April 9

BLUR

1qism

Bugun Kang oilasida oddiy kunlardan farq qiladigan kun edi. Bu uyda bugun xotira kuni edi. Arin singlisi va Suho bilan birga marosim zaliga ketdi.
Arin, Suhoni qo‘lidan ushlagancha, Aria va Jin’ni hoki saqlanayotgan xona tomon qadam bosdi.

Eslatma : Koreyslarda vafot etkanlarni hoki saqlanadigan joyi bòladi. Bizda qabriston bolsa ,ularda alohida joylari bòladi va har oyda usha joy uchun pul tòlab turiladi.

Suho bu joyga ikkinchi marta kelayotgan edi. Suho dadasi o‘lganini bilardi, lekin onam tirik deb o‘ylardi.
Bir nechta hoklar turgan javon oldiga kelib, Jin bilan Arianing rasmini ko‘rgan Suho dadasining rasmiga kichkina qo‘lchasini cho‘zdi.

— Dadajon… men keldim. Oyim bilan sizni ko‘rgani keldik, — dedi Suho, ko‘zlarida namlik bilan.
Arin va Mitsu uni diqqat bilan kuzatib turishdi.

Kang Suho 9 yoshda.
Aqlli va yoqimtoy bola.

— Suho bolajon, Sen Mitsu holang bilan biroz aylanib kel .

Arin Suhoni yoniga borib tizzalab òtirdi va kòz yoshlarini arttib gapirdi.

— Oyijon , dadam endi umuman qaytmaydi shundaymi ?

Suho kòzlari mòltirab Aringa qarab turardi , bu savolni javobini bilardi, lekin qayta qayta shu savolni berishda davom etardi.

— Yòq bolajonim, dadang bizni samolarda doimo kuzatib turadi.

— Suho kettik aylanib kelamiz.

Mitsu opasining ahvolini bilgan holda , Suhoni olib ketishga shoshildi.

— Mayli, sizni dadam bilan yolģiz qoldiraman.

Suho holasining qòlidan ushlab tashqariga chiqib ketti.
Arin Suho ketkanidan keyin xonada bitta òzi qoldi. Xona jimjit edi. Faqat harhil odamlarning hoklari va gullar bor edi halos.
Arin usha joyga yaqinroq bordi va gapirishni boshladi.

— Salom pochcha ,salom Aria, men keldim.

Arin rasmlariga qarab gapirishni boshladi.

— Suhoni koryabsanmi , u allaqachon 9 yoshda. Judayam aqlli bola bolgan. U haqiyqatni yarimini biladi. U seni tirik deb biladi. Men uni òz farzandimdek katta qilyabman. Sen bundan umuman havotir olmagin hop.

Arin kòzlaridagi yoshlarni artib gapini davom ettirdi.

— Bilasanmi Suho yaqinda matematikadan olimpiyaga qatnashib birinchi òrinni oldi. U huddi senga òxshagan aqlli matematik.

Arin gapirar ekan xonada yengil shamol esdi va Arin jilmaydi.

— Meni eshitting Ariam, sen shu yerdasan togrimi ?

— Sen doimo meni eshitkansan Ariam , pochchajon òģlingiz ishonchli qòllarda, u huddi sizga òxshab boryabdi. Kulgusi, gapirishlari, yurish turishiham huddi òzingiz.

Arin gapirganida yana shamol esdi .

— Qaniydi tirik bolganingizda edi.

— Opa ishxonangizdan qòngiroq qilishdi. Tez ishga borar ekansiz.

Mitsu xonaga qaytib kelib , opasiga gapirdi.

— Lekin ishdan ruxsat olgandimku

Arin kòz yoshlarini artib , Mitsuga qaradi va gapirdi.

— Bunisini bilmayman. Tez kelsin deb aytishdi.

— Yaxshi - dedi va Aria va Jinning rasmiga qòl chòzib — Ariam meni , men hozir ketishim kerak bolib qoldi. Oyim bilan dadamham birozdan sòng kelib qolishadilar. Hozrcha hayr...

— Suho bolajonim , dadang bilan hayrlash - dedi eshik oldida turgan Suhoga qarab

Suho Arinni yoniga keldi va rasmni qòliga oldi.

— Dadajon sizni yaxshi kòraman. Men ketyabman - dedi va Jinni suratini òpdi .

— Aqlligim òzimni. Qani endi ketamiz. - Arin Suhoni qòlidan ushlagancha u yerni tark etti.

Tashqariga chiqib Suhoni Mitsuga topshirdi.

— Suhoni maktabiga òzing olib borib qòy.

— Hop opa.

— Oyim bilan dadam kelyabdimi

— Ha, hozir yòllar tirband ekanda ,shunga biroz kechikyabdi ekan.

— Yaxshi sen keyin qaytib kel. Dadam bilan oyimni uyga olib borasan.

— Hop opa.

Arin usha yerdan taksi tòxtatib ishxonasiga ketti.
Mitsu esa mashinasini haydab Suhoni olib tòģri maktabiga ketti.

Arin ishxonasiga yetib keldi. Ichkariga kirganida hamma tipirchilab qolgandi.
Arin liftga chiqib òziga kerakli qavat raqamini bosdi .

~ Nega hamma bunchalik vahimada, kimdir kelganmi.

Lift kerakli qavatda tòxtadi . Arin liftdan chiqib rahbar xonasi tamon qadam bosdi. Qarshisida uchragan ofis hodimlar unga endi tamomsan degandek ishora qilardi. Rahbar eshigi oldida biroz tòxtab qoldi .

Negadir yuragim ģash, aniq bir yomon narsa ròy berganga òxshayabdida.

Arin eshikni taqillatib , kutib turdi..ichkaridan " Kiring " degan ovoz eshitilganidan sòng eshikni ochib ichkariga kirdi.

Xonada ikki erkak òtirardi... biri Arinni boshliģi Janob Park bolsa ikkinchisi yoshroq erkak edi. Arin u erkakni tanimadi.

– Hayrli kun - dedi Arin ichkariga kirib

– Kel ,òtir Arin ..- deya qarshisidagi stulga ishora qildi Janob Park.

Arin hechnarsa demasdan shunshaki borib òtirdi.

– Rahbar yordamchisi bu vaqtda ofisda bolishi kerak emasmi ? - dedi sovuq ohangda usha yerdagi erkak.

– Lekin men bir kunga ruxsat olgandim - tushuntirgan boldi Arin.

– Jimin aslida unga men ruxsat bergandim - takidladi Janob Park.

– Ha etkancha Arin , tanish bu mening òģlim Jimin. Bugundan bu kompaniya rahbari- deya Jiminni tanishtirdi .

Park Jimin 35 yoshda.
2 kun oldin Amerikadan qaytti. Ajrashgan , bitta qizi bor.
Qòpol va sovuqqon inson. Faqatgina qizigagina yaxshi munosabatda.

Jimin Arinni boshidan oyoq kòz bilan skanerlab qaradi.
Òzini tanishtirganida Arinni unga qaraganini va hayratlangan reakciyasini kuzatti.

Jimin pov
Dadam aytkani uchungina òzini kotibasini ishda qolishiga rozi bolgandim. Lekin bugun ertalab ishga kelmaganino eshitib jahlim chiqib ketti. Ishga masulyatsiz hodimni nega men ishda olib qolishim kerak deb dadam bilan tortirishib qoldik. Lekin dadam usha maqtagan kotibasini chaqirtiraman deganida biroz tinchlandim.
Men kotibasini katta yoshli ayol deb òylab òtirganimda , xonaga yoshgina ayol kirib keldi.
Tan olishim kerak juda gòzal ekan.

Bu endi nimasi boldi. Nega Janob Park menga bu haqida endi aytyabdi.- deya òyladi Arin.

Kang Arin 30 yoshda. Chiroyli, sabrli ayol. Lekin turmush qurmagan. Rahbar yordamchisi lavozimida ishlaydi. Sevgan yigiti bilan munosabatlarni Suho sabab tòxtatkan.
Arinni egizagi bor edi. Ismi Aria, yani Suho haqiyqiy onasi.
7 yil oldin eri bilan birga avtoholaķatda vafot etishgan.

– Dada endi siz uyga borib dam oling. Qolganini òzimiz kelishib olamiz .

— Mayli unda sizlarga omad.

Janob Park òrnidan turib xonadan chiqib keta boshladi. Aringa hatto hechnarsani tushuntirmay shunshaki chiqib ketti..
Xonada faqat Arin bilan Jimin yolgiz qolishdi.

— Xòsh Arin xonim, demak rahbar yordamchisi shundaymi

– Ha janob

– Lekin sen yordamchi bolishga munosib emasdeksan.

Jimin kresloga suyangancha , stol ustidagi ruchkani òynatib òtirib gapirdi

– Nega janob - deya Jiminga qaradi Arin.

– Ishga vaqtida kelmadingiz.

– Lekin janob men ruxsat olgandim

– Lekin menga buni hechkim aytmadi.

Lanati, rossa asabni buzyabdi. Òzing bugun kelyabsanku, senga kimham aytardi.

– Janob Parkni ogohlantirib qoygandim.

– Mayli bir martaga kechiraman. Lekin keyingi safar jazolanasiz.

– Tushundim janob

– Endi menga qahva olib kel.

– Qanday qahva ichasiz

– Hozirga oddiy achchiq qahva olib kel.

Arin hop deya òrnidan turib chiqib ketti. Jimin eshikga bir qarab qòydi va telefonini olib kimgadir qòngiroq qila boshladi.

– Mariani òqishga olib borib joylashtirib kel. - dedi telefondan kimgadir gapirib.

– Yaxshi, lekin bu oxirgisi tushundingmi - usha odam

– Yaxshi.

Jimin boshqa ortiqcha gapirmay gòshakni qòyib qòydi va Arinni kelishini kutib òtirdi.
Oradan 10 daqiqa òtib qòlida patnis bilan Arin kirib keldi.

– Kech qolding

– Uzr janob

Arin shundaham qahvani Jiminga uzatti, u ham qahvani olib bir hòplab ichib kòrdiyu stakanni Arinni qòliga tòkib yubordi.

– Lanati ,bu buncha achchiq. Nima qòshgansan bunga - deya Aringa baqira ketti Jimin.

Arin qòliga tòkilgan issiq qahva sabab ,qòlidagi patnisni tushib oldi.

Jimin ģazabini bosa olmay, Arinni kuygan qòlidan qattiq ushlab òziga tortti.

– Menda qasding bormidi sen qizni

– Janob ogrityabsiz

Arin ogriq sabab kòzlari namlandi.

– Meni diqqat bilan eshit , sen yordamchi bolishga loyiq emassan. Bugundan arxivlar bòlimida ishlaysan. Hozr esa yòqol.

Jimin uni siltab yubordi

- Kechiring janob.

– Yòqol xonadan va qaytib kelma

Arin tezda chiqib ketti.
Xonadan chiqib qòl yuvish xonasiga borib kuygan qòlini sovuq suv bilan yuvdi.

Nega menga bunday qilyabdi. Men nima qildim unga.

Arin usha yerda biroz vaqt qoldi..
Jimin esa xonasidan chiqib kompaniyani aylanib chiqa boshladi.

Allaqachon Jiminga kòz tikkanlarham yòq emasdi..
Darrov bittasini unga suyaka boshlagandi. Va usha qiz bilan Jimin hozir kompaniyani aylanib yurgandi. Jiminga aslida qizlar yoqmasdi, lekin nafs degan narsa bor edi, Jiminham bu qizni òz nafsi yòlida foydalanish uchun tekin òyinchoq deb qabul qildi .
Ammo Arinni umuman yoqtirmadi. Arin juda sokin, uzun kiyinadigan va qandaydir yopiq qiz deb òyladi Jimin .

Parallel vaqtlar

Mitsu Suhoni maktabiga olib borib , qaytayotganida kimgadir tòxtanishib ketti.

– Hoy kòzingga qarab yursang bolmaydimi ? - dedi Mitsu usha insonga qarab.

– Sen òzingku menga turtilgan

Mitsu usha yigitga endi yaxshilab ahamiyat bera boshladi.
Qora sochli, baland bòyli chiroylikkina yigit edi.

Aysh bu yigit buncha chiroyli .

Kim Taehyung 28 yosh.
Jiminni ukasi. Model bòlib ishlaydi. Biznesga qiziqmaydi, lekin Jiminga bazan yordam berib turadi. Jiminni otasi bilan Taehyungning onasi qondosh. Aka- singil farzandladi edi.

Endigina Mariani ishini hal qilib ishga shoshayotgandim. Lekin qayerdandir bu qiz kelib qarshimdan chiqib qoldi. Uzr sòrash òrniga menga baqira boshladi. Qizning yuziga qaradim, chiroyli qiz ekan, qomatiham chakki emas, tez etibor tortadigan qizlardan ekan. Lekin tili zahar ekani aniq — deya òzicha òyladi Taehyung Mitsuga qarab.

– Hoy amaki uzr sòraysizmi òzi- dedi Mitsu uni turtib.

– Hoy qiz men amaki emasman. Va nega men uzr sòrashim kerak

– Axr siz qarshimdan chiqtingiz amaki

– yana amaki deydiya bu qiz. Men amaki emasman.. ismim bor meni

– Xòsh ismingizni ayting unda.

– Taehyung ismim. Kim Taehyung - deya òzini tanishtirib qòl chòzdi.

– Hmm , lekin men begonalarga ismimni aytmayman. Yaxshi qoling Taehyung amaki.

Mitsu shunday deb uni yonidan òtib ketti...
Taehyung katta katta kòzlar bilan Mitsu ketkan tamonga qarab qoldi.

Lanati qiz, ismimni bilib olib , òzinikini aytmay kettiya.

– Hoy qiz. Ismingni ayt. Balki yana uchrashib qolarmiz - deya orqasidan baqirdi.

– Uchrashmaymiz. Seoul katta shaharku.

Mitsu orqasiga qaramasdan shunday dediyu maktabni butunlayga tark etti.

Taehyung asabiy bòynini silagancha usha yerda biroz turib qoldi.

Demak Seoul katta shahar. Mayli kòramiz aniq kattami yoki kichik.

Mitsu mashinasini haydab ketar ekan, boyagi sodir bolgan voqeani eslab kuldi.

Ismini Taehyung dedimi, buncha chiroyli bu yigit. Lekin ismi tanish eshitilyabdi. Ha mayli nima bolsaham ismini bilib oldimku.

Kang Mitsu 23 yoshda. Universitetda dizaynerlik sohasida òqiydi. Kenja farzand. Biroz erka òsgan va aytqanini qildiradigan qiz. Kimnidur sevib qolsa shartta borib aytadigan qizlardan. Hozrda bitta yigitni yoqtiradi, ammo u yigit Mitsuga befarq. Usha yigitni ismi Yoongi

Kechki payt

Arin haliham ishda edi. Jimin aytaylabdan unga kop ish topshirib uyiga javob bermay òtirgandi.
Kattagina chang bosgan arxiv xonada Arinni bitta òzi eski hujjatlarni titkilab Jimin aytkan hujjatlarni izlash bilan band edi.
Jimin esa uni kameralar orqali kuzatib òtirardi.

Birozdan sòng Jimin òtirgan xonaga Arin bir quchoq hujjatlar bilan kirib keldi. Usti boshi chang edi. Jimin unga boshdan oyoq qaradi.

– Janob mana aytilgan hujjatlar endi ketsam bòladimi

– endi ularni saralab chiq.

– Lekin janob saot allaqachon 10 bolyabdi.

– bu sening vazifang. Aytilgan ishni qil.

Jimin uyiga ketishga umuman shoshilmasdi, hotirjamlik saqlagan holda Arinni sabrini sinayotgandi. Dadasi aytkanchalik sabrlimi yoki yòq deb , lekin Arin rostanham sabrli edi. Jiminga biroz qarab turdi, balki hazldir deb, lekin Jiminning yuzidagi jiddiylikni kòrib , hujjatlarni saralay boshladi, bir payt telefoni jiringlay boshladi. Javob beray desa Jimin kòz uzmay qarab turibdi.javob bersa Jimindan aniq gap eshitardi.

– Ketishing mumkin.

Jimin oxiri qizga rahmi keldi shekilli ketishiga ruxsat berdi... Arinham bu gapni kutib turgandek edi, chala qolgan hujjatlarni usha yerni òzida qoldirib Jiminga qaramay sumkasi bn telefonini olib xonadan chiqib ketti..

Jimin Arin chiqqanidan sòng kimgadir qònģiroq qila boshladi.

– U hozir chiqib ketti. Orqasidan kuzat. Qayerga boradi va kim bilan yashaydi ,hammasini aniqla - deb buyruq berdi Jimin .

– Hop Janob.

Suhbat shu zahoti tugatildi. Jiminham mashina kalitini va telefonini olib chiqib ketti.