The Black Enforcer's Enforcer
Bu muhim, butun dunyo hattoki o'zing ham o'zingga qarshi chiqganingda ham sen bilan butun dunyoga qarshi turadigan insonning bo'lishi...
Kafe
Mina: Janob meni kechiring men buni istamagan edim bu kutilmaganda sodir boʻldi.
Mijoz: Hoy qiz sen mening egnimdagi libos qancha turishini bilasanmi ? Bu sotib olib berishga qurbim yetadi deb oʻylaysanmi ?
Mina: Men sizga libos pulini boʻlib
boʻlib toʻlayman.
Mijoz: Bu haqida qahvani toʻkib yuborishdan oldin oʻylash kerak edi. Kel yaxshisi bunday qilamiz sen men bilan bir kechani oʻtkazib berasan men esa seni kechiraman sen juda ham goʻzal qiz ekansan menga yoqib qolding.
Mijoz shunday degancha Minaga yaqinlashdi. Va uning yuziga qoʻllarini olib bordi.
Suga shunday degancha mijozni toʻxtatdi.
Mijoz: Sen kim boʻlibsanki mening ishimga aralashasan. Yaxshisi borib lagʻmoningni ye.
Suga: Oʻsha pullarni senga men toʻlayman.
Mijoz: Menga pullar emas manashu sohibjamol qiz kerak.
Suga: Sen mening gaplarimni yaxshi eshitmading shekilli. Yaxshi boʻlmasa oʻzingdan koʻr.
Suga shunday degancha mijozni kaltaklay ketdi.
Mina: Iltimos bas qiling. Janob xozir uni oʻldirib qoʻyasiz.
Mina shunday degancha Sugani uni urushdan toʻxtatdi.
Mijoz shuncha kaltaklarga qaramay
Mijoz: Sen unga kim boʻlibsanki bizning ishimizga burningni suqasan.
Suga: U menga tegishli boʻlgan qiz. U meni himoyamdagi qiz.Chunarlimi.
Mina: Nima... Men hech kimga tegishli emasman. Sizga kelsak janob menga yordam berishingiz shart emas. Oʻsha libos pulini oʻzim toʻlayman.
Bir necha soat oldin.
Mina: Jin ursin bugun ham ishga kech qoladigan boʻldim acftobus ham kelaqolmaydi. Yaxshisi birozgina tezroq yursam ish joyimga ham yetib boraman.
Mina yoʻlda ketar ekan bir insonga turtilib ketdi.
Mina: Uzur janob meni ma'zur tuting.
Suga: Men hozirgina koʻrgan qiz juda ham latofatli edi. U juda ham goʻzal men uning koʻzlariga qaraganimda huddi oken tubiga gʻarq boʻlgandek boʻldim. Bunday holat menda birinchi marta boʻlishi. Odatda meni koʻrgan insonlar mendan choʻchir yoki qizlar sevib qolishar edi. Lekin bu qiz nega unday emas. U mening idealimdagidek
Mina Sugani eshitmasdan shoshib yugurib ketdi.
Suga: Men uning ortidan mashinada borishim kerak.
Xoʻsh demak U shu yerda ishlar ekanda. Men uni birozgina kuzataman.
Mina : Uzur xoʻjayin birizginaga kech qoldim.
Kafe boshligʻi : Ishinga biroz masʼuliyatli boʻlsang boʻlar edi.
Mina: Meni kechiring. Boshqa takrorlanmaydi.
Kafe boshligʻi : Boshqa takrorlanmasin. Borib ishingni boshla mijozlar kutib qoldi.
Mina shunday degancha ishga kirishib ketdi.
Mina: Salom hurmatli mijoz siz nimani istaysiz ?
Suga : Menga achchiq lagʻmon va suv bersangiz.
Mina: Yaxshi. Birozdan soʻng buyurtmangiz tayyor boʻladi.
Birozdan soʻng :
Mina: Marxamat janob sizning buyurtmanguz tayyor.
Suga: Chindan ham bu qiz menga eʼtibor qilmayabdimi ?
Suga: Kechirasiz siz buyerda soat nechigacha ishlaysiz?
Suga: Kafe soat nechida yopiladi ?
Mina Kafedan jaxli bilan chiqib ketar ekan Suga ham uning ortidan ergashdi.
Suga: Hoy toʻxta mendan jaxling chiqdimi.
Mina: Sen bilan hech nimani gaplashmayman.
Suga Minaning ortidan yetib oldi va uni oʻzi tomonga qaratdi
Suga : Bu bilan oʻzingni sharmanda qilganing qoladi.
Mina : Ablah.
Mina shunday. Degancha Sugaga tarsaki tushirdi va U yerdan ketdi.
Suga : Demak yaxshilikcha koʻnmayman degin. Mayli buni oʻzing istading.
Mina uyiga kelar ekan Uning otasi ichib olgan edi.
Mina: Dada yana mastmisiz men sizga necha bora aytganman ichmang bu sizning sogʻligʻingiz uchun zarar deb.
Minaning otasi : Seni men bilan ishing boʻlmasin. Uning oʻrniga sen ertaga uchrashuvga tayyorlan Seni erga beraman.
Mina: Men hali yoshman va oila qurishga tayyor emasman.
Minaning otasi: Sen yosh emassan 17 yoshdasan. Sendan tezroq qutilganim yaxshi onangning oʻlimida ham sen aybdorsan. Sen boʻlmaganingda onang hozr tirik boʻlgan boʻlar edi.
Mina ; Men buni istaganman deb oʻylaysizmi. Siz menga hech qachon mehr bermagansiz.
Mina yigʻlagancha hosiga chiqib ketdi.
Mina: Men bari tugashini istayman. Oyi oyijon nega menda bari bunday.
Mina koʻz yosh toʻkkancha uxlab qoldi.
Suga : Demak uying shu yerda .
Suga Minani olib qochib ketish rejasini tuzar edi.
Erta tong
Mina : koʻzlarimni ochar ekanman. Bari oʻz holida ekanini sezdim. Koʻzlarim ishganini bildirmaslik uchun yengil pardoz qilib ishga otlandim.
Mina uyidan chiqar ekan. Uni oldida katta va qora rangdagi furgon toʻxtadi va bir nechta qoʻllar chiqib Minani oʻsha furgon ichiga tortdi.
Mina: Xoy nimalar boʻlayabdi meni nima qilmoqchisizlar.
Mina tipirchilar ekan uning yuziga dastroʻmolcha tutildi va U hushidan ketdi.
Mina: Men koʻzlarimni ochar ekanman boshqa joyda ekanligimga amin boʻldim. Lekin qayer.
Mina oʻy hayollar chulgʻovida oʻtirar ekan xona eshigi ochildi va Suga kirib keldi.
Suga : Kutmaganmiding azizam.
Mina : Mendan senga nima kerak. Meni qoʻyib yubor.
Suga : Istamayman. Sendan menga oʻzingdan oʻzga hech nima kerak emas.
Mina : Sen kimsanki meni oʻgʻirlab ketasan va majburan ushlab turadigan.
Suga: Sen men haqimda eshitmaganga oʻxshaysan. Asosan insonlar meni koʻrishganida qoʻrquvdan dagʻ - dagʻ titirashar edi.
Suga : Sen Suga laqabi bilan tanilgan Mafia boshligʻi haqida eshitganmisan.
Mina : U haqida habarlarda koʻp aytishadi.
Suga : Oʻsha menman. Syurpriz.
Mina : Nima ??? . Sen oʻsha qonxoʻr Mafiya boshligʻimisan.
Mina : Mafia boʻlsang menga nima. Meni qoʻyib yubor. Men senga hech nima qilganim yoʻq.
Suga : Qoyil sen men haqimda eshitib ham qoʻrqmagan insonlardan birinchisan. Biroz avval aytganimdek menga faqat sen keraksan.
Sifat Minaga yaqin kela boshladi.
Mina : Menga tega koʻrma boʻlmasa...
Suga : Xoʻsh nima boʻlmasa baqirasanmi ? Qizaloq bu meni uyim qancha baqirsang ham hech kim senga yordam bera olmaydi.
Mina : Men sendan qochib ketaman.
Mina eshik tomon yugurdi ammo uni Suga ushlab oldi va devorga mahkamladi.
Mina : Mening tanam muzdek devorga tegib turar ekan. U menga juda ham yaqin turar edi. Uning koʻzlari meni lablarimga tushdi. Faqat bu emas.
Suga : Unda biror bir nuqson Uning lablari meni oʻziga huddi magnit kabi tortadi. Men bu lazzatdan baxramant boʻlishim kerak.
Mina : Men undan qutulishim zarur.
Mina shunday deya oldidagi stol ustida turgan vazani olib Suganing bosh qismiga qattiq zarb bilan urdi.
Suga : Ayyysh boshim jin ursin.
Suganing koʻzlari xiralashdi va polga yiqildi.