim. Sokin palatada faqat meni yigʻi ovozim eshitilib turardi.

Biroz vaqtdan so'ng meni quchgan ulkan tanani his qildim. Iltimos u Otam boʻlsin...

Shukur... haqiqatdan ota meni quchibdilar. Otam meni quchoqladilar... Yetti yil... yetti his bu taftni his qilmadim. Yetti yil otam bilan huddi begonalardek yashadim. Hatto tushlarimga ham kirmasdi. Hatti tushlarimda ham otam meni "Qizim" demasdilar. Otamni meni erkalashlariga muhtoj boʻldim. Uzoqdan otamni kuzatib oʻtirardim. Kelib meni quchoqlashlarini, kechirganini aytishini istar edim. Otam yonimdan begona kabi oʻtib ketganlarida bir kun kelib meni yana qizi sifatida qabul qilishini kutgan edim. Men afsusdaman... sevib otamning mehridan uzoqda yetti yil oʻtkzaganimdan, otamning menga begona kabi qarashiga loyiq boʻlganimdan. Birgina " Qizim " deb atashlari uchun oʻlishga ham tayyor edim. Yetti yilimni hech qachon yashamagandek oʻtkazdim. Qorong‘ulikda, kimsasiz, iztirob va sogʻinchda. Otamning birgina menga qarab qoʻyishlaru uchun nimalar qilmadim. Ammo hech qachon bu kunlar kelganida bunchalar qalbim ogʻrishini, hayajondan yuragim qinidan chiqib ketishi haqiqa o'ylamagan ekanman.

Yetti yil deganda otamning qarshiga yana oʻsha holatda yoʻliqdim. Yana sharmandali bir holatda. Vujudimda nikohsiz bir farzand bor. Oʻzimdan uyalib ketyapman... Otam meni qabul qildimikan? Kechirdimikan?

— Qizalogʻim... endi hech qachon yigʻlama! Dadang seni yoningda... - otam koʻzlarimni artib hiyla jilmaydi. Men bosh silkidim. Boshimni silab yana jiddiy qiyofaga qaytib oʻrnidan turdi.

— Otannga ayt, menga chogʻ qazishdan boʻshasa qongʻiroq qilsin! - otam Jungkookka koʻz qiri bilan qarab qoʻydi. Jungkook otamni yonidan juda yuvoshgina koʻrinardi.

— Hop boʻladi Dada... - Jungkook soʻzlarini yakunlab otamga qarab qoʻydi. Otam Jungkookka hech qanday ifodasiz tikilib turib menga qarab qoʻydi. Menga sekin imo qilib qoʻyar ekan palatadan chiqib ketishdi.

Yelkamdan togʻ agʻdarilgandek boʻldi. Oʻzimni juda yengil his qilar edim. Hozirgina otam meni " Qizim" dedi. Meni quchib boshimni silab qoʻydi. Bu haqiqatda sodir boʻldi. Ichimdan shunchalar quvonar edimki tasavvur qilish qilish. Chuqur nafas chiqardim. Jungkook menga qarab jilmayib qoʻydi. Hammasi juda yaxshi. Menimcha endi baxtli boʻla olaman. Endi mendan Otam, Jungkook va yana qo'shimcha bolajonim ham bor. Baxt kutilmagan kutilmagan tarzda hayotimizning zulmatga botgan pallasida nur kabi kirib kelar ekan. Men shularga loyiq edimmi? Baxtgachi loyiqmanmi?

>>>

Kaftlarimni tutib turgan Jungkook ularni hech qoʻyib yubormas edi. Bugun nikoh oqshomimiz. Rohib bizni nikohlab qoʻydi. Mana endi kechgi bazmda barcha yaqinlarimni bir davrada koʻrib turibman. Nikoh bazmimizga juda koʻplab mehmonlar tashrif buyurgan. Ikki yirik kampaniya farzandlari nikoh marosimi boʻlsa yana nimani kutish mumkin. Negadir juda holsizlanib qoldim. Jungkook bir qadam ham mendan uzoqlashmadi. Qoʻli belimdam uzilmadi. Agar qaysidir mehmon bilan salomlashganda ham qoʻllarimni qoʻyib yubormas edi. Ayniqsa menga hech kimga hatti yaqin yoʻlatmadi.

Oppoq libosda yonimda suyukligim bilan juda baxtliman. Bolamiz ancha kattalashib qolgani sabab kengroq toʻy libosini tanladim. Togʻri menga yarashib turgani rost ammo biroz vazn yigʻganim va homiladorlik sabab toʻlishib qolganman. Jungkookni yonida koʻrimsiz boʻlib qolgan boʻlsamchi?

— Jungkook... Juda charchab kettim! - Jungkook men tomon egilar ekan bildirdim. Menga kulimsirab tikilib turgan erjonim nigohlariga buzuqlikni darrov sezdim.

— Dam olishimiz uchun ramantik tunga nima deysan? - u quloqlarim yoniga yaqin kelib so'zlardi. Buzuqgina erginam. Mmm ammo men ham bu fikrga qarshilik bildirmasdim. Nega uyalishim kerak axir u endi meni erimku.

— Agar hozir olib ketmasang keyin yoq deyishim mumkin! - men unga qarab oʻynoqi jilmayar ekanman Jungkook lablarini tishlab oʻyin qilib qoʻydi. Belimdan siqimlab lablarini peshonamga bosdi.

— Vaqt yoqotmaylik! Qochamiz Sevgilim... - u kaftlarimni oʻziniki bilan toʻldirar ekan eshik tomon yetaklab ketar edi. Bizni hech kim payqamaydi deb oʻylashim mumkin emas albatta. Axir toʻyning egalari va sababchilari bizmiz.

>

Uzoqda ikki yoshning ortidan kuzatib qolgan Janob Collins qadahini koʻtarib hoʻpladi. U qizini faqat baxtli boʻlishini istardi.

— Menimcha biz qizimizni togʻri insonga berdik... - Seulgi xonim eriga yaqin kelar ekan bildirib qoʻydi.

— Uni qizing tanladi... Taqdirini oʻzi belgiladi! Menimcha ham biz togʻri qaror qildik Azizam! - Janob Collins rafiqasiga qarab boshini silkib qoʻyib chuqur nafas oldi.

— Fikrlaringizga qoʻshilaman! - suhbatga dangal qoʻshilgan Janob Jeonning nigohlarini Seulgi xonimga tushdi. Janob Collins rafiqasini oʻziga biroz tortib quchar ekan rashkini ochiq koʻrsatdi.

— Minho hammasi oʻtmishda qolib ketgan... - Janob Jeon biroz kulimsirab kesatib qoʻydi.

— Hech narsa oʻtmishda qolmagan ekankim shuncha ishlar boʻlib oʻtdi! - Janob Collins ham sha'ma qilib Janob Jeonga jiddiy tikildi.

Yetti yil ilgari ular kelishib olishgan edi. Jungkook hech qachon Siennaga yaqinlashmasligi kerak edi. Janob Jeon Sienna orqali Janob Collinsni g'ururini sindirishga uringan edi. Janob Collins Jungkookning hayotiga tahdid qilganida Janob Jeon uni hech qachon Siennaga yaqinlashtirmaslikka soʻz bergan edi. Janob Collins Janob Jeon bilan barcha aloqalarini uzdi. Oʻshandagina u Seulgi xonim Janob Jeonning muhabbatini rad etgani, u bilan hech qachon munosabatda boʻlmaydi uning oʻrnidan hayotida tasodifan paydo boʻlib qolgan Janob Collinsni tanlagani haqida aytib berdi. Ammo ularning rejasi ish bermadi. Jungkook oʻzining shaxsiy kampaniyasini ochdi. Aynan Collins Group bilan ishlash uchun qoʻlidan kelgan barcha ishlarni qildi. Oʻz kampaniyasini rivojlantirib qayta Sienna bilan toʻqnash kelish uchun harakat qildi. Janob Jeon uni hech qachon Koreyaga jo'natishga yoʻl bermadi. Yillar oʻtib Sienna bilan Jungkook uchrashganini bilgani ham ularni yana birlashmasligi uchun harakat qilgan edi. Chunki u Janob Collinsga va'da bergandi. Ammo u bu ikki yoshlarni ayira olmadi. Jungkookka Siennani Jimin bilan mehmonxonada birga ichkilik ichishganini koʻrsatdi. Yetti yil Jimin bilan nima ishlar qilgan boʻlishi mumkinligi haqida buzuq fikrlarni miyasiga joyladi. Jungkook hech qachon otasiga qarshi chiqa olmagan. Ammo u boshqa yoʻllarini qidirardi. Taqdir bu ikki oshiqlarni ayira olmagan.

— Ularni bir biridan ajrata olmadik... Farzandlarimga faqat baxt tilayman - Janob Jeon uzoqqa tikilib qoldi.

°°°

— Telbamisan Jungkook?! Sekinroq hayda biz koʻpchilikmiz unutma... - Sienna qornini silab qoʻyar ekan mashina salonida Jungkookning kulgisi yangradi. Mashinani biroz sekinlashtirar ekan u ham kaftlarini bo'rtib turgan qizning qorin sohasiga qoʻydi.

— Mittivoyga zararsiz pozalar topishimiz kerak... Borganimizda shoshib qolamiz Sevgilim! - Jungkook qizga ayyorona nigoh tashlab qoʻydi.

— Ana mehridaryo er! - peshonasini silab telefonini qoʻliga olgan qiz kinoya qildi. Jungkook yana baland ovozda kulib yubordi. Yana koʻzini yoʻlga tikar ekan har zamon qizning telefoniga nazar tashlab qoʻyar edi.

Ularning ishq hikoyasi tugamadi, aslida ularning hikoyasi endigina boshladi.

Sevgi - kimning qalbida oʻzing uchun eng qulay qoʻnim topmoqdir.

Sevgi - ba’zan eng chiroyli baxt ham, eng sokin og‘riq ham bo‘la oladigan tuyg‘u.

Sevgi - ayriliqdan keyin ham yurak bir nomni unutolmay qolgan sukut.

°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°

Shu yerigacha oʻqigan boʻlsangiz oʻz fikrlaringizni bildirib ketinglar janlarim. Men uchun bu katta ahamiyatga ega.

Bilaman savollaringiz koʻpayib ketgan. Qolganlarni taqdiri nima boʻldi. Masalan, Jimin. Bunday savollar paydo boʻlishi tayin. Aslida shu yerida #Final qilib tugatmoqchi edim. Ammo meni shaxsiy bitta odatim bor. Shu ffni oʻqib oʻz fikrlarini bildirgan va reaksiyalar bosgan shakar qandlarim uchun maxsus #Baxtli_Yakun yozaman. Baxtli yakun oʻz nomi bilan aytib turibdi nima ekanligini. Oʻqimoqchi boʻlsangiz albatta aktiv boʻling men doim siz uchun yozishga tayyorman.

Final qismga keldik goʻzalim. Hech ham fikr bildirmagan boʻlsangiz men sizda albatta fikr kutaman.

E'tiboringiz uchun rahmat ♡

❏ Author Sienna Collins