May 13

BLUR

Taehyung oshxonada Arin bor deb o‘ylab, ichkariga kirishi bilan hech kimga qaramay gapirdi.

— Arin, menga limonli choy tayyorlab ber. Boshim otilib ketay deyapti… — dedi divanga o‘tirarkan.

Mitsu esa bir lahza oldingi kulib turgan kayfiyatidan asar ham qolmadi.
Bu yigit nafaqat uni payqamadi, hatto bir marta qarashga ham arzimagandek tutdi o‘zini. Eng asabni buzadigan tomoni esa — Taehyungning bu uyda o‘zini Arinning haqiqiy eridek tutayotgani edi.
Mitsu qo‘llarini ko‘ksiga bog‘lab, kesatib gapirdi.

— Kechirib qo‘yasiz-u, pochchaginam… men Arin emasman.

Mana endi Taehyung boshini ko‘tarib unga qaradi.
Bir necha soniya tikilib turdi-da, yengil jilmaydi.

— Sen qachon kelding, qizaloq?..

— Yaqinda keldim. Xo‘sh-xo‘sh, pochchajon qayerlardan kelyapsiz? — dedi Mitsu ataylab “pochchajon” so‘ziga urg‘u berib.

Taehyung chuqur xo‘rsinib boshini orqaga tashladi.

— Qizaloq, kattalarning ishiga aralashma. Yana shu “pochchajon” deyishniham bas qil.

Mitsu qoshini ko‘tardi.

— Nima, bu yolg‘onmi? Axir o‘zingiz-ku opamga uylangan. Mayli, soxta bo‘lsa ham.

— Hammasini bilar ekansan. Unda hadeb pochchalab asabimni buzma.

Taehyung asabiy tarzda bo‘yin qismini uqalab qo‘ydi.
Mitsu esa battar tirjaydi.

— Pochcha demasligim uchun menga nima berasiz, pochchaginam?

Taehyung unga bir necha soniya jim qarab turdi. Keyin sekin o‘rnidan turdi-da, stolni aylanib o‘tib, gaz oldida turgan Mitsu tomon yaqinlasha boshladi.
Mitsu ham joyidan qimirlamadi. Faqat ko‘zlarini qisib, uni kuzatib turardi.
Taehyung juda yaqin kelib to‘xtadi.

— Hmm… demak senga “pochchajon” demasliging uchun biror narsa berishim kerakmi? — dedi pastroq ovozda.

— Ha, pochchajon... dedi Mitsu u qanchalik yaqin turganiga ham parvo qilmay, ataylab tirjayib javob qaytardi.

Taehyung Mitsuning javobidan keyin sekin kulib qo‘ydi.
U yana bir qadam yaqinlashdi. Endi ikkalasining orasida juda oz masofa qolgandi.
Taehyung qo‘lini asta ko‘tarib, Mitsuning yuziga tushib turgan soch tolalarini ehtiyotkorlik bilan qulog‘i ortiga o‘tkazdi. So‘ng Mitsu bilan tenglashib, sal egildi-da, qulog‘i yonida past ovozda pichirladi:

— Agar yana bir marta “pochcha” desang...

U gapining qolganini ataylab aytmay, bir lahza jim qoldi.
Shu qisqa sukunatning o‘zi Mitsuning yuragini battar tez urdirib yubordi. Hatto Yoongi yonida ham bunchalik hayajonlanmagan edi. Negadir Taehyung yaqin kelgan sayin nafas olishi og‘irlashayotgandek tuyulardi.
Taehyung esa uning tezlashgan nafasini ham, yurak urishini ham bemalol sezib turardi. Labining bir chetida sezilarsiz kulgi paydo bo‘ldi.
U yana biroz yaqinlashib, gapini davom ettirdi:

— Yana qaytaradigan bo‘lsang… nafas ola olmay qolguningcha shu pushti lablaringdan bo‘sa olaman.

So‘ng ataylab sekin Mitsuning qulog‘i chetini tishlab qo‘ydi-da, undan sal uzoqlashdi.

— Meni tushunding deb o‘ylayman, qizaloq.

Mitsu esa joyida qotib qolgandi.
Hozirgina nima bo‘lganini hali ham hazm qila olmayotgandi. Yuragi hanuz tartibsiz urardi, miyasi esa butunlay chalkashib ketgandi.

Taehyung yana divan tomon yurib, o‘zini bemalol o‘tirgandek tutdi. Ammo ko‘z oldida hali ham shokdan chiqolmay turgan Mitsuning holati aylangani uchun ichida kulgisi qistardi.
Shunga qaramay, o‘zini jiddiy tutishga urinib gapirdi:

— Menga limonli choy tayyorla, qizaloq. Axir pochchangman-ku, shundaymasmi?

Ataylab “pochcha” so‘zini urg‘u bilan aytdi.
Mitsu birdan o‘ziga kelgandek boshini ko‘tardi.

— Men limonli choy damlashni bilmayman, — dedi biroz xijolat bilan.

Taehyung bir lahza unga tikilib qoldi.
Na kuldi, na hayron bo‘ldi. Faqat qoshini chimirdi.

— Katta qiz bo‘lib, shuni ham bilmaysanmi? — dedi ensasini uqalab. — Ertaga ering mast bo‘lib kelsa nima qilasan?

Mitsu darrov jahl bilan unga qaradi.

— Bu bilan ishingiz bo‘lmasin. Yigitim sizga o‘xshab ichib yurmaydi.

Ovozini balandroq chiqarib yuborganini o‘zi ham sezmay qoldi.
Taehyung esa boshini yon tomonga og‘dirib, miyig‘ida kuldi.

— Hm… demak, ering ichmaydiganlardan ekan-da?

— Ha, ichmaydi. U sizga o‘xshagan emas.

Shu payt Mitsuning telefoni yorishib ketdi. Ekranda katta harflar bilan “Sevgilim” degan yozuv chiqdi.
Mitsu darrovning o‘zida kayfiyati o‘zgarib, telefonini qo‘liga oldi.

— Mana, o‘zi qo‘ng‘iroq qilyapti, — dedi ataylab Taehyungga ko‘rsatgandek.

Taehyungning yuzi birdan o‘zgardi.
Haligacha kulib turgan ko‘zlari bir zumda sokinlashib qoldi. U hech nima demadi. Faqat nigohi bir necha soniya telefon ekranida turib qoldi.
Mitsu esa buni payqamagancha qo‘ng‘iroqqa javob berdi.

— Alo?.. Haa, uyg‘ondim… sizchi?

U bemalol kulib gaplashishda davom etdi. Hatto ataylab yumshoqroq ovozda gapirayotgandek edi.
Taehyung esa indamay o‘tirardi.
Ammo telefon ortidagi yigitning ovozi, Mitsuning kulishi va bir-biriga aytayotgan mayin gaplari negadir uning asabiga teya boshladi.
Oxiri chiday olmadi.
U sekin o‘rnidan turdi-da, bir og‘iz ham gapirmay oshxonadan chiqib ketdi.
Mitsu esa telefon bilan gaplashishda davom etsa ham, ko‘z qiri bilan uning ortidan qarab qoldi.
Negadir Taehyungning jim ketib qolishi ichida g‘alati hissiyot qoldirgandi.

Bu vaqtda bolalar ham uyg‘onib, maktabga tayyor bo‘lib xonalaridan chiqishdi va to‘g‘ri oshxona tomon yugurishdi.
Mitsu esa telefon suhbatini tugatib, g‘o‘shakni qo‘ydi-da, ularga qarab yuzida tabassum bilan burildi.

— Holajon, qachon keldingiz? — dedi Suho yugurib kelib Mitsuni quchoqlab.

Mitsu “holajon” degan gapni eshitishi bilan qoshini chimirdi.

— Aysh, Suho… senga necha marta aytganman meni “holajon” demagin deb. Meni opa degin. Opa.

Suho kulib bosh irg‘adi.

— Xo‘p, opa.

Maria esa eshik oldida jim turardi. U Mitsuni tanimasdi. Yaqinlashishga ham biroz cho‘chirdi. Go‘yo yoniga borsa koyib beradigandek tuyulayotgandi.
Mitsu uning tortinib turganini sezdi-da, darrov qo‘llarini keng yoydi.

— Sen Maria bo‘lsang kerak-a? Kelaqol.

Maria avval biroz ikkilanib turdi, keyin mayda qadamlar bilan uning oldiga bordi.
Mitsu esa u yaqinlashishi bilan darrov quchoqlab, yuzlaridan mehr bilan o‘pib qo‘ydi.

— Jonim qizim meni… endi men ham sening opang bo‘laman, xo‘pmi? Mendan qo‘rqma.

Maria sekin bosh irg‘adi.

— Xo‘p…

— Opa, nonushta tayyormi? — dedi Suho allaqachon stulga chiqib o‘tirib olib. — Hozir maktabga kech qolamiz.

— Sabrli bo‘l, shumtaka, — dedi Mitsu kulib. — Maria, sen ham o‘tir.

Shunday qilib Mitsu ikkisiga tez-tez nonushta tayyorlab, oldilariga qo‘ydi. So‘ng qo‘llarini artib, Arinning xonasi tomon yurdi.
U eshikni ham taqillatmay ichkariga kirib bordi-da, shartta opasining yoniga yotib olib, uni mahkam quchoqladi.

— Opa… turasizmi?.. Anavi soxta eringiz mast bo‘lib kelibdi. Limonli choy so‘rayapti.

Arin bu gapni eshitib, erinibgina ko‘zlarini ochdi.

— Taehyungni aytyapsanmi?.. — dedi hali to‘liq uyg‘onolmay.

— Ha. Men unaqa choy damlashni bilmayman-ku. Borib o‘zingiz tayyorlab bering.

Arin chuqur nafas olib boshini qashladi.

— Yaxshi, hozir boraman. Sen issiq suv bilan limonni tayyorlab tur.

Shunday deb Mitsuni yengil itarib xonadan chiqarib yubordi.
Mitsu chiqib ketgach, Arin bir muddat jim o‘tirib qoldi.

Endi chidashga majbursan, Arin… Taehyung soxta bo‘lsa ham, hujjatlarda ering. Bechora yigit… akasi uchun hatto o‘z kelajagini ham qurbon qilishgacha bordi…”

Shu xayol bilan sekin o‘rnidan turdi.
Avval yotoqni tartibga keltirdi, keyin hammomga kirib ketdi. Birozdan so‘ng yuzini yuvib, sochlarini tartibga soldi-da, to‘g‘ri oshxona tomon yurdi.
Ichkariga kirishi bilan bolalariga ko‘zi tushdi.
Darrov yuziga samimiy tabassum yugurdi.
U avval Suho bilan Mariyaning yoniga borib, ikkisining ham yuzidan o‘pdi. So‘ng yenglarini shimarib, limonli choy tayyorlashga kirishdi.

Arin deb tasavvur qililar.

Birozdan so‘ng limonli choy tayyor bo‘ldi. Arin uni vijnaga quyib, kichik patnisga ehtiyotkorlik bilan joyladi. Yoniga bosh og‘rig‘iga qarshi dori va ertalabki yengil nonushtani ham qo‘shdi.

— Mitsu, mashinani sekinroq hayda. Endi boringlar, maktabga kech qolmanglar, — dedi u oshxonadan chiqish oldidan.

— Xo‘p, opa, — dedi Mitsu.

Arin oshxonadan chiqib, to‘g‘ri Taehyungning xonasiga yo‘l oldi. Eshikni taqillatdi, lekin ichkaridan hech qanday javob bo‘lmadi. Bir lahza ikkilanib turdi-da, yengil xo‘rsinib, ichkariga kirdi.
Xona markazida katta karavotda Taehyung shirin uyquga cho‘mgan edi. Tinch, sokin nafas olayotgan, yuzida odatdagi o‘sha ishonchli, biroz mag‘rur ifoda yo‘q — faqat oddiy, tinch uxlayotgan yigit.
Arin bir muddat joyida qotib qoldi. Nigohi beixtiyor unga tushdi.
Ichida g‘alati og‘riq sezildi.

“Qaniydi Jimin emas, sen bo‘lsaydiyding… Senda bor insoniylik akangda ham bo‘lsaydi…”

U shu fikrni yutib yubordi.
So‘ng asta qadam tashlab, patnisni yotoqxona yonidagi stolga qo‘ydi. Bir lahza yana unga qarab turdi. Taehyungning uxlab yotgan holati negadir unga g‘alati sokinlik berardi — go‘yo u hammasini unutib, shu uy ichidagi shovqindan uzoqroqda turgandek.

Bu bolani qarelar qanday yoqimtoy😍

Arin qo‘lini cho‘zdi. Yuziga tushib turgan soch tolalarini to‘g‘rilamoqchi bo‘ldi-yu, qo‘li havoda to‘xtab qoldi.
U bir lahza jim turdi.
Ichida o‘zini koyib yubordi:

“Arin, nimalar qilyapsan o‘zi… aqlingni yig‘ib ol. Sen bunaqa qila olmaysan.”

Shu o‘y bilan tezda qo‘lini ortga tortdi va nigohini boshqa tomonga burdi.
So‘ng asta xonadan chiqib ketdi.
Arin chiqib ketishi bilan Taehyung ko‘zlarini ochdi. U shiftga tikilib bir lahza jim yotdi, keyin sekin o‘rnidan qimirlamasdan gapirdi:

— Agar menga teginganingda… seni umuman qo‘yib yubormasdim, madam…

Uning ovozi past, uyqu aralash edi. Xonada jimlik hukm surardi.
Taehyung yon tarafga o‘girilib, stol ustidagi patnisga ko‘zi tushdi. Limonli choy, dori va yengil nonushta tartib bilan qo‘yilgandi. Uning labida sezilarsiz kulgi paydo bo‘ldi.

— Jiminga yana bir marta havasim kelyapti… — dedi u o‘ziga-o‘zi. — Arin hujjatda xotinim, lekin…

U gapini davom ettirmadi. Bir muddat jim qoldi.

— …lekin uni o‘zimniki qilish ham qo‘limdan kelardi. Ammo men bunday pastkash emasman.

Sekin o‘rnidan turdi, patnisni qo‘liga oldi va yana yotoqqa qaytdi.
Choydan bir ho‘pladi, so‘ng dorini ichdi. Ovqatdan ham ozroq yeb, hammasini tartib bilan tugatdi-da, yana yotib oldi.
Shiftga qarab yotarkan, nigohi biroz qoraydi.

“Jimin… qayerlardasan? Nega kelmayabsan?.. Tezroq kelsang bo‘lardi. Aks holda men o‘zim ham sezmay Aringa yaqinlashib boryapman…”

U bir lahza ko‘zlarini yumdi.

“Meni bu holatdan faqat sen to‘xtata olasan.”

Arin hozir oshxonada edi. Uning aqli va yuragi bir-biri bilan kurashayotgandek — ichida g‘alati bezovtalik bor edi. Bir lahza o‘zini yo‘qotib qo‘yishdan qo‘rqdi.
O‘zini chalg‘itish uchun darrov ishga sho‘ng‘idi. Idish-tovoqlarni tartibga keltirdi, oshxonani qayta-qayta supurib, hammasini joy-joyiga qo‘ydi. Go‘yo tartib ichidagi tartibsizlikni bosib qo‘ygandek bo‘lishga urinardi.
Shu holatda tushlikkacha oshxonadan chiqmay yurdi.
Bu paytda Taehyungning ham mastligi tarqalib, u asta xonasidan chiqdi. Mehmonxonaga kirib, divanga òtirdi va televizorni yoqib, yangiliklarni ko‘ra boshladi.
Biroz vaqt o‘tib eshik qo‘ng‘irog‘i jiringladi.
Arin darrov borib eshikni ochdi. Qarshisida Jiminning ota-onasi qo‘llarida sumkalar bilan turishardi.

— Arin qizim, uzr, ogohlantirmay keldik… — dedi Park xonim muloyim jilmayib.

Arin ham ularga iliq tabassum bilan javob berdi va ichkariga taklif qildi.

— Xush kelibsizlar. Uzr so‘ramang, bu uy ham sizlarniki-ku, — dedi u samimiy ohangda.

Shu lahza Park xonimning ko‘z oldidan eski xotiralar o‘tdi. Uzoq yillar avvalgi kun — Jiminning uyiga ilk bor borgan payti…

FLASHBACK

Park xonim o‘g‘lining uylanganini eshitgach, uni ko‘rish uchun ogohlantirmay, AQShdagi uyiga kelgandi.
Eshikni yosh qiz ochdi. U Sofia edi. Park xonimni oddiy kiyimda qòlida bir necha sumkalar bilan turganini kòrip yuzida mensimaslik ifodasi bilan jerkib gapirdi.

— Kimsiz? Sadaqa so‘rashga kelgan bo‘lsangiz, bu hayriya emas, — dedi u qovoq solib va eshikni yopib qòydi.

Park xonimning yuragi birdan siqildi.
Ammo u qayta eshikni taqillatdi.
Sofia yana jahli chiqib eshikni ochdi.

— Uff, yana nima? Sizga ket dedim-ku!

Park xonim birdan ichkariga kirib ketdi.

— O‘zingni to‘g‘rilab ol. Jimin qani? Uni chaqir!

— Hoy xola, bu yer karvonsaroy emas!

— Kim bilan gaplashyapsan o‘zing? Men Park xonimman. Eringning onasi!

Sofia bir lahza qotib qoldi. Keyin darrov ovozi o‘zgardi.

— Kechiring, onajon… tanimay qolibman…

U qo‘l uzatmoqchi bo‘ldi, ammo Park xonim darrov qo‘lini tortib oldi.

— Menga tegina ko‘rma. Sendek kelinni men tan olmayman. Jiminni chaqir!

FLASHBACK TUGADI

Arin ularni mehmonxonaga boshlab bordi. Ichkariga kirishi bilan Taehyungni ko‘rib bir lahza jim qoldi.
Taehyung amakisi kelganini ko‘rib darrov o‘rnidan turdi va ularni quchoq ochib kutib oldi.
— Xush kelibsizlar.

— Voy, shumtaka, sen hali shu yerdamiding? Onang seni qidiryapti-ku, — dedi Park xonim kulib.

— Aysh, kelinoyi, onamga aytgandim-ku, — dedi Taehyung beparvo ohangda.

— Unda nega menga boshqacha gapirding? — Park xonim yengil kuldi. — Mayli, Arin qizim, uyga o‘rganib qoldingmi?

— Ha, onajon, — dedi Arin muloyim.

— Onajon degan tilingdan aylanay, endi doim shunaqa de, xo‘pmi, qizim?

— Xo‘p, — dedi Arin jilmayib. — Unda men choy tayyorlab kelaman.

— To‘xta, qizim, o‘tir. Sen bilan gaplashib olishimiz kerak, — dedi Janob Park jiddiylashib.
Arin bir zum to‘xtadi.

— Tinchlikmi? Nima haqida?

— Madam, biroz sabr qilsangizchi, — dedi Taehyung kulimsirab.

— Sen jim tur, — dedi Arin past ovozda, faqat unga eshitiladigan qilib.

So‘ng Arin ham o‘tirib qoldi. Shu payt Janob Park stol ustiga hujjat qo‘ydi.

— Bunga imzo chek, qizim.

Arin hujjatni qo‘liga olib, sinchiklab o‘qidi. Bir zumda ko‘zlari kattalashib ketdi.

— Yo‘q… men buni qila olmayman, — dedi u darrov hujjatni stolga qo‘yib.

— Nima ekan o‘zi?.. — dedi Taehyung qiziqib hujjatni olib o‘qiy boshlab. Uning ham yuzi o‘zgardi.

— Amaki, bu… — dedi u gapini tugatmay.

— Bu kompaniyaning 40% aksiyasi, — dedi Janob Park qat’iy ohangda. — Arin qizim, bu sizga to‘y sovg‘asi.

Arin hayrat bilan bosh chayqadi.

— Lekin men buni ololmayman. Bu Jiminnikiku…

— Shu sabab ham senga beryapmiz, qizim, — dedi Park xonim muloyim ohangda. — Ering bilan bog‘liq narsalardan uzoqlashib ketmasliging uchun.

Ichida esa boshqa o‘y bor edi, lekin u buni bildirmadi.
Arin ikkilanib qoldi.

— Bu juda katta narsa-ku…

— Hoy, buncha tortinmasang-chi, — dedi Taehyung yengil turtib. — Sening o‘rningda boshqasi bo‘lsa, allaqachon imzo qo‘ygan bo‘lardi.

— Taehyung to‘g‘ri aytyapti, — dedi Janob Park. — Imzo chek.

Arin bir muddat jim qoldi. So‘ng sekin qo‘lini ko‘tardi va hujjatni imzoladi.

— Mana, ko‘rdingmi, unchalik qiyin emas, — dedi Taehyung kulib.

Arin unga qarab yengil jilmaydi.

— Tentak…

— Arin, endi bizga choy yoki qahva olib kelarsiz, — dedi Taehyung o‘zini erdek tutib.

Arin bir zum sergak tortdi.

— Oh, uzr, unutibman. Hozir kelaman, — dedi u tezda chiqib ketarkan.

— Sen bola qachon to‘g‘ri gapirishni o‘rganasan-a, — dedi Park xonim Taehyungga qarab. — Bechora qizni noqulay ahvolga solib qo‘yding.

— Men nima dedim, kelinoyi… — dedi Taehyung o‘zini bilmaganga solib.

Birozdan so‘ng Arin qo‘lida patnis bilan qaytib keldi. Taehyung darrov o‘rnidan turdi va undan patnisni oldi-da, choylarni mehmonlarga uzatdi.

— Arin qizim, kel, sen ham o‘tir, — dedi Janob Park muloyim ohangda.

— Men tushlikka tayyorlanishim kerak. Bolalar ham maktabdan kelib qolishadi, — dedi Arin eshik tomon yurarkan.

— Bolalarni Taehyung olib keladimi? — dedi Park xonim.

Arin ortiga o‘girildi.

— Yo‘q, ularni singlim Mitsu olib keladi. O‘qishdan qaytayotganda o‘zi olib keladi.

— Ha, unda yaxshi, — dedi Park xonim bosh irg‘ab.

Arin yengil ta’zim qilib, xonadan chiqib ketdi.

Kunlar odatdagidek o‘ta boshladi, lekin hamma narsaning ostida nimadir o‘zgargandek edi…

Mitsu Arinning iltimosi bilan o‘sha uyda qolib, ular bilan birga yashay boshladi. Uy endi avvalgidek sokin emasdi — ichiga biroz jon kirgandek, ammo shu bilan birga yangi tartibsizlik ham qo‘shilgandi.
Taehyung esa Mitsu uyda bo‘lgan paytlarda ko‘pincha tashqariga chiqib ketardi. Ba’zan ko‘chalarda uzoq yurardi, ba’zan esa syomkalarda band bo‘lardi. Imkon qadar Mitsu bilan to‘qnash kelmaslikka harakat qilardi. O‘zi ham buning sababini aniq bilmasdi. Balki uning yigiti borligini bilgani uchundir… yoki boshqa nimadir.
Arin bilan esa kun sayin yaqinlashib borardi. Ular endi avvalgidek sovuq emasdi. Aksincha, orasida mayda hazillar paydo bo‘lgan, oddiy gaplar ham boshqacha ohangda aytiladigan bo‘lib qolgandi. Taehyung Arinni ishga olib borar, olib kelardi ham.
Arin mashinasini Mitsuga bergani uchun, o‘ziga Taehyungni “tansoqchi” qilib olgandek edi. Aslida esa bu taklifni Taehyungning o‘zi qilgandi — go‘yo shunchaki qulaylikdek.
Arin esa Jiminsiz yashayotganiga endi naq 3 hafta bo‘lganini sezdi.
Na qo‘ng‘iroq bor, na xabar.
Ba’zan uni eslab qolardi… lekin bu aniq sog‘inch emasdi. Nimadir boshqacha edi. Ichida noaniq, nomi yo‘q bir his bor edi. U nima ekanini o‘zi ham tushunmasdi…

Arin endi avval ishlagan kompaniyasida Jimin kelguncha katta boshliq edi. Uning ishga bo‘lgan salohiyati va mas’uliyati sabab u yangi hamkorlik shartnomasini ham imzolashga ulgurdi.

Bugun esa o‘sha yangi hamkor bilan uchrashuv kuni edi.

Hamkor uni restoranga taklif qilgan, lekin Arin hali u insonni ko‘rmagan, hatto ovozini ham eshitmagan edi.

Restoranga kirar ekan, uni xizmatchi qiz kutib oldi va oldindan band qilingan stol tomon boshlab bordi.

Arin atrofga bir nazar tashladi — joy sokin, chiroqlar iliq, muhit esa ish uchrashuviga juda mos edi. U biroz to‘xtab, chuqur nafas oldi va ichkariga yanada ishonch bilan qadam qo‘ydi.

Arin stolga yaqinlashdi va bir lahza qotib qoldi.
U qarshisidagi insonni ko‘rib, beixtiyor nafasi ichiga tiqilib qolgandek bo‘ldi. Yuragi esa bir zumda tez ura boshladi.
O‘sha odam o‘rnidan turdi, Arinning yoniga kelib, unga o‘tirishi uchun stulni muloyimlik bilan surib berdi va ishora qildi.
Arin hanuz unga tikilib turardi — ko‘zlarini uzolmay, go‘yo ishonmayotgandek.

— Arin… balki o‘tirasiz? — dedi u yengil kulimsirab.

Arin lablari zo‘rg‘a qimirlagandek bo‘ldi.

— Namjoon…?

— Ha, men. Nega buncha hayron qolding, Arin? — dedi u birdan ohangini norasmiylashtirib.

Arin bir zum jim qoldi, so‘ng o‘zini yig‘ib oldi.

— Hurmat saqlang, Janob Kim, — dedi sovuqroq ohangda.

Namjoon yengil jilmaydi.

— Demak, ish rejimidasan. Mayli, unda ish haqida gaplashamiz.

Ular bir lahza sukut saqlashdi.

— Nega aynan bizning kompaniyani tanladingiz, Janob Kim? — dedi Arin jiddiy ohangda.

— Chunki u yerda sen borsan, Arin.

— Sizdan iltimos, bu gaplarni to‘xtating. Hurmatingizni biling.
Namjoon ko‘zlarini undan uzmadi.

— Xo‘sh… ering yo‘qligida qiynalmayapsanmi?

Arin bir zum qotib qoldi.

— Biz ish haqida gaplashgani kelganmiz, Janob Kim, — dedi u o‘zini bosib.

Namjoon esa gapni davom ettirdi, ovozi endi biroz sovuqroq tus oldi:

— Lekin menga bir narsa qiziq… Nega haligacha Jiminni kutyapsan?

— Bas qiling, — dedi Arin keskin.

— Jimin hozir qayerda ekanini bilasanmi o‘zi? — dedi Namjoon ko‘zlarini qisib. — U hozir sobiq xotini yonida. U bilan birga.

Arin bir lahza jim qoldi.
Ko‘z oldi qorong‘ilashgandek bo‘ldi.

“Bu erkak… bularni qayerdan biladi? Uning gaplari rostmi o‘zi? Demak Jimin… shuning uchun meni Taehyungga tashlab ketib ketganmi…”

U lablarini tishlab, nigohini pastga tushirdi. Ichida esa birinchi marta chalkashlik va og‘riq aralashib ketgandi.

Namjoon òzi gapirganidan mammun holda Arinni harakatlarini kuzata boshladi.

Arin ortiq gaplashishni istamay, keskin tarzda o‘rnidan turdi.

— Hamkorlik bekor qilindi. Endi meni bezovta qilmang, Janob Kim.

U chiqib ketmoqchi bo‘ldi, lekin Namjoon chaqqonlik bilan uning bilagidan ushlab oldi.

— Afsuski, shartnoma allaqachon imzolangan. Agar bekor qilinsa, kiritilgan mablag‘ni o‘n baravar qilib qaytarishga to‘g‘ri keladi.
Arin uning qo‘lidan o‘zini tortib oldi.

— Ablah… menga tegmang!

— Meni kut, azizam. Endi har kuni meni ko‘rishga majbursan. Jimin baribir seni qabul qilmaydi.

— Bas qiling! — dedi Arin ovozi titrab.

Ammo Namjoon to‘xtamadi.

— Baribir meniki bo‘lasan, Arin.

Arin sabrini yo‘qotib, tezda restorandan chiqib ketdi. Orqasida esa Namjoonning past, sovuq ovozi qoldi.

— Qochib qutula olmaysan… sen baribir meniki bo‘lasan.

Tashqariga chiqishi bilan Arin o‘zini g‘alati his qila boshladi. Ko‘ksida nimadir siqilgandek, nafasi yetmayotgandek bo‘ldi. Qo‘li beixtiyor telefoniga uzaldi va Taehyungning raqamini terdi.

— Alo… Tae… — dedi u zo‘rg‘a ovoz chiqarib.

Taehyung rulda ketayotgan edi. Arinning ovozini eshitishi bilan mashinani birdaniga chetga oldi va to‘xtatdi.

— Nima bo‘ldi, Arin? — dedi darrov xavotir bilan.

— Meni olib ket… iltimos…

Taehyungning yuzi o‘zgardi.

— Qayerdasan? Ayt, nima bo‘ldi?

— “Sante” restorani oldidaman…

— Hozir boraman. Kut, xo‘pmi.

Taehyung telefonni qo‘ymay, mashinani qayta ishga tushirdi. Gazni bosdi. U odatda bunday shoshilmasdi, lekin Arinning titroq ovozi… uni ichidan bezovta qilib yuborgandi.

Birgina “Tae” degan zaif chaqiriq ham unga yetgandek edi.

O‘n daqiqadan so‘ng u aytilgan manzilga yetib keldi. Restoran oldidagi skameykada o‘tirgan Arinni ko‘rishi bilan yuragi siqilib ketdi.
Darrov mashinadan tushib uning oldiga yugurdi.

— Arin… Arinim, men keldim. Nima bo‘ldi o‘zi? — dedi u tiz cho‘kib, uning yuziga qarab.

Arinning ko‘zlari qizarib ketgan, yonoqlarida yosh izlari bor edi. Taehyung darrov uning yuzidagi yoshlarni artdi.

— Tae… meni olib ket. Bu joydan ketaylik. Men charchadim… hammasidan charchadim, — dedi Arin va o‘zini uning bag‘riga tashladi.

— Ketamiz, Arinim, ketamiz… — dedi Taehyung uni mahkam quchoqlab. — Qani, ayt, nima bo‘ldi? Seni kim xafa qildi?

Arin yig‘lab yubordi.

— Tae… men shunchalik yomon insonmanmi?..

— Yo‘q, — dedi Taehyung darrov. — Nega bunday deyapsan? Kim seni shunaqa dedi?

Arin ovozi titrab davom etdi:

— Unda nega Jimin meni emas, o‘sha sobiq xotinini tanladi? Nega haligacha kelmayapti? Unga ayt… menga javobini bersin… Men u bilan oila qurishni xohlamagandim…

Taehyung uning boshini yengil silab, ovozini pasaytirdi.

— Shsh… bo‘ldi, tinchlan. Sen yomon emassan. Bu yerdagi yomon odam— Jimin. U ko‘r ekan… sendek sof qalbli, chiroyli ayolni ko‘rmadi.

Taehyung Arinni sekinlik bilan o‘rnidan turg‘azdi va asta yetaklab mashinasi tomon olib bordi. Ularni ichkaridan Namjoon kuzatib turardi.

— Darrov o‘ziga himoyachi topib olibdimi… Qoyil, Arin xonim. Lekin mendek telba senga oshiq ekan… yoningdagi har qanday erkakni yo‘q qilaman. Huddi o‘z ukam kabi… — deya o‘ziga o‘zi gapirdi Namjoon.

Lekin keyingi ko‘rgan manzarasidan shokka tushib qoldi.