April 20

BLUR

8 qism

1-kun oldin

Kechki soat 21:15.
Jimin va Arin yonma-yon o‘tirib, sokin bir kino tomosha qilishardi. Xonada faqat ekran yorug‘i va past ovozdagi sahnalar hukm surardi.
Jimin Arinni quchog‘iga olgan, goh-gohida uning ochiq yelkasidan, bo‘ynidan ohista o‘pib qo‘yardi. U deyarli gapirmasdi. Ammo sukuti ham so‘zlardan kuchliroq edi — har bir harakati bilan o‘zining hukmronligini sezdirar, go‘yo ogohlantirayotgandek.
Arin esa jim. Qarshilik yo‘q. Faqat ko‘zlari ekranga qadalgandek, ammo fikrlari ancha uzoqda. Go‘yo u qarshilik qilsa, Jimin hammasini tashlab ketadigandek. Va agar u ketsa — Suhoni yo‘qotish ehtimoli juda katta edi.
Shu sabab Jimin — Arin uchun shunchaki inson emas, balki imkoniyat edi. Suhoni saqlab qolish imkoniyati.
Ammo baribir, ich-ichidan nimadir bezovta qilardi.

Bu insonning sukunati meni qo‘rqitadi…— Nahotki odam shunchalik egalik qila olsa?..— Atigi ikki kun ichida uning qanday ekanini anglab oldim…— Juda asabiy, tez jahli chiqadi. Hammasi uning uchun mukammal bo‘lishi kerak…— Lekin men mukammal bo‘lishni xohlamayman…
Arin chuqur nafas oldi, ammo bu nafas ham ichidagi og‘irlikni yengillashtira olmadi. Kino davom etardi. Lekin uning qalbida boshqa, ancha murakkab sahna ketayotgandi.

Kino davom etardi, ammo ular orasida biror so‘z almashilmadi. Xonani sukut egallagan, faqat ekrandan taralayotgan ovozlar bor edi.
Birdan telefon jiringladi. Bu jimlikni kesib o‘tgan yagona tovush bo‘ldi.

— Arin, telefonni olib yubor, — dedi Jimin qisqa va buyruq ohangida.

Arin indamay stol ustida turgan telefonni oldi-da, Jiminga uzatdi. So‘ng yana o‘zini kinoga berayotgandek ko‘rsatdi.

— Yarim kechasi kim bo‘ldi ekan… — dedi Jimin kiruvchi qo‘ng‘iroqqa qarab, ovozida sovuq qiziqish sezilib.

Bu nega qo‘ng‘iroq qilyapti… — deb o‘yladi u ichida.

Ekrandagi raqamni ko‘rishi bilan uning yuzi o‘zgardi. Bir lahza ham ortga qaramay, o‘rnidan turdi va xonadan chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan xona yana sokinlikka cho‘mdi.
Arin sekin boshini ko‘tardi va eshik tomonga qaradi. Jiminning ketganiga ishonch hosil qilgach, yelkalari asta bo‘shashdi. Nafasi yengillashdi, go‘yo ko‘rinmas bosim birdan yo‘qolgandek.
U ko‘zlarini yumdi.

Bu inson bilan qanday yashayman endi…

Oradan biroz vaqt o‘tgach, eshik keskin ochildi. Jimin asabiy holda ichkariga kirib keldi. Uning qadamlaridayoq g‘azab sezilib turardi. Hech narsa demay, Arinning yoniga kelib o‘tirdi.

— O‘chir televizorni. Ovozi yoqmayapti, — dedi birdan, sovuq ohangda.

Arin bir lahza nima deyilganini anglamay, unga qarab qoldi.

— Senga o‘chir dedim. Nega bunday qarayapsan? — Jiminning ovozi birdan ko‘tarildi.

Arin seskanib ketdi. Qo‘llari yengil titradi. U darhol pultni olib, televizorni o‘chirdi.
Xona birdan yana sukunatga cho‘mdi. Ammo bu safar bu sukunat tinch emas, bosimga to‘la edi.

— Tur. Xonaga borib tayyorlan.

Arin sekin bosh ko‘tardi. Yuragi tez ura boshlaganini o‘zi ham sezardi.

— Balki kerak emasdir… Axir ertalab ham bo‘ldi… kechasi ham bo‘ldiku… — dedi past, ehtiyotkor ovozda.

Jiminning nigohi birdan sovuq tortdi.

— Tur dedim senga. Jahlimni chiqarma, Arin.

Bu gapda yashirin ogohlantirish bor edi va Arin buni juda yaxshi tushunardi.

Arin indamay chiqib ketdi. U bilardi — bu yerda so‘zlar hech narsani o‘zgartirmaydi.
Xonaga kirgach, shkafni ochdi. Ichida allaqachon tayyorlab qo‘yilgan kiyimlar osig‘liq turardi — go‘yo uning tanlovi yo‘qdek. U ulardan birini oldi-da, dushxonaga kirdi.
Suvni oxirigacha sovuq qilib ochdi.
Muzdek tomchilar tanasiga urila boshladi. Bir necha soniyadayoq butun vujudi zir-zir titray boshladi. Ammo Arin buni sezmayotgandek edi. Ko‘zlarini yumgancha, qimirlamay turardi.
Chunki uning ichidagi sovuqlik tashqaridagidan ancha kuchliroq edi.

Ikki kun… atigi ikki kun ichida hammasi o‘zgarib ketdi.

Endi uning hayollarida faqat bitta ism bor edi — Suho.
U o‘zini allaqachon topshirib bo‘lgandi. Tanlovsiz. Qarshiliksiz. Go‘yo boshqa yo‘li yo‘qdek.
Jimin bilan esa… ular hatto odamdek gaplashishmasdi.
Bu munosabatda na iliqlik bor, na tushunish.
Jimin uchun Arin — shunchaki vosita edi. Nafsi uchun. Vaqtincha ehtiyoj uchun.
Va janob Parkning qarorlari bilan bu “vosita” tayyorlab qo‘yilgandi.
Bu paytda Jimin zalda yolg‘iz qolgancha, telefonini olib yana qo‘ng‘iroq qildi.

📞 — Tinchlikmi, Jimin? — dedi dadasi go‘shakni ko‘tarishi bilan.

📞 — Dada, men ertaga shoshilinch AQSHga borib kelishim kerak bo‘lyapti.

📞 — Nega? Axir ertaga sudga borishing kerak-ku.

📞 — Shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilishdi… Dada, Sofianing ahvoli og‘ir ekan. Bormasam bo‘lmaydi.

📞 — Sen bola aqldan ozdingmi?! — uning ovozi keskinlashdi. — Bormaysan u yerga. Endi sen oilali erkaksan.

📞 — Dada, axir u ham rafiqam-ku…

📞 — Sobiq rafiqang! U bilan ajrashgansan. Bormaysan. Aringa keraksan bu yerda.

📞 — Menga Sofia muhim. Taehyungga ayting, menga qo‘ng‘iroq qilsin.

📞 — O‘zing emasmi “Sofia xiyonat qildi” deb ajrashgan?

📞 — Dedim… lekin baribir borishim kerak. Nima bo‘lsa ham, u Marianing onasi.

📞 — Arin-chi? Unga nima deysan?

📞 — Arinni o‘zingiz kelin qilishni xohladingiz, men emas. Shunday ekan, bu ishga aralashmang.

📞 — Sen butunlay aqldan ozgansan! Ertaga sud deyapman. U qiz senga ishonyapti. Yarim yo‘lda tashlab ketasanmi endi?

📞 — Yo‘q. Soxta hujjat tayyorlaymiz. Taehyung vaqtinchalik uning eri rolini o‘ynab turadi.

📞 — Bu ishlar aytilgandek oson emas… Keyin unga nima deysan?

📞 — U meni tushunadi. Dada, iltimos, Taehyungni topib bering. Telefoni o‘chiq deyapti.

📞 — Yaxshi… — dedi dadasi og‘ir xo‘rsinib. — Lekin bilib qo‘y, bola… buning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi.

Qo‘ng‘iroq tugadi.
Xona yana jimjitlikka cho‘mdi.
Ammo bu safar bu jimlik — bo‘ron oldidan keladigan sukunat edi.

Arin indamay chiqib ketdi. U bilardi — bu yerda so‘zlar hech narsani o‘zgartirmaydi.
Xonaga kirgach, shkafni ochdi. Ichida allaqachon tayyorlab qo‘yilgan kiyimlar osig‘liq turardi — go‘yo uning tanlovi yo‘qdek. U ulardan birini oldi-da, dushxonaga kirdi.
Suvni oxirigacha sovuq qilib ochdi.
Muzdek tomchilar tanasiga urila boshladi. Bir necha soniyadayoq butun vujudi zir-zir titray boshladi. Ammo Arin buni sezmayotgandek edi. Ko‘zlarini yumgancha, qimirlamay turardi.
Chunki uning ichidagi sovuqlik tashqaridagidan ancha kuchliroq edi.

Ikki kun… atigi ikki kun ichida hammasi o‘zgarib ketdi.

Endi uning hayollarida faqat bitta ism bor edi — Suho.
U o‘zini allaqachon topshirib bo‘lgandi. Tanlovsiz. Qarshiliksiz. Go‘yo boshqa yo‘li yo‘qdek.
Jimin bilan esa… ular hatto odamdek gaplashishmasdi.
Bu munosabatda na iliqlik bor, na tushunish.
Jimin uchun Arin — shunchaki vosita edi. Nafsi uchun. Vaqtincha ehtiyoj uchun.
Va janob Parkning qarorlari bilan bu “vosita” tayyorlab qo‘yilgandi.
Bu paytda Jimin zalda yolg‘iz qolgancha, telefonini olib yana qo‘ng‘iroq qildi.

📞 — Tinchlikmi, Jimin? — dedi dadasi go‘shakni ko‘tarishi bilan.

📞 — Dada, men ertaga shoshilinch AQSHga borib kelishim kerak bo‘lyapti.

📞 — Nega? Axir ertaga sudga borishing kerak-ku.

📞 — Shifoxonadan qo‘ng‘iroq qilishdi… Dada, Sofianing ahvoli og‘ir ekan. Bormasam bo‘lmaydi.

📞 — Sen bola aqldan ozdingmi?! — uning ovozi keskinlashdi. — Bormaysan u yerga. Endi sen oilali erkaksan.

📞 — Dada, axir u ham rafiqam-ku…

📞 — Sobiq rafiqang! U bilan ajrashgansan. Bormaysan. Aringa keraksan bu yerda.

📞 — Menga Sofia muhim. Taehyungga ayting, menga qo‘ng‘iroq qilsin.

📞 — O‘zing emasmi “Sofia xiyonat qildi” deb ajrashgan?

📞 — Dedim… lekin baribir borishim kerak. Nima bo‘lsa ham, u Marianing onasi.

📞 — Arin-chi? Unga nima deysan?

📞 — Arinni o‘zingiz kelin qilishni xohladingiz, men emas. Shunday ekan, bu ishga aralashmang.

📞 — Sen butunlay aqldan ozgansan! Ertaga sud deyapman. U qiz senga ishonyapti. Yarim yo‘lda tashlab ketasanmi endi?

📞 — Yo‘q. Soxta hujjat tayyorlaymiz. Taehyung vaqtinchalik uning eri rolini o‘ynab turadi.

📞 — Bu ishlar aytilgandek oson emas… Keyin unga nima deysan?

📞 — U meni tushunadi. Dada, iltimos, Taehyungni topib bering. Telefoni o‘chiq deyapti.

📞 — Yaxshi… — dedi dadasi og‘ir xo‘rsinib. — Lekin bilib qo‘y, bola… buning oqibati yaxshilik bilan tugamaydi.

Qo‘ng‘iroq tugadi.
Xona yana jimjitlikka cho‘mdi.
Ammo bu safar bu jimlik — bo‘ron oldidan keladigan sukunat edi.

— Men to‘g‘ri qilyapmanmi o‘zi…
Ikki o‘t orasida qoldim. Yuragim Sofiya tomon tortadi… aqlim esa Arinning yonida qolishimni aytadi.
— Lekin bir narsani angladim… men hali ham Sofiyani unuta olmagan ekanman. Uning kasal ekanini eshitib, ichim muzlab ketdi. Nima bo‘lmasin… u mening birinchi sevgim edi.
Qancha xiyonat qilmasin, men uni kechirishga tayyor edim. Har safar.
— Ammo… seni xohlamaydigan insonni yoningda ushlab turish qanchalik qiyin ekan…
Men uni chin dildan sevganman. Bir necha bor kechirdim. Xiyonatini ko‘rsam ham jim qoldim. Go‘yo ko‘rmagandek… eshitmagandek yashadim.
Lekin oxirgisi… hammasidan oshib tushdi.
— U mening eng yaqin do‘stim bilan birga bo‘ldi.
Va eng og‘iri… u mendan hatto uzr ham so‘ramadi.
Shunga qaramay… mana endi o‘zimga achinaman.
Baribir, Sofiya uchun AQSHga borishni o‘ylayapman. Uning ahvolini bilishim kerak.

Agar doktor aytgandek, uning umri kam qolgan bo‘lsa-chi?..Nahotki… mening birinchi sevgim ko‘z o‘ngimda yo‘qolayotgan bo‘lsa…Yana bir gap… ular aytishdi, u xotirasini yo‘qotgan emish…

Demak… u bizni ham eslamaydimi endi?..

Bizning o‘sha baxtli kunlarimizni… birga kulgan lahzalarimizni…
…nahotki hammasi faqat men uchun qolib ketayotgan bo‘lsa…

Jimin asabiy qo‘lini sochlari orasiga olib kirib, mahkam ushladi. Nafasi og‘irlashdi.

— Arin-chi… unga nima deyman?
“Kechaqol, meni kechir… men seni emas, Sofiani tanladim”, deymanmi?..

U achchiq kulib qo‘ydi, ammo bu kulgida umuman quvonch yo‘q edi.

— Dadam aytgani uchun Aringa uylandim.
Arin… u oddiy qiz. Jim, toza, beg‘ubor. Lekin Sofia-chi…

U ko‘zlarini yumdi.

— Ularni solishtirsam… Arin Sofiadan ko‘ra ancha pok. U hech qachon xiyonat qilmaydi.
Lekin… men-chi? Men unga loyiqmanmi o‘zi?..

Bir lahza sukut cho‘kdi.

— Yo‘q… men Aringa loyiq emasman.
Men… faqat o‘sha xiyonatkor Sofiani sevgan, yana ham sevishda davom etayotgan odamman.

U boshini sekin chayqadi.

— Endi esa… ikkalasini ham ushlab turmoqchiman…

Bu gapni o‘zi aytib, o‘zi ham og‘ir nafas oldi.

— Agar rostdan ham Sofianing umri kam qolgan bo‘lsa…bu bir tomondan…osonlashadigandek.
Arin bilan tinch yashashim mumkin…

U birdan gapini to‘xtatdi. O‘z fikridan o‘zi cho‘chigandek.

— Lekin… agar u rostdan o‘lsa…
Uning ovozi pastlab ketdi.

— Men… haqiqatan ham baxtli yashay olamanmi o‘zi?..

O‘yga botib o‘tirgan payti telefon jiringladi.
Jimin ekraniga qaradi — “Tete”. U darhol qo‘ng‘iroqni ko‘tardi.

📞 — Nega telefonni olishing shunchalik qiyina sen bolani — dedi u asabiy ohangda.

📞 — Tinchlikmi, hyung? Meni izlab qolibsan, — dedi Taehyung xotirjam.

📞 — Hullas, tanishlaringni ishga solib, soxta nikoh hujjati tayyorla.

Jiminning bu gapini eshitgan Taehyung birdan qattiq kulib yubordi.

📞 — Hyung, yana kimga uylanmoqchisan? Arinning o‘zi yetmayaptimi?

📞 — Hozir hazilning vaqti emas. Men emas — sen uylanasan. Aringa.

Bu gap shunchalik sovuqqonlik bilan aytildiki, Taehyung bir lahza nima deyishni ham bilmay qoldi.

📞 — Hyung… hazillashyapsan, shundaymi?..

📞 — Sofia avtohalokatga uchragan. Hozir og‘ir ahvolda kasalxonada. Bormasam bo‘lmaydi.

📞 — Hyung, senga turmush o‘yinchoqmi? Arinni umuman o‘ylamadingmi? Unut endi o‘sha Sofiani. Endi senda Arin bor.

📞 — O‘limi yaqin deyishyapti… — Jiminning ovozi pasaydi, lekin keskin edi. — Miyasi shikastlangan, xotirasini yo‘qotgan deyishyapti. Eshityapsanmi meni? U… faqat meni eslay olishi mumkin. Bu ham ellik foiz…

Jiminning fikrlari faqat Sofiada edi. Taehyung qancha Arin haqida gapirmasin, u yana o‘sha tomonga qaytardi.

📞 — Hullas, ertaga sudga mening o‘rnimga borasan.

📞 — Hech qachon. Arin — sening xotining, mening emas.

📞 — Aytganimni qil. Shoshilinch bo‘lmasa, ketmasdim. Oxirgi marta yordam ber.

📞 — Aringa nima deysan?..

📞 — Unga hech narsa aytma. Keyin o‘zim tushuntiraman.

Qo‘ng‘iroq tugadi.
Xonada yana sukunat cho‘mdi.
Ammo bu safar bu sukunat — yolg‘on, qaror va oqibatlar bilan to‘lib-toshgan edi.

Jimin telefonini stol ustida qoldirib, xonasi tomon yurdi.
Eshikni ochib ichkariga kirganida, Arin yotoqda yo‘q edi. Hammom tomondan suv shovqini eshitilib turardi.
U asta ustki kiyimlarini yechib, hammomga yaqinlashdi.

— Kiryapman, — dedi eshikni sekin ochib.

Ichkariga kirishi bilan ko‘zi Aringa tushdi. U muzdek suv tagida, devorga suyangancha o‘tirardi. Tanasini titroq bosgan.

— Tentak qiz… muzlab qolibsanku, — dedi Jimin shoshilib.

U darhol Arinni qo‘liga ko‘tarib olib chiqdi. Yotoqqa yotqizib, shkafdan quruq kiyim oldi va ehtiyotkorlik bilan kiydirdi. So‘ng uni ko‘rpaga mahkam o‘rab qo‘ydi.

— Shunchalik o‘lgin kelyaptimi sen qizni? Qaysi aqling bilan bunaqa ish qilyapsan o‘zi?
— Senga tayyorlan dedim… borib suv tagiga o‘zingni tashla demadim-ku, tentakvoy, — dedi bu safar biroz yumshoqroq ohangda.

Bu ohang Aringa g‘alati tuyuldi… go‘yo koyish emas, erkalashga o‘xshardi.

Jimin tortmadan sochiq olib, uning yuzlari va ho‘l sochlarini asta artdi.

— Ikkinchi marta bunday qilmagin, xo‘pmi?

— Kasal bo‘lib qolishing mumkin. Keyin menga kim farzand tug‘ib beradi sen kasal bo‘lib qolsang? — dedi hazil aralash.

Arin zo‘rg‘a jilmaydi.

— Maria bilan Suho yetmaydimi sizga?..

— Yo‘q, yetmaydi. Menga sen… va mendan yaralgan bolalar kerak. Suho bilan Maria esa — bizning katta farzandlarimiz.

Jimin uning yuzidan asta o‘pib qo‘ydi.

— Mayli, buguncha shunchaki jim yotib uxlaymiz.
Lekin keyin… to‘yimiz bo‘lgandan so‘ng, umuman seni uxlatmayman.

Arin sekin boshini ko‘tardi.

— To‘y?.. Nima, katta to‘y qilmoqchimisiz?

— Oq ko‘ylak kiyishni xohlamaysanmi?

Jimin ham ko‘rpa ichiga kirib, Arinni mahkam quchib oldi. Uni issiq bag‘riga bosdi.
Tashqarida hammasi tinchgandek edi.
Lekin bu iliqlik ortida hali aytilmagan haqiqatlar, yashirilgan qarorlar bor edi.

Arin ko‘zlarini asta yumdi. Issiq bag‘r ichida bo‘lsa ham, yuragi tinch emasdi.

— Men buni xohlaymanmi o‘zi?..Oq ko‘ylak… bu axir eng katta orzularimdan biri edi…Lekin nega hozir buni xohlamayapman?..Balki… bu insonni sevmasligim uchundir…
U asta ko‘zlarini ochdi. Jiminning qo‘llari mahkam quchib turardi. Ammo bu iliqlik ham uning ichidagi sovuqlikni eritolmasdi.
Ertasi kuni.
Jimin Arinni uyiga olib kelib qo‘ydi.

— Ishga ketishim kerak, — dedi qisqagina.

Arin hech narsadan shubhalanmadi. U ketdi.
Ammo Jimin ishga emas… AQSHga uchib ketdi.
Sud kutilganidan ham oson o‘tdi.
Taehyung tayyorlagan soxta hujjatlar sabab, Suhoning vasiyligi Arinda qoladigan bo‘ldi.
Sud tugashi bilan odamlar asta-sekin tarqala boshlashdi.
Arin esa yengil nafas olib, oilasi bilan tashqariga chiqdi.
Uning yuzida uzoq vaqtdan beri ko‘rinmagan tabassum bor edi.
Tashqariga chiqishlari bilan Taehyung gap boshladi:

— Qani, endi uyga ketishimiz kerak, Arin.

U shunchalik oddiy gapirdiki, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek.

— O‘g‘lim, akang qayerda? Nega u kelmadi? — deb so‘radi janob Kang.

— Ish safari bilan AQSHga ketdi. Aringa qiyin bo‘lmasligi uchun… yolg‘on ishlatishga to‘g‘ri keldi, amakijon.

Taehyung yana bir yolg‘on to‘qidi. Va ular bunga ishonishdi.

— Lekin Jimin menga aytmagandi-ku… — dedi Arin sekin.

— Arin, bu shoshilinch bo‘lib qoldi. Bo‘lmasa o‘zi kelmoqchi edi.

Arin jim qoldi. Ichida nimadir g‘alati bezovtalik uyg‘ondi.

— Arin xonim…

Orqasidan kelgan ovoz uni to‘xtatdi. U o‘girildi. Namjoon.

— Siz bilan yolg‘iz gaplashib olsam bo‘ladimi?

— Hoy, u sen bilan gaplashmaydi, — dedi Taehyung oldinga chiqib.

Namjoon sovuq nigoh bilan unga qaradi.

— Sen kimsanki qarshilik qiladigan?

— Eriman uning. Xo‘sh, gaping bormi?

Namjoon kulimsiradi. Ammo bu kulgu iliq emasdi.

— “Eriman” emish… Soxta er desang to‘g‘riroq bo‘ladi.
Akang qayerda? Nega kelmadi?
Yoki… Arindan ham muhimroq odam oldigami ketdi?

Taehyungning jag‘i qattiq tortildi. U asabiylashayotganini yashira olmadi.
Chunki Namjoon… haqiqatni bilardi.
Arinning haqiqiy eri — Taehyung emas, Jimin ekanini allaqachon surishtirib aniqlagan edi.
Sudda hammasini bilgan holda jim turdi.
Chunki uning jimligining o‘z sababi bor edi…

— Taehyung bu nima deyapti? — dedi Arin, Namjoonga qarab.

— Arin… bir kun menga vaqt ajrating. Hammasini o‘zim tushuntiraman, — dedi Namjoon sovuq, ammo ishonchli jilmayish bilan.

— Arin, uning gaplariga ishonma. Qani, ketdik, — dedi Taehyung darhol aralashib.

U vaziyat yanada cho‘zilsa, hammasi ochilib ketishini sezdi. Shu sabab Arin va Suhoni tezda olib ketdi.
Namjoon esa ularning ortidan ma’no bilan qarab qoldi.

— Hali Arin… seni ham, Suhoni ham, ukamning boyliklarini ham tortib olaman, — dedi u o‘zicha pichirlab.

Janob Kang, Kang xonim va Mitsu alohida ketishdi. Mitsu mashinasiga o‘tirib, hech kim bilan gaplashmasdan tezda jo‘nab ketdi.
Taehyung esa hayron qoldi. U Mitsu albatta savol beradi, janjal qiladi deb o‘ylagandi. Ammo u jim ketdi. Bu jimlik Taehyungga g‘alati og‘irlik qoldirdi.
Oradan yarim soat o‘tgach, mashina katta uy oldida to‘xtadi. Darvoza ochilib, mashina ichkariga kirdi.
Suho derazadan qarab, ko‘rinishdan hayratda edi. Katta, hashamatli uy uni lol qoldirdi.
Arin esa jim. Uning yuzida hech qanday his yo‘q edi.
Mashina to‘xtadi.
Taehyung birinchi bo‘lib tushdi.

— Ichkariga kirishingiz mumkin, Arin, — dedi u eshikni ochib.

Suho darhol yugurib ichkariga kirib ketdi. Arin esa birozdan keyin sekin tushdi.
Marmar polga qadam bosilganda, xonada yengil “taq” ovoz yangradi.
Taehyung orqadan kirib keldi.

— Bundan buyon bu uy seniki. Jimin akam bilan shu yerda yashaysizlar.

— Maria qayerda? — dedi Arin birdan.

Taehyung hayratdan qotib qoldi. U Arin Jimin haqida savol beradi, yoki qarshilik qiladi deb kutgandi. Ammo u Mariyani so‘rayotgandi.

— Uni kechqurun olib kelaman. Sizlar joylashaveringlar.

— Yaxshi. Aytgancha… Jiminga ayt, ketgan joyida qolaversin. Qaytib kelmasin.

Arin shunday dedi-da, uyni ko‘zdan kechirish uchun Taehyung yonidan uzoqlashdi.
Taehyung esa bir nuqtaga qarab qoldi.
Arinning bu sokinligi… eng xavfli sukut edi.

Bu vaqtda Mitsu ota-onasini uyga tashlab, to‘g‘ridan-to‘g‘ri uchrashuv belgilangan joyga yo‘l oldi. U yerga yetib kelganida, ko‘zi darhol o‘zi kutgan insonni topdi.
U sekin ortidan yaqinlashib, uning ko‘zlarini qo‘llari bilan yopdi.

— Toping-chi, men kimman? — dedi kulib.

— Hmm… bu mitti qo‘llar kimga tegishli ekan-a? — dedi u tanish ovoz bilan.

Shu zahoti u Mitsuning qo‘llaridan ushlab, ularni asta pastga tushirdi va uni o‘ziga qaratdi. Keyingi lahzada esa belidan mahkam ushlab oldi.
Bu inson Yoongi edi.
U Mitsuga yaqin turib, nigohini undan uzmadi. Mitsu esa bir zum jim qoldi — keyin yengil jilmayib qo‘ydi.

— Kutib qolmadingiz degan umiddaman.

— Butun umr kutishga ham tayyorman, Mitti, — dedi Yoongi uni erkalab, ko‘zlarida sokin iliqlik bilan.

Mitsu yengil jilmaydi.
— Xo‘sh, bugun nimalar bilan band bo‘lamiz?

Yoongi uni qo‘yib yubormay, yaqinroq tortdi.

— Butun kuningni menga bag‘ishlagan ekansan… demak, seni xursand qilishga sarflaymiz.

— Rostanmi? Nahotki? — Mitsuning ko‘zlari chaqnab ketdi.

— Ha, Mitti. — Yoongi uning peshonasiga muloyim qarab qo‘ydi. — Sening quvonching… mening ham quvonchim.

Keyingi lahzada Yoongi uni yanada yaqinroq tortdi. Mitsu bir zum hayratdan qotib qoldi, ammo qarshilik qilmadi.
Yoongi uni ehtiyotkorlik bilan, sekin o‘ziga yaqinlashtirdi va uning ko‘zlariga bir lahza qarab turdi. So‘ng asta-sekin yaqinlashib, iliq, muloyim bo‘saga undadi.
Bu shoshqaloq emas, balki uzoq kutgan odamning hislari aralashgan sokin yaqinlik edi. Mitsu ham asta ko‘zlarini yumdi, yuragi tez ura boshladi.
Atrofdagi hamma shovqin go‘yo yo‘qolib ketgandek bo‘ldi — faqat ikkalasining sokin nafaslari qoldi.

Tasavvur time😁😂