BLUR
Arin (P.O.V.)
Bu yo‘l ahmoqlik ekanini bilaman. Ammo menda boshqa imkoniyat yo‘q edi. Bolamni yonimda olib qolish uchun yolg‘on ishlatishga majbur bo‘ldim… lekin endi o‘sha odamni qayerdan topaman? Kimdan yordam so‘rayman?
Menda atigi uch kun vaqt bor. Uch kun…
Yuragim siqilib ketdi. Balki… Suhoni olib qochib ketarman…
Sud vaqti tugadi.
Zalda og‘ir sukunat cho‘kdi. So‘ngra odamlar birin-ketin chiqib keta boshlashdi.
Arin esa joyidan qo‘zg‘almay bir necha soniya qotib qoldi. Go‘yo eshitgan gaplari hali ham qulog‘ida jaranglayotgandek edi.
U asta o‘rnidan turdi. Qadam tashladi… lekin oyoqlari go‘yo o‘ziga bo‘ysunmayotgandek edi.
Tashqariga chiqdi.
Ota-onasi ham ortidan jim ergashishdi. Hech kim gapirmadi. So‘zlar ortiqcha edi.
Mitsu kutish xonasidan Suhoni olib chiqdi. Suho atrofga qarab, nimanidir tushunmagandek Arinni izlay boshladi.
Arin unga qaradi.Yuragi siqilib ketdi.Lekin u jilmayishga majbur bo‘ldi.
— Men shu yerdaman…
Suhoning kichkina qo‘li Arinning qo‘lini mahkam ushladi.
Go‘yo qo‘yib yuborsa, yo‘qolib ketadigandek.
Biroz narida Namjoon va uning ota-onasi turardi. Ular ham jim edi.Bir necha daqiqadan so‘ng ular ham indamay ketishdi.
Janob Kang qiziga qarab turardi.Arinning yelkalari biroz bukilgan, ko‘zlari esa bo‘sh edi.
U bunday Arinni hech qachon ko‘rmagan edi.
— Qizim… — dedi u past ovozda.
Arin javob bermadi.
Janob Kangning yuragi ezildi.Janob Kang qizining yolģon gapirganini bilgan edi. Arin Suho uchun hatto òzini qurbon qilishgaham tayyor ekanligini bilgani uchunham sudiyaning oldiga borishga qaror qildi.
— Men… men Suhoni o‘zim qarayman, — dedi u birdan. — Uni berishsin menga. Men qaray olaman. Sen òzingni qurbon qilma .
Onasi unga xavotir bilan qaradi.
— Otasi…
Lekin Janob Kang allaqachon sudya yoniga borib ulgurgan edi.
— Iltimos, — dedi u titrab. — Bolani menga bering. Bu mening nevaram. Men uni tashlab qo‘ymayman.
— Janob Kang, biz sizning holatingizni tushunamiz, lekin…
— Iltimos — dedi u ovozini ko‘tarib. — U bizning oilamiz.
Sudiya chuqur nafas oldi.— Sizning yoshingiz katta. Nafaqadasiz. Sog‘lig‘ingiz ham to‘liq barqaror emas.
Har bir so‘z… og‘ir zarba edi.
— Bu bola uchun barqaror muhit kerak.
Janob Kangning ko‘zlari namlandi.
— Afsuski, bu imkonsiz, — dedi sudiya qat’iy.
Bu gap… nuqta qo‘ydi.
Janob Kang joyida qotib qoldi.
Qo‘llari asta pastga tushdi.
U orqasiga burildi. Arin hammasini ko‘rib turardi.U otasining ko‘zidagi ojizlikni birinchi marta ko‘rdi.Va shu lahzada…uning ichida yana nimadir sindi.
U Suhoni yanada mahkam bag‘riga bosdi.
— Men seni bermayman… — dedi u pichirlab, titrab.
Lekin ovozi ichida yo‘qolib ketdi.
Chunki u ham bilardi…
hammasi uning qo‘lidan chiqib ketayotganini.
Janob Kang kòzlaridagi yoshlarini artib Arinni oldiga bordi.
— Qizim qani endi bòldi ketamiz , sen siqilma men hali bir ilojini topaman - deya qiziga taskin berdi, lekin bu gapga òzi ishongisi kelmasdi.
Men birinchi marta imkonsiz qoldim. Qizimdan qolgan yodgarligimni yagonagina nabiramni òzimda olib qola olmayabman. Qaniydi usha vaqtda qizimni u yerga ketishiga ruxsat bermaganimda edi, hozr bunaqa ishlar bòlmasdi. Men yaxshi ota emasman. Bitta qizimdan ayrildim, bittasini esa baxtsiz bòlishiga sababchi bòlyabman.- òyladi Janob Kang
Arin hech narsa demadi. U shunchaki Suhoning qo‘lidan mahkam ushlagancha mashina tomon yurdi. Janob Kang va Kang xonim ham Mitsu bilan birga ortidan ergashib, mashinaga joylashishdi.
Arin haydovchi o‘rindig‘iga o‘tirdi, kalitni burab, mashinani ishga tushirdi. Ammo endigina katta yo‘lga chiqqanida, ularning yo‘lini qora rangli mashina to‘sib qo‘ydi.
Arin keskin tormozni bosdi.
— Lanati… bu yana kim bo‘ldi? — deya tishlarini qisib, mashinadan tushdi.
U g‘azab bilan o‘sha mashina tomon yurdi va oynasini qattiq taqillatdi.
— Och, lanati. Kim bo‘lsang ham, nega yo‘limni to‘sayapsan?— dedi u jahli chiqib, oynani yana urib.
Mashina ichida esa ota-onasi, Mitsu va Suho jimjitlikda Arinni kuzatib o‘tirishardi.
Nihoyat, mashina oynasi sekin pastga tushirildi.
— Sekinroq, Arin xonim, — dedi Jimin labida yengil tirjayish bilan.
— Janob Jimin, siz aqldan ozganmisiz? Sal qolsa avariya bo‘lardi-ku— dedi u ovozini ko‘tarib.
Jiminning nigohi sovuq tortdi.
— Ovozingni menga qarata ko‘tarma - dedi u buyruq ohangida.
— Nima qilishni menga o‘rgatmang. Nega bu yerdasiz?
Jimin bir zum sukut saqladi, so‘ng unga tikildi.
— Taklifimni o‘ylab ko‘rdingmi? - dedi u sokin, ammo bosim bilan.
Arinning yuragi tez ura boshladi.
Uning qo‘llari beixtiyor musht bo‘lib siqildi.
— Siz jiddiy gapiryapsizmi…? — dedi u past, lekin titroq ovozda.
Jiminning ko‘zlarida esa o‘sha tanish sovuq qat’iyat chaqnardi.
— Bu yerda ekanligimni qayerdan bildingiz? — dedi Arin shubha bilan.
Jimin beparvo yelka qisdi.
— Agentlarim juda yaxshi ishlaydi.
Hullas, mashinaga o‘tir. Gaplashib olishimiz kerak, — dedi u buyruq ohangda.
— Siz bilan gaplashadigan hech qanday gapim yo‘q, janob.
U ortiga burilib, yana o‘z mashinasi tomon yurdi.
Jimin chuqur “uhh” tortdi-da, mashinadan tushib, tezda Aringa yetib oldi. Qo‘lidan ushlab, uni o‘ziga tortdi.
— Gapim tugamadi hali, — dedi past, lekin qat’iy ovozda.
— Senga yordam bera oladigan yagona odam — menman.
Shu payt mashinadan Janob Kang tushdi.
U tez yurib kelib, bir og‘iz ham gapirmay Jiminga musht tushirdi.
— Sen kimsanki mening qizimga teginasan?! — dedi u jahli chiqib.
Yana bir musht.
Jimin bu safar ham qarshilik ko‘rsatmadi. Faqat jag‘ini qattiq qisib, g‘azabini ichida bosib turdi.
U labining chetidan chiqqan qon tomchisini qo‘li bilan artdi va sovuq jilmaydi.
— Kuyovingizga ham shunaqa deysizmi… qaynotajon?
— Qaynota…? — dedi hayrat bilan.
— Qizim, bu nima degani? Sen… boya rost gapirgandingmi?
U savol nazari bilan Aringa qaradi.
Arin esa nima deyishni bilmay, boshini egdi. Jim turdi.
Bu jimlik… hamma narsadan ko‘ra aniqroq javob edi.
Jimin bundan foydalanib davom etdi:
— Biz allaqachon birgamiz, qaynotajon. Faqat sizga aytishga vaqtimiz bo‘lmadi.
— Hoy, nimalar deyapsiz?! — dedi Arin birdan. — Dada, bunga ishonmang! U yolg‘on gapiryapti.
Jimin unga qisqa qarab qo‘ydi, keyin yana Janob Kangga yuzlandi.
— Arinni menga bering. Shunda nabirangiz ham siz bilan qoladi.
Janob Kangning nigohi jiddiylashdi.— Avval o‘zingni tanishtir.
Jimin bir qadam oldinga chiqdi.
— Park Jimin.
Janob Kangning ko‘zlari biroz kattalashdi.
— Unda otang kelsin, — dedi Janob Kang sovuq ohangda.
— U bilan gaplashamiz.
U ortiq gapirmadi. Orqasiga burilib, mashinaga qaytib o‘tirdi.
Endi ular faqat ikkovlari qolishdi.
Jimin sekin Aringa yaqinlashdi.
— Ko‘ryapsanmi? Hatto otang ham qarshi emas.
Arin keskin javob berdi:
— Hali rozilik bermadilar.
Jimin labining bir chetini ko‘tardi.
Arin unga tik qaradi.— Siz juda ishonchli gapirib yuboryabsiz .
Arin Jimindan osonlikcha qutila olmasligini bildi va qarshisiga chiqdi.
— Gapiring, — dedi u sovuq ohangda. — Nima xohlaysiz?
Jimin uning qarshisida to‘xtadi.
Bir necha soniya indamay turdi. Ko‘zlari Arinning yuzida, go‘yo uni o‘qiyotgandek.
— Senga advokat, pul, himoya kerak, — dedi u nihoyat.
— Va eng muhimi… Suhoni o‘zingda olib qolish.
— To‘g‘ri, — dedi u sekin. — Lekin buning evaziga nima olasiz?
Jimin labining bir chetini ko‘tardi.
— Aqlli savol - U biroz yaqinlashdi.— Oddiy shart.
Arin qoshlarini chimirdi.
— Qanaqa?
Jimin past, aniq ovozda gapirdi:
— Sud kunigacha sen men bilan yashaysan.
— Nima…? — dedi Arin ishonmay.
— Shahardan tashqarida dala hovlim bor, — davom etdi Jimin xotirjam.
— Shu vaqt davomida sen u yerda bo‘lasan.
Arin boshini chayqadi.
— Yo‘q… bu bo‘lishi mumkin emas.
Jimin uning gapini bo‘ldi.
— Bu hali hammasi emas.
Arin jim qoldi.Ichida nimadir yomon his uyg‘ondi.
— Sen rasmiy ravishda mening ayolim bo‘lasan, — dedi Jimin qat’iy.
Bu gap… og‘ir zarbadek tushdi.
— Siz aqldan ozgansiz… — dedi Arin pichirlab.
U bir qadam yaqinlashdi.
— Lekin men yutqazmayman.
Arinning ko‘zlarida yosh qalqdi, lekin u o‘zini tutdi.
— Yo‘q, — dedi Jimin sokin.— Bu kelishuv.
Jimin bir lahza jim turdi.
Keyin sekin javob berdi.
Bu safar vaqt ham to‘xtagandek edi.Arinning yuragi siqilib ketdi.
Orqasida mashinada o‘tirgan Suho ko‘z oldiga keldi.
Ko‘zidan yosh chiqib ketdi.
U boshini pastga egdi.
Qo‘llari titray boshladi.
— Siz… — dedi u zo‘rg‘a, — juda pastkashsiz.
Jimin hech narsa demadi.
Faqat qarab turdi.Kutdi.
U bilardi…Arin taslim bo‘lishini.
U sekin boshini ko‘tardi.
Ko‘zlari yoshli, lekin qarori aniq edi.
Bu so‘z chiqishi bilan… hamma narsa o‘zgardi.
Jimin esa ich-ichidan g‘alaba hissini yashira olmadi. Ko‘zlarida yengil qoniqish chaqnadi.
U vaqtni yo‘qotmaslik uchun mashinasiga qaytib, oldindan tayyorlab qo‘yilgan nikoh shartnomasini olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay, qo‘lida hujjat va ruchka bilan yana Arin qarshisida paydo bo‘ldi.
U qog‘ozni Aringa uzatdi.
— Imzola, — dedi buyruq ohangida.
Arin bir lahza qotib qoldi. Ichida ikkita tuyg‘u urishardi — qo‘rquv va majburiyat. Suho uchun… faqat Suho uchun.
Qo‘llari titragancha qog‘ozni oldi. Har bir harfni zo‘rg‘a ko‘rib, imzo qo‘ydi.
Men to‘g‘ri qildimmi?..Bu inson bilan qanday yashayman endi?.. — deb o‘yladi u ichida.
Jimin qog‘ozni ko‘zdan kechirib, qoniqish bilan bosh irg‘adi.
— Vanihoyat menikisan, — dedi u past ovozda.
So‘ng Arinning qo‘lidan ushlab, barmoqlarini sekin labiga olib bordi va ohista o‘pdi.
Arin darhol qo‘lini tortib oldi.
— Nafratlanaman sizdan, — dedi u sovuq nafrat bilan.
Jimin esa bir soniya ham ta’sirlanmadi.
— Menga baribir, — dedi u xotirjam. — Endi majbursan.
— Kechqurun tayyor bo‘l. Seni olib ketaman.
Arin qattiq tikildi.
— Qayerga?
Jimin labining bir chetini ko‘tardi.
— Asal oyiga, — dedi u sekin, ishonchli ohangda.
Oradan 3 kun òtti.
Jiminning oilasi va Arinning oilasi kelishib olishdi.
Arinning dadasi Janob Parkni avvaldan tanigani uchunham bu nikohga rozilik bildirdi .
Jimin usha kuni kechqurun Arinni dalahovliga olib ketkandi.
U yerda haqiyqiy er-xotindek birga yashashdi. Òrtalarida hamma narsa bòlib òtti.
Bugun esa mana sudning oxirgi kuni edi.
Jimin Arinni ertalab uyiga tashlab qòydi va òzi esa ishga ketti. Sud vaqti 14:30 da bòlgani uchunham Jimin kompaniyadagi ishlarini hal qilish uchun ketkandi.
14:55 Sud boshlandi.
Zal ichida sukunat og‘irlashdi.
Arin eshik tomonga qarab turardi.U keladi… albatta keladi…Lekin eshik ochilmadi.Sekundlar o‘tdi.Daqiqa o‘tdi.Hech kim kirmadi.
Advokat yengil kulimsiradi.
— Ko‘rdingizmi, Arin xonim?
— Vaqt tugadi.
— Yo‘q… u keladi… — dedi u pichirlab.
Lekin ovozi o‘ziga ham ishonchsiz chiqdi.Shu payt eshik ochildi.Hamma boshini burdi.Kirgan odam…Jimin emas Taehyung edi.
Arin qotib qoldi.
— Siz…? — dedi u ishonmay.
Taehyung sokin qadam bilan ichkariga kirdi.
Sudya qaradi.
— Siz kim bo‘lasiz?
Taehyung bir lahza jim turdi.
Keyin juda xotirjam ovozda dedi.
— Men uning eriman.
Sukut.Xonada havo o‘zgarib ketgandek bo‘ldi.
Arin ko‘zlarini kattalashdi.
— Nima?! — dedi u past ovozda.
Taehyung unga qaradi, lekin bu qarashda yolg‘on emas, og‘ir bir narsa bor edi.
Advokat hayrat bilan hujjatlarga qaradi.
Taehyung bosh irg‘adi.
— Ha.- dedi va sudiyaga nikoh hujjatini taqdim etadi.
Arin qadam tashlamoqchi bo‘ldi, lekin oyoqlari ishlamadi.
— Siz nima qilyapsiz?! — dedi u titrab.
Taehyung javob bermadi.
Chunki bu uning tanlovi emas edi.Bu — Jiminning rejasi edi.
Sudya chuqur nafas oldi.
— Davom etamiz.
Lekin Arin endi hech narsani eshitmayotgandek edi.
Qulog‘ida faqat bitta fikr aylanardi.
Taehyung esa jim turardi.
Va ichida bitta gapni takrorlardi:
Men faqat vaqt yutyapman…
Zalda jimlik cho‘zilib ketdi.
Taehyung hali ham o‘rtada turardi.Arin esa qotib qolgan — uning ichida hamma narsa bir savol atrofida aylanardi– Jimin qayerda?
Sudya hujjatlarni yana bir bor ko‘zdan kechirdi.
Keyin chuqur nafas oldi.
— Tomonlarni tinglaganimizdan so‘ng…
Arinning yuragi qattiq ura boshladi.
Suho yon tomonda kichkina qo‘llarini siqib o‘tirardi.
Arin ko‘zlarini yumdi.
Iltimos…dedi pichirlab,
— Bolaning qaramog‘i bo‘yicha…
— Arin xonim foydasiga qaror qilinadi.
Bir lahza…hech kim tushunmadi.Keyin Arin sekin ko‘zini ochdi.
Sudya davom etdi — Suho Arin xonimning qaramog‘ida qoladi.
Arinning nafasi tiqilib qoldi.
— Rostmi…? — dedi u pichirlab.
Ko‘zlaridan yosh oqib chiqdi.
Lekin bu safar — og‘riqli emas edi.Bu yengillik edi.Arin darrov Suhoga qaradi.
— Suho…U yugurib borib uni quchoqladi.
— Men seni yo‘qotmayman…
Suhoning kichkina qo‘llari Arinni mahkam ushladi.
Zal ichida shovqin boshlandi.
Advokatlar gaplashmoqda, kimdir norozilik bildirmoqda.
Lekin Arin uchun hamma narsa to‘xtab qolgan edi.Faqat Suho bor edi.
Taehyung bir chetda jim turardi.U Aringa qaradi.
Ko‘zlarida esa bitta savol bor edi — Endi nima bo‘ladi?
Chunki u ham bilardi…bu qaror — oxiri emas edi.Bu faqat boshlanish edi.
Va eng katta savol hali javobsiz edi — Jimin qayerda?