LOST LOVE
17-BOB.
` U ketti ammo qoldirgan dogʻi oʻchmadi...
Tush vaqti hamma oʻzi bilan oʻzi ovora. Shahar juda gavjum. Kampaniyaga yetib kelganimdan soʻng xonam tomon harakatlandim. Ichimda nimadir ilinib turibdi. Go'yo dunyoning barcha dardi qabimda koʻmikgandek edi. Oʻzimni zoʻrgʻa bosib turardi. Nafasim tanamga yetib kelmasdi Go'yo. Mehmonxonada yolgʻiz uygʻongacha kiyimlarimni tezda alishtirib kampaniya tomon yoʻnaldim. Kiyimlarim shubhasiz kechagilari emas. Hech boʻlmasa shu haqida qaygʻuribdi bu soʻtak. Asab tomirlarim uzilay deb turibdi. Oʻzimni tahqirlagandek his qilyapman. Ahmoqman... yana oʻsha holat takrorlandi. Nega buncha koʻp ichib yubordim. La'nat boʻlsin menga!
Xona kirgach kursiga choʻkar ekanman sochlarimni siqimladim. Belimda hamon ogʻriq. La'nati! Hammasidan charchab ketdim. Oʻzimni qanday qilib u ablahga topshirib qoʻydim. Jin ursin meni! Meni yana yolgʻiz tashlab ketdi. Aqlli bir boʻlak qogʻozda kechirim soʻramadi. U faqat mendan foydalandi. Oʻzimni axlat uyumidek his qilyapman. Hislarim, tanam, ruhiy barini oʻyinchoq qildi!
Xona eshiklari ruxsatsiz ochilib Jungkook kirib keldi.
— Xonamda gaplashib olaylik! - men unga qovoqlarimni uyib qarab oʻrnimdan turdim. Ablah! Yuzingni ko'rishni ham istamayman.
Uning ortidan xonasi tomon bordim. Xonaga kirganimizda eshikni yopar ekanman uning yuziga hissiz tikildim. U esa hech narsa boʻlmagandek hiyla iljayib turardi. Foydalanilgan matoh menmanda u emas.
— Hoʻsh yaxshi uhladingmi? - u menga yaqin kelib ayyorona qiyofada so'roqladi.
— Ablahsan! Yo'q sen ayt kecha mazza qiloldingmi? Yetti yil oʻynashgan tanang oʻsha oʻsha ekanmi? Gʻururimni yana oyoq osti qilish lazzatli ekanmi? Gapir! - unga yaqin kelib ovozimni balandlatdim. Ich ichimda oʻzimni oʻta jirkanch insondek his qilyapman. Jungkook miyig'ida kulimsiradi. Menga yaqin kelib yana yuzma yuz turib tepadan menga qarab turardi. Koʻzlarimsa jilvalangan yoshlarni his qildim.
— Kecha nima boʻlgan boʻlsa ham buni oʻzing istading! Tan ol men seni Jimindan koʻra yaxshiroq qondira oldim! Ismim aytib qichqirganlaring haqiqatdan lazzatli edi! - uning gaplaridan soʻng vujumda nimadir uzildi. Nima deyishni bilmay qoldim. U nahotki shunchalar tubanlashib ketgan boʻlsa. Tilimga hech bir soʻz kelmasdi. Axir haqiqatdan men buni oʻzim xohladim. Jimindan yaxshiroq? Meni shunchalar chinkin ayol sifatida bilasanmi Jungkook?
— La'nat boʻlsin! Istaklarimga ham oʻzim ham senga ham la'nat bo'lsin... Agar shu soʻzlarni aytishingni bilganimda haqiqatdan oʻzimni Jiminni tagiga otardim! Sendan nafratlanaman... - koʻzlarimni yumganimda issiq yoshlar yuzimni silab tushdi. Ularni tezda artib tashladim. Naqadar achinarliman.
— Jiminni tagiga oʻzingni otmaganingni isbotlay olasanmi? Men teggan yerga u teginmaganini kafolatlay olasanmi? Yetti yil u sendan umuman uzoqlashmagan birga tun oʻtkazmaganingizga kim kafolat beradi? Men koʻrdim! Otam sen va Jiminni nima ishlar qilganingizni menga koʻrsatdi! Kechagi kungacha bunga ishonmadim mehmonxonada Jiminni quchogʻiga oʻzingni otib kiyimlaringni mehmonxona yoʻllarida yechishingdan ma'lum xona ichida u bilan nima qilganlaring! Men bilan ichganingda qilgan qiliqlaringni Jimin bilan qilmaganingni inkor eta olasanmi? Bunga hatto oʻzing ishonmaysan! Oʻzingga oʻzing javob bera olmay turib pokligingni menga da'vo qilma! Sen allaqachon meni oʻrnimga Jiminni qabul qilgansan! Sen unga oʻzingni topshirgan oningdayoq mendan voz kechgansan! Men ham sendan voz kechdim... - u yuzimga tik qarab qahr bilan gaplarini yakunlab peshonasini siladi. Lablarimni qattiq tishladim. Men Jimin bilan bunday ishlar qilmaganman. Men kafolatlayman. Jimin bilan bunday qilmaganman. Nafas olish unutib qoʻydim. Tanam qimir eta olmasdi. U qanday qilib menga bunday deyapti? Ichlikka kimni deb oʻrganib qoldim? Kimni deb shunchalar azob chekdim? Men oʻzimni tuta olmadim. O'zimni nazorat qila olmadim. Chunki... chunki men seni sevdim la'nati! Aqlim qalbimga qarshi chiqa olmadi. Men hech qachon Jimin bilan bunday qilmaganman. Chuqur nafas olish uchun yuzimni burdim. Oʻzimni yigʻib olib katta qadamlar bilan unga yaqin kelib yoqasidan tutdim.
— Sen hayotimda koʻrgam eng jirkanch insonsan! Sen voz kechdim deyapsanmi? Endi voz kechdingmi ablah! Endimi? Yetti yil avval meni or nomusimni toptab hislarim bilan oʻynashib yolgʻiz tashlab ketganingda voz kechgansan! Otam mendan voz kechgan kun sen ham mendan voz kechgansan! Jin ursin seni! Nega seni yetti yil davomida oʻzimni bosa olmay sevdim! Menga ham la'nat boʻlsin! Nega mendan voz kechganingni bir parcha qogʻozga yozib ketmading!? Ayt! Nega! Nega seni shuncha yil sevganim hisobini bunday toʻlayapsan? Men senga nima qilgan edim! Meni aybim nima edi! Seni sevgan qalbimga la'nat boʻlsin! Ablah! Nega hayotimda qayta paydo boʻlding? Nega hammasini ostun ustun qilasan? Nima haqqing bor! Sendan nafratlanaman! Nafratlanaman! - men uning yooqalaridan mahkam qisib oʻshqirdim. Hammasini emas... qalbimdagilarni barini unga toʻkib socha olmadim. Bogʻzimga tiqilgan achchiqlikni yuta olmasdim.
— Ikkinchi bor senga taslim boʻlgan oʻzimga la'natlar boʻlsin! Kechagi tunni unut! Bu hech qachon boʻlmagandek yasha!
Yoqasidan qoʻyib yuborib eshik tomon harakatlandim. Eshikni ochar ekanman Jimin bilan toʻqnash keldim. Uning yuz tuzilishi juda gʻalati edi. U ichkaridagi gaplarni eshitganmi?
— Jimin... - yuzlarim qizarib ketgani aniq. Koʻz yoshlarimni artib uning ismini aytim. Jimin biroz lablarini qisib yuzini mendan biroz oʻgirdi.
— Kecha qaytmaging sababi shu ekanda... - Jimin siniq ovozda bildirdi. Men koʻzlarimni qisdim. U hammasini eshitgan.
— Jimin men... Men... kecha... - gaplarim bir biriga chalkashib ketdi. Jimin yuzini yinda burib achchiq jilmaydi. Menga yaqin kelib yelkamdan qisdi.
— Sienna... oʻzingni qiynama! Sen u doim sevgansan... va doim uni sevasan. Qalbingda menga joy boʻlmagan. Hech qachon. Men ranjimayman... faqat baxtli boʻlishingni istayman! Agar sen u bilan baxtli boʻlaman deb oʻylasang, shuni istasang... - u lablarini qisib jilmaydi.
— Men sen uchun faqatgina doʻstman... va shundayligimcha qolishni istayman albatta. Ammo Sienna menimcha endi senga keragim yoʻq! Ikkinchi bor unga imkon bergan ekansan... Men bu tarzda qololmayman. Jungkookni sevishingga chidayman ammo u bilan seni yonma yon turishingizga chiday olmayman. Senga baxt tilayman Sienna! Sen baxtga eng loyiq insonsan... - u xira jilmayib yuzimni birozgina silab mendan darrov uzoqlashib ketdi.
Jimin hatto ortiga bir bor qaytrilib ham qaramadi. Men yo'qotdim. Hayotimdagi meni qadrlaydigan birgina erkakni ham yo'qotdim. Doʻstimni yo'qotdim... Men razil insonman. Jiminga qanday bunday qiloldim. Koʻzlarimni yumib chuqur nafas chiqardim. Menda hech vaqo qolmadi.
Oyoqlarim meni kompaniyaning bir burchagiga olib bordi. Devorga suyanib yerga choʻkdim. Kaftlarim bilan yuzimni yopib hoʻngrab yigʻlab yubordim. Hech narsasiz qoldim. Naqadar keraksiz insonman... mana endi ham yolgʻiz qoldim. Hammasiga oʻzim aybdorman...
* Uzoqda qoʻlida hujjatlar bilan Siennani kuzatib turgan Amaya ham ichidan ezilib ketardi. U ikkinchi bor qizni bu holatda koʻrishi. U chiday olmaydi. Shahdam qadamlari bilan Jungkookni xonasi tomon yoʻnaldi.
°
Jungkook xonasida sukunat ichida o‘tirardi. Ko‘zlari derazadan tashqariga tikilgan bo‘lsada u hech narsani ko‘rmasdi.
Qalbidagi olov uni ichkaridan o‘rtab borardi.
" Agar shu soʻzlarni aytishingni bilganimda haqiqatdan oʻzimni Jiminni tagiga otardim!"
So‘zlar qayta qayta qulog‘ida jaranglardi. Yuragi ezilib ich ichidan yondirardi. U stoldagi shisha idishdagi ichimlikni qo‘liga oldi lekin ochmadi. Ko‘zlarini yumdi va chuqur nafas oldi. Shu payt xonaga Amaya shaxt bilan kirdi. U Jungkookka qovoqlarini uyib qarab turardi. U bir necha daqiqa davomida uni kuzatib turdi. Togʻri unga ham qiyin ammo Siennachi? Ammo Jungkook unga hatto qarashni ham xohlamayotganday edi.
Amaya bir qadam oldinga tashladi va qat’iy ohangi eshitildi.
— Jungkook, balki hammasi yetar! - Jungkook hech narsa demadi. Ammo Amaya taslim bo‘lishni istamadi. U do‘stini bunday holatda qoldira olmasdi.
— Sen bu o‘yinni boshlading. Endi tugatishing kerak.- Jungkook lablarini qattiq qisdi.
— Shunday bo‘lsa, nega Siennani qiynayapsan? Nega uni shunchalar ezayapsan?! Shunchaki haqiqatlarni unga ayt! - Jungkook unga qattiq tikildi. Ko‘zlari qahr va og‘riqqa to‘la edi.
— Men uni qiynamayapman. U meni tashlab ketdi. Uning yonida Jimin bor. - Amaya og‘riqli kulib qo‘ydi.
— Sen chindan ham bunga ishonayapsanmi? Sienna buni ataylab qilyapti! Uni sen shunday qilishga majbur qilding! - Jungkook bir soniya o‘ylanib qoldi keyin jilmaydi. Achchiq, alamli jilmayish edi bu.
— Demak, endi sen uning tarafidasan? - Amaya yelkasini qisdi.
— Men hech kimning tarafida emasman, Jungkook. Men faqat shuni bilamanki sen hali ham uni sevasan. Va Sienna ham seni unutmagan. - Jungkook qattiq va chuqur nafas oldi. Bu gap unga yoqmadi.
— Agar unutmagan bo‘lsa, nega Jiminni qallig‘im deb atadi? Nega u bilan mehmonxonada aysh ishrat qildi? U endi umuman boshqacha. Oʻzgargan! U endi men bilgan Sienna emas... - Amaya unga tikildi. Bu savolga javob bera olmasdi.
— Men bularni bilmayman lekin bitta narsani aniq bilaman. Agar sen uni shunday qiynashda davom etsang, u haqiqatan ham sendan ketadi. Bu safar butunlay. - Jungkook lablarini qattiq qisdi. Ichida nimadir sinayotganday edi.
Amaya esa davom etishni istadi.
— U bugunqanday yig‘laganini ko‘rdim. Burchakka tiqilib, qo‘llarini yuziga bosib, yuragi ezilib yig‘lardi, Jungkook. Sen buni ko‘rishing kerak edi. Yo‘q, sen bularni ko‘rishing SHART edi! - Jungkook yuzini boshqa tomonga burdi. Bu og‘riq unga ortiqcha edi.
Amaya yelkasini qisdi va orqaga tisarildi.
— Sen hali ham uni sevasan, Jungkook. - Jungkook unga qarab qattiq tikildi. Koʻzlari nafrat va iztirobga to‘la edi.
— Bu gaplarni qo‘y, Amaya. - Amaya jilmaydi. Bu jilmayish achchiq edi.
— Sen buni o‘zing ham bilasan. Faqat qabul qilging kelmayapti. Chunki agar qabul qilsang, bu o‘yinni davom ettira olmaysan. Unga hammasini ayt! - Jungkook qattiq mushtini tugdi.
— Endi kech, Amaya. U mendan men undan voz kechdi! - Amaya boshini chayqadi.
— Endi kech emas. Lekin sen shunday davom etsang, ha kech bo‘ladi. - U ortga burilib, eshik tomon yurdi. Eshik oldida bir lahza to‘xtadi.
— Sen uni hali ham sevishingni tan olishga jur’at qila olasanmi? Sen ham shu yetti yil ichida har kun! Har soniya azob chekkaningni unga tan ola olasanmi? Bilsang sen uni hech bir soʻzsiz birinchi boʻlib tashlab ketgansan! Shuni unutma! U qiz bola! Ojiz qolgan bir qizaloq! - Jungkook unga qarab turardi. Ko‘zlarida kurash aks etardi.
Ammo u hech narsa demadi. Amaya esa og‘ir nafas olib chiqib ketdi. Eshik yopildi. Xonada esa faqat og‘riq va sukunat qoldi.
Yolg‘izlik bu shunchaki sukunat emas. Bu yuragingni mahkam siqib, har nafasda seni ezadigan, ich ichingdan yemiradigan tuyg‘u. Bu kimnidir yo‘qligini bilish emas, aksincha borligi bilan ham seni tushunmaydiganlarni his qilishdir. Bu shunchaki bo‘shliq emas. Bu bo‘shliqning ichida chirib borishdir...
Sienna kampaniyaning asosiy eshigi tomon sekin yurdi. U hech narsani his qilmayotganday edi. Atrofida shovqin. Qadam tovushlari. Yengil shabada. Ammo bularning hech biri unga yetib bormasdi. Uning yuragi azobda, qalbi esa tilka pora. 7 yil. Yetmish olti oy. Uch mingdan ortiq kun.
Shu kunlar davomida u bir narsaga ishonib yashadi. Jungkook uni tashlab ketmagan. Unga hech qachon xiyonat qilmagan. Shunchaki, nimadir yuz bergan... Ammo bugun... Bugun esa haqiqat uning yuziga shafqatsiz zarba berdi. Jungkook yonida ammo u boshqa ayol bilan edi. Va endi u haqiqatdan voz kechdi...
"Sen meni unutganmisan, Jungkook? Yo men shunchalar ahamiyatsiz edimmi?"
Bu savollarga javob yo‘q. Sienna chuqur nafas oldi ammo yurakdagi og‘riq undan ham kuchliroq edi. U boshi aylanayotganini sezdi.
Otasini ham yo‘qotdi. 7 yil oʻtdi. Bitta og‘iz "Kechir" degan so‘z ham uni qaytarolmagan. Otasi endi uni kechirmaydi. Balki hech qachon uni "Qizim" deb atamas. Va mana endi, sevgisi ham sarobga aylandi...
"Men kimman? Nega men yashayapman?"
U atrofga qaradi. Yo‘q, bu dunyo unga tegishli emas. Yonida Taehyung yo‘q, Flora yo‘q. Jimin? U hatto uni ham yoqotdi. Oʻz qo'li bilan uni hayotidan chiqarib yubordi.
"Demak, men haqiqatdan ham yolg‘iz qoldim..."
U nafas olishga qiynala boshladi. Ko‘krak qafasi siqilardi. Sienna ko‘chaga chiqdi. Uning oyoqlari qayerga boshlayotganini ham bilmasdi. Uning harakati sekin ko‘zlari o‘zida emas. Mashinalar shovqini atrofni tutgan, ammo u hech narsani eshitmasdi. Qadamini katta yo‘lga qo‘ydi. Va shu lahza...
Jaranglagan tormoz ovozi! Keskin signal! Mashina! Oxirida Sienna tanasidagi kuchli ogʻriqni his qildi.
Tashqarida Jungkookning ko‘zlari xuddi dahshatga tushganday keng ochildi. U oynadan Siennaning yo‘lga chiqib ketayotganini kuzatayotgan edi. Ammo keyingi voqealar... Jungkookning yuragi ham toxtab qoldi. Ko'zlariga ishongisi kelmas edi. U nimalar qilin qoʻydi...
Vaqt to‘xtab qolgandek. Mashina g‘ildiraklari chirilladi. Qattiq tormoz ovozi havo orqali jarangladi. Ammo bu yetarli emas edi.
Jungkookning yuragi bir lahzada to‘xtab qolganday bo‘ldi. Uni qattiq bir vahima, kuchsiz ojizlik, nimadir yo‘qotib bo‘lmas narsani boy berayotganday tuyg‘u bosdi. Sienna tanasi havoda ko‘tarildi. U avtomobil zarbidan uzoqqa uchdi.
— Yo‘q! - Jungkook lablari orasidan faqat shu soʻzgina chiqdi.
Jungkook xonadan yugurib chiqdi. Oyoqlari oʻziga boysunmas edi. U kampaniyadan yashin tezligida uchib chiqdi. Ko‘chaga qaradi. Yo‘lda... Sienna yotardi. Qon. Har yerda qon! Odamlar atrofni oʻrab olgan.
U qimirlamasdi. Ko‘zlari yumuq. Jungkookning yuragi qattiq urardi. U hech narsani o‘ylay olmasdi.
"Bu haqiqiy emas! Bu shunchaki tush! Bu sodir bo‘lishi mumkin emas!"
Ammo Sienna u yerda edi. Harakatsiz. Qon... Sienna qon ichida yotardi. Jungkookning tanasi titrardi. U qotib qolgan. Butun borliqni unutgan...
"Men endi uni butunlay yo‘qotdim..."
•••
Shifoxona yoniga keskin toxtagan mashina shinalarining kuchli ovozi, Jungkook yugurib borardi. Qo‘llari titrar, yuragi butkul dahshat ichida urardi.
Qo‘ynida Siennaning jonlanmayotgan tanasi. Uning tanasi qonga belangan. Sienna og‘ir nafas olar ammo har bir nafasi titragan, ingranishday eshitilardi. Jungkookning yuragi ezilib, hatto nafas ololmasdi. Bu uning aybi. U Siennani yo‘qotayapti. U endi uni butkul yo‘qotishi mumkin.
— Sienna, iltimos, ko‘zlaringni och... Meni tingla... Seni tashlab ketmadim. Senga qaytaman! Qaytaman, eshityapsanmi?! Seni tashlab ketmayman! - u Siennaning yuziga tikilib tinmay takrorlardi.
U telbavor gapirar o‘zini butkul yo‘qotgan. Shifoxona eshiklari shiddat bilan ochildi. Tibbiyot xodimlari yugurib chiqishdi.
– Zudlik bilan operatsiya xonasiga! - Jungkook Siennani hushyorlik bilan to‘shakka yotqizdi. Ammo qo‘llari uni qo‘yib yuborishni istamasdi.
Uning barmoqlari qizning qo‘llaridan ajralsa, bu hayotdan ham ajrab qoladiganday edi... Tibbiy xodimlar uni orqaga tortishdi.
– Yo‘q! Uni tashlab ketmayman! - ovozi titrarab baland ovozda chiqdi. U qizni ushlab olishga harakat qildi. Ko‘zlari yosh bilan to‘lgan edi.
Ammo eshiklar shiddat bilan yopildi. Siennani operatsiya xonasiga olib ketisbdi. Jungkook eshik oldida qotib qoldi. Keyin esa asta sekin orqaga yurdi... Devorga suyandi. Uning tanasi larzaga keldi.
"Men uni butunlay yo‘qotdimmi?.."
Bu 7 yil... U azob chekishga o‘rgangan. Ammo bu og‘riq... Bu undan ham battar edi.
"Sizsiz qanday yashadim, Sien...? Seni unutishga harakat qildim... Ammo unutolmadim. Sen meni yuragimdan butunlay o‘chirib tashladingmi?"
U devor bo‘ylab sirg‘alib pastga o‘tirdi. Tananing butun og‘irligi go‘yo yurakdagi iztirob edi. Dahliz bo‘ylab shoshib kelayotgan oyoq tovushlari eshitildi.
Jimin va Amaya yugurib kelishdi. Jimin darrov Jonesga yaqinlashdi. Uni yoqasidan tutib oʻshqirdi.
– Qayerda u?! - ovozi larzaga keldi. Jungkook esa jim edi. Nigohlari hech narsani ko‘rmayotgandek. Bu jimlik Jimin battar quturtirardi.
– Sen! Siennaga nima qilding?! - U Jungkookni yoqasidan mahkam tutib uni devorga qattiq tiradi. Jungkook esa qarshilik ko‘rsatmasdi. Chunki u hozir Siennasiz hayot haqida o‘ylardi.
Jimin unga qahr bilan tikilib bo'shashib qoldi.
– Agar u o‘lsa...- ko‘zlari yoshga to‘ldi.
– Men seni kechirmayman. Seni ham oʻldiraman!
Jungkook uni endi yo‘qotganini anglaganday edi.
– Men ham... - u pichirladi. Bu javob Jiminnj butunlay g‘azablantirdi. U Jungkookka kuchli zarba berdi!
Jungkook yerga yiqildi, og‘riq butun tanasidan o‘tib ketdi. Ammo bu yuragidagi azob oldida hech narsa emas edi. Amaya shoshib ikkalasini ajratdi.
– Bas qilinglar! - u baqirdi.
– Endi urishish vaqti emas! - Jimin tishlarini g‘ijirlatib devorga urildi. Uning ko‘zlari qizargan, dahliz bo‘ylab yurakni ezadigan jimlik cho‘kdi. U ham burchakka oʻzini otar ekan bu hodisa oʻzini ham ayblay boshladi. U Siennani ranjitdi... Zotan u hech qachon bundan qilmaslikka oʻziga va'da bergan edi.
Har soniya umid va dahshat bilan o‘tdi. Keyin eshik ochildi. Shifokor chiqib keldi. Ko‘zlari charchoqdan qizarib ketgan edi.
Shifokor yelkasini biroz pastga tushirdi. Uning yuzidagi charchoq va tashvish hammaga tushunarli edi.
– Operatsiya tugadi - u og‘ir nafas oldi.
– Lekin...
– Uning ahvoli juda og‘ir. - Jungkookning yuragi yana bir bor siqilib ketdi. Bu so‘zlar unga pichoq singari sanchilgandi
– Ko‘plab a’zolari jiddiy jarohatlangan. Uning chap oyog‘ida bir nechta sinish bor, ichki qon ketishi esa nazorat ostida. Ammo eng xavotirli tomoni... uning miyasi... - Hamma bir zumda nafasi ichiga tushib ketdi.
– Unga kuchli zarba olgan - shifokor vazminlik bilan tushuntirdi.
– Miya shishi kuzatilmoqda. Hozircha uni sun’iy komaga tushirdik.
– Koma? - Amaya ovozi qaltirab ketdi.
– Ha. Uni tanasi bunday shokdan keyin o‘zini tiklash uchun ko‘proq vaqt talab qiladi - Jimin qo‘llarini siqib oldi.
– U... - ovozi qaltirardi.
– uu uyg‘onadimi? - Shifokor ko‘zlarini yumib ohista bosh chayqadi.
– Hozircha hech qanday kafolat yo‘q. Keyingi 24 soat hal qiluvchi bo‘ladi. Agar bu vaqt ichida uning tanasi ijobiy javob bersa unda imkoniyat bor. Lekin agar... - U oxirigacha gapirmadi. Barcha gapirilmagan so‘zlarni ichlarida his qilishardi. Jungkook hech narsa demadi. U o‘zini yo‘qotgan odam kabi qimirlamasdi.
Qil ustida... Siennaning hayot va oʻlim oʻrtasida qolib ketgan edi.
"Bu... mening aybim. Men uni asray olmadim. Sevishimni yana qayta ayta olmadim..."
Jungkook yelkasiga ogʻir yuk bosilgandek jimib qoldi. Koʻzlari noma'lum nuqtaga qadalib qotib qolgan.
Shifokor vaziyatni tushuntirishda davom etdi.
– Biz uni kuchli nazorat ostiga oldik. Sun’iy nafas olish apparati ulanmoqda. Uning yuragi barqaror, ammo... agar tana yetarlicha kurashmasa u...
– Yetarlicha kurashmasa nima?! -
Jungkook birdan shifokorga o‘girilib oʻdagʻayladi.
– Unda... u o‘ziga kelmasligi mumkin. Har qanday holatga tayyor turing! - oʻrtaga sukunat cho‘kdi. Yuraklar g‘ijimlanib, zaldagi barcha jimib qoldi. Jimin yuzlarini ishqab chuqur nafas oldi. Amaya bir Jiminga bir Jungkookka nazar tashlab qoʻyar edi.
Jimin devorga tirsak tirab ko‘zlarini yumdi. U nafasi ichiga tushib ketayotganday edi.
Ammo Jungkook... Jungkook hech narsani eshitmayotganday edi. Dahliz uzoq cho‘zilgan tunnelga o‘xshab ketardi. Atrof qorong‘ulashib yurakning shitirlab urishidan boshqa hech narsa eshitilmay qoldi.
"Yo‘q... bu bo‘lishi mumkin emas. Men uni yoqota olmayman... Men usiz yashay olmayman! Shu hayotda borliging yashashim uchun sabab edi. Kim bilan boʻlsangda baxtli va soʻg boʻlsang boʻlgani... haqiqatdan Jimin mendan koʻra senga koʻproq loyiq Sien... "
U asta sekin orqaga yurdi. Tirjayib turgan shifoxona devorlariga suyandi. U endi butkul singan... Hayot va taqdir qotib qolgandek. Vaqt esa kutmaydi. U sekin va beshafqat oʻtib borardi....
°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°
Shu yerigacha oʻqigan boʻlsangiz fikr va reaksiyalaringizni bildirib keting shakar qandlarim.