November 7

𝗕𝗼𝗸𝗶𝗿𝗮 || 𝗠𝗬𝗚

𝗕𝗼𝗸𝗶𝗿𝗮 || 𝗠𝗬𝗚

Episode ~1

Kanal: — ASTRALFFC
Muallif : Jungwoon Kwon

Naxot taqdir meni oʻgay onam bilan yuzma yuz qilsa, xatolar etsam ne boʻlur Onajon !

Italia 1867- yil

Italiya, 1867-yil.

Onam va dadam zo‘rg‘a kun kechirayotgan paytlar edi. Oilamiz oddiy savdogarlar oilasi bo‘lib, boylik orttirishdan ko‘ra, halol mehnat bilan yashashga intilardik.

Vaqti kelganda Fransiyaga, ba’zan esa Rimga borardik. Sababi biz savdogar edik. Kasbimiz taqozosi bilan turli mamlakatlarga sayohat qilishimiz, har bir yurtda yangi narsalarni o‘rganishimiz va dunyoqarashimizni kengaytirishimiz zarur edi.

1865-yilda Italiyada ichki siyosiy nizolar yuzaga kela boshladi. Mahalliy to‘qnashuvlar va qurolli qarama-qarshiliklar asta-sekin kuchayib borardi.

Oradan ikki yil o‘tib, 1867-yilga kelib, Italiya, Fransiya va Rim o‘rtasidagi siyosiy ziddiyatlar yanada keskinlashdi. Bu esa savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi oilamiz hayotiga ham ta’sir ko‘rsata boshladi. Ilgari bemalol safar qilgan yo‘llarimiz endi xavfli, savdo aloqalarimiz esa tobora murakkablashib borardi.

Va nihoyat, 1867-yilning sovuq dekabr oyida men dunyoga keldim. Bu paytda Italiyada siyosiy vaziyat hamon notinch, xalq orasida esa kelajak borasidagi xavotirlar kuchli edi.

Onam va dadam uchun mening dunyoga kelishim og‘ir kunlar orasidagi kichik bir quvonch bo‘ldi. Ular menga yaxshi kelajak tilashardi, ammo o‘sha davrda bizni oldinda qanday sinovlar kutayotganini hali hech kim bilmasdi.

Min Yoongi

Vaqt o‘tishi bilan onam urush girdobida qolgan savdogarlar orasida «sotqin» degan nom chiqardi. Uning kimga va nima sababdan xiyonat qilgani haqida turli mish-mishlar tarqaldi. Bir paytlar hurmatga sazovor bo‘lgan oilamiz endi shubha va nafrat bilan qarshi olinadigan bo‘ldi.

Onam esa bu ayblovlarga qarshi sukut saqlardi. Uning ortida qanday sir yashiringanini o‘sha paytda men ham, dadam ham bilmasdik.

Oxir-oqibat, onamni sotqinlikda ayblaganlar uni qatl etishga qaror qilishdi. Men hali juda yosh edim. Onamni mendan tortib olishdi va men uning qaytib kelmasligini o‘sha dahshatli kundan keyingina angladim.

O‘sha kundan boshlab hayotimiz butunlay o‘zgardi. Endi oilamizning na avvalgidek tinchligi, na avvalgidek kelajakka umidi bor edi.

Italiya, Fransiya va Rim o‘rtasidagi urush hamda siyosiy nizolar davom etayotgan bir paytda otam bor kuchi bilan hokimiyat tepasiga ko‘tarilish uchun harakat qildi. U yo‘lidagi barcha to‘siqlarni bartaraf etib, hokimiyat tepasidagi ko‘plab kishilarning o‘limiga sabab bo‘ldi.

Nihoyat, 1868-yilda otam hokimiyatni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa oilamiz avlodlari orasida yangi davr boshlandi.

Ammo onamning o‘limidan keyin otam butunlay o‘zgargandi. U har tun kanizaklarini chorlab, bazm-u maishat bilan vaqt o‘tkazardi. Saroyimiz tashqaridan dabdabali ko‘rinsa-da, uning ichida tobora ko‘proq sirlar va iztiroblar yashiringan edi.

Shu tariqa otam butun Italiya ustidan hokimiyatini mustahkamladi. Uning boyligi, obro‘si va ta’sir doirasi kundan-kunga ortib borardi. Saroyida kanizaklar, xizmatkorlar va turli martabali kishilar ko‘paydi. Shunga qaramay, otamning shijoati va hokimiyatga bo‘lgan ishtiyoqi hali ham so‘nmagan edi. U o‘zini hali butun mamlakatni boshqarishga qodir inson deb bilardi.

Ammo bir kun kelib, otam butun boyligi, hokimiyati va yillar davomida erishgan mavqeidan voz kechishga qaror qilishini hech kim kutmagandi. Buning sababi esa atigi birgina ayol edi.

To‘g‘risi, u hatto yetti uxlab tushimga ham kirmagan voqea edi. Butun Italiyani qo‘lida tutgan insonning taqdiri bir ayol sabab o‘zgarishi mumkinligini xayolimga ham keltirmagandim.