September 26

Lanka "Shaxsiy o'yin" chempionati

Mavzu: Yashil rang atrofida aylanadi

10. 2019-yil holatiga ko‘ra AQShda 13.9 million kishi unga ega. U?

Javob: Green card (yashil karta)

20. U yerning qadimiy tarixiy obidalari sifatida Dorut Tilovat, Hazrati Imom va Dorus Saodat majmualari sanab o‘tiladi. U yer?

Javob: Shahrisabz (yashil shahar)

30. F. Baumning "Oz mamlakati sehrgari" asaridagi Glinda M.Volkovning shu asaridagi sehrgar Stellaga prototip bo‘la oladi. Qaysi asar?

Javob: Zumrad shahar sehrgari

40. U yunoncha "och yashil" deb tarjima qilinadi. U nima ekanligini topsangiz sizga 17 ball berilmaydi. U nima?

Javob: Xlor

50. 1979-yilda ko‘rinish bergan bu qahramon Sten Li va Jon Buskema tomonidan yaratilgan. Jennifer Walters sifatida ilk bor komikslarda namoyon bo‘lgan bu qahramon laqabini ayting?

Javob: Ayol Hulk

Mavzu: Qur'onda Nomi kelgan jonzotlar

10. Qobil Hobilni o‘ldirib, Nima qilishni bilmayotganda aynan undan o‘rnak oladi. Nimadan?

Javob: Qarg‘a (Moida)

20. Aberdinangus, shvits, olatov, kostroma va lebedin bu hayvonning zotlari hisoblanadi.

Javob: Sigir (Baqara)

30. Oyatlarni yolg‘onga chiqarganlar Qiyomat Kuni Kelganda, Qabrlardan ko‘zlari qo‘rqinchga to‘lgan holda, huddi yoyilgan ular kabi chiqib kelurlar. Hozirgi paytda ham ular galası Juda ko‘plab zarar yetkazib kelmoqda.

Javob: Chigirtka (Qamar)

40. Bu qush bizning tilda Popishak deyiladi. Siz menga uni Qur'onda kelgan nomini ayting?

Javob: Hudhud (Naml)

50. Uning boshqa Nomi "sim dumli qaldirg‘och" deyiladi. U haqida Alisher Navoiy "Hayrat ul Abror" dostonida eslab o‘tgan.

Javob: Abobil (Fil)

Mavzu: Real shaxslar nomiga qo‘yilgan futbol klublari

10. Dastlab 1946-yilda Dinamo nomi ostida tashkil etilgan ushbu Rossiya klubi keyinchalik 2017-yilda o‘z nomini ushbu inson sharafiga o‘zgartiradi

Javob: Axmat

20. 1896-yilda Niderlandiyaning Tilburg shahrida asos solingan ushbu Klub o‘z nomini qirol sharafiga nomlagan bo‘lib bu yil yana bir bor Erediviziyaga qaytishga muvaffaq bo‘ldi

Javob: VILLEM II

30. Polsha xalqining afsonaviy asoschisi sharafiga nomlangan ushbu klub 1922-yilda Poznan shahrida tashkil etilgan va mamlakatning 8 karra chempioni hisoblanadi.

Javob: Lex

40. 1909-yilda asos solingan ushbu Albaniya klubi o‘z nomini 1443-1468 yillarda Kastrioti knyazligi hukmdori Albaniyaning usmonli turklarga qarshi milliy alban qo‘zg‘oloni rahbari nomiga olgan, shuningdek o‘z mamlakatining 8 karra chempioni ham hisoblanadi

Javob: Skenderbeu

50. 2007-yilda Misrning Giza shahrida asos solingan bu klub o‘z nomini qadimiy misr malikasi sharafiga nomlagan bo‘lib 1 karra misr ligasi kubogi sohibi hisoblanadi, uni 2 so‘zda ayting

Javob: Keramika Kleopatra

Mavzu: Barchasi G harfidan boshlanadi.

10. Forscha — falak, osmon, aylana, taqdir manosini beradi. Shuningdek, Oʻn ikki maqom turkumida 6 ovozadan birining nomi nima?

Javob: Gardun

20. Ba`zi hollarda bu qishloqqa borish oson emasligidan, turmush qurish uchun juftliklar, qonunlar qattiq bólmagan Men oroliga borishadi. Savol bu qaysi qishloq?

Javob: gretna-grin

30. Jan-Jak Russo o‘zining E'titoflar kitobida bolaligida qo‘lini mangal ustiga qo‘yib, Uning harakatlariga taqlid qilishga uringanini eslab o‘tadi. Kimning?

Javob: Gay Mutsiy Stsevola

40. Bu terminga koʻra, huzur-halovatga intilish insonga tabiatan xos, uning butun xatti-harakati, maqsadi shunga qaratilgan. qaysi termin?

Javob: gedonizm

50. Bu oqko‘ngil insonning qaydlarida keyinchalik U o‘ldirgan va yaralagan barcha odamlarni, ayollar va bolalarni ko‘rganimda, Xudodan kechirim so‘radim, uni qo‘yib yubordim sózlari bor edi.Ushbu jumlalar kimga tegishli?

Javob: Genry Tendi

Mavzu: Sichqon

10. Uning birinchi qismi 1999-yilda Frederick va Eleanorning bolalar uyidan borib, bola asrab olishi sahnalari bilan boshlanadi.

Javob: Styuart Little

20. Bu nazariyada siz bo lishi kutilayotgan voqeani oldindan bilib turasiz, ammo qachon sodir bolishini anglay olmaysiz. Sizga Shryodenger mushugi to‘sqinlik qilib turadi. Nazariya nomini atoqli ot ishlatgan holda ikki so‘zda ayting.

Javob: Eynshteyn sichqoni

30. Bu sozni ruschadan o‘zbekchaga tarjima qilsangiz "sichqon" va "zahar" so‘zlari kelib chigadi. Bu so‘z orqali siz 33 ballni qolga kiritasiz.

Javob: Mishyak

40. Bu asar 1960-yilda eng yashi qisqa hikoya sifatida Gyugo, eng yashi roman sifatida Nebula mukofoti bilan taqdirlangan. Asar nomini ayting.

Javob: Eljernonga atalgan gullar

50. Leapoldning sarguzashtlari multfilimi senariysidaularning ismi yozilgan, ammo multilm davomida u ismlardan biror marta ham foydalanilmagan. Qaysi ismlar.

Javob: Mitya va Motya

Mavzu: Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel (Formada hammasida shaxs soʻraladi)

10. Miyyangizni mogʻor bosmagan bolsa albatta bu savolga javob topasiz ushbu insonning bu kashfiyoti unga 1945-yil Nobel mukofotiga sazovor boʻlishiga olib keldi. Kim?

Javob: Alexander Fleming

20. Yuqumli kasallik boʻlgan sil kasalligini keltirib chiqaruvchi batsillani qaysi Nemis olimi topgan?

Javob: Robert Kox

30. Ryazanda tugʻilgan rus fiziologi, klassik konditsionerlik boʻyicha ishlari bilan mashhur. psixofiziologiya va eksperimental psixologiya sohalari asoschisi 1904-yilgi Nobel sovrindori?

Javob: Ivan Pavlov

40. 1922-yilda ushbu olimlarning koʻplab tajribalari natijasida oʻt pufagi gormoni boʻlgan insulinni olishga muvaffaq boʻldi va ular fiziologiya va kimyo boʻyicha Nobel mukofotiga loyiq koʻrildi. Kimlar?

Javob: Jon Makleod va Fridrix Banting

50. U Toshmali terlama (tif)ning qoʻzgʻatuvchisi kiyim biti ekanligini tajribada isbotlab bergan Fransuz mikrobiologi. 1928-yilgi Nobel mukofoti laureate. U kim?

Javob: Charles Nicole

Mavzu: Bir xil harf bilan boshlanuvchi ikki so‘z

10. Maykl Peylen 79 kun-u, 7 soat Jyurel Vernning ushbu personajini kuzatib yurgan.

Javob: Fileas Fog

20. Skandinaviyada tarqalgan BU o‘yinda 4 kishi ishtirok etib, ulardan doimgidek o‘ylab o‘tirishga imkon berilmay, tezlikka e'tibor qaratiladi.

Javob: Shved Shaxmati

30. Luis Flores tomonidan Dyuel qamog‘ida tashkil etilgan BU tashkilotga qarshi 2006-yil jinoiy ish ochilgan.

Javob: Meksika mafiyasi

40. "XX asr sakrashi" nomiga sazovor BU shaxsning, Meksika Olimpiadasidagi chiqishidan so‘ng, Ralf Boston uni ko‘zida yosh bilan taqdirlaydi.

Javob: Bob Bimon

50. U 1847-yili tashkil etilgan bo‘lib, 1995-yili Niderland pochta muzeyi ulardan birini auksionda yutib oldi.

Javob: Mavrikiy Markasi

Mavzu: Javobda nafaqat tv kanal nomlari (javob kanal nomidan tashqari boshqa soʻzlar ham boʻlishi mumkin)

10. Shuhrat Abbosov tomonidan suratga olingan 1960-yilgi film. Filmda Toshkent shahrining eski qismidagi mahallalardan biridagi zamonaviy turar-joy binolari qanday qurilayotgani haqida hikoya qilinadi. Qaysi film

Javob: Mahallada duv-duv gap

20.Yurtimizda 2008-yil aynan shunday nomlagan. Qanday

Javob: Yoshlar

30. Ispaniyaning Madrid shahrida 9200 oʻrindiqli eng katta U joylashgan. U ni ayting

Javob: Kinoteatr

40. 1873-yilgi bu asardan keyin turli shaxslar orasida oʻziga hos poyiga boshlandi.

Nelli Bly 72

Jorj Griffit 65

Jems Uillis 54

Bu koʻrsatgich nimani anglatishini topgan boʻlsangiz, asar nomini ayting.

Javob: Dunyo boʻylab 80 kun

(Asardan keyin dunyoni nechi kunda aylanish mumkinligi haqida poygalar boshlandi.)

50. U oʻzi kabilar orasida oʻrta Osiyoda birinchi boʻlib, oʻtkan asrning birinchi choragida tashkil topgan. Dastlab Turkiston deb atalgan. U ni nimaligini ayting

Javob: Milliy Universitet

Mavzu: Initiali bir bolgan ayollar ism familiyasi

10. Mushukning to‘qqizta joni bor degan ibora haqida gap borar ekan bu ayol ism familiyasi ham tilga olinadi.

Javob: Vesna Vulovich

20. 1967-yil Pokistonda tashkil etilgan Xalq partiyasiga bu ayolning oilasi rahbarlik qilib kelmoqda.

Javob: Benazir Butto

30. Uning "Oq atirgul, oq nilufar, liliya va rus havo Madonnasi" kabi laqablari bo‘lib, Yak-1 rusumli samolyotda uchish mashqlarini bajargan.

Javob: Lidiya Litvyak

40. "Ehtiyot boling keyingi bekat..." so‘zlari bu ayol ovozidan yozib olingan bolib, 17 yildan beri Toshkent metrosida yangraydi.

Javob: Muslima Murodova

50. 1998-yil birgina Li La Li taronasi orqali mashhur bo‘lgan. Belgiyalik xonanda kim ekanini ayting.

Javob: Kim Kay

Mavzu: Koreya

10. Ushbu maxfiy chiziq uzoq vaqtdan beri Koreyani ikkiga bo‘lib kelmoqda. Uni son qatnashtirib ayting.

Javob: 38-parallel

20. Odatda unda 16-24 yoshli o‘g‘il-qizlar boladii. Unda blyuz elementlari mavjud va qo‘shiq matni ko‘pincha ingliz tilida. Uni toping

Javob: K-Pop

30. Shimolda faqat nogironlar bundan ozod qilinishi mumkin. Janubda esa, ular shimoldagidek jiddiy bo‘lmasalar-da, kelajakda katta muvaffaqiyatlar uchun bu zarur, deb hisoblaydilar. nimadan?

Javob: Harbiy xizmat

40. Koreyada bu ichimlik uchun muzey bor. U asosan shirin kartoshka va makkajo‘xoridan tayyorlanadi. Qaysi ichimlik

Javob: Soju

50. Telstar, Tango, Azteca, Etrusco, Questra, Tricolor. gap nima haqida ketayotganinni bilgan bo‘lsangiz J Koreyada nima deyilganini ayting.

Javob: Fevernova

izoh: Biz turli yillarda jahon chempionatlarida ishlatilgan to‘plar haqida gapirgan edik.

Mavzu: Shahar nomida familiyasi bo‘lgan mashhurlar

10. Bu shaxs Kevin Kostner bilan birgalikdagi chiqishda "Men seni doim sevaman" degan so‘zlari bilan yodda qoldi. U kim?

Javob: Uitni Xyuston

izoh: i will always love you qo‘shigi

20. Uning bizga ma’lum sohasida mashhur bo‘lishiga yoshligida uzoq vaqt matros bo‘lib ishlagani sabab bo‘lgan. Angliyalik bo‘lmagan ushbu inson kim?

Javob: Jek London

30. 1956-yilda yana Kommunistik partiyaga qo‘shiladi va 1976-yilda Vatslav Have kabi insonlarga qo‘shib ikkinchi marta partiyadan chiqarib yuboriladi. Ushbu (Chex va Fransuz romanchisini toping)

Javob: Milan Kundera

40. Konrad natijasida, 2000 yilda u Donald Trampning "T Management" model agentligi bilan shartnoma imzolaydi va saylovlarda u shunchaki o‘zini trampga ovoz berayotganday ko‘rsatganini aytadi. U kim?

Javob: Parij Xilton

50. 2011 yildan BMT Taraqqiyot dasturining yaxshi niyat elchisi bo‘lgan bu inson Eyndxovenda Yevropa sarguzashtini boshladi. U kim?

Javob: Luis Nazario de Lima Ronaldo

Mavzu: Initsial M… P… 

10. Tanis, Avaris, Fiva, Memfis, Iskandariya yuqorida sanagan,larimiz  o‘z vaqtida qanday maqomga ega edi?

Javob: Misr poytaxti

20. 1-uyqu, ovqat, nafas, suv 2-salomatlik, oila, axloq, mehnat 3-sevgi, do‘stlik, oila eshitganlaringiz uning qavatlarning bir qismidir. Nimaning?

Javob: Maslon piramidasi

30. 5-daqiqada darvoza ustuni, 76-daqiqada darvoza ustidan o‘tib ketish, 90-daqiqada esa oʻng tomonga 1999-yilda bo‘lgan bu vqeani mavzuga moslab ayting

Javob: Martinning penaltilari

izoh: Argentina Kolumbiya bahsida Martin Palermo 3 ta penaltidan foydalana olmagan

40. Livius Tuliya o‘z asarlaridan birida tarixiy personaj yaratadi, bu personaj o‘zi yaratgan jodugarlar guruhi bilan qirol va uning xotinini o‘ldirgandan keyin hokimiyatni qo‘lga oladi. Tulia bu personajni u deb ataydi. Uni toping.

Javob: Makbetning prototipi

50. Inson bilmagan narsasini izlay olmaydi, bilganini izlashning hojati yo‘q.  U izlashning hojati yo‘qligini biladi, chunki u o‘zi bilmagan narsani izlash kerakligini bilmaydi, biz uni Platonning bir asarida ko‘rishimiz. U nima deb ataladi.

Javob: Meno paradoksi

Mavzu: Nemislar

10. Demensiya bu eslash va fikr yuritish buzilishi kasalligi bo‘lib, bu inson tomonidan ilk bor ta'riflangan.

Javob: Alois Altsgeymer

20. Vadim Kosogorov yaratgan karikaturada hamma tomoni mixlangan quti ko‘rsatilgan. Diqqat savol quti kimga yuborilishi kerak edi.

Javob: Ervin Shryodenger

30. Bavariyada tavallud topgan bu inson Kyolndagi odekolon muzeyida ko‘p vaqtini o‘tkazgan. Natijada 1985-yil o‘z asariga qo‘l urgan.

Javob: Patrik Zyuskind

40. Davom etamiz! Berlinning Passauer ko‘chasida 1898-yil ochilgan "bo‘yiq, dori va parfumeriya" nomli do‘kon egasi kim.

Javob: Hans Shvartskopf

50. Amerikalik politsiyachi Jozef Molta 10 kishining qotili sifatida tarixga kirgan. Molta o‘ldirishga ulgurmagan o‘n birinchi shaxs kim edi.

Javob: German Gering (o‘zini o‘zi o‘ldirgan)

Mavzu: Initsial F… K... M…

10. Ular 127ta bo‘lib, yozuvchi Ularni yozish JAROYONIDA, Felisga sevgisini ham izhor qilgan. ularni mavzuga moslab ayting

Javob: Frants Kafkaning maktublari

20. Ketma-ket 3 ta tay-brekdan so‘ng Magnus jahon chempionligi unvonini saqlab qola oldi va bu unga sabab bo‘ldi. Uni mavzuga moslab ayting

Javob: Fabiano Karuananing mag‘lubiyati

30. 4 marta Oskar del Kalsio, 1 marta Oltin to‘p va Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan yilning eng yaxshi murabbiyi unvoni. Eshitganlaringizni mavzuga moslab ayting

Javob: Fabio Kannavaro mukofotlari

40. 1955 yildan beri faoliyat yuritayotgan Nataliya Sedova ham ko‘p yillar avval shu yerda qo‘nim topgan. Uning devorlari ko‘k rangga bo‘yalganligi uning taxallus olishiga ham sabab bo‘lgan. Uni ayting

Javob: Frida Kahlo muzeyi

izoh: 1954 yilda vafot etgan Frida Kahloning uyida uning rafiqasi Natalya Sedova bir muddat Lev Trotskiy bilan birga yashagan. Muzeyning taxallusi "Cruz Azul" bo‘lib, "Moviy uy" degan ma'noni anglatadi.

50. Robert Englund buni oxirgi marta 2010 yilda Chikagodagi Flashback Weekend dahshat anjumanida qilgan. Uni mavzuga moslab ayting

Javob: Freddi Kryuger makiaji

izoh: Robert Englund mashhur "Elm ko‘chasidagi kabus" filmida Freddi Kryuger obrazini o‘ynagan.

Mavzu: Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti

10. Savolni eshitmasdan ushbu savolni tanqid qilmaysiz degan umiddaman.

1890-yil Moskvada tug‘ilgan ushbu inson 1958-yilgi Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lgan kiritgan. Kim?

Javob: Boris Pasternak

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D0%B0%D1%81%D1%82%D0%B5%D1%80%D0%BD%D0%B0%D0%BA,_%D0%91%D0%BE%D1%80%D0%B8%D1%81_%D0%9B%D0%B5%D0%BE%D0%BD%D0%B8%D0%B4%D0%BE%D0%B2%D0%B8%D1%87

20. 2006-yil Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan ushbu yozuvchi, bobosining terisining rangi paxtadek oqarib ketganligini aytib o‘tgan. Forma: kim?

Javob: Orhan Pamuk

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9F%D0%B0%D0%BC%D1%83%D0%BA,_%D0%9E%D1%80%D1%85%D0%B0%D0%BD

30. Dizayner Aissa Logerot dastasi yog‘och tayoqlardan bo‘lgan qoshiqni yaratadi. Savol bu haqidagi maqolada qaysi Nobel mukofoti sovrindori eslab o‘tiladi.

Javob: Redyard Kipling

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%9A%D0%B8%D0%BF%D0%BB%D0%B8%D0%BD%D0%B3,_%D0%A0%D0%B5%D0%B4%D1%8C%D1%8F%D1%80%D0%B4

40. 1947-yili SSSR ga tashrif buyurgan bu yozuvchi sayohat haqida yozar ekan rus xalqi uni iliq kutib olganini lekin baʼzi narsalar JAHLIni chiqarganini yozadi. 1902-yili Kaliforniyada tugʻilgan yozuvchini ayting.

Javob: Jon Steynbek

Izoh:  Uning eng mashhur asari "Gʻazab shingillari" 1962-yil Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan.

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%A1%D1%82%D0%B5%D0%B9%D0%BD%D0%B1%D0%B5%D0%BA,_%D0%94%D0%B6%D0%BE%D0%BD

50. 1902-yil Polshada tug‘ilgan ushbu inson qo‘shiq aytishni yoqtirganmi yo‘qmi bilmadimu "Kafkaning doʻsti va boshqa hikoyalar", ""Oyina va boshqa hikoyalar" kabi asarlar muallifi hisoblanadi. Kim?

Javob: Isaac Bashevis Singer

https://ru.m.wikipedia.org/wiki/%D0%91%D0%B0%D1%88%D0%B5%D0%B2%D0%B8%D1%81-%D0%97%D0%B8%D0%BD%D0%B3%D0%B5%D1%80,_%D0%98%D1%81%D0%B0%D0%B0%D0%BA

Mavzu: --lok--

10. Bu multi qaxramon Pupanununing xalq xalaskori sifatida tasvirlangan jangchi boʻlib jibolbaning shogirdi, tak va jujudan keyingi 2 darajali qaxramon. uni nomini ayting?

Javob: lok

20. Skandinav mifologiyasidagi xudo Farbauti va Laufeyning farzandi hisoblanadi uning aka-ukalari Helblind va Byleistr hisoblanadi. kim?

Javob: loki

30. davom etamiz 2019 yilda chiqan bu oʻyin mainkraft oʻyining analogi hisoblanadi. bu oʻyini aniq ayting?

Javob: lokikraft

40 Malayziyalik professional futbolchi 1990 yil 14-dekabirda Angliyaning Hailsham qishlogʻida tugʻilgan faoliyatini 2012 yil Eastbaurne Boroughda boshlagan hozirda Malayziyaning Sabah kulibida hujumchi sifatida davom ettirmoqda. kim?

Javob: Darren lok

50. Geebert Uellsning "vaqt mashinasi" ilmiy fantastik romanidagi quyosh nuriga bardosh bera olmaydigan insoniy yer osti kannibal mavjudotlar. nimalar

Javob: morloklar

Mavzu: Sirli Afrika

10. U zulu tilidan "xush kelibsiz", "bayram" deb tarjima qilinadi. 65 santimetrli uning ovoz chastotasi juda yuqori.

Javob: Vuvuzela

20. Marko Poloning aytishicha u Somali poytaxti Mogodishodan ajralib chiqqan deyiladi. So‘ngra bantu tilida qiyin jumlalar bilan so‘zlashuvchi xalqlar ko‘chib borgani aytilgan.

Javob: Madagaskar

30. Bu davlat Afrika qit'asidagi eng kichik davlat bo‘lib, atrofi to‘laligicha Senegal davlati bilan chegaradosh. Banjul eng yirik shahri hisoblanadi.

Javob: Gambiya

40. Asosiy territoriyasi Sahroi Kabir cho‘lida joylashgan bu davlat Islom Respublikasi sifatida tan olingan. Bu davlat bayrog‘ida yashil fonda sariq oy va yulduzni ko‘rishingiz mumkin. 2021-yil ishlangan filmda aktyor Tahar Rahim u yerdan edi.

Javob: Mavritaniya

50. Mahalliy zulu aholisi bu shaharni Jozi Joburg deb nomlagan. 2010-yil bo‘lib o‘tgan jahon chempionati o‘yinlari bu shaharda joylashgan Sokker sity va Koka-Kola parkida ham o‘tqazilgan.

Javob: Yoxannesburg

Mavzu: Initsial T… P…

10. O‘z vaqtida Ulardan eng ommaboplari - 63 million obunachi bilan Keti Perri, 59 million obunachisi bilan Jastin Biber va 53 million kuzatuvchisi bilan Barak Obama edi. Ularni mavzuga moslab ayting

Javob: Twitter profil(lar).

20. Ahmet Nedjet Sezer, Abdullah Gyul, Redjep Tayip Erdog‘an - turli davrlardagi ular hisoblanadi. Ularni mavzuiga moslab ayting

Javob: Turkiya Prezidentlari

30. O‘tgan asrning 50-yillarida Zenith Electronics tomonidan ishlab chiqarilgan uning reklama shiori "Relax" bo‘lib, barcha imkoniyatlar mijozning qo‘lida ekanligini ta'kidlagan. Savol u nima?

Javob: Televizorning pulti

40. Ingliz tilida so‘zlashadigan mamlakatlarda romb shaklidagi figuralar "diamonds deb ataladi.

savol: Sharq mamlakatlarida shunday shakl nima deb ataladi?

Javob: Turk paxlavasi

50. Chak Palahnik "Kundalik kitobida" yozishicha: ochilish ma'rosimida tabassumini, premyeraga qiyoslaydi. savol: u tabassum qilganda lablarining har ikki tomonida hosil bo‘ladigan egri chiziqlar haqida gapirganda nimani nazarda tutadi?

Javob: teatr pardalari

Mavzu: Karyera

10. Ma’shal Bunyodkor Rostov Jenoa Roma, Spetsiya, Kalyari. Kim?

Javob: Eldor Shomurodov

20. San Paulu, Milan, Real Madrid Milan, san Paulu, Orlando siti. Kim?

Javob: Kaka

30. Bulon, Olimpik Ales, Brest, Metz Galatasaray, Olimpik Marsel, Bavariya Fiorentina, Salerintano. Kim?

Javob: Frank Riberi

40. Navbahor, Paxtakor, Bunyodkor Seul, Al-shabab, Sonnam, Ulsan Hyunday, Lokomotiv, Istiqlol, Sepaxon, Jettisu va Metallurg. Kim?

Javob: Server Jeparov

50. West Bromvich, Chelsi. Kim?

Javob: Rees James

Mavzu: S...n (S dan n gacha)

10. Lotin tilini falsafaning asosiy tiliga aylantirishda bu Rim siyosatchisi va notiqining xizmatlari katta bo‘lgan. U kim?

Javob: sitseron

2. Miloddan avvalgi 6—7-asrlarda yashagan bu donishmand inson tabiati haqidagi sheʼrlari bilan mashhur boʻlgan. U kim?

Javob: Solon

30. Pavlusning otasi o‘g‘liga bolaligidan dinga qiziqqanligi uchun “quyosh o‘g‘li” degan ma’noni anglatuvchi bu ismni qo‘ygan. Qanday ism?

Javob: Samson

40.Bir karikaturadai Argus va Katta og‘aning qarshisida turgan bu qahramon haqidagi maqolada uning ismining ma'nosi maftunkor deyilgan. U kim?

Javob: Sauron

50. Utrext universitetida tibbiyot fakultetida tahsil olgach, Herman eng yaxshi universitetlardan biri hisoblangan Niderlandiyaning ko‘z universitetiga rahbarlik qila boshladi. Hermanning familyasini ayting.

Javob: Snellen

Izoh: shkala - ko‘zi ojizlar uchun belgilangan shkala

Mavzu: Film nomlarida uchrovchi hayvon nomlari

10. 2010-yil AQSHda ishlangan bu filmda Natali Portman qora libosda ko‘rinish beradi. Natijada Oskar, Oltin Globus, Saturn mukofotlariga ega chiqib oppoq orzulariga erishadi.

Javob: Qora Oqqush

20. Ilk bor 1954-yil ko‘rinish bergan bu jonzot jami 38 ta filmda rol o‘ynagan. Shulardan 5 tasi AQSh filmi, 33 tasi Yaponiya filmidir.

Javob: Godzilla

30. 2018-yil "Chuqurdagi daxshat" nomli roman asosida ishlangan filmda qahramonlar uzunligi 23 metr bo‘lgan jonzotga qarshi kurashishadi.

Javob: Megaladon

40. 1975-yil AQShda suratga olingan bu filmda ruhiy kasalliklar shifoxonasidagi Randle Murphy va uning do‘stlari tasvirlangan.

Javob: Kakku uyasi uzra parvoz

50. Germaniya va Yugoslaviya kinoijodkorlari tomonidan tasvirga olingan bu filmda irqiy kamsitishlar yaqqol ko‘zga tashlanadi. 1965-yil ekran yuzini ko‘rgan bu filmda qabila urug‘chiligi voqealari yoritib berilgan.

Javob: Chingalchuk: Katta ayiq bolalari

Mavzu: Mashhur ayol yozuvchilar

10. 2020-yil ekranlarga chiqqan Emma filmi ushbu ushbu ingliz yozuvchisining xuddi shu nomdagi romani asosida suratga olingan?

Javob: Jeyn Ostin

20. Boston shahrida tugʻilgan ushbu adibaning 1981-yilda, “Toʻplangan sheʼrlar” kitobi chop etilgan boʻlib, ushbu toʻplamga adibaning hayotlik vaqtida nashr ettirmagan asarlari kiritilgan va ushbu toʻplam uchun adiba 1982-yilda Pulitser mukofotiga sazovor boʼladi?

Javob: Silviya Plat

30. Yaqinlarining fikricha 18-asrda tugʻilgan bu yozuvchi, eskirgan qoʻgʻirchoqlarini tashlab yubormas, mavjud qismlarni boshqa qoʻgʻirchoqlari uchun ishlatgan ekan. Kim?

Javob: Meri Shelli

40. Viktor Gyugo U haqida fikrini davom ettirib, U mening singlimi yoki ukamni bu haqida qaror chiqarish mening vazifam emas degan. Uning jamoat joylarida sigaret chekishi koʻplab noroziliklarga sabab boʻlgan. 1804-yilda tugʻilgan adiba kim?

Javob: Jorj Sand

50. "Atlant yelkasini rostladi" adibaning eng uzun romani hisoblanadi. Adibaning fikricha, butun adabiy karyerasidagi eng yaxshi roman.

Javob: Alisa Rozenbaum

Qabul: Ayn Rand

Mavzu: Yopiq

10. 2024-yil qishida xazil rasmlarning birida kuchli o‘ninchilar deb Modrich Pele Messi va uni ko‘rish mumkin edi. Uni ayting

Javob: Chelsea logotipi

Qabul: Chelsea (Mavzu: Chelsea)

20. Chelsea jamoasi aynan shu murabbiy qol ostida Yevropa ligasini Arsenalni mag‘lub qilib oldi.

Javob: Mauritso Sarri

30. 2012-yil Bavariaga qarshi final o‘yinida Drogba qahramon bo‘lish bilan birga anti qahramonga ham aylanib qolishi mumkin edi, lekin unday bo‘lmadi. Antiqahramon bo‘lishi sababini aniq ayting

Javob: Qo‘shimcha vaqtda o‘z darvozasiga penalti.

Qabul emas: penaltiga sababchi

40. Chelsea Akademiyasi nima deb nomlanadi?

Javob: Kobxem

50. Jamoa transfer oynasida ushbu futbolchini sotish va 2 yildan so‘ng arzonroqga sotib olish bilan qaysidur manoda foyda kordi. Qaysi futbolchi?

Javob: David Luiz Psj ga 50 mln ga sotib 35 mlnga sotib olgan

Mavzu: Itlarga aloqador faktlar

20. 1933-yilda u 14 yoshida vafot etdi. Ungacha Klivlend hayvonot bog‘i uning yashash manzili sifatida ko‘rsatilgan.

Javob: Balto

30. Skandinaviya qo‘lyozmalarida u Hel darvozasini qo‘riqlovchi it sifatida tasvirlangan.

Javob: Garm

30. Asarning kulminatsion nuqtasi sifatida uning o‘limi qaraladi. Uning o‘limi Saodat ayaning ko‘z yosh to‘kishiga sababchi bo‘ladi.

Javob: Qorako‘z majnun

40. Kaliforniyalik xonanda Kalvin Kordozar 1971-yil tavallud topgan. Biz uni qaysi taxallus ostida taniymiz.

Javob: Snoop Dogg

50. Braxisefaliya bu bosh suyagining qisqa va kalta bo‘lib qolish kasalligidir. Itlar orasida aynan shu kuchli it zotida braxisefal bosh suyagi kuzatiladi.

Javob: Mastiff

Mavzu: Antiqa mantiq

10. Siyosatchi, qashqadaryo hokimi, Samarqand, yuksak ma'naviyat yengilmas kuch, 1-prezident

Javob: Islom Karimov

20. Kartina: 1434-yil, Yan van eyk, yevropadagi ilk juftlik.

Javob: Arnolfini juftligi

30. Davlat, skandinav, 1952-yilgi qishki olimpiada, Magnus karlsen

Javob: Norvegiya

40. serial: hech qachon tugamaydigan hikoya, aka uka dufferlar, netflix, velosiped

Javob: stranger things

50. Yozuvchi: 1912-yil, Frasniya Kvay daryosi ustidagi ko‘prik, maymunlar sayyorasi jang, maymunlar sayyorasi revolyutsiya

Javob: Pyer bull

Mavzu: Psixologiyada yunon mifologiyasi

10. Ushbu tasvirning nomini asosan o‘smirlarda kuzatiladigan va oilaning yordamisiz mustaqil harakat qilish tendentsiyasi bilan kuzatiladigan majmua nomidan topish mumkin. Bunday tendentsiya har doim ham fojiaga olib kelmaydi. Savol bu psixologiyada qanday ataladi?

Javob: Ikar

20. Har qanday shaxsga sun'iy ravishda diktatsiya qilingan ma'lum bir ma'lumotlardan kelib chiqadigan psixologik ta'sir oxir-oqibat insonda o‘sha sun'iy mavjudotni jonlantirishi mumkin. Salbiy oqibatlarga olib kelganda, u Golem effekti deb ataladi. Agar ijobiy bo‘lib chiqsa, bir haykaltarosh nomi bilan atalgan effekt deb ataladi. Savol: qaysi haykaltarosh

Javob: Pygmalion

Izoh: Golem afsonasi va Pigmalion afsonasi sun'iy mavjudotni jonlantirish jarayoni bilan birlashtirilgan.

30. Letargiya hamma narsani unutib, chuqur uyquga ketishi bilan tavsiflangan kasallik, letargiya nomining kelib chiqishi qaysi gidronimga borib taqaladi?

Javob: Leto

Izoh: suvi unutishga olib keladigan daryo

40. Ayollar o‘zlariga qarama-qarshi bo‘lganida qarshilik ko‘rsatmay, qarama-qarshi jinsdan yordam kutadigan kompleks bu malika sharafiga nomlangan. Savol: qaysi malika

Javob: Andromeda

izoh: Persey tomonidan ajdarhodan qutqarilib olingan

50. Psixologiyada onaning eriga bo‘lgan nafrati tufayli farzandlariga nisbatan salbiy his-tuyg‘ularni o‘zida o‘zida mujassamlashtirgan sindrom bu ayol sharafiga nomlangan. savol: qaysi ayol?

Javob: Medea

Mavzu: Initsial V… V…

10. U shlyapasi va binafsha baxmal paltosi bilan mashhur. Savol: U qaysi personaj?

Javob: Villi Vonka

20. Tinchlik bo‘yicha Nobel Mukofotiga sazovor bo‘lgan Aqsh prezidentini ayting.

Javob: Vudro Vilson

30. Uning oʻziga xos xususiyati ritmik tezlik va to‘xtovsiz harakatlar edi. Savol: Nimaning?

Javob: Vena Valsi

40. Uning sevimli soʻzlari "Guess who? (Qani topchi kim?"). Savol: Qaysi personajning?

Javob: Vudi Vudpekker

50. "Afrosiyob - ko‘hna Samarqand o‘rni" asarining muallifi kim?

Javob: Vasiliy Vyatkin

Mavzu: Kichik

10. Uyg‘onish davrida yozilgan mifologik asarlarda bu so‘z yer ostida yashaydigan kichik gumanoidlarni bildiradi.

Javob: Gnom

20. Uning boshlang‘ich manzili sifatida yurakning o‘ng qorinchasi ko‘rsatiladi.

Javob: Kichik qon aylanish doirasi

30. Asarda ularning ilk qilgan ishlari mayda matraslarni bir biriga qo‘shib ulkan matras tikish bo‘lgan. Ammo matras yetarlicha qalin emas edi. Bu ishlar qayerda sodir bo‘lgan.

Javob: Liliputiya (Gulliverning sayohatlari)

40. Bu joy 1914-yil Yaponiyaga, Ikkinchi jaho urushidan so‘ng AQSh hududiga tegishli bo‘lgan. 1978-yildan boshlab erkin uyushgan hudud maqomini olgan.

Javob: Mikroneziya

50. Seyshel orollari poytaxti bo‘lgan Viktoriya shahri London shahrining kichraytirilgan nusxasiga o‘xshaydi. Viktoriyadagi eng diqqatga sazovor joyni mavzuga moslab ayting.

Javob: Little Ben (Kichik Ben)

Mavzu: İnitsial U… T…

10. Samarqand viloyatida joylashgan bu hududning aholisi viloyat tumanlari ichida eng ko‘p hisoblanadi. Qaysi hudud?

Javob: Urgut tumani

20. Toshkent shahrida 1917-yil 25-aprelda tashkil topgan gazeta. Dastlab Turkistanskiy Vedemosti, keyinchalik Umid matbaasida chop etilgan. Gazeta nomini ayting

Javob: Ulug‘ Turkiston

30. Mil.avv 9-6 asrlarda mavjud bo‘lgan. Eng yirik hukmdorlari Menua, Argishti, Sargon II davrlarida ancha kengaygan. Bu ma'lumotlar asosida gap nima haqida ekanligini ikki so‘zda ayting.

Javob: Urartu Tarixi

40. 2016-yilda Pavar Kumar tomonidan yozilgan va rejissorlik qilgan g‘ayritabiy triller janridagi film. Bosh rolni Shradxa Srinatx o‘ynagan. Film nomini ayting.

Javob: U Turn

50. 1775-1851-yillarda yashagan İngliz rassomi, romantik manzara ustasi, akvarelchi. Romantizm uslubida ijod qilgan. Eng mashhur asarlariga Dengiz baliqchisi, Trafalgar maydoni kabi asarlari kiradi. Uning kimligini ayting.

Javob: Uilyam Tyorner

Mavzu: Fransiya

10. Wikipedia maqolasiga kura u dunyodagi eng ko‘p tashrif buyuriladigan pullik va eng ko‘p suratga olingan diqqatga sazovor joy deb nomlanadi. Uni ayting

Javob: Eyfel minorasi

20. Unga atab Marokashning jauniy-ğarbida yodgorlik qurilgan bulib, haykalda samalyotda uchayotgan üni kurishimiz mumkin u kim?

Javob: Ekzyuperi

30. U yoshligidan teatrga qiziqan bulib asosan appolon rolini teartda uynagan u kim?

Javob: Lyudovik 14 (Quyosh qiroli)

40. Bu orol Fransiya Madagaskarni bosib olishi uchun eng küp foydasi Tekkan bulib, tarjimada qayta tuzilmoq deb tarjima buladi savol orol nomini ayting

Javob: Reyunion

50. Bu termin Büyük Fransiyaning yagona yuli, üni dunyodagi eng rivojlangan davlat qilish va Fransiyani har qanday yul bilan ham obrusini oshirishni anglatadi, bu terminni Futboldagi voqeaga adashmasdan ayting

Javob: Gallizm (Gol Sharl de gol)

Mavzu: Matritsada --Mi--

10. Hozirda 83 yoshni qarshilayotgan bu inson o‘zining Gibli studiyasida ishlagan ko‘plab mangalar dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi

Javob: Hayao Miyadzaki

20. 2017-yilda bosh prokuratura huzurida tashkil etilgan bu tashkilotning asosiy xizmati energiya resurslari bo‘yicha qarzlarni undirish. Bu tashkilotning obreviaturasini ayting

Javob: MIB

30. Hozirda u o‘z faoliyatini o‘zi asos solgan "Defensive thinking incorporation"da olib bormoqda va kompaniyaning asosiy maqsadi informatsion xafvsizlikni ta'minlash

Javob: Kevin Mitnik

40. O‘zining apparati bilan mashhur bu inson oqsillarni modifikatsiyalovchi organoid kashf qilgan va bu mehnatlari uchun 1906-yilda meditsina yo‘nalishida Nobel olgan

Javob: Kamillo Golji

50. 1980-yilda adabiyot bo‘yicha nobel olgan bu inson, Shved akademiyasi tomonidan "dunyodagi bir qancha kelishmovchiliklarda erkakning ovozi" deb atalgan.

Javob: Cheslav Milosh

Mavzu: Tibbiyot

10. Bu so‘z lotinchadan "yot narsalardan xalos bo‘lish" deb tarjima qilinadi.

Javob: Immunitet

20. Uning mikropiya va makropiya turlari farqlanib, 1951-yil yaratilgan multfilmda moxomor, shampinion, russula kabi zamburug‘ turlari iste'moli bu kasallikka sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Javob: Alisa sindromi

30. Sovet davrida bu mahsulot retseptsiz sotilgan. U organizmda qondagi temir va B12 vitaminining ko‘proq sintez bo‘lishiga javobgar bo‘lgan.

Javob: Gematogen

40. Bu antibiotik pinnitsillin va tetrasiklin kabi antibiotiklarga allergiyasi bor insonlar uchun bakterial infektsiyalar, difteriya, koʻkyoʻtal, brutsellyoz, gonoreya, pnevmoniya, birlamchi sifilis kabi kasalliklarda qo‘llaniladi.

Javob: Eritromitsin

50. 1847 yil ingliz jarrohi bo‘lgan bu inson tibbiyot tarixida ilk bor bemorni operatsiya qilishdan oldin og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida xloroformdan foydalangan. Kim.

Javob: Jeyms Yang Simpson

Mavzu: Xushbo‘y

10. Bug‘usimonlar oilasi vakillari tanasidagi orbital bezlari hisobiga o‘zidan shirin hid taratish xususiyatiga ega. Ulardan olinadigan eng xushbo‘y hidli moddani ayting.

Javob: Mushkambar (Mushk kiyiklaridan olinadi)

20. U ilk bor Fransiyada 1921-yilning 5-may sanasida insonlarga taqdim etilgan.

Javob: Chanel No5

30. Murakkabguldoshlar oilasiga kiruvchi bu o‘simlik tarkibida limon kislotasi foizi juda yuqori bo‘lib, xalq orasida ona hidiga tenglashtirilgan.

Javob: Bo‘yimodaron

40. Bu atir turiga bergamot, yashil olma, limon, vanil, yasmin kabi yashil rangli mahsulotlar hidi qo‘shilib, erkaklar uchun maxsus yaratiladi. Afsuski bu atirga avokado hidi qo‘shilmagan.

Javob: Lakoste

50. U tabiiy organik birikma bo‘lib, ignabargli daraxtlarning smolasi qotib qolishi natijasida hosil bo‘ladi.

Javob: Qahrabo

Mavzu: Initsial B… B…

10. Yaqinda uning buzilishi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Savol: Nimaning?

Javob: Botanika Bog‘i

20. Initsial BB nomli kitob kimning hayoti haqida.

Javob: Initsial BB

30. U fors, elam va bobil tillarida yozilgan. Savol: Nima?

Javob: Behustin Bitiklari

40. Ktesifonda topilgan Uning nima vazifa bajarilishi hozirgacha nomalumligicha qolmoqda.

Javob: Bag‘dod Bateriyalari

Qabul: Bobil batareyalari

50. Aviafojiadan keyin tarkibni yoshartirishga uringan ingliz klubi endi haqiqatan ham Unga aylandi nomli maqolalar chop etiladi. Savol: Nimaga?

Javob: Basbi bolalari

Mavzu: Nafaqat Injil personalari

10.Ixetuan voqeasida, 222 ta xristian diniga eʼtiqod qiluvchi xitoyliklar kaltaklanib, kanonizatsiya qilibgan. Ixetuan voqeasini Pekindagi U ham deb atashadi. Savol: Uni ikki soʻzda ayting.

Javob: Varfolomey Tuni

Izoh: Apostol Varfolomey

20. 2016-yilda chiqqan serialda Tom Ellis uning rolini oʻynagan boʻlsada, hech qachon xudoga qarshi chiqmasligini, doim Xudoga ishonishini aytib oʻtgan. Savol: Uni ayting.

Javob: Lutsifer

30. Sportchi Fyodor Kushnaryov maktabda bu laqabni olishiga, sartaroshga borganidan keyin olgan yomon bahosi sabab boʻlganini aytib oʻtgan. Savol: Fyodor olgan laqabni ayting.

Javob: Samson

Izoh: Samson ham sochlari kesilgach qudratidan maxrum boʻlgan.

40. Tomas Gobbs oʻz asariga bunday nom tanlashiga sabab qilib, asardagi qudratli mamlakatning yirtqich hayvondek barcha narsani yutishga harakat qilishini keltirib oʻtgan. Savol: Asar nomini ayting

Javob: Leviafan

Izoh: Leviafan Injilda keltirilgan qudratli, yirtqich ilon.

50. Richard Morganning fastastik romanida juda katta yoshli daraxt odamlar uchun muqaddas hisoblanadi. Savol: ushbu daraxtning nomini ayting.

Javob: Mafusail

Izoh: Injilga koʻra Mafusail eng uzoq vaqt yashagan odam.

Mavzu: Daniya

10. Aynan bu inson 1908 yilda Londonda bo‘lib o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida futbol bo‘yicha Daniya terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan.

Javob: Nils Bor

20. Ular asosan cho‘chqalarni ovlash uchun ishlatiladi. Mashhur animatsion qahramon Skubi-Du ularning eng mashhur vakili hisoblanadi.

Javob: Danua

30. Daniya tilida bu so‘z “xalq yig‘ilishi” ma’nosini bildiradi.

Javob: Folketing (Daniya parlamenti)

40. Maksimal aniqlik bilan 1816 yilda Daniyada “Gamlet” spektaklining birinchi premyerasi qayerda bo‘lib o‘tganligini ayting.

Javob: Elsinor qasrida (Kronborg, Elsinor Gamlet voqealari sodir bo‘ladigan haqiqiy joy)

50. To‘rt marta jahon chempioni unvoniga nomzod bo‘lgan bu daniyalik birinchi shaxmat Oskarini 1967 yilda qo‘lga kiritgan.

Javob: Bent Larsen

Mavzu: Initsial M... M…

10. U klassik antik davr faylasuflari va nasroniylikdan kelib chiqqan bo‘lib, dafn marosimiga oid san'atlarda qo‘llaniladi.

Javob: Memento Mori

20. Papua va Yangi-Gvineya orollarida tarqalgan aholi soch-soqollarining jingalak bo‘lishiga uning hissasi katta. Chunki bu insonda ham soch va soqol jingalak.

Javob: Mikluxo Maklay

30. Bu shaxs 1870-yil Italiyada tavallud topgan bo‘lib, Italiyadagi tibbiyot maktabiga qatnagan birinchi ayol edi.

Javob: Mariya Montessori

40. Paleozoy erasida tarqalgan bu baliq turi og‘zi atrofidagi mayda tuklari yordamida yaxshi oziqlangan. U baliqning nomi nima bo‘lgan.

Javob: Mo‘ylovli minoga

50. Venesueladan oqib o‘tuvchi Katatumbo daryosi yuzasida sodir bo‘ladigan bir tabiat hodisasi sabab, Venesuela shaharlari tunda ham yorqin ko‘rinishga ega. Bu yorqinlikni keltirib chiqaruvchi ikki so‘zni ayting.

Javob: Marakaybo mayog‘i

Mavzu: Yaponiya

10. Lana Del Reyning 2023-yil taqdim qilgan qo‘shig‘ida Lanani qo‘shiq yanada kuchliroq qilishi uchun singan yurakni sevgi va yorug‘lik yordamida tuzatish kerakligi aytiladi. Qo‘shiq nomini bir so‘zda ayting?

Javob: Kinsugi

20. Noto‘g‘ri ovqatlanish va stress sabab yaponlarning ish joyida vafot etishi shu termin orqali ifodalanadi.

Javob: Karoshi

30. Kiotodagi Imperator saroyining Shishin-den zalida joylashgan an'anaviy uslubidagi stulni g‘arbiy yaponlar orasida shunday nomlanadi.

Javob: Xrizantema taxti

40. Yaponiyadagi ijtimoiy tarmoq faollari orasida ba'zan qizlar profilida yuruvchi erkaklar uchrab turadi. Ularga nisbatan qaysi termin ishlatiladi.

Javob: Nekama

50. Ular kimano kiygan yapon erkaklari uchun cho‘ntak vazifasini bajargan. Pul, tamaki mahsulotlari va mayda buyumlarni unda saqlash juda qulay bo‘lgan.

Javob: Netsuke

Mavzu: GiperMatritsa "Barselona"

10. 13 karra Angliya chempioni bo‘lgan bu klub, 1886-yil oktyabr oyida tashkil topgan. Qaysi klub?

Javob: Arsenal

20. 1934-yilda yozilgan bu roman muallifi Abdulla Qahhor hisoblanadi. Savol: Qaysi roman?

Javob: Sarob

30. Magnit maydonda harakatlanayotgan zaryadli zarraga ta'sir etuvchi kuch fizikida UNING kuchi deb ataladi. U kim?

Javob: Lorens

40. Bu ism asosan qiz bolalarga qo‘yiladi va bu ism arabcha bo‘lib, quyidagi ma’nolarga ega: Go‘zal, ko‘rkam, kelishgan, yoqimtoy, nafis, hushfe’l, dilkash qiz. Qaysi ism?

Javob: Lobar

50. ALFA so‘zining ma'nosi "yo‘lboshchi, yetakchi" degan ma'nolarni anglatadi. Qirgʻiziston Respublikasi Chuy viloyatining Soʻquluq tumanidagi qishloq nomi ham ALFA. ALFAni toping

Javob: Sarbon

Mavzu: Javoblarda faqat “O” unlisi

10. Montbéliyar shahri vakili bo‘lgan ushbu klub 1928-yilda "Pejo" kompaniyasi xodimlari tomonidan tashkil etilgan.

Javob: Socho

Izoh: Malumki, klub Fransiya vakili hisoblanadi. Logotipda "Pejo" logotipidagi kabi sher tasviri mavjud.

20. Qizig‘i shundaki, Gernikani bombardimon qilishda ishtirok etgan shu nomdagi harbiy-havo bo‘linmasi etalonida burgut tasvirini ko‘rish mumkin edi. Bo‘linma nomini ayting?

Javob: Condor

Izoh: Kondor burgutlarning eng mashhur turlaridan biridir.

30. Miodrag Bulatovich tomonidan 1966-yilda mashhur pyesaning davomi sifatida yozilgan asar “U keldi” deb nomlanadi. Uni ayting.

Javob: Godo

40. Leon shahri yaqinida, Managua ko‘li qirg‘og‘ida joylashgan ushbu vulqondagi so‘nggi faollik 2015-yilda kuzatilgan. Vulqon nomini ayting?

Javob: Momotombo

50. Masai tilida "hayot in'omi" deb ayting.

Javob: Ngorongoro

Izoh: Afrikadagi eng yirik qo‘riqxonalardan biri, ov qilish qat'iyan man etilgan va hayvonlar himoyalangan.

Mavzu: A dan boshlanadi

10. Ushbu kimyoviy element nomi yunonchadan yalqov, nofaol ma'nolarini bildiradi. Qaysi element?

Javob: Argon.

20. 1839- yilda Venalik organ va fortepianino ustasi Kiril Demian U uchun patent oladi. Uni toping?

Javob: Akkordeon

30. NASA ishga kirmoqchi bo‘lgan nomzodlarga ushbu filmda kamida 168 ta ilmiy xatolikni aniqlash topshig‘i beriladi. Diqqat savol: qaysi filmda?

Javob: Armageddon

Izoh: Ma'lumki, NASA o‘z xodimlaridan mashhur filmdagi ilmiy xatolarni aniqlashni talab qiladi. Oxirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu raqam kam ham, ko‘p ham emas - 168 ta.

40. Zlatan Ibragimovich birinchi avtobiografik kitobi "Men Zlatan" deb nomlanadi. Ikkinchi avtobiografik kitobi nomida esa ushbu lotincha so‘zni uchratish mumkin. Qaysi so‘z?

Javob: Adrenalin

50.Andersenning ertaklaridan birida yangi olingan IKS "och ekanligi" va shuning uchun IKS dan ovoz ham chiqmayotganligi aytiladi. IKS O‘rta asrlarda Xitoyda yaratilgan ekan. Diqqat savol IKS ni mavzuyimizga mos nomini ayting?

Javob: Aqchadon

Mavzu: E harfidan boshlanuvchi so‘zlar

10. Proto-eron, fors tillarida bu joy nomi "Harborz" bo‘lib, baland cho‘qqi deb tarjima qilinadi.

Javob: Elbrus tog‘i

20. Bu kuchli hayajon holati bo‘lib, baxt va o‘ziga haddan ziyod ishonch natijasida yuzaga keladi.

Javob: Eyforiya

30. Letisiya Kalderon o‘zining ajoyib rollari bilan Lotin Amerikasi va Meksika xalqlari qalbidan joy olgan. Uning hammaga tanish mashhur rolini ayting.

Javob: Esmeralda

40. Bu so‘zdan ilk bor ispan qabilasi boshlig‘i Zipaning boy inson ekanligini isbotlash maqsadida foydalanishgan.

Javob: El-Dorado

50. Teri epitelial yoki shilliq qavatining shilinishi va yaralanishiga nisbatan shu so‘zni ishlatish mumkin.

Javob: Eroziya

Mavzu: Uchalasini ham ayting

10. Ayrim Yevropa davlatlarida maktab o‘quvchilariga sug‘urta kompaniyalari faoliyatini tushuntirish uchun ushbu ertak qahramonlaridan foydalanishadi. Diqqat savol uchala qahramonni ham ayting?

Javob: Nif-nif, Nuf-Nuf, Naf-Naf

Izoh: Ertakdagi cho‘chqalar har biri somon, yog‘och va g‘ishtdan uy quradilar.

20. "Ko‘ylak, libos" ma'nolarini anglatuvchi "Kleider" (klAyder) so‘zi ba'zan to‘rtinchisi sifatida tilga olinadi. Diqqat savol siz undan oldin keluvchi uchtasini ayting?

Javob: kinder, kuche, kirche

Qabul: bola, oshxona, cherkov

Izoh: Konservativ nemis jamiyatida ayollarning rolini belgilovchi formula haqida edi.

30. Ushbu shoqolning otasi hisoblanmish Xose Аltagarsiya kommunizimning tarafdori bo‘lgan ekan. Buni o‘z og‘illariga qo‘ygan ismlaridan ham bilish mumkin. Diqqat savol Xosening 3 o‘glining ham ismini ayting?

Javob: Vladimir, Ilyich, Lenin

Izoh: Asl ismi . bo‘lgan mashhur terrorchi Karlos Shoqolga va akasi hamda ukasiga - Vladimir va Lenin ismlari qo‘yilgan.

40. Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatini David Vilya boshqarib turibdi. DIqqat savol ushbu ro‘yxatda kuchli 10 likka kirgan uchta adashni ayting?

Javob: Fernando Torres, Fernando Yerro, Fernando Morientes

50. Jak Lui Devidning mashhur "Napoleon Alp tog‘larini kesib o‘tmoqda" kartinasida qoyalarda uchta sarkardaning ismlarini ko‘rishimiz mumkin. Diqqat savol siz uchalasizni ham ayting.

Javob: Bonapart, Gannibal va Karl (Buyuk)

Izoh: Gannibal aniq; Buyuk Karl Alp tog‘larini kesib o‘tdi va miloddan avvalgi 8-asrda imperiya tuzdi. Napoleon tomonidan yaratilgan davlat Buyuk Karl imperiyasining chegaralarini takrorladi.

Mavzu: Sport brendlari

10. Filmlardan birining personaji bo‘lgan serjant kichik boladan o‘z pagonining ma’nosini bilasanmi deya so‘raydi. Bolakay esa ha deya javob berib ushbu kompaniya nomini aytadi. Qaysi kompaniya?

Javob: Adidas

20. Ushbu sport poyabzallari ishlab chiqaruvchi kompaniyaga 1960-yillarda aka-uka Pol va Jeyms Van Dorenlar tomonidan asos solingan. Qaysi kompaniya?

Javob: Vans

30. Ushbu brendning logotipida tennis korti va futbol stadioni bir birining ustida tasvirlangan. Brend asoschilari aka-uka Jovanni, Serxio va Alberto (Kaberlottolar)dir.

Javob: Lotto

40. Uilyam Rayli bu bredning eng mashhur oyoqkiyimlari dizaynini yaratishda hovlisidagi tovuqning yurish paytida qanday qilib muvozanatni saqlashini kuzatganidan so‘ng ishlab chiqqan ekan. Qaysi brend

Javob: New Balance

50. Dengizchining o‘g‘li Jeykob Golomb o‘zi ishlab chiqargan sport kiyimlari sizga uzoooq muddat xizmat qilishi mumkinligini aytgan. Diqqat savol U o‘z kompaniyasiga qanday nom berganini ayting?

Javob: Everlast. (Abadiy)

Mavzu: Initsial M… P…

10. Uning oilasi roppa-rosa 17 yil davomida Osiyoning turli viloyatlarini kezib, Chingizxonning nabirasi Xubilayxonning hurmatiga sazovor bo‘lib, savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi. Keyinchalik uning rahbarligidagi flot Hormuz boʻgʻozidan oʻtib, Yevropaga katta muvaffaqiyat bilan qaytadi. U kim?

Javob: Marko Polo

20. Britaniyaliklar o‘qimaganliklarini tan olishdan uyaladigan kitoblar orasida 6 jild va 4800 ga yaqin sahifadan iborat ushbu kitob ham bor. Ular bu kitobni o‘qishni VAQTNI BEHUDAGA SARFLASH deb hisoblashadi. Diqqat savol kitob muallifini ayting?

Javob: Marsel Prust (Yo‘qotilgan vaqtni izlab)

30. “Oilaning mustahkamligi- qo‘shinning kuchi kabi bir-biriga bo‘lgan sadoqatiga bog‘liq”.

Diqqat savol Iqtibos muallifini toping.

Javob: Mario Puzo

Izoh: “Oila” kitobi vafotidan keyin nashr etilgan.

40. 1991-yilda Tojikistonda tojiklar va o‘zbeklar o‘rtasidagi mojaro paytida qurollangan odamlar suratga olish maydonchasidan qaytayotgan ushbu aktyorning mashinasini o‘rab olishadi. Uni ko‘rgan olomon hayratdan “Komissar Katani” kelibdi deb baqirishgan ekan. Ushbu aktyor?

Javob: Mishel Plasido

50. 1755 yilda Lotaringiya gertsogi Leshchinski o‘z saroyida ziyofat uyushtiradi. Ziyofat boshlanishidan oldin oshpaz bilan janjallashib uni ishdan haydaydi. Natijada oshpaz yordamchi bo‘lgan Polimye familyali ayol buvisidan qolgan retsept bo‘yicha ziyofatdagilarga desert tayyorlagan ekan. Siz hozir uning paydo bo‘lish tarixi bilan taninshdingiz. Uni ayting?

Javob: Madlen Pecheniyesi

Mavzu: Daraxtlar

10. Uning bir qarindoshi "Toshdubulg‘a" laqabiga ega edi. U kim?

Javob: Torin Emanqalqon.

20. Etyen Saker boshchiligidagi nasroniy millatchilari BU MAMLAKATDA "Kedr qo‘riqchilari" deb nomlangan harakatga asos solishgan. Qaysi davlatda?

Javob: Livan

30. Afsonaga ko‘ra, U sayohati chog‘ida o‘z boltasini sudrab "Katta kanyon"ni yaratadi. U kim?

Javob: Pol Banyan.

40. NATO tasnifida U "Sickle B" deb ataladi. Uni nima ekanligini ayting.

Javob: Topol-M; РТ-2ПМ2; Topol.

50. U Prochinburi provinsiyasining gerbida tasvirlangan. Uni alifboda ketma-ket keluvchi harflar bilan boshlanadigan ikki so‘zda ayting.

Javob: Bodxi daraxti.

Mavzu: Katta

10. Teodor Ruzvelt bu hududni asrab qolish tarafdori bo‘lgan. Ov qilish va manzarani tomosha qilish uchun bu hududga juda ko‘p prezidentlar tashrif buyurgan. Qayer.

Javob: Grand Kanyon

20. Uning suvidan hatto Tojikistonning Sug‘d viloyati va Qirg‘izistonning O‘sh viloyati ham foydalanadi.

Javob: Katta Farg‘ona kanali

30. U Avgust Pugin tomonidan loyihalashtirilgan va 1859-yilda qurib bitkazilgan. Uni qurish ishlari davomida 5 dona qo‘ng‘iroq ham kerak bo‘lgan.

Javob: Big Ben

40. 2014-yil chiqarilgan bu filmda Margaret Kin kartinalaridan foydalangan. Bu filmda Matilda effekti qurboni bo‘lishdan himoyalangan Margaretning iztiroblari aks ettiriladi.

Javob: Ulkan ko‘zlar

50. "Qizil oktabr" nomli Moskvadagi qandolat fabrikasi direktori san'at shinavandasi bo‘lib, "Ilhom" nomli shokolad o‘ramida uni tasvirlagan.

Javob: Bolshoy teatr

Mavzu: Karyera

10. Paxtakor, Lokomotiv, Paxtakor, Al-AXli Dubay, Al-Nasr, Panseraykos, istiqlol tehron.

Javob: Jaloliddin Masharipov

20. Monako, PSJ, Real Madrid

Javob: KILLIAN Mbappe

30. Bayer Leverkusen, Chelsi, Arsenal

Javob: Kay Xaverts

40. Srvena Zvezda, Benfika , Ayntraxt, Real Madrid , Fiorentina , Milan

Javob: Luka Yovich

50. Villareal Liverpul, Napoli, Bavariya, Napoli, Milan, Aston Villa, Latsio, Villareal, Komo

Javob: Pepe Reyna

Mavzu: Filmlardagi Antogonistlar

10. Bu personaj yeng yovuz antogonist sifatida tan olingan tashki ku‌rinishi xam bir karashda yovuzni eslatadi: tu‌likligicha kora rangdagi tashki ku‌rinish, yonib turuvchi kizil kilich xamda daxshatli nikob.

Javob: Dart Veyder

20. Xakikiy ismi Oruku Saki bu‌lgan u bizga tu‌rtlik ishtrokidagi deyarli barcha franshizalarda ishtirok etkani bilan tanish uning lakabi bilan bir xil ofis jixozi xam mavjud.

Javob: Shreder

30. Narniya Saltanati filmining eng yovuz antogonisti rolini. Tыlda Suinton u‌ynagan personajni sifat katnashtirib ikki su‌zda ayting

Javob: Ok Jodugar

40. Kristofer Vals tomonidan ijro etilgan eng zor rollardan biri Kventin Tarantino filmidagi nemis ofitseri personajining ismini yoki unvonini ayting.

Javob: Gans Landa K. shtandartenfyurer

50. U franshizadagi eng kuchli yovuzlardan biri xisoblangan sexrgar. Nafakat yerni balki butun vokelikni egallash uchun xar kim bilan birlasha oladi. Uning teleportatsiya kobiliyati jangda ancha ustunlik beradi shu orkali u‌ldirganlari ichida eng mashxuri Skorpiondir.

Javob: Kuan Chi

Mavzu: oq

10. Ular qonning rangsiz va yadroga ega shaklli elementlari bo‘lib asosiy vazifasi fagositoz immun sistemani nazorat qiladi, ularning soni- 4000-9000tagacha. ularni ayting

Javob: Leykositlar (oq qon tanachalari)

20. Bunday insonlar noo‘rin holatlardayam har tomonlama o‘zlarni ustun ko‘rsarib, turli yo‘llar bilan "ko‘tarilishga"harakat qilishadi va hamma narsani ijobiy hal qilishga intilib, o‘z bilim va tajribalarini joriy vaziyatda eng to‘g‘ri deb bilishadi. qanday insonlar

Javob: Oq palto sindromiga chalingan insonlar

30. O‘zbek xonandalari Kumush Razzoqova va Javlon To‘xtayev tomonidan aytilgan bu qo‘shiq 1984-yil "Vodillik kelin"filmi uchun sauntrak bo‘lgan. O‘zbek tiliga Yodgor Obidov tarjima qilgan va Farrux Zokirov bastalagan qo‘shiq nomini ayting

Javob: Oq bulut

40. Normurod Norqobilovning 2000-yilda nashr qilingan asarida Shukurning quvnoq hayoti va muhabbat iztiroblari haqida yozilgan

Javob: Bekatdagi oq uycha

50. U Laos qirolligi oliy davlat mukofoti bo‘lib qirol Sisavang Vong tomonidan 1909-yil qirollikka sadoqat bilan xizmat qilganlarni mukofotlash maqsadida taʼsis etilgan.

Dastlab bir darajali bo‘lgan bu mukofot 1936-yilda eng yuqori — oliy darajali orden bo‘lgan

Javob: Million fillar va oq soyabon ordeni

Mavzu: Barcha javoblar D harfidan boshlanadi

10. Sharq adabiyotida sheʼriy toʻplam. Devonda biror shoir sheʼrlari qofiya yoki radiflariga koʻra arab alifbosi tartibida (qofiyalanib keluvchi soʻzlarning oxirgi harflari asosida) joylashtiriladi

Javob: Devon

20. Bu soʻz arabcha Yotoqxona joy va Ilm, Fan soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan

Javob: Dorilfunun

30. Hunter Tompson irqlar orasidagi farqni ko‘rmasligini nazarda tutib, o‘zini U deb atadi. Uni toping

Javob: Dalton

40. Ayollar erlariga bayramda anʼanaviy sovgʻalarini hadiya qilganidan soʻng erkaklarda xiyonat koʻrsatgichi oshib ketishi Haqidagi maqolada Erkaklar unga qiyoslanadi.

Javob: Dobby

Izoh: Sovgʻa paypoq. Go‘yoki erkaklar paypoqni olganidan keyin oʻzlarini ozod his qilishadi

50. Qadimgi Rim va Gretsiyada mashhur bo‘lgan garum souring taomini tayyorlanmasligiga sabab qilib u koʻrsatiladi

Javob: Dodo

Mavzu: T...t T dan t gacha

10. bu so‘z arab tilidan olingan bo‘lib tozalanish, poklanish ma'nolarini bildirad. iqaysi so‘z

Javob: tahorat

20. savol Bu so‘zni toping Xudo bor bu uninhg ko‘p dinlardagi asosiy tamoyilidir. Bu so‘zning ma'nosi bir guruj odamlar tomonidan ishoniladigan tamoyil, prinsip

Javob: Tenet

izoh: savolning oxiridan boshlab o‘qish tenet filmiga ishora edi

30. Kubning 4 o‘lchamli analogi bo‘lgan Dali uni ba’zi rasmlarida ishlatgan, Xaynlayn esa o‘z asarlaridan birida foydalangan. u nima

Javob: Tesseract

40. qizigi shundaki Bir foydalanuvchi Greta Garboning ushbu filmini Internetdan yuklab olish uchun xuddi shu nomdagi dasturdan foydalanandi. filmni yoki dasturni ayting

Javob: Torrent

50. Katta va kichik arcanaga joylashtirilgan ular qadimgi davrlarda kelajakni ko‘rsatuvchi shari, tasbeh, qahva va qo‘lning kafti bilan taqqoslanagn ular nima

Javob: tarot

izoh: eslab o‘tilgan buyumlar bilan bir qatorda Tarot kartalari bilan ham fol ochilgan

Mavzu: Teri

10. Archimboldoning "4 element" rasm seriyasidan "Yer" kartinasi oldida tasvirlangan ushbu mifologik buyum Gabsburglarning boyligini anglatadi. Qaysi buyum?

Javob: Oltin mo‘yna

20. Balzak bu asar orqali kitobxonlarga pul-boylik, mansab, obro, o‘tkinchi hissiyotlar, umuman, hech narsa umrning qiymatiga teng kelmasligini anglatishga harakat qiladi. Qaysi asar?

Javob: Sag‘ri teri tilsimi

30. Dizayner Klod Montana tomonidan tayyorlangan qizil charm kurtkani, u birinchi marta "Beat it" klipida kiygan. U kim?

Javob: Maykl Jekson

40. Diniy va falsafiy g‘oyalari uchun terisi shilingan 2 ta mashhur kishidan biri Nasimiy bo‘lsa, ikkinchisi “anal haqq” atamasini birinchi marta qo‘llagan va 922-yilda o‘ldirilgan mana shu mashhur eronlik so‘fiydir. U kim?

Javob: Halloj Mansur

50. Bastakor Akira Ifukube 1954 yilgi filmda ikki charm qoʻlqopni ishqalab, karnay yordamida bas tonli tovush effektlarini yaratish uchun oyoqlarini bir vaqtning oʻzida polga tegizgan. Qaysi film uchun?

Javob: Godzilla

Mavzu: Initsial M… A…

10. Millati koreys boʻlgan bu Sovet sport ustasi oʻz karyerasini dastlab toshkent viloyatining Politotdel jamoasida boshlagan. Kim?

Javob: Mixail Ann

20. U aslida Ispaniyalik senotorlarning avlodi hisoblanadi. Bolalik chogʻlarida Antonin Pius uni asrab oladi. Gap qaysi imperator haqida ketmoqda

Javob: Mark Avreliy

30.Toshkentdagi “Paxtakor” yoshlar sport maktabida futbol bilan shug‘ullana boshlagan. Faoliyatining boshida u Rossiyaning quyi ligadagi “Sokol-PJD”, “Torpedo” (Voljskiy, “Lada-Tolyatti-VAZ” “Gazovik-Gazprom, “ Baltika kabi klublarida o‘ynagan. Siz qaysidir manoda uni eshitdingiz. Uni toping?

Javob: Maksimning avtobiografiyasi

40. U aktrisalik karyerasida bor yoʻgʻi uchta filmda suratga tushgan. Biz bu savolni qaysidir maʼnoda osmondan oldik. Agar sizga qiyin boʻlmasa bizga bu karate chempionining kimligini ayting?

Javob: Malika Alimova

50. U Samarqand pedagogika bilim yurtini tugatganudan soʻng oʻzbekiston boʻylab sayohatga chiqadi. U bu sayohati davomida koʻplab xalq qoʻshiqlari va ertaklarni toʻplaydi. U kim?

Javob: Muzayyana Alaviya

Mavzu: Matritsada Mobile Legends personajlari

10.Lotinchada tarjima qilinganda "Sanitas" - "davolayman" degan ma'noni bildiruvchi so‘z qaysi?

Javob: Sanatoriya, qabul emas sanitariya (personaj San)

20. 1994-yil Turkiyada tug‘ilgan futbolchi, Turkiya terma jamoasi markaziy himoyachisi. Euro-2024-guruh bosqichida Portugaliyaga qarshi bo‘lgan bahsda avtogol muallifi. Kim?

Javob: Samet Akaydin (personaj Akay)

30. Bu kompaniya nomi dastlab 1958-yilda tilga olingan.1985-yilda esa Rasman Ispaniyada kompaniyaga asos solingan. Javobni topishda balki sizga mashxur rassom yordam berishi mumkin.

Javob: Chupa-chups (personaj Chu). Bilamizki Kompaniya logotipini Salvador Dali chizgan.

40. Liverpulda tug‘ilgan bu futbolchi Nyukasl hamda Angliya terma jamoasi sharafini himoya qiladi. Ushbu hujumchini ayting?

Javob: Entoni Gordon (personaj Gord)

50. Eramizdan avvalgi 8-7 asrlarda Old Osiyoda mavjud bo‘lgan shaxar.Sherlar darasi, qonga botgan shaxar kabi maqomlarga ega. Shahar?

Javob: Nineviya yoki Nin (personaj in)

Mavzu: Rus yozuvchilarining maktublari

10. Jinoyatda ayblanib, 1849-yilda hibsga olingan bu shaxs otib o‘ldirish uchun Semyonovskiy tumaniga olib ketilgan va oxirgi lahzada avf etilganidan so‘ng u zindondan akasiga xat yozgan. Ushbu yozuvchi kim?

Javob: Fyodor Dostoyevskiy

20. Bu yozuvchi SSSR hukumatiga yo‘llagan maktubida matbuotda u tomonidan yaratilgan Aleksey ismli personajining   “itning o‘g‘li”, o‘zini esa “keksa it sevuvchi” deya tahqirlanganligi haqida shikoyat qilgan. Ushbu shaxs kim?

Javob: Mixail Bulgakov

Izoh: “It yurak” asari sovet matbuoti tomonidan birmuncha qabul qilinmadi

30. 1902-yilda u rus podshosi Nikolay II ga yozgan maktubida mamlakatning ijtimoiy-siyosiy muammolariga toʻxtalib, podshoga adolatli boshqaruv boʻyicha maslahatlar bergan. U kim?

Javob: Lev Tolstoy

40. Bu adib ichkilikka mukkasidan ketgan rassom ukasi Nikolayga yozgan maktubida bir qancha maslahatlar berib, “Sog‘ tanda sog‘lom aql ” iborasini ishlatgan. Ushbu shaxs kim?

Javob: Anton Chexov

Izoh: Mutaxassisligi shifokor bo‘lgan yozuvchi ukasiga salomatlik haqida maslahat bergan. Qolaversa, yozuvchi o‘zining so‘nggi so‘zlarida uzoq vaqtdan beri vino ichmaganligini ta’kidlagan.

50. Rus yozuvchisi va tanqidchisi Vissarion Belinskiy 1847-yilda bu adibga yozgan maktubida uni keskin tanqid qilib, uning yozganlari rus adabiyotidan, rus xalqidan ancha yiroq ekanligi haqida o‘z fikrini bildirgan. Diqqat savol Belenskiy tanqid qilgan ushbu yozuvchini toping?

Javob: Nikolay Gogol

Izoh: Garchi rus adabiyoti Gogolning “Shinel” asaridan paydo bo‘lgan deyishsa ham. Ammo Belinskiy Gogolning yozganlarini rus adabiyotidan yiroq, deb hisoblagan.

Mavzu: Sport olimpiadalari

10. Parij 2024 talismani sifatida fransuz inqilobi davrida erkinlik ramzi sifatida kiyilgan ushbu bosh kiyim tanlangan. Savol: Bosh kiyimni ayting.

Javob: Frigiya qalpog‘i

20. Dastlabki olimpia o‘yinlari miloddan avvalgi 776-yillarda boshlanadi va Milodiy 393-yilda ushbu imperator tomonidan bekor qilinadi. Savol: Kim?

Javob: Teodosius 1

Izoh: Bu Rim imperatori tomonidan o‘yinlar bekor qilinadi va Olimpiya o‘yinlari butparastlik sifatida taqiqlandi

30. Zamonaviy Olimpiada o‘yinlari tiklanishi ushbu shaxs nomi bilan bog‘liq. Savol: Kim?

Javob: Per de Kuberten

30. Sobiq SSSR davlatlari bu shaharda bo‘lib o‘tgan yozgi olimpiadada MDH davlatlari sifatida birlashgan jamoa bo‘lib olimpiadada qatnashishgan. Savol: Qaysi shaharda?

Javob: Barselona [1992]

50. Ushbu marosimda oʻyinlarni tashkil qilgan shaharning amaldagi meri yoki hokimi maxsus Olimpiya bayrogʻini "XOQ" prezidentiga topshiradi, soʻngra bayroq keyingi Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qiluvchi shaharning amaldagi meriga topshiriladi. Savol: Ushbu marosim nima deb ataladi?

Javob: Antverpen [Antwerp] marosimi

Izoh: Ushbu an'ana Antverpen shahridagi o‘yinlarda boshlangan. Shuning uchun marosim nomi ham Antverpen hisoblanadi.

Mavzu: B harfidan boshlanuvchi toponimlar

10. Turkiy xalqlar bir urug‘ining nomi keyinchalik Toshkentdagi shu hudud nomiga asos qilib olingan. Qaysi toponim?

Javob: Bo‘ka

20. Bu davlat 1962-yil mustaqillika erishgach poytaxt nomi Usumbura emas balki boshqacha atalgan. Qanday?

Javob: Bujumbura (Burundi)

30. Gilbert orollarida joylashgan bu shaharcha Kiribati orol davlati uchun juda muhim iqtisodiy-siyosiy zonadir. Qaysi shaharcha?

Javob: Bairiki

40. Bu davlat bayrog‘i moviy fonini markazdan qora tasma kesib o‘tgan. Bantu tilida so‘zlashuvchi xalqlar bu hududni Bechuanaland deb atashadi

Javob: Botsvana

50. 1975-yilgacha Dagomeya deb nomlangan bu hududdagi eng katta shahar Porto-Novo shahridir. Bu hudud nomini ayting.

Javob: Benin

Mavzu: Uzun

10. Bu avtomobil nomi nemischadan "uzun, qattiq tomli" deb tarjima qilinadi. Qaysi?

Javob: Limuzin

20. 1934-yil yozida A. Gitler va German Geringlar boshchilik qilgan tozalash ishlari tarixda qanday nom bilan kirgan?

Javob: Uzun pichoqlar kuni

30. 25 yoshgacha bo‘lgan insonlarda gipofiz bezining funksiyasi ortishi va somatotrop gormonining haddan ziyod ko‘p ishlab chiqarilishi insonning normadan ziyod bo‘yga ega bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Bu kasallik turi fanda qanday nomlangan?

Javob: Gigantizm

40. Shimoliy Reyn-Vestfaliya yerlarida joylashgan Shved ayol yozuvchisi nomi bilan ataladigan maktabda o‘sha ayol yozgan ertak qahramoniga atab haykal o‘rnatilgan. Ertak qahramoni nomini ayting.

Javob: Uzunpaypoq Pippi (Astred Lindgren)

50. Osgud Perkins tomonidan yozilgan va rejissyorlik qilgan 2024-yilgi Amerika qo‘rqinchli triller filmi nomini ayting.

Javob: Longlegs (uzun oyoqlar)

Mavzu: Amerika Qo‘shma shtatlari

10. Bu shahar Massachusets poytaxti bo‘lib, koriddo va karta o‘yinlari bilan mashhur.

Javob: Boston

20. Bu shtat 19-asr o‘rtalalarida mustaqil davlat bo‘lgan. Hozirda esa kattaligi jihatdan Alyaskadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Javob: Texas

30. Bu shahar "muhabbat" shahri bo‘lib, Munisa Rizayeva ijod mahsuli orasida ham bu nomli qo‘shiq mavjud.

Javob: Sakramento

40. Bu shtat bayrog‘ida ko‘k tog‘lar fonida yashil archa tasvirlangan. Aslida yashil tog‘lar fonida ko‘k archa tasvirlansa mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi.

Javob: Vermont

50. Bu shahar nomi Rossiyadan Alyaskani sotib olish vaqtidagi AQSh Senati kotibi nomi bilan atalgan.

Javob: Sevard

Mavzu: Initsial Ma… Ma…

10. Bu inson "Mimlar Hamdo‘stligi" truppasini yaratgan va unga rahbarlik qilgan. Kim?

Javob: Marsel Marso

20. Domeniko Tentoritto tomonidan yaratilgan kartinada u tavba qilayotgan holda ko‘rsatilgan. Ortida esa Xoch ham tasvirlangan. U kim?

Javob: Mariya Magdalena

30. Uning faoliyati davomida Perudja va Everton jamoalari ham eslab o‘tiladi. Kim?

Javob: Marko Materatsi

40. Bu inson Lubovits familiyasiga ega bo‘lib, Janubiy Afrika rok musiqasi olamida boshqa ism familiya bilan mashhurdir. Kim?

Javob: Manfred Mann

50. Bu britan aktyori "Kaligula", "Soat mexanizmi apelsin" kabi mashhur filmlarda ham rol o‘ynagan. Kim?

Javob: Malkolm Makdauell

Mavzu: Yaponiya

10. 1870-yilga kelib yapon imperatori Mutsuxito oddiy odamlarga ham familiyaga ega bo‘lish huquqini bergan. Ungacha kimlar familiyaga ega edi?

Javob: Samuraylar

20. Asarda u Jem amaki tomonidan pishirilgan jonli bulochkadir. Asar muallifi esa Takashi Yanase hisoblanadi. U?

Javob: Ampanman

30. "Godzillaning qaytishi" filmida yapon hukumati Godzillani qamoqqa olish maqsadida u joyga tashlaydi. U joyga ilk bor Kiyoko Matsumoto o‘zini tashlagan. U joy?

Javob: Mihara vulqoni

40. 1800-yillarda vujudga kelgan bu yapon san'ati baliq va taassurot so‘zlarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Qaysi san’at?

Javob: Gyotaku

50. Yaponiyada shakllangan qilichbozlik san'atining bu turida jangchilar faqat yog‘och qilichdan foydalanishadi. Qaysi?

Javob: Kendo san'ati

Mavzu: Klub 27

10. 1994-yil 8-aprelda uning jasadi Sietldagi uyining garaji ustidagi xonadan topilgan. Jasad yonidan shaxsiy buyumlari bilan birga o‘z joniga qasd qilishi haqidagi maktubi ham topilgan. Balki u shu yo‘l orqali OLIY BAXTga erishmoqchi bo‘lgandir. U kim?

Javob: Kurt Kobeyn

Izoh: Oliy baxt- Nirvanaga ishora edi.

20. Frank va Back to Black albomlari shuhrat keltirgan bu xonim g‘arb matbuotida “Kokain malikasi” deya ham nomlangan. Kim bu xonim?

Javob: Emi Uaynxaus

30. 2003 yilda The Rolling Stone jurnali tomonidan barcha davrlarning eng yaxshi gitarachisi deb e'lon qilingan bu amerikalik uyqu tabletkalarining yuqori dozasini qabul qilib vafot etadi. U kim?

Javob: Jimi Xendriks

40. O‘limidan so‘ng “Men va Bobby McGee” hamda “Mercedes Benz” albomidagi qo‘shiqlari bir necha hafta davomida turli hit-paradlarda birinchi o‘rinni egallagan ushbu qo‘shiqchi ayol 1970-yilda Los-Anjelesdagi Landmark Motor mehmonxonasida geroinning haddan tashqari dozasi tufayli vafot etgan. U kim?

Javob: Janis Joplin

50. The Rolling Stone guruhi asoschilaridan biri bo‘lgan bu ingliz musiqachisi 1969-yilda basseynda cho‘kib o‘ladi. Mutaxassislar fikricha Giyohvand moddalar va spirtli ichimliklarni haddan tashqari iste'mol qilish natijasida marhumning yuragi va jigari deformatsiyaga uchragan shu aynan olim sabablari sifatida keltiriladi. U kim?

Javob: Brayan Jons

Mavzu: Bir xil initsiallar

10. U o‘ziga kelib chiqishi Tatar bo‘lgan buvisining familiyasini oladi, uning laqablaridan biri "Neva malikasi" hisoblanadi. U kim?

Javob: Anna Axmatova

20. Leonard Bloomning Dublinda o‘tkazgan bir kuni haqida hikoya qilinuvchi asar nashr etilganidan beri bahs-munozara va senzuraga duchor bo‘lib 1930 yilgacha Angliyada taqiqlangan. Diqqat savol Asar muallifi ayting?

Javob: Jeyms Joys

30. Bu ingliz aktyori 1989-yilda Jim Sheridanning “Mening chap oyog‘im” filmida falaj bo‘lgan rassom Kristi Braun obrazini professional tarzda ijro etgani uchun o‘nlab mukofotlar hamda “Oskar” mukofotiga ham sazovor bo‘lgan. Ushbu aktyor kim?

Javob: Daniel Day-Lewis

40. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, U 1898-yilda o‘z o‘g‘lini maktab-internatga, ba’zi versiyalarga ko‘ra esa Rimdagi bir oilaga berib yuborgan ekan. U kim?

Javob: Mariya Montessori

Izoh: Qizig‘i shundaki, dunyo tarixidagi eng buyuk ayol tarbiyachi sanalgan Montessori o‘z farzandiga ta’lim bermagan.

50. Ogusyt Rodenning shogirdi va sevgilisi bo‘lgan bu ayol. Baxtsiz hodisa natijasida homilasidan ayrilganidan so‘ng, psixologik zarbani boshdan kechiradi. Natijada u kichik bolalar figuralari va haykallarini yasashni boshlagan. U kim?

Javob: Kamilla Klodel

Izoh: Auguste Rodinning sevgilisi

Mavzu: Bir xil harfdan boshlanuvchi ikki so‘z.

10. savol matnida 1 so‘z 2 so‘z o‘rnida qo‘llanilgan. 2010-yil iyul oyi boshida chiqqan maqola sarlavhasi Ispaniya - FIFA deya nomlanadi. Hozir esa (Navro‘z Xo‘jayev)ni FIFA deyish mumkin. Diqqat savol almashtirilgan so‘zlarni ayting?

Javob: Finaldagi Favarit

20. Miloddan avvalgi IV asrda hozirgi Pokiston hududida Peritas sharafiga shahar qurilgan. Peritas IKS edi. IKS ni mavzuyimizga moslab ayting?

Javob: Iskandarning iti

Izoh: Iskandar o‘zining sevimli oti Busefalni o‘lgan shahar yaqinida Peritas laqabli itining xotirasini abadiylashtiradi.

30. Ukrainalik rassom Dariya Marchenko 2022 yil mart oyida "Urush yuzi" asarida 5000 ta snaryaddan foydalangan holda UNI tasvirlagan. Uni ayting?

Javob: Putin portreti

Izoh: Asar 2015-yilga borib taqalsa-da, Rossiya-Ukraina urushi avjiga chiqqan paytda katta shuhrat qozongan. Rassomning millati tilga olinishi qo‘shimcha ma'lumot bo‘ldi.

40. Bu savolni bundan oldingi savol o‘rnida bersak mantiqiyroq bo‘lardi.

Maykl Jordan IKS ga 1992-93 yilgi mavsumdan keyin, Kobi Brayant 2001-02 yilgi mavsumdan keyin, Merilin Monro esa 1956-yil 29-iyunda Artur Miller bilan turmush qurganidan keyin ega bo‘lgan. IKS ni mavzuyimizga moslab ayting?

Javob: Uchinchi uzuk

Izoh: Basketbol bo‘yicha NBA da chempion jamoasining har bir a'zosiga uzuk beriladi, Artur Miller Monroning uchinchi eri.

50. Arkadiy Voloj, Arkadiy Borkovskiy va Ilya Segalovichlarni 1997-yildan buyog‘iga shunday nomlashimiz mumkin. Qanday?

Javob: Yandex yaratuvchilari

Mavzu: Unlilari bir xil

10. Paleozoy va Mezozoy eralarida katta vulqon otilishi natijasida hosil bo‘lgan doimiy yog‘ingarchilikdan so‘ng U hosil bo‘lgan. Uni toping?

Javob: Pantalassa

20. Ilf va Petrovlar 1935 yilda bu yerga tashrif buyurishganliklari haqida "Bir qavatli Amerika" kitobining "Elektr stul" deb nomlangan bo‘limida qayd etishgan. Javobni takror so‘z bilan ayting?

Javob: Sing Sing

30. Avstriyaga keliboq Van Der Nyul ismli bankirning kolleksiyasida ishlagan Fridrix 1827-yilda Avstriya Imperatorining mineralogik kollektsiyasi kuratori etib tayinlangan. Diqqat savol Fridrixning familiyasini ayting.

Javob: Moos

Izoh: Minerallarning qattiqligi Moos shkalasida o‘lchanadi

40.Tarixga " Qon daryosi jangi nomi bilan kirgan 1838-yildagi Njome daryosi yaqinidagi jangda Burlar ushbu qabiladan 3000 ga yaqin odamni qirib tashlagan. Qaysi qabila

Javob: Zulu qabilasi

50. Sizga bu savolni topishga Zulu tili emas. Parseltang tili yordam beradi. 2020-yilda Hindistonning janubida aniqlangan shaqqildoq ilonlarning yangi turiga olimlar dastlab uning nomini berishmoqchi edi. Uni ayting?

Javob: Nagayna

Izoh: Parseltang tili bu -Garry Potterdagi ilonlar tilidir. Lekin yakunda Salazar Slizerin nomi qabul qilindi.