BLUR
Mashina shifoxona hovlisiga keskin to‘xtadi.
Taehyung vaqtni boy bermay Arinni yana qo‘liga ko‘tardi-da, ichkariga yugurdi.
— Doktor! Tez yordam kerak! — dedi baland ovozda.
Hamshiralar darrov zambil olib kelishdi. Arinni tez yordam bo‘limiga olib ketisharkan, u Taehyungning qo‘lidan mahkam ushlab oldi.
— Tae… bolamni saqlab qolishsin…
Taehyungning yuragi ezilib ketdi. U Arinning peshonasidan o‘pib, qo‘lini siqdi.
— Hech nima bo‘lmaydi. Ikkalang ham yaxshi bo‘lasanlar… men yoningdaman.
Mitsu hali ham nima bo‘layotganini to‘liq tushunmayotgandi.
Miyasida faqat bitta savol aylanishda davom etardi.
Arin homilador… lekin bola kimdan?..
U bir Taehyungga, bir esa Arinni olib kirishgan xona eshigiga qarab qo‘yardi.
Taehyung esa bir joyda turolmay qolgan edi. Asabiy holda yo‘lak bo‘ylab yurardi, goh sochlarini ortga siltab qo‘yar, goh chuqur nafas olardi.
Oxiri Mitsu o‘zini majburlab gap boshladi.
— Opamning bolasi kimdan?.. Sendanmi yoki anavi sotak Jimindanmi?.. — dedi jahl aralash.
Taehyung birdan to‘xtab, yalt etib unga qaradi.
Ko‘zlari bir zumda sovib ketdi.
— Qizaloq… nimalar deyayotganingni o‘zing bilyapsanmi?.. — dedi qattiq ohangda.
— Nima deyishim kerak endi?! Axir Jimin uch haftadan beri yo‘q edi! Sen esa opam bilan birga yashading-ku!
Taehyungning sabri uzildi.
U bir necha qadamda Mitsuning oldiga yetib kelib, uni devorga tirab qo‘ydi.
— Hoy, qizaloq! — dedi tishini qisib. — Men Arin bilan birga yashadim degani, u bilan yotdim va homilador qildim degani emas!
Mitsuning yuragi tez urib ketdi.
Taehyungning yuzi juda yaqin edi. Ko‘zlaridagi g‘azab esa uni ilk marta cho‘chitib yubordi.
— Arin men uchun… — Taehyung gapini yutib yubordi va chuqur nafas oldi. — U akamning ayoli.
Mitsu uning ko‘zlariga tikildi.
— Lekin sen unga boshqacha qaraysan…
Mitsu esa davom etdi — Men ko‘rdim. Uni kuzatganingni ham, rashk qilganingni ham ko‘rdim.
Taehyung asabiy kulib yubordi.
Bir necha soniya ular bir-biriga tikilib qolishdi.
Keyin Taehyung asta qo‘llarini devordan olib, ortga chekindi.
So‘ng charchoq aralash ovozda gapirdi.
— Bola… Jiminniki. Endi ortiq bunaqa gaplarni gapirma. Hozir bòlmasam seni bir narsa qilib qòyaman.
Shifoxona koridorida vaqt juda sekin o‘tayotgandek edi.
Mitsu bir chetda o‘tirib, tinmay qo‘llarini ishqalardi. Taehyung esa Arinni olib kirib ketishgan xona eshigidan ko‘z uzmay turardi.
Oradan bir necha daqiqa o‘tib, eshik ochildi. Oq xalatli shifokor tashqariga chiqdi.
Taehyung darrov oldinga yurdi.
— Kuchli stress sabab bachadon qisqarishi boshlangan. Yana biroz kech qolganingizda holat ancha xavfli bo‘lishi mumkin edi.
— Hozircha xavf ortda qoldi. Homila saqlanib qoldi.
Mitsu yengil xo‘rsinib yubordi. Hatto ko‘ziga yosh ham kelib ketdi. Taehyung esa bir necha soniya indamay turdi. Go‘yo ichidagi og‘ir tosh birdan tushib ketgandek edi.
— Lekin, — dedi shifokor jiddiy ohangda, — bemor bundan keyin juda ehtiyot bo‘lishi kerak. Asabiylashish, ruhiy bosim… bularning bari yana xavf tug‘dirishi mumkin.
— Hozir hushiga kelmoqda. Faqat ko‘p gapirtirmang.
Taehyung palataga kirganida, Arin hali ham rangsiz edi. Qo‘li esa qornida turardi. U Taehyungni ko‘rishi bilan ko‘zlari namlandi.
Taehyung sekin yoniga o‘tirib, qo‘lini ushladi.
— Hammasi yaxshi. Eshitdingmi?.. Bolang ham yaxshi…
Arinning kipriklari titrab ketdi. Ko‘zidan asta yosh oqib tushdi.
Arin ko‘zlarini yumib, yengil yig‘lab yubordi. Taehyung esa uning boshini asta bag‘riga bosdi.
— Endi hech kim seni xafa qilishiga yo‘l qo‘ymayman… hech kimga.
Arin biroz tinchlandi. Òzini erkin his qila boshladi. Lekin haliyam Taehyungni quchoģida edi. Mitsu bu ikkalasining bir-birini quchoqlab turganini ko‘rib, beixtiyor to‘xtab qoldi.
Ko‘zlari bir Aringa, bir Taehyungga qarab yurdi.
Keyin esa ataylab yuzini burishtirdi.
— Aysh, siz ikkingiz yetar endi. Quchoqlashishni bas qiling.
Arin bilan Taehyung eshik oldida qo‘llarini ko‘ksiga bog‘lab, asabiy qarab turgan Mitsuni ko‘rib kulib yuborishdi.
Arin labidagi tabassumni yashirmay gapirdi.
— Nima… rashk qilyapsanmi, Mitsushii?..
Taehyung ham shu zahoti Mitsuga qarab kulimsiradi.
— Arin, menimcha singling meni sendan rashk qilyapti…
— Aysh! Hoy amaki, nega endi men sizni rashk qilishim kerak?! — dedi Mitsu darrov.
Ammo gapirayotib ko‘zlarini olib qochdi.
Taehyung buni sezib, miyiğida kulib qo‘ydi.
— Hmm… unda nega yuzing qizarib ketdi, qizaloq?..
Mitsu battar asabiylashib sochlarini qulog‘i ortiga tashladi.
Arin esa ikkalasini kuzatib turib kulgisini zo‘rg‘a bosardi.
— Menimcha, siz ikkingiz juda tez chiqishib ketdingiz.
Taehyung esa ataylab sekin gapirdi.
— Hoy amaki, o‘zingizni bunchalik yoqimtoy tutmang.
— Nega? Yuraging tez urib ketadimi?..
Mitsu bir lahza gap topolmay qoldi.
Taehyung esa uning reaksiyasidan zavqlanib kulardi.
— Hoy, bo‘ldi qilinglar endi. Tae, menga qachon javob berar ekan o‘zi… — dedi Arin ularni kuzatib kulimsiragancha.
— Ha, hozir men gaplashib kelaman, — dedi Taehyung.
U eshik tomon yurdi-da, chiqib ketishidan oldin Mitsuga qarab ko‘z qisdi.
— Qizaloq, kelgunimcha opangga qarab tur.
— Aysh… — dedi Mitsu asabiy qarab.
Taehyung esa kulib xonadan chiqib ketdi.
Eshik yopilishi bilan Mitsu darrov Arinning karovati yoniga kelib o‘tirdi.
Bu safar uning yuzidagi hazil aralash kayfiyat yo‘qolgandi.
— Xo‘sh, opajon… aytingchi, homila haqida qachon bilgandingiz?.. — dedi biroz hayajon bilan.
— Yaqinda bildim… Ikki haftalik deyishdi.
Mitsuning ko‘zlari kattalashdi.
— Demak… buni hali Jimin bilmaydi, shundaymi?..
Arin bir necha soniya jim qoldi.
Keyin past ovozda gapirdi.
— Jimin bilishini xohlamayman.
Mitsu opasiga sinchiklab qarab turdi.
So‘ng eshik tomonga bir qarab olib, ovozini pasaytirdi.
— Opa… bitta narsa so‘ramoqchi edim. Faqat rostini ayting.
Arin unga qaradi.
— Nimani so‘rashingga bog‘liq.
Mitsu chuqur nafas oldi.
— Taehyung bilan o‘rtalaringizda nima bor?..
Arinning nigohi bir lahza o‘zgardi.
— Chunki u o‘zini xuddi eringdek tutyapti. Seni rashk qilyapti. Senga qayg‘uryapti… Hatto sen uchun yig‘ladiham.
Arin indamay qoldi.
Mitsuning gaplari yuragining nozik joyiga tegib ketgandi.
Chunki u aytayotgan gaplar yolg‘on emasdi.
So‘nggi uch hafta ichida Taehyung bilan orasidagi munosabat juda o‘zgarib ketgandi.
Avvaliga ular bir-biriga begona edi.
Keyin esa Taehyung asta-sekin Arinning hayotidagi eng yaqin insonlardan biriga aylanib qolgandi.
U doim yonida edi. Har qadamda uni o‘ylardi. Kayfiyatini sezardi. Hatto jim qolsa ham nimani his qilayotganini tushunardi.
Ba’zan esa…
Ba’zan Arin bir lahzaga Taehyungni o‘z eri sifatida tasavvur qilib yuborardi.
Lekin bu o‘ylaridan darrov qo‘rqib ketardi.
Chunki bu noto‘g‘ri edi.
Juda noto‘g‘ri.
Taehyung doktor bilan gaplashib bo‘lib palataga qaytib kirdi.
— Qizlar, doktor ketishga ruxsat berdi, — dedi ichkariga kirarkan.
— Ha unda yaxshi… Aytgancha, Jiminga aytib qo‘ymading-ku, to‘g‘rimi?.. — dedi Arin biroz xavotir bilan.
Taehyung darrov uning yoniga keldi.
— Arinjon… bundan xavotirlanma. Men Jiminga umuman hech narsa aytmadim, — dedi u egilib Arinning burnini yengil qisib qo‘yib.
Arin beixtiyor jilmayib yubordi.
— Ha unda yaxshi… ketaylik. Bu yer yoqmayapti…
U sekin o‘rnidan turmoqchi bo‘ldi.
— Opa, sekinroq… o‘zim yordam beraman, — dedi Mitsu darrov yoniga kelib.
Lekin Taehyung uni asta chetga surdi.
— Mitsu, sen borib mashinani tayyorla. Men o‘zim Arinni olib chiqaman.
— Hoy, nega endi mashinani men tayyorlashim kerak?.. — dedi Mitsu qovog‘ini uyib.
Taehyung jiddiy ohangda javob berdi.
— Chunki Arinni ko‘tarib olib chiqish kerak. Hozircha unga yurish mumkin emas. Agar xohlasang, o‘zing ko‘tarib chiq.
Shunday deb ataylab Mitsuni Arin tomon surib qo‘ydi.
— Ya!.. Nega ekan?.. Shu nozik qo‘llarim bilan opamni ko‘tara olmayman-ku, — dedi Mitsu darrov qo‘llariga qarab. — Mayli, o‘zing ko‘taraqol. Men kettim.
U Taehyungni yengil turtib qo‘yib, chiqib ketdi.
Taehyung esa kulgancha uning ortidan qarab qoldi.
Keyin asta Arinning yoniga qaytdi.
Ko‘zlari yumshab ketgandi.
— Ruxsat berasanmi?.. — dedi sekin.
Arin nimani nazarda tutayotganini tushunganidan indamay bosh irg‘adi.
Taehyung ehtiyotkorlik bilan uni qo‘llariga ko‘tarib oldi.
Arin beixtiyor uning yelkasidan mahkam ushladi.
— Arin, buncha og‘irsan?.. — dedi Taehyung atay hazillashib.
Arin darrov uning yelkasiga yengil urib qo‘ydi.
— Hoy! Meni bu bilan semizsan demoqchimisan?!
— Hoy, men hazillashyapman, Arinim.
“Arinim” degan so‘z beixtiyor chiqib ketganini o‘zi ham kechroq sezdi.
Arin esa bir lahza jim qoldi.
Negadir yuragi yana g‘alati urib ketgandi.
Timeskip.
Uchchalasi ham uyga kelishdi. Avval Arin bilan Mitsu ichkariga kirishdi. Taehyung esa mashinani joylab, ortidan ularga qo‘shildi.
Uyga kirishlari bilan oshxonadan kelayotgan kulgu va gap-so‘zlar ularni to‘xtatib qo‘ydi.
Sekin oshxona tomonga yaqinlashishdi.
Eshik qiya ochiq edi.
Ichkariga qarashdi.
Jimin bolalar bilan birga divanda o‘tirib, multfilm tomosha qilardi. Eng ajablanarlisi — Suho ham uning yonida o‘tirgan edi.
Jimin ikki tarafiga bolalarni o‘tqazib olib, goh kulib, goh ularga nimanidir tushuntirib berar, xuddi uzoq yillardan beri shu uyda yashayotgandek tabiiy ko‘rinar edi.
Suho esa indamay, lekin endi qarshilik qilmay o‘tirardi.
Arin eshik ortidan bu manzarani ko‘rib bir zum jim qoldi.
Yuziga sekin tabassum chiqdi.
Chunki Suho kulayotgan edi.
Bu esa eng muhimi edi.
Uning Jiminni qabul qila boshlagani ham shu lahzada bilinib turardi.
Taehyung ham ichkariga kirib, eshik oldida turib qolgan Mitsu va Aringa qaradi.
— Qaranglar… oilaviy sahna tayyor-ku, — dedi u kulimsirab.
Shu payt u birdan Mitsuning orqasidan sekin egildi.
— Aaa! — Mitsu qo‘rqib ketib qulog‘ini yopdi va orqasiga o‘girildi. — Sen yaramas!
Taehyung esa xotirjam kulib turardi.
— Asabing chiroyli chiqar ekan, — dedi u hazillashib.
Arin ularni ko‘rib kulib yubordi.
— Ikkoving ham bolaga o‘xshaysizlar…
Ularning kulgisi oshxonaga ham kirib bordi.
Jimin ovozni eshitib bolalarni joyidan turdirdi va tashqariga chiqdi.
Yuzidagi tabassum birdan jiddiylashdi.
— Bu yerda nimalar bo‘lyapti o‘zi? — dedi sovuq ohangda.
Arin darrov yuzini o‘zgartirdi.
— Hech narsa. Shunchaki ular hazillashyapti.
U shunday deb orqasiga o‘girilmoqchi bo‘ldi.
Lekin Jimin uning qo‘lidan ushlab to‘xtatdi.
— Qayerda edingiz? Nega uyda yo‘q bo‘lib ketib, keyin birdan qaytib keldingiz? — dedi u qattiq ohangda.
— Senga hisob berishga majbur emasman, — dedi Arin sovuqqonlik bilan.
— Afsuski majbursan. Men eringman, — dedi Jimin yanada jahl bilan.
Uning nigohi Taehyungga o‘tdi.
Taehyung yelkasini qisib qo‘ydi.
— Hoy, qizaloq, ukamni tinch qo‘yasanki? — dedi u Mitsuga qarab. — Bu sening singlingmi, Arin? Ayt, ketsin.
Arin qo‘lini Jiminnikidan tortib oldi.
— Mitsu ketmaydi. U men bilan shu yerda yashaydi.
— Bu mening uyim. Uyimda bunaqalar yashashini xohlamayman.
— Unda anavi xonada yotgan “sariq bosh”ni ham uydan chiqarib yubor.
Jiminning yuzida g‘azab paydo bo‘ldi.
— Arin, u kasal dedim senga. U hech qayerga ketmaydi.
So‘ng ovozi yanada sovuqroq chiqdi.
— Yaxshi. Unda Mitsu ham ketmaydi. Qachon o‘sha “sariq bosh” ketar ekan… shundagina Mitsu ham ketadi.
Jimin og‘ir xo‘rsinib, Arinning qo‘lini qo‘yib yubordi. Ortiq gaplashishni istamagandek, indamay ichkariga kirib ketdi.
Arin ham bir lahza joyida qotib turdi.
So‘ng asta o‘z xonasiga yo‘l oldi.
Uy ichiga yana og‘ir jimlik cho‘kdi.
Taehyung esa Mitsuni bilagidan ushlab, hech narsa demasdan uni tashqariga olib chiqdi. Mitsu qarshilik qilsa ham qo‘lini bo‘shatmay yetakladi.
— Yetar endi! Qayerga ketyapmiz o‘zi?! — dedi Mitsu tashqariga chiqqach ovozini ko‘tarib.
Taehyung mashina eshigini ocharkan xotirjam javob berdi.
— Sen bilan biroz dildan gaplashmoqchiman. Kafega boramiz.
— Men charchaganman, hozirgina shifoxonadan chiqdim-ku… — dedi Mitsu biroz norozilik bilan.
Taehyung unga qarab yengil jilmaydi.
— Men ham charchaganman. Shu sabab seni uydan olib chiqdim.
U bir zum to‘xtab, ohangini yumshatdi.
— Men bilan ketsang, afsuslanmaysan.
Mitsu unga qarab bir soniya jim qoldi.
So‘ng yelkasini qisdi.
— Hmmm… mayli. Lekin sen mehmon qilasan.
— Mana bu boshqa gap, qizaloq. Bugun hammasi vip, — dedi Taehyung kulib.
Mitsu ko‘zini qisib unga qaradi.
— Oxoo… unda shoppingga ham olib borasan.
— Mayli. Bu safar hammasi mumkin.
Mitsu hayron bo‘lib unga qaradi.
— Etgancha, nega buncha saxiy bo‘lib qolding o‘zi?
Taehyung mashina eshigini ochib, unga qaradi.
— Axir yaqinda jiyanli bo‘lamiz-ku… shu sababdan bugun seni xursand qilmoqchiman.
U jilmayib, Mitsuga o‘tirishni ishora qildi.
— Ha, unda yaxshi… — dedi Mitsu sekin kulib, mashinaga o‘tirarkan.
Taehyung mashinani ishga tushirib, uydan asta uzoqlashdi.
Yo‘l bo‘ylab ketar ekan, ikkalasi ham jim edi. Mashina ichida faqat dvigatel ovozi eshitilardi.
Oxiri bu sukunatni Taehyung buzdi.
— Yigiting qanday? Yaxshimi? — dedi u birdan.
Mitsu o‘z xayollari bilan o‘tirgan edi, shu savoldan cho‘chib tushdi.
— Yigiti…? Meniki? — dedi u hayrat bilan.
Taehyung unga yengil qarab qo‘ydi.
— Ha. Nega hayron bo‘lyapsan? Axir o‘zing “yigitim bor” deganding-ku.
— Hm… bor, albatta, — dedi Mitsu ko‘zlarini olib qochib. — Lekin nega qiziqyapsan?
— Shunchaki. Bugun telefonda hech kim bilan gaplashmading.
Mitsu ichida o‘ylab qo‘ydi.
Aysh… bu bola meni kuzatib yurgan ekan-ku… Yoongi hozir chet elda… yana Londonga ketdi… sog‘inyapman o‘zi…
— U ish safariga ketgan, — dedi qisqa qilib.
Taehyung biroz jim qoldi, so‘ng yana so‘radi.
— Ismini aytmaysanmi? Balki tanirman.
Taehyungning yuzida bir zumlik o‘zgarish sezildi.
Ichida esa boshqa fikr o‘tdi.
— Yo‘q, tanimas ekanman, — dedi xotirjam ohangda.
Mitsu esa derazaga qarab qo‘ydi.
— Taehyung… sevgan qizing bormi?
Bu savol kutilmaganda berilgani uchun Taehyung bir lahza dovdirab qoldi.
— Yo‘q, — dedi u birozdan so‘ng.
Keyin tezda qo‘shib qo‘ydi.
— Bilgandim. Xo‘sh, qiz topib beraymi?
Taehyung unga bir qarab qo‘ydi.
Mitsu esa kipriklarini pirpiratib, hazil aralash qarab turardi.
— Qizlar men uchun… shunchaki bir kechalik narsa, — dedi Taehyung sovuqqonlik bilan. — Xohlasam hozir ham topaman.
Mitsu bir zum jim qoldi.
— Hech qachon sevmaganmisan? Umuman? — dedi u sekinroq ovozda.
Taehyung ko‘zini yo‘ldan uzmay javob berdi.
— Sevdim deb o‘ylaganim… oddiy simpatiya bo‘lib chiqdi.
U biroz jim qoldi.
Mashina yana jimlikka cho‘mdi.
Lekin bu safar jimlik oddiy emasdi — ikkalasining ham ichida aytilmagan savollar ko‘payib ketgandi.
Birozdan so‘ng mashina kerakli manzilga yetib kelib to‘xtadi. Taehyung mashinadan tushdi va Mitsu tomondagi eshikni ham ochib, qo‘lini uzatdi.
— Marhamat qilsinlar… — dedi u hazil ohangida.
Mitsu bu e’tibordan yengil jilmaydi va uning qo‘lidan ushlab mashinadan tushdi.
— Rahmat… — dedi u mayin tabassum bilan.
Taehyung uning qo‘lini qo‘yib yubormay, kafe ichkarisiga olib kirdi.
Ichkaridan bo‘sh stol topib o‘tirishdi. Birozdan so‘ng ular ichimlik va ovqatga buyurtma berishdi.
Birozdan so‘ng buyurtmalar keltirildi.
Mitsu kofesidan bir ho‘plab ichgancha atrofni kuzata boshladi.
— Bu yer chiroyli ekan… — dedi u.
Taehyung yoqasini biroz to‘g‘rilab, mag‘rur ohangda gapirdi.
— Axir bu yerni men tanladimku… — dedi o‘zini keragidan ortiq jiddiy tutib.
Mitsuga uning bu harakatlari kulguli ham, yoqimtoy ham tuyulib kulib yubordi.
— Aysh Taehyung, biram yoqimtoysanda… — dedi va behosdan uni yoqimtoy deb qo‘yganini keyin sezdi.
Taehyungning lab chetiga sekin kulgi yugurdi.
— Hmm… demak men yoqimtoy ekanmanda… — dedi u Mitsudan ko‘z uzmay.
Mitsu esa darrov ko‘zini olib qochdi. Gapni boshqa tomonga burishga urinib tashqarini ko‘rsatdi.
— Hoy, anavilarni qara. Qanday chiroyli… — dedi tashqarida shar sotib turgan ayolni ko‘rsatib.
Taehyung esa o‘zini kulishdan zo‘rg‘a ushlab turardi. Mitsuning mavzuni qochirmoqchi bo‘layotganini sezib, atay davom etdi.
— Ular ham menga o‘xshab yoqimtoy ekanmi?.. — dedi jilmayib.
— Ha, yoqimtoysan bo‘ldimi endi… — dedi Mitsu uyalgandek qilib va kofesini tezda ichib tugatdi.
— Endi ketamizmi, janob yoqimtoy?..
Taehyung kulib qo‘ydi.
— Hoy, hali ovqatingni yemadingku.
— Hmm… yegim kelmayapti. Sen meni shoppingga olib bormoqchi edingku, Taehyung.
Taehyung boshini chayqab kuldi.
— Aysh, qizlar doim shunaqa. Shopping desa ovqat yeyishni ham unutishadi. Mayli… mana turyabman, — dedi telefonini qo‘liga olib o‘rnidan turarkan.
— Mashinaga boraver. Men hisobni to‘lab boraman.
Mitsu allaqachon mashina ichida o‘tirib olgan, ichki kichik oynani o‘ziga to‘g‘rilab makiyajini yangilab o‘tirardi.
Birozdan so‘ng Taehyung kelib mashinaga o‘tirdi va uni bir necha soniya kuzatib qoldi.
— Hoy qiz, oynani to‘g‘rilab qo‘y. U sen makiyaj qilishing uchun emas, orqadagi yo‘lni kuzatish uchun qo‘yilgan, — dedi kulgisini yashirib.
— Voy buncha qizg‘onmasang. Mana, to‘g‘irlayapman.
Taehyung mashinani ishga tushirar ekan, sekin pichirladi.
Parallel vaqt
Bu vaqtda uyda Jimin xonasida Sofia bilan vaqt o‘tkazardi.
Hozir uning Arindan jahli chiqib, ichidagi alamni kimdan olishni bilmay qolgandi. Shu sababdan ham u Sofiadan foydalanayotgandek edi.
Yaxshiyamki uyda faqat Arin bor edi. Bolalar qo‘shimcha darsga ketganidan foydalangan Jimin Sofiani xonasiga olib kirgandi.
Qo‘shni xonada o‘tirgan Arin esa u yerdan chiqayotgan ovozlarni eshitib turardi.
Lekin bu holat Aringa rashk emas, boshqa bir og‘riq berardi. U Jiminni qizg‘onmasdi. Alam qilayotgan narsa — aynan o‘sha ayolning bu uyda yurishi, hozir esa uning xonasida bemalol ekanligi edi.
Arin sekin o‘rnidan turdi va xonasidan chiqib oshxonaga bordi. Muzlatkichni ochib, yegisi kelgan narsalarni ola boshladi.
Bu vaqtda yuqoridagi xonadan kelayotgan ovozlar ham asta pasaya boshlagandi.
Arin oshxonada ovqatlanib o‘tirarkan, zinadan kimningdir tushib kelayotgan qadamlari eshitildi.
Lekin u bunga umuman e’tibor bermadi.
Bir payt oshxona eshigi ochilib, ichkariga Sofia kirib keldi. Kalta shortik va qornining bir qismi ochilib turgan yupqa kofta kiyib olgandi.
U bemalol kelib stulga o‘tirdi.
— Menga qahva tayyorlab yubor, — dedi buyruq ohangida.
Arin unga bir qarab qo‘ydi, xolos. Keyin oldidagi shirinlikdan yeya boshladi.
— Hoy, senga gapiryapman. Menga qahva tayyorla, — dedi Sofia bu safar ovozini balandroq qilib
Lekin Arin yana indamadi.
Bu Sofianing battar asabini buzdi.
— Hoy! Men bu uyning bekasiman. Aytganimni qil! — deya jahli chiqib yonidagi o‘yinchoqlardan birini olib Aringa otib yubordi.
Ammo Arin unga qaramasdan turib ham o‘yinchoqni havoda ushlab oldi.
So‘ng Sofia tomonga xotirjam qarab qo‘ydi-da, o‘rnidan turib muzlatkich oldiga bordi.
Sofia ichida “nihoyat bo‘ysundi” deb o‘ylayotganida, Arin muzlatkichdan banan bilan mandarin olib chiqdi. Ularni artib, mayda qilib to‘g‘radi va idishga soldi.
Keyin yana xotirjamgina joyiga qaytib o‘tirdi.
Arinning shu darajadagi sovuqqonligi Sofiani battar asabiylashtirardi.
— Menga qara, qizaloq. Bu uyning asl bekasi menman… sen emas. O‘zingni Jiminning xotinidek tutishni bas qil. U faqat meni sevadi… — deya baqirdi Sofia Aringa qarab.
Lekin Arin shunda ham indamay, mevalardan yeyishda davom etdi.
Eshik orqasida esa ularni Jimin jimgina kuzatib turardi.
— Nega bunchalik hotirjam bu ayol?.. — deya o‘yladi u Arindan ko‘z uzmay.
— Sen oddiy bir fohishasan, shuni bilasanmi o‘zi? Lanati sho‘ri… qani endi menga qahva tayyorlab ber! — Sofia yana tinmay gapirishda davom etdi.
Shunda Arin sekin qo‘lidagilarni chetga surdi va o‘rnidan turib qahva tayyorlashni boshladi.
Sofia mamnun kulib qo‘ydi.
— Mana bo‘lar ekan-ku. Odamning asabini buzmasdan aytganini qilsang bo‘ladi…
Buni kuzatib turgan Jimin ham hayron edi.
— Nega birdan taslim bo‘ldi?.. Nega unga qahva tayyorlayapti?.. — degan o‘ylar miyasidan o‘ta boshladi.
Arin qahvani tayyorladi. Lekin uni olib borishga shoshilmadi.
— Hoy, qahvamni olib kel! — dedi Sofia yana buyruq ohangida.
Arin esa uni eshitmagandek yana joyiga qaytib o‘tirdi va yarimta qolgan mandarinni yeya boshladi. Qo‘lida esa kichik pichoq bor edi.
— Hoy! Senga gapiryapman! Qahvamni olib kel deyapman! — Sofia bu safar battarroq baqirdi.
Shu on Arin qo‘lidagi pichoqni Sofia tomonga uloqtirdi.
Pichoq borib Sofia tepasidagi devorga sanchildi. Atigi bir necha santimetr pastroq kelganida unga tegishi mumkin edi.
Sofia qo‘rquvdan qotib qoldi.
Eshik ortida turgan Jimin ham bir lahza nima bo‘lganini tushunmay qoldi.
Arin esa xotirjam o‘rnidan turdi.
Qo‘liga damlangan issiq qahvani olib, sekin stolni aylanib Sofia tomon yurdi.
— Xo‘sh, jonim… qahva ichmoqchimiding?.. Mana, marhamat… — dedi u sovuq ohangda.
Va keyingi soniyada qahvani Sofia sonlariga to‘ka boshladi.
Tez emas.
Shoshilmasdan.
Sofia og‘riqdan baqirib yubordi.
O‘rnidan turishga uringanida esa Arin oyog‘i bilan uning yo‘lini to‘sib, yana stulga qayta o‘tqazdi.
— Sariq bosh… sabrning ham chegarasi bo‘lishini bilarmiding?.. — dedi Arin sekin.
So‘ng devorga sanchilgan pichoqni sug‘urib oldi-da, uni Sofia kuygan sonlariga asta tiradi.
Sofia endi battarroq baqirardi.
Eshik ortida esa Jimin hamon jim turardi.
Va ilk marta Arinning shu qadar qo‘rqinchli tarafini ko‘rib, indamay qolgan edi.
— Jimin seni ayamaydi… u seni yo‘q qiladi… — dedi Sofia yig‘lab.
Arin esa birdan qah-qaha otib kulib yubordi.
— Seningcha men o‘sha Jimindan qo‘rqamanmi?.. — dedi kulishda davom etib.
Keyin birdan kulgisi to‘xtadi.
Yuzidagi ifoda bir zumda sovuqlashib ketdi.
— Aslida qo‘rqishi kerak bo‘lgan odam bu sensan, jonginam Sofia… — dedi past, lekin dahshatli ohangda.
Va qo‘lidagi pichoqni uning soniga yanada bosdi.
Sofia og‘riqdan yig‘lashdan boshqa hech narsa qila olmay qolgandi.
— Bilasanmi, Sofia… sen shunchaki oddiy bir piyodasan, xolos. — Arin pichoqni biroz tortib, go‘yoki o‘ylangandek boshini qiyshaytirdi. — Seningcha Jimin seni sevgani uchun olib kelgan deb o‘ylaysanmi?..
Uning lab chetida kinoyali kulgi paydo bo‘ldi.
— Hmm… yo‘q. Menimcha, u shunchaki senga rahmi kelgan. O‘sha joylarda begona erkaklarning tagida yotib o‘lib ketmasin degandir… — dedi va yana kulib yubordi.
Mana Arinning asl yuzi aslida shunaqa edi.
U hamma narsani jimlik, sovuqqonlik va hotirjamlik ortiga yashirardi. Lekin bir marta portlasa — uni to‘xtatish juda qiyin bo‘lardi.
Hozirgi g‘azabi esa Sofia uchun qimmatga tushayotgandi.
Eshik ortida turgan Jimin ham birinchi marta buni shu darajada aniq ko‘rayotgandi.
Tashqaridan qaragan odam Arinni bemalol psixopat deb o‘ylashi mumkin edi.
Chunki hozir uning ko‘zlarida rahm degan narsa umuman qolmagandi.
Arin birdan pichoqni oshxonaning bir chetiga uloqtirib yubordi.
Keyin esa Sofia qarshisiga tizzalab o‘tirdi-da, qo‘lini cho‘zib uning iyagidan ushlab o‘ziga qaratdi.
Sofianing ko‘zlari qizarib ketgan, lablari titrar, yuzidagi tushlari esa yig‘idan oqarib buzilib ketgandi. Hozir u mutlaqo bechora holatda edi.
— Nima bo‘ldi, Sofiam?.. — dedi Arin birdan juda sokin ovozda.
Bir lahza Sofia yig‘lashdan to‘xtab, hayrat bilan unga qaradi.
Eshik ortida turgan Jiminning ham hayrati oshib borardi.
— Bu qiz endi yana nima qilmoqchi o‘zi?.. — dedi ichida.
Arin esa xuddi hech nima bo‘lmagandek Sofianing yuzidagi yoshlarni asta artdi.
— Seni qiynab qo‘ydimmi, jonim?.. — dedi muloyim ohangda.
Sofia unga ishonchsiz qarab turardi.
Ammo keyingi soniyada Arinning yuzidagi ifoda yana o‘zgardi.
— Lekin bunga o‘zing aybdorsan… — dedi u past ovozda.
Va birdan kuygan sonining ustidan qattiq ushlab siqdi.
Sofia avvalgidan ham battarroq baqirib yubordi.
— Psixsan! Yetar endi!.. — deya yig‘lay boshladi u.
Arin esa zarracha ta’sirlanmadi.
— Xo‘sh, yoqyaptimi?.. — dedi sekin. — Keyingi safar menga gapirishdan oldin ming marta o‘ylab gapiradigan bo‘lasan, Sofiaginam…
Va ataylab yana ko‘proq og‘riq berdi.
Shu payt eshik qattiq ochildi.
Sabri tugagan Jimin ichkariga kirib keldi.
— Yetar endi, Arin! O‘zingga kel! Bu nima ahvol?! — deya baqirdi u.
Lekin ichkaridagi manzarani ko‘rib, gapining davomini aytolmay qoldi.
Sofianing sonlari allaqachon qontalash bo‘lib ketgan, kuygan joylari esa qizarib shishishni boshlagandi.
Arin esa uning qarshisida xotirjamgina o‘tirib, go‘yo oddiy suhbat qilayotgandek qarab turardi.