BLUR
Taehyung o‘z xonasiga kirib ketdi. Arin esa uy bo‘ylab sekin yurib, har bir burchagini ko‘zdan kechirdi. Bu joy unga begona, sovuq va biroz bosimli tuyulardi.
Suho allaqachon o‘z xonasiga joylashib bo‘lgan, jim. Eng ajablanarlisi — u onasidan bu yerga nega kelganini ham so‘ramagan edi. Go‘yo bolalarcha beparvolik emas, balki vaziyatni sezib, savol berishni istamagandek.
Arin esa hali ham hammasini ichida tartibga sola olmagandi. Nega bu yerda ekanliklari, nima bo‘layotgani, kelajakda ularni nima kutayotgani — hech biri aniq emas edi.
U deraza yoniga borib, tashqariga qaradi. Ko‘nglida esa bitta og‘ir savol aylanardi: “Endi hammasi qayergacha boradi?”
Biroz vaqt o‘tgach, Arin oshxona tomon yurdi. Ichkariga kirishi bilan atrofni sinchiklab kuzata boshladi. Har bir idish, har bir jihozga e’tibor bilan qarab chiqdi. Ba’zi joylarini esa telefoniga rasmga olib qo‘ydi.
Sababi oddiy edi — ayrim burchaklar juda o‘tkir, ba’zi jihozlar esa yosh bola uchun xavfli ko‘rinardi. Suho esa doim oshxonada yugurib yurishni, onasiga yordam berishni yaxshi ko‘rardi. Shu sabab Arin bu joylarni keyinroq o‘zgartirish kerakligini o‘ylab qo‘ydi.
U beixtiyor bu uyga moslashishni boshlab yuborganini o‘zi ham sezmay qolgandi.
Muzlatkichni ochib, ichidan kerakli mahsulotlarni oldi. O‘zi ham anchadan beri hech narsa yemaganini his qildi. Suhoning ham ovqatlanadigan vaqti bo‘lib qolgan edi.
Shu o‘y bilan yenglarini shimarib, sekin ovqat tayyorlay boshladi. Oshxona ichini asta-sekin idishlarning mayin tovushi va pishayotgan taomning iliq hidi to‘ldira boshladi.
Taehyungning xonasi oshxonaga yaqinroq edi. Shu sabab ko‘p o‘tmay yoqimli, shirin hid butun xonasini egalladi.
U yotoqda cho‘zilib, telefon titkilab yotgandi. Ammo hid burniga urilishi bilan diqqati bo‘lindi.
— Mmm… bu shirin hid oshxonadan kelyaptimi?.. — dedi o‘zicha, asta o‘rnidan turib.
Uyda xizmatchilar yo‘qligini yaxshi bilardi. Shu sabab qiziqib eshik tomon yurdi.
— Bu kim ekan uyni bunaqa hidga to‘ldirgan… — deya sekin xonasidan chiqib, oshxona tomon yo‘l oldi.
Ichkariga kirishi bilan qadami sekinlashdi.
Arin ovqat tayyorlayotgandi. Oqartirilgan yenglari tirsagigacha shimilgan, yuziga tushib ketgan sochlari esa ishiga halaqit berardi. U bir qo‘li bilan ovqatni aralashtirib, ikkinchi qo‘li bilan sochlarini yig‘ishga urinardi.
Taehyungning nigohi beixtiyor yumshab ketdi.
Shu payt ko‘zi tortma ustida yotgan Marianing soch bog‘lagichiga tushdi. U indamay uni qo‘liga oldi-da, Arinning yoniga bordi.
Arin nima bo‘layotganini tushunib ulgurmasidan, Taehyung uning sochlarini ehtiyotkorlik bilan yig‘ib, bog‘lab qo‘ydi.
Arin hayrat aralash ko‘zlari bilan unga qaradi.
Taehyung esa go‘yo bu oddiy holdek, xotirjam turardi.
Arin biroz jim turdi. Ichidagi hayajonni bosishga urinib, nihoyat past ovozda dedi:
Taehyung yengil jilmayib, go‘yo hammasi joyidagidek bosh irg‘adi. So‘ng Aringa juda yaqinlashdi va uning qo‘lidagi qoshiqni asta olib, hali to‘liq pishmagan ovqatdan ozgina tatib ko‘rdi.
— Mmm… Arin, nima pishiryapsan? Buncha shirin hid… — dedi u yengil kulib, yuziga yorqin tabassum yoyilib.
— Aysh Arin… bu buncha shirin…
Lekin Arin uni umuman eshitmayotgandek edi.
Jimindan keyin unga bunchalik yaqin kelgan erkak — aynan Taehyung edi. Bu holat Arinni butunlay hayratga soldi. U bir lahza qotib qoldi, qo‘lidagi harakat ham to‘xtadi.
Ko‘zlari Taehyungda, ammo fikrlari butunlay chalkash edi.
U nimadir demoqchi bo‘ldi, lekin ovozi chiqmay qoldi.
Taehyung esa buni sezgandek, biroz orqaga chekinib, uning yuziga qaradi.
— Nima bo‘ldi?.. — dedi u sekinroq ohangda, avvalgidek o‘yinchan emas, biroz ehtiyotkorlik bilan.
Arin hayollarini yig‘ib, sekin gapirdi.
— Aniqmi? Lekin unaqaga o‘xshamayapti, — dedi Taehyung unga sinchkovlik bilan qarab.
— Taehyung hammasi joyida deyapman — deya Arin ovozini biroz ko‘tarib yubordi va Taehyungning qo‘lidagi qoshig‘ini tortib oldi.
— Men ovqat qilayotganimda kimdir aralashishini yoqtirmayman...deya Taehyungni gaz oldidan yengil itarib, yon tomonga o‘tkazdi.
— Biroz kutsang, ovqat tayyor bo‘ladi. Ungacha u yerda o‘tir yoki xonangga borib dam ol. Keyin chaqiraman.
Taehyung esa ketmadi.
U bir qadam orqaga ham yurmadi, faqat Arinni kuzatib turardi.
Arin buni sezib, ichida biroz bezovtalandi, lekin tashqaridan buni bildirmadi.
Taehyung yengil kulimsirab qo‘ydi.
— Qiziq… hammani oshxonadan haydaysan, lekin meni haydash unchalik oson emas .
Arin unga qisqa qarab qòydi lekin gapirdi.
Taehyung stulni asta tortib o‘tirarkan, ko‘zini Arindan uzmadi.
Arin esa go‘yo e’tibor bermayotgandek ovqatga qaradi, lekin qo‘llari biroz sekinlashib qolgandi.
Xonada esa jimlik hukm surdi.
Taehyung jimgina Arinni kuzatishda davom etdi.
Uning har bir mayda harakati beixtiyor e’tiborini tortardi.
Issiq bug‘ yuziga urilganda burnini yengil burishtirishi, ovqatdan taralayotgan yoqimli hid sabab lablariga sezilarsiz tabassum yugurishi… idishlarni ham shoshmasdan, tartib bilan yuvishi…
Eng ko‘p sezilgani esa — Arin oshxonada tartib va sarishtalikni yaxshi edi. Hamma narsa o‘z joyida, ortiqcha shovqinsiz.
Taehyung shu sokin manzarani buzmay, indamay kuzatib o‘tirdi.
Birozdan so‘ng ovqat tayyor bo‘ldi. Arin taomlarni ehtiyotkorlik bilan idishlarga suzib, stolga olib chiqdi. Yoniga kimchi qo‘ydi, keyin esa Suhoning sevimli pankeyklaridan ham alohida idishga joylab keldi.
Suhoga sutli shoy, o‘ziga achchiq qahva… Taehyung uchun esa biroz shirinroq qahva tayyorladi.
Taehyung bularning hammasini jim kuzatib o‘tirardi. Uni hayratga solgani — Arin uning qanday qahva ichishini bilgandek tayyorlagani edi.
Aslida esa Arin shunchaki Jimin biroz shirinroq qahva ichishini eslab, “balki ukasi ham shunaqadir” deb o‘ylagandi.
Taehyung sekin o‘rnidan turib, stol atrofiga kelib o‘tirdi.
— Hmm… mening sevimli qahvajonim… hidi dimog‘imgacha urildiya… — dedi u qahvadan bir ho‘plab.
Arin unga qisqagina qarab qo‘ydi.
— Men Suhoni olib kelaman. Sen ovqatlanaver. Yoqimli ishtaha - Shunday deb fartugini yechdi-da, bir chekkadagi ilgichga ilib, oshxonadan chiqib ketdi.
Taehyung esa uning ortidan qarab qoldi.
Lablarida yengil kulgi paydo bo‘ldi.
— Jiminga havasim kelib ketyapti… — dedi past ovozda o‘ziga o‘zi.
Birozdan so‘ng oshxonaga kichkina bolakay yugurib kirib keldi. Orqasidan esa Arinning xavotirli ovozi eshitildi.
— Bolajonim, sekinroq! Unaqa yugurma, hozir yiqilasan!
Taehyung beixtiyor jilmayib qo‘ydi. Aynan shu payt kimdir uning kiyimidan torta boshladi.
U orqasiga qaradi.
Qarshisida qovoqlarini biroz uyib, labini cho‘chchaytirib turgan yoqimtoy bolakay turardi.
— Hoy, amaki, siz kimsiz? — dedi Suho jiddiy ohangda. — Nega bu yerda o‘tiribsiz?
U Taehyungning kiyimidan mahkam ushlab, uni boshdan oyoq sinchiklab kuzata boshladi.
Taehyung ko‘zlarini yumib, kulib yubormaslikka zo‘rg‘a chidardi.
Bu holat bir tomondan juda kulguli edi… ikkinchi tomondan esa uni hayratga solayotgandi.
Chunki Suhoning jiddiy qiyofasi aynan kattalarnikidek edi, lekin baribir juda yoqimli ko‘rinardi.
Taehyung sekin pastga egildi-da, uning ko‘zlariga qarab gapirdi.
— Menmi? Hmm… bu uyga yashirincha kirib olgan odam bo‘lsamchi?
Suho bir zum jim qoldi. Keyin ko‘zlari kattalashib ketdi.
Taehyung kulib yubordi. Aynan shu payt oshxonaga yetib kelgan Arin chuqur xo‘rsinib, boshini ushladi.
— Suho… yana tergov qilishni boshladingmi?..
— Oyi, bu amaki o‘g‘ri ekan! Politsiya chaqiring, berib yuboramiz! — dedi Suho Taehyungning kiyimidan haligacha mahkam ushlab olgancha, go‘yo qo‘yib yuborsa qochib ketadigandek.
Bu gapni eshitib Arin ham, Taehyung ham kulib yuborishdi.
Arin sekin Suhoning yoniga keldi-da, uning qo‘lini Taehyungning kiyimidan ehtiyotkorlik bilan bo‘shatdi. So‘ng tizzalab, ko‘zlariga qarab muloyim gapirdi.
— Bolam, bu odam o‘g‘ri emas. Endi u sening amaking bo‘ladi. Uni hurmat qil, xo‘pmi? Bu uy ham uniki…
Suho bir lahza Taehyungga qarab turdi. Keyin uning g‘ijim bo‘lib qolgan kiyimiga ko‘zi tushib, beixtiyor o‘sha joyini qo‘llari bilan tekislab qo‘ygandek bo‘ldi.
So‘ng onasidan bir qadam uzoqlashib, kichkina boshini egib tazim qildi.
— Kechiring, amaki… Men shunchaki onamning xavfsizligi uchun shunday qildim… — dedi u o‘zini oqlashga urinib.
Taehyung bir lahza jim qoldi.
Uning hayratlangani — Suhoning juda tez vaziyatni tushunib olgani edi. Arinning birgina tushuntirishi bilan darrov o‘zini tutishi, kattalardek gapirishi… bu yosh bola uchun juda noodatiy tuyuldi.
Taehyung asta jilmaydi-da, Suhoning boshini yengil silab qo‘ydi.
— Sen onangni himoya qilmoqchi bo‘lgansan. Bu yomon emas. Aksincha… juda zo‘r ish qilgansan.
— Qani endi ovqatlanamiz. Suho, joyingga o‘tir.
Taehyung, senham tezroq ovqatlanib Mariyani olib kel. Hali u bilan to‘liq tanishmaganman, — dedi Arin stolga ovqatlarni qo‘yib.
— Xo‘p bo‘ladi, Madam, — dedi Taehyung kulib.
Arin unga “hazillashma” degandek bir qarab qo‘ydi-da, Suhoning oldiga ovqatini surdi.
Taehyung esa indamay ovqatdan yeb ko‘rdi va ko‘zlari kattalashdi.
— Voy… bu juda mazali ekan-ku.
— Oddiy ovqat, — dedi Arin beparvo.
— Agar shu oddiy bo‘lsa, unda boshqasi qanday bo‘ladi ekan…
Arin indamay yelka qisdi.
Taehyung esa ichida kulardi. Arinning birdan jiddiylashib, buyruq ohangida gapirishi unga yoqib tushgandi. Hozirgina oshxonadan haydagan qiz endi bemalol unga topshiriq beryapti.
Suho esa pankeykni yeb o‘tirib birdan gap qotdi.
— Amaki, siz har kuni kelasizmi endi?
Taehyung qoshiqni qo‘lida aylantirib Aringa bir qarab oldi-da, keyin Suhoga kulib qaradi.
— Balki. Menga ruxsat berishsa kelarman.
Arin esa bu gapga hech nima demay, qahvasidan sekin ho‘pladi.
Shu payt Suho pankeykdan bir bo‘lak olib Taehyungga uzatdi.
— Oling amaki, sizham yeng.
Taehyung hayratlanib kuldi.
— Ha. Oyim aytadi-ku, yaxshi odamlar bilan bo‘lishish kerak deb.
Arin shu gapdan keyin sekin boshini ko‘tardi.
Taehyung esa pankeykni olib, Suhoga qarab jilmaydi.
— Demak men yaxshi odam ekanmanda.
— Hali aniqmas… lekin o‘g‘ri emassiz.
Bu gapdan oshxona ichini kulgi egalladi.
Shu tariqa uchchalasi birgalikda ovqatlanishdi.
Ovqatdan keyin Taehyung asosiy qo‘rg‘onga — Mariyani olib kelish uchun ketdi. Suho esa onasiga oshxonani yig‘ishtirishda yordam berdi.
Kechki payt.
Uy eshigi asta ochildi.
Taehyung ichkariga kirib keldi. Bir qo‘lida biroz kattaroq pushti rang chamadon, ikkinchi qo‘li esa Mariyaning mitti qo‘llarini mahkam ushlab turardi.
Maria ichkariga kirishi bilan atrofga alangladi. Keyin mehmonxonada o‘tirgan Arinni ko‘rishi bilan birdan qo‘lini Taehyungdan chiqarib, yugurib ketdi.
— Nihoyat keldingiz... Endi meni onam bo‘lasiz, to‘g‘rimi? — dedi u Arinni mahkam quchoqlab.
Taehyung esa eshik oldida to‘xtab qoldi. U ataylab indamadi. Faqat Arinning keyingi harakatini kuzatdi.
Arin ham Mariyani quchog‘iga oldi.
— Albatta, malikam… men endi sening oyijoning bo‘laman.
Mariyaning ko‘zlari darrov namlandi.
— Sizni yaxshi ko‘raman, oyijon… menga ona mehri kerak edi… menga mehr bering… — dedi u kichkina qo‘llari bilan Arinning yuzlarini ushlab, ko‘zlariga qarab.
Arinning yuragi uvishib ketdi.
— Jonim qizim… men ham seni yaxshi ko‘raman, — dedi u Mariyani bag‘riga bosib. So‘ng yuzlaridan, kichkina qo‘lchalaridan mehr bilan o‘pdi.
— Endi doim yoningda bo‘laman, xo‘pmi?.. Jonim qizim meni…
Taehyung esa ularni kuzatib turarkan, ichida g‘alati his uyg‘ondi.
Qanday qilib… mutlaqo begona bo‘lgan, hatto o‘z onasi voz kechgan bolani shu qadar samimiy bag‘riga bosish mumkin?..
U sekin kulimsiradi.
Amakim bekorga “Arinni kelin qilaman” demagan ekan…
Nigohi yana Aringa tushdi.
Mana haqiqiy ona…
Begona bo‘lsa ham, “farzandim” deb qabul qila oladigan inson…
Suho Mariyaning ovozini eshitishi bilan xonasidan yugurib chiqdi. Eshik oldida turgan Taehyungga bir qarab qo‘ydi-da, uning yonidan shoshib o‘tib ketdi.
— Maria!.. — deb uning oldiga bordi.
Maria ham Arinning quchog‘idan chiqib, Suhoning yoniga keldi. Yuzida kichik tabassum bor edi.
— Endi birga yashar ekanmiz, Suho… — dedi u quvonch bilan.
— Yig‘ladingmi, Maria?.. — dedi Suho uning ko‘z chetida qolgan yoshni qo‘li bilan asta artib.
Taehyung ularni kuzatib turarkan, ichida hayrat aralash kulgi uyg‘ondi.
— Aysh… bu bola umuman to‘qqiz yoshga o‘xshamaydi-ku. Huddi kattalardek gapiryapti…
Maria esa biroz ikkilanib Suhoga qaradi.
— Mendan oyingni qizg‘onmaysanmi, Suho?..
U savolni etiborsiz qoldirib , bu savolni juda ehtiyotkor, umid aralash nigoh bilan berdi.
Suho esa hech o‘ylab ham o‘tirmadi.
— Yo‘q. Nega qizg‘onishim kerak?.. Oyim ikkimizga ham yetadi. Shundaymi, oyijon?
Arin shu gapdan keyin beixtiyor jilmayib yubordi. Ko‘zlari namlanib ketganini esa yashirishga urindi.
Taehyung esa jim turardi.
Negadir bu uyga kelganidan beri ilk marta ichida haqiqiy iliqlikni his qilayotgandi.
— Qani bolalar, endi hamma xonasiga. Tun bo‘ldi, hamma uxlashi kerak, — dedi Taehyung ularning suhbatini bo‘lib.
— Men oyim bilan uxlayman, — dedi Maria darrov.
— Mayli, qizim. Hammamiz birga uxlaymiz, — dedi Arin uning boshini silab.
Taehyung labini bosib kuldi-da, ataylab — Men ham sen bilan uxlaymanmi, Arin?...deya gapirdi.
— Hoy amaki, uyalmaysizmi bunaqa deyishga?! — dedi Suho darrov jahl aralash qarab.
Taehyung kulgidan o‘zini zo‘rg‘a ushlab turardi.
— Men hazillashyapman, bolakay…
Arin esa chuqur nafas oldi.
— Taehyung… bugun rosa asabimni buzyapsan, sezyapsanmi shuni? — dedi u ertalabdan beri yig‘ilib kelgan jahlining bir qismini chiqarib.
Taehyung darrov qo‘llarini tepaga ko‘tardi.
Suho hali ham unga shubhali qarab turardi.
Taehyung esa kulib qo‘ydi-da, Mariyaning chamadonini qo‘liga oldi.
— Mayli, Arin, men ketdim. Ko‘chada ishim bor edi. Mariyaning narsalarini xonasiga qo‘yib ketaman. O‘zing joylashtirib qo‘yarsan.
Arin indamay bosh irg‘adi.
Taehyung esa zinadan yuqoriga ko‘tarilib ketdi. Lekin ketayotib ham labidagi kulgi yo‘qolmagandi.
Negadir bu uy ichidagi shovqin, bolalarning gaplari va Arinning jahl aralash koyishi unga yoqib qolayotgandi.
Arin hali to‘liq uyg‘onib ulgurmasidan eshik qo‘ng‘irog‘i chalina boshladi. U erinibgina o‘rnidan turdi va eshikni ochdi.
Qarshisida tirjayib turgan singlisini ko‘rib, Arin yengil kulib qo‘ydi.
— Aysh, Mitsu… ertalabdan nega kelding-a? — dedi uni ichkariga kiritarkan.
— Senga ham hayrli tong, opaginam. Xo‘sh, “pochcham” qani, ko‘rinmaydiku?
— Ertalabdan asabimni buzishga kelgan bo‘lsang, iltimos, ketaqol, — dedi Arin ko‘zlarini ishqalab.
Mitsu esa buni eshitmagandek uy ichini bemalol kuzatib yurdi. Ko‘zlari Taehyungni qidirardi.
— Bilmayman. Yurgandir biror joyda…
— Endi uni nima deb chaqirsam ekan? Pochcha desammi, yoki soxta pochchami?
— Bilganingni qil. Men uxlayman. Bolalarni kiyintirib maktabga o‘zing olib bor. Men dam olaman.
Arin shunday deb xonasiga kirib ketdi.
Mitsu esa hech narsa bo‘lmagandek oshxonaga o‘tib, bolalarga nonushta tayyorlay boshladi.
Birozdan so‘ng eshik yana ochildi.
Taehyung biroz tarqoq, mastroq holatda ichkariga kirib keldi. Ko‘rinishidan kechasi uyga kech qaytgan, ammo kayfiyati yomon emasdi.
U atrofga bir qarab oldi-da, oshxonadan chiqayotgan shovqinni eshitib o‘sha tomonga yo‘l oldi.
Taehyung oshxonaga kirishi bilan Mitsu uni ko‘rib, ko‘zlarini qisib kulib yubordi.