July 19

Пост 19.07.2026

1️⃣ Birinchi tur.

⁉️Topshiriq:

“Sahife” nomli logotip yaratish lozim. Bu kofe va shirinliklar sotadigan kafe uchun bo’ladi. Kafening asosiy hislati — xonada kitoblar mavjud, mijozlar kofe ichib, kitoblarni bepul o’qishadi.

✍️ Logotipga talablar:

— shrift va ranglar erkin ijod bilan bo’ladi. Ishlatiladigan ranglar 3-4 tadan oshmagani ma'qul;

— logotip turli fonlarda va turli hajmda qanday ko’rinishi ko’rsatilsin;

— logotip prezentatsiya shaklida pdf formatda taqdim etiladi;

— prezentatsiya 10 sahifadan oshmasin.

✔️ Tavsiya:

— faqatgina logoning o’zinigina emas, hayotda qanday ko‘rinishini ham 2-3 ta misol bilan ko’rsatib berilgani qo’shimcha ball olishga sabab bo’ladi;

— logotip g’oyasi qanday ishlab chiqilgani haqidagi izohlar ham ma‘qullanadi.

🏆Yutuqlar:

1-o’rin: 🥇

500 ming so’m va + grafik dizayn yo‘nalishida bepul 1 soatlik onlayn yuzma-yuz dars.

2-o’rin: 🥈

“Nabiylar silsilasi” to’plam kitobi + grafik dizayn yo‘nalishida bepul 1 soatlik onlayn yuzma-yuz dars.

3-o’rin: 🥉

Grafik dizayn yo‘nalishida bepul 1 soatlik onlayn yuzma-yuz dars.

____________________________

Muddat: 31 iyul, 22:00 gacha.

____________________________

6-avgust kuni g'oliblar WAYD telegram kanalida e'lon qilinadi.

G’oliblarni aniqlash usuli:

Ishtirokchilarning xat yozish uslubiga, o‘z loyihalarini qanday taqdim etishlariga, vazifani qanchalik to’g’ri tushuna olishganiga va albatta ularning o’z kasblariga bo’lgan talabchanligiga qarab g’oliblar aniqlanadi.

____________________________

⚠️ Eslatma:

Sun'iy aql bilan ishlangan logotiplar qabul qilinmaydi. Baholanmaydi.

____________________________

✍️ Izoh:

— logotiplar mavjud bo’lmagan loyiha uchun yaratilmoqda;

— yaratilgan logotiplar real logotip sifatida baholanmaydi;

— musobaqa yosh dizaynerlarni qo’llab-quvvatlash uchun xizmat qiladi.

✅ Presentatsiyalarni @jnazarovj telegram profiliga yuborishingiz mumkin.

____________________________

⚠️P.S. Professional dizaynerlar qatnashishi tavsiya etilmaydi. Bu musobaqa kasbga endi kirib kelgan va 1 yilgacha tajribaga ega bo'lgan dizaynerlar uchundir.