March 21

Fated Lies

『 19-CHAPTER 』

| "If the world calls this love a sin, then let my heart remain beautifully damned."

| "Agar dunyo bu muhabbatni gunoh desa, unda yuragim go‘zal la’natda qolaversin."

•┈┈┈┈┈┈┈•✦•┈┈┈┈┈┈┈•

Tun yer yuziga qorong‘ilik kabi emas balki chuqur sukunat kabi yoyilgan edi. Osmonda bulutsiz kenglik ochilib yulduzlar birma bir ko‘rinib turar, ular go‘yo sovuq osmon bag‘rida jim miltillardi. Oy esa balandda turib kumush rang nurlarini atrofga sochardi.

Qalin o‘rmon ichida yo‘l tor va qorong‘i. Daraxtlar shu qadar zich o‘sib ketganki ularning baland shoxlari osmonni deyarli to‘sib qo‘ygandek, oy nurini faqat mayda parchalar holida yerga tushirardi. Ot qadamlari ostida quruq barglar shitirlab o‘rmon ichidagi chuqur sukunatni gohida yengil buzib qo‘yar edi. Yo‘l esa asta sekin pastlab borib daraxtlar orasidan kenglik tomon ochila boshlardi. Nihoyat, o‘rmon cheti tugagan joyda manzara birdan o‘zgarardi. Qorong‘i daraxtzor ortidan keng ufq ochilib oy nuri bilan yuvilgan shahar ko‘zga tashlanardi. U uzoqda, ammo aniq ko‘rinar, baland devorlari oy shu’lasida oqarib turar, minoralar esa osmonga tikilgan qoramtir soyadek cho‘zilib ketgandi.

Shahar darvozalari ulkan va salobatli bo‘lib, qalin temir bilan mustahkamlangan edi. Oy nuri ularning yuzasiga tushib, sovuq yaltirash berardi. Devorlar ortida esa uy tomlari bir biriga tutashib ketgan, tor ko‘chalar sukunatda yotar edi.

Jimin otini sekin yurishga undar ekan manzilga yetib kelganidan mamnun jilmaydi. Ammi uning hayollari butunlay boshqa yerlarda kezar edi. Ortidan ergashgan ulkan karvon esa charchoq bilan imillab yurib borardi.

— Men keldim Suyukligim... - Jimin uzoqqa tikilib hiyla jilmayib qoʻydi va otini tezroq chopishga undadi.

•·.·´♡·.·•

Tunda Morvessiya qirolligining ulkan saroyi butun hududni haybat bilan egallab turardi. Osmon chuqur, yulduzlar titragan va oy nuri qasrning baland minoralariga tegib, ularni kumush rang bilan yoritardi. Devorlar baland va mustahkam, har bir o‘yma va naqsh shafqatsiz vaqtni yodga soluvchi sirli hikoyalarni saqlardi. Qasr go‘yo osmondan yerga tushgan bir qo‘riqchi kabi jim va sofligini saqlab turgandek edi. Qasrning og‘ir eshiklari asta ochilar ekan ichkaridan shaffof ammo sirli nur sochilgan yo‘laklar ko‘zga tashlanardi. Baland devorlar qadimiy toshlar va nozik naqshlar bilan bezalgan, ularning orasida harakatlanayotgan soya va shamlar jilvalari xonani hayotiy ammo sirli qiladi.

Qars yoʻlaklari xira shamlar bilan yoritilgan. Yoʻlak oxiridagi qirollik xonasiga muhit juda taranglashib ketgan. Qirol qizi bilan yolgʻiz qolgan ekan hatto saroy xizmatchilari ham tashqarida vaziyatning qaltisligini his qilib jim va havotirda turardi. Xona ichida zulmatni faqat kichik shamlar yengib turibdi.

— Men boshqa takrorlamayman Flora! - Qirol yana qattiq ohangda takidladi. Qiz esa tajang qiyofada otasiga tik qaradi.

— Meni bu nikohga majburlay olmaysiz! Siz meni dich kelgan qirollikka sotib yuborish uchun ulgʻaytirdingizmi ota?! - Flora bu gal koʻzlariga yosh oldi. Shu kungacha istaganini muhayyo qilgan otasi bugun uni uch kundan soʻng mutlaqo boshqa bir qirollikka butun umrga jo'natib yubormoqchi. Yana u hech qachon tanimagan insonga turmushga bermoqchi.

— Bu seni burching! Tugʻilganingdayoq taqdiringga shu yozilgan. Buyruqlarimni ikkinchi bor muhokama qila ko'rma! Turmushga chiqasan tamom! - Qirol bu gal balandroq ohangda qat'iy soʻzladi. Qiziga qahr bilan sovuq tikilib turar edi. Flora chuqur nafas chiqardi. Otasini yuziga soʻngi bor nafrat bilan tikilar ekan hech bir soz demay xonani tark etdi. Eshikdan chiqar ekan uni kutib turgan bir necha saroy ayonlari va xizmatchilar biroz choʻchib qoldi. Ularning yonida turgan qiz esa Florani ortida yugurgilab ketardi.

— Flora amakim nima dedilar? - Flora esa uni eshitmagandek katta qadamlar bilan xonasiga shoshilar edi. Qiz esa asabiylashib borayotgan Florani bilaklaridan tutdi. Flora qizga achchiq qilib yuziga birdan oʻgirildi.

— Turmushga chiqyapman! Hosh yuzimdan bilinmayaptimi baxtday oʻlay deyapman! - Flora qizni siltab yana yoʻlak boʻylab ketib qoldi. Qiz uning ortidan biroz hayrat aralash qarab qolar ekan ogʻir yutundi. Hozir Flora bilan gaplashib olishning foydasi yoʻq. Uning jahli yuqori dajaraga chiqqan. Bu vaqtda u bilan gaplashib olish juda xavfli.

Ogʻir hoʻrsingan qiz chuqur nafas chiqardi. Yarimda tunga yaqinlashib qolgan. Yoʻlakcha sovuq shamol kezib kishi tanasidan muzlikni his etishga turtki berardi goʻyo. Tanasida nimadir jimirlab ketayotganini sezgan qiz qoʻllarini koʻksiga bogʻlab xonasi tomon ketdi.

Issiq va shinam xonasiga yetib kelar ekan egnidagi ogʻir liboslarni yechishga kirishdi. Sochlaridagi billur taqinchoqlarni olib tosh oyna qarshiga keldi. Biroz hayol surib tillarang sochlarini tarar ekan oʻyga choʻmdi. Kiyimlarini alishtirish maqsadida yogʻochli naqshlar bilan bezatilgan toʻsiq ortiga oʻtib tungi liboblarini kiyib yotoq tomon harakatlandi.

Kutilmaganda oynaning shiqirlashi e'tiborini tortar ekan uchingi bor xonasi oynasiga otilgan toshlar uning hayajonlanishiga sabab boʻldi. Tezda ayvon tomonga yugurgilab borgan qiz pardalarni chetroqqa surdi. Intizor kutgan yigit qiyofasiga duch kelgan qiz tezda ayvon eshiklari ochdi. Bir zumda ikki tana bir biriga jipslashib ketar ekan Jimin qizni belidan tutib koʻtarib oldi. Qizning quvnoq kulgu tovush yoyilar ekan Jimin keng jilmayib turardi.

— Qachon kela qolding? Nega menga habar bermading yaramas... - qiz Jiminning quchogʻida turib uni turtkilar ekan hoʻmraydi.

— Habar berganimda bu kutilmagan sovgʻa boʻlmas edi! - Jimin qizning burniga teginib qoʻyar ekan yana jilmaydi. Qiz uni qayta mahkam quchar ekan koʻzlarini yumdi.
— Hoʻsh Sevgilim meni sogʻindimi? Velouram nega jimsan?... - Veloura jim faqat uni qattiq quchib bagʻriga hotirjam nafas olar edi.

— Jim boʻl yolgʻonchi! - qiz qayta norozi ohangda tana qildi. Ammo undan uzoqlashmadi.
— Sen olti oydan soʻng qaytaman degan eding! Ammo bugun sakkizinchi oy... - Veloura yigitning yuziga qochlarini chimiribgina tikildi. Jimin esa uning yuziga sinchikov nazar tashlar ekan yuziga tushga tola sochini ortga oldi.

— Sakkiz oy-u toʻrt kun oʻn ikki soat... - Jimin qizning iyaklariga tutib labladini barmoqlari bilan silab qoʻydi. Veloura yutinib qo'yar ekan u ham Jiminning nim pushti bo'rtib turgan lablariga tikildi. Jimin ham buni sezib hiyla miyig'ida jilmaydi.

Qizni oʻziga yaqinroq tortqilagan yigit dudoqlarini uniki bilan qovushtiridi. Lablarini qizning qulupnay tamli dudoariga harakatlanar ekan koʻzlarini yumilgan uzoq muddatli sogʻinchdan soʻng sevgilisiga toʻya olmas edi. Veloura ham yigitni uzoq kutdi, sogʻindi, ko'rgisi kelgan lahzalarda uning siymosini hayolida qayta qayta gavdalantirdi. Sogʻinch azobi hech oʻtib ketmas edi. Ayriliq insonni kuchsizlantirib qoyadigan ko'rinmas kasallik kabi edi.

Bir biridan birozgina uzoqlashgan juftlik peshonalarini bir biriga tirab uzoq vaqt hansirab qolishdi. Nafaslar bir biriga qorishib qaynoqlikni oshirib borar edi. Jimin qizning yuzidan tutib ularni silab qoʻyar edi.

— Sogʻindingmi?... - Jimi atay oʻyinqaroqlik bilan jilmayib soʻroqladi. Yuzlariga qizillik yugurgan qiz boshini silkib lablarini qisib jilmaydi.
— Menchalik koʻp sogʻinmagansan... - Jimin qizni bag'riga olib peshosiga lablarini bosdi. Chuqur va hotirjam nafas chiqarar ekan koʻzlarini yumdi.

— Nega uzoq vaqt qolib ketding? - Veloura qiziquvchanlik bilan so'roqlagan boʻldi.

— Ishladim biroz koʻpayib ketdi. Yangi karvon sotib oldim... Endi amakingdan seni qoʻlingni soʻrashim mumkin! - Jiminning gaplaridan soʻng uning yuziga birdan tikilgan qiz keng jilmaydi. Yuzi porlab turar ekan ko'zlari yoshlanib ketdi.

— Haqiqatdan shundaymi? - Veloura ishonmaygina so'roqladi.

— Albatta Yagonam! Muhim topshirigʻim bor uni bajarsam soʻng amakingni qarshiga chiqaman... - Jimin qizga ko'zlarini suzib soʻzlarida davom etdi.

— "Jiyaningizni ikki yildan buyon sevaman. Uni menga bering. Uni butun dunyoning eng baxtli ayoliga aylantiraman deyman! Agar bermasangiz olib qochib ketaman, menga hech narsa qiziq emas. Istasangiz boshimni tanamdan judo qiling" deyman - u qizga termulib so'zlar ekan so'zlari oxirida kulib qoʻydi. Veloura ham yengil kulib qo'yar ekan yutinib qoʻydi.

— Jimin agar amakim senga hayoting bilan tahdid qilsa... Yolvoraman mendan voz kech! - qiz biroz achishgan burinchasini tortib qoʻydi. Koʻzlari yoshlangan ammo tabassum qilishga urinar edi.
— Bu seni sevmasligimni anglatmaydi. Qayerda kim bilan boʻlsang ham sogʻ salomat va baxtli boʻlishingni istayman! - Jiminning ham yuzini birdan oʻzgarib ketar ekan kayfiyati tushib ketdi. Yuzi jiddiylashib ketgan yigit qizning ikki yuzini kaftlasi orasiga oldi.

— Meni jonim ham baxtim ham faqat sensan Veloura! Sen bo'lmasang men ham boʻlmayman... - qizning issiq ko'z yoshlari yuzini siypap tushar ekan namlangan kipriklari pirpiradi. Yuragi tobora ezilib borar edi. Sevishga sevdi ammo keyinchalikchi? Amakisi doim uni eng martabali shahzodaga turmushga berishini aytadi. Amakisi fe'lini bilgan qiz uning bu sevgiga qarshi chiqishini juda yaxshi bilar edi. Ammo sevishgan oʻzini to'xtata olmadi.

— Jimin... Seni hayoting men uchun hammasidan muhim! So'z ber! Agar amakim joningni olish bilan tahdid qilsa taslim boʻlasan... Sevgimizdan voz kechasan... Agar senga nimadir boʻlsa oʻzimni oʻldiraman! - yuzi endi o'zgara boshlagan yigitning qaysarligiga qarshi chiqish uchun hayotini yakunlash bilan tahdid qilib qoʻydi. Jimin chuqur nafas chiqardi. U muhabbati juda koʻp sinovlarga dosh berishi kerak ekanligini bilar edi. Ammo u hech qachon taslim boʻlish haqida oʻylamadi.

— Agar sensiz boʻlsa bu hayotning menga ahamiyati yoʻq! Hammasi yaxshi boʻlardi Yagonam... Amakingni rozi qilish uchun hamma narsa qilaman! - Jimin qizni quchoqlar ekan uzoqlarga tikilib qoldi.

— Bu gal qancha vaqt qolasan? - yana boshini koʻtarib Jiminni yuziga tikildi. Jimin biroz jiddiy tortib jim qoldi.

— Haligi... koʻp vaqt qololmayman! Uch kundan soʻng qaytib ketaman... - Veloura jimib qoldi. Biroz ranjigandek mayus tortdi.

— Buncha kam... - Jimin sevgilisini mayus tortganidan o'zidan ranjib ketdi. U qizni doim uzoq muddat yolgʻiz qoldirib ketardi. Bunga majbur edi. U karvon sabab shu qirollikka kelib qoldi. Kutilmaganda qiz bilan tanishib qoldi. Bir necha qayta uchrashuvlar ularni yaqinlashtirdi. Hozir esa quchogʻidagi qiz uning butun borligʻi edi. U sabab qattiq ishlashni davom etdi. Junghwa qirolligi qirollik maslahatchisi lavozimigacha koʻtarildi. Qizning amakisi Velourani unga turmushga berishi uchun qoʻlidan nima kelsa shuni qilmoqda. Ammo qirol juda ojar, qattiqoʻl va rahm shavqatsiz edi. Buni Jimin ham juda yaxshi bilar edi. Qirol Velourani unga turmushga berishi faqat moʻjiza orqaligina ro'y berishi mumkin. Veloura ham juda tortinchoq, birozgina qoʻrqoq va sodda edi. U amakisining chizgan chizig'idan chiqmagan. Qirolning qarorlariga qarshi bir soʻz ham ayta olmaydigan qiz edi.

— Keyingi gal kelganimda seni ham olib ketaman! - Jimin yana jilmayishga urindi. Veloura ham xira kulimsiradi.

— Bu gal Florani olib ketishar ekan! Amakim uni qaysidir qirollikka jo'natib yubormoqchi... Nomi... haligi.. Junghwa boʻlsa kerak! - Veloura yigitdan biroz uzoqlashar ekan ikki ham kaftlarini bir biridan uzmay yotoqqa o'tirishdi. Jimin qizning gaplaridan soʻng oʻzini noqulay his eta boshladi. U qizga Junghwa haqida hech qachon aytib bermagan. Ammo u qiz haqida hammasini biladi. U Morvessiyaga Florani olib ketish uchun kelgan edi. Ammo bu haqida Velouraga ayta olmas edi. Veloura uni faqat tijoratchi savdogar yigit sifatida taniydi. Shu kungacha u qizga bir talay yolgʻonlar toʻqidi. Ustiga ustak Veloura juda qiziquvchan va e'tiborli qiz. U doim vaziyatdan chiqib ketish uchun yangil yolgʻonlarni so'zlar edi. Koʻzlarini atrofda kezdirgan yigit qizga nima deyishni bilmay qolgan edi.

— U qirolning qizi, ketishga majbur... - Jimin past ohangda ma'lum qilib qo'ydi.

— Flora buni inkor etdi. Axir u ham inson. Duch kelgan erkakka turmushga chiqib keta olmaydiku! Bu adolatsizlik... - hiyla jahl qilgan qiz havsalasiz ohangda bildirdi.

Jimin og'ir vaziyatdan chiqib ketish yoʻlini qidira boshladi. Mavzuni boshqa tomonga burish kerak. U qizga topshiriq haqida nimadir deb qoʻyishi mumkin emas.

— Bugun sen bilan qolsamchi! Shu yotoqda birga uhlaymiz... - u qizning belidan qoʻlini oʻtkazar ekan o'ziga tortdi. Velamora uyalib lablarini qisdi. Ichidan hayajonlanib nafasi tezlashib ketdi.

— Aqldan ozdingmi? Kimdir bizga birga ko'rsa ikkimizning ham boshimiz ketadiku... - yigitni koʻksidan itarga qiz ko'zlarini suzdi. Jimin yoqimli jilmayar ekan qizning ochiq yelkasiga lablarini bosdi.

— Yagonam... Agar senga yolgʻon soʻzlasam meni kechira olsanmi?... - Jimin ichidan ancha vaqtdan buyon aytishni istagan gaplarini ma'lum qildi. Ikkisi ham jimib qoldi. Jiminning ichiga gʻulgʻula tushdi. Nimadir tanasiga toshdek ogʻir botar ekan tobora betoqatlanib borardi.

— Nega... - qizning ancha muddat oʻylagan so'zlarini boshlanmasdanoq bo'lindi.

Eshik kuch bilan taqillar ekan bundan choʻchib ketgan Veloura tezda o'rnidan turdi. Tipirchilab nima qilishini bilmay qolar ekan vahimaga tushib qolgan edi. Yuragi taka puka boʻlgan qiz tinmay notekis nafas olar edi.

— Jimin! Jimin tezroq ketishing kerak... Yashirinishing kerak! Boʻl qo'l... - o'rnidan turib Jimin yaqin kelgan qiz uning bilaklaridan tutdi. Talvasa tushib qolgan qiz tez tez harakat qilar edi. Uni ayvonga sudrab borar ekan parda ortiga olib bordi. Eshit esa tinmay kuch bilan taqillar edi. Hovliqib Jiminga ko'zlarini katta ochib yashirinishini imo qilar ekan tinmay taqqilayotgan eshikni ochdi.

— Malikam... Flora... Malika Flora zahar ichibdi! Uni xonasidan xushsiz topdik... Borishingiz kerak!

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Zulmatga choʻmgan xonada saroy ayonlari va Veloura ham tilini yutib yuborgandek jim edi. Qirol tabib tepasida turar ekan tobora qizishib borar edi. Buni jagʻ tomirlari boʻrtib qizarib borayotgan yuzidan sezish mumkin edi. Veloura allaqachon titramoqda. U amakisini hurmat qilardi ammo shunga qaramay zir titrar edi.

— Veloura! Bundan habardormiding? Bu ahmoqgarchilikda seni ham hissangizni bordur! - qirol toʻsatdan ortiga burilib qizni siquvga oldi. Veloura bir zum nafas olishni ham unutib qoʻydi. Tanasida titroq yoyildi. Boshi yerga egilgan tili bir soʻz deya olmay qolgan edi. Ammo qirolni kutishga majbur etib boʻlmaydi.

— Meni bundan habarim yo'q edi qirolim... - sust ohangda ma'lum qilarkan kaftlarini ishqalab taranglashib borardi.

— Unga yaxshi tarbiya bera olmabman! - havsalasiz ortiga oʻgirilgan qirol Florani tekshirayotgan tabibdan javob kutardi.

— Qirolim malika kuchli zahar qabul qilgan. Zahar tanaga tarqalib ulgurgan. Ziddi zahar foyda berishi aniq ammo bunga oylarcha yillarcha vaqt kerak boʻladi. Malikaning qachon uygʻonishi ham noma'lum... - tabib egilib hadiksirab ma'lum qildi. Qirol mushtini tug'ib lablarini g'azablanib qisib oldi.

— Notovon qiz! Meni sharmanda qildi! - ortiga burilib butun ovozi bilan hayqirdi.
— Sendek qizim borligidan or qilaman! Oʻlimga hukm qilolmayman... ammo - Veloura amakisining so'zlarida daxshatga tushdi. Saroy ayonlari allaqachon qirolning hayqirigʻidan soʻng hammasi xonani tark etgan. Hatto tabib ham soyasini ko'rsatmas edi. Veloura battar qaltirab qolar ekan tanasini sovuq ter egalladi. U Florani doim amakisidan himoya qilib kelgan va yana bir bor bunga qoʻl ura oladi.

— Qirolim... uni kechiring... Yolvoraman! - Veloura birdan amakisi yoniga tiz choʻkdi. Uning kiyimidan tutib yigʻlabsirab yolvordi. Qirolning qahri va hukmi qattiq edi. U or nomus va saltanati uchun qizidan ham voz kecha olar edi.

— Oʻrningdan tur! Endi hammasi barbod boʻlib boʻldi! U uch kundan keyin Junghwaga jo'nab ketishi shart edi... Yuzimni yerga qaratdi! Va jazosini ham oladi... - qirol qizga hiyla nazar tashlab qoʻydi. Velouraning koʻzlari uzoqda tanasi yotoqda jonsizdek yotgan qizga yoʻnaltirdi. Uni himoya qilishi kerak. Nima qilib boʻlsa ham...

— Amaki! Uni avf eting... Men... Men ketaman! Men uning oʻrnidan ketaman! Faqat uni kechiring... Yolvoraman amakijon... - Veloura hoʻngrab yigʻlab boshini yerga urib yolvordi. Qirol uzoqlarga tikilib qoldi. Bu nikoh ancha avval reja qilingan. Va mamlakat uchun ham juda muhim. Avval xushsiz yotgan qiziga keyin esa tiz choʻkib yigʻlayotgan qizga qarab qoʻydi. Biroz sukut saqladi. Koʻzlarini asabiy yumib hoʻrsindi.

— Sen yaxshi qizsan... Meni bu botqoqdan faqat sen olib chiqa olasan! Barakalla qizim... Sendan faxrlanaman! - qirol ortiga oʻgirilib Velourani yelkasidan tutib turgʻizdi. Qizning boshini silab qoʻyar ekan qiyofasi hamon oʻta jiddiy edi. U hamon jahldan tushmagan. Flora uni barcha rejalarini chippakka chiqargan edi. Ammo Velourani jo'natishdan boshqa iloji ham yoʻq. Bitim imzolangan, hammasi hal qilib qoʻyilgan.

Veloura aytgan gaplaridan oʻzi afsusda jim qoldi. U hozirgina barcha ozrular va sevgisi amakising sha'ni uchun qurbon qildi. Koʻzlaridan qaynoq yoshlar sizib chiqar ekan yuragi yonib ketar edi. Lablarini qisib nafasini ushlab turdi.

— Unda safarga tayyorgarlik koʻr! Uchinchi kuni mamlakatni butunlay tark etasan. O'zing shunga tayyorlab bor. Bilaman... Qizim sen kuchlisan. Sen Flora kabi emassan. - qirol qizni yelkasini qoqib sovuq yuzini undan oʻgirdi. Xona eshiklar tashqaridan yopilar ekan Veloura hamon bir nuqtaga tikilib qotib qolgan edi. Miyasida shu kungacha boʻlgan barcha hodisa qayta jonlandi.

Tanasini tutib tura olmagan qiz yerga tizzalab qoldi. Kaftlarini ogʻziga yopib baqirib yuborar ekan butun vujudi yonib ketardi. Hoʻngrab yigʻlayotgan qizning ovozini faqat xonaning qalin devorlarigina eshitar edi. Yotoqda sal kam jonsiz yotgan qiz esa olamdan uzoqlashib ketgan. U oʻzi uchun eng togʻri deb bilgan ishini qildi. Veloura yerga egilib qolar ekan chuqur chuqur nafas olishga urinar yigʻisini ichiga yutishga zoʻr berib harakat qilar edi.

° Sen bilan hech qachon birga bo‘la olmasligimni bilar edim, Jimin. Doim hayolimda shu haqiqat turardi. Ammo baribir menda umid bor edi… juda kichkina, zarrachagina umid. Balki bir kun hammasi o‘zgarar, balki taqdir bizga ham rahm qilar deb o‘ylardim. Sen bilan bir yo‘lga chiqishim mumkin emasligini ham, bu saroy devorlari orasida tug‘ilgan muhabbat oxiri baribir ayriliq bilan tugashini ham bilardim. Lekin baribir seni sevib qoldim. Balki bu hayotimdagi eng lazzatli xatoligim edi...

Sen mendan voz kechmasdan men sendan avvalroq voz kechdim, suyukligim. Meni kechir. Bizning sevgimiz eng boshidan imkonsiz edi… Men buni aytayotganimda yuragim qanday og‘riyotganini bilsang edi, Jimin. Go‘yo ko‘ksim ichida nimadir sekin asta uzilib ketayotgandek. Har bir so‘zim yuragimni yana bir bor tilayotgandek. Men seni sevib qolganimni qachon anglaganimni ham eslay olmayman. Balki sen birinchi marta menga jilmayganingda… balki ismimni aytganingda… balki yonimda turganingda yuragim g‘alati urgan o‘sha lahzada. Ammo sevdim...

Har kuni o‘zimga, “U oddiy yigit, sen esa qirollik qizi… bu yo‘lning oxiri yo‘q,” deb aytdim. Ammo yuragim bunga quloq osmadi ham. U faqat seni tanladi. Mening muhabbatim meniki boʻlishi mumkin ammo hech qachon sen meniki boʻlamaysan...

Men ota onasida ayrilgan bir boshpanasiz qizaloq edim. Shu saroy meni barcha qiynoqlardan himoya qildi. Amakim men uchun hamma narsa qildi. Flora ham... endi navbat meniki. Shu sabab men oʻzligimdan kechdim... Yoʻlimni tanladim. Kechir... Sen meni na baxtim boʻlolding na tanlovim.

Balki yillar o‘tib ketar. Balki men boshqa birovning yonida yashashni o‘rganarman. Ammo yuragimning bir bo‘lagi doim sen bilan qoladi. Unutma...

Meni kechir, suyukligim.
Bizning sevgimiz chiroyli edi… ammo u hech qachon yashash uchun yaratilmagan edi.

•·.·☆·.·•

Junghwada vaziyat chigallashib borar edi. Mamlakat qaltis vaziyatga kelib qolgan. Jungkook yetti kundan buyon xushiga kelmagan. Yelkasidagi yarasi esa jiddiylashib borardi.

Mamlakat qirolning yo'qolib qolganidan havotirda, saroy ayonlari esa bunday qulay vaziyatdan foydalanib olib saltanat ichki va tashqi huquqiy ishlari pesh qilib qayta qayta kengash chaqirishni talab qilib qirolga maktub yuborar edi. Jungkook hamon tosh qarsda bir necha tabiblar qaramog'ida edi. Asosiy qarsni Niki bir amallab boshqarib turar ammo xalq va ayonlar tinmay Jungkookni kelishini va muammolarni hal qilishini talab qilar edi. Uch kun ichidan Jiyeong tarafdorlari shaharda oʻz tarafdorlarini yigʻib namoyish oʻtkazishga o'tishdi. Qisqa vaqt ichida bu qoʻzgʻalonga aylanib ketishiga bir qadam qolgan edi. Ammo Niki uni bostirish uchun shahar ichida shaxsan kirib bordi. Xalq oldida Jungkook uzoq muddatli jangda toliqqani va xoinlar tomonida kamondan oʻq yeganini ma'lum qilishga majbur boʻldi. Bazida shahar hokimlari buni tushunib vaziyatni o'z qo'liga olib har bir shaharda o'zlari buyruq berib qozgʻalonlarni botirdi. Biroq Jungkookka nisbatan gʻarazli niyati bor hokimlar va mulozimlar ham kam emas edi. Ular xalqni Jungkookka qarshi qayray boshladi. Shu sabab Junghwada bazi shaharlarda hamon qozgʻalonlar kuchaymoqda.

Tunning harorati so‘ngsiz sokinlik bilan aralashgan. Oy nuri shaffof va sovuq, devor va shiftlarga xira porlab har bir burchakni o‘z sirli ranglari bilan qamrab olgan. Sukunat kishi qalbini parchalab yuborgudek edi. Ayvon orqali shaffof pardalarni silab ichkariga oshiqqan shabada xonaga sovuqlik baxsh etar edi. Sabin oʻrnidan qoʻzgʻalib mahzun qiyofada ayvon eshiklarini berkitdi. Qayta yotoq yoniga kelar ekan tanasi olov kabi yonayotgan Jungkookning peshonasidan silab qoʻydi. Yetti kundan buyon uning vujudi azob ichida. Sabinning qoʻlidan hech narsa kelmas edi. Muz solingan idishga mato botirgan qiz sevgilisi kuyinib hatto haroratni ham his qilmay qoʻygan edi. Muzli matoni Jungkookning ochiq tanasiga va peshonasiga bosdi.

— Sevgilim... tezroq tuzal! Iltimos meni yakka oʻzimni qoldirma... - Sabin yetti kundan buyon qurishga ulgurgan koʻz yoshlarini artib ogʻir yutundi. Shu vaqt ichida tomogʻidan bir luqma ham oʻtmadi.

Eshik ochilib xonaga kirib kelgan qadam tovushlarini eshitgan qiz oʻrnidan turdi.

— Sabin uning ahvoli qanday? - Hoseok bir necha oʻn soat ilgari Jungkookka ichirgan dori ta'sirini bilish maqsadida so'roqladi. Sabin chuqur hoʻrsindi.

— Endi tanasi olov misol yonyapti... - mayus nigohlarini yotoqda ranglari uchgan eriga yoʻnaltirdi.

— Sabin men Jungkookning holatini senga ochiq ayta olmayman. Ammo zahar butun tanaga yoyilib boʻlgan. Bunday vaziyatda ziddi zahar foyda bermaydi. Qonni toʻliq yuvib tashlashimiz lozim... bu esa uzoq muddat vaqt oladi. - Hoseok bilganlaridan bir parchasinigina qizga ma'lum qildi.

— Hoseok bu oʻzi qanday zahar? Bir qarasa tanasi muz kabi qotib qoladi. Yuragi toʻxtab qolmikan deya vahimaga tushib qolaman. Bir qarasa tanasi olov kabi yonadi. Men bilaman... Bu oddiy zahar emas. Iltimos faqat haqiqatni ayting! Jungkook yashaydi-ya...? - Sabin bor kuchini yigʻib Hoseokni qarshiga turdi. Bur tomchi koʻz yoshi yumalab tushdi. Jon qulogʻi yigitning bir ogʻiz soʻziga qaratilgan.

— Zahar kuchli... Ammo men koʻproq Jungkookning kuchiga ishonaman! - Hoseok yigitga tikilib qoldi. Sabin lablarini qisib ilojsizlikdan ko'zlarini xonaning har yerida kezdirdi.

— Uni bu holatda koʻrishgan chiday olmayapman... - kutilmaganda hoʻngrab yogʻlab yuborgan qiz kaftlarini yuziga olib bordi. Chuqur nafas olib qayta koʻzlarini Jungkookka tikdi.

— Qon yuvishni ertadan boshlaymiz. Bir hafta ichida uddalasak hammasi oʻz holiga tushib ketadi... - Hoseok Jungkookning yarasiga koʻz yugurtirdi.

— Ulgurmasak nima boʻladi?... - Sabin ichidagi qoʻrquvga sabab boʻlgan gaplarni aytdi.

— U siz yashashga koʻnikishga majbur boʻlasan! - Hoseok yigitga tikilib qotib qoldi. U ham Jungkookni yashab qolishini istaydi ammo bu noyop zaharni tanadan chiqarib yuborish oson emas. Sabin uning soʻzlarini ma'nosini anglab yetar ekan ruhi titrab ketdi. U siz yashamoq? U Jungkooksiz yashay olarmidi? Joyida toshdek qotgan qiz hech nimasi his qilolmadi.

Dunyo uning atrofida aylanayotgandek tuyular, ammo u hech narsani anglamay, o‘zini tanimay qoldi.

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Tun bilan tong orasidagi o‘sha noaniq lahzalar. Osmon hali quyosh rangini ko‘rmagan, ufqlar esa faqat xira kulrang nur bilan asta yorisha boshlagan pallada edi. Atrofda g‘alati sokinlik hukm surar, go‘yo tun hali ketishga shoshilmay, tong esa hali kelishga jur’at qilmay turgandek. Saroyning baland devorlari ichidagi shohona xona ham shu xira yorug‘lik bilan sekin uyg‘onayotgandek edi. Ochiq ayvondan kirib kelayotgan tongning sovuq shabadasi og‘ir, qimmatbaho pardalarni asta tebratar, xona ichiga salqinlik olib kirardi. Oqartirilgan devorlardagi nafis naqshlar va oltin bezaklar hali to‘liq yorug‘likni ko‘rmagani sabab, xira soyalarda jim turardi.

Sabin tuni bilan mijja qoqmadi. Sevgilisi boshida turib uning namiqqan sochlarini silardi. Qalbi oʻsha daxshatli tahminlarni qabul qila olmas, koʻzlari tungi shoshqator yoshlar sabab qizarib shishib qolgan. Jungkookning ranggi oʻchgan, lablari quruqlashib yuzidan qizillik oʻchgan. U sust nafas olar edi. Sabin uni koʻz oldida soʻnib borayotganini kuzatib hech narsa qila olmas edi. Yana bir tomchi koʻz yoshi sirgʻalib tushdi.

— Sevgilim... qachon uygʻonasan! Seni juda sogʻindim... - Sabin egilib uning namlagan peshonasidan oʻpib qoʻydi. Koʻzlarini yumib biroz uning yuziga yaqin turdi. Harorati juda past. Uning qaynoq tafti yo'qolib borayotgandek edi.

Uzoqdan eshikni taqqilagan tovush Sabinni turishga undadi. Eshik ochib ortiga oʻgirilib qarab qoʻyar ekan qarshida Niki va Bosh Vazir Hajo egilib turardi. Sabin ular yana nimaga kelganini fahmlab tashqariga chiqdi. Hoʻrsinib qoʻyar ekan u ham nima deyishni bilmas edi.

— Ahvoli hamon yaxshilanmadi... - Sabin shu soʻzlarni aytib lablarini qisdi. Ichidan yana nimadir qayta koʻtarilib kelar edi.

— Jungkooksiz saltanatni eplay olmaymiz. Saroy boshqa ayonlari Katta kengashni yigʻishni talab qilishdi... - Bosh vazir Hajo qoʻlidagi oʻralgan qog'ozni koʻrsatib uni Sabinga uzatdi.
— Agar yangi qirolning birinchi Katta kengashi yana kechirtirilsa Jungkookni taxtdan agʻdarishga harakat yanada kuchayadi. Xalq, ichki va tashqi ishlar qarovsiz qolgan. Kengash qirol qarorisiz hech ishga qoʻl urolmaydi. Buni istashmayapti ham... Kengash kechirtilsan xalq yana qo'zg'olon koʻtarishiga sabab paydo boʻladi. Jungkook taxtdan voz kechishiga togʻri keladi... - Bosh vazir Hajo boshini egib Sabinga bayon etar ekan ovozida afsus va hijolat sezilib turar edi.

Haqiqatan Jungkook haftalar davomida yo'q boʻlib qolgan. Xalq qirolning qaytishini va mamlakatda tartib o'rnatishini talab qilishdan to'xtamas edi. Ular sotqin saroy ayonlari va Jungkookning dushmanlari tarqatayotgan yolgʻonlarga ishonayotgan edi. Chunki yo'qolib qolgan qirolga emas bor boʻlgan qirollik vakillariga ishonish eng togʻri yoʻl edi ular uchun. Sabin qog'ozni ochib oʻqir ekan yana bir yirik muammoga duch kelganini his qildi. Yana bir chuqur nafas olib koʻzlarini havsalasiz yumdi. Qayta Bosh vazir Hajoga tikilar ekan Niki hamon jim edi.

— Unda Katta Kengashni yigʻing! Qirolning rafiqasi Qirolicha Jeon bu kengashni olib borishini yetkazing...

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Quyosh allaqachon ufqdan bosh ko‘tarib, osmonni mayin oltin rangga bo‘yab ulgurgan. Tongning sovuq nafasi sekin iliqlikka almashib yorug‘lik yer uzra sokin yoyilar, hamma narsa yangi kunning nurida asta uyg‘onayotgandek ko‘rinardi.

Morvessiya qirolligining ulkan saroyi ham shu oltin tong nurida butun salobati bilan qad rostlab turardi. Baland minoralar, marmar devorlar va naqshinkor ustunlar quyosh nurlarida yaltirab, saroy hovlisi allaqachon gavjum tortgan edi. Zodagonlar, vazirlar, saroy ayonlari va xizmatkorlar keng maydonda yig‘ilgan, har kim o‘z o‘rnida sukut bilan turardi. Bugun bu yerga yig‘ilganlarning bari bir sabab bilan kelishgan. Malikani boshqa qirollikka kuzatib qoʻyish.

Saroy darvozasi oldida qo‘riqchilar saf tortib turar bayroqlar yengil shamolda hilpirab tong yorug‘ida yanada tantanali ko‘rinardi. Ulkan darvoza ochilib temir bilan mustahkamlangan qanotlar ikki tomonga surilar ekan tashqaridan tartibli qadam tovushlari eshitilardi. Darvoza ortidan Junghwa qirolligidan kelgan maxsus vakillar saf tortib kirib kelishdi. Ular uzun qator bo‘lib qat’iy tartib bilan yurishar, oldinda qirollik ramzlari tushirilgan bayroqlar ko‘tarilgan edi. Jimin hashamdor libosda hammadan oldinlab borar ekan togʻri qirolning qarshiga keldi.

Halitdan buyon oʻzini anglamay yerga koʻz tikib turgan qizning qalbi iztiroblar ichida edi. Jimin unga zimdan nazar tashladi. Ichidan keyingi shunday ko'rinishda kelib Velourani olib ketishi haqida oʻyladi.

— Xush kelibsizlar... Mazur tutasiz ammo sizni biroz tanimadim. - Qirol mulozamat bilan so'roqladi. Jimin jim turdi. Yonida turib biroz egilgan sarkardalardan biri oldingan chiqdi. Qirol izn berib bosh chayqadi.

— Junghwa mamlakati shaharlar buyuk voliysi, Qirolning bosh maslahatchisi va ikkinchi darajali general Park Jimin. - sarkarda ma'lum qilar ekan yana safga qaytdi.

Veloura quloqlariga ilinib qolgan ism egasini ko'rish uchun boshini ko'tardi. Jiminning o'tkir nigohlari bilan toʻqnash kelar ekan vujudi boʻshashib ketdi. Ustidan muzdek suv quyib yuborgandek his qildi o'zini. Tanasi sovuq ketdi. Dimogʻi achishgani sabab boshini egdi.

— Jeonlar doim eng ishonchli va mahoratli qirollik vakillarini terib olishiga aminman. Qizimni sizga omonat topshira olaman deya oʻylayman... Janob Park! - Qirol boshini silkib qoʻyar ekan sekin ortiga oʻgirildi.

— Malika Veloura! Junghwa mamlakati shahzodasi uchun atalgan qizim. - qirol yelkasini titrayotgan qizni kuzatib turardi. U bolalikdan juda hurkak qizaloq edi. Ammo ayni damdagi holati qirolni ham qalbiga havotir soldi. Veloura ismini eshitgan Jimin ham joyida qotib qoldi. Yuzidagi bor ifoda ham ochib ketdi. Nafaslar sustlashib ketgan. Veloura oʻzini arang tutib turar edi.

— Senga ishonaman qizim, faxrlanaman ham! Baxtli boʻl! - qirol qizga yaqin kelib uning ochiq peshonasidan oʻpib qo'yar ekan uzoqlashdi. Veloura oʻsha onda ongini yoqotib qoʻydi. Ortidagi bekalar unga yurishga undar ekan oldinga qadam bosdi. Jiminni yonginasidan oʻtib ketar ekan boshini ko'tarmadi. Jimin barini anglab vayron boʻlgan qalbi boʻlaklarini tiklashga uringandek edi. Koʻzlari qisilib chuqur nafas olishga urindi. Sevgan yorini oʻz qoʻli bilan shahzodaga nikohlashga olib ketmoqda. Bundan ogʻir yuk boʻlmasa kerak. Oʻz sevgilisini oʻzgasiga oʻz qoʻlini bila topshirish...

Veloura oʻsha karaxt holatda yirik faytun yoniga keldi. Ortiga oʻgirilib Jiminga qarashga jur'ati yetmas edi. Faytun eshiklaridan kirib unga joylashib oldi. Bu faytun yoʻl davomida uning yolgʻizligi edi.

Jimin uzoqdan uning ortida tikilib qolar ekan jagʻlarini qisdi. Qanday qilib Morvessiya malikasi u boʻlishi mumkin. Axir Flora qirolning yakkayu yagona qiz ediku. Jimin bu yerga Florani olib ketish uchun kelgan edi ammo taqdir uning joyini jondan sevgan insoniga alishtirib qoʻydi. Jimin bularni qabul qilib olish uchun koʻzlarini yumdi. Boshida ming xil oʻy hayollar aylanar edi. Nafasi sust. Yurak ritmni esa juda yuqori. Barchasi chalkashib ketdi...

•·.·´♡·.·•

Tongning birinchi noaniq nuri kengashlar zalining baland derazalaridan sirg‘alib kirardi. Quyosh hali ufq ortida yashiringan, ammo uning iliq oltin nuri asta zalning keng shiftlariga va marmar ustunlariga yaltirab tushar, qirollik bayroqlari va shamdonlardagi olov bilan uyg‘unlashib, g‘alati bir shohona porlash yaratardi.

Zalning har bir burchagi gavjum. Saltanat vakillari, amaldorlar, saroy ayonlari va shahar voliylari jam bo‘lib, yuzlarida kutish, hayajon va taraddud aralashib ketgan ifoda bilan turardi. Ularning qimmatbaho liboslari ipak matolar, oltin tugmalar va murakkab naqshlar bilan bezalgan, ammo bu ularning xoinlarga xos siyratini yashira olmayotgandek edi. Markazda qirolning taxtni sipasi gavjumlikdan holi. Hamma oʻsha taxt egasini kutardi.

Past ovozli shivirlar zalni to‘ldirgan, kimdir yonidagi zodagon bilan sir suhbat qilar, kimdir uzoq safardan kelgan voliy bilan bosh irg‘ab salomlashardi. Barchaning oʻgʻrinchi nigohlari taxtga yoʻnalib ketardi.

Shu on darvolar ochilib shohona libosdagi ayol ortidan bir gala ayonlar bilan kirib keldi. Hammaning nigohida unda. Sabin boshini tik tutib magʻrurlik ila yengil qadam tashlab kelardi. U taxt yoniga keldi. Unga koʻz qiri bilan nazar tashlar ekan uni kuzatib turgan minglab qiyofalar tomon oʻgirildi. Vujudida biroz hayajonni his qilgan qiz chuqur nafas oldi. Zalda hamma sukut saqlab qizga tikilar edi. Alq egalari allaqachon qizning kim ekanligini fahlab yetgan. Sabinni toʻrt tomonida soqchilar uni muhofaza qilib turar edi.

Oʻxshatishga harakat qildim azizlar...

— Sizni bu yerda koʻrib turganimdan mamnunman. Men qirol Jeon Jungkookning rafiqasi Jeon Sabin. Junghwa saltanati qirolichasiman. Kengashni men yigʻdim. Qirolim betobligi sabab uni urintirib qoʻyishni istamasdim. Bundan keyin kimdir yana kengash chaqirishni talab qilsa qirol oʻzini tiklab ulgunga qadar Kengashga men boshchilik qilaman. Qirolicha sifatida oʻz huquqlarim va Junghwa qonunlarini juda yaxshi bilaman. Davlat ishlari, ichki va tashqi masalar barini men bilan hal qilasiz! Qirol oʻrnidan men farmon chiqaman. Bunga hech qanday cheklovlar yo'qligini shu yerda meni eshitayotgan hamma biladi. Agar yosh ayol qandaydir xatoliklarga qoʻl urishidan choʻchisangiz avvaldan eslatib oʻtay. Menda ellik yillik tajribaga ega Bosh vazir Hajo va uning ayonlarining maslahatlari mavjud. Men qattiq mehnat qilaman va saltanatdagi barcha tartibsizliklarni oʻz nazoratimga olaman! Agar bunga qarshilar boʻlsa marhamat oʻzini ma'lum qilsin! Menga qarshi chiqmoq qirolga qarshi bosh koʻtarmoqqa teng! Qirolga qarshi bosh koʻtarganlar esa xoin hisoblanadi. Men qirolning qizi sifatida bunday xoinlarni qay tarzda jazolashni yaxshi bilaman! Hoʻsh savol va takliflar boʻlsa marhamat... - Sabin tanasidagi titroqni bosib yuzida sovuq ifoda va oʻtkir nigoh bilan barchani kuzatib chiqardi.

Zaldagi hamma jimib qoldi. Sabin bir ikki qadam tashlab turgan yerini aylandi. Qadamlari yengil va ixtiyoriy edi. U bunday kengashlarni doim yashirincha kuzatgan. Qirol Chanwooning hukmlari va farmonlaridan, oʻzini tutishi va qiyin vaziyatlarda yechim topib ketishidan anchagina tajriba ortirgan edi. Sabin davlatni qanday boshqarish kerakligini bazi shahzodalardan ham yaxshiroq bilar edi. U hayoti davomi Qirol Chanwooning hech bir kengashini oʻtkazib yubormadi. Aqlini tanib yashirin yoʻlakchani topib olganidan boshlab u qirollik ishlarini hufiyona kuzatar edi. Bu Sabin uchun juda qiziqarli edi. Hatto kengash davomi ayonlar uhlab qolishi mumkin edi, ammo Sabin har bir gapni oxiriga eshitib anglab, o'zi tahlil qilar. Qirol buncha qanday yechim topishiga qiziqar edi. Bugun oʻsha qiziquvchanligi va eshitganlari unga qoʻl keldi. Sabinning beshafqat va sovuq aurasidan gapirishga choʻchib qolgan ayonlar mum tishlab jim turishar edi.

— Demak kengashni boshlaymiz! Birinchi masalamiz xalq ichi qirol haqida saftasa va choʻpchaklar tarqalishi yoʻl ochib qozgʻalonlarni qoʻrqoq mushukdek kuzatib turgan shahar voliylari haqida boʻladi!

˚₊·‌‌‌‌➳❥

Tungi shabada sovuq boʻlishiga qaramay yoqimli edi. Niki yoʻlak boʻylab ketar ekan bugun katta kengashda Sabin qanday qilib butun saroyni qoʻliga olganini oʻylab unga ichidan takror tasannolar aytib borardi. Xonasi eshiklari ochilar ekan ichkariga kirdi. Allaqachon uning buyrugʻiga koʻra xonaga kelib shahzodani kutayotgan qiz ortiga oʻgirildi. Sonya biroz talmovsirab hayratga yigitga tikilib turar edi. Niki xonaga kirgach jiddiy yuzi birdan yorishib ketdi. Sonya undan hijolat chekib yuzini pastga egdi. Niki unga yaqin kelib jilmayar ekan iyalaridan ohista tutib boshini koʻtardi. Sonyaning charos koʻzlari unga qadaldi.

— Nega meni yarim tunda xonangizga chaqirdingiz? - Sonya ichida saqlab turgan gaplarni uning yuziga aytdi. Niki yuzini burib kulib qoʻydi.

— Yolgʻiz qolganimizda menga oldingidek munosabatda boʻl! - yigit ohista ma'lum qildi. Sonya bosh chayqadi.

— Nega chaqirding? Uhlasang boʻlmaydimi? - Sonya birdan oʻzini erkin tutib ters ohangda soʻzladi. Niki yengil ovoz chiqarib kuldi. Qizning qoʻllaridan tutib ularni silab qoʻydi.

— Ikki juftlik yarim tunda nima qilishi mumkin...- Niki qizga yaqin kelib ayyorona qarash qilib bayon etdi. Sonyaning yuzi qizarib ketdi.

— Birga ovqat yeyishsa kerak-da! - yuzini yigitdan burib oddiygina javob qildi.

— Ochiqdingmi? - Niki qizning yuzini silab so'roqladi. Tongdan buyon bekalar sabab hech narsa yemagan qiz bosh silkidi.
— Unda birinchi seni toʻydiramiz... keyin esa meni! - Niki jilmayib qoʻyar ekan saroy xizmatchilariga buyruq berish uchun oʻgirildi.

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Xonada qizning kulgusi yoyilar ekan u otgan uzum bo'lagi Nikini o'ziga borib tushayotgan edi. Sonya go'shtidan parcha olib ogʻziga silar ekan ularni hayrat bilan chaynadi.

— Mmm... Buncha mazali boʻlmasa! - Sonya o'sha go'shtdan yana ogʻziga soldi. Niki uning yoqimtoy qiyofasiga tikilib turar edi. Qiz telba kabi hamma narsadan tatib koʻrar, u bilan oʻrnashib bolalarcha handon otib kular edi.

— Bu koʻk ohu go'shti! Mening ham eng sevimli taomim... - Sonya uning gaplaridan ko'zlarini katta ochib sharbatdan hoʻpladi.

— U oʻldirilganmi? - Sonya luqmasini chaynab boʻlgacha so'radi. Niki yana kulib yubordi.

— U oshqozonninga tushib boʻldi! Yaxshilab oʻyla u tirik boʻlishi mumkin... - Niki qizni mazaxlab qah qah otib kulib yubordi. Sonya unga hoʻmrayib tikilib turar ekan ogʻzidagilarni toʻliq yutib yuzini burdi.

— Meni kalaka qilsapsan! Ammo togʻri men biz topori choʻri qiz boʻlsam koʻk ohu go'shti tugul uning nomi haqida eshitmaganman. Savodsiz choʻri qizdan yana nimani kutding? - Sonya biroz yigʻlabsirab achchiq so'zlar bilan bildirdi. Niki kulishdan to'xtab qizni ranjitib qoʻyganini sezdi. Sonya jim harakatsiz turar ekan doim yerga urilishdan charchagan edi. Niki qizga yaqinroq surildi.

Sonya oʻzini nariroqqa olar ekan Niki xira iljayib qizni belidan tutib oʻziga tortdi. Tanalar bir biriga juda yaqin turardi. Sonyaning qizillik yugurgan yuzi Nikiga juda yaqin. Nafaslar bir biriga urilarkan qizning yuragi hapqirib ketdi.

— Barchasi men senga oʻrgataman! Oʻqish, yozish, hayotning qiyinchiliklari, yangi taomlar va sen ko'rmagan hayvonlar. Barchasi men o'rganaman. Eng savodli ayol sen boʻlasan! - Niki yuzini silab unga chuqur tikildi. Nigohlari qizning nim pushti lablariga ko'char ekan o'zini boshqarishga urinardi.
— Faqat sen istasang boʻlgani... Hozir esa men senga tungi juftliklar qiladigan ishlarni o'rgataman! - Niki qizning dudoqlarini egalladi. Sonyani nafasi ichiga tushib ketar ekan tipirchilashni ham unitib harakatsiz qolib ketdi. Tanasida gʻalayon. Qalbida esa qora dogʻ uni yutib yuborishga shay edi. Pushaymonlik, uyat, qoʻrquv...

Niki uning liboslari bogʻichini yechib olar ekan qizning koʻksida ochiq qoldi. Tartibsiz nafaslar havo bilan qorishib ketar ekan Niki shoshilinch harakat bilan egnidagi yupqa libosni yechib tashladi. Sonya yerga egilib koʻzlarini yumar ekan yoshlar yuzida shoshqator oqar edi. Niki qizni yana o'ziga tortib masofani qisqartirdi. Sonyaning yigʻisi kuchayib ketdi.

Niki uning qizarib daxshatga tushgan yuziga qadalib qolar ekan shahvati sabab qizga ozor berib qoʻygani haqida o'yladi. Sonyani bunga hali tayyor emas deya fikrlab ohista libosinining oldini ochdi.

— Bu qo'rqinchli emas... Sen allaqachon kap katta qizsan. Sonya... shunchaki hammasini menga qoʻyib ber! - Sonya battar hoʻngrab yigʻlar ekan oʻzini nari olib yuzlarini yopib oldi. Yelkasi titrar, nafasi oʻpkasiga yetib kelmas edi. U vahima tushib yigitdan uzoqlashishga urinardi.

— Bunday qilolmaymiz! Kechir... ammo men senga loyiq emasman! - Sonya ko'z yoshlariga choʻzilib chuqur hansiragancha Nikiga mayus tikildi. Niki ko'zlarini qisib qizga yaxshiroq tikildi.

— Unday emas! Men seni tanladim... menga eng loyigʻi faqat sensan! - Niki qizga qoʻl choʻzdi biroq Sonya undan qochib ortga siljidi. Yuzida qoʻrquv va tushunarsiz mahzun qiyofa.

— Men bokira emasman! Ho'sh endi ayt senga loyiqmanmi?

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Salom shakar qandlarim shu yerigacha oʻqigan boʻlsayiz albatta fikrlaringizni kutaman. Reaksiya bosishni unutmang. Bu men uchun juda muhim.

Imloviy xato koʻp boʻlsa kerak. Sorry, men ham odam xato qilaman.....

Author Sienna