IT-STUDY platformasi bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi
2025-yil 22-aprel kuni soat 14:00 da Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetining "Yuridik" fakultetida ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar uchun "IT-STUDY" platformasida ta’lim olish imkoniyatlariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — talabalarga raqamli savodxonlikni oshirish, axborot texnologiyalari sohasida chuqur bilim olishga ko‘maklashish va IT sohasida mavjud onlayn o‘quv imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berishdan iborat bo‘ldi.
Seminarni Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti tayanch doktoranti Usmonqulov Jo‘rabek olib bordi. U o‘z taqdimotida "IT-STUDY" platformasining imkoniyatlari, foydalanish bosqichlari, ro‘yxatdan o‘tish tartibi va bepul ta'lim olish imkoniyatlari haqida atroflicha ma'lumot berdi.
Shuningdek, talabalarga IT sohasidagi kasblar, ularning istiqbollari va ushbu platforma orqali o‘zlashtirilishi mumkin bo‘lgan dasturlar haqida ham misollar asosida tushuntirishlar berildi. Seminar interaktiv ruhda o‘tdi — talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, mutaxassisdan bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga platformaga kirish bo‘yicha qo‘llanmalar va maslahatlar berildi hamda ushbu imkoniyatlardan faol foydalanishga chaqirildi.