June 29, 2025

KILL ME

ORADAN OLTI OY ÒTDI.
Jimin Pov : Usha kuni hayotimdagi eng yomon v eng yaxshi kun bòldi deya olsam kerak. Bizning otashin tunimiz ajoyib edi. Biz butun dunyoni, qasos va boshqa lanatlovchi hissiyotlarini bilan tabaqalarni unutib shunchaki òz his tuygularimizga erkinlik bergandik lekin Tongdan hammasi uzgarib ketdi. Uyģonganimda xosxonada yolģiz edim. Men juda hohlardimki u bilan tongni kutib olish lekin bunday bòlmadi. Mening ahvolim qanchalik yomon bolishiga qaramasdan saroy oģalari meni kanizaklar uchun muljallangan saroyga olib borishdi va qolgan kanizaklardan farqli alohida xona berishdi. 1 kun deganda tanamdagi ogriqlardan zòrģa qutuldim. Keyingi kun esa Taehyungni korgani saroyiga bordim. Boshqa kanizaklardan farqli menda saroydan tashqariga chiqish xuquqi bor ekan. Sababi esa men Shahzoda Taehyung yaqin dosti va Qòmondon Jeon Jungkook xaloskori bo‘lganligim uchun. Qalboshimni korgani borganimda unda hammasi joyida ekanligini bildim. U juda baxtli edi. Xatto baxtdan nur sochardi. U menga sarkarda Chan aslida Jungkook ekanligini aytib berdi va shu bilan birga Hukumdor Min Yoongi meni qutqarganini ham. Men bularni eshitganimdan so‘ng biroz muddat karax xolda qoldim ammo keyin qabul qildim. Oradan shunchaki kunlar uta boshladi. Men har tun negadir Yoongi yonimga kelishini intizorlik bilan kuydim lekin kelmadi. Shahzoda Namjoon esa tuyning ertasi kuni yoq SILLA ga qaytib ketdi. Avval kelgan saroyimizda bizni u yerdan chiqarishmaganliklari uchun Hukumdor Min Yoongi haqida deyarli hech narsa bilmas edim va bu yerga kop narsalarni bilib oldim va rosti juda hafa boldim. Har bir hukimdorda bòlgani singari Hukumdor Min Yoongi ning ham rafiqasi malika Min Jennie bòlib hukumdor uni juda qattiq ezozlashini bildim. Hozirgi kunda esa malika ona shahriga ketgan ekan. Men bu haqida bilganimda deyarli hech nimani his qilmadim chunki shunga uxshash narsani taxmin qilgandim biroq menga ta'sir qilgan yagona narsa shundagi Hukumdor Min Yoongi bir marta qol tekkizgan kanizagiga boshqa yaqinlashmas ekan. Odatda 1 kecha foydalanilgan kanizaklar amaldorlar va nufuzli insonlarga hadiya qilinar ekan. Buni eshitganimda qanchalik daxshatga òzim yaxshi bilaman. Hudoga shukurki men bilan bunday bolmaydi. Sababi esa mening qadirdon QALBDOSHIM va uning paxlavon eri. Bu xabardan so‘ng men Yoongi tunda yonimga kelishidan umidimni butunlay òzib tunlari kutmay qo‘ydim va uni usha kundan boshlab boshqa kòrmadim. Vaqt òtishi bilan saroyda zirika boshladim. Mening kunim deyarli Taehyungni saroyida òtardi. Tongi nonushtadan so‘ng Taehyungni saroyiga borardim. Jungkook juda band odam lekin do‘stimga yetarlicha e'tiborli. U tongda Taehyung bilan hayrlashib saroydan chiqib ketib shamda qaytib keladi. Bu orada men ham Taehyung ham butunlay bekorchimiz. Shuning uchun kunimizni birga otqazar edik. Biroq bu hayot men uchun emas. Axir bu saroy men uchun bir qasaf va bu qafasda Taehyung bolsada bizning qadirdon TOĢIMIZGA teng kela olmaydi. Men bu haqida Taehyungga aytganimdan so‘ng u Qumondon Jungkookdan men uchun saroyda biron bir ish topib berishini sorabdi. Qomondan esa men eplay oladigan yagona ish bolgan Tabbibligimdan foydalanib meni saroy bosh tabibiga shogirt qilib qoydi. Saroy Bosh tabibi yoshi katta sochlari oqargan juda molohazaliy muloyim inson ekan. Haa saroy tabibiy bekordan bekor bu darajada yetib kelmagan ekan. Men uning yordami bilan òzim bilmagan barcha davolash sirlarini o‘rgana boshladim. Men zerikarli hayotimga mana endi òz bolsada ma'no kirdi. Endi kunimning yarmi Saroy tabibi bilan qalgan yarmi Taehyung bilan otardi. Qizģìn kundan so‘ng xonamga qaytardim va usha otashin tunni qumdardim. Bilaman bu tun boshqa hayotimda takrorlanmaydi. Shuning uchun ham òzimni bu uylardan chalg‘itib sham yoruģida tibbiyot kitoblarini va ba'zan adabiyotga oid kitoblarni mutola qilardim. Uxlab qolishimga amin bo‘lganimdan so‘nggina yotoģimdan ular edim. Mening hozirgi hayotim shunday bir tekislikda utmoqda...

TONG.
Jimin har doimgidek saroy uyģonishidan avval uyģondi. Bu uning yoqimli odati. Avval ozini tartibga keltirib sòng kechik xontaxta ustida qoldirgan kitobni kitob javoniga taxlab qoydi. Xonasini ham òzi tozalab tartibga keltirdi. Songra oziga kerakli narsalarini olib Saroyning tibbiyot xonasiga yòl oldi. Tungi navbatchi bòlgan saroy oģalari va xizmatkor ayollar unga ta'zim qilib hurmat bajo qilar ekan u ham huddi ular singari javob qaytardi. Kop otmay tibbiyot xonasiga yetib kelgan Jimin ustozi kelgunicha xonani tartibga keltirdi. Bugungi dars uchun kerak boladigan barcha buyumlarni tayyorlab ustozini kuta boshladi. Quyosh chiqib qizģìn kun boshlanganidan so‘ng ustozi ham keldi va dars boshladi. Bosh tabib KANG Jiminga qiyin bolgan jarrohlik amaliyotini hayvonlarda qilib ko‘rsatar ekan Jimin ham Uning har biz sozini yodda saqlab qolardi. Turt soatlik dars yakunlangach Jimin òzi xonani yiģishtirib olar ekan doim unga qiziq tuyulgan shisha idish ichidagi ilon oldiga kelib uni kuzata boshladi. Tabib Kang esa nimadirlarnidir yozish bilan band edi.

- Bu ilon senga qiziq tuyulyabdimi? -Jimin shisha ichidagi ilonga kuzatib nimadirlarnidir uylar ekan ustozining ovozini eshitib u tomon qaradi.

Jimin: A? Nima? - ustoz Kang qòlidagi muy qalamni xontaxta ustiga qòyib Jimin tomonga qaradi.

Ustoz Kang: Menga buyoq tayyorlab ber deyman. Qolmaganiga uxshaydi.

Jimin: Ha hozir -Jimin buyoq idishiga kerakli narsalari solib ichiga suv qo‘ydi so‘ng esa quyoq bòyoq bòlishi uchun aralashtira boshladi. Buyoq tayyorlar kòp vaqt olsa ham Jimin sòzsiz ustozining aytganini qilar va yana ora orada usha shisha ichidagi ilonga qarab qoyardi.

Ustoz Kang: Senga ilon yoqyabdi shekilli - ustoz Jiminni kuzatar ekan soradi. Jimin esa ustoziga quvnoq ovozda javob berdi.

Jimin: Ha! Negadir bu ilonga qaraganimda u goyo tirikdek tuyuladi. Uxlayotgandek. Hozir uygonib ketadiyu menga òz sirlarini ochadigandek. Uning rangi huddi mening Imugi yim singari oppoq va qizil chiziqlari bor. Men bunday ilon mavjud ekanligini bilmasdim. Demak mening ilonim ham shu ilon turidan bolsa kerak. Yana bilmadim. Menda bunday hayoli savollar kop. Javobi esa noma'lum. - Jimin boshida quvnoq ovozda javob berayotgan edi biroq ohirgi so‘zlari ģamginlik bilan aytdi. Ustoz Kang esa biroz uyga tolib sòng savol berdi.

Ustoz: Yoshlik vaqtimda adashmasam 10 yoki 12 yoshlik paytlarimda bizning qishloq ga òlat tarqaldi. Ota onam va qarindoshlari bu kasallikdan vafot etishdi. Meni esa Imugilar qutqarib òz qishlog‘iga olib ketishdi. Men u yerda 17 yil yashadim. Ota onamni qutqara olmaganim menga alam qilgandi va men shu yillar davomida ulardan tabiblikni urgandim. Men Elfman va shuning uchun ham bu ish menga unchalik ham qiyin bolmadi deya olishim mumkun. Ulgayganimdan sòng boshqalarga yordam berish uchun qishloqdan ketdim. Ketishimdan avval Qishloq oqsoqoli menga shu ilonni sovga qilib doim asrab avaylashimni sòradi. Usha paytlar bu ilon juda kechik edi. Kaftimni zòrģa tuldirib turardi. Lekin hozirgidek harakatsiz òlik misol edi. Men nega bu odam menga ulik ilon sovga qildi deb juda kòp uylaganman. Axir nima bulganda ham usha inson qishloqdagi eng aqilli va dono inson edi. Nima bolganida ham men usha qishloqdan ketdim. Vaqt utgani sayin bu òlik ilon kattalashib boraverdi va kòrib turganingdek hozir u juda yerik. Uzunligi 48 metr qalinligi esa 20 sm. U hali ham usha paytlardagidek harakatsiz òlik misol. Biroq men uni haligacha asrab kelmoqdaman. Mana yoshim 60 dan oshdi va o‘ylaymanki usha inson menga bu ilonni bekorga bermagan. Menimcha bu ilon mening bilimlarim bilan oziqlanadi. Men qancha kop narsalarni o‘rgansam u shunchalik kattalashib boraveradi va mendan keyingi hujayiniga òz bilimlari bilan yordam beradi. - Jimin ustozining gaplarini hayrat bilan eshitar ekan yana bir bor usha ilonga qaradi.

Jimin: Demak sizga bu ilonni mening Bobom bergan ekanda...

Ustoz Kang: Ha! - xona sukunatga chumdi. Jimin nimaga bu ilon uni òziga bu darajada tortishni endi tushunib yetdi. Demak bu ilon uning qardoshi. Ustozi esa utmishi haqida uylar og‘ushida chukdi. Biroz vaqtdan so‘ng Jiminning ģamgin ovozi eshitildi.

Jimin: Ustoz...

Ustoz Kang: Ha bolam - Jimin ilondan kòzlarini uzib sekin ustozi tarafga boshini eggan holda qaradi.

Jimin: Biz shunchalik yomonmizmi?

Ustoz: Biz?

Jimin: Ustoz mendan kora qardoshlarimni yaxshiroq bilasiz. Aytingchi mening qardoshlarim yomon insonlar edimi? Ular òz manfatlari uchun insonlarni òldirar edimi? Yoki mol dunyoga shunchaki uchmidilar? - bu savollar so‘ng ustoz Kang hech ikkilanmay javob berdi.

Ustoz Kang: Yoq! Ular hech qachon insonlarga zarar berish haqida uylashmagan. Ular doim insonlar manfaati , sogligi haqida uylashardi. Men ular bilan 17 yil yashagan bòlsam biron bir Imugi pul ga uch ekanligini kurmadim. Ular usha qishloqchasida yashayotganidan baxtli edilar. Boriga shukur qilishardi. Yoģini esa uzlari borga aylantirishardi. Ular siyosatning jirkanch òyinlaridan tashqari yashashardi. Ular men bilan eng oq kungil insonlar edi. - ustozining javobidan so‘ng Jimin kòz yosh tula kòzlari bn ustoziga qaradi.

Jimin: Unda nega Ular bunday qilishdi? Nega qardoshlarimni òldirishdi? Ularning gunohi nima edi? Biz bu davlatga bu sulolaga nima qildik? Nega U menga bunday nohaqlik qildi? Nega? Nega? - Jiminning bu savollari yurak yuragidan chiqayotgandi. Ustoz Kang esa bu savollarga javob berishga deyarli ojiz edi.

Ustoz Kang: Sen bilan men bilgan usha fojia yuz berishidan avval Hozirgi hulumdorimizning Otasi oğir dardga chalinib yotib qoldi. Usha paytlar men endi saroyda tabib bolib kelgan edim. Hali men hozirgidek saroy tabibi unvoniga emasdim. Hukumdorimiz Otasini davolash uchun Imugilar qishlog‘iga ozi borib eng zòr tabib Imugini olib keldi. Usha Imugi Hukumdorimizning otasini davolashga juda kòp harakat qildi ammo bolmadi. U kishining vafotidan so‘ng Ona Qirolicha Imugilarni SILLA bilan birga kelishib olishgan degan iģvo chiqardi. Hukumdorimiz onasining sòzlariga doim quloq solardi va bu gapdan so‘ng U kishi juda ģazablandi va odamlariga Imugilarni qirib tashlashlarini buyurdi. Baxtga qarshi qara sen tirik qolding va Davlatimizning faxri bòlgan Qòmondon Jeon Jungkook qutqarib qolding. Sen nafaqat Jeon Jungkook ni qutqarib qolding , urishni ham oldini olding. Agar sen bolmaganingda Qòmondonimizdan ayrilgan bo‘lardik va natijada SILLA jangda ģoyib chiqqan bolardi. Ko‘rdingmi sen bu davlatni falokatdan qutqarib qolding. Buning uchun sendan butun ZHONGGUE minnatdor bo‘lishi kerak aslida... - Bu gaplardan so‘ng Jimin yingil bosh silkab yana yerga qaradi. Uning hali ham ģamgin ekanligini kòrgan ustozi uni sochlarini sekin siladi.

Ustoz Kang: Bolam sen hech nimadan havotir ola. Hech bir ish bejiz bòlmaydi. Ishonamanki hali hayotingda sen òylaganingdan ham yaxshiroq baxt kutib turibdi. Sen shunchaki yashashni davom etsang shuni ozi kifoya. Meni tushundingmi?

Jimin: Ha...- Jimin bosh silkab ustoziga nim tabbassum qilib qaradi.

Ustoz Kang: Tushungan bòlsang yaxshi. Hush buyoq tayyor bòldimi? - bu savoldan so‘ng Jimin darrov buyoqqa qaradi.

Jimin: Aralashtirish esimdan chiqibdiiiiii. Uzuuur ustoz Kangiiii - Jimin multiragan kòzlar bilan ustoziga qaradi. Ustozi esa uning bu ishidan sòng kulib yubordi.

Ustoz Kang: Ashshsh sen bolanimi. Qani buloqni ohiriga yetgach. So‘ng xonagga juna! - Ustoz Kang hazil ohangida gapirdi va ikkisi ham kulib òz ishlarini qilishdi. Jimin buloqni tayyorlab bòlgach ustoziga berib ketdi. Ustoz Kang esa yana yozuv ishlari bilan shuģullana boshqaldi. Bu orada shisha ichidagi iloniga qarab qoydi.

Ustoz Kang POV: bugun birinchi marta bu ilonni harakatlanganini kòrdim. Jimin menga savol berayotganida ilon shisha boylab huddi chiqib ketmoqchidek aylanib harakatlanadi. Uning kòzlarida kuchli azob va ģazab aks etardi. Agar men Jiminni tinchlantirmaganimda aniq u bu shisha ichidan yorib chiqardi va balki yòlidan chiqqan barchani yoq qilardi. Yoki Jiminni hafa qilgan barchani...

.
.
.
.
JEONLAR SAROYI.
Jimin yaxshi kayfiyat bilan saroyga kerib kelar ekan Taehyung uni peshvoz bolib kutib qoldi. Jimin kelishi bilanoq qòliga olib Saroy ichiga tortib ketdi. Ikkisi birgalikda Taehyungning shaxsiy xonasiga kirishdi. Taehyung huddi maxfiy narsani aytmoqchidek barcha xirmatkorlarni chiqarib yubordi va Jimin bilan butunlay yolģiz qoldi. So‘ng Jiminning yoniga jiddiy qiyofa bilan yaqinlashib kela boshladi. Jimin uning bu harakatlaridan qanday gunoh ish qilganligi haqida uylay boshlagan edi.

Taehyung: Jimin menga qara! Yordaming kerak - Taehyung jiddiy ohangda gapirdi.

Jimin: Qanday yordam? - Jimin biroz havotirli ohangda soradi.

Taehyung: Men Ota ( ona) bòlishni xoxlayman. Turmushga chiqqanimda 6 oydan oshdi. Hali ham homilador emasman. - Taehyungning bu gapidan so‘ng Jimin ichida ushlab turgan nafasini chiqarib yubordi. Keyin esa balant ovozda kulib Taehyungning yilkasiga yingil ora boshladi. U shu darajada balant ovozda kular ediki Taehyung bundan gazablanardi ham.

Taehyung: Hoy yaramas Jimin! Nega kulyabsan. Men jiddiy aytyabman. Menga chaqaloq kerak! - Taehyungning bu gapi Jiminni battar kulishiga sababchi boldi. Taehyung esa asabiy nigoh bilan uni kuzatib turdi. Taxminan 10 daqiqalik kulgudan sòng Jimin zòrģa kulishdan tuxtadi.

Jimin: ㅋㅋ Taehyung sening jiddiyligingni kòrib barcha gunohlarimni bir martadan yòqlab chiqdim * Men nima qildim ekan * deb. Shuni oddiy qilib aytsang ham bòlardiku. Bunchalik sirli qilmasdan ㅋㅋ

Taehyung: Kulishni bas qil Jimin. Men juda ham jiddiyman. Manga chaqaloq kerak!

Jimin: Buning iloji yòq! - Jimin bu gal jiddiy ohangda javob berdi. Taehyung esa uning gapidan sòng havotir bilan soradi.

Taehyung: Nimaga endi? Axir sen Imugisanku. Bir ilojini bilarsan!

Jimin: Taehyung nima erga tegib miyyangni spirma bilan toldirdingmi? Sen erkak kishisan. Erkaklar xomilador bola olmaydi. Agar farzandli bo‘lishni xoxlasang asrab ol. Yoki Jungkookga kanizak top.

Taehyung: Shundan boshqa yòl yoqmi? - Taehyung ģamgin ohangda soradi. Jimin esa yoq deb bosh silkadi. So‘ng hafa bòlgancha yotoģiga borib utirdi. Uning ģamgin ekanligini kòrgan Jimin sekin do‘stining oldiga kelib joylashdi.

Jimin: Nima boldi Taehyung? Nega tusatdan bunday deyabsan? Axir kecha hammasi yaxshi ediku. Senda bunaqa axmoqona oylar yoq edi. - Taehyung ģamgin kòzlar bilan Jiminga qaradi.

Taehyung: Bilasanmi kecha sen ketganingdan so‘ng Jungkook keldi va bizni bir amaldor Ogillik bòlganligi munosabati bilan bazimga taklif qilganini aytdi. Biz birga usha bazimga bordik. Boshida hammasi yaxshi edi ammo keyin kimdir bolalar haqida gapira boshladi. So‘ng boshqa bittasi Hukumdorimizning ham hali ham farzandli bo‘lmaganligi haqida gapirdi. Bu gapdan so‘ng Jungkook oraga qushildi. Keyin esa bazimdagi barcha bizga yopishishdi. Erkak bilan erkak turmush qurishi bu davlatga birinchi marta bo‘lganligini bunday narsalar avval bo‘lmaganligini so‘ng biz farzandli bòla olmasligimizni sababi men erkak kishi ekanligimni aytishdi. Yana bizning turmushimiz SILLA ning ta'siri ekanligini bunday jirkanch narsalar SILLA dan tarqalishini aytishdi. So‘ng Jungkookga " Sen farzandi bòla olmaysan chunki erkak bilan turmush qurgansan yana usha erkak shaxzoda. Agar farzandli bo‘lishni xoxlasang ham Shahzodaning ustida uylana olmaysan yoki hiyonat qila olmaysan. Seni hukumdor yoq qildi " degan gap qilishdi. Jungkook ohiri bunga chiday olmadi va biz u bazimdan ketdik. - Jimin Taehyungni gaplarini eshitar ekan ģazab bilan etagini qattiq siqdi. Hozir jon deb usha marazlarni òldirishga tayyor edi. Taehyung boshini eggancha yiģi ovozda gapini davom etirardi.

Taehyung: Uyga qaytganimizdan sòng Jungkook yuzimga ham qaramadi. Hatto bir xonada uxlamadik. U ertalab uyģonishimdan avval qayergadir ketib qoldi. U hecham bunday qilmasdi tushunyapsanmi? Ular bizni turmushimizni jirkanch deyishdi va bu Jungkookga oģir botdi. Shuning uchun u mendan hafa bòldi. Endi mendan ko‘ngli soviydi va... va boshqasiga uylandi... - Taehyung ohirgi gaplarini yiģlab gapirdi. Jimin esa Taehyungni sekin bagriga bosib sochlarini siladi. Uni yuragidagi azobini biroz kamaytirishga urindi. Taehyung esa Jiminning bag‘rida xiqqillagancha davom qttirardi.

Taehyung: Uyladimki agar men xomilador bòlsam va Jungkook ikkimiz farzandlik bo‘lsak hammasi boshqacha bòladi deb. Jungkook ham boshqasiga uylanmasa ham bo‘lardi. Shuning uchun sendan yordam soragan edim. Bor umidim senda edi. Axir sen Imugisan. Imugilar mujiza yaratishadi deb eshitgandim qachonlardir. Lekin buni iloji yoq ga uxshaydi. Endi nima qilaman Jimin? Jungkook ni boshqa birov bilan bulishishni xoxlamayman.

Jiminiiiiii - Taehyung tinimsiz yiglar ekan Jimin u hafa holatda korib yuragi oģriqdan qichqirar edi.

Jimin POV: Exxx Taehyung qani edi senga yordam bera olsam. Imkonim bòlganida jonimni bergan bo‘lardim. Har holda oramizda hech bòlmasa sen baxtli bo‘lardik. Men esa bu azoblardan qutilgan bolar edim....

Bir necha soatlik kòz yoshlardan so‘ng Taehyung vanihoyat tinchlandi. So‘ng ikkisi birgalikda xonadan chiqishi va saroyning boģ tarafiga utib biroz choy ichim boshqa nimalardir haqida gaplasha boshlashdi. Tuģriroģi Jimin Taehyungni kayfiyatini kòtarish uchun qiziqarli narsalar haqida gapirib kuldurmoqchi bòlardi Taehyung esa tuģri kulardi ammo qalban hali ham ģamgin edi. Jimin ham buni his qilardi. Ular uzoq suxbat qurishmadi. Saroy oģasi Jungkook kelganini habar berdi. Jimin va Taehyung uni hurmat bilan kutib oldi. Jungkook kecha Taehyung bilan urishib qolganligi uchun yarashish maqsadida u yaxshi kòrgan Nefrit gullarni qishloqlarning chekka chekkasidan topib kelgandi. U Jimin bilan zòrģa salomlashib Taehyungga usha gullarni uzatdi.

Jungkook: Azizam meni kechir. Kecha òzim bilmagan holda seni hafa qilib qo‘ydim. Juda qattiq afsusdaman. Iltimos meni kechir. - Jungkook ning yuģon ammo mayin ohangda soragan kechirimi va gullardan so‘ng Taehyung yana yiģlab yubordi va Jiminni qattiq bag‘riga bosdi. Juda qattiq quchoqlashishdan sòng bir birlaridan yoqimli busa olishdi. Jimin ularni kuzatib turar ekan negadir kayfiyati tushib ketdi. Òzini bir kechlik uyinchoqdek his qilib jirkandi. Usha tungi yashirin sevgi tula qarashlar, yoqimli sòzlar, shunga mos harakatlar barcha barchasi bir kechalik roxat uchun ekanligini uylab yiģlab yuboray dedi. Eng alamligi Jimin unga ota onasi QOTILI bolishiga qaramasdan ishongan va òzini topshirgan edi. Natija nima bo‘ldi? U shunchaki bir axlatdek chiqindiga tashlanadi. Na qasos ola oldi, na nomusini saqlay oldi. U shunchaki xarob bòldi. Jimin boshini egib lablarini tishlab jim turar va Usha inson haqida uylardan uning hayollarini Jungkook ning yuģon ovozi buzdi.

Jungkook: Jimin!... Jimin? ... Jimin? JIMIN? - Jungkook 4chi marta uning yilkasiga tigib balandroq gapirdi. Jimin esa huddi balandlikdan qulagandek Jungkookga qaradi.

Jimin: Ni-ni-nima? Nimadir bòldimi Qòmondon? - Jimin Jungkookga qarab gapirarkan Jungkook unga biroz tikilib turdi.

Jungkook: Jimin ahvoling joyidami? Sungi marta korishgnimizda boshqacha eding. Hozir esa ozib ketgandeksan. Ranging ham sarģayibdi. Kam uxlaganga uxshaysan. Uyqusizlik bezota qilyabdimi? Yoki kasal bòlib qoldingmi? - Jungkookning havotirli savollaridan so‘ng Taehyung Jimin tarafga qaradi va undagi òzgarishlarni mana endi sezdi. Hozirgi Jimin u tanigan Jimindan butunlay farq qilardi. Avvalgi Jimin jiddiy biroz quvnoq, kuchli va har bir ishimi mulohaza bilan qiladigan yegit edi. Uning keng yilkalari quyosh nurlarini tusa olardi. Hozirgi Jimin esa juda ģamgin, Taehyung oldida majbur kuladigan, uychang va gavdasi chukkan holda edi. Taehyung Jimindagi bunday uzgarishni endi sezgani haqida uylab ichida òzini bòralab sukdi. U òz baxti, orzulari, dartlari bilan ovvora bòlib shuncha yillik dostining ham yuragi borligini, unga ham nimadir azob berishini, U ham hafa bolishini, U ham nimadir haqida aytishni xoxlashini utungani haqida uyladi. Jimin esa yana usha tushunarsiz tabbassum bilan Jungkookga qaradi.

Jimin: Nimalar deyapsiz Qòmondon menda hammasi joyida! Sizga shunday tuyulgan bolsa kerak. - Jimin bu gaplarni shunchaki aytdi lekin Juftliklar Jimin nimaga bu axvolda ekanligini qisman anglab turishardi. Bir necha daqiqalik hijolatli sukutdan so‘ng Jungkook nu Hijolatni holdan qutilish uchun mavzuni boshqa joyga burdi.

Jungkook: Men och qoldim azizam. Tongda nonushta qilganim yòq. Kelinglar birga ovqatlanamiz. Jimin qòshilasanmi? - Jimin biroz hijolat bòlgancha rad etmoqchi edi ammo bòlmadi. Taehyung uni majburladi.

Jimin: Haligi... Men... sizlarga halaqit bermay qoya qolay.....

Taehyung: Qo‘ysang-chi Jimin sen ham bizning oila azoyimizsan. Sensiz kelajagimni baxtli kora olmayman.

Jimin: Lekin Tae...

Taehyung: BÒLDI! GAP TAMOM! BIRGA OVQATLANAMIZ! - Taehyungning qistovi bilan Jimin majbur birga ovqatlandi. Ovqatlanish vaqtida ham Jimin biroz ģamgindek tuyildi Juflikka. So‘ng Jungkook uni kayfiyatini kutarish uchun jig‘iga tega boshladi.

Jungkook: Hoy Jimin eslaysanmi togda ikkimiz birga qilichbozlik bilan shuģullangandek. - Jimin utmishni eslab mayin kuldi.

Jimin: Ushanda men sizni doim yutardim qumondonim. Axir menga jang qilishni Shahzoda Namjoon urgatgan.

Jungkook: Maqtanish emasu ushanda men atayin yutqazib berardim. Agar kuchimni korsatsam meni fosh qilishingizgan qo‘rqardim. Yana yarador ham edim. Shunday ekan sening ģalabang haqqoniy emasdi.
Jimin: Nima? Bilsangiz agar men yotqazishni yomon koraman ammo zinhor yarador odam bilan urishmas edim. Etibor bergan bolsangiz mengan asil kuchim ila siz bilan urishmadim. Shunday ekan " Menga raxim qilgan " deb uylang. Siz mening kechik zarbamga ham yiqilib qoladigan nimjon edingiz hi. - Jungkookning hiylasi ish berayotgandek Jimin òzini kuchli ekanligini aytib tortisha boshladi. Jungkook ham maydalashib u bilan tortishardi. Taehyung ularni bu holda korib òzini usha qadirdon Toģidadek his qildi. Usha paytda ham Jimin va Jungkook huddi shunday tortishardi edilar. Taehyung shu uylar ularni tortishuvni uzoq vaqt kuzatdi va ohiri oraga qo‘shilishga qaror qildi.

Taehyung: Agar shunchalik Òzingizni zòr deb bilsangiz ana maydon. Boringda kuch sinashing. Ushanda bilamiz kim ģolib bòlishini. Kim kuchli va kim kuchsiz ekanligini. - Taehyungni gapi ikkisiga ham birdek yoqdi. Ikkisi birga maydonga tushishni. Taehyung qòl rumolchasini yerga tashlaganda jang boshlandi. Jimin va Jungkook boshida shunchaki urishishdi hiddi bir biriga raxim qilgandek ammo keyin jang shiddatli bòla boshladi. Jungkook tinimsiz hujum qilardi Jimin esa epchillik bilan zarbalarni qaytarib orada bir juda kuchli zarba berardi. Albatta Jimin Jungkook òylaganidan ancha kuchli ekanligini isbotlardi. Jungkook ham orada kuchli zarba bilan Jiminga zarar berardi. Bir necha daqiqalardan Jungkook jangni durrang qilishi taklif qildi. Jimin ham rozi boldi.

Jungkook: Haq ekansan Jimin. Sen S darajali kuchli jangchisan.

Jimin: Siz ham juda kuchli jangchisiz Qòmondonim. Men sizga deyarli bor kuchimni ko‘rsatdim biroq siz asil jang uslubingizni menga ishlatmadingiz.

Jungkook: Shunchaki bu jang natijalari ikkimiz uchun ham noma'lum bo‘lib qolishini xoxladim.

Jimin: Unda bir kun bu nomalumlikdan qutiladigan kunni intizorlik bilan kutib qolaman. - Jungkook mana endi Jiminga qarab turib u bilgan Jimin biroz qaytganini his qildi va qilgan ishidan mamnun bòlib fahrlanib qoydi. Taehyung ham buni sizni va Jungkookni yanada qattiqroq sevishni bo‘shadi. Jimin kechgacha ularning uyida bòldi so‘ng Saroyga qaytib tuģri Ustozining xonasiga bordi. Ustoz Kang bu paytda nimadirnidir mutola qilayotgan edi.

Jimin: Hayirli kech Ustoz Kang! - Ustoz Kang hayron bolib Jimin tomonga qaradi. Chunki bunday paytda kanizaklar xosxaroyda bòlishi kerak edi. Jimin esa bu yerda.

Ustoz Kang: Hayrli kech Jimin. Bu yerda nima qilyabsan? Saroyda bo‘lishing kerak emasmi?

Jimin: Aslida saroyga borishim kerak edi biroq menga sizning yordamingiz kerak! - Jimin jiddiy ohangda gapirdi. Ustoz Kang esa havotir esa suradi.

Ustoz Kang: Qanaqa yordam? - Jimin tezda ustozining yonidagi kursiga utirib, ustozining qòllarini kafti orasiga oldi. Umid kòzlari bilan ustoziga qaradi. Uning bu harakati ustozini biroz chuchitgani rost.

Jimin: Ustoz aytingchi erkaklar ham xomilador bòla oladimi? - Jiminning bu savolidan so‘ng ustozi hayratda qoldi.

Ustoz Kang: Nima? Bu qanaqa axmoqona savol boldi? - Jimin yanada ustoziga yaqinlashdi.

Jimin: Ustoz! Iltimos menga yordam bering. Dòstim baxtli bolishi uchun bu savolga javob topishim kerak. Ayting erkaklar ham homilador bòla oladimi? - Ustoz Kim Jiminni naqadar jiddiy ekanligini bilgach biroz vaqt òylanib qoldi so‘ng Jiminga qaradi.

Ustoz Kang: Aslida bir yòl bor. Lekin bu yol sinab ko‘rilmagan. Shuning uchun juda havfli.- bu gaplardan so‘ng Jimin kòzlari olovdek chaqnab ketdi.

Jimin: Ustoz nima desangiz ham sòzsiz qilaman. Iltimos menga bu qanday bolishini o‘rgating. Bu men uchun juda muhim.

Ustoz Kang:.......
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
#_jeon_jeona_fanfic yozuvchi Park Minji