Davronbek Jo‘raboyevning “shaxsiy o‘yin” uchun tayyorlagan barcha savollari.
10. U singlisi Sharka va akasi Mixal bilan uch egizak bo‘lib tug‘ilgan. Uch egizak boʻlgani uchun uning bosh suyagi zaifroq edi. U kim?
20. 1921-yilgi adabiyot bo‘yicha nobel mukofoti sovrindorini adashtirmasdan aytib bering?
30. Bu ummatning Luqmoni Hakiymi deya nom olgan sahoba?
40. 1884-yil 8-noyabrda Shvetsariyani Syurix shaxrida tug‘ilgan psixiatr. Siz yuqoridagi ma'lumotlarga qarab uning ism familyasini ayting?
50. Asl U 1961-yilda Shotlandiyaning Pertshir shahridagi Kupar Angus yaqinidagi fermada topilgan Syuzi ismli oq qoramol mushuk edi. Syuzining quloqlari o‘rtasida g‘ayrioddiy burma bo‘lib, uni boyqushga o‘xshatib qo‘ygan. Uni toping?
10. Rosululloh sallollohu alayhi vassalamning havoriysi kim?
20. Bu ummatning amiyni (eng ishonchli kishisi) deb nom olgan inson?
Javob: Abu Ubayda ibn Jarroh r.a
30. Qo‘shin ichida ovozi mingta kishining ovozidan yaxshi bo‘lgan sahoba?
40. Yuzta otliq askarga tenglashtiriladigan sahoba?
50. Janozasiga osmondan yetmish ming farishta tushib ishtirok etgan va qabridan miskni hidi tarqalgan sahoba?
10. U 2010-yilning fevral oyida Liverpul bilan 450 000 funt sterling evaziga shartnoma imzolagan edi. U kim?
20. U o‘zining xalqaro debyutini 2009-yilda o‘tkazdi va U o‘z terma jamoasida 2012-yilgi Yozgi Olimpiada o‘yinlari ruxsat etilgan uchta katta yoshli o‘yinchilardan biri sifatida o‘ynaganida xalq e'tiboriga sazovor bo‘ldi. U kim?
Javob: Hulk (Givanildo Vieyra de Sousa)
30. U 2020-yil 5-dekabr shanba kuni 83 yoshida vafot etdi.
40. U 2022-yilning 5-iyulida 34 yoshida “Shalke 04”ning yangi o‘yinchisi sifatida e’lon qilindi. Kim?
50. U Ispaniya terma jamoasi uchun 16 yoshdan 23 yoshgacha boʻlgan har bir yosh toifasida 49ta o‘yinda maydonga tushadi va 2020-yilgi Olimpiya turnirida kumush medalni qoʻlga kiritdi. Uni multqahramonga aloqasi yo‘q?
4) Mavzu: Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti
10. Bu chol 1931-39-yillari ispan xalqining milliy ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashadi. Kim?
20. Bu inson romannavis, bastakor, dramaturg, rassom, qissanavis, esseist, vokalist va aktyor 1.5 mlrd aholini doimiy ardog‘ida. Kim?
30. 1875-yil 6-iyun Lyubek shaxrida tug‘ulganman. Men kimMAN?
40. 1907-yilda nobel mukofoti sovrindori bo‘lgan bu YOVVOYIning yoshligi Hindistonda o‘tgan. Kim?
50. Bu TINCHliksevar Ikkinchi jahon urushi yillarida "Pravda" gazetaning harbiy muxbiri boʻlgan. 1965-yil nobel mukofotini qo‘lgan kiritgan.
5) Mavzu: Yopiq [Yil fasllari]
10. Uni o‘zgarishi Yer aylanish oʻqining orbita (Yerning Quyosh atrofida aylanish yoʻli) tekisligiga nisbatan ogʻishganligi (66°33’) sabab boʻladi.
20. 2003-yil rejissor Kim Ku Duk tomonidan olingan film nomini toping?
Javob: bahor, yoz, kuz, qish va yana bahor
30. 1875-yilda yozilgan “Yil fasllari” nomli asar muallifi aynan shu inson?
40. 1526 yoki 1527-yilda tug‘ilgan bu inson to‘rt fasl to‘g‘risida yaratgan asarlari bilan mashxur?
50. AQSHning illinois shtatida joylashgan mavzuyimizga mos tushuvchi shaharni ayting?
10. "U"ning dastlabki versiyasi "Muhandis tuyog‘i" , "Qora sehrgar" nomlari bilan atalgan. Ushbu versiyalar muallif tomonidan yo‘q qilingan. Bu asar Finlandiyada "Moskvaga shayton keldi" degan nom ostida bosib chiqarilgan.
20. Dunyodagi birinchi U Xitoyda Xan imperiyasi davrida (miloddan avvalgi 202-yildan 200 yilgacha) ixtiro qilingan. Xitoylik dastlabki U sifatida magnit rudasidan foydalanilgan. Siz bu savolni topishda to‘g‘ri yo‘ldan borasiz degan umiddaman?
30. Dastlabki Ular Qadimgi Gretsiya teatrlarida foydalanilgan niqoblar. Ular yogʻoch, sopol va boshqa materiallardan qilingan. U?
40. Sizga bir ko‘rsatkich bo‘yicha dastlabki uchta mamlakatni o‘qib beraman.
1. Hindiston — haftasiga 10,7 soat.
2. Tailand — haftasiga 9,4 soat.
bu ro‘yxat qanday ko‘rsatkich bo‘yichaligini ayting?
50. (Davom etamiz) Dastlabki U Fransiyada 1837-yil chop etilgan. Uni aniq ayting?
Javob: Brayl alifbosidagi kitob
10. Buxoro Amirligining so‘nggi Amiri kim bo‘lgan?
20. Uilyam Sidney Porter qalamiga mansub mavzuyimizga mos tushuvchi hikoyani ayting?
30. 1944-yil iyul oyining oxirgi kunida razvedka parvozidan qaytmagan. Ammo 1998-yil Marsel yaqinida baliqchi dengizdan unga tegishli bilaguzukni topadi, bir necha yildan keyin esa samalyot qoldiqlari, bu samalyotda uning so‘nggi parvozi amalga oshirilganligini tasdiqlaydi. U inson kim?
Javob: Antuan de Sent Ekzyuperi
40. Erik Artur Bleirning mashxur asarini davomi sifatida yangi asarni qoralama variantini shunday nomlaydi. Asar nomini ayting?
Javob: Yevropadagi so‘nggi odam
50. Anna Gyoldi 1734-yil 24-oktyabr shvetsariyaning zennvald komunnasida tug‘ulgan. U jodugarlik uchun o‘limga hukm qilingan so‘nggi yevropalik ayol sifatida mashxur. Uning boshqa laqabini aniq ayting?
Javob: Shveytsariyadagi so‘nggi jodugar
10. Yaponcha "bo‘sh orkestr" deb ayting?
20. Grekcha "ikki xil hayot kechiruvchi" deb ayting?
30. Fransuzchada "odamlarni tashuvchi ot qoʻshilgan yengil arava, faytun" deb ayting?
40. Janubiy korea tomonidan 2004-yil 24-noyabr 2005-yil 25-may oralig‘ida chiqqan bu seriel taxminan 1,8 million AQSh dollari foyda keltirdi. Siz serial nomini emas, arabchadan tarjima qilinganda serial nomi bn bir xil tarjima qilinadigan so‘zni yozib bering?
Javob: Admiral (Dengiz Hukmdori)
50. Fransuzcha "yogʻoch kovush bilan taqillatmoq" deb ayting?
10. Bu so‘z lotinchadan "hokimiyat" degan ma'noni anglatadi.
Javob: Imperiya [Matritsa Im pe ri ya]
20. Bu inson 1938-yil 19-iyun Tibilisida tug‘ulgan 2023-yil 15-yanvarda tibilisida vafot etgan. Biz uni qaysi ism bilan taniymiz?
Javob: Mimino (Vaxtang Kikabadze)
30. U fanning turli sohalarida - astrofizika, kosmik nurlar, kvant tunnel effekti hodisalari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bordi. U fan tarixida birinchilardan bo‘lib, qora tuynuklarning mavjudligi haqida fikr bildirgan edi. U kim?
40. 2016-yil Paolo Koelo tomonidan Unga atalgan kitobi chiqadi. Bu kitobda Uning Parijdagi sud jarayoni (kuchli ayblov dalilisiz) qadar Java yoki Berlin kabi jumboqli sayohatlari tasvirlangan. Bu kitob kimga atalgan?
50. Usmonli turk imperiyasida davlat xazinasidan maosh olib turgan muntazam piyoda qoʻshinlar. "Islom sherlari" yoki "yangi qo‘shin", "yangi janchilar" ma'nosini beradigan askarlar?
10. Andrzej Duda hozir u hisoblanadi?
20. Bu ibora ko‘r-ko‘rona o‘z yo‘lboshchisi yoki yetakchisiga ergashgan holda, o‘limga yoki “jarlik”ka qarab ketayotgan olomonga nisbatan ishlatiladi.
30. Taxminan Uning balandligi 3 m, tagligining diametri 15 metr 54 santimetrga teng, og‘ish burchagi esa 3.97 gradus. U?
40. Kichik Jon Ueyn Geysi — amerikalik seriyali qotil. O‘tgan asrning 70-yillarida 33 ta o‘smir yigitni o‘g‘irlab ketib, o‘ldirishda ayblangan. Jonni "Masxaraboz-qotil" deb atagan. Taxminlarga ko‘ra uni shunday atashadi. Qanday?
50. XIII asrda germanlarning Hameln (Gameln) shahrini kalamushlar bosib, aholi aziyat chekayotganda Surnay ko‘tarib olgan U surnayida chalgan musiqasi yordamida shahardagi barcha kalamushlarni o‘ziga ergashtirib Vezer daryosiga olib boradi va u yerda hamma kalamushlar suvga cho‘kib ketadi. Uning ism familyasi?
11) Mavzu: Matritsada poytaxt shaxarlar
10. Qaychi yordamida qog‘ozdan turli shakllar va taklifnomalar yasash sanʼati shunda ataladi. Qanday?
20. Ingliz yozuvchisi, dramaturg. 1871-yilda diniy maktabni tugatgach, birmuncha vaqt ruhoniy boʻlib ishlagan. 1876-yilda Londonga koʻchib borib, jurnalistika va badiiy ijod bilan shugullangan. U kim?
30. Bu tuman 1926-yil sentabrda tashkil etilgan. Maydoni 1,75 ming km². Aholisi 272,1 ming kishi (2022). Qaysi tuman?
40. Hududining katta qismi Indoneziya tarkibida, shimoliy va shimoliy-gʻarbiy qismi Malayziya va Bruney davlatlari hududida joylashgan orol?
50. U Marokashning janubi-g‘arbiy qismidagi Duar Aghbalou shahrida tug‘ilgan va shuning uchun Marokash fuqaroligiga ega. U Marokash an'analari bo‘yicha o‘n birinchiga turmushga chiqdi, chunki u Marokash axloqi va qadriyatlariga qat'iy ishongan. Er-xotin uzoq vaqtdan beri uchrashishardi, lekin ular o‘z munosabatlarini sir tutdilar. U kim?
10. Bu inson 2004-2013-yillarda Gruziyani prezidenti lavozimida ishlagan.
20. Uning tarkibida 88 % suv, 9 % uglevodlar, 2 % protein va 0,4 % yogʻ (stol) bor. Uning 100 grammida 40 kaloriya mavjud va S vitamini va B6 vitaminining boy manbaidir. U nima?
30. Dunyodagi eng quruq davlat deb tan olingan davlat, 99% cho‘llardan iborat. Qaysi?
40. Payg‘ambarimizning ismlari biri, toj ma'nosini bildiradi?
50. Dunyodagi eng uzun dumli va uzun sochli ot laqabi aynan shunday.
10. Uni goʻdaklik chogʻida, halok boʻlishi bashorat qilingan. Uning oʻlimiga yoʻl qoʻymaslik uchun onasi unga tengsiz kuch taqdim etishi kerak boʻlgan daryoga olib borgan. Uning tanasini suvga botiradi, lekin uni tovonidan ushlab turgan joyi daryo suviga tegmasdan qoladi. Bu qaysi mashxur iborani kelib chiqishi haqida?
20. Bu til xinduyevropa tillari oilasi tarkibiga kiruvchi til bo‘lib, Bu tilda jahon miqyosida 4 mlnga yaqin inson soʻzlashadi.
30. 1912-yil 23-iyunda Londonda tug‘ulgan bu inson Ikkinchi jahon urushida nemislarning „Enigma“ nomli maxfiy shifrlovchi mashinasini buzishni uddalagan. Siz uni odamligingizni isbotlash uchun ham topishingiz shart?
40. Tomas Jefferson Virjiniya unversiteti uchun uni qurdi. U 1827-yilda qurib bitkazilgan, ammo 1939-yilda yaqin atrofda Alderman kutubxonasi qurilganidan keyin buzib tashlangan. Uni ayting?
50. Aliy ibn Abu Tolibning kunyalari qanday edi?
Javob: Abu Turob (tuproq otasi)
10. (Yuz ballik) Bu effekt psixologik ta'sir bo‘lib, bunda kimgadir yaxshilik qilgan odam, yana o‘sha odamga yordam berish ehtimoli ko‘proq. Odamlar o‘zlariga yaxshilik qilganlarga qaraganda, o‘zlari yordam ko‘rsatganlarga nisbatan yaxshiroq munosabatda bo‘lishadi. Qaysi effekt?
Javob: Benjamen Franklin effekti
20. Bu insonning xatti-harakatlari va tashqi ko‘rinishi boshqalar eʼtiborida ekanligini ortiqcha baholash tendensiyasidan iborat bo‘lgan psixologik effekt. Qaysi?
30. Bu savdoda ishlatiladigan termin bo‘lib, bunda do‘konlardagi tovarlar, oralarida bo‘sh joylar qoldirilib javonlarga joylashtiriladi. Effekt, xaridorlarda ushbu tovarga katta talab mavjudligi fikrini paydo qilish va ayni damda javonlarda qolganini, tezroq xarid qilish hissini uyg‘otish orqali ishlaydi.
40. Javobning yoki fikrning, bir savol yoki mavzu yuzasidan bo‘layotgan muhokama tugagandan so‘ng, hayolga kelishi. Misol sifatida, zakovatchilarning 1 daqiqa tugaganidan so‘ng, to‘g‘ri javobni aytishlari yoki eslashlarini keltirish mumkin. Qaysi effekt?
Javob: “Fransuz zinapoyasi” effekti
50. Psixologik hodisa bo‘lib, unda odamlar robot, virtual obyektlar, gadjetlarga hissiy jihatdan qaram bo‘lib qoladilar. Hattoki telefoningizdagi biror bir dasturga bog‘lanib qolishingiz ham bu effektga misol bo‘la oladi. Qaysi?
10. Uning Bosh Shtab kvartirasi Gudvud, G‘arbiy Sasseks, Angliyada joylashgan. U?
20. "Bu" atama 13-asrda Novgorodda grivna [uzunligi 20 sm, ogʻirligi 200 g ga yaqin boʻlgan kumush quymasining kesilgan yarim boʻlagi nomi tarzida paydo boʻldi. U 1992-yildan muomalaga kiritilgan. U?
30. U sobiq Afg‘oniston podshohi Muhammad Zohirshoh janoblariga hadya qilinganligi to‘g‘risida aytilgan. Uni emas unga nima deb yozilganini ayting?
40. L. Betxoven, Mikelanjelo, Lev Tolstoy, Mahatma Gandi kabi buyuk kishilarning badiiy biografiyasini yozgan inson kim?
50. 11-oktabr 1884-yilda Nyu york shahridagi 37-koʻchaning gʻarbiy tomonidagi 56-uyda Elliot va Anna Xoll oilasida tugʻilgan. U 1905-yilda amakisini o‘g‘liga turmushga chiqadi. Uni mavzuga moslab ayting?
Javob: Ruzvelt rafiqasi (Eleonor Ruzvelt: Teador Ruzveltni jiyani va Franklin Delano Ruzveltni rafiqasi hisoblanadi)
10. 1790-yil 29-martda Virjiniya shtatining quldor oilasida tug‘ilgan. 1841-yilda oʻninchi vitse-prezident lavozimida qisqa muddat ishlagan. U Prezident William Henry Harrison oʻlimidan soʻng prezidentlik lavozimini egallagan. U kim?
20. Bu prezident 6 oy davomida AQShni boshqargan. Respublikachilar partiyasi aʼzosi boʻlgan U AQSh tarixida prezident etib saylangan yagona Vakillar palatasi aʼzosi boʻlgan.
30. U 1872-yil 4-iyulda Vermont shtatining Plimut Notch shahrida tug‘ilgan, mustaqillik kunida tug‘ilgan yagona AQSh prezidenti. Uni initsialda ayting?
40. U Illinois shtatining Tampico shahrida qasshoq oilada dunyoga kelgan. Uning otasi oʻgʻliga niderlandcha soch turmagi ortidan “niderland” deb laqab qoʻygan. U kim?
50. Oila afsonasiga koʻra, bola uchun “bu” ismini qoʻyishni uning oʻgay buvisi Sara Simpson taklif qiladi. U bu ismni Fenelonning “Telemakning sarguzashtlari” romaniga katta taassurot qoldirgan personaj — Odisseydan olgan. va “Hayrem” ismini esa bobosi Jon Simpson qoʻygan.
10. Qorong‘ulikdan yoki tundan qo‘rqish nima deb ataladi?
Javob: Niktofobiya yoki skotofobiya
20. Peniafobiya nimadan qo‘rqish?
Javob: kutilmagan qashshoqlikdan qo‘rqish.
30. Chuqurlikdan qo‘rqish. Ushbu fobiyaning paydo bo‘lishiga insonning suv bilan bog‘liq qandaydir baxtsiz hodisaga uchrashi sabab bo‘ladi. Qaysi?
Javob: Batofobiya (Bath phobia)
40. Tripanofobiya nimadan qo‘rqish?
Javob: Ukol qabul qilishdan qo‘rqish.
50. Kionofobiya nimalardan qo‘rqish?
Javob: qordan, sovuqdan va muzdan qo‘rqish.
10. U 1964-yilgi Tinchlik bo‘yicha nobel mukofotini laureati hisoblanadi.
20. Bu "Martin" 1909-yil amerikada "dunyoga kelgan". Angilyada emas.
30. Youtube tizimida U so‘rovi bo‘yicha eng mashhur 5ta videorolik naq 6 598 248 marta tomosha qilindi. Uning bo‘yi 176 santimetrga teng. Bu o‘z kumiri - Leo Messidan 7 santimetr novcharoq ekanligiga dalolat.
40. Bir kuni Yan Fleming bir muhlisidan xat oldi, xatda muhlis Bondni munosib "partnyor" bilan ta'minlashni so‘radi va unga ushbu rolni taklif qiladi. Yan Fleming maktubni o‘qidi va 1957-yilda nashr etilgan kitobda "U" paydo bo‘ldi. "U"ni ayting?
50. 1996-yil 14-mayda tug‘ulgan Niderlandning instagramm sahifasida 15.6mln obunachisi bor. Uning "Hayvonlari" esa you tube sahifasida 1.6 mlrd ko‘rishlar soniga ega. U?
19) Mavzu: Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti
10. Adabiyot bo‘yicha Nobel 1-sovrindori aynan shu inson?
20. Uning hayotining dastlabki bir necha yillarida ota-onasidan uzoqda boʻlganligi sababli uning erta rivojlanishiga bobosi va buvisi juda kuchli taʼsir koʻrsatgan. "Papalelo" deb atagan bobosi Ming kunlik urushning liberal faxriysi edi. U kim?
30. 1874-yil 30-noyabrda tug‘ulgan bu inson Romeo va Julyettani yozmagan. Kim?
40.4 1940-yil adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini kim qo‘lga kiritganini TOPA olasiz degan umiddaman?
Javob: Xech kim (o‘sha yili nobel berilmagan)
50. 1948-yil 31-mayda tug‘ulgan bu AYOL URUSHDAN YIROQ bo‘lganligi aniq?
Izoh: Urushning ayoldan yiroq qiyofasi asari.
10. Qotil 1914-yil 28-iyunda o‘ljasi va uning xotiniga o‘q uzadi. Qotil qamoqning to‘rtinchi yillida tuberklyozdan vafot etadi. Qotil kim?
Javob: Gavrilo Prinsip (Frans Ferdinandning qotili)
20. 1940-yil, 20-avgustda U o‘z maqolasini ko‘rsatish bahonasi bilan, o‘ljasining Meksikadagi villasiga kiradi. Jabrlanuvchi maqolani o‘qiyotgan paytda, U muzyorar bilan boshiga urib jabrlanuvchini o‘ldiradi. U kim?
Javob: Ramon Merkader (Trotskiyning qotili)
30. O‘zi ham asli yaponiyalik qizga uylanadi. 1980-yil, 8-dekabrda Qotil besh soat jabrlanuvchini uyini yonida kutadi, "Jabrlanuvchi" kelgach unga naqd besh marta o‘q uzadi. Buning sababini so‘rashganda, u shunchaki mashxurlikka erishishni istaganligini aytadi. Bu kim?
Javob: Mark Chepmen (Jon Lennonning qotili)
40. U 1793-yil 13-iyulda o‘ljasi bilan "kelishuv" amalga oshirish bahonasi bilan ko‘rishishga keladi. Uning uyiga kirgach oshxona pichog‘i bilan, vannada yotgan o‘ljasini yuragiga urib uni o‘ldiradi. U kim?
Javob: Sharlotta Korde (Jan Pol Maratning qotili)
50. U 1881-yili "Bulldog" revolverida o‘ljasiga o‘q uzadi. 30-iyunda U jallod qarshisida juda ham hursand ekanligini ko‘rsatadi, hattoki so‘ngi sóz sifatida o‘z she'ridan misra ham o‘qib bergan. U kim?
Javob: Sharl Gito (Garfildning qotili)
21) Mavzu: Matritsada takrorlanuvchi bo‘g‘inlar.
10. Bu so‘z qadimgi yunoncha „Soʻzni sevish“, „Soʻzga mehr“ degan ma'noni anglatadi. Qaysi so‘z?
20. O‘qishdan, yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdan qo‘rqish aynan shunday ataladi?
30. Amur Temur bir qishloqda bo‘lganida ajoyib hodisaga duch keladi. Bir sotuvchi tarozida molini sotishdan oldin aynan shu surani o‘qiydi. Qaysi sura?
Javob: Mutaffifin surasi (tarozidan urmaslik haqida)
40. Bu savol topilmaslik uchun tuzilgan. 1795-yilda U Oaxuda bo‘lib o‘tgan jangda g‘alaba qozondi. Bu tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki 1810-yilda Kauay oroli boshlig‘i ham Uni hukmdor sifatida tan oldi, bu esa unga Gavayi birlashgan qirolligining birinchi qiroli bo‘lishiga olib keldi. U kim?
Kamexamexa — javobi hech kimga ma'lum bo‘lmagan o‘ta qiyin savol.
(Aslida Kamexamexa Gavayining birinchi qiroli bo‘lgan)
50. Bu asosan Sharqiy Afrikada uchraydigan velosiped va mototsikl taksisti bo‘lib, Keniya va Uganda o‘rtasidagi Busia mintaqasida chegara bo‘ylab odamlarni tashish uchun tashkil etilgan odamlar. Kimlar?
Izoh: ular odamlarni chegarada kutib olib chegaragacha eltib qo‘yishini bildirish uchun "border-border" (chegara-chegara) deb baqirib yurishgan.
0. u alohida Morze kodi hisoblanadi, qisqartma emas. Ammo koʻpincha uni ingliz tilidagi “qutqaring” maʼnosini beruvchi „Save Our Souls“ yoki „Kemamizni qutqaring“ (Save Our Ship) iboralari bilan anglatiladi.
20. U Xorazm yaqinidagi Qamishli qishlogʻida tugʻilgan. davlatining poytaxti Saroy shahrida yashagan, hayotining soʻnggi yillarini Misrda oʻtkazgan va u yerda vafot etgan. U kim?
30. Bu sindrom odatda katta xayolparastlar, boshqalardan ajralib turishni juda xohlaydigan va o‘zlarini yashirin bilim yoki maxfiy kuchlarga ega ekanligiga ishontirgan erta o‘smirlarni tasvirlash uchun ishlatiladi. Uning mavzuga mos nomini ayting?
Javob: Sakkizinchi sinf (sindromi)
40. Madaniy suralardan biri, 14 oyatdan iborat. Bu sura Qurʼonning 551–552-sahifasida va 28-juzida joylashgan. 109-boʻlib nozil boʻlgan. Qaysi?
50. Osmondagi bolalar filmidagi bir epizodda 47 soni eslab o‘tiladi. 47 nimani bildirgan?
10. U yaratgan shaharliklar hayotidan olingan kichik ishqiy rasmlar "Xat o‘qiyotgan qiz", "Bir bokal vino" kartinalari bor. U kim?
20. U 1907-yil 6-iyul kuni Meksikaning Mexiko shahrida tavallud topgan. U 6 yoshida poliomielitga chalingan va o‘ng oyog‘i nogiron bo‘lib qolgan. 18 yoshida avariyaga uchrab oyog‘idan battar jarohat olgan. 1954-yilda zotiljamdan vafot etadi. U kim?
30. 1945-yil 30-aprelda vafot etgan bu inson haqida, zahar (kaliy sianid) ichgani haqidagi fikr tarqalgan, ammo guvohlarning koʻrsatmalariga binoan u oʻziga qarata oʻq uzadi. U kim?
40. 1445-yil tug‘ulgan bu italiyalik rangtasvir ustasi, Florensiya rassomlik maktabining yirik vakili hisoblanadi. U kim?
50. U o‘z kartinasiga yaratmoqchi bo‘lib maktabga boradi va oxirgi partaga o‘tiradi. O‘qtuvchi a'lochi talabani chiqarib, juda oson hal qilishi kerek bo‘lgan oddiy masalani so‘raydi. Biroq sinfdagi notanish xijolat bo‘lgan o‘quvchi masalani yecha olmaydi. Bu inson kim edi?
10. Nomzodlarga qo‘yilgan talablar 30 yoshgacha boʻlgan, boʻyi 170 sm (5 fut 7 dyuym) dan kam, vazni 70 kg (154 lb) dan oshmasligi kerak boʻlgan parashyutchi boʻlishini talab qilgan. Nomzodlar orasidan yutib chiqqan uni N.Kamanin "yubkadagi Gagarin" deb atadi. Kimni?
20. Lord Bayronning qizi adabiyotga emas, balki matematikaga qiziqib, mexanik hisob mashinalari uchun algoritm yozishi g‘alati hol. Tabiiyki, XVIII asrda yashagan uning elektoron hisoblash mashinasi bo‘lmagan, ammo shunga qaramay, u shartli ravishda ilk dasturchi ayol nomiga sazovor bo‘lgan. U kim?
30. U oy nomlarini o‘zining yaqinlarining ismiga o‘zgartiradi masalan yanvar oyini Turkman boshi aprel oyiga esa onasining ismi Gurbansulton ismini beradi boshqa oylar xam shu kabi yaqinlarining ismiga o‘zgartiriladi. U kim?
40. 1836-yil 14-mayda tug‘ilgan bu inson, 1862—83 yillarda Londonda yashadi, 1883 yildan — AQShda. I.Sukertort bilan matchda gʻolib chiqib chempion unvonini olgan. Bu unvonni MM. Chigorin va I.Gunsberg bilan boʻlgan matchlarda saqlab qolgan.
50. Tibbiyotda Berri Jeyms deb nom qozongan vrach o‘limidan keyin yorish uchun tayyorlanayotganda uning ayolligi malum bo‘lgan. U o‘ziga to‘q oilada tug‘ilib, o‘sganidan muvaffaqiyatli ravishda turmushga chiqishi, oila qurishi mumkin bo‘lgan bir paytda sevimli kasbi egasi bo‘lish istagida erkak qiyofasiga kirib, shaxsiy hayotidan voz kechgan.
25) Mavzu: Davlatlar etimologiyasi
10. Bu etnonimi protoslavyancha "maydon" ma'nosini anglatuvchi so‘zdan kelib chiqqan. Qaysi?
20. Bu toponim “sher tizmasi" deb nomlagan va bu nom ispan xaritalarida buzilgan shaklda "sher tog‘lari" tarzida paydo bo‘lgan. Ammo bu nom haqiqiy sherlar emas, momaqaldiroqlar tufayli shunday nomlangan. Aslida bu hududda sherlar uchramaydi. Qaysi?
30. Bu mamlakatning nomi lotinchadan "bashorat qilmoq" so‘zidan olingan. Bu tepalik yonbag‘ridagi ko‘chada Rim imperiyasi davrida folbinlar va bashoratchilar yashaganligi bunday nomlanishga sabab bo‘lgan.
40. "Mapuche" tilidagi "bu joy" - "yer tugaydigan joy" degan ma'noni anglatadi. yoki Kechua tilidan - "sovuq" yoki - "qor" yoki "yerning eng chuqur nuqtasi" degan ma'noni anglatadi.
50. Shona tilida bu so‘z "tosh uylar" yoki "hukmdorning turar joyi" degan ma'noni anglatadi.
10. Uning Rim versiyasida 100 dona tuxum to‘plaganingizdan so‘ng, siz yangi doska olasiz! Nimaning?
20. Musiqa atigi 13 kunda yaratilgan edi. Va nihoyat, 1816-yilning 20-fevralida — premera. Afsuski, “U”ning ilk namoyishi barbod bo‘ldi. Janjalu mashmasha yosh muallifni shu qadar xafa qilgan ediki, spektakldan keyin uni chalajon bir holatda ko‘radilar. Shunday bo‘lsa hamki, ikkinchi tomosha endi Rossiniga omad keltirdi, uchinchisi esa — olamga tanitdi. U?
30. Kvinslend shtatining Brisben shahrida tug‘ilgan va hayotining dastlabki olti yilini Golden coastda yashagan. Oilasi unga sakkiz yoshida Rojdestvo uchun raketka sovg‘a qilishadi. U kim?
40. 1930-yillarda Ayol qishlogʻining kolxoziga boshchilik qilgan, koʻp qiyinchiliklarni koʻrgan boʻladi. Yoshi ulgʻaygach ham dam olish oʻrniga baʼzi hamqishloqlarining yalqovligi, ochkoʻzligi va eʼtiborsizligiga chiday olmaydi, oʻz oilasida tartib oʻrnatishga harakat qiladi. Siz yuqorida uni tingladingiz. Uni toping?
50. U 1000 ta qog‘oz turnani yig‘ish maqsadiga erisha olmadi, o‘limidan oldin bor-yo‘g‘i 644 ta buklangan va uning do‘stlari 1000 tasini tugatib, hammasini u bilan birga dafn qilgan. U kim?
10. Uning nomi qadimgi grek tilidan "jonsiz" degan ma'noni bildiradi. Nemislar uni "stickstoff" — "bo‘guvchi gaz" deb atashgan. U?
Javob: Azot — davriy jadvaldagi 7-element
20. Uning prezidentlik davrida Demokratlar Partiyasiga asos solingan. U hindularning janubiy shtatlarga koʻchirish tarafdori boʻlib beshta buyuk hindular qabilasi birlashgan shtat yaratish fikrini ilgari surgan. U kim?
Javob: Endryu Jekson (20$ kupyura)
30. Evrisfey uni oʻz podasida qoldirishdan qoʻrqib, uni qoʻyib yubordi. Erkinlikka chiqqan quturgan u Peloponnes orqali yelib-yugurib, shimolga kelib qoldi, nihoyat u Аttikadagi Marafon maydoniga qochib ketdi. U yerda uni afinalik buyuk pahlavon Tesey oʻldirdi.
Javob: Krit buqasi (Geraklning 7-jasorati)
40. CDFA mukofoti sovrindori Richard Chayni bilan hamkorlik qiladi, u Mark Jacobs va Donna Karen kabi brendlar bilan birga ishlagan. U kim?
50. U “Uygʻunlikni izlash yoʻlida”, “Ruxlar bilan oʻyinni yakunlash nazariyasi” kitoblarining muallifi hisoblanadi. U?
Javob: Vasiliy Vasilyevich Smislov
28) Mavzu: Yopiq [Matritsada notalar]
10. 1711-yildan ingliz yozishmalarida qo‘llana boshlangan lotin frazasi bo‘lib, "e'tibor bering", "diqqat bilan qarang" degan ma'nolar anglatadi. Odatda matn orasida NB yoki n.b. shaklidagi qisqartma bilan ifodalanadi. Bu frazani birinchi so‘zini ayting?
20. 1921-yil 6-fevralda uning onasi bachadon saratonidan vafot etdi. Uning onasi vafotidan keyin otasi uning xolasiga uylandi. Bu voqea uning xotirasida abadiy qoldi. U?
30. Har yili sayyohlar u yerga taxminan 1.1 million pullarini tashlab ketishadi. U yer?
40. Ular odatda tundra biyomlarida, Arktikada yaqinida keng tarqalgan. Ommaviy madaniyatda, uzoq vaqtdan beri afsonaga ko‘ra, ular poda mentalitetini namoyon etadilar va jarlardan sakrab, ommaviy o‘z joniga qasd qilishadi. Sizlar ularni topishda adashmaysizlar deb umid qilaman. Ular?
50. Ular yunon mifologiyasida togʻlar, oʻrmonlar, dengizlar, buloqlarda yashovchi qizlar qiyofasidagi tabiat maʼbudalari. Har bir u ma'lum bir ob'ekt yoki tabiiy hodisaning homiysi, uning ruhi va timsoli hisoblangan. Ular?
29) Mavzu: Yopiq [Matritsada --jin--]
2013-yil Muhammadiso Abduxayirov
1976-yil Bahtiyor Ixtiyorov bu insonlarni va yillarni bir ro‘l bog‘lab turadi. Qaysi ro‘l?
20. U slavyancha — qadam, odim degan ma'noni bildirib, taqriban 2.13 (2,13360) m. U?
30. Bu ism ziyoratchi, xudojo‘y ayol degan ma'noni bildiradi. Ism?
40. Taxallusi Zevar bo‘lgan bu inson 1824-yil Moynoq tumanida tug‘ilgan. Xivadagi Shergʻozixon madrasasida oʻqigan. Qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchilardan boʻlib oxund darajasiga erishgan. Uni ismini aniq ayting?
Javob: Ajiniyoz Qoʻsiboy oʻgʻli
50. Uyali telefonlar va smartfonlar Gongkong ishlab faqat rus bozorida mashhurlik erishishni boshladi. Uning mahsulotlari - asosan arzon kamdan kam modellar ishlab chiqadi. Qaysi kompaniya?
10. U Shimolidan viloyatning Tomdi, gʻarbdan Konimex tumanlari, Buxoro viloyati, sharqdan Jizzax viloyati, janubidan Navoiy, Xatirchi tumanlari, Samarqand viloyati bilan chegaradosh.
20. U to‘g‘risida qadimiy bitiklarda "Kimki unga egalik qilsa, dunyoga hukmron bo‘ladi. Ammo u faqat xudo yoki ayolga tegishli bo‘lishi mumkin" deyiladi. U?
30. 1865-yilda fuqarolar urushi tugagach, janubliklardan 6 kishi tomonidan bir tashkilotga asos solingan. Tashkilot biror odamni yo‘q qilishdan oldin o‘sha odamga uni yuborishadi. Uni ikki so‘zda ayting?
40. Uning ismi "qo‘zg‘aluvchan, yolg‘on" degan ma'noni anglatadi. Fransua Rabelaning beshta romanidagi asosiy qahramonlaridan biridir. Ayniqsa, uchinchi va to‘rtinchi kitoblarda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u o‘ta ayyor, erkin va qo‘rqoqdir. U?
50.U 1980-yil 1-yanvarida Mersin shahrida tug‘ilgan. Iqtisodiyotni o‘rganish uchun Ukrainaga ketgadi va keyinchalik, Mersinga qaytib keladi. U kim?
10. U "kurash" yoki "jang qilish" degan ma'noni anglatadi. Uning kelib chiqishi Xeyen davrida imperator saroyida kurash bo‘lgan. Bugungi kunda uning belgilari "bir-birini urish" degan ma'noni anglatadi. Gap nima haqida ketmoqda?
20. Ma'lum bo‘lishicha, ularni tayyorlashda, albatta, qayerlardadir emas, aynan Markaziy yoki Janubiy Italiyada parvarish qilingan 7-8 oylik qo‘zilarning ishqorli suvda ivitilgan ichaklaridan foydalanilar ekan. Nimani?
30. "Yarim qonli shahzoda"ning Amerika nashrlaridagi rasmlarida U mo‘ylovi va soqoli, uzun qora sochlari va qisqargan sochlari bilan tasvirlangan. U kim?
40. Aykido bo‘yicha 7- dan qora belbog‘ sohibi bo‘lgan bu amerikalik aktyor, ssenariynavis va jang san'ati ustasi 1952-yil10-aprelda Michiganda tug‘ulgan. Kim?
50. U 1911-yilda ochilgan eng qadimgilaridan biridir. U jahon urushi paytida halok bo‘lgan italiyalik futbolchi, muhandis va askar Luidji sharafiga nomlangan. Uni mavzuga moslab ayting?
10. Bu sindrom qanday ko‘rinishlarga ega:
1. Gaplashishga bo‘lgan kuchli ehtiyoj!
2. Biron ish bilan shug‘ullanishni istaysan,lekin qaysi ish ekanligini tushunmaysan!
4. Ishlashga bo‘lgan ehtiyoj "o‘lishi". Qaysi?
20. Bunda, yuqori ortiqcha vazn fonida, yurak va tana yuzaga kelgan o‘zgarishlarga moslasha olmaydi. Natijada, qondagi kislorod ko‘rsatkichi pasayadi va bu, kunduzgi uyquchanlik, dam olish vaqtida nafas siqilishi va yuqori qon bosimi orqali namoyon bo‘ladi. Qaysi?
30. bu atama 1982-yilda doktor Yan Karr tomonidan kiritilgan. Uning 15 yoshli qizida progressiv xotirani yo‘qotish, ruhiy tushkunlik, o‘z fantaziyalariga ishonishga moyillik, kuchli estetik tuyg‘ular va shunga oʻxshash holatlar kuzatilgan. Aniqlangan ruhiy kasallik Xodjkin kasalligidan kelib chiqqan. Qaysi?
40. Bu sindrom B1 vitamini yetishmasligi yoki miya shikastlanishi tuyfali yuzaga kelishi mumkin. Bunda, asosan, xotira buziladi. Bemor hozirgina boʻlib oʻtgan voqea-hodisalarni eslay olmaydi, aksincha, yillar ilgari boʻlib oʻtgan voqealarni xotirasida saqlab qoladi. Qaysi?
50. bu sindrom har xil tentakliklar, sababsiz kulgu, yosh bolalarcha qolib ketish, to‘liq yetilmay qolish va aqliy faoliyatdan ancha ortda qolib ketishdir. Bu sindrom "Ahmoqlardan ham ahmoqroq" filmi qahramoni Garri va Lloydda ko‘rish mumkin. Bu sindrom rivojlangan davlatlarning 13%ida, rivojlanayotgan davlatlarning esa, 4% uchraydi! Qaysi?
33) Mavzu: Adabiyot bo‘yicha Nobel
10) 1971-yil 8-avgustda KGB noma'lum kimyoviy vosita (ehtimol ritsin) yordamida unga suiqasd uyushtirishga urinib ko‘rdi. Urinish uni jiddiy kasal qildi, lekin u tirik qoldi. U kim?
20) U G‘arbiy Ukrainaning Stanislav shahrida 1948-yil 31-may kuni tavallud topgan. U Belarussda o‘sib ulg‘aygan. U Adabiyot bo‘yicha nobel mukofotini olgan ilk Belarus hisoblanadi. U kim?
30) Nobel mukofoti olganida Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uni tabriklar ekan, u "ayollar erkinligi va unutilganlar"ning ovozi ekanligini aytdi. U kim?
40) U o‘z tarjimai holining birinchi jildida onasining buvisining ismi qirg‘iz bo‘lganligini, uning oilasi Turkiyaning Qora dengiz sohilidagi Trebizondda (Trabzon) yashaganligini yozadi. U kim?
50) 1973-yil 23-sentabr kuni qattiq betob yotgan uning uyiga fashistlar suv bostirib yubordilar va uni halok etadilar. U kim?
34) Mavzu: Davlatlar etimologiyasi
10. Bu davlat - keltlargacha yashagan Iwerin qabilasi tilidagi Eire so‘zidan olingan bo‘lib, "hosildor yer" yoki "Eire (keltlarning hosildorlik ilohasi) yeri" ma'nolariga ega. Bu davlat nomini inglizchadan "temir yer" degan tarjima bilan chalkashtirmaslik kerak. Davlat?
20. Bu davlat - nemischa - "yengil tosh". Bu hudud Shellenburg va hududlarini sotib olgan va birlashtirgan sulola sharafiga shunday nomlangan. Davlat?
30. Bu nom arabchada "qal'a" ma'nosini anglatuvchi 'kut' - كوت so‘zining kichraytirma shakli, ya'ni, "qal'acha". كوت deb Iroqning janubi va sharqiy Arabiston tomonlarda atrofi o‘rab olingan va aylanma suv bilan himoyalangan qal'aga o‘xshash uyni atashgan. Davlat?
40. Tibet aholisi bo‘lgan Bhotialar X asrda Tibetdan hozirgi Bu hududga ko‘chadi. Nomning umumiy asosi tibetcha so‘zlar "Bod" (Tibetning qadimgi nomi) va "anta" (chekka, oxir) hisoblanib, "Chekka Tibet" ma'nosini anglatadi. Davlat?
50. Bu davlat - Sharqiy Afrikada o‘rta asrlarda mavjud bo‘lgan qirollik sharafiga nomlangan. Bu nom o‘sha qirollik monarxi unvoni ham hisoblangan. So‘zning tarjimasi - "qo‘mondon". Buyuk Britaniya mustamlakasi bo‘lgan paytda mamlakat "Oltin Qirg‘oq" deb nomlangan (1957-yil mustaqillikka erishgan). Davlat?
35) Mavzu: Javobda faqat A unlisi
10. Eskicha hisobda bir tosh; sakkiz chaqirim, yangicha hisobda taxminan 6 kilometrga teng boʻlgan uzunlik (masofa) oʻlchovi?
20. Kunlarning birida Voyenkomning "Kim artilleriyaga borishni istaydi?" deb bergan savoliga U "Men!" deb javob beradi. Keyin esa "Kim kavaleriyaga?", "Kim flotga?", "Kim razvedkaga?" kabi savollarga ham "Men!" deb javob qaytaradi. U kim?
30. Arabchada Tong deb ayting. Bunda sizga Qur'ondagi bir sura yordam beradi.
40. Samuraylarning qilichda jang qilishi tasvirlanadigan yapon tarixiy-sarguzasht filmlar janri. Janr nomi jang vaqtida qilichlardan chiqadigan tovushlaridan olingan. Janr?
50. Tayms jurnali, 2020-yilda "yil odami" sifatida e'tirof etilgan ikki kishida biri U Aqshning 49-vitse-prezidenti. U amerikalik yurist va birinchi siyosatchi, AQSh tarixadigi birinchi ayol, birinchi qora tanli siyosatchi ayol va kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan birinchi AQSh vitse-prezidenti. Uni ismini ayting?
10. U koʻpincha oʻz treninglari va meditatsiyasi bilan shugʻullanadi. Bu esa, uni eng intizomli boʻlishiga olib kelishi bilan birga uning bir necha marta yaxshi jangchi ekanligini koʻrsatib oʻtishi ham mumkin. U?
Javob: Leonardo (Ninza toshbaqalar)
20. Uning odatdagi "shunday" deb ataladigan ismi 1838-yilda franko-italiyalik tarixchi Guillaume Libri tomonidan tuzilgan va otasini ismi bilan bog‘liq deyiladi. Biroq, bundan oldinroq, 1506-yilda Muqaddas Rim imperiyasining notariusu Perizolo uni "Shunday" sifatida tilga olgan. U?
30. 2019-yilning 1-iyulida u “Yuventus”dan 29,5 million yevro evaziga Rimning "Roma" jamoasiga o‘tib, klub bilan to‘rt yillik shartnoma imzolaydi. U?
40. U 1707-yil 15-aprelda Shveytsariyaning Bazel shahrida tug‘ilgan. 1720-yilda, o‘n uch yoshida, u Bazel universitetiga o‘qishga kirdi. Boshlangʻich matematika kursini marhum Jeykob Bernullining ukasi Iogann Bernulli bergan. U?
50. 1948-yilda chiqarilgan "Bu romantik emasmi?" filmi haqida uning qaydi, eng qisqa taqriz deb baholanadi. U birgina so‘zdan iborat edi: "Yo‘q". U?
10. Toshkent metropoliteni Yunusobod yoʻli bekatlaridan biri. Yerusti va yerosti vestibyullaridan iborat. Bu yerda metropoliten idorasi joylashgan. Bu joy?
20. 1940-yil 10-martda u nefrosklerozdan (irsiy buyrak kasalligi) vafot etdi. Uning otasi ham xuddi shu kasallikdan vafot etgan. U Moskvadagi Novodevichy qabristoniga dafn etilgan. U kim?
30. Uning "Zinapoya oldida turgan Madonna" va "Kentavrlar" relyeflari. "Vakx" haykali, "Isoga motam" haykallar guruhi, Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasida anʼanaviy gotika tasviriga yangi insonparvarlik mazmunini singdirgan. U kim?
Javob: Mikelanjelo Buonarrotti
40. U uchun 2007-yil sentabr oyida oʻrtada kattaroq oq yulduz va boshqa tartibda chiziqlar boʻlgan yana bir yangi dizayn taklif qilindi: sariq, yashil va qizil. U?
50. Agarda u 20smga balandroq bo‘lganda tarixiy voqea sodir bo‘lmasligi mumkin edi. U?
10. Quyi diviziondagi sumochilarda u bo‘lmaydi va faqat yuqori divizionga chiqqachgina unga ega bo‘lishi mumkin bo‘ladi. U?
20. 14 misradan iborat turgʻun sheʼriy shakl. U qatʼiy qonun—qoidalar asosida yaratiladi. U?
30. U Nyu-Yorkdagi Donner's Bakery'da ishlagan IQ59 bo‘lgan odam edi. U aqlli bo‘lishni orzu qiladi va Beekman nomidagi qoloq kattalar markazidagi mashg‘ulotlarga yoziladi va u erda asosiy o‘qish va yozish ko‘nikmalarini o‘rganadi. U kim?
40. U 2013 -yilda rejissyor Karl Rinsh rejissyorlik debyutida suratga olingan fantastik film. Senariy muallifi Kris Morgan va Hossian Amini. Uni qurolga aloqasi yo‘q. U?
50. U 5 yoshlik paytida kunlarning birida undan bir yosh kichik ukasi Jorj loxankada cho‘kayotganini ko‘rib qoladi. Unga yordam berishga qanchalik harakat qilmasin bo‘lajak yulduz hech nima qila olmaydi, chunki ukasining vazni u uchun og‘irlik qilgan. Jorj halok bo‘ladi, U esa bu voqeadan qattiq ta'sirlanadi. Natijada asta-sekinlik bilan ko‘z nuridan ajrala boshlaydi hamda 7 yoshida butunlay ko‘r bo‘lib qoladi. U kim
10. U 1817-yil 17-iyulda armanlar oilasida tugʻilgan. “Venetsiya”, „Malaga“, „Rodos oroli“, „Krit orolida“ kabi asarlari rassomning chet elga sayohatlari natijasidir. U kim?
20. U 1848-yil 15-mayda Lopyal, Vyatka gubernatorligida tug‘ilgan. Uning rasmlari asosida cherkov va afsonaviy "Tovuq oyogʻidagi uycha" bunyod etilgan, Tretyakov galereyasi fasadi qurilgan. U kim?
30. U 1866-yil Avgustov viloyati Mariampolskiy tumani Kibarti qishlog‘ida kambag‘al yahudiylar oilasida tavallud topgan. Kuz kuni, Birch Grove, Volgadagi oqshom asarlari muallifi. U kim?
40. 1966-yilda Andrey Tarkovskiy rassomning hayotiga asoslanib, "U" filmini suratga oldi. Bu Rossiya tarixidagi notinch davrda rassomni jahon-tarixiy shaxs sifatida, nasroniylikni esa Rossiyaning tarixiy o‘ziga xosligi aksiomasi sifatida ko‘rsatgan Sovet davrida ishlab chiqarilgan birinchi (va ehtimol yagona) film bo‘ldi. U kim?
50. U jismoniy va intellektual qobiliyatlarini asta-sekin zaiflashtirgan ruhiy kasalligi bilan og‘rigan edi. Umrining so‘nggi to‘rt yilida ko‘r bo‘lgan u faqat jismonan yashadi. Bu savolni topishda 40 ballik savol yordam beradi yoki shunchaki polyakchada chumchuq deb ayting?
Javob: Mixail Vrubel (polyakchadan: wróbel , chumchuq degan ma'noni anglatadi.)
40) Mavzu: Adabiyot bo‘yicha Nobel olgan birinchilar
10. 1991-yilda u birinchi 20 kronlik banknot chiqarilganda Shvetsiya banknotasida tasvirlangan birinchi ayol bo‘ldi. U kim?
20. 1980-yil 22-oktabr Varonejda tug‘ilgan bu inson adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan birinchi rus yozuvchisi. Kim?
30. U Adabiyot mukofotiga sazovor boʻlgan birinchi musiqachiga aylandi. Prezident Barak Obama 2012-yilda u haqida shunday degan edi: "Amerika musiqasi tarixida bundan katta gigant yo‘q". U kim?
40. "... Islandiyaning buyuk hikoya san'atini yangilagan yorqin epik kuchi uchun". 1955-yilda u adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. U barcha toifalar bo‘yicha Nobel mukofotining birinchi va yagona islandiyalik oluvchisidir. Kim?
50. U adabiyot mukofotini olgan 16-fransuz yozuvchisi va birinchi fransuz ayolidir. Uni unlilar bn boshlanuvchi ikki so‘zda yozib bering.
41) Mavzu: Matritsada --den-- (faqat ismlarda)
10. Mavzuni bu inson bilan boshlash mantiqqa to‘g‘ri bo‘ladi. 2005-yilda u Times jurnali tomonidan dunyoning 100 ta eng nufuzli odami ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, muharrirlari unga „nashriyot sanoatini saqlab qolgan“ deb taʼriflashgan. U kim?
20. U yoshligida o‘zining kumiri fransuz yarim himoyachisi bo‘lgan Zinedin Zidanni soatlab televizor va onlayn translatsiya orqali tomosha qilgan. U kim?
30. 20-noyabr 1942-yili Pennsylvania shtatining Scranton shahridagi St. Mary shifoxonasida dunyoga kelgan. Katolik oilada toʻngʻich farzand boʻlgan. U kim?
40. Amerikalik aktyor, produser va rejissor. Ikkita Akademiya (Oscar), ikkita Oltin globus, Sesil B. DeMil va Screen Actors Guild Awards mukofotlari sohibi. U film rejissor Martin Scorsese bilan hamkorlikda tanilgan. 2009-yilda u John Kennedy markazining faxriy unvoniga sazovor boʻldi. U kim?
50. Germaniya davlatini ajratib turuvchi Berlin devori tiklanishiga qarshilik qilishning iloji boʻlmaganligi uning yagona yirik omadsizligi boʻldi. 1963-yil 15-oktabrda u federal kansler lavozimidan isteʼfoga chiqdi. U mamlakatni 14 yil boshqardi. 1963-yil 15-oktabrda u oʻzining federal kansler sifatidagi soʻnggi nutqini soʻzladi. U kim?
42) Mavzu: Matritsada --STAL--
10. Millati gruzin boʻlgan uning haqiqiy ism-sharifi Yoseb Jugʻashvili boʻlib, uni qisqacha Soso deb chaqirishar edi. Oktabr inqilobiga qadar Jugʻashvili koʻp taxallus va partiya laqablaridan foydalangan. Asosan Besoshvili, Nijeradze, Chijikov, Ivanovich. Eng mashhuri esa Koba.
20. U haqida ilk marta Gomerning "Odisseya"sida eslab o‘tilgan. Lekin u 1688-yilda shveytsariyalik vrach Iogann Xofer tomonidan o‘ylab topilgan. Xofer o‘z vatanidan uzoqda yollanma bo‘lib xizmat qilgan shveysariyalik askarlarning va uzoq muddatdan so‘ng uyiga qaytgan talabalarning kechinmalarini o‘rganib uni kasallik deya baholagan. U?
30. U uch marta turmush qurgan. Birinchi turmushidan ikki o‘g‘il, uchinchi turmushidan uch qizi bor. 28 yoshida, 1974-yil 28-dekabrda u Sasha Chakka uylangan. U kim?
40. Undan 1923-yil 20-mayda birinchi marta foydalanilgan. Fuqarolar urushi paytida kontslager va saqlash ombori sifatida ishlatilgan. U faqat oʻz tuzilishini saqlab qoladi, chunki qolgan joylari ayvonsiz boʻsh yer va urush paytida shikastlangan edi. U?
50. 9 La Liga va to‘rtta UEFA Chempionlar Ligasi chempionligini o‘z ichiga olgan 35 ta sovrini uni barcha davrlarning eng ko‘p mukofotlangan ispaniyalik futbolchisiga aylantiradi. Uni ism familyasini to‘la ayting?
10. 1908-yil 16-sentabrda tashkil topgan bu kompaniya, Savdolar boʻyicha u 2022-yilda Qoʻshma Shtatlardagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan va 2008-yilda Toyotaga birinchi oʻrinni boy bergunga qadar 77 yil davomida dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi boʻlgan. U?
20. Kompaniyaning nomi asosiy versiyadan tashqari asoschisi Jujiro Matsuda nomidan ham kelib chiqqan. Boshqa taklif qilingan nomlar esa „xudo“ (Sumera) va „farishta“ (Tenshi) degan maʼnoni anglatadi. ikkalasi ham Matsudaning insoniy eʼtiqodiga kuchli qiziqishini koʻrsatadi. Bu qaysi kompaniya?
30. Kompaniya sifatida 1952-yilda Londondagi Universitet kollejini bitirgan muhandislar Kolin Chapman va Kolin Dare tomonidan tashkil etilgan, ammo 1948-yilda Chepman o‘zining birinchi poyga mashinasini garajda yasagan. Logotip oʻrtasida joylashgan toʻrtta harf kompaniya asoschisi Entoni Kolin Bryus Chapmanning bosh harflarini bildiradi.
40. Kompaniya 1862-yil 21-yanvarda Ryusselsxaymda (Gessen, Germaniya) Adam tomonidan tashkil etilgan. Dastlab bu kompaniya tikuv mashinalarini ishlab chiqargan. Keyinchalik Yuqori g‘ildirakli velosipedlar ishlab chiqarishdi. 1895-yilda Adam vafot etganida u ikkala bozorda ham yetakchi edi. Qaysi kompaniya?
50. 1900-yillarning boshlarida aka-uka Horace Elgin va Jon Frensis tomonidan Brothers Company sifatida tashkil etilgan u dastlab Detroytda joylashgan Ford kabi avtomobil ishlab chiqaruvchilarga ehtiyot qismlar va yig‘malarni yetkazib beruvchi bo‘lgan. Qaysi kompaniya?
Uning nomi yunoncha "Tosh" degan ma'noni anglatadi. Ya'ni uni birinchi bo‘lib toshlar tarkibidan olishgan. Nomiga qaramay u shu qadar yumshoqki, uni oddiy pichoq bilan ham kesish mumkin. U?
20. Ikkinchi Kontinental Kongress tomonidan Mustaqillik Deklaratsiyasining muallifi bo‘lgan beshlik qo‘mitasi orasida u hujjatning asosiy muallifi edi. U kim?
30. Bu asar eng mashhur asarlaridan biri bo‘lib, 1938-yili Shvetsariyada yozilgan. Romanda chin muhabbat va haqiqiy do‘stlik tasvirlangan. Asarni o‘zbek tiliga Nizom Komil tarjima qilgan. Asar?
40. Uning "Mening shaxmatdagi shuhratim", "Shaxmat oʻyini asoslari", "Shaxmat oʻyini darsligi" va boshqa kitoblari bor. U 1936-yil Nottingemda M.M.Botvinnik bilan birga turnir gʻolibi boʻlgan. U kim?
50. Frantsuz tilida ular singes de la sagesse va ispan tilida - tres monos sabios deb o‘qiladi. Ulardan istalgan birini yozib bering.
Javob: Ivadzaru, Midzaru, Kikadzaru
45) Mavzu: Davlatlar etimologiyasi
10. Afsonaga ko‘ra, Avang Alak Betatar sayohat paytida ilgari noma'lum daryoning mansabini topadi va "Baru nah!" ("bu yerda!") deb qichqiradi. Bu iboradan dastlab daryo, keyinchalik esa mamlakat nomi kelib chiqqan. Qaysi davlat?
20. "Qoralar mamlakati" ma’nosdini bildiruvchi bu so‘z "asvad" (qora) so‘zining ko‘plik shalkidir. Bu nomning bunday qo‘yilishiga sabab o‘sha davrlarda bu mintaqa arablar va Afrikaning qora tanlilari o‘rtasida aloqa zonasi bo‘lganligi bilan bog‘liq. Qaysi davlat?
30. Mamlakat nomi portugal tilida - "krevetkalar daryosi" deb tarjima qilinuvchi gidronimdan kelib chiqqan. Ushbu gidronim Vuri daryosi mansabining 1480-yillarida portugaliyalik navigatorlar tomonidan kashf etilgandan keyin paydo bo‘lgan. Bu yerda juda ko‘p krevetkalar topilganligi bu hududning shunday nomlanishiga sabab bo‘lgan. Qaysi davlat?
40. Bu toponimning asosi mahalliy aholi nomiga borib taqaladi. O‘zining ona tilida "bizning tilda so‘zlaydiganlar" ma'nosini anglatgan. Qaysi so‘z?
50. Bu toponimni kelib chiqishi aravakan tilida "yog‘och va suv o‘lkasi" yoki "buloqlar mamlakati" degan ma'noni anglatadigan so‘zga borib taqladi. Qaysi toponim?
10. Multfilmda U shahzodaga uni qutqargan o‘zi ekanligini aytolmaydi. Lekin nega u bu haqda yozib bermasligi kerak? Malika, albatta, savodxon, chunki u jodugar taklif qilgan shartnomani o‘qib, imzolagan. Kim?
20. U kuchli va mustaqil malikalardan biri. U turmushga chiqishni istamaydi, qiz hamma ishlarni erkaklarsiz ham uddasidan chiqadi, degan ishonchni ta’kidlaydi. Albatta, qiz ota-onasi uni turmushga chiqishga majburlayotganidan g‘azablanadi, lekin o‘z onasini jodugarning sehri bilan zaharlash qandaydir g‘alati. Kim?
30. Maqolada yozilishicha U eng sirli malika bo‘lishi mumkinligi aytiladi. Uning uyda yalangoyoq yurgani mantiqan to‘g‘ri. Biroq U yalangoyoq holda ko‘chada ham shunday tez yuguradi, o‘tkir tosh yoki yiqilishi mumkinligiga parvo ham qilmaydi. Aftidan, qiz hayratlanarli darajada omadli yoki og‘riqqa juda chidamli bo‘lsa kerak. Kim?
40. U ham barcha Disney malikalari singari juda nozik qiz. Uning hech qanday sehrli qudrati yo‘q. Ammo u bir epizodda o‘z juftini ko‘tarib, otga mindiradi. Darvoqe, ot ham shunday og‘irlikni ko‘tara olgani bilan tomoshabinni hayratga soladi. Kim?
Javob: Bell (Bo‘rilar bilan bo‘lgan jangda yaralangan maxluqni)
50. U ingliz tilini bilmasdi. Biroq u buvisiga tegishli bo‘lgan va unga maslahat bergan ichki ovozni eshitadi: “Qalbing bilan tingla”. Shundan keyin hech qanday muammosiz Jon Smitni tushuna boshlaydi. Kim?
10. Jaklin bobosi asos solgan dunyodagi eng yirik shokolad kompaniyasi merosxo‘rlaridan biri. Bobosi va otasi katta Forrestning oilaviy biznesini davom ettirib, bugungi kunda u kompaniya aksiyalarining uchdan bir qismiga egalik qiladi. Jaklinning familyasi?
20. Makkenzi Skott xayriyachi, yozuvchi 25 yillik nikohdan so‘ng, turmush o‘rtog‘I bilan ajralishga qaror qilishdi. Ular ajoyib tarzda ajralishdi va Twitter’da shunday yozdilar: “Biz bir-birimizni topganimizdan juda xursandmiz, turmush qurganimiz har yili uchun bir-birimiz uchun minnatdormiz. Agar 25 yildan keyin ajrashishimizni bilganimizda, baribir hammasini yana takrorlagan bo‘lardik”. Skottning turmush o‘rtog‘i kim?
30. Forbes jurnalining eng boy ayollari reytingida birinchi o‘rinni egallagan Fransuaza Betankyur-Mayers 2017-yildan buyon bu kompaniya direktorlar kengashi raisi lavozimida ham ishlab kelmoqda. Kompaniya?
40. Milliarder ayollar ro‘yxatida 3-o‘rindagi Sem Uolton 2023-yilda bir qator pastga tushdi. Otasining shirkatidagi ulushini meros qilib olgan holda, u hali ham katta dividendlar oladi, bu esa unga dunyodagi eng boy ayollaridan biri bo‘lib qolish imkonini beradi. Sem Uolton qaysi kompaniya aksiadori hisoblanadi?
50. Germaniyaning eng boy ayoli Syuzanna Klatten bobosining Altana AG kompaniyasini jahon darajasidagi farmatsevtika va maxsus kimyoviy korporatsiyaga aylantirishga yordam berdi. Bugungi kunda Klatten Altana kompaniyasining yagona egasi va vitse-prezidenti bo‘lib, uning yillik savdosi 2,5 milliard dollardan oshadi. Bundan tashqari u bu kompaniyaning 19 foizga yaqin aksiyalariga egalik qiladi. Qaysi kompaniya?
48) Mavzu: Ikki marta takrorlang
10. Haligacha undagi har bir detal alohida so‘zni yoki bo‘g‘inni anglatishi haqida aniq to‘xtamga kelinmagan. Yozuvlarning barchasi toromiro daraxti poyasiga yozilgan. Hozirda dunyo muzeylarida 25 ta shunday yozuvli yog‘och bo‘laklari saqlanadi. Ularda tahminan 8000 ga yaqin iyerogliflari aniqlangan. U?
20. U miloddan avvalgi 500 yildan beri mavjudligini isbotlaydi. Uni 17-asrda bandalore deb ham atalgan. Eskimoslarda U oddiy va suyaklardan yasalgan muhim va keng qoʻllaniladigan ov vositasi sifatida paydo boʻlgan. U?
30. Ular o‘z nomini nega bundayligini tushuntirar ekan teng qismlarda, umid bilan to‘ldirilgan ideal va achchiq haqiqatning birgalikda yashashini va ularning muhlislar bilan bir butun bo‘lishini aytishadi. Ular?
40. Bu soʻz arabcha soʻzdan olingan va ehtimol berber tilidan kelib chiqqan. Soʻzning aniq shakllanishi baʼzi noaniqliklarni keltirib chiqaradi. Berber tilidagi soʻz ildizidan "yaxshi shakllangan, yaxshi oʻralgan, yumaloq" degan maʼno kelib chiqadi. Jazoir, Tunis, Mavritaniya, Marokash va Liviya oshxonalaridagi asosiy taom hisoblanadi. 20-asrning boshlarida fransuz mustamlakasi orqali fransuz va Yevropa oshxonasiga kirib kelgan.
50. Tim Mara ularga asosiy narsalar bo‘yicha o‘qitish uchun asbob-uskuna va forma va o‘yinchilarni taqdim etdi. Tim birinchi mavsumda ularga murabbiylik qilishga yordam berdi. Qora qo‘ylar sifatida tanilgan, ularni ba’zan Zebralar deb ham atashgan. Barcha uy o‘yinlari Uorden nomidagi “Lounz“ stadionida o‘tkazilgan. 1935-yil boshlarida Luis E Lous va ikki yarim himoyachi o‘yin boshlanishidan oldin qochib ketishdi. Ular nomida uchrovchi toponimni yozib bering?
10. Old tomondan o‘n, orqa tomondan o‘n. Oxirgi "n" harfi o‘rtaga kelgan joyda. Bu U haqida juda katta ishora. Agar siz uni ko‘rmagan bo‘lsangiz, bu nuqta siz uchun kichik spoyler bo‘lishi mumkin. U?
20. O‘zbek xalq maqoliga ko‘ra, Ayron osh bo‘lmasligi aytiladi, u esa bosh. U?
30. Zamonaviy teatrda pantomima aktyorlari U deb ataladi. Uning kelib chiqishi qadimgi yunonlar va rimliklar orasida quyi qatlamdagi tomoshabinlar oldida sahna ko‘rinishlardan kelib chiqanligi aytiladi. Yunoncha taqlid ma’nosini anglatuvchi bu so‘zni toping?
40. 2012-yilda Leonardo Di Kapryo uning xorijiy mamlakatlardagi yuziga aylandi, uning reklamalari "MENI TOP" degan so‘zlarni o‘ziga shior qilib oldi.
50. G‘arbiy Yevropada va Vizantiyada bu ibora an‘anaga kirgan va ko‘pincha yovuz ruhlarni haydash va davolash uchun sehr sifatida ishlatilgan. So‘zlar qog‘oz tasmasiga yozilib bo‘yinga o‘ralgan. Odamlar bunday protsedura bezgak va boshqa kasalliklarni davolashda yordam berganiga ishonishgan. Bu so‘zlarni aniq ayting?
Javob: Sator arepo tenet opera rotas
50) Mavzu: Filmlar mening do‘stlarim
10. Filmda Uma Turmanning qahramonining ismi filmda hech qachon tilga olinmagan. Ammo uni Okinava va Tokioga samolyot chiptalarida o‘qish mumkin. Qaysi film?
20. Bob film oxirida Sharlottaga nima deb pichirlaganini bilmas edi. Biroq 2009-yilda o‘sha lahza biroz yaxshiroq eshitiladigan audio paydo bo‘ladi. Batafsil o‘rganish natijasida qahramon shunday degan xulosaga kelinadi: “Birinchi navbatda shu odamning oldiga borib, unga haqiqatni aytishga va’da ber”. Qaysi film?
Javob: Tarjima qiyinchiliklari
30. Bu filmni suratga olish jarayonida quyoshda ko‘zlarini qismasligi uchun bosh qahramon ijrochisi quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak kabi ishlaydigan kontakt linzalarini taqib yurgan. Qaysi film?
Javob: “Karib dengizi qaroqchilari: Qora marvarid tavqi la’nati”
40. Bu filmda Stiv Bushemi epizodik rolini Robert Rodriges Sporkini filmda uchuvchi cho‘chqa sifatida saqlab qolishga shaxsan ishontirganidan keyingina qabul qiladi. Juni daraxtdan olib tushadigan mushuk Juni rolini Daril Sabara o‘ynagan. Qaysi filmligini aniq ayting?
Javob: “Josus bolalar 3: O‘yin tugadi”
50. Bu filmni suratga olish jarayonida vizajistlar 84 shisha soch gelidan foydalanishgan. Qaysi film?
Javob: Matritsa: qayta ishga tushirish
51) Mavzu: O‘zbekiston toponomikasi
10. Bu toponim “achi qabilasi vakillari tomonidan o‘zlashtirilgan va obod qilingan” mahalla nomi bo‘lib, shuning uchun mazkur mahalla shunday atalgan. Qaysi?
20. Bu toponim haqida taniqli olim H.Hasanov Biskat fors-tojik tilidagi bist – “yigirma” va kat – “qishloq”, ya’ni “yigirma qishloq” so‘zlaridan olingan bo‘lsa kerak, deb yozgan. Qaysi?
30. Etnolog, tarixshunos B.X.Karmishevaning fikricha, bu etnonimni ma’nosi – ov qilish bilan shug‘ullanuvchi, ov begi deganidir
40. Akademik A.Muhammadjonovning fikrlarini nisbatan ishonchli deb hisoblaymiz, unga muvofiq arabcha so‘zdan kelib chiqqan: arabcha “bozor”, “parvarish qilish, kuzatish”, “kuzatuvchi, bozor nazoratchisi” (mahalla esa bozorning yonida bo‘lgan) shaklini olgan.
50. Boshqa tarixchi olima O.I.Smirnovaning yozishicha, bu toponim sug‘dcha, sakkiz”, “kan, kanal” ma’nosini anglatadigan so‘zlardan tashkil topgan.
52) Mavzu: AQSH shtatlari etimologiyasi
10. Shtatga Virjiniyaning birinchi gubernatori va general-kapitan Lord De La Uorr nomi berilgan. Qaysi shtat?
20. Ushbu shtat nomi ispan tilidan - "Qizil rangli" ma'nosini bildiradi. Bu nom 1861-yil Kongress tomonidan hudud sifatida tanlandi va 1876-yilda shtatga aylantirildi. Qaysi shtat?
30. Penn u yerni lotinchada "sylva" - "yog‘och" deb atadi. Qaysi shtat?
40. Versiyalardan biriga ko‘ra Bu nomning tarkibidagi so‘z “Wassa” - Qadimiy inglizcha "Ov" degan ma'noni bildirib, bu toponim "Ov qiladigan yer" degan ma’noni anglatadi deyiladi. Qaysi shtat?
50. Smitson Institutining Amerika Etnologiyasi Byurosining izlanishlariga ko‘ra, hindu tilida chuqur izlanishlar olib borishlari tufayli, bu toponim - "Yog‘och kanoedagi odamlar" ma’nosini bildirishi haqiqatga eng yaqin ekanligini topishdi.
10. 1987-yilning 19-aprelida Nyaganda dunyoga kelgan bu insonga ba'zilar "Baqiroq Kuloyim" degan laqab qo‘yishgan.
20. Bu rasmiy o‘qitish usullaridan ko‘ra bolalarning tabiiy qiziqishlari va faoliyatini o‘z ichiga olgan ta'lim usuli. Bu usul amaliy o‘rganishga va haqiqiy dunyo ko‘nikmalarini rivojlantirishga e'tibor beradi. Bu usulda kimning familyasini ko‘rishimiz mumkin?
30. U 1951-yil Charli Chaplinning sobiq xotini 40-yoshli Paulette Goddard bilan tanishdi. 1958-yil Paulette Goddardga uylandi. Oʻsha yili u Shveysariyaga qaytdi va "Sevish vaqti va oʻlim vaqti" filmining ssenariysi ustida ishladi. U kim?
40. Afsuski, Ispaniyaga qaytmadi, keyinchalik uning ma'lum bo‘laklari orolda "Rojdestvo" ("La Navidad") qal'asida qolgani ham mantiqan to‘g‘ri. U?
50. 1822-yilda u Vena shahrida otasi tomonidan uyushtirilgan spektaklda ro‘l ijro etdi. U o‘sha vaqt uchun maqbul bo‘lgan og‘ir ko‘ylak, parik va bo‘yanishdan bosh tortgan holda, oddiy libosda sahnaga chiqdi. U kim?
10. Ocharchilik yillarida odamlar uni haqiqiysi o‘rnida ovqatga solib yeyishgan. Uni aniq ikki so‘zda ayting?
20. Yaponiyada "U" nomli atirgullarining turli xil turlari mavjud. Ertalab, bu atirgulning barglari yorqin qizil, kechqurun esa - oq rangga kiradi. U?
30. Ularni taniqli tabiatshunos Karl Linney ixtiro qilgan. Kuzatishlar natijasida u turli o‘simliklarning gullari har doim ma'lum bir vaqtda ochilib yopilishini aniqladi, Linney o‘z ixtirosiga qo‘l uradi. Uni ikki so‘zda aniq yozib bering?
40. Arabidorpis nomli gul 1982-yilda bir ko‘satgich bo‘yicha birinchi bo‘ldi. Qaysi ko‘rsatgich?
Javob: Kosmosda gullagan birinchi gul
50. O‘rta asrlarda gullarning haqiqiy tili mavjud edi. Shunday qilib, atirgul yordamida ritsarlar xonimdan qo‘l so‘raganini va gulli olcha novdasi sevgi izhorini anglatishini aniq ko‘rsatdi. Ushbu «gul tili» qanday atalgan?
10. 1994-yilda tashkil etilgan guruh, Bu guruhining ilk albomlari ham 1994-yilda "Jamila" hamda "Bom-bom" nomi bilan muhlislar e'tiboriga havola etilgan. Solisti Akmal Mamedov hisoblanadi. Qaysi guruh?
Javob: Bayram (guruhi) (Mavzu: Antiqa bayramlar)
20. Shu kuni Boston markazi xuddi oʻz qurbonlarini qidirayotgandek “oʻlik” jonzotlar to‘ladi. Kimdir rezina niqoblarni tanlaydi, kimdir qonga botgan to‘y kostyumlaridan foydalanadi, ko‘pchilik Maykl Jeksonning 1983-yildagi "Triller" videoklipidagi harakatlardan foydalanib, tirik o‘liklarni tasvirlaydi. Qaysi bayram?
30. Ma'lumotlarga ko‘ra, bu musobaqa 1297-yilda Egremontdagi Qisqichbaqa yarmarkasida paydo bo‘lgan. Afsonaviy chempion, Piter Jekson g‘alaba qozonishni osonlashtirish uchun barcha tishlarini sug‘urib oldi. Qaysi musobaqa?
40. Yaponiyada bu kunni 767-yildan beri nishonlash odat tusiga kirgan. Yagona narsa shundaki, kun fevral oyida o‘tkaziladi, shuning uchun shunday chiqish uchun katta jasorat kerak, ishtirokchilar sake ko‘p ichishsa ajab emas. Qaysi bayram?
50. 6-fevral kuni amerikaliklar bu kunni nishonlaydilar. Bu bayram – navbatdagi saylovda mag‘lub bo‘lgan, biroq baribir o‘z vakolatlarining oxirigacha o‘z lavozimida qolishga majbur bo‘lgan prezidentlar va siyosatchilarning norasmiy taxallusi. Qaysi?
10. Kunlardan bir kun Mei katta kamfor daraxti tomon harakatlanayotgan kichik ruhlarni koʻrib qoladi. Mei bahaybatroq oʻrmon ruhi bilan doʻstlashib oladi. Bu ruhning baqiriqlarini va ruhning oʻzini Mei U deb nomlab oladi. U?
20. Leopard-odam, Shoqol-cho‘chqa, Senbernar-odam, Yalqov-mavjudot va Puma-ayol bu ro‘yxatdagi mavzuyimizga mos eng mashxur insonni kimligini yozib bering?
30. U 87,5% "oq" va 12,5% "qora" qon bo‘lgan inson. Unga misol qilib A.S.Pushkinni keltirish mumkin. U?
40. U – saroy lavozimlaridan biri bo‘lgan. Movarounnahrda, xususan qoraxoniylar va xorazmshohlar davrida yasovulboshini ba’zan U ham deyishgan. Saljuqiylar davrida ular qo‘riqchilik va jallodlik vazifalarini ado etgan jangchilar bo‘lib, ularning boshlig‘i – amiri U unvoniga ega bo‘lgan. Buxoroda U so‘zi “jallod” ma’nosida qo‘llanilgan. U so‘zi o‘rnidagi toponim?
50.U Jon bilan birinchi marta 1966-yil 7-noyabrda Londondagi Indica galereyasida uchrashishdi, u yerda u interaktiv rasm va haykaltaroshlik haqidagi kontseptual san'at ko‘rgazmasida "Tugallanmagan rasmlar" ni tayyorlayotgan edi. Ularni galereya egasi Jon Dunbar tanishtirdi. U kim?
57) Mavzu: Takror keluvchi bo‘g‘inlar (Masalan: Lolo, Dodo)
10. Uning asl ismi Rikardo Izecson dos Santos Leite. U kim?
20. Ularning ajdodlari qadimda Misrdan gʻarbdagi hududlarda yashashgan, ular Misr bitiklarida miloddan avvalgi 4ming yillikdan e’tiboran texenu nomi bilan uchraydi. Ular oʻzlarini "amaxag" deb atashadi. Kimlar?
30. Bu hikoya bosh qahramonlarining prototiplari - bu yozuvchining onasi, unga xizmat qilgan soqov farrosh Andrey hisoblanadi. Qaysi hikoya?
40. 19-asrning 30-yillarida Parijda bal raqsi sifatida paydo boʻlgan. Asli Jazoirdan kirib kelgan bo‘lib, fransuzcha “shovqinsuron” degan ma’noni bildiradi. Qaysi raqs?
50. 1945-yilda tashkil topgan bu hind Kompaniyasi 2019-yil yakunlari boʻyicha “Fortune Global 500” dunyodagi eng yirik korporatsiyalar roʻyxatida 265-oʻrinni egalladi. Qaysi?
10. Multfilm g‘oyasi rejissor Endryu Stentonning bolalikdagi xotiralaridan kelib chiqqan: bir marta u akvariumda tropik baliqlarni ko‘rganida, ular bu yerdan o‘z uylariga qochishni xohlashsa kerak, deb o‘ylagan. Qaysi multfilm?
20.Darhaqiqat, ushbu multfilmda mualliflar tom ma’noda insonning ichki dunyosiga, o‘smirlik depressiyasini tushunishga harakat qilishadi. Ajablanarlisi shundaki, bir personaj ko‘pchilik bolalarga yoqmaydigan brokkoli timsolida chizilgan. Qaysi multfilm?
Javob: “Boshqotirma” (“Inside Out”)
30. Dastlab yozuvchi va rejissor Pit Dokterni g‘oyasi bo‘yicha Qasrdagi ikki shahzoda yerga yiqilib, uyga qaytish uchun imkoniyat qidiradi. Ammo asta-sekin g‘oya tubdan o‘zgarib, yana bir dadil qarorga olib keladi, ijodkorlar bosh qahramonni kichik tomoshabinlarning bobo-buvilariga juda o‘xshash keksa odam sifatida tasvirlashadi. Qaysi multfilm?
40. Multfilmning original loyihasida bosh qahramon qizil rangli, tishsiz va olov purkaydigan maxluq bo‘lishi kerak edi. Bundan tashqari, qahramon botqoqda emas, chiqindixonada yashashi lozim edi. Qaysi multfilm?
50. Pixar rahbarlari ushbu multfilmni Ezopning klassik “Chumoli va chirildoq” ertagi va shunga o‘xshash sujetli Disneyning eski qisqa metrajli filmi asosida yaratdilar. Faqat mualliflar hikoyani epopeyaga aylantirishga qaror qilishdi. Qaysi multfilm?
Javob: Flikning sarguzashtlari
10. U biror qo‘zg‘almas nuqtaga vaznsiz va cho‘zilmaydigan ipga osib qo‘yilgan moddiy nuqta, u og‘irlik kuchi ta’sirida vertikal tekislikda tebranadi. U?
20. 2013-yili nashr ettirilgan bu kitobning uchinchi qismi “Uch o‘q, uch qiz” deb nomlangan. Kitob nomini o‘zbekchada yozib bering?
30. U taxminan 6418.5×10²⁰kgga teng. U?
40. U Fransiyadagi Avliyo Pavel ordeni rohiblari, “Oʻlim aka-ukalari” deb ham ataladigan fransuz paulinlari oʻrtasidagi uchrashganda aytiladigan salomlashish shakli edi. U?
50. U Absurd teatrning asoschilaridan biri. U "Bolarilar hayoti", "Chumolilar hayoti" kabi falsafiy asarlar muallifi ham hisoblanadi. U kim?
60) Mavzu: Nomida ayol qatnashgan asarlar
10. “Aftidan, kundalik yuritish — umuman menga to‘g‘ri kelmaydigan mashg‘ulotga o‘xshaydi. Chunki shu vaqtgacha miyamga bunday fikr kelmagan va eng muhimi, kelajakda, jumladan, mening o‘zimga ham 13 yoshli maktab o‘quvchisining yozganlari qiziq bo‘ladimi? Qaysi asardan?
20. 1958-yilda yozilgan bu asar Fainna Glagoleva tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Qaysi asar?
30. U xizmatkori keltirgan qog‘ozlarni beparvolik bilan ko‘zdan kechirgan bo‘ldi, bir-ikkita jo‘natuvchisi muhimroq ko‘ringan konvertlarni ochib ko‘rdi, husnixati notanish ko‘ringan va o‘ziyam birmuncha qalinroq tuyulgan bir maktubni chetga surib qo‘ydi. Qaysi asardan parcha?
40. Bu kitob bir jafokash ayol qismati haqida. Aslida bu faqat qahramonning qismati emas, 30-yillarda yashagan ayollarning achchiq taqdiri, gunohsiz insonlarning surgundagi qismatidir. Qaysi asar?
Javob: Zulayho ko‘zini ochyapti
50. Uning muallifiga katta qiziqish bor Lev Nussimbaum, Essad Bey, Cherkes Burbanly, Zeydulla Achaev va Yusif Vazir Chamanzaminlilarni uning muallifi bo‘lishi haqida turli tahminlar mavjud. U?
10. Bu daraxtning mevalari hajmi va shakliga koʻra nokga oʻxshaydi. Pishganida tillarangga kirib, ikki pallaga ochiladi. Ular qizil, zich etdan iborat boʻlib, ichida yongʻoqqa oʻxshash urugʻ boʻladi. Qaysi?
20. Bu asarda Bosh qahramon Abrorning hayoti yaxshi. Bir qizi va bir o‘gli bo‘ladi. Kasbi arxitektor bo‘lgan bu obraz o‘z sohasi bo‘yicha yaxshi mutaxassis, olim bo‘ladi. Qaysi asar?
30. Ushbu asarda kommunizm iskanjasi qurboniga aylangan bir Uygʼur millatiga mansub musulmon oilasining qismati yoritilgan.
40. Bino arxitektor Juzeppe Piermarini tomonidan 1776-1778 yillarda vayron qilingan Santa Mariya gotika cherkovi o‘rnida qurilgan. Bino?
50. Bu savolni topishda xato qilmaysiz deb umid qilaman. 1458-yilda "Aylanani kvadratlashtirish to‘g‘risida" nomli dialogda. 1464-yilda Nikolay o‘lim to‘shagida yotganda, u Nikolay bilan birga bo‘lish uchun Florensiyadan 120 milya masofani bosib o‘tdi.
62) Mavzu: Badiiy adabiyotdagi itlar
10. «Jannatga kiradigan o‘n nafar hayvondan biri bu «Ashobi kahfning vafodor iti dir». (Al-jome al-Kabir.) Bu so‘zlar qaysi asardan?
20. It o‘ziga qo‘yilgan laqabni istehzoli deb biladi, chunki „Bu“ erkalangan semiz itlarga mos laqab deb hisoblardi. Bu soʻz „kichik toʻp“ degan maʼnoni anglatadi. Itning to‘la ism familyasini ayting?
Javob: Poligraf Poligraf Sharikov
30. U Samuel Vernon va halokatga uchragan kema kapitanining iti. U Negoro tomonidan oʻldiriladi. U?
40. Hikoya Jorj, Xarris, Uning xo‘jayini bilan tanishishdan boshlanadi. Uni itligini hisobga olgan holda uning laqabini aytib bering?
50. U egasini qidirardi. Bir kuni u Dashani hidlab, poezdning orqasidan yugurdi va tasodifan panjasi bilan relsga urdi. Va haydovchi o‘z vaqtida tormozlagan bo‘lsa-da, it panjasini qattiq jarohatlab oldi. Uning yangi dushmani Grey politsiyaga u tishlab olgani haqida shikoyat yozgan. U?
Javob: Bim (Oq bim qora quloq)
10. Bosh qahramon familiyasi “qurbaqa” degan ma’noni anglatadi. Bunga dunyoning eng chirkin va badbo‘y joyida – Parijdagi baliq bozorida tug‘ilganligi sababdir. Qaysi asar?
20. U 1900-yilda "G‘ildirakdagi uchta odam" asarini nashr ettirdi. U kim?
30. Nurbek Alimov 2020-yil shunday degandi. COVID-19 yoki koronavirus deb atalmish balo uzoq vaqt uyda qoluvchi ko‘plab o‘quvchilarni “Bu kitob”ni birinchi marta yoki qayta o‘qishga undaydi. Kasallik har doim bor, ammo biz bu faqat boshqalarga ta’sir qiladi deb o‘ylaymiz. Endi bu barchaning ishi. Biz dahlsiz emasmiz. Bu kitob?
40. Bu asar Robert Ballantaynning mashhur “Marjon oroli” asariga istehzoli sharh sifatida yozilgan asardir. Buni qahramonlarning ismlaridan ham bilish qiyin emas Ralf va Jek Meridyu. Qaysi asar?
50. Ko‘pchilik bu asar bir nechta mashhur jinoyatchilarning sevimli kitobi bo‘lgan, masalan Jon Lennonning qotili Mark Chapmanning va AQSh prezidenti Ronald Reyganga suiqasd uyushtirishga uringan Jon Xiklining. Qaysi asar?
10. Yaponiya metrosida faqat Ular uchun vagonlar bor. Bu shoshilinch vaqtda hech kim ularni bezovta qilmasligi uchun qilingan.
20. Yaponiyada maktabidagi ular yoshiga qarab uzunligi turlicha bo‘ladi, o‘quvchi qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik qisqa bo‘ladi.
Javob: Yupka (Maktab formasidagi yupka)
30. Yaponiya davlat bayrogʻi shunday ataladi. Qayday?
40. 1890-yil 9-sentabrda tug‘ilgan bu inson Yaponiyada Rojdestvoning eng muhim ramzlaridan biri hisoblanadi?
50. Har bir yaponiyalik bu muhrga ega. Bu mamlakatda imzo o‘rniga ular nominal muhr qo‘yishadi. Uni yaponchada ayting?
10. Hajm jihatidan kichik bo‘lishiga qaramay, ko‘plab eng-eng degan nomga sazovor bo‘lgan narsalar mavjud. Misol uchun, mamlakatda Disneyning eng qimmat bog‘ attraksionlari va eng baland amerikacha tog‘lar, shuningdek bu yerda eng yirik yo‘lovchilar o‘tish joyi, dunyodagi eng katta va jahon standartlari bo‘yicha eng rivojlangan metropoliten tizimi majud. Qaysi davlat?
20. U Xongyu Sengen deb nomlangan sintoizm ibodatxonasiga tegishli. Mazkur joy 1609 yilda uning mulkiga aylangan. U?
30. Yaponiyada bu paytda talonchilik boʻlmaydi? Qaysi paytda?
Javob: Zilzila sodir bo‘lganda
40. Yaponlar komikslarga shunchalik qiziqishadiki, ularni chop etish uchun Xga qaraganda ko‘proq qog‘oz ishlatiladi. X?
50. Yapon tilida bir vaqtda 3 xil yozuv qo‘llaniladi. Ularni ayting?
Javob: katakana, hiragana va kanji.
10. Film suratga olinayotganda u taxminan 10 yoshda bo‘lgan. Do‘sti tasodifan sindirib tashlagunga qadar uning iPodi bor edi. U tayoqdagi dengiz o‘tlarini yaxshi ko‘radi. U?
Javob: Marti (Madagaskar mulfilimidagi zebra)
20. Bolaligida u astma bilan kasallangan va boshqa bolalar singari sport bilan shug‘ullanishga yoki biron bir tadbirda qatnasha olmagan, shuning uchun ota-onasi va akasi uni tez-tez kino teatrlariga olib borishar edi. U kim?
30. Uning laqablari Eski Kinderhook, Kichkina sehrgar, Kinderxukning qizil tulkisi, Kichkina Van edi. U kim?
40. U 1781-yilda, uch yoki to‘rt yoshda bo‘lganida oilasi bilan Buenos-Ayresga ko‘chib o‘tgan Uni keyinchalik "Argentina, Chili va Peruni ozod qiluvchi" nomi bilan tanilgan edi. U kim?
50. O‘smirlik yillarida u boksda ham muvaffaqiyat qozongan. Uning kayerasini boshlanishiga sabab Komik Ritch Snayder uning harakatini ko‘rishi va unga Nyu-Yorkda aloqa o‘rnatishni taklif qilishi turtki bo‘lgan. U kim?
10. Bir bolani olimlar taxminan olti yoshligida 1867-yil Hindistonning Uttar-Pradesh shtatidagi g‘orda bo‘rilar orasidan topdilar. U kimning prototipi?
20. Kubalik baliqchi va dengizchi Gregorio Fuentes Uning prototipi sanaladi. Ammo shunisi qiziqki, Fuentes mahalliy aholi orasida yozuvchining doʻsti sifatida emas, balki bir nechta dahshatli boʻronlardan omon qolgan muvaffaqiyatli dengizchi sifatida tanilgan. Kimning prototipi?
Javob: Santyago (Chol va dengiz)
30. Versiyaga ko‘ra Uning prototipi sifatida Buyuk Britaniya axborot vaziri Brendan Breken ko‘rsatilsa, yana bir versiyada esa ingliz feldmarshali Goratsiy Kitchener aytiladi. U kim?
40. Bir yigit O‘n besh yoshida urushga jo‘naydi va oyog‘i, qo‘li singan, yarador boʻlgan va butunlay nogiron bo‘lib qaytadi. U kimning prototipi hisoblanadi?
Izoh: Davolanishdan so‘ng, "Buratino" o‘zini "yog‘och odam" deb atagan holda sirkda pul ishlay boshladi.
50. Asar syujeti va personajlar, muallifning oilasi, qoʻni-qoʻshnilari, 1936-yil 10 yoshda boʻlgandagi shahrida sodir boʻlgan voqealar haqidagi kuzatishlari asosida yaratilgan. Muallif otasini bosh qahramonning prototipi deb atagan. Kimning prototipi?
Javob: Attikus Finch (To kill a Mockingbird)
68) Mavzu: Adabiyot bo‘yicha nobel mukofoti.
10. Nemis yozuvchisi. 1912-yildan Shveysariyada yashagan. Ijodini sheʼr yozishdan boshlagan, kichik hikoyalar, nasriy sheʼrlar yozgan. Dastlabki romani — "Marhum German Lausher insholari va sheʼrlari". U?
20. Uning asosiy romanidan tashqari Kolas Breugnon, Klerambo, Per va Luis romanlari mashxur. U kim?
30. U yozish paytida oilasi yashash uchun pulga ega bo‘lishi uchun mashinasini sotdi. Romanni yozish u kutganidan ancha uzoq davom etdi. u 18 oy davomida har kuni yozgan. Yozish davomida u ikki juftlik Eran Karmen va Alvaro Mutis bilan uchrashdi va Mariya Luisa Elio va Jomi Ascetlar bilan har kechada romanning rivojlanishini muhokama qilib, turli versiyalarni sinab ko‘rishdi. U kim?
40. U 1914-yil 31-martda tug‘ilgan meksikalik shoir. Birinchi sheʼriy to‘plami "No pasaran" 1936—39-yillarda Ispaniyada bulgan fuqarolar urushiga bagʻishlangan. Kim?
50. Dublinda tug‘ilgan u 1876-yilda Londonga ko‘chib o‘tdi va u erda yozuvchi va romanchi sifatida o‘zini namoyon qilish uchun kurashdi. 1880-yillarning o‘rtalariga kelib u taniqli teatr va musiqa tanqidchisiga aylandi. U kim?
10. Ular jahon iqtisodiyoti uchun juda muhim. Qiymati boʻyicha global tovar savdosining 70% u orqali oʻtadi. 2020-yil holatiga koʻra, Yevropadagi eng gavjum yoʻlovchi u Xelsinkida joylashgan ekan. U?
Demak Mavzu: Matritsa --PORT--
20. 1906-yil 1-iyulda tashkil topgan u hech qachon Primeiradan tushib ketmagan "Katta uchlik" klublaridan biridir. Uy stadioni o‘zining birinchi prezidenti nomiga qo‘yilgan. Orginal nomi mavzuyimizga ikki marta mos tushuvchi uni ayting?
Javob: Sporting (Sporting Club de Portugal)
30. „Har bir kishi uda oʻz gunohlarini koʻradi. Uning oʻz gunohlari nima ekanini hech kim bilmaydi. Gunohni koʻrgan odam esa oʻzi olib kelgan boʻladi". Ushbu iqtibos qaysi asar haqida?
Javob: Dorian Greyning portreti
40. Inglizcha xabar bermoq, xabardor qilmoq deb ayting.
50. Bu amerikalik yozuvchi. Aptekachi, sotuvchi, kitob bezakchisi, noshir va boshqa kasblarda ishlagan. U 1862-yil 11-sentyabrda Shimoliy Karolina shtatining Greensboro shahrida Amerika fuqarolar urushi davrida tug‘ilgan. Uni mavzuga mos ismini ayting.
10. U maktabda oʻqishga moyil emas edi, lekin sportni (ayniqsa, futbol) yaxshi koʻrardi, pianino darslarini oldi, sheʼr yozdi va Birinchi Baptistlar xorida qoʻshiq aytdi. Uning taʼkidlashicha, 1963-yilda 7 yoshida „How the West Was Won" filmini tomosha qilish uning bolaligini shakllantirgan. U?
20. U o‘z faoliyatini Gertada boshladi, undan keyin Angliyaning "Tottenxem" klubiga qo‘shildi. "Borussiya Dortmund" bilan qisqa muddatli ijaradan so‘ng, U Portsmutga ko‘chib o‘tdi. 2010-yilda u "Milan" A Seriyasiga qo‘shildi va birinchi mavsumida Italiya chempionati va Superkubogini qo‘lga kiritdi. Kim?
30. U 1963-yilda AQShda tug‘ilgan. U avtobusda yurishni yaxshi ko‘rardi, lekin buning uchun puli yo‘q edi, shuning uchun Kevin bir kuni eski sayohat kartasini topdi va uning amal qilish muddatini qalbakilashtirdi. U kim?
40. Bu Angliyalik futbolchi jahon chempionatlari o‘tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgan yagona futbolchi hisoblanadi. U kim?
50. Bosh qahramon rollari bilan tanilgan u ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan, jumladan, Oltin globus mukofoti va Ekran aktyorlari gildiyasi mukofoti va Primetime Emmy mukofotiga nomzod. Agar siz aktyor bo‘lganingizda siz u bn ro‘l o‘ynagan bo‘lardingiz. U kim?
71) Mavzu: Ispan futbol klublari haqoratli laqablari.
10. O‘tgan asr o‘rtalarida jamoa janubiy amerikalik futbolchilarni birin-ketin o‘z safiga qo‘shib olishni boshlaganida, "Real Madrid" muxlislari qo‘shnilarga "indios" ("hindular") laqabini berishgan. O‘shandan beri taxallus haqoratdan ramziy ma’noga aylandi va jamoaning ba’zan tarixni hurmat qiladigan muxlislari stadionga hindu boshliqlarining an’anaviy bosh kiyimida kelishni yaxshi ko‘radilar. Qaysi jamoa?
20. "Pepinos" ("bodring") jamoa muxlislari va futbolchilariga "Sevilya"dan qasamyod qilgan dushmanlari tomonidan berilgan laqabdir. Ya’ni, betikoslar faxrlanadigan yashil rangning jismoniy timsoli. Bir kuni “Sevilya” muxlislari derbiga afishani shunday tasvirlashdi, unda raqib jamoaning 11 nafar futbolchisi qo‘ltiqlarida mayda bodringlar bilan tasvirlangan. Qaysi klub?
30. Katta ambisiyalarga ega bo‘lgan jamoa muxlislar tomonidan “o‘g‘rilar” nomini ham olgan. Bunga sabab katta ehtimol laqab o‘g‘irlash bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
40. Sharqiy Yevropadan ko‘plab sayyohlar Balear orollarida dam olishadi, shuning uchun barcha mahalliy aholi birgalikda "giyohvandlar" va "badbasharalar" deb nomlanadi. Qaysi klub?
50. Bu juda provinsiyaviy joy, shuning uchun bu yerdagi barcha odamlarni "palurdo" ("tepalik") deb atashadi. U Madriddan 11 kilometr uzoqlikda joylashgani va aslida poytaxtning chekkasidagi joy hisoblanganligi sababli mahalliy aholini “pindongas baratas” (“arzon fohishalar”) deb ham atashadi. Qaysi klub?
10. 1899-yilda 21-iyul tug‘ilgan bu yozuvchining uy muzeyiga qurol taqib kirish man qilingan ekan. Kim?
Izoh: Chunki yozuvchining hammaga mashhur "Alvido qurol!" asari bor.
20. 1783-yil Nyu-Yorkda tugʻilgan bu inson hatto 6 yoshida Jorj Vashingtonning shaxsan oʻzi bilan uchrashgan.
30. Yozuvchining bu asari SSSRning 1918-1956-yillardagi qatag‘onlari haqidagi tarixiy asari 257 mahkumning maktublari, xotiralari va og‘zaki hikoyalari va muallifning shaxsiy tajribasi asosida yozilgan. Yozuvchi?
40. Yozuvchi qiyin bolalik xotirasi uchun bu taxallusini oldi. U shu taxallusi bilan birinchi marta 1892-yil 12-sentyabrda Tiflisdagi "Kavkaz" gazetasida "Makar Chudra" qissasining nashrida paydo bo‘lgan. U kim?
50. 22 yoshida bo‘lajak yozuvchi Buyuk Britaniyadan AQShga jo‘nab ketdi. U yerda u savdogarlik, muxbirlik va o‘qituvchilik kabi ishlar bilan shugʻullandi. AQShda qiziquvchan u taniqli hindu qabilalari rahbarlari bilan ko‘p suhbatlashdi. U kim?
10. Bu nom "Kichik buloq" yoki "Kichik buloq joyi" kabi ma'nolarni anglatadigan "Ali-shonak" deb talaffuz qilinadigan qadim mahalliy yer nomidan kelib chiqqan degan versiya mavjud.
20. Bu nom qadim hindu qabilasining nomi. Qabila nomi "Ah-hee-oo-ba" - "Uyqusiraganlar", "Uyqusirab yuruvchilar" bo‘lgan degan etimologik qarashlar mavjud.
30. Ba'zi etimologlar joy nomi ispanchadan - "Tandir kabi issiq" degan ma'noni anglatishi mumkin degan farazlarga borishgan. Shuningdek,- "Issiq o‘choq", lotinchada - "Issiq iqlim" ma'nolarini anglatishi haqidagi versiyalar ham mavjud.
Javob: Kaliforniya ("Calittef Forna")
40. Bu nom mahalliy "Owhyhee" so‘zining inglizcha tallafuz versiyasi va bu so‘zning tarjimasi ehtimol, "Vatan" so‘zini bildiradi.
50. Bu nom hindularning "O‘tloqli yer" degan ma'noni bildiruvchi so‘zdan olingan. Shuningdek, "Daryo boshida" so‘zini anglatuvchi - "Shawnee" yoki "Shawneeke" so‘zidan keliv chiqqani aytiladi.
74) Mavzu: Davlatlar etimologiyasi
10. bu nom xitoycha "Yuenan" dan qog‘oz izlayotgan, "yue" - bu xitoy. bu joyning nomi, va "nan" janub. Biroq, 1945-yilgacha, davlat nomi rasmiy ravishda imperator Bao Day tomonidan o‘zgartirilgunga qadar mamlakat odatda "Annam" deb nomlangan. Qaysi toponim?
20. Bu joy nomi Italyan mustamlakachilari tomonidan "Qizil dengiz" deb nomlangan. Qaysi?
30. Bu davlat nomi yog‘ochi qizib turgan cho‘g‘ rangini eslatuvchi shu nomdagi daraxt nomidan olingan. Boshqa bir gipotezaga ko‘ra, "sesalpiniya o‘lkasi" degan ma'noni anglatuvchi portugalcha iboraning qisqartmasi deyiladi. Qaysi?
40. Versiyalardan birga ko‘ra, birinchi ko‘chmanchilar bu joyga avgustda, kapalaklar ko‘p bo‘lganida, kelgan va bu nom ispan mustamlakasiga qadar bo‘lgan bu hududda mavjud bo‘lgan bir necha mahalliy amerika hindularining tillarida "ko‘plab kapalaklar" degan ma'noni anglatadi.
50. "Bu" nom malay tilidagi so‘zidan kelib chiqqan va "jingalak" degan ma'noni anglatadi (boshqa versiyaga ko‘ra, "jingalak qora odam" so‘zidan). Orolga bu nom 1526-yilda portugaliyalik Xorxe di Menezes tomonidan berilgan.
75) Mavzu: Adabiyot bo‘yicha nobel
10. 1897-yil 25-sentabrda Missisipi shtatining Nyu-Olbani shahrida Murri Katbert va Maud Butlerning toʻrt oʻgʻlining birinchisi boʻlib tugʻilgan. U o‘zining mukofotini keyingi yilgi ziyofatda Bertran Rassell 1950-yilgi mukofot bilan birga berildi. Kim?
20. Toʻqqiz yoshida u oilasidan ajralib, amakisi Xans Olsen bilan yashagan. Olsen jiyanini kaltaklab, och qoldirgan va keyinchalik u o‘zining surunkali asabiy muammolari amakisining unga boʻlgan munosabati bilan bogʻliqligini aytdi. U kim?
30. Robert Allen Zimmerman 1941-yil 24-may Minnesota shtatining Dulut shahrida tug‘ulgan. Amerikalik musiqachi, rassom, haykaltarosh, kinorejissyor va shoir. Biz uni qaysi ism bn taniymiz?
40. 1946-yildan 1947-yilgacha u shaxtada ishlagan va haykaltaroshlik bo‘yicha ta'lim olgan. Dyusseldorfda haykaltaroshlik va grafika bo‘yicha tahsil olgan. 1999-yilgi Nobel mukofoti sovrindori hisoblanadi. Kim?
50. Ingliz neorealizmi va neopozitivizmi asoschisi. Matematikani mantiqan asoslab berish maqsadida mantiqning deduktivaksiomatik tuzilishini rivojlantirgan. "Matematika asoslari" asarini yozgan. U kim?
76) Mavzu: Matritsada sayyora nomlari
10. Bir afsonaga ko‘ra u qo‘lida qalqon va olma ushlab turgani aytiladi.
20. Bogʻlanuvchan, kumush rangli yumshoq metall, zichligi 20,45 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 640°, qaynash temperaturasi 4082°.
30. U 1940-yillarda Sara Bernar teatri qoshidagi dramatik studi-yada aktyorlik mahoratidan taʼlim olgan, keyinroq Sh. Dyullen va E. Dekru kabi sahna ustalaridan pantomima sirlarini oʻrgangan. Mavzuga ikki karra mos keluvchi Uni kimligini ayting.
40. Karlo Gozzi ertagi asosida suratga olingan. Yevgeniy Vaxtangovning soʻnggi spektakli boʻlib, u 1922-yilda Moskva badiiy teatrining uchinchi studiyasida sahnalashtirgan.
50. Savol matnida bir so‘z boshqa ikki so‘z bilan almashtirilgan. U 1980-yil 29-martda Moskvada tug‘ilgan. 2011-yilda u "Slavyan an'analari" tanlovi laureati ("Rassom" romani uchun), shuningdek, Voloshin tanlovida "ESMA" hikoyasi uchun g‘olib bo‘ldi.
Izoh: Yershonim shu inson nomiga nomlangan. Savol matnidagi ESMA (eski maktab) so‘zi ham yershonim edi.
10. Uning to‘liq ismida Komil Fransuani ham ko‘rishimiz mumkin. Kimning?
20. Oʻzining nafosat va adabiyotga bagʻishlangan "Adabiyot nima", "Bodler" , "Avliyo Jene, masharaboz va jafokash" kabi asarlarida S, ozmoz boʻrttirib boʻlsa ham, yozuvchining hozirgi zamon tarixida roʻy berayotgan barcha hodisalar uchun javobgar ekanligini qatʼiy taʼkidlab oʻtgan. Kim?
30. U 3 yoshidagina oyoqqa turdi, birinchi so‘zini 4 yoshida aytdi, bu "baliq" so‘zi edi. U kim?
40. U "Bryugge"da birinchi mavsumni juda muvaffaqiyatli o‘tkazdi va 43 o‘yinda 32 gol urdi. U 54 marta Fransiya terma jamoasi sardori sifatida maydonga tushgan. 1986-yilgi JCHda bronza medalini qo‘lga kiritgan. Hozirda Marsel klubining texnik maslahatchisi. Kim?
50. U shovqin va notinchlikni yoqtirmagan. Shuning uchun u ishiga xalaqit bermasligi uchun 5 nafar farzandini bolalar uyiga topshirib yuborgan.
10. Ular asosan havo rang, oq, ko‘rinishi doira shaklida bo‘lib, transport vositalarini muayyan tartib bo‘yicha harakatlanishini talab etadi. Ular?
20. Ulardan eng yiriklari Ksyu London, Edinburg, K. Linney ishlagan Upsala, Utrext, Bryussel, Berlin, Jeneva va boshqa shaharlarda mavjud. O‘zbekistondagi u 1921-yilda tashkil etilgan.
30. Bir filmining suratga olish ishlari juda ham og‘ir epizoddan boshlangan edi. Ya’ni filmda mast bo‘lib kelib, xotinini sudrab tashqariga olib chiqib tashlash kerak bo‘lgan epizodi olinishi kerak edi. Aktyor shunchalik ro‘lga berilib ketib, aktrisani sudraganda oyoqlari shilinib ketganini eslaydi. Qaysi film?
40. Bir jurnalist uni "chaqmoqni ko‘rgan odam" deb atagan. Jurnalistning aytishicha U xuddi havoda qolib ketgandek ko‘rindi va shunday kuch bilan qo‘ndiki, uni qumdan olib chiqishga majbur bo‘ldi. Kim?
50. Ular aslida balandligi 115 mm dan 140 mm gacha bo‘lgan terakota qozonlari. Ular kislotali suyuqlik bilan to‘ldirilgan, masalan, sirka yoki achitilgan uzum sharbati. Ular?
79) Mavzu: Futbolchilarning laqablari
10. Matritsa laqabi bilan tanilgan futbolchi shunday deb eslaydi. "Birinchi to‘qnashuvdan keyin uzr so‘radim va yomon munosabatda bo‘ldim. Uchinchi martada jahlim chiqdi. U: "Keyinroq sizga futbolkamni beraman" dedi. Men uning singlisini afzal ko‘rishimni aytdim. kim?
20. Argentinalik ximoyachi Valter Samuel ancha gavdaliyligi sabab ximoyachilar uchun munosib laqabga loyiq ko‘rilgan. Qanday?
30. Vichenso Montellaning kiritgan har bir golidan so‘ng o‘ziga hos nishonlash uslubi sabab shu laqabni olgan.
40. Davom etamiz. Aleksandr Anyukov o‘zining maydondagi kuchli o‘yini tufayli shu laqabni olgan bo‘lishi ham mumkin.
50. Xavyer Ernandesning otasining laqabi “Chicharo” bo‘lgan. Shuning uchun futbolchiga bolaligida “Chicharito” nomi beriladi. Chicharito o‘zbek tiliga qanday tarjima qilinadi.
10. Mehribonlik uyida katta bo‘lgan yosh olim Andrey odamning dunyoga kelish sir-asroriga juda qiziqib qoladi va shu yo‘nalishda ilmiy ishlar olib boradi. Qilmishlari sabab sevgan insonidan ajralgan Andrey amaliyotlarni to‘xtatib kosmosga uchishga qaror qiladi va samoviy kema laboratoriyasida "u" deb nomlangan nurni kashf qiladi. U?
20. U shunday boshlanadi. Ey burkanib yotgan zot. Tur va ogohlantir. U?
30. Uning shiori “Anʼanaga koʻra innovatorlar”.
40. U haqidagi ilk ma'lumotlar imperator Yuryaku (457-479) davriga oid manbaalarda uchraydi. XVI asr oxirida yashagan mashhur samuray Sasaki Kojiro birgina uning yordamida bir nechta raqiblarini yenggani haqida afsonalar tarqalgan.
50. 1981-yil 25-aprel San Pauluda tug‘ilgan U o‘z vaqtida 19-raqamni egasi hisobgan. 2009-yilda jarohat tufayli mavsumni qolgan qismini o‘tkazin yuboradi. Peshonasi kesilgan, bosh suyagining chap qismi shikastlangan.
10. Hazilshunoslar uning familyasi “Teodordan maslahat oling” degan maʼnoni anglatadi deyishgan. Kim?
Javob: Uilyam X. Taft (Take advice from Theodore)
20. “Tezlik qirolichasi” laqabi bilan tanilgan luzitaniya kemasi kapitani sharafiga balki "Karib dengizi qaroqchilari" filmidagi bu personaj nomlangandir. Uchinchi filmda “Uchar gollandlar” sardori sifatida laʼnatlangan uning kimligini toping?
30. 1911-yilda tug‘ilgan ingliz yozuvchisi o‘zining mashhur romanini robinzoncha qaxramonlikka parodiya tarzida yozgan.
40. Uilyam 1804-yilda Nyu-York shahriga jo‘nab ketdi. U erda sovun qozonxonada shogird sifatida ishga joylashdi. Uilyamning familyasi?
50. U Umberto Ekoning "Atirgul nomi" romanining bosh qahramoni Uilyam Baskervillni yaratishda ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan va "La Abadia del Crimen" (Jinoyat Abbey) video o‘yinining bosh qahramonidir.
10. Ozodbek Nazarbekov shunday deydi. Ushbu loyihadan ko‘zlangan maqsadlarga ma’lum ma’noda erishdik. Eng muhimi, iqtidorli yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlagan holda musiqa san’atimizda sog‘lom raqobatga erishish uchun dadil qadamlarni qo‘ya olganimiz. Qaysi loyiha?
20. U yunoncha chuqur va kema so‘zlari qo‘shilishidan hosil bo‘lgan.
30. Uning asarlari orasida "Qizilxona", "Musiqa", "Qizil baliqchalar", "Musiqa darsi", kabilari mavjud. Kim?
40. Jiraquduqda dunyo olimlari tomonidan bir necha marotaba ekspeditsiya tuzilib, arxeologik qazish ishlari olib borilgan. Jarayonda ko‘plab topilmalar topilgan. Ayrim manbalarda Qizilqum kengliklari o‘rnida bir paytlar U bo‘lganligi haqida taxminlar ham uchraydi. U o‘rnidagi ikki so‘z?
50. U 1965-yilda Indiana shtatining Bloomington shahrida zavod ochdi. Uning shiori "Sizni ko‘chirish uchun yaratilgan". U?
Javob: OTIS (lift ishlab chiqaruvchi kompaniya)
10. Bahorda qo‘zichoq yaxshi, kuzda U. U?
20. Sharob kirsa ― U chiqib ketadi. U?
30. Mushuk go‘shtgacha yetib borolmay, "Shunday" deydi. Shunday o‘rnidagi so‘zlar?
40. O‘zi bitta U olmoqchi, bir pud temirning narhini so‘raydi. U?
50. Ayiq aytarkan: "Ulardan boshqasidan qo‘rqmayman". Ular o‘rnidagi bir necha so‘z?
10. 1997-yildan buyon Samarqand shahridagi Registon maydonida har ikki yilda bir marta oʻtkazib kelinayotgan u YUNESKO xalqaro madaniy tadbirlari roʻyxatiga kiritilgan boʻlib, Oʻzbekiston va uning merosi haqida koʻproq maʼlumot olishni istaganlar uchun mashhur tadbirdir. U?
20. Uning taxalluslari orasida " Logo " bor edi, chunki uning silueti NBA logotipi uchun asos bo‘lgan. Kim?
30. Taxtlar qulab, ne taajjub,
Ushbu sher bilan qaysi asar boshlanadi?
40. Yunon mifologiyasida u Borey deb ataladi. Ezopning ertaklaridan birida ham uni ko‘rish mumkin. Uni bir xil harfdan boshlanuvchi ikki soʻzda ayting?
50. Tomas Opaniya tomonidan Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushga e'tibor qaratish maqsadida tayyorlangan ko‘rgazmasi nomi 1929-yida yozilgan mashhur asar nomidan bir so‘zga farq qiladi. Ko‘rgazma nomini to‘rt so‘zda ayting?
Javob: Sharqiy frontda oʻzgarish yoʻq
85) Mavzu: 3 ta bir xil harf bilan boshlanuvchi so‘zlar
10. "Стёжки-дорожки" filmdagi qahramonlardan biri qalpoqli, mo‘ylovli Gavrila Kondratievich Dudka velosipedda sumka bilan aylanib yuradi. Dudka obrazi u deb hisoblanadi. U?
Javob: Pochtalyon Pechkin prototipi
20. Iboradagi bu so‘z tojikchadan "randala", "yor" maʼnosini anglatadigan so‘zdan kelib chiqqan va "yorib maydadangan oʻtin" maʼnosini anglatadi. Ibora?
Javob: Tomdan tarasha tushgandek
30. Nensi Fensis Robbins 1952-yil bu nomga sazovor bo‘ldi va o‘zining toifasidagi ilk afroamerikalik hisoblanadi. Nomni mavzuga moslab ayting?
40. Unda taxminan 12-15 yoshli bolalar teleko‘rsatuv yoki video o‘yin kabi mavzuga berilib ketganida va o‘zini qahramon shaklida uning bir qismi ekanligiga yoki shou yoki video o‘yin kuchlariga ega ekanligiga ishonishadi.
Javob: Sakkizinchi sinf sindromi
50. Avstryalik yozuvchi Daniel Glattauerning 2007-yil chiqargan bu romanida internetdagi muhabbat haqida hikoya qilinadi. Qaysi?
86) Mavzu: O‘zbekiston tumanlari etimologiyasi
10. Bir afsonada xabar berilishicha: allaqanday xon: “u yerda mening yuragim – sevimli yorim qoldi”, – deydi. A.Vamberining fikricha, bu nomi qasam va rozilik so‘zlaridan kelib chiqqan deyiladi. Qaysi toponim?
Javob: Andijon (Anda jonim qoldi yoki Ont jon)
20. Mahalliy aholi bu so‘zni ikki xil talqin qiladi. Birinchisi, tuman nomi fors-tojik tilidagi “katta yo‘l ustidagi joy” ma’nosini bildiradi va shu nomdagi qishloqqa nisbatan ishlatilgan. Ikkinchi talqin bo‘yicha, nom tojik tilidagi “old” va “tog‘” so‘zlaridan iborat.
30. Avvallari tegirmon xalq aholisi orasida katta rol o‘ynagan. Shuning uchun ham o‘zbekcha tegirmon va tojikcha tegirmon bilan tez-tez toponimlar hosil qilgan, hattoki, bu toponim nomini tarjima qilganda tegirmonchilar guruhini uchratish mumkin. Qaysi toponim?
40. bu toponimning kelib chiqishi haqida mahalliy xalq orasida turlicha talqinlar mavjud. Masalan, xalq og‘zida tojikcha, “ko‘p”, “devlar”, ya’ni "devlar makoni" degan rivoyat ham bor.
50. Mazkur joy nomi forscha “bo‘yi”, “chekkasi” va arabcha “nam, zax yer” – so‘zlaridan tashkil topgan.
10. Bu Samuel 2021-yil sentyabr oyida Fecafoot prezidentligiga nomzodini e'lon qildi. Kim?
Javob: Samuel Eto‘o (Fecafoot-Kamerun futbol federatsiyasi)
20. Samuel kal, lekin filmlarida parik kiyishni yoqtiradi. U sochini oldirishga qaror qilgani haqida shunday dedi: "Men o‘sha" kal - go‘zallar" ro‘yxatiga kirishni hohlayman. Bu juda zo‘r. U kim?
30. Yozuvchining mashxur asari personajini asarda hech kim ko‘rmagan, lekin uning borligi haqida hamma biladi. U yo‘qlik, sarob. Ya’ni u mavjud emas. Yozuvchi?
40. (Samuel savolda ketadi) 1989-yil 13-sentabr Samuel Uilsonning tugʻilgan kuni deb bu kunga shunday nom ko‘rsatishgan. Qanday?
50. U o‘zining uzoq shaxmat karyerasi davomida Emanuel Laskerdan tortib Anatoliy Karpovgacha bo‘lgan, o‘n ikki jahon chempionining o‘n bittasi bilan o‘ynagan yagona o‘yinchi bo‘lgan. U yettita jahon chempionini mag‘lub etgan. U kim?
10. U Yaponiyalik dizayner Shigeru Miyamoto tomonidan yaratilgan. O‘zining mehribon, ammo qo‘rqoq xulq-atvori bilan ajralib turadigan undan ko‘ra akasi mashxur hisoblanadi. U?
20. "Marhum Mitta Paskal" romani, "Agar shunday boʻlmasa..." va "Genrix IV" pyesalari MUALLIFINI toping?
30. U 1780-yilda u o‘lik qurbaqalarning oyoqlari muskullari elektr uchqunlari ta'sirida tebranishini aniqladi. O‘sha paytning mashhur olimi Alessandro Volta, uning "hayvon elektr suyuqligi" haqidagi xulosalariga e'tiroz bildirdi,
40. Uning tezligi, kuchi va maqsad sari intilishi italiyalik jurnalist Janni Brerani unga "Rombo di Tuono" (Momaqaldiroq gumburi) laqabini qo‘yishiga olib keldi. 2024-yil 22-yanvarda vafot etgan qaysi futbolchi?
50. Olimlar uning kitobini "dunyodagi eng g‘alati ensiklopediya" deb atashadi. U kitobini 1981-yilda ilmiy ish sifatida taqdim etgan holda nashr ettirgan. U?
10. 1. O‘zb oila kodeksi 69-moddasida u bo‘yicha qonunlar bor.
2. Mendeleyev davriy sistemasidagi 29-element?
20. 1. Koʻp ovozli musiqa asarlarida yakkaxon xonanda yoki sozanda tomonidan xor, orkestr yoki ansambl jurligida ijro etiladigan mustaqil partiya?
2. Bir paytlar u Alna daryosining yo‘qolgan nomiga ishora qilib, "Lo daryosining og‘zi" degan ma'noni anglatadi, deb taxmin qilingan. U?
30. 1. Finlandiya pul birligi bo‘lgan u. 1860-yildan joriy etilgan. 1 U = 100 penni. Xalqaro ifodasi FIM. 2002-yil 5-fevraldan muomiladan chiqarilgan. U?
2. Qadimgi Rimda aytilishicha, bir kuni Yupiter xudosining boshidan bir tomchi ter to‘kilib tushib, unga aylangan ekan. U?
Izoh: «Karam» so‘zi qadimiy rimcha «kaputum» – bosh degan ma’noni bildiradi.
40. 1. Qadimgi Yunonistonda 1 u 26,2 kg boʻlsa, Eronda 1 u 33,655 kg miqdorga toʻgʻri kelgan. U?
2. Uning ismi kelib chiqish versialaridan biriga ko‘ra, «bechora» dan «kim ko‘p chidashi kerak» degan so‘zlardan kelib chiqqan. u?
50. 1. U “Invictus” biografik filmida Nelson Mandela rolini o‘ynash sharafiga muyassar bo‘ldi, bu rol uning aktyor sifatida ko‘p qirraliligini namoyish etdi. Uning ismi?
2. U yunoncha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib "hamohang; teng oʻlchovli, mutanosib" degan ma'nolarni bildiradi. U?
90) Mavzu: Sportchilarning taxalluslari.
10. 47-raqamda o‘ynaydigan taniqli rossiyalik basketbolchi Andrey Kirilenko U laqabini olgan. Uni aniq yozib bering?
20. Fransiyalik mashhur darvozabon Fabiyen Bartezning maydondagi ba’zi xurmacha qiliqlari tufayli unga "U" laqabini berishgan. U?
30. Basketbolchi Karl Malone, kollejda har qanday vaziyatda to‘pni kerakli joyga - savatga yetkazish qobiliyati uchun bu laqabni olgan. Laqab?
40. Igor Netto bu laqabni nomutanosib uzun bo‘yin uchun olgan. Boshqa bir versiyaga ko‘ra, u jamoadoshlariga xushtak chalish, ularning harakatlaridan noroziligini bildirish odatiga ko‘ra bu laqabni olgan. Laqab?
50. Sobiq basketbolchi Ben Uolles o‘zining maydondagi ajoyib mahorati tufayi "U" taxallusiga ega. Uollesning taxallusi jamoaning uy o‘yinlarida har safar to‘pni qo‘lga kiritganida qo‘ng‘iroq chalish an'anasi tufayli yanada mustahkamlandi.
10. Arabcha bu so‘z ochuvchi degan ma'nolarni anglatadi. U deganda ko‘pincha yangi hududlarga yo‘l ochuvchilar nazarda tutiladi. U?
20. U yerda ilm-maʼrifat rivoj topishi oqibatida Gʻiyosiddin Jamshid singari mashhur olim-fozillar yetishib chiqqanligi tufayli bu joy "Qubbat ul-ilm val adab", yaʼni "Ilm va taʼlim gumbazi" degan sifat bilan shuhrat topgan. Bu joyni mavzuga moslab ayting?
30. Unda Akkad va shumer tillarida yozilgan kamida 30 000 kolxozga oid hujjatlar to‘plami bo‘lib, uning xarobalari Mosul Bugungi Iroq hududiga to‘g‘ri keladi. Uni ikki so‘zda yozib bering?
Javob: Oshshurbanipal kutubxonasi
40. Bu asar dramatik asar, ramziy ma’nolarga to‘la mazmunga ega, davlat va jamiyatga har jihatdan uning qulashidan tortib boshqa davlatning shakllanishiga qadar bo‘lgan hodisalarni juda oddiy misolda yoritib berishi mumkin bo‘lgan xarakterga ega. Muallif bu asari uchun adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘ldi. Qaysi asar?
50. Ushbu ism asosan o‘g‘il bolalarga qo‘yiladi va quyidagi ma’nolarga ega: Hush xabarchi, bashorat qiluvchi; bilimdon, dono. Qaysi?
10. 1959-yilda suratga olingan film. O‘tgan asrning o‘rtalarida rekord o‘rnatgan bu film 11 ta “Oskar” haykalchasini qo‘lga kiritib, Qo‘shma Shtatlarning milliy xazinasiga aylanadi. Qaysi film?
20. Rejissyor Mstislav Chernov tomonidan suratga olingan filmi eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film deb topildi. Qaysi film?
30. 96-«Oskar» kinomukofotini topshirish marosimida Eng yaxshi animatsion film uchun mukofot Bu insonning «Bola va qush» filmiga nasib etdi. Kim?
40. Bu film prokatda 2 milliard dollardan ko‘proq daromad oladi. Film Keyinchalik 20 daqiqaga uzaytirilgan 3D versiyasi ham chiqariladi. Filmni yana ikki marta — 2012- va 2017-yillarda kinoteatrlarda namoyish etishadi. Qaysi film?
50. Filmdagi 15 daqiqalik obrazida aktrisa tomoshabin eslab qolish uchun hamma narsani qiladi. Masalan, Fantina obrazini tasvirlash uchun U 11 kiloga ozadi, sochini deyarli oldiradi va fohishalarning dahshatli hikoyalarini oʻrganadi, bu uning ruhiy holatiga sezilarli darajada taʼsir oʻtkazadi. Natijada U epizodik rol uchun “Oskar”ga loyiq koʻriladi. Kim?
10. Uning logotipda aks ettirilgan 5 raqami “aʼlo, zoʻr, qoyilmaqom” maʼnosini anglatadi. U “Quvonch bilan xabar beramiz, xabar berib — bilim olamiz, bilib olib — rivojlanamiz, rivojlanib — yaratamiz!” - aynan mana shu shior bilan 2014-yilning 12-noyabr kuni o‘z ishini boshladi. U?
20. 1994-yilda, ular hali oʻrta maktabda oʻqib yurganlarida, Kara's Flowers sifatida birlashgan. Ular?
30. Kaliforniyalik yuk mashinasi haydovchisi Teri Xorton 1992-yilda uni do‘stini xursand qilish uchun sovg‘a sifatida 5 dollarga sotib oldi. 2008-yilda uni 50 million dollarga sotilgani e'lon qilindi. Uni ayting?
40. Unda asosiy voqea Xathor ma'buda va xudo Apis ustidan chiqarilgan hukm edi. Uni nima bilan bog‘liqligini toping?
Javob: Chorva mollarining o‘limi (Misrning 5-balosi)
50. Uning 5-kitobida “O‘ylab topilmagan harakat”, “Sodiq mangus”, “To‘rt xazina izlovchi”, “Arslon yaratuvchilar”, “Yuz aqlli ming aqlli va bir aql”, “Musiqiy eshak”, “To‘quvchini sekin”, “Brahman orzusi”, Kechirimsiz maymun, Ishonchli shayton, Uch ko‘krakli malika, Oyog‘ini yuvgan shayton hikoyalar mavjud. U?
10. O‘tgan asr 30-yillarida ba'zi bir insonlar uni “qora zulmat” deb atashgan. U nima?
20. 2017-yil 22-may sanasida Uning Manchester arenasidagi konsertida portlash sodir boʻldi. Portlashdan soʻng, u 4-iyun kuni „One Love Manchester“ deb nomlangan yordam konsertini oʻtkazib, portlash qurbonlari va jabrlangan oilalarga yordam boʻlishi uchun $23 million miqdorda mablagʻ yigʻdi. U kim?
30. “1942-yil 28-sentabr. Hech qachon ko‘chaga chiqa olmasligimizni anglab yetish tobora qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bizni topib olib, otib tashlashlari borasidagi qo‘rquv ham. Odamni xursand qilmaydigan istiqbol!”. Yuqoridagi gaplar undan olingan, uni ayting?
40. U Simurq safidagi ilk golini 2013-yil 1-sentabr kuni “Inter” klubiga qarshi oʻyinning 78-daqiqasida (2: 1) kiritildi. U kim?
50. Xopi qabilasi uni keyingi hayotga kirish eshigi deb biladi. Uni mavzuga mos nomini ayting?
10. 2007-yildagi Tekken 6 o‘yinida u asosidagi "Fiesta del Tomate" nomli sahna mavjud. Uni ayting?
20. U ishga boradi, bog‘ni parvarish qiladi, o‘z uyini jihozlaydi va hokazo. U ishlarini bajarishga doimo fidoyilik va katta ishtiyoq bilan kirishadi. Biroq, uning barcha intilishlari kulgili vaziyatlarni keltirib chiqaradi. U?
30. Uning logosida pomidor o‘rtasida RT harflarini ko‘rish mumkin. U?
40. U haqidagi xabarni rossiyalik immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nikolay Kryuchkov quyidagicha sharxlaydi. "Qulaylik, og‘riq yo‘qligi. Ignada ukol qilishga hojat qolmaydi. Yeysanu, qutulasan". Uni bir so‘zda ayting?
Javob: Tamovac (covidga qarshi Pomidor vaksinasi)
50. 2013-yilda Buyuk Britaniyada Thompson&Morgan uni "TomTato" brendi ostida ommaviy bozorga chiqardi. U?
96) Mavzu: Yer yuzidagi odamlar yashaydigan eng xavfli hududlar
10. Bu hududdan mashxur voqeadan keyin 30 kilometrlik hududdan jami 115 000 kishi butunlay ko‘chib ketgan. Zararlanish xavfi hali yana uzoq vaqt davom etsada, yashashda davom etayotgan kishilar bor. bular Olimlar, radiatsiya darajasini kuzatuvchi ilmiy xodimlar bilan jami 80 nafar inson istiqomat qiladi. Bu hudud?
20. Bu joyning aholisining soni 2000, aholiga xavf soladigan hayvonlar esa 1700 nafarni tashkil qiladi. Ular uchun deyarli 80 yil avval qo‘riqxona tashkil etilgan bo‘lib, u keyinchalik YuNESCOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu hayvonlarning odamlarga tashlanishi ham ehtimoldan holi emas. Shunga qaramay, mahalliy aholining mazkur orolni tark etish niyati yo‘q. Bu joy?
30. Yerning yorig‘ida joylashgan mazkur hudud yashash uchun eng xavfli joylardan biri sanaladi. Bu yerda 8 ballgacha yer silkinishi, vulqonlar otilishi, dovullar ko‘plab kuzatilishi mumkin. Shunga qaramasdan bu joyda 50 milliondan ortiq “metin asabli” odamlar yashaydi. Bu joy?
40. Kongo demokratik respublikasidagi qishloq 970 metr balandlikdagi tog‘da joylashgan. Aholi turmush tarzi va salomatligini saqlash maqsadida mazkur qishloqda telefon, planshet va boshqa shu kabi narsalardan foydalanish taqiqlanadi. Gap shundaki, ushbu qishloqda muntazam ravishda yashin urishi odatiy hol bo‘lgan anomal hudud mavjud. Bu joy?
50. Dengiz sathidan 5 ming balandlikda joylashgan Perudagi, bu shaharda o‘simliklarni uchratish mumkin emas. Qoyalardan iborat mazkur hududda kislorod tanqisligi sabab, odam nafas olishga qiynalishi mumkin. Iqlim va maishiy muammolarning borligi qaramasdan shahar aholisining soni so‘nggi vaqtda ikki karraga ko‘paygan va bugungi kunda 50 ming kishini tashkil qiladi. Bu shahar?
10. Biograf Endryu Xodjsning fikriga ko‘ra uning eng sevimli ertagi Uolt Disneyning "Oppog‘oy va yetti gnom" ertagi bo‘lganini aytadi. U kim?
20. U 1827-yil aprel oyida Bostonga sayohat qilib, oʻzini kotib va gazeta yozuvchisi sifatida gʻalati ishlar bilan davom ettirdi va bu davrda Anri Le Rennet taxallusidan foydalanishni boshladi. U kim?
30. U 1997-yil 24-avgustda Angliyaning Nortgempton shahrida ingliz-shotland oilasida tugʻilgan. Otasi britaniyalik onasi esa norvegiyalik. Natijada, unga Buyuk Britaniya va Norvegiyaning ikki fuqaroligi berildi. U kim?
40. U va koptok o‘rtasida nisbatan qisqa 40 yard masofa bo‘lishiga qaramay, biroz yaxshilanish bor edi. Birinchi to‘p 24 yard masofani bosib o‘tgandi. U kim?
50. U 1986-yilda televizion dasturda u ikkita o‘smir aktyorga ochiq dengizda haqiqiy raft yordamida omon qolish texnikasini o‘rgatadi. U kim?
10. Maryam Layloning qalbini yorita oldi, uni zulmatdan qutqardi. Asarda Afgʻon davlatidagi oʻzaro urushlar, davlat toʻntarishlari, ichki iqtisodiy tuzumlari ham aks ettirilgan. Va bularning barchasi xalqqa ziyon yetishiga sabab boʻlgan. Qaysi asar?
20. U to‘quvchilik bilan shug‘ullanganiga qaramay, turli biografik hikoyalarda, jumladan, fors tarixchisi Davlatshoh Samarqandiyning tarjimai holida "kashtachi" (zarduz) laqabini olgan. U kim?
30. 2020-yilning 28-fevral kuni Toshkentga borgan Ozodlik fotomuxbiri Amos Chapl “Muz saroyi” yoki qurilayotgan “Islom siviliatsiyasi” markaziga emas¸ balki akademik olim G‘iyos Umarovning g‘oyasi asosida qurilgan mahobatli inshootni ko‘rishga oshiqdi. Qaysi inshoot?
40. 2012-yil avgust oyida Tel-Aviv universiteti arxeologlari diametri taxminan 15 mm (0,59 dyuym) bo‘lgan dumaloq tosh muhr topilganini e’lon qilishdi, u Bayt-Shemesdagi uyning polidan topilgan va uzun sochli odam o‘ldirilayotgani tasvirlangan. Bu maqolada kim eslab o‘tilgan?
50. Unga Turkiya bolalar sammiti tomonidan “Bolaga doʻstlik” mukofoti, “Oila va bolalar” dasturlari uchun Media axloqi mukofoti hamda Chanakkale 18 Mart universiteti Senati tomonidan Faxriy doktor unvoni berildi. U kim?
99) Mavzu: O‘zbekiston toponomikasi
10. Olimning yozishicha, “Toponim sug‘d tilidagi far, (yuqori) va turkiy, mo‘g‘ul tillaridagi sin, shin (xalqlar) qismlaridan tashkil topgan. Farshin – "yuqorida istiqomat qiluvchi xalqlar demakdir”. Qaysi toponim?
20. Bu nomni kelib chiqishini ko‘pchilik “ochiq ko‘ngil” deb ifodalasa, ba’zilar “ko‘ngilni xush qiladigan, ko‘ngilni ochadigan” joy degan ma’noda, deb tushuntiradilar. Qaysi nom?
30. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bu nomni kelib chiqishi forscha chuqur va qozon so‘zlarini qo‘shilishidan kelib chiqqan ekan. Qaysi toponim?
40. Bu nom arabcha chegara va forscha “yoʻl”, “koʻcha” ma’nosini beruvchi so‘zlardan kelib chiqqan degan versiya mavjud. Qaysi nom?
50. Mahalliy aholi vakillari va ayrim mahalliy ijodkorlar mazkur toponimni bug‘doy so‘zi bilan bog‘lab, shunday izohlashadi: bu so‘z forscha so‘z bo‘lib, bug‘doy va kon so‘zlarini qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, ya’ni “bug‘doy koni” degan ma’noni bildirgan. Qaysi toponim?
10. Asar syujeti avval Petrogradda bo‘lishi yoziladi, keyin esa muallif asar qahramonlarini "Greenlandiya"ga ko‘chiradi. Qaysi asar?
Izoh: "Greenlandiya" bu Aleksandr Grinning hayoliy oroli
20. 2014-yil 19-avgustda uni 20 million yevroga sotish boʻyicha kelishuv Sporting va United tomonidan eʼlon qilingan. U "Manchester United " bilan oʻynash „men uchun orzu“ deb aytadi. U kim?
30. U 1996-yilda Westwood Studios tomonidan ishlab chiqilgan Command & Conquer franshizasidagi real vaqt rejimidagi strategiya video oʻyini. “Command & Conquer”ning tarixida Ittifoqdosh kuchlar Yevropa materigini nazorat qilish uchun agressiv Sovet Ittifoqiga qarshi jang qilishi tasvirlanadi. Qaysi o‘yin?
40. Fransuzcha Le Petit Chaperon rouge so‘zlari o‘zbekchada qanday tarjima bo‘ladi?
50. Taxminlarga ko‘ra Uning shiori "Sinab ko‘ring va his qiling, sinab ko‘ring". Uni ayting?
10. Bu so‘z negiz, asos, poydevor ma'nolarini bildiradi. Qaysi so‘z?
20. Bu toponim tosh yoki tog‘ va qal’a so‘zlarini qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, istehkom degan ma’noni anglatadi. Qaysi toponim?
30. Uning shimoli-g‘arbiy qismida Nishizava no Atama, Mizuxi no Atama va boshqalar cho‘qqilar joylashgan. U?
40. Oʻz vaqtini ayamay, sirkul yoki chizgʻichni qogʻozda sidirg‘a yurgizib, chizmachilikda faqat aʼlo baholarga erishgan talabagina kelajakda xoʻpam yetuk loyihachi boʻla oladi. Yuqorida unga misol tingladingiz uni ayting?
50. Ochiq ko‘rsatilganda go‘yo uxlayotgandek chalqancha yotgani uchun, ba’zan ular uchun shou to‘shagi atamasi qo‘llaniladi. U?
102) Mavzu: Futbolchilarning laqablari
10. Uning Futbolning Charli Chaplini, ”Buyuk oqsoq" degan laqablari bor. Kim?
20. Unga uch o‘pkali deb laqab berishgan. Kimga?
30. U tashqi ko‘rinishi juda o‘xshashligi tufayli Nikulin laqabini oladi. U kim?
40. Uning qanotdagi shiddatli o‘yinlari sababli muxlislar Tor laqabini berishgan. Kim?
50. U jarima zarbalarini ham xuddi David Bekxemdek amalga oshirgani uchun osiyo Bekhami laqabini olgan. Kim?
10. 2023-yilda u 08:00 dan 09:00 ga qadar “Ilmni qadrlang, ilmga intiling!” shiori ostida tashkil etish tavsiya etilganda. U?
20. 1830-yillarda yaratilgan unda "Yer yuzidagi barcha aholiga erkinlikni e'lon qiling" so‘zlarini ko‘rish mumkin. U?
30. Basketbolchi Ben Uolles baland bo‘yi tufayli bu laqabni olgan. Qaysi laqab?
40. Bir savdogarning uchta qizi bor edi. Savdogar qizlaridan nima hohlashini so‘radi, o‘ng‘ich qizi bo‘yinbog‘ini so‘radi, ikkinchi qizi esa oltin zanjirga ega bo‘lishni xohladi, lekin kenja qizi "menga atirgul olib bering" dedi. Kenja qizning ismi nima edi?
Javob: Bell (Otasi atirgulni mahluqning bog‘idan uzmoqchi bo‘ladi. Asarda)
50. Glen butun dunyo bo‘ylab joylashgan Mitla deb nomlangan meksika restoranida mijozlarning uzoq navbatlarini kuzatgan. 1948-yilda Kaliforniyada o‘z biznesini yo‘lga qo‘ydi. Bu kompaniyaga keyinchalik qaysi nom berilgan?
104) Mavzu: Frenkning familyasini toping.
10. U 1965-yil Uillis E. MakNelliga Oregon shtatining Florensiya yaqinidagi Oregon tepaliklarida joylashgan qum tepaliklari haqida maqola yozish niyati borligini aytdi. U kim?
20. "Alice in Chains" rok-guruhining 1995 -yilgi albomining muqovasida bir oyog‘i yo‘q it tasvirlangan. Savol shu albomning orqa muqovasida kim tasvirlangan?
30. U 1959-yilda Fransiyaning Montbéliard shahridagi qochqinlar lagerida tug‘ilgan. Uning ota-onasi 1956-yilgi Vengriya inqilobidan keyin, Vengriyadan Fransiyaga qochib ketishgan. U kim?
40. U hamisha trubkasini chekardi, shuning uchun ham doim og‘zining bir chetidan gapirardi. U kim?
Javob: Frank Figel (Papay prototipi)
50. U 1901-yil qishning o‘rtasida ya'ni 16-yanvarda Yuta shtatining Evrika shahrida tug‘ilgan. U kim?
10. U o‘zining birinchi raketkasini 1986-yilda besh yoshida Yangi yil sovg‘asi sifatida oldi. U kim?
20. 1873-yil mart oyida hikoya o‘qib o‘tirgan bir inson "Mehmonlar qishloq uyiga jo‘nab ketishga tayyorlanishdi" degan birinchi satrdan ilhomlanib uni yaratadi. Uni ayting?
30. U turmush o‘rtog‘i bilan tanishganini xotirlar ekan "Tasavvur qiling men sizni telbalarcha sevib qoldim va sizni xotinim bo‘lishingizni so‘radim." Degan so‘zlarini aytib o‘tadi. U kim?
40. U 1968-yili "Dengizlarda va dengiz narigi" nomli kitobini nashr etdi va Rossiya Yozuvchilar uyushmasiga a'zolikka qabul qilindi. U kim?
50. U 1970-yilda oʻz faoliyatining Italiya davriga bagʻishlangan "Wróć do Sorrento (Sorrentoga qaytib kelasizmi?) avtobiografik kitobini yozadi. U kim?
10. Unda har bir belgining uzunligi ingliz tilidagi matnda ifodalangan belgining paydo boʻlish chastotasiga taxminan qarama-qarshi boʻlgan. Shunday qilib, ingliz tilidagi eng keng tarqalgan — “e” harfi eng qisqa kod — bitta ditga ega edi. Uni ayting.
20. 1950-yil Iroqda tug‘ilgan uni „egri chiziq malikasi” deb taʼriflanadi. U kim?
30. Shunisi ma'lumki, o‘tgan asr 50-yillarida Los-Anjelos politsiya departamenti rahbari Uilyam Parker bir nechta teleko‘rsatuvlarda o‘z departamentini tartib va anarxiya o‘rtasidagi baryer sifatida u deb atagan. Uni aniq ayting.
40. Suhrob Ziyo bir sherida uni dastxati qog‘ozga sig‘magan daho deb ta’riflaydi. Uni yunonchadan kirib kelgan so‘zda ayting?
50. U 2014-yil 24-noyabrda Prezident Barak Obama tomonidan Prezidentning Ozodlik medali bilan taqdirlangan.
107) Mavzu: Javobda ikki so‘z bittasi bir xarf
10. U 2011-yilda "Batman: Arkham Siti" video o‘yinida, Betmen ota-onasi Tomas va Marta Ueyn o‘ldirilgan xiyobonga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan bo‘limda paydo bo‘lgan edi. Uni ayting?
20. U Britaniyalik prodyuser Saymon Kouell va uning Syco Entertainment kompaniyasi tomonidan yaratilgan televizion musiqa tanlovi. Uni toping?
30. Uning olti yoshida otasi oq tanlilar tomonidan oʻldirilgan. Yetti yil oʻtgach, uning onasi psixiatrik shifoxonaga yotqizildi. U kim?
40. Jon Smit Meksikada renegat general Xaver Tuko uchun ishlaydigan ikki Federal politsiya zobiti tomonidan asirga olingan. Jon qochib ketadi va o‘zining do‘sti Templeton Pekni qutqarish uchun yo‘lga chiqadi, u ham Tukoning ranchosida asirda saqlanadi. Qaysi film syujeti?
50. Frenk bu taxallusni bosh qahramoni Napoleon Bonapart deb atalgan avstraliyalik “shunday” nomli detektiv serialini tomosha qilganidan keyin o‘zi uchun yaratgan edi. Qaysi taxallus?
10. Undan asosan sirklarda, festivallarda foydalaniladi. Yana bir antiqa sport turida u bilan Xokkey o‘ynashadi. Uning ajralib turadigan tomoni odatiylaridan farqli ravishda ro‘l yoki egardan faqat bittasi bo‘lishidir. U?
Javob: Unicycle (Monocycle, Bir g‘ildirakli velosiped)
20. Avstraliyalik aborigenlar ichi bo‘sh daraxt tanasidan, shuningdek, daraxt po‘stlog‘idan uni yasaydilar. U o‘rnidagi ispancha so‘zni ayting?
30. “Ilhom” teatrida Viktor Anning “Hammasi u haqida” shaxsiy ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgandi. Ko‘rgazma tomoshabinlarga atrofdagi dunyoga boshqacha qarash imkonini beradi. U?
40. Turkiy afsonalardan Tepegʻoz - turkiy mifologiyadagi u hisoblanadi, uning hikoyasi uyasiga ovqatlanmoqchi boʻlgan insonlar gʻorga kirishi va bir nuqta qoʻyishi bilan bogʻliq. Uni toping?
50. Ularning tarkibida 75 tadan 10000 tagacha nukleotid qoldigʻi bor. Uni toping?
Javob: Ribonuklein kislota (RNK).
109) Mavzu: Turli millat Isaaklari
10. Onasining so‘zlariga ko‘ra, u muddatidan avval tug‘ilganligi sababli unga "belanchak" o‘rnida krujkadan foydalansa bo‘lardi. U kim?
20. 1958-yilda yaratilgan "Ismimni S harfi bilan yozing" asari muallifini ayting?
Izoh: Azimov familyasini Asimov deb yozilishini to‘g‘ri deb bilgan
30. Uning soʻnggi yillardagi hayoti ancha tahlikali oʻtdi. 1935-yildan u hamma lavozimlardan olib tashlandi. 1937-yilning aprel oyida 75 yoshida hibsga oladilar. U Andijon turmasida vafot etadi. Uning qabrining qayerdaligi nomaʼlum. U kim?
40. U Chexovning uyiga tez-tez tashrif buyurgan va ba'zilar uni Chexovning singlisi Mariya Pavlovna Chexovani sevib qolgan deb o‘ylashadi. U kim?
50. U 1901-yil 25 yanvarda Avstriya-Vengriya imperiyasining Buyuk Gertsogligining Krakov shahrida yahudiy oilasida tug‘ilgan. Uning Natan ismli akasi bor edi. U kim?
10. U 2013-yilda Said Muxtorovning " Xazan " qisqa metrajli filmida debyut qilgan. 1989-yilda Navoiyda tug‘ilgan uni toping?
20. Loyiha Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Gruziya, Turkiya, Ozarbayjon, Boshqirdiston va Rossiya Federatsiyasining Tatariston davlatlarining yetakchi yulduzlari ishtirokidagi tanlov formatida amalga oshiriladi. Qaysi loyiha?
30. Uning asoschisi Li Byon Chxol hisoblanadi. Uni toping?
40. Uning bayrog‘idagi yulduz Meksikadan mustaqil boʻlish uchun kurashganini eslatib turadi. Uni toping?
50. Tadqiqotchilarning taxminicha g‘orning chuqurligi 2650-metrdan iborat. Bu bilan u hozirgi kundagi eng chuqur g‘or hisoblanmish Gruziyadagi Krubera g‘orini 500 metrga ortga qoldiradi. Qaysi g‘or?
111) Mavzu: Takrorlanuvchi so‘zlar
10. Sevimli telekanalidagi ushbu ko‘rsatuvning 10-soni Obid Asomovning so‘nggi ishtiroki sifatida eslanadi. Ko‘rsatuv nomi?
U katta, chiroyli va muskulli bo‘lib, juda chuqur va mayin ovozga ega bo‘lib, u mushaklarini bukish orqali noz-karashma qilishni yaxshi ko‘radi. U?
30. U o‘zining yomon odati tufayli Ginneslar kitobiga kirgan bo‘lib, Fijidagi 200 yardga cho‘zilgan masofada 872ta toshlari unga aloqasi borligi aytiladi. U 1840-yilda o‘lgan. U kim?
40. Bu savol sizlar uchun. Bu qo‘shiqqa asos bo‘lgan qo‘shiq Fang xalqining afrika tilida kuylangan. Dastlab, asl ijrodagi qo‘shiq Ikkinchi Jahon urushi paytida afrikalik miltiqchilarga bag‘ishlangan. Hozirgi biz bilgan qaysi qo‘shiq?
50. Barbarella 1968-yilda, Jan-Klod Forestning shu nomdagi frantsuz komikslari asosidagi rejissyor Rojer Vadim tomonidan suratga olingan ilmiy-fantastik film bo‘lib, Filmda bosh qahramon Jeyn Fonda koinot sayohatchisi va insoniyatni yo‘q qila oladigan qurol yaratgan olim uni topish uchun yuboriladi. Bu personaj kim?
Izoh: Keyinchalik Dyuran Dyuran guruhi shu personaj ismini o‘zlariga nom qilib tanlashgan.
112) Mavzu: Nafaqat sigaret markalari
10. Javberdiyev bu qoʻshiqni birinchi bo‘lib Xoliq Xursandov ijro etganini iddao qilgan. Shoir Usmon Azimning oʻzi esa Javberdiyev qoʻshiqni kaver qilishga ruxsat soʻrab u bilan aloqaga chiqqani, ammo bunga ruxsat bermaganini aytgan. Qaysi qo‘shiq?
20. Bu so‘z sugʻdcha — uy, xonadon ma'nosini bildirib, ilk va oʻrta asrlarda Turonzaminda joy nomini anglatadi. Bu so‘z?
30. U anglo-norman tilidan olingan bo‘lib, muhokama, munozara, gaplashish so‘zidan kelib chiqqan. Birinchi zamonaviy U sifatida 1188-yilda Leon qirolligida o‘tkazilgan Kortes Leon aytiladi. U?
40. U 2016-yil oktyabr oyida Kris Kemp va Adam London tomonidan tashkil qilingan. U Kaliforniyaning Alameda shahrida joylashgan Amerika raketa kompaniyasi. U?
50. 1900-yil 4-yanvarda Filadelfiyada tug‘ilgan bu inson 36 yoshida o‘zining birinchi "G‘arbiy Hindiston qushlari" asarini yozadi. Bu insonning familyasini ayting?
10. Uning Otasi “Tezroq o‘g‘lim ulg‘aysa, uni to‘ylarga olib borsam”, deb ko‘p gapirgan ekan. U kim?
20. Uning tashqi ko‘rinishi Hindiston fuqarolik huquqlari yetakchisi Mahatma Gandiga o‘xshagani uchun “Gandi Kamol” yoki “Turk Gandisi” nomi bilan tanilgan. U kim?
30. Ilk martotaba 1734-yilda Shoh Abbos III davrida asos solingan flotda harbiy qo‘shinning bayrog‘ida qizil „U“ tasviri aks ettiriladi. Uni toping?
40. Bu qilich qayta tiklanganda juda yorqin edi. Inda quyosh nuri qizg‘ish, oy nuri esa sovuq porladi. Va Aragorn unga G‘arb olovi deb nomladi. Bu qilich nomi?
50. U haqidagi maqolada 1960-yillarning eng ko‘zga ko‘ringan va sermahsul rejissyori Hideo Gosha eslab o‘tiladi. Uni toping?
10. 2002-yil 23-sentabrda chiqarilgan uning 0.1 versiyasi logosida Feniks qushini ko‘rish mumkin. U?
20. 2000-yil 8-iyul sanasida chiqarilgan bu asar 2001-yilda Hugo mukofotiga loyiq topildi. Qaysi asar?
Javob: Garry Poter va alanga kubogi
30. Afsonaga koʻra, U oʻzi kanoeda Taiti orolidan Gavayiga sayohat qilgan deb ishoniladi. Sayohat chogʻida u turli orollarda oʻz olovlarini yaratmoqchi boʻlgan, ammo singlisi Namaka unga chek qoʻymoqchi boʻlib, uni taʼqib qilardi. Oxir-oqibat, ikki opa-singillar bir-birlari bilan jang qilishdi va U halok boʻladi. Uni toping?
40. U hind tilida phuljhadi deb ataladi va ayniqsa Divali festivalida mashhurdir. Uni ikki so‘zda ayting?
Javob: Bengal olovi (Sparkler)
50. Bir karikaturada qo‘lida “Amazon kindle” ushlab turgan uni ko‘rish mumkin. Uni kimligini toping?
115) Mavzu: Yopiq (Oskar mukofoti)
10. U 24 karatli oltin bilan qoplangan hamda og‘irligi 3,85 kg ni tashkil qiladi. Uning oltin qoplamasi uning narxining yildan-yilga oshishiga sabab bo‘ladi. Masalan 2011-yilda bir uni tayyorlash narxi 400 dollar bo‘lgan. Uni toping?
20. 2024-yilning Eng yaxshi qo‘shiq nominatsiyasida “What I was made for”, nomli treki uchun g‘olib deb topilgan insonni ayting?
Javob: Billi Aylish. (“Barbi” filmi)
30. U ushbu nufuzli mukofotning taqdirlash marosimini 18 marotaba olib borgan. Mukofot boshlovchisi sifatida rekord o‘rnatgan o‘tgan asr o‘rtalaridagi boshlovchini kimligini topng?
40. 93-Oskar mukofoti topshirish marosimida eng yaxshi film bu film bo‘lgan. Frensis MakDormand o‘ynagan qaysi film?
Javob: Nomadland («Ko‘chmanchilar o‘lkasi»)
50. 1969-yil 25-aprelda tug‘ilgan bu amerikalik aktirisa 2020-yil "Judi" filmidagi ro‘li uchun eng yaxshi aktrisa sifatida oskar mukofotiga ega chiqdi. Kim?
116) Mavzu: Bu ikkisi teng bo‘lurmu (Savol qiymatiga teng)
10. 2003-yilda Xitoyda Yanszi daryosi bir necha kilometrga qizil rangga aylangani haqidagi ma'lumotlarning uning birinchi qismiga atalgan maqolada ko‘rish mumkin. Uni ayting?
20. Oskar marosimida rejissor shunday deydi: «Bu Ukraina tarixidagi ilk «Oskar». Bu men uchun sharaf. Ammo, katta ehtimol bilan, men bu sahnada turib «Bu film bo‘lmasligini istardim» deb aytayotgan ilk rejissyorman. Film?
30. Jared bu nomni “Argus Apocraphex" nomli noyob qo‘lyozmadan olgan. U shunday deydi: “bu g‘oya qiziqarli, bu kelajak uchun metafora", deb tushuntirdi. Qaysi nom?
40. "Uni 4800 ta yog‘och bo‘lagidan 5 yil davomida yasalgan. Undagi arab harflaridagi bitiklarni tajribali hattotlarga aslidagidek yozdirib, o‘sha asosda yasaganman. Uni Amir Temur muzeyiga hadya qilish maqsadida edim." deydi hunarmand Shavkat Yusupov. Uni toping?
50. Unda quyidagi yozuvlarni ko‘rish mumkin. “Ijobiy bo‘ling va hayotdan zavqlaning.” Uni aniq ayting?
Javob: Ron Klarkning 50-qoidasi
10. Ijodni 1995-yilda boshlagan bu guruh solisti Zokir Sobirov hisoblanadi. Guruhning mashhur qo‘shiqlari “Hayot, Izlama, Nilufar.” Qaysi guruh?
20. Laziza Rixsiyeva tomonidan to‘plangan u nomli kitoblar jamlanmasida Bo‘g‘irsoqni ham ko‘rish mumkin. Yoshligingizni eslab uni ayting?
30. Uning ilk sheriy to‘plami "Oqshom" nomi bilan 1912-yilda chop etilgan. Uni bolalik chog‘idayoq Sarskoye Seloga keltirishadi va u yerda bo‘lajak shoira 16 yoshigacha yashaydi. U kim?
40. Levitan bu kartinasida oldimizda buyuk daryoning qirg‘og‘i. Peyzaj odamlar hayotidan begona emas - oldingi planda biz bir nechta baliqchi qayiqlarining qorong‘u siluetlarini ko‘ramiz. Qaysi kartina?
50. Glinkaning "Bolero" romani, Motsartning "Don Juan" operalarida uning birinchi qo‘llanishi ko‘zga tashlanadi. Uni toping?
Javob: Serenada (Italyancha oqshom so‘zidan kelib chiqqan)
10. Bu savolni topolmasangiz o‘zingizni so‘kib yurmang. Bu so‘z "boshi shishgan" maʼnosini berib, keyinchalik shu maʼnodan oʻzgarib "miyasi yaxshi ishlamaydigan" maʼnosini anglatadi. Bu so‘zni ayting?
20. Badiuzzamon Xurosoniyning yozishicha, "Shoirlardan hech biri oʻzidan keyin unchalik koʻp sheʼr qoldirmagan. U forsiydan tashqari, urdu, hind va arab tillarida ham asarlar yozgan". U kim?
30. Richard Rutt o‘zining "History of Handknitting" asarida yozganiga ko‘ra, "Bu" nom urush paytida ishlatilmagan, lekin keyinroq, 1881-yilda paydo bo‘lgani yozilgan. Bu qaysi nom?
40. Aslida bu soʻzi eski uygʻurchaga xitoychadan kirib kelgan, yemoq fe'li bilan birga kelgan. Bu soʻz yana Qutadgʻu bilig asarida ham ikki joyda ovqat, ikki joyda esa «Ovqat patnisi» maʼnosida ham keladi. Qaysi so‘z?
50. Uning shiori: "Har bir butilkada O‘zbek ta’mini sezib oling!" Uni toping?
119) Mavzu: Yopiq (Matritsa --SKAR--)
10. Bu personaj aslida maymun bo‘lishi kerak edi. Multfilmining syujeti sherlar va maymunlar o‘ziga xos konfliktga ega bo‘lib, uning rivojlanishi bu personaj edi. Keyin antagonist sher bo‘lishi kerak degan qarorga kelinadi. Bu personajni toping?
Javob: Skar (Mavzu: Matritsa --SKAR--)
20. Dastlabki nomlaridan biri "Yovvoyi hayot" bo‘lgan animatsion filmni bir davlatda qo‘yish taqiqlangan edi. Sababi davlat boshqaruvchilari o‘zlarini shu filmdagi personajlarga o‘xshatilgan deb hisoblashgan. Hohlang davlat nomini hohlang multfilm nomini yozib bering.
30. Rejissor Rimas Tuminas spektakli haqida shunday deydi, Bizning tomoshamiz odamlar haqiqiy kimligini yashirish uchun kiyadigan niqoblar haqida. Spektakl nomini toping?
40. Har yili Polshada minglab eksgumatsiyalar o‘tkaziladi. Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra 2016-yil holatiga 115 ming 296 kishi bu maqomdan halos bo‘ladi. 1,5 milliondan ortiq kishi esa hali hamon bu maqomda. Bu maqomni ikki so‘zda ayting?
50. 2019-yil chiqqan bu filmda Bir ziyofatda bir guruh do‘stlar "Countdown" deb nomlangan dasturni o‘rnatadilar va bir qizga 3 soat yashashi kerakligi aytiladi. Bu filmni o‘zbekcha mavzuga mos nomini ayting?
Javob: Teskari sanoq (Teskari hisob)
10. Bu Moskvalikka atab chiqarilgan google doodleda tulki va qarg‘ani ko‘rish mumkin. U kim?
20. Bu insonga atalgan doodleda Google yozuvidagi O harfi eshik ko‘rinishida tasvirlanib ichidan qo‘ng‘iz chiqayotgani tasvirlangan. Bu inson kim?
30. 1928-yil Pitsburgda tug‘ilgan bu insonga atalgan doodleda moviy, sariq, pushti, yashil fonlarda tasvirlangan Google yozuvlarini ko‘rish mumkin. Bu kim?
40. 1646-yil Leyptsigda tug‘ilgan bu insonga atalgan doodleda 0 va 1 raqamlarini ko‘rish mumkin. U kim?
Javob: Gotfrid Vilgelm Leybnits
50. 1898-yil tug‘ilgan bu rassomga atalgan doodleda Google so‘zidagi o harflari qo‘llar ko‘rinishida bo‘lib bir birini chizayotgani tasvirlangan. U kim?
Javob: Maurits Cornelis Escher
121) Mavzu: Nafaqat Viktor Gyugo asarlari
10. Unda Parijning bokirasi deb tanilgan Maryam Ona Haykali mavjuddir. Uni aniq ayting?
Javob: Parij Bibi Maryam ibodatxonasi
20. Uning bu laqabni olishiga uning shaxsiy qo‘riqchilarini tashkil etuvchi gvardiya grenaderi askari bo‘yi kamida 5 fut 10 dyum (178 santimetr) bo‘lishi haqida buyruq bergani ham sabab bo‘lishi mumkin. Qaysi laqab?
30. “Kun.uz” saytining u nomli maqolasida 2008-yil Navoiy shahrida sodir etilgan jinoyat. Yarim tunda bosqinchilik uyushtirilgan hamda xonadon egasining ukasi o‘ldirib ketilgani yozilgan. Uni toping?
40. 2019-yil unda dunyoning barcha qit'alaridagi 75 ta davlatdan 340 nafar mehmonlar ishtirok etgan. Hattoki Odri Azule xonim unga shaxsan tashrif buyurgan. Uni toping?
50. U Angliya fuqarolik urushlariga " Roundheads " yoki parlamentariylar tomonida qatnashgan va "Old Ironsides " laqabini olgan. U kim?
10. Yozuvchi roman ustida o‘n yil davomida ishlagan bo‘lsa ham, u kitob yozayotganini deyarli hech kim bilmas edi. Roman qahramoni asar yozilishi davridagi ko‘p yillar davomida Pensi deb nomlangan hozirda biz bu qahramonni Skarlett deb bilamiz. Qaysi asar?
Javob: Shamollarda qolgan hislarim (Margaret Mitchell)
20. Paradoks holatda uning birinchi kitobi "So‘nggi topshiriq" deb nomlanadi. Qaysi asar?
Javob: Afg‘on shamoli (Isoqjon Nishonov)
30. Iqtibosni tinglang. “Bizda tugʻilish xam oʻlim xam yo‘q. Faqat shamol bor”. Qaysi asardan parcha?
Javob: Shamol qo‘shig‘ini tingla! (Xaruki Murakami)
40. "Internetdagi virtual hayot real hayotga katta ta'sir qildi. Biz u yerda oʻzimiz uchun oʻzga bir olam yaratdik. Doʻstlar orttirdik. Hatto kimnidir sevib qoldik. Kimningdir profili, uning satrlari biz uchun aziz boʻlib qoldi." 2006-yil chiqqan Glattauerning bu asari kitobxonlar orasida katta shuxrat qozondi. Qaysi asarligini initsialli uch so‘zda ayting?
Javob: Shimol shamoli shashti (Daniel Glattauer)
50. Yozuvchining yolg‘izgina o‘g‘li yozgi ta'til paytida buvisining huzuriga yo‘l oladi. Bu vaqtinchalik ayriliq, sog‘inch otani har kuni o‘g‘liga maktub yozishga undaydi. Natijada ushbu asar paydo bo‘ladi. Qaysi asar?
Javob: Tolzordan esgan shamol (Kennet Grexem)
123) Mavzu: Chetdan kelgan so‘zlarni o‘zbek tiliga moslashtirish bo‘yicha Zuhriddin Isomiddinov tavsiyasi.
10. Zuhriddin Isomiddinov shunday deydi: "menimcha, uni biron oʻzbekcha soʻz bilan almashtirish shart boʻlsa, chaqchaq desak boʻlar." Qaysi so‘z?
20. U soʻzlashuv nutqida “majoziy” degan maʼnoda ishlatiladi. Shunga koʻra uni majoziy dunyo deb tarjima qilish mumkin. Uni bir so‘zda toping?
30. Buni tamaddi so‘zii bilan almashtirish mumkindir. Chunki tamaddi ham qisqa muddatda (bemalol emas) ovqatlanishni anglatadi. Qaysi so‘z?
40. Bu soʻzni tojiklar korbar deb berishgan. Bizda uning muqobili topilmagan. Basharti mijoz deb bersak. Qaysi so‘z?
50. Zuhriddin Ismoilov fikriga ko‘ra, Wi-Fi so‘zini qanday o‘zgartirish mumkin?
Javob: Aslidagiday qoldirilishi kerak.
(Wi-Fi – ingliz tilidagi Wireless Fidelity soʻzlarining qisqartma shakli. Wireless Fidelity oʻzbek tilida “simsiz sodiqlik” degan maʼnoni bildiradi.)
124) Mavzu: Rassomlar kartinalarida tasvirlangan joylar.
10. Kartinada tasvirlagan kafe Fransiyaning Arles shahridagi Forum maydonida joylashgan. Hozirgi egalari terrasaning ichki qismini rasmda ko‘rsatilgandek saqlashga alohida harakat qilishadi. Qaysi kartina?
Javob: Tungi kafe terrasasi (Vinsent van Gog)
20. Ma’lum bo‘lishicha, uzoqda tasvirlangan qoyalar haqiqatda mavjud bo‘lgan. Bu Kreus qoyasi. U rassomning vatani — Kataloniyada joylashgan. Qaysi kartina?
Javob: Xotira abadiyligi (Salvador Dali)
30. Kartina qahramoni Oslo yaqinidagi Ekberg tepaligida joylashgan haqiqatan ham bor bo‘lgan yo‘lda turibdi. Hozirda ba’zi obyektlar mashhur rasmdagi kabi ko‘rinmaydi. Yangi ko‘chalar qurilgan, uylar buzilgan. Qaysi kartina?
Javob: Qichqiriq (Eduard Munk)
40. Kartinada tasvirlangan ayolning orqasida qiziq detallarni ko‘rish mumkin. Masalan, o‘ngdagi ko‘prik. Tarixchilarning fikriga ko‘ra, u Italiyaning Laterina qishlog‘i hududida joylashgan. Romito ko‘prigi bir vaqtlar Arno daryosining 2 qirg‘og‘ini bog‘lagan, ammo hozirgi kungacha ko‘prikning ozgina qismi saqlanib qolgan xolos. Qaysi kartina?
Javob: Mona Liza (Leonardo Da Vinchi)
50. Rassom bu ajoyib manzarani chizishda Fransiyaning Giverni qishlog‘idagi o‘z uyining bog‘idan ilhomlangan. Rassomning uyi hozirda muzeyga aylantirilgan va tashrif buyuruvchilar uy atrofida ham sayr qilishlari mumkin. Qaysi kartina?
Javob: Nilufar gulli hovuz (Klod Mone)
10. Ba'zi liftlarda U inglizcha F harfi bilan almashtiriladi. Uni toping?
20. Janubiy koreyalik ayollar faqat uchta undan birini tanlashlari mumkin va ayollarning yoshi va oilaviy holati ularni belgilaydi. Agar u uzun bo‘lsa, ayol yolg‘iz, agar u qisqa bo‘lsa, ayol yaqinda turmushga chiqqan va hokazo. Uni toping?
30. Davom etamiz. Yomgʻirli kunlarda koʻchalarda soyabonsiz yurgan koreyalikni deyarli uchratmaysiz. Sabab sifatida Koreyaliklar ob-havoning buzilganligi tufayli yomgʻirdan soʻng bu ish bo‘lishini aytishadi. Qaysi ish?
40. Qadimgi Koreya sivilizatsiyasi davrida u faqat qirollik a'zolari va elita uchun edi. Ammo Joseon hukmronligining 500 yillarida koreyslar unga ega bo‘lishni boshladilar. Uni aniq ayting?
Javob: Kim familyasi (Qabul: Li yoki Park familyalari)
50. U Koreyada minnatdorchilik kunida keng tarqalgan sovg‘a nomidir. Umid qilamanki hech biringizda u yo‘q. Uni toping?
10. Ja’far uni Agrabo bozoridan olib kelgan va uni jinoyatchi sherigi sifatida tarbiyalagan. U shuningdek, animatsion serialda Otello ismli jinoyatchi egizak akasi borligini eslatib o‘tadi. Uni ismini ayting?
20. Bu toponimning ma'nosi haqida turli fikrlar mavjud bo‘lib, eng ko‘p qabul qilingani chibcha tilida "dehqonchilik erlari devori" degan ma'noni anglatadi. Qaysi toponim?
30. Gerbalogiya darsida Professor Pomona Sprout o‘z o‘quvchilariga quloqchinlardan foydalanishni buyuradi. Ular nimani o‘rganishayotgandi?
40. Sindarin tilida "Muhtaram qirol" deb ayting?
50. U yerda Ilgari 300 ga yaqin aholi istiqomat qilgan, biroq u yerning aholisining kamayishi 2015-yil yanvariga kelib 35 taga, 2016-yil avgustida 30 taga , 2019-yil sentyabriga kelib 27 tagacha kamayishiga olib keldi. Uni toping?
10. Roman “yoʻqotilgan avlod” vakili boʻlgan Lyudvig Bodmer nomidan hikoya qilinadi va 1923-yilda Germaniyadagi inflyatsiya davrida Verdenbryuk shahrida boʻlib oʻtadi. Qaysi roman?
20. Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida Hozirda mingdan oshiq eksponatlar bor. Ko‘pchilikning e’tiborini ommaviy qatag‘on davrida odamlar yuragiga qo‘rquv solgan, oddiy xalq «O‘lim mashinasi» deb nom qo‘ygan U nomli avtomobil tortadi. Uni initsialda ayting?
30. 2009-yilda Asha Mandela Ginnes rekordlar kitobiga eng uzun dredloklar egasi sifatida kirgan. Bunday o‘ziga xoslik tufayli u ko‘pincha matbuotda SHUNDAY deb ataladi. Qandayligini aniq ayting?
40. Bu toponim Afrikaning sharqidagi xuddi shu nomdagi yarim orolga tegishli bo‘lib, huddi shu nomdagi etnonimdan kelib chiqqan va kushit tilidan "qora" degan ma'noni anglatadi. Qaysi toponim?
50. U nafaqaga chiqqanidan so‘ng televideniega ishga kirib, Nelson Mandela kabi sport va siyosatdagi taniqli shaxslardan intervyu oldi. U kim?
128) Mavzu: Kinosword (Aqliy filmlar)
10. Jared Letoning ishtirokiga qaramay, film kassada muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Shunga qaramay, film g‘oyasi ajoyib: Nemo hayotining turli xil versiyalarini aytib beradi. Qaysi film?
20. Shelbi xotinini qotilini qidiradi, Shelbi kamdan-kam uchraydigan kasallik - qisqa muddatli xotirani yo‘qotishdan aziyat chekadi. Har 15 daqiqada uning xotirasi yo‘qoladi. Qaysi filmligini eslashga urinib ko‘ring?
30. Rejissyor Terrens Malik inson hayoti tarixini ham, butun dunyo borligi haqidagi falsafiy savollarni ham bitta filmda birlashtirishdi. Bu film qahramonning hikoyasi va mulohazalari yoki tug‘ilishdan o‘limgacha hamma narsaning harakati haqidagi hikoya. Qaysi film?
40. Yettita bo‘lajak Federal qidiruv byurosi agentlari uchun treningning yakuniy bosqichi "orolda qotillik" ni tergov qilishdir. Eng kichik dalillarga asoslanib, ular qotilning psixologik portretini shakllantirishlari kerak. Qaysi film?
50. G‘alati xonada bir-biriga umuman aloqasi bo‘lmagan oltita odam uyg‘onadi. atrofga qarab, ular yana oltita xonaga olib boradigan 6 eshikni payqashdi. Qaysi film?
10. Fors xalq topishmogʻini tinglang. Uy yangi - egasi yo‘q, egasi paydo bo‘lsa - uy buziladi. Topishmoq javobini toping?
20. Uning asl logotipi juda chigal edi. Ko‘k va oq rangdagi ikkita harflar bilan birlashtirilgan ko‘k soyali qizil "M" bor edi. Quyida "GSM" yozuvi va g‘alati qizil, ko‘k va oq pastadir bor edi. Bu brendni ayting?
30. U Walt Disney, Universal, Smart bilan hamkorlik qildi. Natijada, o‘yinchoqlar orasida ko‘pincha bolalar sevadigan qahramonlar bor edi - masalan, Asterix, Smurfs yoki Minions. Uni ayting?
40. 1917-yilgi rus inqilobi paytida Romanovlar oilasi qulaganida, ellikta ular talon-taroj qilindi va butun dunyo bo‘ylab tarqalib ketdi. Ularni aniq ayting?
50. U1893-yilda Westinghouse Electric kompaniyasining Chikagodagi Butunjahon Kolumbiya ko‘rgazmasida namoyish etilgan qurilma bo‘lib, ixtirochi Nikola Tesla tomonidan ishlab chiqilgan yangi asinxron motorlarni quvvatlantiruvchi aylanadigan magnit maydonni tushuntirib, magnit maydon yordamida uni uchida aylantirdi. Uni ikkita atoqli ot qatnashtirib uch so‘zda ayting?
Javob: Teslaning Kolumb tuxumi
130) Mavzu: Matritsali --URU--
10. Bu so‘z "Sut" maʼnosini anglatadigan tojikcha so‘zdan olingan bo‘lib, "oshlik don" maʼnosini anglatadi. Qaysi so‘z?
20. Nodir Nishonov shunday deydi: Loyihaning asosiy maqsadi, mintaqamizning boy tarixini ochib berish. Loyiha nomi?
30. "Kun.uz" maqolalarining birida uni O‘zbekistonning oltin sandig‘i deb ataydi. Uni toping?
40. 14-15 -asrlarda Eronda vujudga kelgan islom taʼlimotidan yiroqlashib ketgan shia firqalaridan birining tarafdorlari. Firqaga Fazlulloh Astrobodiy asos solgan. U arab harflari sirli mazmunga ega degan taʼlimotni ilgari surgani uchun "harfchi" taxallusini olgan, firqaning nomi shundan kelib chiqqan. Qaysi nom?
50. U Muddatidan avval tugʻilgan chaqaloqlarni parvarishlashda, Bugungi kunda zamonaviy tibbiyotda keng qoʻllanilayotgan usul. Mazkur usul bola tana haroratini bir meʼyorda ushlab turishda juda muhim. Usul nomi?
Izoh: Tana haroratini me'yorlashtirishda ota yoki ona ko‘kragiga bola qo‘yiladi.
10. 1832-yilga qadar Angliyadagi ikkita universitet bor edi. Ularni ayting?
20. Jonni Donut haqidagi ingliz ertagi u haqidagi rus xalq ertakining analogidir. Uni toping?
30. Har yili London metrosida 80 000 ga yaqin u yo‘qoladi. Uni toping?
40. Angliyaning biron bir turdagi joylarda elektr rozetkalari deyarli yo‘q. Bunga mamlakatda ko‘rilayotgan xavfsizlik choralari sabab bo‘lmoqda. Qayerda?
50. Reklama yoki kinodan uzoq vaqt davomida boshda qoladigan ohang Angliyada “U” deb ataladi. Uni toping?
132) Mavzu: Disney malikalari ismlari ma'nolari
10. Xitoy tilida uning ismi “gullayotgan magnoliya” ma’nosini anglatadi. U kim?
20. Uning ismi fors tilidan "Xudoning sovg‘asi" degan ma'noni anglatadi. U kim?
30. Uning ismi fransuzcha so‘zdan kelib chiqqan bo‘lib, “irkit” degan ma’noni anglatadi. U kim?
40. Lotin tilida uning ismi “quyosh nuri” yoki “tong” ma’nosini anglatadi. U kim?
50. Fransuz tilida uning ismi “sohibjamol’ degan ma’noni anglatadi. U kim?
10. U odobli, maktabda a’lo baholarga o‘qigan, orzularga to‘la va pozitiv qiz bo‘ladi, lekin otasi sababli o‘z erkinligidan mahrum bo‘ladi. U kim?
20. U bolaligida ota-onasi bag‘rida sevimli qizaloq bo‘lib ulg‘aya boshlaydi, u o‘ta mehribon, insonlarga hamdard bo‘lishga va yordam berishga tayyor bo‘ladi. Biroq onasining o‘limi va otasining yovuz o‘gay onaga uylanishidan keyin hammasi butkul o‘zgaradi. U kim?
30. Ota-onasi halok bo‘lganidan so‘ng u xonasining devorlari ortida butun dunyodan ajralib qoladi, singlisi Anna bilan munosabatlarini uzadi. U kim?
40. U bolaligidan qattiqo‘l otaning nazorati va bosimi ostida o‘sib kelgan, uning ruhan ozod bo‘lish istagi cheksiz. Shuning uchun u oddiy insonlar hayotiga doim qiziqib keladi. U kim?
50. U bilan bo‘lib o‘tgan gallyutsinatsiyalar, xayoliga kelgan va reallikka to‘g‘ri kelmaydigan noodatiy voqealar shizofrenik xususiyatga ega. Bularning bari qizga haqiqatdek tuyuladi va uning miyasiga nega bunday hodisalar sodir bo‘layotgani haqida savol kelmaydi. U kim?
134) Mavzu: 2020-yilda vafot etganlar.
10. U “Suyunchi”, “Muhabbat sinovlari”, “18-kvadrat”, “Firibgar”, “Osiy banda”, “Poyga”, “Bevalar”, “So‘nggi nafasimgacha”, “Shaytanat”, “Nazira” kabi filmda rollaridagi shumligi bilan tomoshabinlar xotirasida muhrlanib qoldi. U kim?
20. 29-may kuni 64 yoshida olamdan o‘tgan bu inson “Uyg‘onish”, “Marg‘iyona”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Alpomish”, “Chavandoz”, “So‘zsiz sevgi”, “Dinozavr qoldirgan iz” va “101 reys” kabi filmlarda ro‘l ijro etgan. Kim?
30. 20-mart kuni vafot etgan aktrisa “Yettinchi jin”, “Tangalik bolalar”, “Vodillik kelin”, “Armon”, “O‘yin” va “Farzandim” kabi o‘nlab filmlarda turli obrazlarni yaratgan. Bundan tashqari, u o‘zbek dublyaj san’atining yetuk namoyondalaridan biri edi. Kim?
40. U “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Chimildiq”, “Dev bilan pakana”, “Devona”, “Afg‘on”, “Oyqiz ertagi” kabi juda ko‘plab filmlarda turli rollarni ijro etgandi. U kim?
50. U 1975-yili filmining kastingida ishtirok etib, bosh rolga tasdiqlangan. Birozdan keyin rejissor Damir Salimov unga boshqa rolni ishonib topshirgan. U kim?
135) Mavzu: Gapirishingiz shart emas (Jestlar)
10. Bu ishora "dif-tor heh smusma" Vulkan tilidan tarjimasi "Uzoq yashang va farovon bo‘ling" degan ma’noni bildiradi. Ishorani ko‘rsatib bering?
20. Kaxuku shakar tegirmonida ishlayotganida o‘ng qo‘lining uchta o‘rta barmog‘ini yo‘qotgan. Shundan so‘ng bu ishora kelib chiqqan. Qaysi ishora?
30. Uning asoschi Alparslon Turkes deb taxmin qilinadi. Futbol bo‘yicha 2024-yilgi Yevropa kubogidaturkiyalik futbolchi Merih Demiral Turkiyaning Avstriyaga qarshi 1/8 final uchrashuvida gol urganidan so‘ng “uni” ko‘rsatdi. Uni ko‘rsatib bering?
40. U odatda omadtilash uchun ishlatiladigan qo‘l ishorasi. Ilk masihiylar bu imo-ishorani Muqaddas Xochni himoya qilishni so‘rash uchun ishlatishgan. U ishorani ko‘rsatib bering?
50. "Klintonning bosh barmog‘i" siyosatchilar tomonidan nutqlarida urg‘u berish uchun ishlatiladi. Uni ko‘rsatib bering?
Javob: Bu imo-ishorada bosh barmog‘i ko‘rsatkich barmog‘ining ichki tomoniga suyanib turadi.
136) Mavzu: Yopiq (Matritsa --ARL--)
10. Ukasi Teoga shunday deb yozadi: „Eh, nega yakshanba kuni biz bilan birga boʻlmading! Biz qip-qizil uzumzorni koʻrdik — qizil vinoga oʻxshash. Olisdan sargʻish, tepasida esa yam-yashil osmon, atrofda — yomgʻirdan keyingi binafsha rang, baʼzi joylarda — quyosh botishining sariq aksi koʻrinadi“. Qaysi shaharda bo‘lganligini toping?
20. Bir karikaturada boshiga banan tushgan holatda tasvirlangan. 1809-yil 12-fevralda tug‘ilgan bu inglizni ayting?
30. Uni tarkibiga amyak qo‘shib "yumshoqroq, xushbo‘yroq, shirinroq va kamroq qattiqroq" mahsulot ishlab chiqarish orqali bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan. Uni ayting?
40. 1981-yil 27-avgustda U va ayoli Pokrovkadagi dachasidan shaharga qaytayotgan edilar. Mashina boshqarayotgan Irina yomg‘irdan silliq bo‘lib qolgan yo‘lda boshqaruvni yo‘qotdi. Natijada, mashina "ZIL" yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi. Balki rulda u bo‘lganda bu sirpanchiq joyda yaxshiroq harakat qilarmidi. U kim?
50. U kichkina, nozik, sepkilli, qizil sochli, yashil ko‘zli, "Rock n Roll Girl" yozuvili, oq paypoq va qora Meri Jeyn tuflili qiz. U Flipp Shermanning jiyani. U kim?
137) Mavzu: 2020-yilda vafot etganlar.
10. 29-may kuni 64 yoshida vafot etgan bu inson “Uyg‘onish”, “Marg‘iyona”, “Otamdan qolgan dalalar”, “Alpomish”, “Chavandoz”, “So‘zsiz sevgi”, “Dinozavr qoldirgan iz” va “101 reys” filmlarida rol ijro etgan. U kim?
20. 22-sentyabrda olamdan o‘tgan bu ison uzoq yillar “O‘zbekiston” teleradiokanalida “Assalom O‘zbekiston”, “Ohangrabo” kabi ko‘rsatuvlarini tayyorlagani bilan muhlislar orasida shuhrat qozongan. U kim?
30. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi 2020-yil 9-mart kuni 72 yoshida olamdan o‘tganida hech kim suyunmagani aniq. U “Xalq so‘zi”, “O‘zbekiston ovozi” gazetalarida, “Guliston” jurnalida faoliyat yuritgan. U kim?
40. Aktyor faoliyati davomida “Endi dadam bo‘ydoq”, “Sardor”, “Uchar otlar”, “Ta’ziyadagi to‘y”, “Ada emas, dada”, “Oydinoy”, “Suv yoqalab”, “Yo‘qolgan odam” kabi filmlarda rollar ijro etgan. Bobosi singari Oilada eng kichigi bo‘lganmi bu haqida ma’lumot topa olmadim. U kim?
50. U “Ajoyib xayolparast”, “Chinor ostidagi duel”, “Olovli yo‘llar”, “Oltin kuz”, “Mehrigiyo”, “Zulmatni tark etib”, “Karvon”, “Anor”, “Birinchi yo‘lovchilar” filmlarida suratga tushgan. U kim?
138) Mavzu: JAVOBLARDA YULDUZ USMONOVA QOʻSHIQLARI
10. Asl ismi Lyuba bo‘lgan bu inson 1944-yil Buxoroning ko‘chalaridan birida dunyoga kelgan. 1990-yillarning 2-yarmidan NyuYorkdagi "Tiklanish" buxoro yahudiylari musiqali teatri aktrisasi. Kim?
20. U zaytundoshlar oilasiga mansub bargi toʻkiladigan buta yoki daraxtlar turkumi; manzarali oʻsimlik. 30 turi bor, asosan, Yevrosiyoda tarqalgan. U?
30. 1975-yil bu qissa asosida “Qirg‘izfilm kinostudiyasida film suratga olingan. Film SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Qaysi?
40. Ushbu kitobda islom diniga qarshi otilgan bo‘xtonlarga diniy, ilmiy va dunyoviy tomondan go‘zal javoblar, Yagona Allohga e'tiqod qilishga oid g‘arb olimlarining fikrlari, islomdagi ayollar va erkaklar teng huquqliligi to‘grisidagi ma'lumotlar, farishtalarga, qiyomat kuniga va payg‘ambarlarga iymon keltirish va boshqa ko‘plab masalalar haqida ma'lumotlar keltirilib o‘tilgan. Qaysi kitob?
50. Ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspir uni oʻz asarlarida 50 martadan koʻproq tilga olgan. Shu sababli noodatiy shaklga ega boʻlgan uning turiga yozuvchining nomi berilgan. U nima?
139) Mavzu: Shirin tarix (Shirinliklar)
10. Uning nomi, yarimoy shaklini anglatuvchi “crescent” so‘zidan olingan. U?
20. 19-asr manbalaridan birida U yunoncha non maphula, ya'ni "o‘choq yoki panjara ustida pishirilgan pirojnoe" yoki qadimgi frantsuz tilidagi "yumshoq non" bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatadi. U?
30. 1755-yilda Leshchinski o‘zining Lotaringiya qasrida tantanali kechki ovqat berdi, ammo oshpaz janjal kelib chiqqanligi sababli shirinlik tayyorlamasdan chiqib ketganligi haqida xabar berilgan. Xizmatchi Paulmier buvisining retsepti bo‘yicha kekslarni tayyorlashni taklifini berdi. Natija barcha kutilganidan a’lo chiqdi va yangi taom uning nomini oldi. Paulmierni ismini ayting?
40. U pishirilgan ko‘pirtirilgan tuxum oqi va shakardan tayyorlangan fransuz pishirig‘i. U deb, shuningdek, pishiriq bilan bir xil mahsulotlardan tayyorlanadigan qandolat kremiga ham aytiladi. U?
50. 19-asrdan beri Parij uslubidagi odatiy u ganache, yog‘ kremi yoki murabbo bilan to‘ldirilgan sendvich pechene. Pishirilganida dumaloq silliq, to‘rtburchak qirrali tepa, aylanasi "toj" yoki "oyoq" (yoki "pied") deb ataladi va tekis asosdan iborat. Uni boshqa mahsulotga adashtirmasdan ayting?
140) Mavzu: Matritsada --XON--
10. Uning birinchi turmush o‘rtog‘i – san’atkor Muhiddin Qori-Yoqubov bilan qurgan oilasidan Vansetta ismli qizi dunyoga kelgan. Ikkinchi turmushi Po‘lat Rahimovdan esa Lola ismli qizi bor. U?
20. Bu telekanal dasturlari butun auditoriyaga yoqadi: biznes vakillari, qaror qabul qiluvchilar, muassasa va korxona rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, chet elliklar va mamlakatimiz mehmonlari, erkaklar, ayollar, hatto bolalar ham oshxonada qiziqarli oshpazlik loyihalarini, realiti -shoular, dasturlar va o‘z oshxonasida mazali retseptlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Qaysi telekanal?
30. Bu so‘z “yeb-ichiladigan ovqat toʻla dasturxon” maʼnosini anglatadigan forscha so‘zga, “uy jihozlari” maʼnosini anglatadigan so‘zni qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Qaysi so‘z?
40. 2018-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrining yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida tartibsizlik keltirib chiqargani uchun hibsga olingan. Dastavval unga nisbatan 3 yillik qamoq jazosi berilishi kutilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumani sudida Unga jarima tarzidagi jazo qoʻllanildi. U kim?
50. U 2012-yilning bahorida, Billabong brendi tarkibidan ajralib chiqib mustaqil brendga aylandi. U Trilantic Capital Partners (“TCP”) va Billabong bilan shartnoma tuzgan, ularning har biri brenddagi 48,5% ulushga egalik qiladi, qolgan 3% Uning rahbariyatiga tegishli. U?