BLUR
Jimin Arinning bunchalik sokin o‘tirganini ko‘rib battar asabiylashdi. Sofia yoniga borib, sekin qo‘lidan ushlab o‘rnidan turg‘aza boshladi.
— Arin, bu nima qilganing? Bechora qizni qay ahvolga solding o‘zi… — deya o‘shqirdi u.
Arin esa boshini ko‘tarib, bemalol Jiminga qaradi.
— Buni u boshladi, men emas… — dedi yelka qisib.
Sofia yig‘lagancha o‘zini butunlay ojizdek tutardi.
— Jimin… u meni o‘ldirib qo‘yay dedi… oyoqlarim qattiq og‘riyabdi… bu ayol ketsin… — deya yig‘lab, Jiminning orqasiga yashirindi.
— Hoy, sariq bosh… sen kimsanki meni haydaydigan? Shukur qil o‘ldirmaganimga… — dedi Arin birdan o‘rnidan turib, yana unga tashlanmoqchidek harakat qilib.
Jimin shu zahoti Arinning qo‘lidan ushlab qoldi.
— Bugungi ko‘ngilxushliklar tugadi, Arin. Endi esa xonangga borib dam ol. Bolalar seni bu ahvolda ko‘rishmasin… — dedi g‘azabini bosishga urinib.
— Jimin, nega uni urishmayapsan? Axir u meni qiynadi, azobladi-ku… — dedi Sofia jahl bilan Jiminni turtib.
Jimin asabiy boshini silab qo‘ydi.
— Sofia, senham jim tur endi. Men senga Arinni asabiga tegma degandimku… — dedi sovuqroq ohangda. — Senham gapni joyida to‘xtatishni bilmaysan.
Sofia shok bo‘lib unga qaradi.
— Men hech kimni oqlamayapman. Olovni ustiga benzin sepgan òzingsan Sofi. Natijasi esa mana shu… — dedi charchoq bilan.
Arin esa miyig‘ida kulib qo‘ydi.
Sofia Jiminning gapidan keyin battar yig‘lay boshladi.
— Voy… demak endi ayb mendami?.. — dedi titroq ovozda. — U meni deyarli pichoqladi Jimin…
— Òldirmadimku hali… — deya gap qòshdi Arin beparvo.
— Arin! — dedi Jimin asabiy unga qarab.
— Nima? Rost gapni aytyabman. Òziyam buncha baqirmasa… boshimni og‘ritib yubordi.
Sofia ishonmagandek Aringa qarab qoldi.
Arin birdan kulib yubordi.
— Endi bildingmi?..
Jimin chuqur nafas olib, Sofiani stulga qayta o‘tqazdi.
— Bas qilinglar endi. Ikkalang bilan ham tortishishga holim yo‘q.
— Men bu uyda qolmayman! — dedi Sofia yig‘idan bo‘g‘ilib. — U meni yana nimadir qiladi.
— Hech kim senga tegmaydi. Jim o‘tir....dedi Jimin charchoq bilan.
— Senham boshqa unga yaqinlashma.
— Uham menga yaqinlashmasin unda.
— Nima Arin? — dedi birdan jahli chiqib. — Men unga tegmadim boshida. O‘zi kelib og‘ziga kelganini gapirdi.
— Baribir bunaqa qilishing shart emasdi.
Arin bir necha soniya Jiminga tikilib qoldi.
— Voy… rahming kelib qoldimi?.. dedi past kulib.
Jimin indamay qoldi.
Arin esa miyig‘ida kulgancha stol ustidagi yarimta mandarinni oldi.
— Xotirjam bo‘l. Sariq boshingni o‘ldirmayman. Hali ancha qiynalishi kerak… — deya mandarindan yana bir bo‘lak yedi.
Sofia qo‘rqqancha Jiminga yanada yaqinroq surildi.
— Jimin qara… u yana boshlayabdi…
— Fuck.... — deya pichirladi Jimin boshini ushlab. — Men rostanham bir kun aqldan ozaman sizlar bilan.
Jimin bu ikki qizga qarab qo‘ydi-da, ularni yonidan aylanib o‘tib muzlatkich yoniga bordi. Eshigini ochib ichidan gazli ichimlik oldi.
— Bugundan, hozirdan bu uyda janjal bo‘lmaydi. Kelishib yashaysizlar… — dedi u buyruq ohangida, keyin ichimlikdan bir qultum ichib qo‘ydi. — Meni tushundinglarmi?
Ovozini biroz ko‘targan edi.
Ikkala qiz ham bir zum seskanib ketdi.
— Ha… — deyishdi ikkalasi ham istamayroq bosh irg‘ab.
Jimin ko‘zini qisib ularga qaradi.
— Sofia, sen xonaga bor.
Sofia Jimin tomonga qarab turdi, keyin Aringa bir qarab qo‘ydi.
Sofiyaning lablari qimirlab, nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin Jiminning ohangi keskin edi. U sekin orqasiga burildi-da, oqsoqlanib zinaga qarab ketdi.
Jimin muzlatkichga suyanib turdi, keyin Aringa qaradi.
— Sen bilan keyin alohida gaplashaman.
Arin ko‘zini qisib unga qaradi.
— Qiziq… Sofiani haydading, meni “keyin” deding.
Jimin ichimligini yana bir qultum ichdi.
— Chunki sen bilan gaplashish oson emas.
Jimin ichimlikni muzlatkich ustiga qo‘yib yubordi-da, Aringa qarab bir qadam yaqinlashdi.
— Oson emas deganim, seni boshqara olmayman degani emas, — dedi u pastroq, lekin aniq ohangda.
— Meni boshqaraman deb o‘ylayapsanmi?
— Men tartib haqida gapiryapman, Arin.
— Tartib… — Arin kulimsirab boshini chayqadi. — Bu uyda tartib bo‘lganini birinchi marta eshitishim.
Jimin javob qaytarmadi, bir lahza jim turdi.
— Bugun nima qilganingni o‘zing ham tushunasanmi? — dedi u oxiri.
— Tushunaman. Lekin u òzi meni hurmat qilmadi.
— Bu “javob qaytarish” degani emas.
— Nima degani bo‘lsa ham, men jim o‘tiradiganlardan emasman.
— Men seni jim o‘tir demayabman.
— Men senga “chegarani bil” deyapman.
Arin bir soniya sukut qildi.
Keyin asta kuldi.
— Qiziq… hamma menga chegarani o‘rgatmoqchi.
— Chunki sen bugun o‘sha chegaradan o‘tding.
Arin ko‘zini qisib unga qaradi.
— Va?
— Va men buni yana takrorlanishini xohlamayman.
Xona jim bo‘lib qoldi.
Arin biroz vaqt unga tikilib turdi, keyin sekin boshini egdi.
— Ko‘ramiz, Jimin… — dedi past ovozda.
Va sekin orqasiga burilib, zinaga qarab ketdi.
Jimin esa muzlatkich yonida qolganicha, ichimligini yana bir qultum ichib qo‘ydi — lekin ko‘zini undan uzmadi.
Jimin ichida Arin ketgan tomonga qarab turardi.
Aysh… bu qiz qachon bunchalik o‘zgardi o‘zi? — deb o‘yladi u.
Bir lahza rostdan ham undan biroz cho‘chib ham ketgandi. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham Sofia o‘zini haddidan oshirgandi.
Qiziq… nega Arin bunaqa qildi? Sofia bilan meni ko‘rib rashk qildimi yo… boshqa narsa bormi?..
Shu payt Arin xonasiga kirishi bilan to‘g‘ri hammomga o‘tib ketdi.
U rakovinaga kelib, sovuq suvni ochdi-da, qo‘llarini qayta-qayta yuvishni boshladi.
— Men qilmadim… u o‘zi boshladi… men aybdor emasman… — dedi u past, lekin tobora bezovta ovozda. — Lanati… bu qon dog‘lari ketmayapti… lanati… men mandarin yedimku qon qo‘limda…
Qo‘llari biroz qaltirab, u suv ostida ularni tez-tez ishqalardi.
Keyin birdan ko‘zguga qaradi.
Ko‘zlari biroz o‘zgargan edi.
— Aria… ko‘ryapsanmi?.. — dedi u o‘z aksiga tikilib. — Yana o‘sha holat qaytyapti…
— Sen meni o‘sha payt qutqarganding… meni ushlab turganding… endi sen yo‘qsan… — dedi ovozi sekin titrab. — Endi meni kim to‘xtatadi?..
U bir lahza jim qoldi.
Suv tovushi xonani to‘ldirib turardi.
Muallif izohi: Arin bolaligida ko‘p kasal bo‘lgan. Uzoq uyqusizlik va kuchli dorilar uni ruhiy jihatdan ham zaiflashtirib qo‘ygan, ba’zida asabiylashish va nazoratni yo‘qotish holatlari paydo bo‘lgan. O‘sha paytda egizagi Aria uni asrab-avaylab, yonida turib, asta-sekin holatini yaxshilagan. Aria tirik bòlganida hozir yetuk psixoterapevt bòlardi. Ariani psixoterapiyaga bolgan qiziqishiham aynan Arin tufayli edi.
Endi esa Aria yo‘qligi Arinning ichidagi o‘sha eski holatni yana asta-sekin uyg‘ota boshlayotgandi…
Arin hammomdan chiqdi, o‘zini biroz tartibga keltirdi va krovatiga yotib, ko‘zlarini yumdi.
— Hammasi yaxshi, Arin… tinchlan… — deb o‘zini asta tinchlantira boshladi u.
Bu paytda Jimin ham yuqori qavatga ko‘tarildi. Sofia xonasi tomon ketayotib, Arinning xonasiga bir qarab qo‘ydi. Arinning tinch uxlayotganini ko‘rib, ichida biroz yengillik sezdi va Sofia xonasiga kirib ketdi.
Ichkariga kirishi bilan shoshib qoldi.
— Hoy, Sofia, nima qilyapsan? — dedi u darrov yoniga yugurib.
Sofia karavot chetida o‘tirgancha, oyoqlarini — kuygan joylarini ushlab yig‘lab òtirardi.
— Jimin… oyoqlarim og‘riyapti… bunga qaray olmayman… — dedi u ko‘z yoshlarini tiyolmay.
— Tshsh, tinchlan, sevgilim… hozir tez yordam chaqiraman, — dedi Jimin uni tinchlantirishga urinib.
— Meni aybim nima edi?.. og‘riyapti oyoqlarim… — dedi Sofia battar yig‘lab.
Jimin telefonini olib tez yordamga qo‘ng‘iroq qildi.
— Ha, Park Sofia, issiq suvdan kuyib qoldi. Iltimos, tezroq kelinglar… — dedi u qisqa qilib.
— Biroz chidagin, sevgilim. Hozir kelishadi.
Sofia ko‘z yoshlarini artib, hansirab gapirdi.
— Nega meni bunday qiynaydi… aybim nima? Hotiramni yo‘qotganimmi?..
Jimin bir lahza jim qoldi.
Keyin uni ehtiyotkorlik bilan bag‘riga oldi.
— Aybing yo‘q… hammasi men sabab… — dedi u past ovozda.
— Men hammasini tuzataman, faqat tinchlan.
Sofia uning ko‘ksiga bosh qo‘yib, yig‘isini sekinlashtirdi.
Xonada og‘ir jimlik cho‘zildi…
Birozdan so‘ng tez yordam mashinasi ham yetib keldi.
Jimin ularni kutib olib, to‘g‘ri Sofiya xonasiga olib kirdi. Shifokorlar uni tekshirib, kerakli dorilarni yozishdi va og‘riq qoldiruvchi ukol qilishdi.
Bu paytda uyga Taehyung bilan Mitsu ham qaytishgandi.
Tez yordam mashinasini ko‘rib ikkalasi ham xavotirga tushib qoldi.
— Aringa hech narsa bo‘lmagan bo‘lsin… — dedi Taehyung mashinadan tushib, shoshgancha uyga kirib ketarkan. Orqasidan Mitsu ham yugurib kirdi.
— Tae, opamga hech narsa qilmadi-ku, to‘g‘rimi?.. — dedi u zinadan chiqayotganida.
— Bilmayman, Mitsu… bilmayman, — dedi Taehyung asabiy ohangda.
Ikkalasi shoshib Arinning xonasi tomon yugurishdi.
Taehyung eshikni ochib ichkariga bostirib kirganida bir zum qotib qoldi.
Arin o‘z xonasida, yotoqda tinch uxlab yotardi. Yuzida hech qanday bezovtalik yo‘q, hammasi sokin edi.
Mitsu ham ichkariga kirib, uni ko‘rib yengil nafas oldi.
— Hech narsa bo‘lmabdi… — dedi Taehyung past ovozda, yelkasidan og‘ir yuk tushgandek.
Mitsu Taehyungni yengil turtib gapirdi.
— Opam bu yerda bo‘lsa, tez yordam xodimlari kimga kelishdi unda?
Shu payt Jimin doktorlar bilan xonasidan chiqib keldi. Taehyung tashqaridan ularning ovozini eshitib, Mitsuni Arin yonida qoldirib xonadan chiqib ketdi.
— Hyung, bu yerda nima bo‘lyapti o‘zi? Doktor nega keldi? — dedi u Jiminning yo‘lini to‘sib.
— Taehyung, hozir emas… men doktorni kuzatib kelay, keyinroq, — dedi Jimin uni chetlab o‘tib, doktor bilan gaplashgancha zinalardan tushib ketdi.
Taehyung Jimin ketganiga ishonch hosil qilgach, Sofiya xonasiga bostirib kirdi va ko‘rgan manzarasidan hayratda qoldi.
Sofiyaning ikkala oyog‘i ham bint bilan o‘ralgan, ko‘zlari yig‘idan shishib qizarib ketgan edi.
— Yana nimani boshlading… — dedi Taehyung sovuq ohangda.
— Nega kelding? Yo‘qol xonadan! — deb baqirdi Sofiya.
— Bechorahol ko‘rinyabsan… senga buni kim qildi? — dedi u sinchiklab qarab.
— Nima qilasan kimligi bilan qiziqib? — dedi Sofiya asabiylashib.
— O‘sha odamga rahmat aytaman, — dedi Taehyung mazax ohangida kulib.
— Yo‘qol, Tae… yoqmayapsan. Doimgidek asabimni buzasan xolos! — dedi Sofiya birdan o‘zini tutolmay.
Taehyung bir zum qotib qoldi, keyin kulib yubordi.
— Qoyilmaqom niqob, Sofiya. O‘zingni hali birinchi kundayoq oshkor qilib qo‘yding, — dedi u asta yaqinlashib.
Sofiya darrov o‘zini o‘zgartirdi.
— Nima deyapsiz, janob? Men sizni tushunmayapman… — dedi u yana “xotira yo‘qotgan” ohangga o‘tib.
Taehyung uning qarshisiga kelib to‘xtadi va biroz egildi.
— Jiminni aldashing mumkin, lekin meni emas. Senga buni kim qilgan bo‘lsa ham… to‘g‘ri qilibdi. Bu senga kam, Sofiya.
Sofiya jim qoldi, ko‘zlari bir zum miltilladi.
— Ko‘ramiz… bu “xotira yo‘qotdim” degan o‘yining qachongacha davom etarkan, — dedi Taehyung sovuq ohangda.
— Va Jimin bundan xabar topganda seni qanday jazolashini qiziqib kuzataman.
U oxirgi marta unga qarab qo‘ydi-da, xonadan chiqib ketdi.
Jimin zinalardan ko‘tarilib kelayotganida, Sofiya xonasidan chiqib kelayotgan Taehyungni ko‘rib qoshini ko‘tardi.
— Hoy bola, nima qilyotganding mening xonamda? — dedi u jiddiy ohangda.
— Ooo hyung, sobiq kelinoyimdan xabar olay deb kirgandim, — dedi Taehyung kulib.
— Senga faqat kulgu bo‘lsa kerak, — dedi Jimin sovuq qarab.
— O‘zi nima bo‘ldi? — dedi Taehyung qiziqib.
Jimin bir soniya jim turdi, keyin Taehyungning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi.
Taehyung labining chetini ko‘tarib, tirjaydi.
— Seni jon deb eshitishga tayyorman, hyung.
Jimin biroz oldingi voqealarni eslab kulib yubordi.
— Soju ichib gaplashamiz… — dedi u Taehyung bilan birga zinalardan pastga tushib.
Taehyung akasining birdan kulib yuborganiga hayron qarab qo‘ydi.
Pastga tushishib, oshxonaga kirishdi. Jimin muzlatkichdan ikkita soju olib chiqib, stolga o‘tirdi.
— Qani, oldik… — dedi u Taehyungni kutmasdan icha boshladi.
Taehyung esa endi gap boshlamoqchi bo‘lib turgandi.
— Hyung, endi aytsangchi nima bo‘ldi o‘zi? Sofiyani sen qildingmi bu ishlarni?
Jimin ichib qo‘yib kuldi.
— Men qilsam bunaqa qiynab o‘tirmayman, shundoq o‘ldirib qo‘ya qolardim, Tete…
— Hoy hyung, meni bunday atama degandim-ku! — dedi Taehyung norozilanib.
— Yaxshi, yaxshi… — dedi Jimin kulib. — Xullas, buni Arin qildi.
Taehyung soju ichayotgan joyida yo‘talib yubordi.
— Rosti-mi? — dedi u ishonmay.
— Ha, Arin qildi, — dedi Jimin jiddiylashib. — Ex, Tete… uni bir ko‘rsang edi… psix edi u psix.
— Sofia Arinni haqorat qilganida boshida jim turdi… keyin unga ish buyurdi. Qahva tayyorlatdi… Arin esa shuni ham qildi…
— Hyung shunda Arin boshida indamay turib keyin Sofiyaning buyruqlarini bajarganini aytyapsanmi? — dedi Taehyung unchalik tushunmay.
— Yo‘q… u Sofiyaga o‘z o‘rnini ko‘rsatib qo‘ydi. Sen o‘sha manzarani ko‘rsang edi… shokda qolarding. Arin qo‘lida turgan pichoqni shartta Sofiyaga qarata otib yubordi.
— Hyung, bunisi oshib tushdi… Arin bunaqa emas-ku, — dedi Taehyung ishonqiramay.
— Ishontira olaman seni keyinroq, — dedi Jimin jiddiy. — Davomini eshitasanmi o‘zi?
— Qahvani olib bordi… va shartta ikkala soniga quydi. Birdaniga emas… shoshmasdan, — dedi Jimin o‘sha lahzani eslab.
Taehyung ko‘zlarini kattalashtirdi.
— WTF… Arin rostdan shunday qildimi?!
— U kuygan joyni pichoq bilan bosdi… qattiq bosdi. Ikki soni ham qontalash bo‘lib ketdi.
Taehyung stolga bir zum qotib qarab qoldi.
— Sen esa… shunchaki qarab turdingmi? Aralashmadingmi, hyung? — dedi u hayrat bilan.
— Men oxirida aralashdim… bir lahza men ham nima bo‘lganini tushunmay qolgandim. Chunki Arin juda sokin edi… uni bunaqa qilishi xayolimga ham kelmagandi.
— Keyin-chi…? — dedi Taehyung zo‘rg‘a ovozini bosib.
— Birdan oshxonadagi shovqin tinib qoldi… o‘shanda Arin gapirdi, juda sokin gapirdi. Muloyim ohangda edi. Keyin esa yana birdan baqiriq ovozlarini eshitdim. O‘sha payt xonaga bostirib kirdim. Sen Arinni o‘sha vaqtda ko‘rsang edi… u telbadek harakat qilardi. Lekin oxirgi daqiqalarda yana muloyim, mushukchadek bo‘lib qoldi.
Taehyung hali ham ishonolmay bosh chayqadi.
Eshik ortida jimgina ularning suhbatini eshitib turgan Mitsu esa qo‘rqib ketdi.
— Yo‘q… yo‘q, bu bo‘lishi mumkin emas… — dedi u o‘zicha pichirlab. — Opa… iltimos, bu yana takrorlanmasin…
U shoshilib Arinning xonasiga qarab yugurib ketdi.
Oshxonada esa yigitlar suhbatni davom ettirardi.
— Men Arinni bunday qilishiga ishonolmayapman… lekin Jimin oshxonadagi yashirin kamera orqali ko‘rsatganda zo‘rg‘a ishondim, Bu men bilgan Arin emas. Bu… telba edi. Men bilgan yuvvosh qizaloq emas.
Telba ayol edi....deya òyladi Taehyung.
— Demak… u ichida shunaqa narsa bor ekan-da… — dedi u past ovozda.
Xonaga yana og‘ir jimlik cho‘kdi…
Mitsu shoshib Arinning xonasiga kirib keldi va uni yotoqda derazaga qarab o‘tirgan holatda ko‘rdi. U hech narsa demasdan orqasidan borib, uni mahkam quchoqlab oldi.
— Sizni sog‘indim, opajon…
Arin yengil jilmaydi.
— O‘zimni erkatoy Mitsuiyimdan… xo‘sh, qayerda eding?
— Taehyung bilan kafega bordik, shopping qildik.
— Buncha zo‘r… demak Taehyung bilan qayta gaplashyapsan-a, — dedi Arin biroz kulimsirab.
— Ha, biroz… opa, ahvolingiz yaxshimi?
— Jiminni gaplari rostmi opa? Sofiyaga qilganlaringiz…
Arin ko‘zini biroz qisdi.
— Ha. U o‘zi birinchi boshladi.
Mitsu Arinning yuzini diqqat bilan kuzatdi.
— Hozir ahvolingiz qanday? Yurak urishingiz normalmi? Qo‘llaringiz qaltiramayaptimi?
— Mitsu, men yaxshiman… — dedi u sokin ohangda. — Men shunchaki ba’zilarni o‘rnini qayerda ekanligini ko‘rsatib qo‘ydim, xolos.
Mitsu esa baribir tinchimadi, uni mahkamroq quchoqlab oldi.
— Menga qo‘rqinchli tuyuldi…
Arin uning boshini silab qo‘ydi.
— Qo‘rqma. Men o‘zimni nazorat qila olaman.
Lekin uning ovozi qanchalik sokin bo‘lmasin, Mitsu ichida baribir bir bezovtalik qolib ketgandi…
Oradan 2 hafta vaqt o‘tdi.
Bu 2 hafta odatdagidan ancha tinch o‘tdi. Hech qanday urish-janjal bo‘lmadi.
Uyga xizmatchilar olindi. Bunga sabab esa Arin edi. U endi uyda ish qilishni xohlamay qo‘ydi. Jimin bilan biroz tortishib bo‘lsa ham, baribir o‘z xohishini bajartirdi: uyda xonadon tozalovchilar, oshpazlar, bog‘bonlar va qo‘riqchilar ham bo‘lishi kerakligini talab qildi. Jimin esa so‘zsiz bajardi. Unga tinchlik kerak edi — o‘tgan safargi voqea yana takrorlanishini xohlamasdi.
Bu orada Sofiyaning jarohatlari ham tuzala boshladi.
Arin ishga chiqdi. Namjoon esa Arin ishga chiqqanini eshitib, darrov kompaniyaga yangi hamkor sifatida joylashib oldi.
Boshida Jimin bunga qarshi bo‘ldi — u Namjoonni endi ancha yaxshi tanib ulgurgandi. Lekin hamkorlikni bekor qilsa, katta jarima bor edi. Shuning uchun majburan bu ishni davom ettirishga to‘g‘ri keldi.
Namjoon esa ishda o‘zini juda ehtiyotkor tutdi. Ortiqcha gap-so‘z qilmasdi, jiddiy va sokin edi. Aringa ham faqat hamkor sifatida qarayotgandek ko‘rindi… lekin bu faqat ko‘rinish edi.
Aslida esa uning maqsadi boshqacha edi — Arinni asta-sekin o‘ziga yaqinlashtirish…
Bir kuni ish vaqtida Namjoon Arinning xonasiga kirib keldi.
— Arin xonim, bu hujjatlarni ko‘rib berishingizni so‘ragandim, lekin hali ko‘rmabsiz-ku… — dedi u hujjatlarni stol ustiga qo‘yarkan.
Arin qog‘ozlardan ko‘zini uzib, unga bir qarab qo‘ydi.
— Janob Kim… kirishdan oldin eshikni taqillatishni o‘rgatishmaganmi sizga? — dedi u sovuq ohangda.
Namjoon esa xotirjam jilmaydi.
— Sizga ham shuni aytmoqchiman, ishni vaqtida bajarish kerakligini o‘rgatishmaganmi, Arin xonim? — dedi u stulga bemalol o‘tirib.
— Hali sizga o‘tirishga ruxsat bermadim. Hamkorman deb o‘zboshimchalik qilmang, janob Kim
Namjoon yelkasini qisib, biroz kulimsiradi.
— Kechirasiz, lekin sizdan ruxsat so‘rashni umuman yoqtirmayman.
Arin Namjoonga bir qarab qo‘ydi-da, stol ustidagi hujjatni olib tekshira boshladi.
Bir-ikki varaqni o‘qigach, birdan hujjatni yopdi.
— Janob Kim… — dedi u sovuq ohangda va papkani Namjoon tomonga otib yubordi.
Namjoon uni zo‘rg‘a ushlab qoldi.
— Sekinroq, Arin xonim… — dedi hayron bo‘lib.
— Bu umuman bo‘lmaydi. Qayta yozib keling. Sizningcha men bunga qo‘l qo‘yamanmi? — dedi Arin jiddiy ohangda.
Namjoon qoshini chimirib hujjatni qayta ochdi.
— Nimadir muammo bormi?.. — deya o‘zi ham o‘qiy boshladi.
Bir necha soniyadan keyin uning yuzidagi ishonch yo‘qoldi.
— Fuck… — deya pichirladi.
Arin qo‘llarini ko‘ksiga bog‘lab unga qarab turardi.
— Kechirasiz, Arin xonim… bu umuman boshqa hujjat ekan, — dedi Namjoon o‘rnidan turib.
— Sizga maslahatim: o‘zingizga yaxshi kotiba oling, — dedi Arin eshik tomonga ishora qilib. — Ketishingiz mumkin.
— Shibal… — deya past ovozda so‘kindi Namjoon va shoshilgancha xonadan chiqib ketdi. Eshik esa qarsillab yopildi.
Arin kresloga suyanib o‘tirdi-da, o‘zidan mamnun holda kulimsiradi.
— Doimgidek bahonasi tayyor bu odamning… — deya bosh chayqab kuldi.
Arin sekingina qo‘lini qorniga qo‘ydi.
— 4 haftalik bo‘ldik, bolajonim… — deya qornini mehr bilan siladi.
Keyin birdan labini burishtirdi.
— Mmm… qornimiz ochdi, — deya o‘rnidan turdi.
Arinning kundan kunga ishtahasi ochilib borardi. Har xil narsalar yegisi kelardi. Bu esa yaxshi edi — boshqa homiladorlarga o‘xshab ko‘ngli aynib, ishtahasi yo‘qolib qolmagandi. Aksincha, unda toksikoz ancha yengil o‘tayotgandi.
Jimin esa hali ham bola haqida hech narsani bilmasdi. U shunchaki Arin keyingi paytlarda juda ko‘p ovqat yeyayotganini sezardi, xolos.
Arin doim keng kiyimlarda yurgani uchun ham, qorni hali bilinmagani sabab ham hech kim undagi o‘zgarishni sezmayotgandi.
Va aynan shu hozircha Arinning eng katta yutug‘i edi.
U sekin xonasidan chiqib pastga tushdi.
Oshxonaga kirishi bilan xizmatkor ayollar darrov bosh egishdi.
— Arin xonim, sizga nima tayyorlaylik? — dedi ulardan biri.
— Nordon narsa yegim kelyapti… lekin shirin ham… — dedi o‘zi ham tushunmay.
Xizmatkorlar bir-biriga qarab qolishdi.
— Hmm… mayli, mevali tort olib kelinglar. Yoniga esa achchiq ramen ham tayyorlang.
Xizmatkor ayol hayratini yashira olmay:
— Ikkalasini birga-mi?.. — deb yubordi.
Arin esa mutlaqo jiddiy bosh irg‘adi.
— Ha. Hozir aynan shuni xohlayapman.
Xizmatkor ketishi bilan Arin sekin stulga o‘tirdi va yana qorniga qo‘l qo‘ydi.
— Dadang bilsa shok bo‘ladi… — deya past ovozda kulib qo‘ydi.
Usha payt Jimin oshxona yonidan yordamchisi bilan gaplashib o‘tib ketdi.
Arin esa birdan g‘alati bir hidni sezdi.
Bu hid… yoqimli edi. Juda yoqimli.
Arin beixtiyor burnini tortib, qayerdan kelayotganini tushunishga harakat qildi. Keyin sekin eshik yoniga borib tashqariga qaradi.
Sal narida Jimin yordamchisi bilan gaplashib turardi.
— Aysh… bu hid endi qaysi biridan kelyapti?.. — deya o‘ziga o‘zi pichirladi. — Nega menga bunisi yoqib qoldi…
U yana chuqurroq nafas oldi.
Va hidni yana sezdi.
Yuragi negadir tezroq ura boshladi.
— Yo‘q… bu normal emas… — dedi sekin.
Lekin baribir ko‘zini ulardan uza olmay turardi.
Bir payt Jimin boshini burib Aringa qaradi.
— Nima bo‘ldi? — dedi u qoshini ko‘tarib.
Arin esa tezda o‘zini tutib oldi.
Lekin ichida hali ham o‘sha g‘alati hid aylanib yurardi…
Arin o‘sha hidni yana yaqinroqdan hidlagisi kelardi. Lekin shartta borib ikkalasini ham hidlab ko‘rsa, bu juda g‘alati ko‘rinardi.
Shu sabab u qayta oshxonaga kirib ketdi va chuqur nafas oldi.
— Lanati… bu hid meni o‘ziga tortyabdi… — deya pichirladi.
Xizmatchi ayollar esa Arinning g‘alati harakatlarini kuzatib, bir-biriga sekin pichirlab gaplashishardi.
— Buyurtmam tayyor bo‘ldimi? — dedi Arin ularga qarab.
Ayollar birdan dovdirab qolishdi.
— Ha… ha, xonim, mana hozir… — deya biri shoshilgancha tort bilan ramyonni olib kelib stolga qo‘ydi.
Arin tortdan ozgina yeb ko‘rdi va ko‘zlarini yumdi.
— Hmm… shirin hidi ham zo‘r ekan…
— Xonim, sizga yoqdimi? — dedi ayollardan biri hayajon bilan.
— Ha, juda mazali ekan, — dedi Arin mamnun bosh irg‘ab.
Ayol biroz ikkilanib turdi-da, keyin ehtiyotkorlik bilan gap boshladi.
— Xonim… bir narsa so‘rasak bo‘ladimi?
Ayollar bir-biriga qarab olishdi.
— Homiladormisiz, xonim?.. — dedi biri pastroq ovozda.
Arin birdan eshik tomonga qarab qo‘ydi. Hech kim eshitmadimikan degandek atrofni kuzatdi.
Ikkala ayol ham yengil nafas chiqarib kulimsiradi.
— Sho‘r bilan shirin narsani birdan xohlashingizdan… yana doim keng kiyim kiyib yuribsiz. Odatda siz bunaqa kiyinmasdingiz-ku, — dedi ayol ishonch bilan.
Arin beixtiyor qo‘lini qorniga qo‘ydi.
— Ha… 4 haftalik bo‘ldik, — dedi past ovozda.
— Voy, tabriklaymiz xonim! — dedi ayollar xursand bo‘lib. — Buni eringiz biladimi?..
Arin bir lahza jim qoldi.
Labidagi kulgi biroz pasaydi.
Kompaniyadagilar esa hali ham Jimin bilan Arinning turmush qurishganini bilishmasdi. Ular hali katta to‘y qilishmagandi — faqat nikohdan o‘tishgan edi.
Arinning aksiyador bo‘lib qolganini esa kompaniya xodimlariga “yaxshi ishlagani uchun lavozimi oshirildi” deb tushuntirishgandi.
Arin biroz o‘ylanib turdi-da, keyin ayolga qarab gap boshladi.
— Sizdan bir narsa so‘rasam bo‘ladimi?..
— Homilador ayollar noma’lum hidlarga ham toksikoz bo‘lishi mumkinmi? Ya’ni faqat ovqatga emas…
— Ha xonim, bu odatiy hol. Masalan, o‘zim birinchi homiladorligimda erimga toksikoz bo‘lganman. Uni hidiga demoqchiman-da. Ayniqsa ishdan kelganidagi hidini biram yaxshi ko‘rardimki… — deya yoqimli xotiralarini eslab kulib qo‘ydi.
— Nima, shunda… ter hidiga toksikoz bo‘lganmisiz?..
Ayol kulib bosh irg‘adi.
— Ha, shunaqaroq. Hattoki doim erimning orqasidan dumdek ergashib yurardim. Toksikozim shuni xohlardi.
Arin beixtiyor o‘ylanib qoldi.
— Bilasizmi… men ham hozir bitta hidni sezdim-da… endi yana o‘shani hidlagim kelyapti… — dedi u rostini aytib.
— Bilmayman… lekin juda yoqimli edi.
— Qayerdan sezdingiz?
Arin javob berishga shoshilib yubordi.
— Janob Park va yordamchisidan…
Gap og‘zidan chiqishi bilan o‘zi ham jim bo‘lib qoldi.
Ayollar esa bir-biriga qarab qolishdi.
Keyin ulardan biri sekin jilmaydi.
— Xonim… sizga janob Parkning hidi yoqib qolgan ko‘rinadi… — dedi mazmunli ohangda.
— Yo‘q! Men shunchaki… qaysi biridan kelayotganini tushunmadim.
Ayollar kulgini zo‘rg‘a bosib turishardi.
— Hmm… tushunarli… — dedi bittasi cho‘zib.
Arin esa birdan noqulaylashib ramyonidan yey boshladi.
— Ovqatingiz sovib qoladi xonim… — dedi ayol kulimsirab.
— Ha… bilaman… — dedi Arin, lekin xayoli hali ham o‘sha hidda edi.
Arin ovqatlarini yeb bo‘lib, sekin o‘rnidan turdi.
— Yaxshi ishlanglar… — dedi-da, eshik tomon yurdi.
Lekin birdan to‘xtab ortiga qaradi.
— Bu haqida hech kim bilmasin. Hatto janob Park ham… agar buni kimdandir eshitsam, ikkalangizni ham ishdan haydayman, — dedi ogohlantiruvchi ohangda.
Haligina muloyim gaplashib o‘tirgan Arin birdan rahbar rejimiga o‘tgan edi.
Ayollar darrov bosh irg‘ab rozi bo‘lishdi.
Arin esa oshxonadan chiqib, sekin Jiminning xonasi tomon yurdi.
Xona oldiga kelgach, bir lahza ikkilanib qoldi.
Lekin o‘sha hidni yana sezgisi kelayotgani uchun chuqur nafas olib ichkariga kirdi.
Xonaga kirganida Jimin yordamchisi bilan nimanidir muhokama qilib o‘tirgandi.
Jimin boshini ko‘tarib Aringa qaradi.
— Arin xonim… sizga nima kerak?
Arin javob bermadi.
Eshikni yopib ichkariga kirib keldi-da, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ularning yoniga borib o‘tirdi.
Jimin bilan yordamchisi esa unga tushunmay qarab qolishdi.
— Sizga gapiryapman, Arin xonim… — dedi Jimin ovozini biroz balandlatib.
— Siz bilan gaplashib olmoqchi edim, janob Park, — dedi Arin xotirjam.
Yordamchi darrov vaziyatni sezib o‘rnidan turdi.
— Men keyinroq kelaman, janob.
Arin uning chiqib ketishini kuzatib turdi-da, sezdirmasdan chuqur nafas oldi.
Lekin… yo‘q.
Bu o‘sha hid emasdi.
Arin beixtiyor qoshini chimirdi.
Jimin esa unga tentakka qaragandek qarab qolgan edi.
— Sen hozir nima qilding?.. — dedi u shubha bilan.
— Menmi? Hech nima qilmadim, — dedi Arin yelka qisib.
Keyin esa Jimin tomonga yana biroz yaqinroq surildi.
Jiminning qoshlari battar ko‘tarildi.
— Ha, Arin xonim… tinchlikmi o‘zi? Yoki nima, eringizni sog‘inib qoldingizmi?.. — dedi u mazax aralash.
Arin esa bir soniya jim qoldi.
Keyin sekin burnini tortdi.
Va nihoyat…
O‘sha hid.
Arinning ko‘zlari bilinar-bilinmas kattalashdi.
“Topdim…”
Arin biroz jilmayib, Jiminga yanada yaqinroq o‘tdi.
Jimin esa uning harakatlarini kulib kuzatib o‘tirardi.
— Bugun boshqachasan, xotinjon… — dedi u kulimsirab.
Lekin keyingi soniyada Arin birdan Jimin tomon egildi.
Jimin hatto reaktsiya qilishga ham ulgurmay qoldi — Arin uni yaqinidan chuqur nafas olib hidladi.
— Mmm… Jimin, qanday atir sepgan siz?.. — dedi u sekin.
— Nima… sen meni hidlayapsanmi? Nari tur… — dedi u biroz orqaga chekinib.
Lekin Arin shartta ikkala qo‘li bilan uning yo‘lini to‘sib qo‘ydi.
— Jim o‘tiring, janob Park… — dedi u juda sokin ohangda.
Va yana bir qadam yaqinlashdi.
Jimin endi butunlay joyida qotib qoldi.
Arin esa ko‘zlarini yarim yumib, yana chuqur nafas oldi.
— Mana… men izlagan hid… — deya pichirladi. — Lanati… buni ko‘proq hidlagim kelyapti…
— Arin… jinni bo‘lib qoldingmi?
Arin esa unga javob bermadi.
Faqat yana bir bor nafas olib qo‘ydi.
Jimin endi vaziyatni kulgiga burmoqchi bo‘lib, sekin kuldi.
— Sen meni yemoqchisanmi o‘zi yoki hidlamoqchisan?
Jimin chuqur nafas chiqarib, boshini orqaga tashladi.
Arin esa uni qo‘yib yubormasdi.
Jimin Arinning harakatlariga qarab kulib yubordi.
— Hidlashing uchun mendan qanday yordam kerak… — dedi u kinoyali ohangda.
— Siz shunchaki jim o‘tiring, bo‘ldi, — dedi Arin qat’iy ohangda.
Jimin kulib, o‘zini bo‘sh qo‘ydi va ko‘zlarini yumdi.
— Xohlaganingcha hidla… tegin… bu tana seniki, xotinjon, — dedi u boshini orqaga tashlab, ko‘zlarini yumgancha.
Bir necha soniya xona jim bo‘lib qoldi.
Keyin Arin sekin o‘rnidan turdi va kiyimini to‘g‘riladi.
— Yaxshi ishlang, janob Park, — dedi u ketmoqchi bo‘lib.
Lekin eshik tomon burilishi bilan Jimin uning bilagidan ushlab qoldi.
— Endi mening navbatim, — dedi u past ovozda.
Va uni yengil tortib, xonadagi kichik dam olish xonasiga olib kirdi.
Arin ichkariga kirishi bilan atrofga hayrat bilan qaradi.
— WTF… Jimin, xona almashaylik, — dedi u birdan.
Jimin qoshini ko‘tardi, bir lahza jim qoldi.
U Arinning qochishini yoki qarshilik qilishini kutgandi… lekin bu safar u butunlay boshqacha javob eshitdi.
Arin esa hali ham jiddiy turardi, go‘yo bu holat eng oddiy narsadek.
Jimin esa unga hayrat bilan tikilib qoldi…
Jimin qo‘lini cho‘zib, Arinning peshonasiga tekkizdi.
— Isitmang yo‘qmi sen qizda?.. — dedi u tekshirgandek ohangda.
Arin esa darrov uning qo‘lini turtib yubordi va xonani ko‘zdan kechira boshladi.
— Jimin, nega bunaqa xonang borligini aytmagansan? — dedi u atrofni aylanib.
Xona kichik bo‘lsa ham juda qulay edi: yotoq, kichik muzlatkich, dam olish uchun jihozlar — hammasi joyida. Bu Jiminning shaxsiy dam olish xonasi bo‘lib, aynan shunga moslab tayyorlangan edi.
Jimin esa unga qarab qoshini chimirdi.
— Nima, senga xona shunchalik qiziqmi? Hozir esa men senga yaqinlashmoqchiman… qarshilik qilmayapsanmi? — dedi u norozi ohangda.
Odatda Arin darrov qarshi chiqardi, baqirardi, tortishardi. Lekin hozir… u boshqacha edi.
Na qarshilik bor, na jahl.
Shunchaki atrofni kuzatardi.
Jimin esa bundan battar asabiylashdi.
— Jimin, kel, xona almashaylik, — dedi Arin uning bilagidan ushlab.
Jimin darrov qo‘lini tortib oldi.
— Menga bunday qilma, Arin. Yaqinlashma ham… qarshilik qil! , nega olib kelding deb baqir ,lekin aslo òz hohishing bilan yaqin kelma— dedi u keskin ovozda. — Nega bunaqa qilyapsan o‘zi?!
Arin yelkasini qisib, Jiminni gaplariga umuman javob bermadi. Shunchaki xonani yana bir marta ko‘zdan kechirdi.
Bu Jiminni battar asabiylashtirdi.
U birdan Arinning bilagidan ushlab, uni xonadan tashqariga olib chiqib ketdi.
— Sen bilan uyda gaplashamiz. Hozir o‘zingda emassan. Borib ishingni qil. — dedi u sovuq ohangda. — Senga bo‘lgan… ehtirosimni ham o‘ldirding, lanati.
Va Arinni xonadan chiqarib yubordi. Eshik yopilishi bilan Arin bir zum jim turdi.
Keyin chuqur nafas oldi.
— Sal qoldi… — dedi u past ovozda. — Haqiqatan ham sal qoldi.
U bir oz o‘zini yig‘ib oldi, keyin ko‘zlari biroz chaqnadi.
— Lekin endi tushundim… bu strategiya ishladi.
Jimin har doim nazoratni ushlab turishni yaxshi ko‘radi. U vaziyatni boshqarishni xohlaydi. Agar ayol birinchi bo‘lib yaqinlashsa yoki uning ritmini o‘zgartirsa — u darrov chekinadi.
Buni esa Aringa Taehyung aytgan edi.
“Jiminni sinamoqchi bo‘lsang, uni quvma. Aksincha, ritmini buz.”
Arin koridorda bir soniya to‘xtab turdi.
— Qiziq… ishladi, — dedi u o‘zicha.
Va sekin o‘z ishiga qaytib ketdi.
Arin xonasiga kirib , ishlariga shònģib ketti va birozdan so‘ng Namjoon yana eshikni ochib ichkariga kirdi. Bu safar yuzida odatdagidan ham ko‘proq ishonch bor edi.
— Arin xonim, men qaytdim. Meni sog‘indingizmi? — dedi u kinoyali ohangda.
Arin hujjatdan boshini ham ko‘tarmay javob berdi.
— Siz har doim shunaqa sovuqmisiz yoki faqat menga?
— Siz hamma bilan shunaqa ko‘p gapirasizmi yoki faqat menga?
— Qiziq… siz javob berishni bilasiz.
— Siz esa savol berishni to‘xtata olmaysiz.
— Demak men sizni charchatyapman.
Bir soniya jimlik tushdi.
Namjoon sekin yaqinlashdi.
— Bilasizmi, siz meni doim hayratda qoldirasiz.
Arin o‘rnidan ham qimirlamadi.
— Men hali hech narsa qilmadim-ku.
Namjoon biroz egilib, past ovozda dedi.
— Qiziq… agar men sizni chindan ham sinab ko‘rsam-chi?
Arin ko‘zini qisdi.
— Siz sinab ko‘rishdan oldin ishingizni tugating.
Namjoon kuldi va orqaga chekinib eshik tomon yurdi.
— Mayli, Arin xonim. Lekin bu “sovuq devor” uzoq turmaydi.
Arin uning ortidan qarab qoldi.
— Hammasi juda ko‘p gapiradi… — dedi yana bir marta.
Arin biroz hujjatlar va kompyuter ishlari bilan shug‘ullandi, keyin shartta o‘rnidan turdi.
— Zerikdim. Bugun o‘zimga dam beraman. Rahbar erim-ku, demak bugun ishlamasam ham bo‘ladi… — dedi u sumkasi va telefonini olib.
Xonadan chiqib, atrofga bir nazar tashladi.
— Hmm… endi nima qilsam ekan. Bolajonim bilan zerikdik… — deb o‘zicha pichirladi va koridor bo‘ylab yura boshladi.
Mitsu o‘qishdan endigina chiqib, mashinasi tomon ketayotgan edi, lekin mashinasiga yaqinlashgan vaqti to‘xtab qoldi.
Ko‘ziga tanish bir inson ko‘ringandek bo‘ldi.
Bir soniya o‘ylab ham o‘tirmadi.
— Yoongi — deb yubordi va yugurib borib uni qattiq quchoqlab oldi.
Mitsu Yoongiga boshdan oyoq qaradi va undagi o‘zgarishlarni ko‘rib hayratlandi. Odatdagidan ancha sodda kiyingan, sochlari ham biroz qisqargan edi — endi u yanada yoqimtoyroq ko‘rinardi.
— Mitti, qaleysan? Meni sog‘indingmi? — dedi Yoongi uni quchoqlab.
— Juda-juda sog‘indim! Qachon keldingiz? Nega menga aytmadingiz? O‘zim kutib olardim-ku… — dedi Mitsu norozi ohangda.
— Hoy mitti, mana keldim-ku. Xo‘sh, rostdan ham sog‘indingmi? Hmm?..
— Qani unda isbotla. Meni bo‘salarga to‘ydirmaysanmi… — dedi Yoongi labiga barmog‘ini tekkizib.
— Ya! Sal uyaling, hozir o‘qish oldimiz axir… — dedi Mitsu shoshilib uning qo‘lini sekin olib tashlab va yuzidan o‘pib qo‘ydi.
— Aysh, sen qiz doim shunaqa qilasan… — dedi Yoongi hafa ohangda. — Qachon senga bemalol yaqinlashsam bo‘ladi axir? Hech bo‘lmasa bo‘sa ham bermaysanmi…
— O‘zimning mushukchamdan nega hafa bo‘lasiz… — dedi Mitsu uning yuzidan chimchilab qo‘yib.
— Xo‘sh, ketamizmi? O‘qishing tugadimi yoki yana bormi?
— Yo‘q, bo‘ldi tugadi.
— Ha unda yaxshi… qani ketdik.
Yoongi Mitsuni mashina tomon yetakladi, lekin Mitsu birdan to‘xtab qoldi.
— Yordamchimga aytaman.
Uyingga olib borib qo‘yadi. Sen esa hozir men bilan ketasan… — dedi Yoongi va uni mashinaga o‘tqazib, o‘zi ham joylashdi.
— Sening uchun ishlarimni tashlab keldim, shuning uchun qayerga olib borsam ham qarshilik qilmaysan, — dedi u biroz jiddiy ohangda.
— Hop, sevgilim… — dedi Mitsu muloyim ohangda.
Yoongi mashinani hayday boshladi. Bir qo‘li rulda, ikkinchi qo‘lini esa Mitsuning soniga qòydi.
— Yoongi… — dedi Mitsu noqulaylik sezib.
— Nega? Menga shunaqasi qulay.
— Nega doim shunaqasan? O‘pay desam ruxsat bermaysan, yaqinlashsam chekinasan… — dedi u biroz sovuq ohangda. — Xo‘sh, ayt-chi, men nima qilay? Sevgan qizimga tegishni xohlayman, u bilan yaqin bo‘lishni xohlayman. Lekin sen doim qarshilik qilasan. Meni sevmaysanmi?
— Sen doim tayyor emassan. Qo‘rqasan, shundaymi? Menga ishonmaysan. Hoy, sen 20 yoshdan oshgansan. Buni hamma xohlaydi. Sening o‘rningda bo‘lishni xohlaydiganlar ko‘p, lekin men seni tanladim…
Uning ovozi bu safar ancha sovuq chiqdi.