November 3

𝗦𝗜𝗡𝗦 𝗢𝗙 𝗧𝗛𝗘 𝗖𝗛𝗨𝗥𝗖𝗛 || 𝗞𝗧𝗛

𝗦𝗜𝗡𝗦 𝗢𝗙 𝗧𝗛𝗘 𝗖𝗛𝗨𝗥𝗖𝗛 || 𝗞𝗧𝗛 ep_1

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 : — 𝖠𝖲𝖳𝖱𝖠𝖫𝖥𝖥𝖢

𝗠𝘂𝗮𝗹𝗹𝗶𝗳: 𝗝𝘂𝗻𝗴𝘄𝗼𝗼𝗻

Mening ismim Kim Taehyung. Olti yoshimda oila a'zolarimdan ayrilganman. Shundan so‘ng maxfiy xizmat maktabida tahsil olganman.

U yerda har bir o‘quvchiga alohida raqam berilar, bu raqam tanasiga tatuaj shaklida tushirilardi. Maktabning rahbari ayol kishi edi. Bu joyni maktab deb atashning o‘zi noto‘g‘ri edi. U xuddi jahannamning o‘zginasi edi.

Direktor — Chxve Haerin. Uning qizi ham biz bilan birga tahsil olardi. Ammo u qizi o‘gay edi. Ularning ham tanalarida o‘z raqamlari mavjud edi.

Mening raqamim — XI

Direktorning qizi — IV.

Qiz bora-bora sevib qolgan yigiti esa — V.

Bizga doimo shafqatsiz amaliy topshiriqlar berilardi. Hatto odam o‘ldirishga ham majbur qilinardik. Bizni doim bir gap bilan ruhlantirishardi:

«Bu o‘yinda faqat g‘oliblar yashab qoladi!»

Har birimizga alohida raqib belgilanardi. Vazifamiz esa raqibni butunlay mag‘lub etish edi. Bu yerda rahm-shafqat degan tushuncha mavjud emasdi.

Direktor o‘gay qizini doimo o‘z farzandidek ko‘rsatardi. Biroq u qiz oddiy o‘quvchilardan keskin farq qilardi.

U inson tanasida murakkab operatsiyalarni amalga oshira oladigan yagona qiz edi. Uning g‘ayrioddiy qobiliyati shunchaki tibbiyot bilan bog‘liq emasdi. U odamlarning azobini o‘ziga xos tajribaga aylantirardi.

Eng dahshatlisi esa kamera edi.

Uning kamerasi sodir bo‘lgan voqealarni mutlaqo boshqacha ko‘rsatardi. Videoda hech qanday jarohat yoki operatsiya izlari ko‘rinmasdi. Go‘yoki hech narsa sodir bo‘lmagandek.

Ammo maxsus koloniya o‘quvchilari haqiqatni ko‘rishardi.

O‘sha odamlar esa boshidan o‘tkazgan azoblarini unutolmas, o‘zlari guvoh bo‘lgan voqealarni eslab yig‘lashardi. Oddiy insonlar uchun hammasi joyidadek ko‘rinsa-da, biz haqiqatni bilardik.

U oddiy qiz emasdi. U insonlar uchun yaratilgan haqiqiy jahannam edi.

Uning yigiti ham undan qolishmasdi. Shiddatli, shafqatsiz va eng yomoni, mening qulog‘imni kesib olgan o‘sha yaramas edi!

Nihoyat, hammamiz u yerdagi tahsilimizni yakunladik. Ammo IV va V bu joydan qochishga qaror qilishdi.

Direktor Chxve Haerin esa qiziga qarab:

— Men seni baribir topaman, qizim! — deya tahdid qildi.

Bularning barchasi mening ko‘z o‘ngimda sodir bo‘ldi.

IV va V ning bir o‘g‘il, bir qiz egizak farzandi bor edi. Ular bolalarini olib qochishga urinishdi. Ammo ularni tutib olishdi. Shunga qaramay, IV va V ustun kelib, qochishga muvaffaq bo‘lishdi.

IV onasiga qarata o‘q uzmoqchi bo‘ldi, ammo buni uddalay olmadi. U qurolni direktorning qo‘liga qaratib o‘q uzdi. Chxve Haerinning qo‘lidan qon sizib chiqa boshladi.

Men esa aynan shu vaziyatdan foydalanib, u yerdan qochdim.

Oradan vaqt o‘tdi...

Men cherkovda ruhoniy bo‘ldim. Endi odamlar meni kunduz kunlari ruhoniy sifatida tanishadi.

Ammo tun tushishi bilan mening qiyofam o‘zgaradi.

Chunki kunduzgi Taehyung bilan tungi Taehyung — mutlaqo boshqa insonlar!

Men tunda cherkovga shom paytda kelgan qizlarni olib qolib yoki boʻlmasa tungi farishtalarni chaqirardim

—Men seni bugn quvotiraman ogʻriq tanangda jipslasguncha ! Osmonga uchasan to ogriqdan duo tilovat qilmaguningcha.

Deya ularga dalda berardim

Roxib

Men shuni anglardimki cherkovda katta gunox qilayotganimni...

Endi men va usha qiz va yigit ortasida katta urush boshlanishi hamma xavf-hatarlar bartaraf etilishning yagona yoʻli edi.

Ular olib qochgan egizak qizlar va men boqimandamga olgan sho‘x qiz o‘rtasidagi g‘ayritabiiy o‘xshashlik esa biz tahsil olgan maxsus maktabning hali ham ortimizdan kelayotganini anglatardi.

Demak, o‘sha jahannam hali ortda qolmagan edi...