November 5

𝗗𝗔𝗗𝗗𝗬'𝗦 𝗢𝗕𝗦𝗘𝗦𝗦𝗜𝗢𝗡

𝗗𝗔𝗗𝗗𝗬'𝗦 𝗢𝗕𝗦𝗘𝗦𝗦𝗜𝗢𝗡 ep1

Mening qizim — Yoona.

Men hali oila qurmagan edim. Ammo bir kuni Leonera ismli bechora ayolga uylandim. Uning bir nafar qizi bor edi. Afsuski, turmush qurganimizga hali bir oy ham bo‘lmasdan, Leonera og‘ir saraton kasalligi sababli olamdan ko‘z yumdi.

Uning go‘zalligi esa qizi Yoonaga meros bo‘lib o‘tgandi.

Yoona endigina 11-sinfda tahsil olayotgan o‘quvchi edi.

Onasining vafotidan so‘ng u bilan bir uyda yashay boshladik. Biroq vaqt o‘tgan sayin Yoona mendan tobora ko‘proq nafratlanar, hatto mendan jirkanishini ham yashirmasdi. U meni hech qachon o‘z otasining o‘rnida ko‘rmasdi.

Oradan yana ikki kun o‘tgach, Yoona 18 yoshga to‘lardi.

Uning salomatligi men uchun hamisha birinchi o‘rinda edi. Uning yaxshi yashashi, hech narsadan kam bo‘lmasligi uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilardim.

Yoona K-pop olamiga, ayniqsa, BLACKPINK guruhiga qiziqardi. Ularni doim kuzatib borar, ular haqida yozilgan hikoyalar va fanfiklarni tinimsiz o‘qirdi. Bora-bora bu olamga shu qadar berilib ketdiki, virtual hayot uning uchun haqiqiy hayotdan ham qiziqarliroq bo‘lib qoldi.

Unga real hayot zerikarli, virtual olam esa cheksiz imkoniyatlarga boydek tuyulardi.

Yoona maktabda ham qo‘pol muomala qila boshladi. Uning ustozlari esa bu borada menga tez-tez murojaat qilishardi.

Qizimga nisbatan qalbimda qandaydir iliqlik, otalik mehriga o‘xshash tuyg‘u uyg‘ona boshlagan edi. Uning kelajagi va tarbiyasi haqida ko‘proq qayg‘urardim.

Bir kuni maktabdan qo‘ng‘iroq qilishdi va meni suhbatga chaqirishdi.

Direktor: — Janob, qizingizning so‘nggi paytlardagi xatti-harakatlari bizni jiddiy tashvishga solmoqda.

Men: — Tushunaman. Ammo aynan qanday muammo yuzaga keldi?

Sinf rahbari: — Yoona darslarga qiziqmayapti, ustozlari bilan qo‘pol gaplashmoqda. Bir necha bor ogohlantirdik, ammo hech qanday o‘zgarish yo‘q.

Men: — Uyda ham uning xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni sezganman. Sizningcha, nima qilishimiz kerak?

Direktor: — Hozircha unga alohida e'tibor va nazorat kerak. Balki uyda ta'lim olish unga biroz qulaylik yaratib berar.

Men: — Yaxshi, bu masalani o‘ylab ko‘raman. Uning ta'limdan ortda qolishini istamayman.

Shu suhbatdan so‘ng Yoona bilan maslahatlashib, uni uy ta'limiga o‘tkazishga qaror qildik.

Uni uy ta'limiga o‘tkazdik. Biroq Yoona uyda ta'lim olishga unchalik ham rioya qilmasdi. Har kuni ertalab uydan chiqib ketar, kechqurun esa soat 22:00 larga yaqin qaytib kelardi.

Dastlab bunga unchalik e'tibor bermadim. Ammo kunlar o‘tgan sari uning bu yurishlari menda shubha uyg‘ota boshladi.

Qayerga borardi? Kimlar bilan vaqt o‘tkazardi? Nega har kuni uyga bunchalik kech qaytardi?

Bu savollarning hech biriga javob topolmayotganim meni tobora ko‘proq o‘ylantirardi.

Men unga nisbatan qandaydir sevgi muxabbay paydo boʻla boshladi

Kunlar oʻtib u menga kelib shunday dedi ........