April 27

Kitob restavratsiyasi

Birinchi qism

Eskirgan va yirtilgan kitoblarni qayta tiklash mumkin. Bu uzoq bo'lmagan jarayon. Yaroqsiz holatga kelgan kitob ustini qayta tiklab ko‘ramiz. Deylik, uyingizda muqovasiz qolgan yoki juda abgor muqovali kitob bor.

Muqovasi eskirgan original kitob holati

Birorta sun'iy intellekt orqali bu illustratsiyani qayta tiklashini so'raymiz. Bu kabi ishlarga Gemini Pro xizmatini tavsiya qilaman. Bizga matn hozir shart emas. Asosiy maqsadimiz kitob illustratsiyasini qayta tiklash. Qolgan yerini qo‘lda tuzatib olamiz.

Kitob illustratsiyasi qayta ishlangan holati

Keyingi bosqichda kitob hajmini santimetrlarda o'lchab olish. Odatda muqova kitobning ikki sahifasi — oldi va orqa tomon bilan qo'shilib yakdil holatda yasaladi. Shuning uchun ham formatini butun bir holatga mosladik. Sarlavhalarni huddi kitobda yozilganiday yozib chiqamiz.

Yangi muqovaning to'liq holati

Muqovaga e'tibor bersangiz kitob hajmidan ko'ra anchayin kattaroq hajmga ega. Bu qattiq muqova bo'ladi. Biz yupqa qog'ozni kartonga yopishtirishimiz kerak. Agar qog'ozni kartonning cheti bilan bir hil qilib yopishtirib qo'ysak, muqova vaqt o'tib mana bunday ko'rinishga kelib qoladi:

M.Kozimiy. Qo‘rqinchli Tehron.

Keragidan ko'proq joy qilganimizning sababi ham shunda. Biz yupqa qog'ozimizni kartonning orqa tomonigacha yopishtiramiz. Estetik ko'rinishini yaxshilash uchun esa forzats ishlatiladi.

Forzats kartonni ko'rinmaydigan qiladi va kitobga chiroy bag'ishlaydi.

Forzatsning yana bir funksiyasidan biri kitobni huddi uylardagi karkas, sinch kabi kitobni mahkam turishiga xizmat qiladi.

Bugungi maqolada eskirib ketgan muqovani qayta tiklash haqida ozgina ma’lumotlarni ko‘rib chiqdik. Nasib qilsa keyingi darslarimizda katta ustozlardan bu muqovamizning dizaynini qanday yaxshilash mumkinligi haqida berilgan maslahatlarni ko‘rib chiqamiz.

Birinchi qism tugadi.