May 17

Patience and Love

3 qismlik Mini fanfic

1-QISM:

Sevgi – bu ba'zida siz xohlagan shaklda kelmaydi. U kech keladi, noto‘g‘ri vaqtda, noto‘g‘ri odam bilan. Ammo u kelganida – siz buni his qilasiz. Chunki haqiqiy sevgi, hatto eng chuqur yaralarni ham davolay oladi.


Jimin o‘sha kuni erta uyg‘ondi. Quyosh hali ufqdan chiqmagan, qushlar esa sekin-asta tongni kutib sayray boshlagandi. U yotoqda yolg‘iz edi. Yana. Taehyung kechasi kelmadi. Odatda kech qolsa ham kelardi ammo sòngi kunlarda kelmay ham qoyi. " Qayerdasiz? " deb qongiroq qilib so‘rasa " Ishim bor. Bandman" deb uchirib qoyadi. Jimin ko‘p so‘ramadi. Chunki u bilardi – so‘roq javob emas, og‘riq keltiradi.

Uch yillik nikoh. Uch yillik “men seni hech qachon sevmaganman” degan ogriqli so‘zlar bilan òtdi. Jimin Taehyungni qanchalik qattiq sevmasin, kònglini olishga urunmasin faqat shu shavqatsiz sòz va qattiq haqoratlarga duch keldi xolas. Bu Jiminni qanchalik hafa qilmasin u xarakat qilishdan tuxtamas va bir kun Taehyungni sevgisiga erishishga ishonardi.

Jimin o‘rnidan turdi, yuzini yuvdi, va o‘ziga va’da berdi " Bugun men uni kòrganni boraman. Ishonchim komil meni sog‘ingan "

Taehyungni kuzatish oson edi. U hech qachon yashirishni bilmasdi – yoki Jimin unga bunchalik ahamiyat bermasligiga ishonardi. Jimin u ishlaydigan kampaniya taksiyda keldi. Taksiykampaniya yoniga tuxtaganida Taehyungni mashinasiga òtirib qayergadir ketayodganini ko‘rdi. Jimin haydovchiga Taehyungni ortidan haydashini iltimos qilfi. Jimin uning uning ortidan tomon yo‘l oldi. Taehyungni pashinasi sevishganlar sevimli joyi bolgan Parkda tuxtadi. Jimin hayron bo‘lib mashinadan tushdi va taksiy haydovchisiga pulini berib eri ortidan ergashdi. U erining bu yerga kelganidan hayratda edi. Chunki Jimin qachon bira borishni so‘rasa doim " Bandman " degan javobni olaverardi.

Bahor fasli bòlganligi uchun atrof ertaknamo edi. Atrofda sevishganlar qòl ushlashib yurishardi. Jimin urga qarab ich ichidan havas qildi. Song undan ancha oldinda bolgan erini uzoqdan kordi. Ammo eri yolg‘iz emasdi. Uning sevimli eri bir kelishgan yigit bilan quchoqlashib turardi. Lablarida u hech qachon kòraman tabbassum va yuzidan nur porlab turardi.

Jiminning yuragi bu manzarani kòrib to‘xtab qoldi. Nafasi qisildi. Qo‘llari qaltirab, kaftlaridagi tirnoq izlari chuqurlashdi. Undan uncha uzoq bòlmagan joyda erini boshqa bir yigitga unga hech qachon ko‘rsatmagan mehrini berayotganini kòz yoshlar bilan kuzatar edi.

“ Nega bunday qilding Taehyung? Nega menga buni ravo kòrding? ” – deb o‘yladi u. Kòksidan rashk shafqatsizlarcha yonar, bu ikkisi yoniga bostirib borib , erining sevgisiga erishgan usha yigitni sochlarini bittalab yulgisi kelardi. Butun dunyoga " Mana bu meni erim, bu esa uning òynashi " deb hayqirib , sharmandasini chiqarib tashlashni xolardi. Lekin u qilmadi. Chunki u bilardi – agar hozir borsa, Taehyung uni kaltaklaydi. Va bu, u ko‘rgan birinchi emas, oxirgi ham bo‘lmaydi.U orqaga qaytdi, yiģlagancha bòrib bir skameykaga o‘tirdi.. Jimin yig‘laganida hech qachon ovoz chiqarmasdi – faqat yelkalari titrar, kaftlari bilan yuzini berkitardi.

“Sizga biror narsa bo‘ldimi?”

Shundoqqina yonida yuģon terini junjiktiradigan ovoz eshitildi. Jimin boshini ko‘tardi. Yonida bir erkak o‘tirardi. Jimin uning yuzini aniq ko‘rmadi – ko‘z yoshlari hamma narsani xiralashtirgandi.

“Kechirasiz, bezovta qilmoqchi emasdim,” – dedi erkak. “Shunchaki... siz yig‘layapsiz. Va men... men ham shu yerda o‘tirib, hullas nima qilishni bilmayman.”

U Jiminga qo‘l ro‘molchasini uzatdi. Jimin ikkilanib qòl ròmolchaga va keyin erkakga qaradi. So‘ng ikkilanib oldi.

“Rahmat,” – dedi u bo‘g‘iq ovozda.

Erkak bir oz sukut saqladi. Yiģlayodgan Jiminga biroz achinish bilan qarab turdi. Uni nima bu darajada yiģlayodganligi haqida òyladi. Sòrash yoki sòramaslik haqida biroz òylanib turdi. Oxiri ikkilanibgina sòradi. .“Bilasizmi, men sizni boshqa ko‘rmayman. Agar xohlasangiz, menga nimadan hafa bo‘lganingizni aytishingiz mumkin. Men hech kimga aytmayman. Va’da.”

Jimin uning ko‘zlariga qaradi. Ular jim, ammo samimiy edi. “Siz kimsiz?” – deb so‘radi Jimin.

“Yolg‘iz odam,” – dedi erkak. “Xuddi siz kabi.”

Jimin yana erkakning usha samimiy va huddi òzinikidek ģamgin kòzlariga qaradi. Aytish yoki aytmaslik haqida òyga toldi. Ammo erkakning namimiy ekanligini ich ichidan his qildi. Aslida aytsa ham undan hech narsa ketmasdi. Bari hir boshqa kòrmaydigan odamiga nimadirni aytgani foyda yoq. Yagona yaxshi narsa ichiga saqlab òzini azoblamaydi. Qaytanga bushatib olgani ancha yaxshiroq. Jimin uzoqqa, Taehyung va o‘sha omegaga ishora qildi. “U mening erim,” – dedi. “Uch yillik nikoh. Men uni sevaman... lekin u meni hech qachon sevmagan. Otalarimiz do‘st edi, biz ulģaygach turmush qurishimizni vadalashishgan edi. Biz ulģaygach ular bizni birga qilishmoqchi bòlishdi. Tae rad etgan, ammo otasiga qarshi chiqa olmadi. Majbur menga uylandi. To‘yimizdan beri u menga sovuq. Yotoqda esa... shafqatsiz. Men hamma narsaga chidadim, chunki u bir kun meni sevib qolishiga umid qilardim. Lekin hozir... hozir ko‘ryapman. U boshqani sevadi.”

Erkak Jimin so‘zlarini sukut bilan tingladi. Uning yuzida hech qanday achinish emas, balki tushunish bor edi.

“Siz nega ular bilan urushmayabsiz? Axir eringiz sizga u bilan hiyonat qilyabdi” – so‘radi u.

“Chunki agar janjallashsam, u meni kaltaklaydi. Buni esa yaxshi bilaman.”

Erkak og‘ir nafas oldi. “Men sizni tushunaman.”

Erkak g‘amgin bosh egib , hurģin nafas olib chiqardi. Jimin erkakni harakatlarini kuzatib uni ham nimadir qiynayodganini sizdi.

“Siz-chi?” – deb so‘radi Jimin. “Siz bu yerda nima qilyapsiz?”

Erkak boshini egdi. “Men xotinimni kuzatgani kelgandim. U ham... u ham boshqa birov bilan.”

Jimin hayratda qoldi.

“Uning ismi Jungkook,” – dedi erkak. “U meni hech qachon sevmagan. Turmush qilishimizdan avval sevgilisi bor ekan – o‘sha yigit boshqasiga uylangan va Jungkook alamdan men bilan turmush qurishga rozi bo‘lgan. Men uning ko‘nglini olish uchun hamma narsani qildim – sovg‘alar, sayohatlar, hatto kampaniyamning yarmini berdim. Ammo u hech qachon menga xuddi o‘sha yigitga qaragandek qaramadi. Bugun esa... men uni birinchi marta kulgandek ko‘rdim. Va u menga emas, boshqa erkakga kulardi.”

Jimin va erkak bir-biriga qarashdi. Ikki xiyonatga uchragan inson. Ikki singan yurak.

“Endi nima qilasiz?” – so‘radi Jimin.

“Ajrashaman,” – dedi erkak. “Siz-chi?”

“Men ham.”

Ular sukutda o‘tirishdi. So‘ng erkak qo‘lini uzatdi. “Ismim Yoongi.”

Jimin uning qo‘lini oldi. “Jimin.”

U shu yerda, shu skameykada, ikkalasi ham o‘z yo‘llaridan ketishdi.

Ammo bu – oxir emas edi. Bu – boshlanish edi.

.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Muallif Park Minji