March 11

LOST LOVE

18-BOB.

` U ketti ammo qoldirgan dogʻi oʻchmadi...

° ° °
Vaqt shafqatsiz.

Soatlar asta sekin siljir go‘yo har bir daqiqa og‘ir yukday yelkaga osilgandi. Shifoxona devorlari orasida kutayotgan har bir nafas azobga aylanib borardi. Jungkook, Jimin va Amaya... Ular bu yerdan ketolmas ammo qolish ham chidab bo‘lmasdi. Shifoxona koridorlarida qorong‘u jimlik hukm surardi. Elektron asboblarning bexos ovozi, bemorlarning past ovozda ingrashlari va hamshiralar yengil qadam tovushlari, bularning bari oldingidek emas qandaydir g‘alati, uzoq va tushunarsiz edi.

Jungkook devorga suyanib o‘tirardi. Uning boshi pastga egilgan, qo‘llari esa musht bo‘lib tugilgan edi. Ichidan o‘tib ketayotgan azob yuzidan aks etmasdi, lekin yuragi har bir soniyada og‘riq bilan urardi.

"Shunchalik kuchsizmanmi? U yerda yotibdi... yolg‘iz... azobda... qoʻlimdan hech narsa kelmayapti... "

U har bir hujayrasi bilan Siennaning oldiga yugurib borishni xohlardi biroq... doktorlar unga yaqinlashishga ruxsat bermadi.

Uzoqda koʻrinish bergan doktor hammani sergak torttirdi. Jungkook o'rnidan tezda qoʻzgʻalib doktorga yuzlandi.

— Uning ahvoli qanday? Yoniga kirishim kerak! Nega shuncha vaqt ichida bunga ruxsat bermayapsizlar?! - Jungkook doktorga oʻdagʻayladi.

– Uning holati barqarorlashguncha hech kimga kirish uchun ruxsat berolmaymiz. - doktor o'sha qiyofasini yoqotmay javob berdi. Ortiga oʻgirilib yana u yerni tark etdi.

Jungkook bu so‘zlarni eshitib jim qoldi. Hech kim. Hattoki u ham. Uning yuragi toborasiqilib borar edi. Jimin tinchgina o‘tirardi ammo har bir harakatida g‘azab va alam sezilardi. U qo‘llarini yuziga qo‘yib, chuqur nafas oldi.

– Agar... agar unga nimadir bo‘lsa... - uning ovozi qaltirab chiqdi. Amaya unga qarab qoʻyar ekan indamadi. U shunchaki bir burchakda turardi. Ko‘zlari qizarib ketgan, lekin ko‘z yoshlarini tiyardi.

U ham Sienna uchun juda hafa edi albatta. Hamma bir narsa kutardi. Shifokor chiqib, yaxshi yangilik aytishini... Lekin hech narsa o‘zgarmasdi. Vaqt esa qotib qolganday edi. Har bir daqiqa asrday tuyulardi.

Soatlar o‘tdi.

Har bir soniya Jungkookning yuragini ezardi. U o‘zini allaqachon yo‘qotgandi. Ichidagi bo‘shliq tobora kattalashib borardi.

Shifoxonaga sovuq tun cho‘kdi.

Vaqt yura boshlagandek lekin hali ham juda sekin edi. Oradan besh, balki olti soat o‘tdi. Kutish zalidagi havo siqilgan o‘rindiqlarda o‘tirganlarning hammasi charchagan va harakat qilmasdi.

Shunda eshik shiddat bilan ochildi.

— Qizim qani?! - titragan, umidsiz ovoz shifoxona devorlarini larzaga soldi. Siennaning Onasi yuragi tilka pora boʻlib muthish habarni eshitgan onidayoq uchib keldi.

Ko‘zlari qizargan yuzlari shishib ketgan. U go‘yo so‘nggi soatlarda na bir lahza tin olgan, na ko‘z yumgandek koʻrinardi. U yugurgancha oldinga o‘tib, birinchi uchragan doktordan javob kutardi.

Taehyung va Flora ham ortidan shoshilib kirishdi. Flora o‘zini ushlashga harakat qilar ammo ko‘zlaridan bexos yosh sizib chiqardi. Taehyung esa qo‘llarini musht qilib tugib, tashvish bilan atrofga qarardi.

— Sienna qani!? - Flora zalga kirgach koʻzi birinchi Jiminga tushdi va undan qattiq ovozda soʻradi. Koʻzlaridan oʻt chaqnadi turar ekan ichidagi otash devorda suyanib turgan Jungkookni koʻrganida battar avj oldi. Hech ikkilanishsiz Jungkookning yoqasidan tortqilagan qizni hech kim tutib qololmadi.

— Sen qilding!? Shundaymi sen qilding! Uni shuncha yil azob chekkani kam edimi la'nati! Siennamga nima qilding ablah! Unga nima qilding! - Flora Jungkookka oʻshqirar ekan Taehyung uni zoʻrgʻa ajratishga urindi. Taehyung qizni quchib olib ortga olar ekan Flora tutaqib battar qichqirardi.

— Qoʻyib yubor meni! Seni oʻldiraman Jungkook! - tipirchilagan qiz Taehyungning qoʻllaridan chiqib ketar ekan togʻri borib Jungkookni yuziga musht tushurdi. Jungkook bu zarbaga hech qanday reaksiya bildirmay yuzini yerga egdi. Koʻzlari qizargan qalbini vijdon azobi bilan birga hijron ham oʻyib olardi. Florani mahkam quchib olgan Taehyung chekkaga olar ekan tinmay yigʻlayotgan qizni boshini siladi.

— Ablah! Sen qilding! Siennamni tamom qilding! Unga nimadir boʻlsa keyin qanday yashayman Tae... - Flora hoʻngrab yigʻlab Taehyungni quchogʻida turardi.

Shunda bir kishi... ohista eshik oldida qotib qolgandi. Janob Collins...

Nigohlari muzlagan biroq ichida dovul qaynardi. Oyoqlari unga bo‘ysunmayotgandek. U qizini so‘nggi bor qachon ko‘rganini esladi. Yetti yil oldin.

“Men seni kechirmayman, Sienna.”

Bu so‘zlar o‘sha kuni qizining ko‘zlarida qanday aks etganini u juda yaxshi eslardi. U o‘z qizidan yuz o‘girgandi. Va hozir, uni yana yo‘qotishi mumkinligini tushunib yetdi. U buni xohlamasdi. Xuddi yuragi qichqirayotgandek edi.

“Agar u ko‘zini ochmasa-chi?..”

Bu fikr uni tamomila yanchdi. Bu og‘riqni so‘z bilan ifodalash mumkin emasdi. Janob Collinsning nigohlari reanimatsiya boʻlimi yozuvi undagi yonib turgan chiroqda qotib qoldi. U qizidan yuz oʻgirdi. Yetti yil unga bir ogʻiz soʻz demadi. Undan voz kechganini davo qildi. Mana endi taqdir haqiqatdan qizini undan olib qoʻyish arafasida edi.

Onasi hamon yig‘lardi.
— Mening qizalogʻim... iltimos... - Flora shoshilib oldinga yurdi va ayolni tutib qoldi. Uning yuragi hamon o‘z joyida emasdi. Siennani bunday holatda tasavvur ham qila olmasdi. Flora ayolni tirab turar ekan koʻz yoshlarini tezda artib tashladi.

— U tirikmi? - Taehyungning ovozi past lekin dag‘al eshitildi.

Shifokor oldinlab kelar ekan yuzlarida gʻalati ifoda mavjud edi. Hamma javob kutardi. Janob Collins oldinga intildi. Ko‘zlarida hech qachon bo‘lmagan qo‘rquv aks etardi. Yuragi gursullab urib turar ekan dimogʻi achishardi.

— Siz Sienna Collinsning otasi boʻlsangiz kerak, shundaymi? - shifokor erkakka tikilib soʻzladi.

— Qizim... qizim yaxshimi? - va nihoyat u qizi haqida nimadir bilishga harakat qildi. Uni yaxshi ekanini soʻray oldi. Yetti yil hech qiziq boʻlmagan qizning ahvoli bugun unda qiziqish uyg'otdi. Qizi borligi yodiga tushdi. Yetti yil deganda " Qizim " soʻzini qayta ayta oldi. Qachonlardir qizini yaxshi koʻrishini ayta olmagan. Lekin hozir, hozir bu so‘zlar yuragidan ohangday ko‘tarilib chiqayotgandi. U qizini kechirishi kerak edi. U qizini qabul qilishi kerak edi.

Doktor qattiq xo‘rsindi.

— Ahvoli barqaror biroq holati hamon ogʻir. Biz barcha imkoniyatlarimizni ishga soldik. Qizingizni tanasi juda kuchsiz. Ertagacha ijobiy o'zgarish boʻlsa umid bor. Agar organizm ta'sirga javob qaytarmasa u shunchaki tibbiy apparatlar bilan yashaydi xolos... Miya kuchli zararlangan. Koʻp qon yoqotilgan. Organizm buni koʻtara olmaydi. Har qanday holatga tayyor turing Janob... - Onasi bir zum hushidan ketay dedi. Flora uni tutib qoldi. Taehyung esa tishlarini g‘ijirlab bo‘ynini orqaga tashladi. Ko‘zlarida achchiq og‘riq porladi.

Janob Collins boshini egdi. Shundan keyin uzoq nafas oldi. Doktor holatni ma'lum qilgach yana ulardan uzoqlashdi. Janob Collins boshini ham qilib jim qoldi. Qizalogʻining ilk qadami, ilk dada deya atashlari, maktabga ketishdan avval yuzidan oʻpib qoʻyishlari, qizini erkalab sochlarini tarab qoʻygan lahzalari ongida gavdalandi. Ogʻir yutunar ekan yetti yil ichida qizining unga qay koʻzlar bilan qaragani, intizor tikilgani, uzoqdan otasini kuzatib achchiq jilmayganlari, u faxrlanishi uchun tinmay ishlaganlari, barchasi yodga olar ekan koʻzlaridan tomchi yosh sizib chiqdi. Nega vaqtida qizini kechirmadi. Axir u farzandi ediku. Oʻz jigarbandi edi.

— Men kechirim so‘rashga ulgurdimmikan?... - pichirladi u sekin.
— Men hali ham uni qanchalar yaxshi ko‘rishimni aytib ulgurdimmikan?.. - boshini ortga olib biroz baland ovozda oʻziga oʻzi savol berdi. Shifoxona devorlari orasida og‘ir jimlik cho‘kdi.

Siennaning mushtipar onasi esa Floraga suyangan koʻyi qoldi. Qizalogʻi ichkarida oʻlim bilan olishmoqda.

Vaqt esa yana qotib qolganday edi. Jungkook esa burchakda barchasini qizargan koʻzlari bilan kuzatardi. Jimgina, sokin, ilojsiz...

" Suyukligim u yoqda yotibdi, men esa shu yerda ilojsiz uni kutyapman... "

Bu fikr uni ich ichidan tiriklayin yo‘q qilardi. Bir paytlar uni tashlab ketgan dunyo, hozir yana undan eng qadrli narsani tortib olayotganday edi. Shifoxona devorlari orasida faqat yolg‘izlik va mudhish jimlik bor edi.

Va bu jimlik ichida...

Jungkook sekinlik bilan ilojsiz singib borardi.

>

Italiyada shifoxonaning sovuq tongi. Shamol tun bo‘yi Rim ko‘chalari orasida aylanib yurdi. Qadimiy shahar uyg‘onmadi. Yulduzlar birin ketin so‘nib, osmon sekin asta ochila boshladi. Lekin shifoxona ichida hali ham zulmat edi. Zalda o'sha atmosfera. Hamma kutish zalida Siennaning yashab qolishini kutar edi.

Reanimatsiya xonasi.

Sienna moslamalarga ulangan holda ogʻir nafas olib yotardi. Jimgina. Na bir tovush, na bir harakat. Tanasi oq choyshab ostida yotar, lekin jon tanadan ajralib chiqqanday edi. Jonsiz yotgan tanasi og‘riqdan ezilgan, lablari esa oqarib ketgan. Qo‘llarida ignalar atrofida esa tibbiy aparatlar. Har bir apparat uning yuragi hali ham urayotganini isbotlashga harakat qilardi. Lekin bu faqat urinish edi.

Shifoxonaning kutish zalida, esa… Hamma o‘z hayotidan ajralgan hayotini yo‘qotib bo‘lganday o‘tirardi. Jungkook devorga suyangan holida tong ottirgan. Uning yuragi hozirgacha bu qadar og‘rimagan edi. O‘sha soniyalar, o‘sha lahzalar… Siennaning tanasi shiddat bilan yo‘l bo‘ylab uchib ketgani, qoni asfaltga to‘kilgani... hammasi unga hali ham tasavvurday ko‘rinar edi. U shifoxonaga qanday yetib kelganini ham bilmasdi. Faqat Siennani ko‘tarib olgan, uni quchgan, “Kechirasan... kechirasan… Men seni tashlab ketmadim… Hech qachon” deya qichqirgan.

Biroq Sienna buni eshitmagan. U hatto titray olmadi.

— Men qayta seni koʻra olamanmi? - U hozir borini berib faqat bir narsani xohlardi. Bir marta… faqat bir marta ko‘zini ochishini. Lekin… agar bu sodir bo‘lmasa-chi? Bu o‘y uni ich ichidan yanchib borardi. Jungkookning ko‘zlari qonga to‘lgan edi. U endi inson emas, huvillab qolgan, yarim o‘lik soyaga o‘xshardi.

Shu payt…

Ota.... Janob Collins... U o‘tirardi. O‘sha odam. O‘z qizini kechirmagan. O‘z qizidan yuz o‘girgan. Endi esa… o‘zining eng katta yo‘qotishiga yaqin turganini tushunib yetardi. U ichida qichqirgisi kelardi.

“ Qizalogʻim qaytib kel, Quyoshcham... Faqat yasha... "

Lekin shunday otalar bo‘ladiki… so‘zlarni ham so‘z deb bilishmaydi. U faqat qo‘llarini musht qilib tugdi. So‘ng oldinga egilib, peshonasini kaftlariga bosdi. U kechirim so‘rashga ulgurmadi. U qizining otasi ekanini yana bir bor isbotlashga ulgurmadi. Endi… endi buni qilish uchun juda kech emasmi?.. Og‘ir, og‘ir tong keldi.

Lekin hech kim buni sezmasdi. Tun ular uchun hali ham davom etardi.

Flora....U burchakda qotib qolgan. Ko‘zlari shishib ketgan, yonoqlaridan esa hanuz yoshlar oqardi. Barmoqlari titrar, lablari esa qaltirardi. Bu tush bo‘lsa edi… Shunchaki tush… Lekin haqiqat uni mayda mayda bo‘laklarga bo‘lib tashlagan edi. Taehyung uni quchogʻiga olgan koʻyi tikilib turardi. Flora hech qachon bunday ko‘rinmagan. U doim kuchli, ishonchli, bardoshli edi. Har qanday vaziyatda yo‘l topardi hammani yupatardi.

Lekin hozir… Hozir u mayda siniq shishalarga o‘xshar, har qanday yengil tegish ham uni butunlay parcha parcha qilib tashlashi mumkin edi. Taehyung uning yelkasini mahkam ushlab silab qoʻyar edi. Flora esa hech narsa his qilmasdi. Hech narsa. Atrofida olam bor edi. Shifoxonaning oq devorlari. Tez yordam xodimlari. Yurak urishini kuzatuvchi apparatlar. U kechasi bilan yig‘laganidan lablari yorilgan, ovozi chiqmay qolgan. Ko‘zlari esa… endi ularda hech qanday hayot yo‘q edi. Siennasiz keyingi hayotini tasavvur qila olmas edi. Uni Siennani bilan qilgan orzularichi...

— Agar u yo‘q bo‘lsa, men qanday yashayman?.. - Flora sekin pichirladi… Siennasiz barcha esdaliklar, barcha kulgular, barcha orzular shunchaki ogʻriqli xotira bo‘lib qolmaydimi?.. U qanday yashashi kerak? Qanday qilib bu bo‘shliqni to‘ldirishi mumkin? Bu mumkin emas. Ko‘zidan yana bir tomchi yosh sirg‘alib tushdi.

— Iltimos… iltimos, qayt… - U Taehyungning quchogʻiga singib ketdi. O‘zi ham bunday og‘riqqa dosh berolmayotgan bo‘lsa-da. Uning ham ko‘zlari qizargan edi. U ham og‘riqni his qilardi. Lekin hozir Flora undan-da siniq edi.

Va Taehyung shunchaki … uni bo‘shashiga yo‘l qo‘ya olmadi. Shifoxona sovuq edi. Ularning ichida esa… boshqa hech qanday issiqlik qolmagandi.

Shifoxona qattiq sukunat ichida edi. Har bir yo‘lak, har bir xona umid va qo‘rquv orasidagi noaniq chegarada muallaq qolgandek.
Navbatdagi soat allaqachon tugagandi. Ammo vaqt hali ham og‘ir siljirdi. Va nihoyat, eshik ochildi. Doktor sekin chiqdi. U baland bo‘yli, yoshi ellikdan oshgan, yuzida charchoq izlari ko‘rinib turardi. Ko‘zoynagi orqasidan jiddiy nigohi bemorlar xonasidan chiqayotgan og‘riqli yangiliklarni aks ettirardi. Uning qo‘lidagi tibbiy hisobotlarni mahkam siqib turishi esa… bu yangilik unchalik yaxshi emasligidan darak berardi. Shifokorning ohista harakati hammani hushyor qildi.

— Siennaning ahvoli barqaror - u nihoyat har bir so‘zni og‘irlik bilan bildirdi.
— Ammo bu hali yaxshi degani emas. - Barchaning yuragi yana gupilladi.
— Hali ham komada - deya davom etdi doktor. — Miyaga kuchli zarba bo‘lgan. Ichki organlar ham jiddiy shikastlangan. Lekin… hozircha uning ahvoli og‘irlashgani yo‘q. Bu ijobiy belgi. - Bu gapdan keyin ham hech kim yengillashmadi.

Chunki barqarorlikhali tirik qolish degani emas edi.

— Qachon uyg‘onadi? - Floraning ovozi titrab chiqdi. Doktor chuqur nafas oldi.

— Aniqlik yo‘q.

Aniqlik yo‘q… Bu ikki so‘z barchaning yuragini battar ezib yubordi.

— Ammo hozirgi 24 soat eng muhim davr. Organizm qanchalik kurashishga tayyor ekanini ko‘ramiz.

— Uni ko‘rsak bo‘ladimi? - Taehyung shoshqaloqlik bilan so‘radi.

Shifokor biroz o‘ylanib turdi, keyin bosh irg‘adi.
— Faqat bitta odam kirishiga ruxsat beramiz... - hamma bir zum jim qoldi. Jimin uzoqdagi Janob Collinsga qarab qoʻydi. Otasining yuragi bir zum to‘xtab qolgandek bo‘ldi.

Siennaning onasi esa unga sharta o‘girildi-da, achchiq kulimsiradi.

— Boring, kechirim so‘rash vaqti keldi. Qizimni yetti yil mehringizdan ayirdingiz! - Otasi og‘ir yutindi. Bu so‘zlar undan shuncha yillar burun qochgan haqiqatni ochib tashlagan edi.

— U hech qachon meni kechirmaydi… Qizalogʻimga nimalar qildim. - Janob Collins lablarini qisdi.

— Siz bunga loyiqsiz ham! Qizim sizni kechirishingiz uchun nimalar qilmadi! Ayting u siz xohlagan narsaga erishmadimi? Agar unga nimadir boʻlsa sizni kechirmayman! Siz sabab u shu yerlarga keldi. Qiziga rahmingiz kelamadi! Qizalogʻim qancha qiynaldi. Yer yutgur gʻururingiz, magʻrurligingiz, qahri qattiqligingiz qizimizni harob qildi! - uning ovoz balandlashib ketardi. Hamma jim edi...

Janob Collins reanimatsiya boʻlimi tomon ketdi. O‘z ichidagi og‘riqni yutib u ichkariga kirish uchun maxsus steril kiyimlarini kiydi. Endi u Siennani ko‘rishga tayyor edi.

>

U Siennaning yonida

Xona oq rangga burkangan edi. Hammasi juda jim. Jim… va og‘ir. Qizining zaif tanasi kasalxona to‘shagida yotardi. Nafas olish apparati ohista ovoz chiqarardi. Uning yuzlari qontalash, lablari esa rangsiz edi. Oppoq teri shilinib ketgan. Boshiga qonga belangan oppoq mato oʻralgan. U qizini bu ahvolda hech qachon koʻrmagan. Qizalogʻini hatto barmogʻiga zirapcha kirsa undan koʻp azoblanagan ota mana hozir uning abgor holatini tepadan kuzatib turibdi. Go‘yo butun hayot undan chiqib ketgandek. Janob Collins titroq qo‘llari bilan qizining bilagidan ushladi. Bilaklari ham shilingan, jarohatlangan edi. Qizining qiynalayotganini koʻrib oʻz oʻzidan nafratlanib ketar ekan chuqur nafas oldi.

Yuragi siqilardi. Unga nima qildi?! Qiziga qanday bunday og‘riq yetkazdi? Ko‘zlarini qattiq yumdi. Bu kechirim so‘rash uchun juda kech emasmi?

— Sendan kechirim so‘rashimni eshitishni ham xohlamaysan, shundaymi… Qizalogʻim!

Uning ovozi qaltirardi.

— Meni hech ham kechirmaysan, shunday emasmi?... Men senga otalik qila olmadim... - U chuqur nafas oldi.

— Men esa seni yetti yil davomida har kuni o‘yladim. Har kuni afsuslandim… Seni kechirishni istadim ammo bunga harakat ham qilmadim... Kechir Qizalogʻim... - Ko‘zlaridan ko‘z yosh oqa boshladi. Bu achchiq koʻz yoshlar afsus nadomat belgi ham jigarbandi har bir azobi uchun ota iztirobi edi.

— Men noto‘g‘ri ish qildim. Juda qattiq adashdim... Seni quchoqlashim kerak edi, Seni himoya qilishim kerak edi, sendan faxrlanishimni aytishim kerak edi, boshingni silashim kerak edi... - U qo‘lini mahkamroq siqdi.

— Sen mening qizimsan… sen har doim mening qizim bo‘lasan. Iltimos Quyoshcham! Hayotimning nuri... Qayt... Otangni butun umr vijdon azobida qoldirma...- u haddan tashqari kech bo‘lganligini bilardi. Ammo bu kechirim so‘rashning hojati yo‘q degani emas edi. Va shunda… u eng og‘ir gapni aytdi.

— Agar uyg‘onmasang… hech qachon o‘zimni kechira olmayman, Siennam! - yuzini qizining qoʻllariga bosib yigʻlar ekan achchiq koz yoshlari oppoq choyshablarni namladi.

Jimjitlik…

Ammo bu jimlikda… ota qalbining singan ovozi aniq eshitilardi. Hech qachon koʻziga yosh olmagan magʻrur ota ham farzandi uchun joni berishga tayyor, farzandining azobi u uchun yuz barobar ogʻirroq...

Taqdirning eng shafqatsiz daqiqalari... Janob Collins hamshiralar ishora bilan oʻrnidan qoʻzgʻaldi. Vaqt boʻldi. Endi u jigarbandini shu xonada qoldirib ketishi kerak. Ota og‘ir qadamlar bilan eshik tomon yurdi. Yuragi g‘ishtdek og‘ir tortgan. Nafasi tiqilib borardi. Har qadam bosganida yuragi tub tubidan bir narsa uzilgandek tuyulardi. Ammo... To‘satdan!

— Bipppppp! ‐ Yurak monitorining chiyillashi butun shifoxonani larzaga soldi. Hamshiralar birdan sergak tortar ekan Sienna tomon yaqinlashdi. Uning koʻz qorachiqlarini tekshirishar ekan tiriklik belgilari susayib bormoqda.

— Doktorni chaqiring bemorni yoqotyapmiz! - hamshiralardan biri baland ovozda ma'lum qilar ekan. Janob Collinsni ortga surib borayotgan hamshiralar esa uni xonadan chiqarib yuborish yoʻlini qilardi.

— Yo‘q…! Bu mumkin emas! Qizim! Quyoshcham... - Janob Collins ichkariga intilar ekan hamshiralar uni kuch bilan tashqariga itarar edi. Janob Collins esa qichqirib hammani itarar ekan qizidan uzoqlashishni istamas edi.

— Chiqing Janob! Mumkin emas!

— Qizalogʻimni asrab qoling! Yagona qizalogʻimni asrab qoling! Quyoshcham... Mittigulim! Qizim! - Janob Collins vahimaga tushar ekan tashqariga chiqishga majbur qilindi.

— Zudlik bilan! - Doktorlarning shoshilinch harakatlari boshlanganini eshitdi u.

Ota boshini ko‘tarib qizining xonasiga qaradi. Eshik ortidan hammasi koʻrinib turardi. Ichkarida hamshiralar yugurishar shifokor esa defibrillyatorga qo‘l cho‘zgan edi.

— Uni yo‘qotayapmiz! - Bu so‘zlar otaning yuragini xanjardek tilib tashladi. Eshikka yaqin kelishga urinar ekan hamshiralar uni to'sib qolishdi.

— Yo‘q! Qizalogʻim! Siennam! - . O‘pkasi yirtilib ketgudek faryod qildi. Ammo hamshiralar uni orqaga surdi.

— Chiqib turing! Janob mumkin emas!

— Meni qo‘yib yuboring! U mening qizim! - O‘zini qanchalik oʻqqa choʻqqa irmasin u ichkariga kira olmadi. Eshik uning yuzlariga qattiq yopildi. Uzoqda qizining xonasi hatto koʻrinmay qoldi. Nafasi ichiga tushib ketgan ota hansirab qoldi. Faqat Shifokorning defibrillatorni koʻtargani koʻrinardi. Soʻng uzuq yuluq tovushlari. Bu payt otaning quloqlari juda yaxshi eshitardi.

— Bir! - Doktor qizning tanasiga moslamani togʻriladi. Kichik jussa titrab ketdi.

— Ikkita! - Hali ham o‘zgarish yo‘q.

— Yana bir bor! - O‘lim va hayot orasidagi bu kurash... Nihoyasiga yetayaptimi?..

•》

Kutish zali. O‘lik sukunat. Qorong‘ulik. Faryod va nafas olishlar... Ota devorga suyanib tashqariga chiqdi. Qo‘llari titrardi. U qizini yo‘qotdimi?.. Bu fikr yuragini tirnab o‘tardi. U minglab kechirim so‘rashni xohlagandi... Endi kech bo‘ldimi?..

— Yo‘q, yo‘q… iltimos, yo‘q… Qizalogʻim! Iltimos yasha! - boshini egib yerga tizzalab qolgan erkak kaftlarini koʻzlariga bosdi. Ko‘zlari yoshga to‘ldi. Yuragidagi og‘riq tanasidagi har qanday jismoniy darddan ming karra kuchliroq edi.

— Qizim! Qizimga nima boʻldi! Qizalogʻim... - Onasi… U titrab, yerga cho‘kib qoldi. Ko‘zlaridan yosh tinmay oqar edi. Yerga oʻtirib dod faryod chekayotgan ona qalbi har kimnikidan koʻproq parchalangan.

— Mening bolajonim… mening qizalogʻim!- Uning tovushida har qanday onaning yuragini tirnab o‘tadigan iztirob bor edi. U qizini yo‘qotganiga ishonishni xohlamasdi.
— U hali ketmadi… yo‘q, u hali ketmadi! - Ammo hech kim unga umid bera olmasdi.

Flora … Bu so‘zlarni eshitib, hatto nafas olishga ham kuchi yetmadi. U qaltiragan holatda bir qadam oldinga tashladi. Ammo butun tanasi bo‘shashib ketdi.
— Flora, yo‘q! - Taehyung uni ushlab qoldi. Ammo uning tanasi yerga qulab tushdi.

— Flora! Yordam beringlar! - Taehyung uni bag‘riga bosdi. U hushini yo‘qotgan edi.

Jimin esa… Bunga bardosh bera olmadi. U g‘azab va umidsizlik bilan joyidan sapchib turdi.

— Yo‘q! Men bunga ishonmayman! - U birdan eshikka tomon yugurdi.
— Men uni ko‘rishim kerak! - Amaya shoshilinch uni ushlab qoldi.

— Jimin, yo‘q! - qiz uni tutib qolar ekan Jimin bir joyda tura olmas edi.

— Qo‘yvor meni, Amaya! - Jimin qaltirab qoldi. U o‘zini bosolmasdi.

— Men uni yana bir bor ko‘rishim kerak! - Amaya kuch bilan uni mahkam quchoqladi. Ko‘z yoshlari yonoqlaridan dumalab tushdi.

— Iltimos, to‘xta…- Jimin asta-sekin bukchayib qoldi. Boshini Amayaning yelkasiga qo‘ydi.

— Men uni yo‘qotmadim, to‘g‘rimi?... Mening Siennam kuchli... - Amaya ham javob bera olmadi. U faqat Jiminni qattiqroq bag‘riga bosdi. Shifoxona zali… umidsizlik va iztirob ichida cho‘kib borardi.

Va hozir… Hamma bir narsadan qo‘rqardi. Eshik ochilishi… va ichkaridan keladigan hukm.

Jungkook …

Hamma narsa shovqinsiz bo‘lib qolgandek tuyuldi. U qimirlolmay qoldi. Nafas ham olmasdi go‘yo. Tanasi muzlagan. Yuragi esa… yuragi endi urmayotgandek edi. Shifoxona devoriga suyangancha pastga sirg‘alib tushdi. Boshini qo‘llariga tiradi. Bu haqiqat emas… Bu bo‘lishi mumkin emas… U ko‘zlarini yumdi. Ichidan nimadir uzilgandek edi. Nafasi torayib borardi. Ichidagi bo‘shliq uni ezardi.

Sienna o‘ldi… Bu fikr miyasida jarangladi.

Siennam o‘ldi. Siennam o‘ldi. Siennam o‘ldi! Jungkook bir lahzada butun olamini yo‘qotgandek his qildi.

— Yo‘q… - ovozi shunchalik past chiqdi, go‘yo ruhining so‘nggi inqillashiday edi. Ko‘zlari qonga to‘lib borardi. Nafasi tobora tezlashdi. U bir joyga qaray olmadi.
Ichidan nimadir portlayotgandek edi. Sienna … U shuncha yil kutgan, shuncha yillar kutishga majbur qilgan inson… endi yo‘qmi? Yo‘q, bu bo‘lishi mumkin emas. Jungkook barmoqlari bilan sochlarini tortdi. Qattiq… og‘riqli… Bu o‘lim deb atalmish shafqatsiz haqiqatning insonga qanday ta’sir qilishini tushunib yetayotgandi. O‘zingni yo‘qotish… O‘zingning yarmi bilan birga o‘lish…

— Siennam … iltimos… - ovozi ingichka bo‘lib titradi.

Barcha xotiralar…Uning kulgisi, ovozi, ko‘zlaridagi porlash… Hamma narsa bir lahzada yo‘qoldi. Qanday qilib? Qanday qilib u uni hozirgina yana yo‘qotdi? Sienna ketdi… va bu safar haqiqatan ham ketdi. Hech qachon qaytmas boʻlib... Jungkookninv ko‘zlaridan tinimsiz yoshlar oqardi. Ammo bu oddiy yosh emas edi. Bu butun olamining qulashidan keyingi faryod edi.

U uni tashlab ketmagan edi. Aksincha, Jungkook uni tashlab ketgan edi... Va endi u qaytib kelganida… orqaga yo‘l qolmagandi. Mana endi u Jungkookni haqiqatdan tashlab ketdi. Bu safar Sienna uni qoʻyib yubordi... Bu shunchaki afsus emas edi. Bu tiriklayin kuyish edi. U ingrab pastga egildi. Nafasi siqilib borardi. Go‘yo yuragi o‘zini ichidan yirtib tashlayotgandi. Kimdir unga tegdi. Uni silkitdi. Ammo u hech narsani his qilmadi. Qandaydir shovqin. Ammo hech narsani anglay olmadi. U faqat bir narsani bilar edi. Endi Siennasiz qanday yashaydi? Qanday qilib u yurak urishini davom ettira oladi? Qanday qilib u bu og‘riqqa dosh bera oladi? Qanday qilib… Lahzalar qum soati kabi sekin oqardi. Hamma narsa quyuq bo‘lib borardi.

Hamma narsa tugayotgandek… Muhabbatning yakuni shundaymi?

°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°°
Shu yerigacha oʻqigan boʻlsangiz fikr va reaksiyalaringizni bildirib keting shakar qandlarim.

Imloviy xatoliklar uchun mazur tutasizlar...

Author Sienna