May 19

Patience and Love

2- qism

Oylar o‘tdi. Jimin va Yoongi bir-birini tez-tez ko‘ra boshladi. Avvaliga bu tasodifiy uchrashuvlar edi – bir kafe, bir savdo markazlar, bir kitob do‘koni. Keyin esa ular ataylab uchrasha boshladi.

Yoongi har gal ular uchrashganida Jiminga gul olib kelardi. Atirgul emas, balki oddiy dala gullari – sariq, oq, binafsha. “Senga o‘xshaydi,” – derdi u. Jimin esa birinchi marta o‘zini qadrlangandek his qilardi.

U gullarni olar, hidlar, va tabassum qilardi – Yoongi uning bu tabassumini ko‘rish uchun yana va yana gul olib kelardi.

“Siz juda mehribonsiz,” – dedi bir kuni Jimin. “Xotiningiz sizni nega sevmagan? Qanday qilib?”

Yoongi jim qoldi. “Balki men yetarlicha yaxshi emasdirman”

Jimin uning qo‘lini tutdi. “Yo‘q. Siz ajoyibsiz. Faqat u buni ko‘ra olmadi.”

Yoongi Jiminning ko‘zlariga qaradi. Ular birinchi marta bir-biriga qarab, sukutda “men seni sevaman” demoqchi bo‘lishdi. Ammo aytmadilar. Hali erta edi.

Boshqa tomonda esa – Taekook vayron bo‘layotgan edi. Hech bir suxbat avvalgidek yoqimli bo‘lmasdi. Ikkising gaplari bir joydan chiqmasdi. Jungkook Taehyungdan huddi Yoongi unga bergan mehri va e'tiborini xoxlardi. Ammo Tae har doim ham u xoxlagan narsalarni yaratib bera olmayodgandi. Taehyunda ham aynan shunday vaziyat edi. U Jungkookga qarab har gal Jiminning guzal chehrasini ko‘rardi. Huddi Jimin bergan mehri va e'tiborini Jungkookdan izlardi ammo Jungkook hech qachon Jimin bòla olmasdi.

Sòngi kunlarda esa Taehyung Jiminning o‘zgarganini his qilardi. U endi unga avvalgidek yalinmas, qayerdaligini so‘ramas, tongacha uxlamasdan kutmasdi. Doim sovuq momila qilardi. Taehyungga e'tibor bermas va doim telefonda kimdir bilan yozishardi. Har gal habar kelganida chehrasi yorishib ketardi.

“Nima bo‘ldi senga?” – so‘radi Tae bir kuni.

“Hech narsa,” – dedi Jimin. “Faqat charchadim.”

Boshqa tomondan Jungkook ham Yoongiga yaqinlashishga urinardi. U shirin so‘zlar aytar, kiyimlarini almashtirar, hatto oshxonaga kirib ovqat tayyorlashga urinardi.

“Menga qara,” – dedi bir kun u ishga ketayodgan vaqt qòlidan tutib. “Men o‘zgaraman. Meni sev. Va'da beraman.”

Yoongi unga qaramadi ham. Kastumini tuģirlab “Kechirasan. Men allaqachon charchadim. Endi hech narsa avvalgidek bòlmaydi. ”

U Jungkookning qo‘lini olib, ohista qo‘yib yubordi. Sòng jimgina uydan chiqib ketdi. Jungkook esa uning urtidan kòzlari yoshlangancha qarab qoldi.

.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
.
Muallif : Park Minji