April 5

Fated Lies

『 20-CHAPTER 』

| "They feared the wars I could start, unaware the real war began the moment I loved you."

| "Ular men boshlashim mumkin bo‘lgan urushlardan qo‘rqishardi, asl urush esa seni sevgan lahzamda boshlanganini bilishmasdi."

•┈┈┈┈┈┈┈•✦•┈┈┈┈┈┈┈•

Yarim tun xonaning ichiga allaqachon singib ulgurgandi. Tashqarida tun hukmron bo‘lsa da, bu shohona xonada u butunlay boshqacha tus olgan edi. Ayvon tomondan kirib kelgan xira oy nuri marmar pol ustida oqarib yotar, baland ustunlar va og‘ir pardalar orasida cho‘zilib ketgan soyalarni jonlantirardi.

Devorlarga o‘rnatilgan shamdonlarda yonayotgan shamlar asta lipillar, ularning titroq nuri oltin naqshlar bilan bezatilgan devorlarga o‘yilgan tasvirlarni goh yoritib, goh yana qorong‘ilik bag‘riga yashirardi. Xonaning kengligi ham, sukunati ham go‘yo og‘irlashib, nafasi eshitilmaydigan darajada jimjit tortgandi.

Sonya yigʻisini ichiga yutar ekan tinmay tirnoqlarini barmoqlariga botirib olar edi. Niki unga tikilib qotib qolgan nigohlarida hech qanday ma'no mavjud boʻlmagandek. Xonadagi sukunat tobora chuqurlashib borar ekan Sonyani hansirash tovushi balandlashib borardi. U ayni damda qoʻrquv ichida. Yelkasi titrar, nigohlarini yigitga yoʻnaltirishga botina olmasdi.

— Bu qanday boʻlgan? - Niki qizga qorachiqlarini qadab biroz jiddiy tonda soʻroqladi. Sonya battar ezilib chuqur nafas olishga urindi. Boshi quyi egilgan lablarini tinmay botirilgan tishlar ta'sirida qizarib ketgan.

— Oilam meni sotib yuborganidan soʻng ikki yil barbadar yurdim. Axiyra qirol saroyi ayonlari meni qayta sotib olishdi. Qirollik oshxonasida kichik yugurdak edim. Oʻn toʻrt yoshli, aqli hech narsaga yetmagan savodsiz qizaloq. Menga hech kim e'tibor bermas edi. Bu men uchun juda odatiy holat edi. Oʻsha kuni saroy boshqaruvchisi meni oshxonada tunab ikki kechada qaynatilib pishiriladigan qayta tayyorlashimni aytdi. Shubhasiz men uni hech qachon rad etishga haqqim yoʻq. Yarim tun men oʻchoq tepasida toʻxtovsiz qozon kavlash bilan mashgʻul edim. Shunda begona qoʻllar meni belimdan orqaga tortdi. Bu oʻsha saroy boshqaruvchisi Janob San edi. U hech qanday gap yoki ishoralarsiz kiyimlarimni yulib oldi. Men anglamadim... Men uning nima qilayotganini ham angladim. Ammo bu yomon ish ekanini fahmladim. Qoʻlishi tishlab olganimda sonimga xanjarini sanjdi. Umrimdagi eng daxshatli keyingi ogʻriqni his qildim! So'ng u yana oʻsha ishini davom ettir... U... U meni.... - Sonya nafas olishga qiynalib soʻzlarini davom etishga urinar edi. Niki unga koʻzlarini hiyla yoshlanib tikilib turar ekan qizning holatini koʻrib chiday olmadi. Uni tezda bagʻriga tortdi.

— Tshhh... Boʻldi qolgani shart emas! - Niki uning boshini silar ekan Sonya hoʻngrab yigʻlab yubordi. Nikining libosini mahkam qisib olar ekan tinmay yigʻlardi.

— Men hech qachon bunday boʻlishini istamaganman. Oʻsha razil meni jarohatlanganlar holatimda oshxonada yertoʻlasida uch kun azobladi! Men yomon emasman... Kechir... Men senga loyiq emasman! Men axlat uyimiga aylanganman... Meni oʻldir! - Sonya yigitni oʻzidan itarishga urinar ekan yuzini undan nari oldi. Niki qizni bilaklaridan qattiq tutar ekan yuzini oʻziga oʻgirdi. Sonyani yuzlarini kaftlari orasiga olar ekan ularga mayus tikildi. Qizning koʻz yoshlarini barmoqlari bilan artib tashlab yuzlarini silardi.

— Zinhor unday dema! Men uchun yashashing kerak. Men endi yashashni boshladim, seni topgan lahzamdan buyon tirikman. Sonya... dunyodagi menga loyiq boʻlgan yagona ayol sensan! Bokiralik yoki poklik bu tanaga bogʻlangan emas, ruhing va qalbing ilk bor meniki boʻlgani yetarli! - Niki qizning peshonasidan nam oʻpich bosar ekan bagʻriga bosdi. Sonya koʻzlarini mahkam yumib olar ekan chuqur nafas olardi. U eng qulay yerini topdi. U uchun xavfsiz va ishonchli.

— Men sen xohlgandek boʻlolmasamchi? - Sonya uning bagʻrida turib savolga tutdi.

— Eng katta xohishim bu sensan! Yetarlisi shu... - Niki qizning sochlarini quloqlari ortiga oldi. Qorachiqlarini uning namlanib turgan pushti lablariga qadadi. Ularni tezroq oʻziniki bilan yopib olishga boʻlgan xohishi ortardi.

Qizning yelkasidan mahkam tutib oʻziga tortar ekan istaganini amalgan oshirdi. Yumshoq dudoqlarni kuchli xohish bilan egallab borar ekan qiz bundan tipirchilab qolgan. Qanday harakat qilish kerak ekanligini anglamay yerga qulamaslik uchun kaftlarini yigitning koʻylagiga botirib qisib olgan edi. Niki qizning harir liboslarini birin ketin ohista yechib tashladi. Quchogʻiga kiyimsizlikka yetib qolgan qizni qoʻlida dast koʻtardi. Dudoqlar hamon bir biridan ajralmagan. Niki qizni yotoqqa qoʻyib oʻzini shoshilinch liboslarini yulib olar ekan kichik jussani tanasi ostiga oldi. Endi bari murakkablashib borardi. Behayo barmoqlar nozik terida kezar ekan u tobora ehtirosni kuchaytirardi. Sonya allaqachon aqlini yoqotgan, lablarini tishlab ovoz chiqarmaslikka urinib tanasi yotoq tepasiga surardi. Niki qizning tovushlarini eshitishni maqsad qilib battar uning nozik koʻksini kaftlari orasiga olib ezgʻiladi. Sonyaning ilk yoqimli ingroq tovushi yangradi. Niki ishini davom ettirar ekan qizga haqiqiy lazzatni his qilishi uchun ohistalik bilan lablarini uning nozik qismlariga bosardi.

Vaqt oʻtib borar ekan xonada qattiq chinqirash eshitildi. Niki qizning vujudiga yanada yaqinlashgan, ichiga suqulib kirib ham zavqdan ham ogʻriqdan qichqirishga mavjud etardi. Birozdan soʻng oʻzi ham chuqur hoʻrsinib harakatlana boshladi. Muhit qaynoqlashib ikki tananing qarsaklari bilan qorishib ketdi. Butun borliqdan uzilgan qalblar faqat ehtiros va xohish bilan lovullab turardi.

•·.·✧·.·•

Oy shu’lasi ayvonning shaffof pardalaridan quyuqlashib kirib borar, xonaning sovuq va sukunatga burkangan muhitini hissizlashtirib borardi. Sabin besh soatlik yana bir kengashdan soʻng holdan toyib xonaga kirib keldi. Yuzlarida charchoq va mayuslik. Hoseok Jungkookning tepasida maxsus asboblari bilan uni muolaja qilish bilan mashgʻul. Sabinning nigohlari Jungkookning oqarib rangsizlanib ketgan yuzida qotib qolgan edi.

— Hoseok u tuzalib ketadi shundaymi? - Sabin yotoqqa yaqin kelib yelkasini egib oʻksinib soʻzlardi. Hoseok qizga oʻgirildi.

— Yana uch kun... kutishdan boshqa choramiz yoʻq! Bugun tana harorati juda tushib ketdi. Uni isitish uchun koʻproq koʻrpaga oʻrab qoʻyishimiz kerak... - Sabin tez harakat bilan Jungkookning kaftlarini qisimladi. Muzdek haroratni his qilib eti junchikib ketdi. Jungkookning tanasi muzdek, gʻoyo muzlab qotib qolgandek edi. Sabinning nafasi tezlashib ketdi. Uning iliq harorati Jungkookning kaftlarini oz boʻlsada isitgan edi. Jungkookning kaftlarini yuziga olib bordi.

— Hoseok siz ketavering men uni oʻzim isitaman! - Hoseok bosh chayqab sekin oʻrnidan qoʻrgʻalib xonani tark etdi.

Sabin ulkan xonada yolgʻiz qolar ekan chuqur sukunat uni yutib yuboray derdi. Ogʻir zumrad toshlar, ziynatlar va yaltiroq tilla ipakdan tikilgan libosi bogʻichlarini boʻshata boshladi. Libosni bo'shatib barmoqlarini yelkasiga olib bordi. Ogʻir mato boʻshatilib yerga quladi. Sabin boshidagi tojni va uni bezab turgan taqinchoqlarini ham yerga uloqtirdi. Hech bir kiyimsiz qolgan tanasini yotoq tomon yoʻnaltirar ekan koʻrpani ochib Jungkookning yonidan joylashdi. Butun vujudi muzdek haroratdan jimirlab ketar ekan kichik jussasini Jungkookning tanasiga yaqin surdi. Uning quchogʻiga joylashib olar ekan yuzida tikildi. Jungkookning lablari quruqlashib oqarib qolgan. Sabin barmoqlari bilan uning nursiz yuzini silab sochlariga teginib qoʻydi.

— Sevgilim tezroq uygʻona qol... Meni tark etma. Haroratingni yana bir bor his qilishni istayman. Koʻzlaringni och! Ismimni ayt... - Sabin yuzini silab tushgan koʻz yoshlarini sekin artib Jungkookning yuziga yaqin egildi. Quruq va harakatsiz lablar ustiga oʻziniki bosar ekan so'ngida uning yuzlaridan bir necha bor oʻpichlar qoldirdi.

Koʻrpani ustiga yaxshiroq yopar ekan tanasini muzdek ulkan gavdaga bosardi. Sabinning issiq tafti Jungkookni isitgandek boʻldi. Harakatsiz tanani quchgancha shu holda uzoq muddat qoldi. Sabin koʻzlarini yumib o'tmishning yoqimli xotiralarini ongida gavdalantirardi. Jungkookning tabassumini hayol qilar ekan iliq koʻz yoshlarini yana oʻz vazifasini oʻtardi.

Lablarida esa nim jilmayish paydo boʻldi.

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Tong allaqachon yer yuziga yoyilib ulgurgan, biroq quyosh hali osmonning yarmiga ham ko‘tarilmagan edi. Nurlar ufq ortidan yoyilib, qasrning baland devorlari va minoralariga oltin tus berardi. Salqin tong havosi hovlilar bo‘ylab aylanib yurib, yangi kunning sokinligini olib kelardi. Junghwa qasri allaqachon uyg‘onib bo‘lgan. Ulkan darvozalar lang ochilgan, keng hovlilar va tosh yo‘laklar odamlar bilan to‘lib borardi. Saroy xizmatkorlari shoshqaloq qadamlar bilan bezaklar osib ustunlarga qirollik bayroqlarini ilib chiqishardi. Askarlardan iborat uzun saf darvoza tomon tortilib turar, zirhlari tong nurlarida sovuq jilva sochardi.

Tantanov kutib olish marosimi. Darvoza yaqiniga kelgan faytun biroz muddat jim qoldi. Soʻng eshiklari ochilar ekan undan moviy libos kiygan kichik jussasi malika koʻrinish berdi. Kanizaklar va oqsochlarini bilan ildamlab kelayotgan malikaning yuzi homush edi. Saroy ichigacha bir bor ham yuzini koʻtarmagan malika tanasidagi qaltirashni bosa olmasdi. Veloura qirollik oilasi kutib olishi kerak boʻlgan minbargacha yetib keldi. Sabin uni kuzatib turar ekan qizning harakatlaridan va yuz ifodasidan nimadir noto'g'ri ekanini fahmlab oldi. Jimin qizning ortidan sarkardalari bilan kirib kelar ekan Sabinning yonidan joy oldi. Uning yuzi jiddiy va hissiz ekanligini sezish qiyin emas edi.

— Xush kelibsiz Malika - Sabin mulozamat bilan muloyim ohangda bildirdi. Malika yuzini koʻtarib xira jilmayib qoʻyar ekan tazim qilib qoʻydi.

— Minnatdorman Qirolicham! - Veloura ham javoban bildirib qoʻyar ekan nigohlari nogoh Jiminga tushdi. Koʻzlarini pir piratib yuzini burar ekan uning oʻtkir nigohlariga dosh bera olmas edi.

— Men ham sizni koʻrib turganimdan mamnunman Malikam! - Niki ham qizni boshdan oyoq kuzatib bayon etdi. Jimin uning so'zlaridan vulqon kabi portlashga shay turar ekan yigitni "Malikam!" deya urg'u berib soʻzlashidan achchiqlanib ketgan edi.

— Uzoq safardan soʻng charchagan koʻrinasiz. Saroy bekalari sizni xonangizga olib boradi! - Sabin qizning holsiz va gʻamgin yuziga biroz tikilar ekan soʻzladi. Veloura shunchaki bosh chayqab qoʻydi xolos.

Bir necha saroy bekalari va kanizaklar bilan zinalar tomon ketayotgan qizning ortida tikilib qolgan Jimin chuqur hoʻrsindi. Sabin bunga darrovgina e'tibor berib nimadir noto'g'ri ekanini yana ko'nglidan oʻtkazdi.

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Quyosh ufq bag‘riga asta bosh urayotgan lahzalar. Kun bo‘yi osmonda hukmronlik qilgan oltin nur endi sekin asta so‘nib, g‘arb tomon qizg‘ish va binafsha ranglarga bo‘yalib borardi. Quyoshning yarim yuzi yer bag‘riga singib ulgurgan, qolgan qismi esa so‘nggi marta olamga iliq va xira jilva sochayotgandek edi.

Saroy yoʻlaklarini sargʻish qizgʻish rangga boʻyagan oʻsha nurlar tobora soʻnib borardi. Baland devorlar bilan o‘ralgan ulkan majmua ufqdagi xira yorug‘likda yanada ulug‘vor ko‘rinardi. Oqartirilgan marmar devorlar shafaqning so‘nggi jilvalarini yutib xira oltin tusga kirgan, saroy tomlari esa qoramtir soyalar ichida jim turardi.

Veloura kun boʻyi bir xonadan chiqmadi. Bunga jazm eta olmadi. Mana endi u bekalardan qochib saroy yoʻlaklarida bemaqsad kezardi. U tinimsiz Jimin haqida oʻylardi. Bundan keyin nimalar boʻladi? Sevgan insoni koʻz oldida boshqa bilan qanday yashaydi? Qanday qilib umr kechiradi?

Yoʻlak oxiriga yetganida bilaklaridan tortga begona qoʻllar sabab choʻchib ketgan qiz keyingi navbatda dush kelgan koʻzlar sabab jim qoldi. Jimin...

— Tshhh... seni ogʻirlab ketman! - Jimin qizning lablariga barmoqlarini bosib bilaklaridan mahkam tutib allaqanday yerga boshlab ketardi. U atrofni sergak kuzatib borar ekan noma'lum yoʻlaklardan yurib qizni yetaklar borardi. Yoʻlaklar zimiston. Bazan bir necha kuchsiz yorugʻlik taratib turgan shamlar bu zulmatni yoritishga urinardi. Eshik ochilib quyoshning zoʻrga yerga yetib kelgan nurlari bilan yuzlashgan qiz yuzini burishtirdi. Betakror goʻzallik kasb etgan saroy bogʻi. Jimin qizni ulkan butalar boʻylab yetaklar borar ekan Veloura atrofni hayajon va hayrat bilan kuzatib borardi.

Yam yashil ulkan daraxt yoniga kelganda Jimin qizni qoʻllarini qoʻyib yubordi.

— Nega sen?! - Jimin betoqatlanib birdan maqsadga oʻtib qoʻya qoldi. Uning yuzida biroz g'azab ham oʻtinch bor edi. Veloura biroz nima deyishni bilmay lablarini tishladi.

— Buni nima ahamiyati bor! Avval sen ayt... Nega sen!? - Veloura ham biroz qizishib Jiminni koʻksiga barmogʻini tiqtadi. Koʻzlarini namlanib borardi.
— Meni laqillatibsanda! Sodda va ahmoq tashlandiq qizaloq. Uni bemalol alday olaman deb oʻylagansan. Mana shunday qilding ham! - Veloura yoʻl boʻyi oʻylab kelgan fikrlariga tayanib zahrini yigitga sochdi. Jimin yuzini biroz egib alamli kulimsiradi.

— Men Flora deb oʻylagan edim... Vero... Men seni bunday oson berib qoʻymasdim! Amaking qizi oʻrniga seni sotib yuborganini bilmagan edim! - Jimin afsus va alam bilan gapirar ekan mushtini tugib chuqur nafas oldi.

— Amakim meni sotmadi! Bu meni vazifam edi. Meni majburiyatim, burchim... Amakim yonidagi haqqim shu edi. Jimin sen hech qachon meni olib qola olmasding... bir birga boʻla olmas edik. Aslida hech qachon uchrashmasligimiz kerak edi. Mana endi tan olaylik. Biz... bir birimiz uchun yaratilmaganmiz! - Veloura qalbini kemirib borayotgan soʻzlarni, haqiqatlarni yuzaga chiqarar ekan koʻzlarida jilvalangan yoshlar tashqariga otilib chiqar edi. Jimin lablarini alam bilan qisar ekan boshini ortga tashladi. Barmoqlarini sochlarini orasiga suqar ekan ilojsizlikdan, chorasizlikdan, qulab borayotgan shirin orzularidan qalbida sanchiq turardi.

— Men shu yerda hammasi tugatib keta olmayman Vero... Men sendan voz kecha olmayman! - Jimin qizning qoʻllaridan tutdi. Mayus va oʻksik qiyofada qizga chuqur tikildi. Veloura ham koʻzlarini qattiq yumar ekan boshini egib yigʻlab yubordi.

— Bilaman... Sen ham men kabi sevasan. Ammo Jimin bu noto'g'ri! Men bu yerga saltanatim sharifini oqlash, burchim bajarish uchun keldim. Amakimning yuziga oyoq qoʻya olmayman... Uning yuzini yerga qarata olmayman. Kechir...- Veloura Jimindan qoʻllarini sekin olar ekan ortga qadam tashladi. Koʻzlaridan shashqator oqayotgan yoshlar uni ojizligini ko'rsatib qoʻyar, chuqur nafasi esa qalbidagi ogʻriqdan darak edi. Jimin qizni oʻziga tortar ekan boshi ortidan oʻziga bosdi. Qizni mahkam quchib sochlaridan chuqur hidladi. Undan uzoqlashar ekan yuziga tikildi. Qizning koʻz yoshlarini barmoqlari bilan silab qizning peshonasiga boshini tiradi.

— Iloji topaman... Menga ishon Vero. Faqat voz kechma. Sevgimizdan voz kechma! - Jimin qizning yuzini silan chuqur nafas oldi. Veloura ham ichida yigʻlab lablarini qisar edi. Uni ham sevgisidan voz kechishi oson emasdi. Ammo u yonida his qilayotgan insonga borligʻi bilan ishonardi.

Uzoqda yonida sevgan ayolini tutib turgan Niki ikki juftlikni kuzatib jim qolgan edi. Sonya ham ularni koʻrgan, biroz tushunmay jim kuzatib turardi. Uni Nikini boshqa bir malikaga uylanishidan habari ham yoʻq. Hech narsa tushunmas edi. Ammo Niki ular tomonga uzoq tikilib qolganini sezdi.

— Nega uzoq tikilib qolding?... - yonidagi qizga yuzlangan Nikining qiyofasi juda g'alati edi.

— Vaziyat chigallashib ketyapti...

•·.·✧·.·•

Yana oʻsha zulmat tun sokinligi olamni qamrab olgan. Salqin xonada bir necha tabiblar yigʻilgan. Shamning xira nurlari xonani yoritishga bel bog'lagan boʻlsa ham bugun toʻliq oʻyning yoʻqligi bilinmoqda.

Hoseokning yuzlari yorishgan. Jungkook tushga yaqin koʻzlarini ochdi. Tabiblar unga darmonsizlikka davo deya shifobaxsh shoʻrva tayyorlab berishgan. Jungkook yotoqda holsiz ammo jonli yuz qiyofasida oʻtirardi. Tabiblar uning bir istagi uchun yonidan ketmas edi. Hoseok unga yana yangi tayyorlangan qon uchun damlama berdi. Jungkook uni bir koʻtarishga ichib yuborar ekan lablarini artib tashladi.

Eshiklar birdan ochilar ekan hansirab ichkariga kirib kelgan qiz uzoqdan Jungkookka tikilib qoldi. Koʻzlari yoshlangan, yuzlari yugurgilab kelgani sabab qizarib ketgan. Lablarini qisgan qiz joyidan sekin siljib ichkarilab qadam tashlab borardi. Tabiblar qiz kelganini bilgacha ortga chekindi va xonani tark etdi.

Hoseok ham lablari qisib Jungkookning yelkasidan tutib tezgina xonani tark etdi.

— Tezroq kelmaysanmi? Meni sogʻinmadingmi? - Jungkook lablarini bir burchagini choʻzib sha'ma qilib qoʻydi. Sabin uning soʻzlarini oʻz quloqlari bilan eshitgan u tomon oshiqdi. Oʻzini suyukligini bagʻriga otar ekan koʻksi toʻlib yigʻlab yubordi. Jungkook qizning sochlarini silab u ham javoban uni qattiq quchdi. Sabin koʻzlariga ishonmay Jungkookning yuziga qarash uchun boshini koʻtardi. Jungkookning yuzini kaftlari orasiga olar ekan lablarini tabassumdan keng yoyilgan edi.

— Bu sensan! Sensan... Sevgilim bu sensan! - Sabin lablari zoʻrgʻa harakat keltirib so'zlar ekan Jungkookning yuzlariga lablarini qayta qayta har yeriga bosardi. Jungkook qizni belidan quchib oʻziga tortar ekan u ham qizning yuzlaridan siladi.

— Menman sevgilim... Seni juda sogʻindim! - Jungkook qizning lablariga dudoqlarini yengil bosar ekan sochlarini siladi. Sabin keng tabassum qilishdan oʻzini to'xtata olmasdi.

— Yuragim yorilayozdi! Meni tashlab ketasan deb oʻyladim. Men ham juda juda sogʻindim seni... - Sabin yana Jungkookning quchogʻiga kirib chuqur nafas oldi. Jungkook yengil kulib qoʻyar ekan hali toʻliq tuzalmagan yarasi sabab ingrab qoʻydi. Sabin uni ustidan siljib yotoqqa tushar ekan hovliqib yuzini siladi.

— Kechir... Kechir! Men yarang haqida unutib qoʻyibman. - Sabin uning yarasi bogʻichlarini teginib havotir bilan soʻzlardi.

— Hammasi joyida Sevgilim... Biroq... menimcha sen meni sogʻinmabsan! - Jungkook yuzini burishtirib araz qilgandek boshini burdi. Sabin unga hayron qiyofada tikilib turaverdi.

— Nega ekan! Sogʻindim dedim-ku... - Sabin uning kaftlarini qoʻliga olib silab qoʻydi.

— Unda nimaga mendan uzoqlashib oʻzingni olyapsan? Eringga oʻzingni topshirish haqida oʻylamayapsanmi? - Jungkook oʻynoqi nigoh bilan qizning libosini oldiga barmoqlarini olib bordi. Sabinning yarim ochiq koʻksini silar ekan libosi naqadar ochiq ekaniga endi e'tibor berdi.
— Sen shu libosda hammaga koʻrinish berdingmi? Mmm bu seni jazolash uchun yana bitta sabab... - Jungkook qizning iyaklaridan tutar ekan yuzini oʻziga qaratdi. Sabin uning yonib turgan nigohida tikilib hiyka kulimsirab qoʻydi.

— Jungkook axir hali toʻliq tuzilmading... Charchab qolsangchi? - Jungkook qizning soʻzlaridan boshini orta olib kulib yuborar ekan lablarini tishladi.

— Sen meni nimjon erkakka chiqaryapsan! Tuzalishim uchun menga eng koʻp kerak boʻlgan da'vo aynan shu... - u qizning libosini yonidan tutib oʻziga tortdi.
— Men tezroq da'vo istayman! - Jungkookning oʻynoqi nigohlari va ochiq oydin aytilgan xohishidan soʻng Sabin ayyorona tabassum qilar ekan u ham ancha vaqtdan buyon qilishni istagan ishini amalgan oshirishga kirishdi. Liboslaridan Jungkookning koʻz oldida halos boʻlar ekan boshidagi ogʻir olmoslar bilan burkangan tojini yerga tashladi. Qizning tanasi hech qanday mato boʻlagi yopib turmas edi. Jungkook boshini ortga otib hoʻrsindi. Nigohlari hamon oʻziniki boʻlgan tanaga qaratilgan. Kutilmaganda qizning bilaklaridan tortilab quchogʻiga olar ekan dudoqlarini uniki bilan qovushtiridi. Sabin ham ishtiyoq va zavq bilan eridan boʻsa olar ekan shundoq ham kiyimsiz boʻlgan yigitning tanasi ehtirosini tobora yuqori cho'qqiga olib chiqardi.

Jungkookning ustiga yaxshiroq oʻrnashib olgan qiz oyoqlarini uning beliga oʻrab olgan. Jungkook esa qizning nozik belidan qisib oʻziga yaqinroq tortardi. Bir necha muddatdan soʻng ikki dudoqlar bir biridan uzilar ekan hansirash tovushlari xonani toʻldirdi.

— Mmm... ustinlikni oʻz qoʻlimga olaman! Ruxsat berasizmi qirolim? - Sabin uning yuzidan uzoqlashmay suzulibgina ma'lum qildi. Jungkook lablarini tili bilan namlar qoʻyar ekan ayyorona jilmaydi.

— Qirolichamga bari mumkin! - Jungkook qizning iyaklaridan tutib lablarida qisqa boʻsa oldi. Sabin jilmayib chuqur nafas olgan koʻyi koʻrpani yigitning ustidan olib tashladi. Lablarini Jungkookning ochiq koʻksiga tinmay bosar ekan pastlashib borardi. Jungkookning tanasida gʻalayon koʻtarilib boshini ortga tashlardi. Sabin atay uning tanasini ohista silab qayta lablarini bosdi.

Kerakli nuqtaga yetib kelganida Sabin Jungkookning shaxsiy qismini yopib turgan matoni sugʻurib oldi. Koʻz oʻngida namoyon boʻlgan a'zoni ko'rgan qiz chuqur nafas olib hayajonlanib qolgandi. Boshini pastlashar ekan Jungkook qizning iyaklaridan tutdi.

— Uni noto'g'ri qondirmoqchi boʻlyapsan Sevgilim! Men bunday qilishingga izn bermayman... - Jungkook qizning unga tikilgan qisiq nigohlariga tik qarab qosh qoqib ma'lum qildi. Sabin yutunib qoʻyar ekan gavdasini koʻtardi. Jungkook uning iyaklaridan qoʻlini uzar ekan ikki qoʻli bilan belidan siqib turardi. Sabin uning qorachiqlaridan koʻzlaridan uzmas ekan chuqur hansiray boshladi. Belini oldinroqqa surib tanasini biroz tepaga koʻtarar ekan qattiqlashgan qismni ostiga togʻirladi. Jungkook qizning oʻzida his qilgan onida irrillab boshini ortga tashlar ekan xonada qizning ingrash tovushi ham qoʻshilib ketdi. Jungkookning ustida turib gavdasini toʻliq pastlashtirar ekan ostida suqulib turgan organ ta'sirida oyoqlari boʻshashib ketdi. Jungkook qizning belidan tutib turar ekan uning harakatlanishi uchun imkon berib tanasini yuqoriga koʻtardi.

— Ohhh... meni siqib qoʻyding! - Jungkook qizning belidan tutib harakatga keltirar ekan Sabin ham ingrab majoli qolmaguncha gavdasini yuqoriga koʻtardi.

Jungkook bundan toqati to'q boʻlib tezlikda qizni ostiga oldi. Chuqur hansirash bilan oʻzini tiklay olmayotgan qiz keyingi itarilib kirishdan soʻng qattiq qichqirib yubordi. Jungkook qizning yuzidan silab ovutishga urinar ekan bir qoʻli qizning koʻksini siqimladi.

— Bu sening birinchi jazoying boʻlsin, tunning keyingi qismida esa seni lazzat bilan mukofotlayman! - Jungkook ehtirosdan koʻzlarini qisib ohista harakatga kelar ekan qiz tanasini yuqoriga tortib istamagan tovushlarini chiqarishga majbur boʻlardi. Jungkook keyingi daqiqalarda ritmni kuchaytirar ekan oʻzi ham zavqdan es xushini yoqotib qoʻygan edi. Muhit qaynoqlashib ketgan, ikki tana ham har qanday aql chegarasini buzib oʻtgan edi. Endi hammasi yanada murakkab va ogʻriqli tus olgan.

•·.·´♡·.·•

Ayvondan kirayotgan shabada qizning ochiq tanasi qaynoqligini bosa olmasdi. Jungkook uni quchogʻida yana isitish bilan mashgʻul. Qizning yelkasini mayin silar ekan maromida yengil nafas olar edi. Sabin ham uning ochiq koʻksida barmoqlarini aylantirib noma'lum suratlar chizardi. Barmoqlarini harakatlantirish davomida Jungkook uygʻonguniga qadar nimalar boʻlib ketganini birin ketin soʻzlab berardi. Birinchi kengashda qanchalar hayajonlangani va unga qarshi chiqqan ayonlarning ismlarini dona dona qilib aytib bergan edi.

— Demak mening sevgilim burun boshli saltanatni dubba durust boshqara olar ekan... Naqadar omadliman! - Jungkook qizning ikki yuzini qisib cho'chaygan lablariga oʻziniki bosdi. Sabin quvonchdan ham baxtdan tinimsiz jilmayar edi.

— Jungkook yana men bir ish qildim... Haligi... Seni kanizaklaringni hammasini bir joyda yigʻib saltanatning kimsasiz bir qishlog'iga jo'natib yubordim! Ularni senga keragi yoʻq... - Sabin o'rnidan qoʻzgʻalib Jungkookning koʻksiga suyanibgina past va hijolatli ohangda ma'lum qildi. Jungkook qizga tikilib qolar ekan koʻzlarini yumib kulib yubordi.

— Qirolichamning rashki juda kuchli... Ularni shundoq ham qatl qilishga buyruq bermoqchi edim! - Jungkook qizning lablarini barmoqlari bilan silab chuqur ammo jiddiy nigohda koʻz tikib soʻzlardi. Sabin uning gaplaridan tanasida yengil muzlik yugurib oʻtib ketgandek boʻldi.

— Men ularga shavqat qilibman har holda! - Sabin koʻzlarini gʻalati suzib lablarini burchagini choʻzib qoʻydi. Jungkook xira jilmayishga paydo qilib Sabinning yuziga uzoq va ma'nosiz tikilib qoldi.
— Nega jimsan?... - Sabin uning jimib qolganini sezib so'roqladi.

— Men bir tush koʻrdim... Juda gʻalati bir tush edi. Men boshqa hayotda sensiz yashamoqda edim. Atrofimda qizlar va ayollar juda koʻp edi. Gavjum va shovqinli edi hammasi. Go'yo boshqa hayotda yashagandek boʻldim. Hayotimda sen yoʻq eding... Uygʻonganimda choʻchib ketdim. Yana seni topa olmay qolsamchi. Haqiqatdan hayotim sen yoʻq boʻlib qolgan boʻlsangchi deb oʻyladim.

Qanday dunyo, qanday hayot boʻlmasin unda sen bo'lmasang men yashay olmayman! Hozirgi va keyingi hayotimda sen boʻlishingni istardim... Faqat sen boʻl! Seni dunyolarcha sevaman... Borliq va shu olam haqqi seni juda juda sevaman! - Jungkook Sabinning yuzlarini silab iyaklaridan tutib lablaridan qisqa boʻsa oldi.

— Men doim sen bilanman. Sen mavjud boʻlgan dunyoda men ham borman. Va.. seni sendan kam sevmayman ishon! Jonimsan... Ruhim va hayotim sensan... - Sabin ham Jungkookni yuzini har joyidan mayin oʻpichlarini joylab so'ngida uning dudoqlaridan chuqur boʻsa oldi.

— Endi Qiroling saltanatni oʻz qoʻliga olsin... menga ijozat ber! Bosh vazir Hajo bilan muhokama qiladigan mavuzlarim bor... - Jungkook qizning yelkasidan silar ekan noilojgina bayon etdi. Sabin yuzini burishtirib Jungkookni qattiq quchib oldi. Unga yopishib olar ekan Jungkook qattiq kulib yubordi.
— Sevgilim bunday qilsang men yaxshi Qirol boʻla olmayman! Kunimda yotoqda sen bilan jang qilish bilan oʻtkazsam saltanatni kim boshqaradi? - Jungkook hazlomus ohangda soʻzlar ekan Sabin lablarini burib uning yuziga tikildi.

— Keyingi hayotimizda oddiy odam boʻlib tugʻil! Sen bilan koʻp koʻp vaqt oʻtkazaylik... Hukm va majburiyatlarsiz hayotimiz boʻlsin. Hozir esa yonimda daf boʻl! - Sabin soʻzlarini achchiqlanib erkalik bilan bildirib koʻrpa ichiga kirib oldi. Jungkook qizning ortidan quchib lablarini boʻyniga bosdi.

— Qaytganimda uxlab qolmagan boʻlsang tongacha qichqiriqlaring butun saltanatni egallashiga kafolat beraman! - Jungkook oʻynoqi va mazaxlab qizning ochiq koʻksini yengil siqimlab ma'lum qilgacha yotoqdan qoʻzgʻaldi. Ustiga harir libosini ilib xonadan chiqish uchun shaylandi.

˚₊·͟͟͞͞➳❥

Qirollik xonasida yumshoq kursiga choʻkib yolgʻiz o'tirgan yigit eshik ochilishidan biroz sergaklandi. Jimin ogʻir qadamlar bilan xonaga hech qanday ijozatsiz kirib kelar edi. Togʻri borib Jungkookning qarshiga oʻtirib olar ekan yuzida hech qanday ifoda mavjud emas edi. Jungkook yigitning yuziga tikilib qoldi.

— Sogʻligim juda yaxshi. Soʻraganing uchun rahmat doʻstim! - Jungkook yigitga sha'ma qilib so'roqlamasa ham oʻzi bayon etdi. Jimin Jungkookka yuzlanar ekan labini biroz choʻzib qoʻydi.

— Otdek ekaningni biroz avval xonangga yaqin borganimda eshitgan tovushlarimdan soʻng bilganman! Nima ham derdik qars seniki, xotin ham. - Jimin koʻzlarini suzib qoshlarini koʻtarar ekan kursiga oʻzini tashladi. Jungkook ham hiyla kulimsiradi.

— Menga juda koʻp hasad qilyapsan balki oʻzing ham uylanib olarsan! Shunga ichi qoralik qilmasmiding... - Jungkook bir necha qogʻozlarni qoʻliga olib kesatiq bilan bildirdi. Jiminga uning hazli ham kesatiqlarida ham yoqmadi shekilli gapni boshqa tomonga burdi.

— Juda uzoq dam olding endi saltanat ishlariga ham e'tibor qaratarsan! Yaxshiyamki omading chopib yaxshi xotinga ega boʻlgan ekansan yotib olganingda saltanatni sendan koʻra yaxshiroq boshqardi u! - Jimin yana qarslik bilan kesatiq qildi.

— Omadli ekanimni bilaman! Nima ishlar qilganini Hoseok hyung aytib berdi. Ancha muncha shahzodalarga dam berib qo'yar ekan seni xotining dedi... Ayshh uni hozirdanoq sogʻinyapman! Tezroq ishlarni hal qilsak, rafiqamning issiq quchogʻiga qaytsam... - Jungkook oʻzini kursiga tashlab hoʻrsinibgina soʻzlardi. Jimin peshonasini ishqalar ekan asabiy kuldi.

— Sabin doim tengsiz va mukammal ayol boʻlgan. Sen eshshakni u odam qildi! Sal qolsa unga shogirdlikka tushardim. Soliqlarni yigʻishni yangi usulini o'ylab topganini eshitib lol qoldim! - Jimin boshini yengil chayqab Sabinni maqtab ketdi.

— Shogirdlik? Uni ustozi ham shogirdi ham menman! Peshonang taqir ekanligi meni aybim emas. Sen ham shunday ayol top. Qachongacha soqqabosh boʻlib yurasan? - Jungkook mavzuni yana Jimin istamagan tomonga burib yubordi.

— Ozodligimga hasad qilyapsan deb tushunaman! - Jimin havsalasiz ohangda sha'ma qildi.

— Niki ham uylantiramiz. Keyingi navbatdagi sen boʻlasan... Malikani esan omon olib kelibsan. Senga ishongan edim... - Jungkookning soʻzlaridan betoqatlanib ketgan Jimin koʻzlarini noma'lum nuqtaga tikib jim qoldi. Jungkookning soʻzlariga javob qilmadi.

— Ertaga tongdan kengash boʻladi. O'sha yerda uchrashamiz! - Jimin sekin o'rnidan qozgʻalib xonani tark etdi. Jungkook aytgan gaplarida nimadir xato boʻlgani haqida oʻyladi. Ammo hammasi odatdagidek edi. Xonada yana yolgʻiz qolgan yigit xushsiz paytida koʻrgan tushi haqida oʻyladi. Hammasi juda chalkash edi. Har xil gʻalati holatdagi ayollar, umuman boshqa bir dunyo edi. U oʻsha yerda yashagandek his qildi oʻzini. Hayollarini eshik taqqilashi sochib yuborgandek boʻldi. Uning ijozati bilan xonaga kirib kelgan Bosh vazir Hajo qoʻliga allaqanday sandiqcha bilan Jungkookning yoniga keldi.

— Sogʻligʻingiz yaxshi ekanligidan hursandman qirolim... - Janob Hajo sandiqchani stol ustiga qoʻydi. Jungkook uning gaplariga javoban bosh silkib qoʻydi.
— Aslida sizni bezovta qilmoqchi emas edim. Ammo otangiz bu samdiqchani faqat siz ochishingiz kerakligi haqida koʻp gapirardi. Buni avvalroq birinchi kengashdan soʻng sizga berishim kerak edi. Ammo vaziyat oʻzgarib ketdi. Qirol vasiyatini bajarish meni burchim... - bosh vazir Hajo kichik shakldagi kalitni Jungkookka uzatdi. Jungkook uni qoʻliga olar ekan " J " harfi tushirilgan tasvir e'tiborini tortdi.

— Minnatdorman Janob Hajo. Ketishingiz mumkin... - Bosh vazir Hajo yengil tazim qilgach tezda xonani tark etdi.

Jungkook sandiqni ochar ekan ichida bir necha eski kitoblar, Qirolning shaxsiy kundaligi va ichida maxsus qizil qogʻozga oʻralgan maktub bor edi. Qizil qogʻoz ustida qirolning husnixatida "Jeon Jungkook" deb yozilgandi. Jungkook maktubni ochar ekan betoqatlanib unga tezda nigohini tashladi. Bu otasning husnixati edi. So'ngida qirol muhri. Demak Qirol Jeon avvaldan Jungkook taxtga o'tishini bilgan. U taxtni Jungkookka qoldirmoqchi boʻlgan. Jungkook maktubni o'qishga kirishdi.

❝ Qirol Jeondan ishongan oʻgʻli Jungkook uchun..

Men doim sendan faxlanganman oʻgʻlim. Doim borliging uchun shukur qildim. Dunyoda eng koʻp senga ishondim va shu bilan eng koʻp senga azob berdim. Koʻzlariga parda tortilgan otang seni oʻzinidan minglab chaqirib nariga yubordi. Seni vaxshiy va shavqatsiz muhitga uloqtirib omon qola olasanmi yoqmi jim kuzatib turdi. Mittigina, ojiz va norasida oʻgʻlini jang maydoniga uloqtirdi. Bu uchun badbaxt otangni kechir oʻgʻlim. Men bu bilan xato qildim deya olmayman. Sen shu sabab haqiqiy sarkarda va qirol boʻlib ulgʻayding. Senga doim ishonganman, umrining so'ngiga qadar ishonaman. Senga bir mushkul va sharafli ishni yuklamoqchiman. Ohangining oxiriga yetmagan qasosini sen olishing kerak. Ha bu qasos. Onang uchun oxiriga yetmagan qasosim. Onagning oʻlimi hech qanday baxtsizlik yoki hastalik emas edi. Bu fitna, bu suiqasd edi. Bu oʻsha Velamora qirolning suiqasdi edi. Velamora qiroli yangi savdo aloqalari sabab onang va menga saltanatdagi eng noyop va qimmatbaho zargarlik mahorati aks etgan zeb-u ziynatlar yubordi. Oʻshanda bu Velamora bilan tuzgan birinchi shartnoma edi. Biroq bu hech qachon yaxshilik emas edi. Onangga tortiq qilingan bejirim binafsha rang javrahli taqinchoq. Men uni taqib yurishi kerak ekanini, bu bejirim taqinchoq onangga naqadar yarashib turganini aytdim. Onang mening maqtovim sabab uni boʻynidan hech yechmasdi. Ammo u taqinchoq la'natlangan ekan. Onang uch kunga bormay yotoqqa sababsiz mixlanib qoldi. Hech qanday tabiblar, hech qanday da'vo va hech qanday chora yoʻq edi. Onang uch kun ichida hech qanday sababsiz jon berdi. Bu mavhum jumboq boʻlib qolgan edi. Saroy sehrgari buning sababi topa oldi. Qadimiy kitobda onang taqib yurgan taqinchoq siri ochildi. Ming yillar ilgari borliqdagi eng qudratli sehrgar binafsha rangli bejirim taqinchoqni oʻz sevgan ayoli uchun yasatgan emish. Taqinchoq la'nati eza juda kuchli, agar uni oʻsha ayolda oʻzga kimdir mehr qoʻyib taqib yursa oʻsha ayolning jon tanasidan chiqmaguncha taqinchoq yaraqlashgan toxtamas ekan. Onang doim taqinchoqning nur tarqatishi haqida gapirar, bundan quvonib uni hech ham boʻynidan yechmas edi. Onangni joni uzilgan oqshom taqinchoq nuri ham soʻngdi. Bu o'sha la'nat haqidagi haqiqatga isbot edi. Velamora qirolligi onangga atay la'natlangan taqinchoq tortiq edi.

Bu uning joniga qasd qilish edi. Onangning qotili oʻsha qirollik! Seni onasiz qoldirgan oʻsha saltanat edi. Men umrimning koʻp qismini o'sha qirollikni yakson qilish reja bilan oʻtkazdim. Ammo qirol Velamor qudratli davlatga asos solgan edi. Velamorani bosib olish eng mushkul ish edi. Mening umrim qasosim uchun yetarli boʻlmasa sen uni ado etishingni istayman! Onangni qasosini sen ol. Velamorani toʻliq egallab, mamlakatini yer bilan yakson qil. Hech kimga rahm qilma! Onangni bevaqt uzilgan joni uchun saltanatning har bir tirik joni javob bersin! Mening senga qoldirgan eng muhim vasiyam faqat shu. Oʻgʻlim hech qachon ortga chekinma! Sen Jeonsan. Bu qasos asli senga oid. Buni bajarish seni zimmangga yuklatilgan. Jang qil va hech qachon chekinish haqida oʻylama!

Junghwa qiroli Jeon. ❞

Jungkook maktubni oʻqib boʻlgach joyida qotib qoldi. U onasi haqida bu haqiqatdan mutlaqo habarsiz edi. U hatto onasining iforiga toʻya olmagan. Uning suratiga uzoq tikila olmagan ham edi. Bugun esa uning oʻlimi sababi va sababchilari haqida bildi. Maktubni siqimlar ekan koʻzlarida nafrat, alam va yovuzlik mavjlanar edi. Endi u mutlaqo boshqa maqsad va boshqa hislarga ega insonga aylangan....

☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆☆

Salom shakar qandlarim shu yerigacha oʻqigan boʻlsayiz albatta fikrlaringizni kutaman. Reaksiya bosishni unutmang. Bu men uchun juda muhim.

Imloviy xato koʻp boʻlsa kerak. Sorry, men ham odam xato qilaman.....

Author Sienna