May 14

BLUR

11-qism

Taehyung Arinning qo‘lidan ushlagancha uni mashina tomon olib borardi. Birdan Arinning qadamlari sustlashdi.
Keyingi lahzada esa uning ko‘zlari yumilib, hushidan ketib quladi.

— Arin!

Taehyung chaqqonlik bilan uni yerga yiqilishidan oldin quchog‘ida ushlab qoldi. Yuzida vahima paydo bo‘ldi.

— Arin… Arinim, nima bo‘ldi senga?.. — dedi titroq ovozda.

Lekin Arindan hech qanday javob kelmadi.
Taehyung ortiq bir soniya ham kutmadi. Arinni ko‘tarib mashinaga o‘tqazdi-da, eng yuqori tezlikda shifoxona tomon haydab ketdi.
Namjoon esa restoran ichida qotib qolgandi.
U ham Taehyung kabi qo‘rqib ketgan edi. Ammo negadir joyidan qimirlay olmadi.
Birozdan so‘ng mashina shifoxona oldida keskin to‘xtadi.
Taehyung darrov mashinadan tushib, aylanib o‘tib Arinni bag‘riga ko‘targancha ichkariga yugurdi.

— Kim bor?! Yordam beringlar! — deya baland ovozda baqirdi.

Bir nechta hamshira zambil bilan yugurib kelishdi. Ular Arinni tezda olib, shoshilinch yordam bo‘limiga kirib ketishdi.
Taehyung esa ichkariga kiritilmadi.
U eshik oldida qolib ketdi.
Qo‘llari titrardi. Yuragi esa ko‘ksidan chiqib ketadigandek urardi.
U devorga suyangancha ko‘zlarini yumdi.

— Iltimos… Arinim… meni qo‘rqitma… — dedi past ovozda.

Biroz vaqt o‘tgach, hamshiralardan biri Taehyungning oldiga kelib, bosh shifokor chaqirayotganini aytdi.
Taehyung darrov uning ortidan yurdi.
Xonaga kirishi bilan doktor unga o‘tirishni ishora qildi.

— Keling, janob. O‘tiring.

Taehyung indamay bosh irg‘ab o‘tirdi.
Doktor bir muddat hujjatlarga qarab turdi, so‘ng boshini ko‘tardi.

— Bemorning erimisiz?

Taehyung bir lahza jim qoldi.
Ko‘z oldidan Arin o‘tdi.
So‘ng past ovozda javob berdi.

— Ha… eriman. Doktor, ayolimning ahvoli qanday?

Doktor yengil xo‘rsindi.

— Bemor kuchli stress holatiga tushgan. Homiladorlik vaqtida ayollarga bunday siqilish mutlaqo mumkin emas.

Taehyungning yuzi birdan oqarib ketdi.
U eshitgan gapiga bir necha soniya ishonolmay qoldi.

Homila…
Akamning bolasi…

Ichida nimadir qattiq siqilib ketdi. Nafasi og‘irlashdi.
U zo‘rg‘a gapirdi.

— Doktor… bu rostmi?.. Homila necha haftalik?..

— Taxminan ikki haftalik, — dedi doktor xotirjam. — Hozir eng ehtiyot bo‘lish kerak bo‘lgan davr. Homiladorlikning ilk uch oyligi juda nozik kechadi. Bemorga tinchlik va yaxshi parvarish kerak bo‘ladi.

Homila… akamning bolasi…

Taehyung bir nuqtaga tikilib qoldi.

“Jimin… ablah… qachon kelasan endi? Nega bunday qilding? Sevmas ekansan, nega qizni majbur qilding?.. Nega u bilan uch kecha-kunduz birga bo‘lding? Hammasi nima uchun edi?..”

U asabiy barmoqlarini musht qilib siqdi.

“Nega endi Arin qiynalishi kerak? Unga nima deyman?.. ‘Sen Jiminning bolasini ko‘tarib yuribsan’ deb aytamanmi?.. Buni qanday aytaman…”

Ko‘ksida alam achchiq bo‘lib yig‘ildi.

Bir lahza oldin ichida paydo bo‘lgan umidni esladi.

“Men nimalarni o‘ylamadim-a… Bir lahza Arin bilan baxtli kelajagimni tasavvur qilib yuborgandim…”

Ko‘zlarini yumdi.

“Lekin bu quvonch uzoqqa cho‘zilmadi…”

Taehyung kulgili darajada omadsiz ekanini his qildi.

“Na Mitsuga erishdim… na Aringa…”

U boshini orqaga tashlab, chuqur nafas oldi.

“Ertaroq harakat qilishim kerak edi… Endi esa hech narsa qila olmayman.”

Ichida achchiq haqiqatni tan oldi.

“Qila oladigan yagona narsam — Arinni himoya qilish… va uni sog‘-omon lanati Jiminning qo‘liga topshirish.”

Taehyung shu xayollar bilan asabiy sochlarini siqib yubordi. Bir necha soniya jim o‘tirdi, keyin o‘zini majburan bosib doktorga qaradi.

— Ayolimni ko‘rsam bo‘ladimi, doktor?..

— Ha, albatta. Hamshiraga aytsangiz, sizni palataga olib borishadi.

— Rahmat, doktor.

Taehyung o‘rnidan turayotganida doktor yana kulimsirab gapirdi.

— Sizni yana bir bor tabriklayman, otasi.

Taehyungning qadami bir lahza to‘xtadi.
So‘ng u zo‘rg‘a soxta jilmayib, bosh irg‘adi va xonadan chiqib ketdi.
Hamshira uni palata tomon boshlab borarkan, doktorning oxirgi gapi haligacha qulog‘ida jaranglab turardi.

“Otasi…”

Bu so‘z Taehyungning yuragiga xuddi pichoqdek botdi.
Og‘riq berdi.
Ichida esa yashirishga uringan bir his yana bosh ko‘tardi.

“Qaniydi… Arinning qornidagi bola rostdan ham meniki bo‘lganida edi…”

Hamshira palata oldida to‘xtadi va eshikni sekin ochib, Taehyungga qaradi.

— Kirishingiz mumkin.

Taehyung ichkariga kirishga bir lahza ikkilanib qoldi. Ammo baribir o‘zida kuch topib, sekin ichkariga qadam qo‘ydi.
Hamshira esa ularni yolg‘iz qoldirib chiqib ketdi.
Arin karavotda yotgancha derazadan tashqariga hissiz tikilib turardi. Eshik ochilganida sekin boshini burdi va Taehyungni ko‘rishi bilan ko‘zlaridan marjon-marjon yosh oqa boshladi.
Taehyung shu on bir narsani tushundi.

Arin allaqachon homiladorligini bilib bo‘lgan edi.

U ichidagi og‘riqni yashirishga urinib, majburan jilmaydi va karavot yoniga kelib o‘tirdi. So‘ng asta uning yuzidagi yoshlarni kafti bilan artdi.

— Nega yig‘layapsan, Arin?.. Axir xursand bo‘lishing kerak-ku… bu baxt, — dedi u hazil aralash ohangda.

Lekin shu gaplarni aytar ekan, ich-ichidan o‘zidan nafratlanib ketayotgandi.

Arin lablarini titratib unga qaradi.

— Taehyung… — dedi zaif ovozda va yana yig‘lab yubordi.

— Tshsh… endi senga siqilish ham, yig‘lash ham mumkin emas, Arinim, — dedi u oxirgi so‘zni beixtiyor erkalatib aytib yuborib.

Arinning yuragi shu birgina so‘zdan uvishib ketdi.

“Qaniydi… har tong, har kecha meni shunday ‘Arinim’ deb chaqiradigan inson sen bo‘lsayding…”

Lekin endi kech edi.
Ikkisi uchun ham.
Arin ko‘zlarini yumib yig‘lashda davom etdi.

— Taehyung… men buni xohlamagandim… Jimindan bola xohlamagandim… ishon…

Taehyungning yuragi yana siqildi.

U asta Arinning boshini siladi.

— Bo‘ldi… yig‘lama, iltimos. Meni bunaqa qiynama, Arinim. Axir jiyanimga zarar qilasan-ku…

U o‘zini xotirjam tutishga urinar, yuzida tabassum saqlashga harakat qilardi.
Ammo ichida esa hammasi teskarisi edi.

“Jiyanim…”

Bu so‘z negadir unga g‘alati eshitildi.

Axir bir paytlar jiyanli bo‘lishni orzu qilardi-ku…

“Unda nega endi… bu so‘zni qabul qilish bunchalik og‘riyapti?..”

— Tae… iltimos, buni Jiminga aytmagin, — dedi Arin ko‘z yoshlarini artarkan.

Taehyung shu zahoti unga qaradi.
Ko‘zlarida tushunmovchilik paydo bo‘ldi.

— Nega?.. Axir bilsa, balki qaytib kelardi.

Arin asta bosh chayqadi.

— Xohlamayman… Vaqti kelib baribir biladi. Lekin hozir emas. Uni ko‘rishni istamayapman.

Taehyung bir necha soniya unga tikilib qoldi. So‘ng og‘ir xo‘rsinib, bosh irg‘adi.

— Xo‘p… sen aytgandek bo‘lsin. Xo‘sh, endi nima istaysan?

— Uyga ketaylik… Bu dorilarning hidi yoqmayapti.

Taehyung beixtiyor kulib yubordi.

— Yaxshi, yaxshi… unda hozir doktor bilan gaplashaman, — dedi o‘rnidan turarkan.

So‘ng Aringa biroz egilib, burnidan yengil chimchilab qo‘ydi.

— Men kelgunimcha yaxshi qiz bo‘lib o‘tir, xo‘pmi? Sho‘xlik qilma tag‘in.

Arin beixtiyor yengil jilmaydi.
Taehyung esa shu tabassumni ko‘rib, yuragi yana g‘alati siqilib ketganini his qildi. Indamay palatadan chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan Arin ko‘zlarini yumdi.

“Ukasi juda mehribon… Haqiqiy ota bo‘lishga loyiq inson…”

Yuragi achchiq uvishdi.

“Qaniydi… akasi ham ukasidek bo‘lsaydi…”

Arin asta mushtini siqdi.
Ko‘zlarida alam paydo bo‘ldi.

“Jimin… bu qilganlaring uchun hali seni yalintiraman…”

TIMESKIP

Taehyung va Arin kasalxonadan chiqib, to‘g‘ri uyga kelishdi.
Odatda bu paytda uy bo‘m-bo‘sh bo‘lardi. Bolalar maktabda, Mitsu esa o‘qishda bo‘lishi kerak edi.
Lekin bugun nimadir boshqacha edi.
Darvoza ochiq.
Hatto ichki eshik ham qulflanmagandi.
Taehyung bilan Arin bir-biriga hayron qarab qo‘yishdi-da, mashinadan tushishdi.

— Taehyung… soat necha bo‘ldi o‘zi? Bolalar keladigan vaqt bo‘ldimi?.. — dedi Arin xavotir bilan.

Taehyung qo‘lidagi soatga qaradi.

— Endi o‘n ikkiga yaqinlashyapti. Balki Mitsu kelgandir.

— Yo‘q, u bugun kech kelaman degandi.

— Unda balki amakim bilan kelinoyimdir?

— Ularda uy kaliti yo‘q-ku…

Taehyungning yuzi jiddiylashdi.

— To‘xta… sen shu yerda tur. Balki uyga o‘g‘ri kirgandir. Men ko‘rib kelaman.

U instinktiv ravishda Arinni sekin ortiga yashirdi-da, ehtiyotkor qadamlar bilan uy ichiga kirdi.
Ammo orqasidan Arin ham indamay ergashib kelayotganini sezib, peshonasini ushlagisi keldi.
Uy ichi jimjit edi.
Faqat yuqori qavatdan erkak va ayolning pasaygan ovozlari eshitilib turardi.

Taehyung darrov Aringa qarab pichirladi.

— Arin, sen mening xonamga kirib yashirin. Men ularni kimligini ko‘rib kelaman.

U Arinni zinaning boshqa tomoniga yo‘naltirdi.

Arin esa xavotir bilan uning kiyimidan yengil tortdi.

— Balki 911 ga qo‘ng‘iroq qilarmiz, Taehyung?..

Taehyung shu vaziyatda ham kulib yubormaslik uchun labini tishladi.
Chunki hozir ikkalasi ham xuddi arzon detektiv filmdagi qahramonlardek harakat qilayotgandi.
U past ovozda javob berdi.

— Yo‘q… avval kimligini bilib olaylik.

Arin birdan Taehyungni to‘xtatdi-da, indamay oshxona tomon yurib ketdi.
Taehyung hayron bo‘lib ortidan qarab qoldi.
Oradan ko‘p o‘tmay Arin qo‘lida o‘qlov va kapkir ko‘tarib chiqdi.
Taehyung bu manzarani ko‘rib, kulib yubormaslik uchun labini qattiq tishladi.
Arin jiddiy qiyofada uning oldiga kelib, kapkirni qo‘liga tutqazdi.
O‘zi esa o‘qlovni mahkam ushlab oldi.

— Qani yur endi, — dedi Taehyungni oldinga itarib.
Taehyung boshini egib, sezdirmay kuldi-da, zinadan asta yuqoriga ko‘tarila boshladi.

— Taehyung… ovoz Jiminning xonasidan kelyapti-ku… — dedi Arin pichirlab.

— Sekinroq. Hozir bilib olamiz…
Ikkisi asta-sekin xona eshigiga yaqinlashdi.

Taehyung chuqur nafas olib, eshikni birdan ochib yubordi.

— Qo‘lingizni ko‘taring! Kimsizlar?! — dedi u ichkariga qaramay turib.

Ammo keyingi soniyada gapidan o‘zi ham qotib qoldi.
Xonada Jimin va Sofia bor edi.
Jimin shkaf oldida turib kiyimlarini joylayotgan, Sofia esa yotoqda yotgancha uni kuzatardi.
Jimin birdan bostirib kirgan ukasi bilan Arinni ko‘rib hayratlandi. Ayniqsa ularning qo‘lidagi “qurollar”ni ko‘rib.

— Hoy bola, nimalar qilyapsan?! Tentakmisan o‘zi?! Nima ko‘tarib yuribsan?! — dedi Jimin asabiy.

Lekin Taehyung ham, Arin ham hanuz eshik oldida qotib turardi.
Ayniqsa Arin…
Ko‘zlari Sofiaga qadalgandi.
Ichida esa achchiq kulgi ko‘tarildi.

“Barakalla, Arin… Kundoshing muborak…”

Taehyung birinchi bo‘lib o‘ziga keldi.

Nigohi sovib, Jiminga tikildi.
— Jimin… bu nima degani?..

Arin esa asta oldinga chiqdi.
Ovozi muzdek edi.

— Nega keldingiz?.. O‘sha yerda qolaversangiz bo‘lardi-ku, Park janoblari.

Jimin qoshini chimirdi.

— Uch hafta yo‘q bo‘lganimga tiling chiqib qolibdimi, Arin? — dedi qo‘pol ohangda.

Arinning yuragi achchiq tirnaldi.

“Demak endi ‘xotinim’ ham demaydi…”

Namjoonning gaplari beixtiyor yodiga tushdi.

“Demak rost ekan… Jimin endi meni qabul qilmaydi…”

Lekin negadir bu fikr endi unga avvalgidek og‘riq bermayotgandi.
Aksincha…
Ichida sovuq bo‘shliq paydo bo‘ldi.
Arin nigohini Sofiaga burdi.

— Aslida siz bilan umuman ishim yo‘q… Lekin manavi sariq boshni uyga nega olib keldingiz? — dedi Sofia tomon yovqarash qilib.

Sofia darrov o‘rnidan turib o‘tirdi.

— Hoy, kimni sariq bosh deyapsan?! — dedi jahl bilan.

Lekin Taehyung undan ham battar achchiqlanib ketgandi.

— Jimin, sal uyalsang bo‘lardi! U bilan ajrashgansan-ku! Shunday bo‘lsa ham uyga olib keldingmi?! — dedi u jahl bilan.

— Taehyung, senga aytgandim. U kasal… Uni shu yerda davolataman, — dedi Jimin sovuqqina.

Sofia esa darrov o‘zini himoyasiz tutib, Jiminning yoniga bordi va uning qo‘llaridan ushlab oldi.

— Azizam… bular kim o‘zi?.. Nega menga bunaqa qarashyapti?.. — dedi go‘yo hech narsani tushunmayotgandek.

Jimin darrov ohangini yumshatdi.

— Eslay olmayapsanmi?.. Axir bu Taehyung-ku… — dedi ukasini sekin tanishtirib.

Taehyungning sabri tugay deb turardi.

— Qo‘ysangchi, Sofia! O‘zingni tanimaydigan qilib ko‘rsatishni bas qil! — dedi jahl bilan.

Jimin birdan unga o‘girildi.

— Taehyung! U hotirasini yo‘qotgan! Hatto meni ham zo‘rg‘a eslayapti.

U Sofianing qo‘lidan ushlab, ehtiyotkorlik bilan qayta yotoqqa o‘tqazdi.

— Hatto Marianing borligini ham bilmaydi… Umuman hech narsani eslay olmayapti, — dedi vaziyatni tushuntirgandek.

Taehyung achchiq kulib yubordi.

— Lekin bu hech narsani o‘zgartirmaydi, Jimin. Endi sen oilali erkaksan.

— Buni eslatishing shart emas, — dedi Jiminning ovozi sovib. — Sofia tuzalsin. Keyin bir gap bo‘lar.

Shu payt Arin chiday olmadi.
— Demak senga turmush o‘yinmi, Jimin?..

Jimin darrov unga o‘girildi.

— Senga hali gapirishga huquq bermadim.

Arinning ko‘zlari muzlab ketdi.

— Menga buyruq bera olmaysan, Jimin.

— Xotinimsan. Demak haqqim bor.

Arin birdan kulib yuborgudek bo‘ldi.
Lekin bu kulgi alamli edi.

— Sening xotining emasman. Men Taehyungning xotiniman. Hujjatda sening emas, Taehyungning imzosi bor.
Shunday dedi-yu, ters burilib xonadan chiqib ketdi.

Taehyung bir lahza qotib qoldi.
Yuragi g‘alati urib ketdi.
“Tan oldi…”
“Meni eri ekanini tan oldi…”
Lekin nega bu gap uni tinchlantirish o‘rniga yanada bezovta qilayotgandi?..

Jimin sovuq nigoh bilan ukasiga qaradi.

— Menga qara, Taehyung… Orangizda men bilmaydigan nimadir bo‘ldimi?..

Taehyungning jag‘i qattiq siqildi.

— Meni o‘zingga o‘xshatma, Jimin. Men senchalik pastkash emasman… Omonatga xiyonat qiladigan darajada emas.

Shunday dedi-da, u ham ortiga qaramay xonadan chiqib ketdi.

Xonada bir necha soniya og‘ir jimlik cho‘kdi.
Jimin asabiy qo‘llarini sochlari orasidan o‘tkazdi.
Sofia esa asta uning yoniga yaqinlashdi.

— Azizam… u ayol rostdan ham rafiqangmi?..

Jimin ko‘zlarini yumib, chuqur nafas oldi.

— Sofia… biroz jim tur. Men o‘zim ham buni hali anglab yetmadim… — dedi asabiy ohangda va xonadan chiqib ketdi.

Jimin xonadan chiqishi bilan Sofia darrov telefonini qo‘liga oldi va kimgadir qo‘ng‘iroq qildi.
Bir necha soniyadan so‘ng qarshi tomondan ovoz eshitildi.

— Vanihoyat go‘shakni ko‘tarding-a…dedi Sofia begona erkakga gapirib,

— Hursandligingga qaraganda Jiminning uyidasan shekilli, a?..

— Meni bilasan-ku… doim ishni toza qilaman, — dedi Sofia mamnun ohangda. — Laqma bechora Jimin “hotiramni yo‘qotdim” degan gapimga ham ishondi.

U jirkanch kulib yubordi.
Qarshi tomondagi erkak ham uning ovozidan zavqlangandek kuldi.

— Ayyor tulkisan, Sofia… Etgancha Koreyaga borgan ekansan, biror kun kelib meni ham xursand qilib ket.

Sofia yotoqqa yonboshlab yotdi.

— Buncha sabrsiz bo‘lmasang. Boraman oldingga… xursand ham qilaman. Ungacha kichkintoyingni o‘zing qondirib tur.

— Kutaman, suyukli foxisham… — dedi erkak erkalash ohangida.

Sofia bundan battar kuldi.

— Sening foxishang bo‘lish boshqacha-da… Etgancha, qushcha juda sexy ekanmi?..

U ataylab Arinni nazarda tutib gapirdi.

— Ha… juda chiroyli, — dedi erkak. — Sening vazifang esa oddiy. Uni yo‘q qil. Jiminni undan uzoqlashtir. Oralarini butunlay sovut.

Sofia labini tishlab kuldi.

— Menimcha, ularning orasiga allaqachon sovuq tushgan ko‘rinadi.

— Unda ishimiz yanada osonlashadi. Senga ishondim, kichkina foxisham.

Qo‘ng‘iroq tugadi.
Sofia darrov kontakt tarixini o‘chirib tashladi va telefonini sumkasiga solib qo‘ydi. Keyin esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek xona ichini ko‘zdan kechira boshladi.

Bu vaqtda Taehyung jahl bilan uydan chiqib ketgan edi.
Arin esa oshxonada yolg‘iz o‘tirardi.
Muzlatkichdan katta muzqaymoq olib, asabiy holda qoshiq-qoshiq yeb o‘tirardi.
Ko‘zlari qizarib ketgan, xayollari esa battar chalkash edi.

Eshik oldida esa uni Jimin kuzatib turardi.
Arinning jahli aralash bolalarcha muzqaymoq yeb o‘tirishi negadir yuragini g‘alati siqib yubordi.

“Meni kechir, Arinim…”

Jimin ko‘zlarini yumdi.

“Lekin hammasini to‘g‘irlayman. So‘z beraman… Seni baxtli qilaman.”

Nigohi sekin yuqori qavat tomonga ko‘tarildi.

“Faqat menga vaqt kerak…”

Ichidagi nafrat yana uyg‘ondi.

“Sofiani tuzatishim kerak… Keyin esa uni butunlay yo‘q qilaman.”

Jimin mushtini sekin siqdi.

“Menga xiyonat qilgan ayolning bunchalik oson qutulishiga yo‘l qo‘ymayman.”

Ko‘zlari sovib ketdi.

“Shu sabab u shu yerda…”

U yana Aringa qaradi.

“Ungacha esa… Sofia uchun mehribon er rolini o‘ynashga majburman.”

Aringa qarayabdi deb tasavvur qilamiz.

Jimin bir muddat Aringa qarab turdi-da, sekin ichkariga qadam bosdi.

— Sekinroq yeya ber. Sendan boshqa hech kim yemaydi o‘sha muzqaymoqni, — dedi u hazil ohangida va sekin Arin yoniga o‘tirdi.

Arin esa unga qaramasdan, yuzini burib oldi.

— Nima qilishimni o‘rgatmang menga, — dedi sovuq ohangda.

U muzqaymoqni kattaroq bo‘laklab, tez-tez yeyishda davom etdi.

Jimin bir lahza jim qoldi.
Arinning shu holati… g‘alati darajada yoqimtoy tuyuldi unga.
Ko‘zlarida bir zum yumshoqlik paydo bo‘ldi.

“Birinchi marta uni shunaqa… yoqimtoy holatda ko‘ryapman…”

Lekin Arinning bu harakatlari aslida ichki bezovtalik va boshlanayotgan taksikozning belgisi edi.

Birozdan so‘ng uy ichiga bolalarning shovqini kirib keldi.

— Oyi! — degan ovoz bilan Maria va Suho ichkariga yugurib kirishdi.

Arin darrov muzqaymoqni chetga surdi, yuzini va lablarini salfetka bilan artib, o‘rnidan turdi.

Bolalar unga yopishib olishdi.

— Oyi, bugun maktabda…
— Oyi, men besh oldim!
— Men ham!

Arin ularni quchoqlab, yuzlaridan, qo‘llaridan o‘pib erkalay boshladi.

— Barakalla, mening aqlli bolalarim…

Jimin esa eshik yonida jim turib bu manzarani kuzatardi.
Ko‘zlari biroz yumshab ketdi.

“Haqiqiy ona…”
“Ikkalasi ham uning bolasi emas, lekin o‘z bolasidek qarayapti…”

U chuqur nafas oldi.

“Dadam bekorga uni kelin qilaman deb turib olmagan ekan…”

Nigohi Arinda to‘xtadi.

“Mana asl sabab… u yaxshi ona bo‘la oladi…”

Mariyaning ko‘zi birdan eshik oldida turgan Jiminga tushdi.
U hech narsani o‘ylab ham o‘tirmay, Arinning quchog‘idan chiqdi-da, yugurib borib Jiminni mahkam quchoqladi.

— Dada!.. Keldingizmi? Sizni sog‘indim… — dedi u kichkina qo‘llari bilan otasini mahkam quchib.

Jimin ham darrov qizini bag‘riga bosdi.

— Keldim, malikam, keldim… Men ham seni sog‘indim. Juda-juda qattiq sog‘indim… — dedi u Mariyaning yuzlaridan qayta-qayta o‘pib.

Maria esa xafa ohangda labini cho‘chchaytirdi.

— Unda nega ertaroq kelmadingiz?..

Jimin qizining sochlarini silab qo‘ydi.

— Ba’zi ishlarim chiqib qoldi, malikam… Ularni tugatib bo‘lib, mana keldim-ku.

Maria yana otasiga mahkamroq yopishdi.

— Menga Arin oyimni olib kelganingiz uchun rahmat, dada… — dedi quvonch bilan.

Bu gapdan Jiminning nigohi sekin Aringa qaradi.

Keyin esa beixtiyor tepada turib hammasini kuzatayotgan Sofia tomonga ko‘zi tushdi.
Bir lahza ichida uning yuzidagi yumshoqlik biroz o‘zgardi. Go‘yo hozirgina ichida yashirib turgan barcha chalkash hislari yana uyg‘onib ketgandek edi.

Jimin va Maria

Suho esa ota va qizning bir-biriga bo‘lgan mehrini jim kuzatib turardi.
Keyin sekin kelib, Arinning etagidan ushladi.
Arin pastga qarashi bilan Suhoning allaqachon yig‘lashga tayyor bo‘lib qolganini sezdi. Ko‘zlari namlanib, mo‘ltirab turardi.
Suho hech nima demadi.
Lekin uning ko‘zlari hammasini aytib turardi.
Arinning yuragi achishib ketdi. U darrov egilib, o‘g‘lini bag‘riga bosdi. Mahkam quchoqladi… ammo bir og‘iz ham gapira olmadi.

Nima desin bechora qiz?..

O‘zi hali ham Aria bilan Jinning yo‘qligiga ko‘nika olmayotgandi. Suhoning otasiz ulg‘ayayotganini ko‘rish esa uni kundan-kunga ko‘proq qiynardi.
Endi esa Suho yanada ko‘proq azob chekayotgandi.
Jimin bilan Mariyaning mehrini ko‘rib, yuragi og‘ridi.
Chunki u ham ota mehrini xohlardi.
U ham kimningdir bag‘riga yugurib borishni istardi.
Va eng yomoni…
Suho hali ham otasi bir kun kelishiga ishonardi.

Jiminning ko‘zi bir chekkada ularni kuzatib turgan kichkina bolakayga tushdi.
Suho Arinni mahkam quchoqlab olgan, lekin butun diqqati Jiminda edi. Nigohi aralash — qiziqish, alam va tushunmovchilik bilan qarab turardi.
Jimin sekin Mariyaning qo‘lidan ushladi-da, Arinning yoniga kelib uni Aringa topshirdi. So‘ng o‘zi Suho tengi tizzalab o‘tirdi.
Labida yengil tabassum paydo bo‘ldi.

— Salom, bolakay… — dedi u qo‘l uzatib.

— Salom, amaki… — dedi Suho qisqagina.

Jiminning tabassumi biroz kengaydi.

— Amaki emas. Bugundan boshlab “dada” degin, xo‘pmi?..

Shu zahoti Suho Aringa qaradi.
Ko‘zlari hayrat bilan kattalashib ketgandi.

— Oyi… bu amaki nima deyapti?..

Arinning tomog‘iga nimadir tiqilgandek bo‘ldi.
U zo‘rg‘a gapirdi.

— Suho, bolajonim… bu endi sening dadang…

Suho bir necha soniya qotib qoldi.
Go‘yo eshitgan gapini tushunishga urinayotgandek edi.

Jimin endi uning qo‘lidan ushlamoqchi bo‘lganida esa, Suho birdan qo‘lini tortib oldi.

— Siz dadam emassiz! Tegmang menga!

U bir necha qadam ortga chekindi.

— Suho, bolajonim… — Arin unga yaqinlashmoqchi bo‘ldi.

Lekin Suho undan ham uzoqlashdi.
Ko‘zlaridan yosh oqib tushayotgandi.

— Sizni yomon ko‘raman!.. Menga o‘z dadam kerak! Birovniki emas!.. Yaqin kelmang menga! — dedi u yig‘lab yubordi va xonasiga yugurib chiqib ketdi.

Uy ichi bir lahzada jim bo‘lib qoldi.

Maria qo‘rqib Aringa yopishib oldi.

Jimin chuqur nafas oldi-da, past ovozda gapirdi.

— Malikam, sen ham xonangga chiqib turaqol.

Maria indamay bosh irg‘ab, sekin yuqoriga ko‘tarilib ketdi.
Endi mehmonxonada faqat Jimin va Arin qolishgandi.
Jimin Aringa yaqinlashdi.
Ammo Arin darrov ortga chekindi.

— Yaqin kelma, Jimin… ahvolim yaxshi emas.

Uning ko‘zlari ham yoshga to‘lib ulgurgandi.

— Suho ilk marta meni yomon ko‘rishini aytdi… Sen sabab…

Jiminning yuzi birdan jiddiylashdi.

— Arin, meni bunaqa narsada ayblay olmaysan.

Uning ovozi endi ancha qattiq eshitildi.

— Suhoning otasining o‘limida men aybdor emasman, bilsang agar. Shunday ekan hech qachon menga “sen sababchisan” deb qaramagin.

Jimin ortiq gapirishni istamadi.
U asabiy tarzda chuqur nafas olib, hech nima demasdan xonadan chiqib ketdi.
Arin esa mehmonxona o‘rtasida bir o‘zi qolib ketdi.
Bir necha soniya qimirlamay turdi… keyin asta yerga cho‘kkalab o‘tirdi va nihoyat ko‘z yoshlarini ushlab tura olmadi.
Yelkasi titrab yig‘lay boshladi.
Shu payt Mitsu Mariyaning narsalarini joylashtirib bo‘lib xonaga kirib keldi. U yig‘layotgan opasini ko‘rishi bilan darrov oldiga yugurdi.

— Opa… nima bo‘ldi? Nega yig‘layapsiz?..

Arin zo‘rg‘a gapirdi.

— Suho…

Mitsuning yuragi orqaga tortib ketdi.

Bir lahzada hayoliga eng yomon narsalar kelib ulgurdi.

— Suhoga nima qildi?!
— U… menga “yaqinlashma” dedi… Eshityapsanmi, Mitsu?.. Suho ilk marta mendan uzoqlashdi… meni yomon ko‘rishini aytdi…

Arin yana yig‘lab yubordi.
Mitsu darrov uni bag‘riga bosib, yelkasidan silay boshladi.

— Opa… Suho hali bola-ku. U shunchaki sizdan ozgina arazlagandir. O‘zi nima bo‘ldi?

Arin ko‘z yoshlarini artishga ham urinmay javob berdi.

— Jimin unga “bugundan men sening dadangman” dedi…

Mitsuning yuzi bir zumda o‘zgardi.

— Lanati ablah… qachon kelib qoldi u?! — dedi u jahl bilan.

— Boya kelgan ekan… xotini bilan.

Mitsu bir lahza qotib qoldi.

— Nima?.. Qanaqa xotin, opa?..
Arin kulgiga o‘xshash achchiq nafas chiqardi.

— Birinchi xotini… Bugundan biz bilan yashashini aytdi.

— Sen indamadingmi? Hech nima demadingmi?!

Mitsuning jahli tobora chiqib borardi.
Arin esa boshini asta chayqadi.

— Menga desa o‘lib ketmaydimi… Ular bilan ishim yo‘q. Bilganini qilsin. Menga Suho muhimroq…

Bu gapni aytarkan, ovozi yanada sinib ketdi.
Mitsu opasining yelkalaridan ushlab, asta siladi.

— Hop, mayli opa… bo‘ldi endi yig‘lamang. Suhoni bilasiz-ku… araz qiladi, keyin yana qaytib keladi. Qani, endi o‘rningizdan turing…

Arin sekin o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi.
Lekin birdan qornida kuchli sanchiq turdi.

— Ayy!.. — dedi qornini ushlab.
Mitsu darrov cho‘chib ketdi.

— Opa, nima bo‘ldi?!

Arin bukchayib qoldi.

— Ayy… Mitsu… bolam… — dedi zo‘rg‘a.

Mitsu bir lahza nima deyishni ham bilmay qoldi.

— Bola?.. Opa… nimalar bo‘lyapti o‘zi?..

Keyingi soniyada Arin butunlay polga cho‘kkalab qoldi. Qo‘llari bilan qornini mahkam ushlab olgandi.
Sanchiq tobora kuchayardi.
Mitsu vahimaga tushib qoldi.

— Opa! Opa menga qarang!..

Xuddi shu paytda Taehyung endigina uyga qaytgandi. U mehmonxonadan kelayotgan vahimali ovozlarni eshitishi bilan yugurib ichkariga kirdi.
Va ko‘rgan manzarasi sabab rangi oqarib ketdi.
Arin polda yotardi. Mitsu esa nima qilishni bilmay alanglardi.

— Jin ursin…

Taehyung bir soniya ham yo‘qotmay yugurib borib Arinni qo‘llariga ko‘tardi.

— Mitsu! Mashinani tayyorla! Tez! — deya baqirdi u.

So‘ng Arinni bag‘riga bosgancha tashqariga shoshildi.
Bu paytda Jimin esa yuqorida, biroz o‘ziga kelish uchun dushga kirgandi. Suv shovqini sabab pastdagi vahimani umuman eshitmayotgandi.
Mitsu titrayotgan qo‘llari bilan mashinani ishga tushirdi.
Taehyung Arinni orqa o‘rindiqqa ehtiyotkorlik bilan yotqizdi va o‘zi ham yoniga o‘tirdi.

— Tezroq hayda, Mitsu! Shifoxonaga! — dedi asabiy ohangda.

Mitsu indamay gazni bosdi.
Ammo ich-ichidan dahshatga tushayotgandi.
U hali ham vaziyatni to‘liq anglamayotgandi.
Taehyung esa Arinning oqarib ketgan yuzidan ko‘z uzolmay, sochlarini silardi.

— Arin… Arinim… biroz chidagin, xo‘pmi?..

Arin zo‘rg‘a ko‘zlarini ochdi.

— Tae…

— Tsshh… gapirma. Mana, yetib qoldik…

Arinning qo‘li qorniga yanada qattiq yopishdi.

— Bolam… — dedi u titroq ovozda.