8-Mart xalqaro xotin- qizlar bayrami uchun tayyorlangan "shaxsiy o'yin" savollari.
8-MART XALQARO XOTIN-QIZLAR MUNOSABATI BILAN UZBZAKOVAT GURUHIDA O‘TKAZILGAN “SHAXSIY O‘YIN” SAVOLLARI.
Mavzu: Matritsada _UR_ (Muallif: Diyorbek Ubaydullayev)
10. Bu so‘z (arab. - orqaga qaytgan, chekingan) - islom tarixida dindan qaytgan, undan voz kechgan odam. Bunday odamlar eng katta gunoh (qarang Kabira) gilgan hisoblanib, o' limga hukm etilgan. So‘z?
20. 2006-yilda rejissor Martin Scorsese tomonidan suratga olingan jinoyatchilik drama film. Film Oscar mukofotining „Eng yashi film" nominatsiyasida g'olib chiqgan. To‘rtta Oskar va Oltin globus mukofotlariga loyiq ko'rilgan. Qaysi film?
30. Jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi; ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining itimoiy, demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi o'zgarishlar bilan bog'liq.
40. Rejissyorlik faoliyatini 1936-yil boshlagan. 1950-yil ekranlashtirgan. "Rasyomon" filmi bilan jahonga tanildi. "Ovsar", "Yetti samuray", "Dersu O'zala", "Jangchining soyasi", "Jarohat", "Avgust rapsodiyasi" filmlari mashxur. U kim?
50. 1962-yil 20-iyulda Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumanida tug'ilgan. Toshkent davlat universitetining (hozirgi O'zbekiston Milliy universiteti) Filologiya fakultetida tahsil olgan. ljodkor „Ko'hna bog' rivoyatlari", „Oqibat oqshomi", „Padarkush" kabi nasriy asarlar hamda „Ibtido xatosi", Naqshband" nomli dramatik dostonlar, „Lahza siniqlari", „Nasoyim-ul muhabbatga sayr" turkumlari, „Dunyoning ko'chishi", „Qo'riqxonada", „Pul sanayotgan odam" kabi gissa va hikoyalar hamda „Boboso'z izidan" nomli tilimiz tarixi va tadrijiga bag'ishlangan kitoblar muallifi hamdir. U kim?
Mavzu: Matritsada _OZ_ (Muallif: Diyorbek Ubaydullayev)
10. Alpomishda o'zini o'zi "xon" deb e'lon qilgan yovvoyi kuch timsoli.
20. Ingliz tilidan tarjima gilingan - o'n ikki kishidan iborat guruh.
30. Zagrebda joylashgan Xorvatiya professional futbol klubi. o'z uy uchrashuvlarini "Maksimir" stadionida o'tkazadi.
40. Jismlar (metallar, beton, tosh, yog'och, ba'zi plastmassalar va boshqalar) ning tashqi muhit bilan biologik, kimyoviy yoki elektr-kimyoviy ta' sirlashuvi oqibatida yemirilishi.
50. Stadion Abdol Aziz Mirza Farmon-Farmaian Architects and Associate: (AFFA) tomonidan Skidmore, Owings & Merrill rejalari asosida sport majmuasining boshqa gismlari bilan loyihalashtirilgan. Qaysi?
Mavzu: Matritsada _AB_ (Muallif: Diyorbek Ubaydullayev)
10. Asli kubalik bo'lgan amerikalik qo'shiqchi va qo'shiqnavisdir. U 2012 yilda The X Factor USA teleshousida tashkil etilgan Fifth Harmony nomli qizlardan iborat guruh a'zosi o'laroq shuhrat gozonib, Syco Music va Epi Records studiyalari bilan shartnoma imzoladi.
20. Biror mamla-kat, olkaning qadimdan o'sha joyda yashab kelayotgan t aholisi
40. 1954-yil suratga olingan Odri Hepbern ijrosidagi personaj kim?
50. Epik, lirik-epik va ba'zan dramatik asarlarda tasvirlangan vogea va hodisalarning bayoni, hikoya gilinish usuli. Ular mantigan sababiy-davriy izchillikda bayon gilinadi.
Mavzu: Matritsada _AL_ (Muallif: Diyorbek Ubaydullayev)
10. Hind aktrisasi, rejissyori, prodyuseri va siyosatchisi. U birinchi navbatda hind filmlaridagi faoliyati bilan tanilgan. o'zining aktyorlik debyutini 1963-yilda Tamil tilida „Idhu Sathiyam" filmida qilgan
20. 2000-yilda komediya-drama filmi bolib, Lusiano Vinsenzonining hikoyasidan Juzeppe Tornatore tomonidan yozilgan va rejissyorlik gilgan. Unda bosh rollarni Monika Belluchchi va Juzeppe Sulfaro ijro etgan. Film 2001 yilda Kabur kinofestivalida Gran-priga sazovor bo'lgan.
30. 1981-yilda amerikalik Jon Uilson tomonidan yaratilgan anti-mukofot bo'lib, yilning eng yomon aktyori, ssenariysi, rejissyori, film qo'shig'i va filmlariga beriladi.
40. Arabcha soz bolib, kushxonada mol soyuvchi mutaxassis; qassob ma nosida gollanadi.
50. U - "jingalak ko'k sochli qiz", "Signor Karabas Barabas qo'g'irchoq teatridagi eng chiroyli qo'g'irchoq", uning boshi chinni va tanasi paxta bilan to'ldirilgan.
Mavzu: Barcha unlisi A (Muallif: Diyorbek Ubaydullayev)
10. U magmatik tog' jinsi. Rangi boz va goramtir. Sof og'irligi 2,5 - 3. Tarkibi aso plagioklaz (labrador)dan iborat; shuningdek piroksenlar, olivin hamda magnetit, tita apatit va hokazo ham bo'ladi.
20. Bu orol Malay arxipelagining Katta Zond orollari guruhidagi orol, Indoneziya tarkibi Mayd. 126,5 ming kim? Yer yuzida aholi eng zich joylashgan hududlardan biri. U qaysi?
30. Bu harbly qiem shaxsly tarkibini doimly joylashtirish uchun moljallangan turar jo xizmat va d'quy xonalariga ega bino. Qo'shinlarni joylashtirish uchun dastlabki maxsus inshootlar qad. Rim, Karfagenda majud bolgan.
40. Ular qurollangan kazaklar otryadining boshlig'i. Xalq qozg'oloni boshliqlari ham shunday deb atalgan bo lib, kazaklar tarixida katta o'rin tutgan
50. U dengiz qanotli baliq. U kuchli yassilashgan tanasi va bir tomonda ko'zlarning joylashishi bilan ajralib turadi. Mimika gilish gobiliyatiga ega. Tuxumdan balog'atga yetmagunga qadar rivolanish jarayonida u barcha oddiy baliqlar kabi suzadi.
Mavzu: Yevropalik bo'lmagan rassomlar (Muallif: Shukurillo Ahmedov)
10. Bir parodik suratda vilka ushlab turgan ikki semiz qahramonlar tasvirlangan. Bu surat kimning asariga bagʻishlangan?
20. O‘rxon Pamukning “Mening ismim qizil” asarida uning Hirotda tug‘ilganligi ham qayd etilgan. Kimning?
30. 1942-yilda Nyu-Yorkda Van Gogning "tunggi kafe terrassasi" ko'rgazmasi bo'lib o'tdi. D.s bundan kim ilhomlangan?
40. Klod Debussi tomonidan yozilgan "La Mer" yaʼni "Dengiz" kompozitsiyasi 1831-yildagi kimning ijodidan ilhomlanib yaratilgan?
50. 1957-yilda u chizgan "shamollar uyi" degan ma'noni anglatuvchi "casa de la vientos" devoriy rasm Akapulko shahrida joylashgan. Kim?
Mavzu: Alisher Navoiy asarlari (barcha javoblarda Alisher Navoiy asarlari so'raladi) (Muallif: Suhrob Asatullayev)
10. Bu devon Alisher Navoiyning boshqa bir taxallusi bilan forsiy tilda yozgan she'riy asarlari majmuasi bo'lib, taxminan 1492-98-yillar orasida tuzgan.
20. Alisher Navoiyning bu asari Eron shohlari xronikasi bayon qilingan qisqa jildli kitobi.
30. Bu asar ikki bo'limdan iborat bo'lib, dastlab, payg'ambarlar tarixi, so'ng hakimlar va donishmandlar haqidagi ma'lumotlar keltiriladi.
Javob: Tarixi anbiyo va hukamo
40. Bu asar "G'aroyib us-sig'ar", "Navodir ush-shabob", "Badoye' ul-vasat" va "Favoyid ul-kibar" nomli devonlardan tarkib topgan mukammal yig'ma devon. Xalq orasida "Chor devon" deb ham ataladi.
Javob: "Xazoyin -maoniy"("Ma'nolar xazinasi")
50. Bu asarda Alisher Navoiy har bir oddiy musulmon bilishi zarur bo'lgan aqidaviy va fiqhiy masalalarni yoritishni maqsad qilib, islomning besh ruknini qisqacha tarzda o'zbek tilida bayon etgan.
Mavzu: Ayollar kuylaganda (Muallif: Ilhom Allamov)
10. 1981-yil 22-martda Fargonada tugilgan bu qo‘shiqchi 2004-yil Nihol, 2013-yilda esa Uzbekiston xalq artisti mukofotlari bn taqdirlangan.
20. Bu qo'shiqchining eng mashhur qoʻshigʻi My Heart Will Go On qoʻshigʻidir, biroq Disneyning 1992-yilda suratga olingan “Sohibjamol va mahluq” filmi saundtreki uchun u Oskarni qo‘lga kiritgan.
30. 3-may 1983-yilda Livanda tug‘ilgan bu qo‘shiqchi o‘zining Ghmorni (Gmorni) qo‘shigi bn mashxurlikka erishgan.
40. 1941-yil 10-iyunda tug'ilgan- sovet va amerikalik qo'shiqchi, filmlardagi mashhur qo'shiqlar ijrochisi sifatida tanilgan (Песня о медведи, Помоги мне, Лесной олень) va multfilmlar (Chunga-Canga"), shuningdek O'rtoq (Яни Товарищ) qo'shig'ining birinchi ijrochisi.
50. Amerikalik va shveytsariyalik qo'shiqchi, aktrisa va raqqosa. Sakkizta Grammy mukofoti sovrindori. O'zining badiiyligi, temperamenti va sahna ifodasi uchun u "Rok-n-roll malikasi" unvoniga sazovor bo'ldi. U dunyodagi eng yaxshi o'nta raqqosa qatoriga kiradi. Uni ismi-sharifini bir xil harfdan boshlanuvchi 2 so'zda ayting.
Mavzu: Mashhur xitoyliklar (Muallif: Suhrob Asatullayev)
10. U haqida chiqqan maqola nomi
Madaniyatni yakson qilgan "madaniy inqilib" deya nomlangan.
20. Bu mashhur xitoylik aktyor va sportchi tezkor jang qilish texnikasi, yuz ifodasi va xirillashi bilan mashhur. U g'arb filmlariga kung-funi kiritdi va zamonaviy aralash jang san'atiga yil ochdi
30. Konfutsiy bir qancha ro'yxatlarda eng mashhur xitoylik deya qararadi.
2-òrinda eng Xitoy Respublikasining 1-prezidenti bòlgan bu doktor keltirilgan. Kim?
(Xitoy xalq Respublikasi va Xitoy Respublikasinu adashtirmay javob bergan bo'lsangiz ofarin, Sun Yat Sen shifokor bòlgan).
40. Barcha davrlarning eng mashhur basketbolchilaridan biri. NBAda Xyuston Rockets jamoasida òynagan.
Ketma ket 6 yil davomida Forbes talqini bo'yicha Xitoyning eng mashhur yulduzi bo'lgan.
50. Mashhur Xitoyliklar top 10 ro'yxatidan joy olgan bu arxitektor mashhur ishlari orasida Rok-n-roll shon-sharaf zali, Parijdagi Luvr piramidasi, Gonkongdagi Bank of China minorasi va Vashingtondagi Milliy san'at galereyasining Sharqiy binosi kabilarni topish mumkin. Kim u?
Mavzu: MATRITSADA --XON-- (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)
10. Uning birinchi turmush o‘rtog‘i – san’atkor Muhiddin Qori-Yoqubov bilan qurgan oilasidan Vansetta ismli qizi dunyoga kelgan. Ikkinchi turmushi Po‘lat Rahimovdan esa Lola ismli qizi bor. U?
20. Bu telekanal dasturlari butun auditoriyaga yoqadi: biznes vakillari, qaror qabul qiluvchilar, muassasa va korxona rahbarlari, diplomatik korpus vakillari, chet elliklar va mamlakatimiz mehmonlari, erkaklar, ayollar, hatto bolalar ham oshxonada qiziqarli oshpazlik loyihalarini, realiti -shoular, dasturlar va o'z oshxonasida mazali retseptlarni o'z ichiga olishi mumkin. Qaysi telekanal?
30. Bu so‘z “yeb-ichiladigan ovqat toʻla dasturxon” maʼnosini anglatadigan forscha so‘zga, “uy jihozlari” maʼnosini anglatadigan so‘zni qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Qaysi so‘z?
40. 2018-yil 21-iyun kuni Toshkent shahrining yunusobod tumanidagi tungi klublardan birida tartibsizlik keltirib chiqargani uchun hibsga olingan. Dastavval unga nisbatan 3 yillik qamoq jazosi berilishi kutilgan. Jinoyat ishlari boʻyicha Yakkasaroy tumani sudida Unga jarima tarzidagi jazo qoʻllanildi. U kim?
50. U 2012-yilning bahorida, Billabong brendi tarkibidan ajralib chiqib mustaqil brendga aylandi. U Trilantic Capital Partners (“TCP”) va Billabong bilan shartnoma tuzgan, ularning har biri brenddagi 48,5% ulushga egalik qiladi, qolgan 3% Uning rahbariyatiga tegishli. U?
Mavzu: Kiyim brendlari (Muallif: Shukurillo Ahmedov)
10. Janni oʻzining brendi logotipiga yunon afsonasidagi ayolni tanlagan. Jannining familiyasini yozib bering.
Logotipda Meduza Gorgonaning boshi tasvirlangan.
20. Erling Persson oʻzining ayollar do'konini Hennes deb nomlagan. Keyinchalik u sotib olgan ov kiyimlari sotiladigan do'kon Mauritz deb nomlangan. D.s Xozirda bu brend qanday nomlanadi?
30. Qizig'i shundaki, o'tgan mavsumda Adidas ushbu kompaniya bilan hamkorlikda MYU klubi uchun maxsus formalar tayyorlagan edi. Qaysi biri?
40. Ushbu kiyim-kechak kompaniyasining nomini tanlash bo'yicha variantlardan biri "violinist.com" veb-saytida bo'lib o'tdi. Qaysi kompaniya?
50. Nemis tilida ari deb ayting.
Izoh: Logotipda ari tasviri mavjud
Mavzu: O'zbek Adabiyoti (Muallif: Suhrob Asatullayev)
10. Bu mashhur shoirimiz ijodida mashhur asarlari bilan bir qatorda,
"Tong sirlari", "Oydin kechalarda" kabi asarlar uchraydi.
Ko'zingizni ko'kka tikmasdan ayting, u kim?
Javob: Abdulhamid Sulaymon o'g'li Cho'lpon
Izoh: Mashhur asarlaridan "Kecha va Kunduz" romani, "nonvoy qiz" hikoyasi, Go'zal kabi bir qancha mashhur she‘rlari borligidan xabardorsiz degan umiddamiz
20. Yoshligi Andijonda o'tgan bu shoir maxsus tarbiyachilar, yirik fozilu ulamolar ustozligida ta'lim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini o'rganadi.
Dovyurakligi va jasurligi uchun yoshligidan shunday laqab oladi.
30. Borodino jangining 100 yillik yubileyiga bag'ishlash orqali senzuradan òtgan bu asar ta'sirida Abdulla Qodiriy "Baxtsiz kuyov" dramasini yozadi. Qaysi asar?
Izoh: 1913-yilda Senzuradan o'tib bosilgan bu asarni sahnaga qo'yishga ham 1 yilcha kerak bo'lgan.
40. Bu asar muqaddima va 770ta shayx va ulardan 35tasi avliyo ayollarning hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan.
Abdurahmon Jomiy tazkirasining tarjimasi bo'lib, Navoiy uning asaridagi ma'lumotlarni to'ldirib yoxud qisqartirib boradi va 618 ta shayxlar sonini 770 taga yetkazadi.
50. 1950-yilda Boysunda tug'ilgan bu shoir "Insonni tushunish" ilk she'riy kitobi bilan jamoatchilik e'tiboriga tushadi.
"Alpomishning qaytishi" dramasi uchun 1999-yilning "Eng yaxshi dramaturgi" deya e'tirof etilgan. Bu shoir kim?
Mavzu: Gullar (Muallif: Ilhom Allamov)
10. Sevishganlar kuni dunyoda eng ko'p Ular sotiladigan kundir. Bu kunda - 3 millionga yaqin ular harid qilinadi.
20. Yaponiya aholisi bu gulni xudolarning sovg'asi, quyosh va mukammallik ramzi deb ataydi. U mato va tangalarda tasvirlangan, uylar va kiyimlarni bezashda ishlatilgan. Bugungi kunda bu o'simlikni imperator oilasining emblemasida va Yaponiya fuqarosining pasportida topish mumkin.
30. Bu gul tasviri buddist amaliy sanʼatida keng tarqalgan. Uning suratini aholisi buddist bo'lgan Qalmog'iston Respublikasi bayrog'ida, shuningdek, Mo'g'uliston gerbining tagida topish mumkin.
40. Ushbu gulning vatani Shri-Lanka. Bu gul eng ekzotik o'simliklardan biri hisoblanadi, chunki u kamdan-kam va kechasi gullaydi va tezda so'ladi. Hindistonda u "xudolar guli", Yaponiyada bu yo'qolib borayotgan o'simlik "oy go'zalligi", Shri-Lankada - "osmon guli" deb nomlanadi.
50.Ushbu gulning vatani Meksika. Meksika aholisi uchun bu gul quvonch, joziba, bahor ramzidir.
Aytilishicha, hindularning e'tiborini kuchli qurg'oqchilikka qaramay gullagan o'simlik jalb qilgan. Gul odamlarga hurmatli rahbarning marhum qizini eslatadi. Hindular bu gulni butparast qila boshladilar, chunki ular gul go'zal va jasur qizning yerdagi timsoli ekanligiga ishonishdi.
Mavzu: Nafaqat hind kinolari (Muallif: Diyorbek Ubaydullayev)
10. U vektor kattalik bolib, fazoda nuqtaning berilgan sanoq tizimiga nisbatan harakatlanish sur'ati va yo'nalishini ifodalaydi.
20. Bu noqonuniy bozor yoki bir qator noqonuniy bitimlar amalga oshiriluvchi maydon bolib, u gandaydir qonunga zid jihatga ega yoki institutional qoidalar to plamiga rioya qilmaslik bilan tavsiflanadi. Uning elektron versiyasi sifatida Darknetni keltirish mumkin.
30. Alisher Turdiyevning 2019-yilda shu nom ostida chiggan musiqasida uning qilayotgan ishlaridan unga qanday foyda borligi so'raladi. O'zbekistonda 2023-yilda unga oid ko'rsatkich 49200ga yetgan.
Izoh: (Sevgi birlashtirgan rishtani uzib, Ne foyda ayt senga yovuz ajralish)
40. 1937-yil 11-oktyabrda tug'ilgan ingliz futbol afsonasi Ser Charltonnning ismi ham shunday edi. "Grand Theft Auto V" o'yinida soat 10 da qabriston yaqiniga borsangiz u yerda yurgan kichik skay teryerni ko'rishingiz mumkin edi. Ushbu teryerning nomi qanday bo'lganini undosh harflari bir xil bo'lgan so'z bilan ayting.
50. Bu so'z uncha, u qadar, biroz kabi ma'nolarda qo'llaniladi. Ushbu so'z qatnashgan ibora sinonimlari sifatida loaqal, aqalli kabi so'zlarni qo'llash mumkin.
Mavzu: SPORTCHI AYOLLAR (Muallif: Bahodir Taxirov)
10. 1975-yilda tugʻilgan bu sportchi jahon, yevropa, osiyo hamda olimpida chempioni hisoblanadi. Oʻz faoliyatini Oʻzbekiston olimpiya termasida boshlab, bir muddat Germaniya bayrogʻi ostida ham musobaqalarda ishtirok etgan. U 8 karra olimpia oʻyinlarida ishtirok etgan jahondagi yagona ayol sportchi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. Ushbu sportchi?
20. AQSHlik ushbu sportchi ayol 4 karra olimpiada oʻyinlari chempioni hamda 108-marta USOpen turnirida gʻalaba qozonib rekord oʻrnatgan. Oʻzining sport kiyimlari ishlab chiqaruvchi Aneres Designs brendiga asos solgan. Gap qaysi sportchi haqida?
30. Bu sportchi ayol 1968-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Sportning fristayl yoʻnalishida SSSR, jahon va olimpiada chempionligini qoʻlga kiritgan. Qishki olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekistonga yagona medal olib kelgan sportchini kimligini ayting?
40. Bu shaxmatchi 15 yoshida Bobbi Fisher rekordini yangilab shaxmat tarixidagi eng yosh grossmeyster sifatida rekord oʻrnatdi. U haqda Mixail Tal shunday degan: “U erkaklar oʻrtasida jahon chempioni boʻlishi uchun barcha imkoniyatlarga ega”. Shaxmat tarixidagi eng yaxshi ayol shaxmatchini ism-familiyasini ayting.
50. 1988-yilda Braziliyada tugʻilgan ushbu YUFS jangichisi 2 vazn toifasida sobiq YUFS chempioni hisoblanadi. 2023-yil YUFS-289 oqshomida oʻz karyerasini yakunlagan aralash jang sanʼati ustasini ayting.
Mavzu: Qisqa familiyalilar (Muallif: Shukurillo Ahmedov)
10. Leyomano - ajdaho tishlaridan yasalgan va Gavayida ishlatiladigan qurol turi. 1779-yilda kimga suiqasd qilishda Leyomano ham ishlatilgan?
20. 2017-yilgi saylovoldi tashviqotlari vaqtida nutqidagi sun’iy va robotlashtirilgan xatti-harakatlari tufayli unga “Maybot” laqabini qo‘yishgan.
30. 2003 yilda bu ayol Kann kinofestivalida hakamlar hay'ati a'zosi sifatida debyut qildi va 6 yildan so'ng u "Padma Shri" mukofotiga sazovor bo'ldi.
40. U 1865-yil 26-aprelda Boston Korbet tomonidan otib o'ldirilgan.
50. Salkam 27 yil umr koʻrgan bu inson vafotidan keyin 2006-yil Shuhrat medali bilan taqdirlangan.
Mavzu: Javoblarda faqat "o" unlisi (Muallif: Suhrob Asatullayev)
10. Bu savolni yaxshilab eshiting.
Bu shaxs 1859-yilda Sverdlov viloyatida tug'ilgan. Rus fizigi va elektrotexnigi hisoblanib, elektr signallarini simsiz uzatadigan qabul qilgich ixtirochisi.
20. Gyoteborgda asos solingan bu korporatsiya nomini òtirgan joyingizda aylanmay ham topa olasiz deb òylaymiz.
Men aylanaman ma'nosini beradi.
30. 2023-yil 80 yoshida vafot etgan bu italyan xonandasi, "Albatros", "Insieme 1992" va boshqalar, ayniqsa, "L'italiano" kabilar bilan mashhurlikka erishgan. Siz uning mavzuga mos nomini yozib bering
40. Mumu asari dastlab 1852-yilda Turgenov tomonidan hibsda bo'lganligida yozilgan. Chunki Turgenov bu yozuvchi uchun nekrolog yozgan edi. Kim uchun?
50. U Venesuelada paydo bo'lgan va Afrika, Yevropa va mahalliy Janubiy Amerika ta'siriga ega raqs. Venesuelning an'anaviy raqsi.
Turli xil variantlari orasida tuyero, oriental va LLanero kabilar mavjud.
Mavzu: O‘zbek aktrisalari (Muallif: Ilhom Allamov)
10. Ushbu Shirin aktrisa 1992-yil 6-aprelda tugilgan. Birinchi bosh roli Janob xech Kim filmida Oydin roli bo‘lgan.
20. 2005-yilda katta ekranlarga chiqqan “Kelgindi kelin” filmidagi Charos obrazi ushbu aktrisani xalqqa tanitadi va mazkur rol uning tashrif qogʻoziga aylanadi.
30. 1909-yil Buxoro amirligida tugilgan ushbu aktrisani o‘zbek kino olamida xaqiqiy o‘zbekoyimi desak mubolag‘a b o‘lmaydi.
Javob: Maryam Yakubova (o‘tkan kunlar filmida o‘zbekoyim obrazini yaratganligi yordam bergan degan umiddaman)
40. Jasur Umirovning “Jumagul” klipida suratga tushgan bu aktrisa qator filmlarda asosiy rollarni ijro etgan boʻlishiga qaramay, hamon uni tomoshabinlar Jumagul deb bilishadi. Klipdagi ishtiroki unga ancha omadli kelgan va xalq orasida Jumagul nomi bilan tanilgan.
50. Ushbu qaysar aktrisa 1983-yil tugilgan. 2014-yil „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻsatgan artist“ faxriy unvoni bilan taqdirlangan. 2023-yilda Eng yaxshi ayol roli»da esa “Sudya” filmidagi ijrosi uchun Oltin xumo bn taqdirlangan.
Mavzu: Biologiya (Muallif: Diyorbek Ubaydullayev)
10. Hujayraning o'sishiga to'sqinlik qiladigan yoki ularni o'ldiradigan modda. Odatda, oqsillar yoki nuklein kislotalarni sintez qilish bosqichlaridan birini bloklaydi.
20. tanadagi yoki hujayraning genetik tarkibidagi genetik ma'lumot. Ba'zida «bu» at: xromosomalarning haploid to'plamini anglatadi.
30. bu atama sochlarning haddan tashqari o'sishini anglatadi.
40. Unda ornatilgan genni ifodalash uchun barcha kerakli genetik elementlarni o'z ich olgan DNK bo'lagi
50. Odata tegishli biokimyoviy funktsiyalarni boshqaradigan qo'shma transkripts qilingan genlar to‘plami shunday ataladi.
Mavzu: JAVOBLARDA YULDUZ USMONOVA QOʻSHIQLARI (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)
10. Asl ismi Lyuba bo‘lgan bu inson 1944-yil Buxoroning ko‘chalaridan birida dunyoga kelgan. 1990-yillarning 2-yarmidan NyuYorkdagi "Tiklanish" buxoro yahudiylari musiqali teatri aktrisasi. Kim?
20. U zaytundoshlar oilasiga mansub bargi toʻkiladigan buta yoki daraxtlar turkumi; manzarali oʻsimlik. 30 turi bor, asosan, Yevrosiyoda tarqalgan. U?
30. 1975-yil bu qissa asosida “Qirg‘izfilm kinostudiyasida film suratga olingan. Film SSSR davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Qaysi?
40. Ushbu kitobda islom diniga qarshi otilgan bo'xtonlarga diniy, ilmiy va dunyoviy tomondan go'zal javoblar, Yagona Allohga e'tiqod qilishga oid g'arb olimlarining fikrlari, islomdagi ayollar va erkaklar teng huquqliligi to'grisidagi ma'lumotlar, farishtalarga, qiyomat kuniga va payg'ambarlarga iymon keltirish va boshqa ko'plab masalalar haqida ma'lumotlar keltirilib o'tilgan. Qaysi kitob?
50. Ingliz yozuvchisi Uilyam Shekspir uni oʻz asarlarida 50 martadan koʻproq tilga olgan. Shu sababli noodatiy shaklga ega boʻlgan uning turiga yozuvchining nomi berilgan. U nima?
Mavzu: Ayollar (Muallif: Shukurillo Ahmedov)
10. Uning so'zlariga ko'ra, u bir marta Nikolas Flamelning laboratoriyasida yurganini tushida ko'rgan. U kim?
20. "Venom" guruhining qo'shiqlaridan birida shunday deyilgan: "U endi bir vaqtlar hayot bergan qon bilan cho'milayapti". Bu qoʻshiq XVII asrda vafot etgan kimga bag'ishlangan?
30. Bir maqolada aytilishicha, uning o'yinchoqlari orasida katta oq kaptar ham bor edi. Bu insonni aniq ayting
40. Malala Yusufzay qizlarning maktabga borishi uchun kurashgan faol. 2013-yilda u qaysi fransuz nomidagi mukofotni qo'lga kiritgan?
50. Qizig‘i shundaki, bu ayol 81 yoshida vafot etganida, eski kiyimda bo‘lgan. Uning bankdagi hisobida esa 200 million dollar bor edi.
Izoh: Dunyodagi eng boy va ziqna ayol.
Mavzu: Initsial S.T. (Muallif: Suhrob Asatullayev)
10. Ularga misol qilib T-10, T-51-1, T-54-2 va boshqalarni misol keltirish mumkin. Ular?
Javob: Sovet tanklari (SSSR tanklari)
20. Ularning majburiyatlari orasida teleradio dasturlar, filmlar tarjimasi, ijtimoiy, madaniy yoki sport tadbirlarida muloqotni ta'minlash, ma'ruza, seminarlarni sinxron tarjima qilish va boshqalar bor.
30. Bu til taxminan 2,4 million kishining ona tili bo'lib, serb-xorvat bilan birga slavyan tillarining g'arbiy kichik guruhiga mansub hind-yevropa tili.
Javobni muhabbat bilan yozib bering.
(Izoh: Sloven (S loven - sevgi so'zi uchrovchi bu tilni shunday o'xshatish qildik, qolaversa s rus tilida bilan ma'nosini beradi)
40. dengiz sathidan 2285 metr balandda joylashgan bu obyektning boshqa mashhur nomida Muso alayhissalom nomini ham uchratish mumkin.
Javob: Sinay tog'i. (Arabcha jabalun Musa (alayhissalom) Muso(alayhissalom)tog'i)
50. Ular jasorat, sharaf, adolat, intizom va boshqa ma'nolarga ega bo'lishi mumkin.
Odamlar ko'pincha ularni o'zlarining jangchi ruhlarini namoyish qilish, o'z hayotlaridagi qiyinchiliklarni yengish uchun tanlaydilar.
Javob: Samuraylar tatuirovkalari
Mavzu: Dublyajda artistlardan (Muallif: Diyorbek Ubaydullayev)
10. Toshkent shahrida 1948-yil 21-avgustda tug'ilgan dublyajimiz darg'alaridan biri kim?
20. Toshkent shahrida 1964-yilda tug'ilgan, biz uni Shaytanat serialidan yaxshi taniymiz.
30. Buxoro viloyatida 1978-yilning 6-avgustida tug'ilgan, balki siz uni dublyajdan ko'ra boshlovchilikda tanirsiz.
40. Toshkent shahrida 1953-yil 22-sentabrda tug'ilgan. Sadriddin Ayniyning Sudxurning o'limi asari teatriashtirilganda Qorlishkamba rolini ijro etgan. Qirq tog'oraning qirq nog'orasi videofilmida ham rol ijro etgan.
50. 1970-yil Toshkentda tavallud topgan. Bizga ko'proq Haqiqiy erkaklar ovi filmida polkovnik obrazi orqali tanish.
Mavzu: Adabiyot nadur? (Muallif: Diyorbek Ubaydullayev)
10. Bu youvchimiz Samarqand viloyati Bulung'ur tumanidagi G'ubir qishloq 4-yanvarda tug'ildi. Uning "Taqdir eshigi", "Eski shahar Gavroshlari", "Tem asarlari tearlar repertuarlaridan munosib o'rin egallagan.
20. Cholpon bu hikoyasida 17 yashar qizini o'zi qatori eshonga berishdan tortmagan ota haqida fikr yuritadi. 4 qismdan tashkil topgan hikoyada o gizlarining ayanchli taqdiri, ijtimoiy hayotdagi adolatsizliklar tasvirlangan.
30. Sadriddin Ayniyning Sudxorning o'limi asari bu asardan ilhomlanib yozilgan muallifi va nomini ayting.
40. Bu yozuchi 1964-yilda Nobel mukofoti sovrindori bolgan, lekin uni qabul bosh tortgan. u rasmiy mukofotlarni tan olmagan va „Burjua tomonidan tan istamagan. Mukofot ijodida asosiy etiborni erkinlik ruhiga qaratgan falsafasiga zid bolgan. Shu yilning o'zida u adabiy faoliyatiga butkul nuqta qo
50. Bir yoki bir nechta harflardan foydalanmasdan yozilgan adabiy asar shunday ataladi. Masalan: Egar Alan Po o‘zining Raven asarini birorta Z harfisiz yozgan. Qanday?
Mavzu: SHIRIN TARIX (Shirinliklar) (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)
10. Uning nomi, yarimoy shaklini anglatuvchi “crescent” so‘zidan olingan. U?
20. 19-asr manbalaridan birida U yunoncha non maphula, ya'ni "o'choq yoki panjara ustida pishirilgan pirojnoe" yoki qadimgi frantsuz tilidagi "yumshoq non" bilan bog'liq bo'lishi mumkinligini ko'rsatadi. U?
30. 1755-yilda Leshchinski o'zining Lotaringiya qasrida tantanali kechki ovqat berdi, ammo oshpaz janjal kelib chiqqanligi sababli shirinlik tayyorlamasdan chiqib ketganligi haqida xabar berilgan. Xizmatchi Paulmier buvisining retsepti bo'yicha kekslarni tayyorlashni taklifini berdi. Natija barcha kutilganidan a’lo chiqdi va yangi taom uning nomini oldi. Paulmierni ismini ayting?
40. U pishirilgan ko‘pirtirilgan tuxum oqi va shakardan tayyorlangan fransuz pishirig‘i. U deb, shuningdek, pishiriq bilan bir xil mahsulotlardan tayyorlanadigan qandolat kremiga ham aytiladi. U?
50. 19-asrdan beri Parij uslubidagi odatiy u ganache, yog‘ kremi yoki murabbo bilan to'ldirilgan sendvich pechene. Pishirilganida dumaloq silliq, to'rtburchak qirrali tepa, aylanasi "toj" yoki "oyoq" (yoki "pied") deb ataladi va tekis asosdan iborat. Uni boshqa mahsulotga adashtirmasdan ayting?
Mavzu: Mashxur Dublinliklar (Muallif: Shukurillo Ahmedov)
10. 1902-yili Parijga tibbiyot fakultetiga o‘qishga kirgan. 1906-yilda Rimda 9 oy bankda ishlagan, keyin Triestda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan bu shaxsni “Dublinliklarning Odisseyi” deyish mumkin.
20. 1980-yilda tug'ilgan bu sobiq xujumchi hozirda Tel-Avivning Makkabi klubi murabbiyi bo'lib ishlaydi.
30. Aytishlaricha, bu shaxs venger yozuvchisi va sayohatchisi Herman Vamberi bilan oʻzining mashxur asarini yozishdan oldin tanishgan. Asar Vamberining Karpat tog‘lari haqidagi hikoyalari asosida yaratilgan.
Izoh: Transilvaniya sharq va janubda Karpat tog'lari bilan chegaradosh.
40. Ispaniyalik me'mor Santyago Kalatrava 2003-yilda Dublindagi Liffida Jeyms Joys nomidagi ko'prikni ochgach, u yana bir mashhur Dublinlik nomidagi ko'prikni ochish uchun 6 yil kutdi. Bu ko'prik kimning sharafiga qurilgan?
50. 1932-yilda Dublinda tug'ilgan bu yozuvchi va rassom o'z asarlari va rasmlarini faqat chap oyoq barmoqlaridan foydalangan holda yaratgan.
Mavzu: Asarlarda uchrovchi xotin-qizlar ismlari
(Formada barcha javoblarda personajlar ismlari so'raladi.) (Muallif: Suhrob Asatullayev)
(Boshlovchiga eslatma: izohlar ham òqib berilsin)
10. Bu ism ma'nosi go'zal, sohibjamol, maftunkor hisoblanib, XX asrning eng go'zal muhabbat qissalaridan birining bosh personaji ham u edi.
Shu o'rinda, barcha xotin-qizlar, ayollarni tabriklab qolamiz.
20. XX asr boshidagi asarda uning ismi jismiga yoxud husniga juda muvofiq tushgan edi deya ta'riflansa, Botir Zokirov tomonidan kuylangan qo'shiqda esa unga barnolar ichra barno deyiladi.
Yaqindag'i bir boladan suv olg'uchining kim ekanini so'rag'an edim:
Bolaning talaffuzi menga "Mola opam" bo'lib eshitildi.
Asarda chevar deya ta'riflangan bu personaj ismini yozib bering.
Ra'no savolidan keyin, lola bilan ham tabriklashni istadik.
Mola deya eshitilishi sizni Lola jsmiga olib bordi deb òylaymiz.
40. O'sha uzoq òlkalarga bu ismni bizning jangchilarimiz eltishgan.
Bu ma'suma va ko'rkam qizning so'zlari g'ururli jarangladi. 1988-yilda yozilgan qaysi asardan parcha ekanligini topgan bo'lsangiz, undagi bu qizning ismini yozib bering.
50. Oqibat, uni o'ylamas bo'ldi, uni eslamas bo'ldi. U tilga olinsa, eshitmas bo'ldi. Indamay turib ketar bo'ldi. Boshqa nimada qilsin, u endi birovlar ayoli bo'ldi!
U òrnidagi so'zni qarindoshingiz nomi bilan yozib bering.
Uslubdan Tog'ay Murod ekanini topa oldingiz deb umid qilamiz.
"Yulduzlar mangu yonadi" asarida Bòri polvon yaxshi ko'rgan ammo Nasim polvonga nasib qilgan qizning ismi Momoqiz edi. Hozirda qishloqlarimizda ko'p murojaat qiladigan yaqinimiz Momolarimiz!
Mavzu: Shershe lya femme (Mashxur ayollar) (Muallif: Ilhom Allamov)
10. Uni “butun Hindistonning onasi” deb atashgan. Kulrang kokilli bu ayol butun avlodning sevimlisiga aylandi va nafaqat uz uyida, balki Sovet Ittifoqida ham. U Kim?
20. 26-avgust 1910-yilda xaqiqiy ismi Agnes Gondje Boyadjiu bulgan bu ayolni biz boshqa nomda taniymiz. Qaysi nomda?
Javob: Mat Tereza (Tereza Ona)
30. Qirol Richard filmida Demi Singlton aynan ushbu obrazda rol ijro etgan. qaysi obraz?
40. Ushbu siyosatchi ayol 2009-yil noyabr oyida u fransuz Elle jurnali tomonidan jahon siyosatidagi eng nafis ayol sifatida tan olingan. 2020-yil yanvar oyida esa audio mediada chop etilgan “Becoming” nomli xotira kitobi uchun “Eng yaxshi soʻzli soʻz albomi” nominatsiyasida Grammy mukofotini oldi.
50. Ushbu shoira ayol eramizdan avvalgi 6-asr boshlarida Egey dengizida Kichik Osiyo qirgʻoqlari yaqinida joylashgan Lesbos orolida tugʻilgan. Bu ayolning hayoti haqida juda kam narsa maʼlum, uning ismi oʻz orolining nomi kabi ayollarning bir-biriga boʻlgan sevgisining ramziga aylangan.
Mavzu: GULLAR VALSI (JAVOBDA GUL NOMI) (Muallif: Bahodir Taxirov)
10. Bu soʻz qadimgi yunon tilidan “yulduz” deb tarjima qilinadi. Bu soʻz bilan nomlangan filtrsiz sigaretalarani sovet davrida asosan katta yoshdagilar yoki traktorchilar isteʼmol qilganlar. Bir yillik ushbu nomdagi oʻsimlik esa fanda Xitoy Kallestifusi deb nomlanadi. Soʻzni ayting.
20. Ushbu xonanda 1985-yil 4-sentyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. Oʻzining “Muhabbatim”, “Sevgingni menga ayt”, “Love me” taronalari orqali muxlislari qalbidan joy olgan xonanada bir muddat Rossiya davlatida Maya taxallusi ostida ham ijod qilgan. Uning otasi mashhur prodyusser Ravshan Yuldashev “Tarona Rekords” studiyasi asoschisi hisoblanadi. Xonanda kim?
30. Boʻyi 3 metrgacha yetadigan koʻp yilli buta, silliq toʻq yashil barglarga ega. Gullari diametri 16 sm gacha yetadi. Vatani Xitoy boʻlgan ushbu gullar fanda Xitoy Gibiskusi deb nomlanadi. Ularni uy sharoitida shoxlaridan qalamcha olib koʻpaytirish ham mumkin. Barchamiz uyimizda tuvakli yopib qoʻyilgan bankani koʻrgan boʻlsak kerak. Ushbu gulning oʻzbekcha nomini ayting.
Javob: Xitoy atirguli. Qabul emas: Atirgul. Gibiskus
40. Ushbu gul nomi lotincha Hortus soʻzidan olingan boʻlib, “bogʻ” deb tarjima qilinadi. Ilmiy nomi Hydrangea boʻlgan bu gulning hozirgi nomini kelib chiqishi Muqaddas Rim imperiyasi shaxzodasi Karl-Genrix Nissau-Zigen singlisi ismi bilan bogʻlanadi. Gul nomini ayting.
50. Ushbu gul nomi lotin tilidagi “lavare”, yaʼni “yuvish” feʼlidan kelib chiqqan boʻlib, qadimgi Rimda bu gul choʻmilishning ajralmas qismi hisoblangan. Mashhur rassom Rubens oʻz kartinalaridag boʻyoqlar sifatini yaxshilash maqsadida bu guldan foydalangan. SSSR xalq artisti Sofiya Rotaru hamda Estoniyada xizmat koʻrsatgan artist Yaak Yoala dueti tomonidan 1985-86 yillarda kuylangan shu nomdagi shlyager qoʻshiq uzoq yillar davomida xit boʻldi. Qoʻshiq yoki gul nomini ayting.
Mavzu: Nafaqat asar nomlari (hikoya, qissa, roman, she'r va hokazolar bo'lishi mumkin) (Muallif: Suhrob Asatullayev)
10. Ko'knordoshlar oilasiga mansub bir yillik o't. Bo'yi 10-40 sm. Gullari yirik, gultojbarglari qizil, tubida yoysimon qora dog'i bor. Shu nomli mashhur she'r Shavkat Rahmon xotirasiga atab yozilgan.
20. Umumiy uzunligi 60-85 sm, qanotlari uzunligi 51-65 sm bo'lib, urg'ochilarining ko'rinishi erkaklarnikidan yirikroq. Uni 2 so'zda ayting.
Said Ahmadning shu nomli hikoyasi mavjud.
30. Hunarmand oilasida tug'ilgan. G'alvirchilik bilan shug'ullanib, tabiblik ham qilgan. Mo'g'ullarga qarshi kurash rahbarlaridan bir bo'lgan. Qabri ustiga 13-asrda qurilgan daxma mustaqillikdan so'ng qayta ta'mirlangan. U kim?
Oybekning "Mahmud Torobiy"(1944) opera librettosi va dostoni, Asad Dilmurodning "Mahmud Torobiy" tarixiy romani mavjud
40. 2015-yil 8-oktabrda Qozoq xonligining 550 yilligi yubileyi bilan qozog'ostonlik baykerlar davlatni motosiklda aylanib chiqish aksiyasini boshlashgan eddi. Aksiya shuncha vaqt davom etib, aynan 8-oktabrda Taroz shahriga kelish bilan yakunlangan.
Said Ahmad "Ufq" trilogiyasi tarkibida "45" kun asari ham bor.
50. 12-asrda yashagan go'zal yosh grafinya o'z seviklisi, salib yurishlaridagi ritsar Jan de Brienning qaytishini kutardi. Bu asar syujeti Petipa faoliyatining oltin yillarida sahnalashtirilgan yakuniy, eng muvaffaqiyatli baletlaridan biri edi.
Shu nomli boshqa bir asar esa G'ulom Alimovga tegishli.
Mavzu: Nafaqat jahon adabiyoti (Muallif: Shukurillo Ahmedov)
10. Tuzilishi jihatidan odamnikiga juda o'xshash, u to'rt kameradan iborat - o'ngdagi qonni o'pkaga, chapi esa butun tanaga tarqatadi.
Javob: "Ityurak - Собачье сердце" (Mixail Bulgakov)
20. Ikkilik sanoq sistemasida yozilsa, 1 belgisi 5 marta, 0 belgisi esa 6 marta yoziladi.
30. 21-martdan 19-aprelgacha bo'lgan davr.
40. 1832-yilgacha Krik hindulari qabilasining boshlig'i boʻlgan Tastanaki Xopayiga past bo'yi va mavqei tufayli amerikaliklar tomonidan shunday laqab berilgan.
Javob: "Kichkina shahzoda" (Antuan de Sent-Ekzyuperi)
50. Bibixonim masjidi, Goʻri Amir maqbarasi, Ulug'bek rasadxonasi. Ushbu yodgorliklar qaysi shahar madaniy yodgorliklari ro‘yxatidan oʻrin olganini emas, 1988-yilda yozilgan shu nomdagi asar muallifini yozib bering.
Mavzu: Yopiq (Muallif: Suhrob Asatullayev)
10. Yil davomida eng ko'p ta'sir qilgan hodisalar yoki voqealar haqida 1927-yildan beri g'oliblar aniqlab kelinadigan jurnal nomini ayting.
Demak mavzu: Time jurnali yil odamlari
20. Bu buyuk qalb egasi 1930-yilda Time jurnali tomonidan yil odami deb topilgan. Kim?
30.. Agarda siz Googledan shu yildagi yil odami deb qidiruv bersangiz, Siz degan javobni olasiz. Qaysi yil?
40. Xitoy-Yaponiya urushning dastlabki bosqichida qatnashgan bu juflik 1937-yilda "Yilning eng yaxshi erkagi va xotini" deb topilgan. Generalissimo deb ataluvchi erining kimligini toping
Qabul: chan kay shi va chan kayshi xonim
50. Uncha yosh bo'lmagan, naq 55 yoshida -1929-yildaTime yil odami bu Amerikalik huquqshunos va diplomat bo'lgan. Kim?
Mavzu: Ayollar Nobel olganda (Muallif: Ilhom Allamov)
10. Ushbu ayol nafaqat nobelda balkim Parij universitetining birinchi ayol o‘qituvchisi ham bo‘lgan.
Javob: Mariya Sklodovskaya Kyuri
20. Ushbu ayol Nobel mukofotini olgan 3-ayol xisoblanadi. Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha esa birinchisi.
30. Ushbu laureat 2014-yilda Nobel mukofotining Eng yosh (17 yoshda) laureatiga aylandi. Ungacha ess Eng yoshi Redyard Kipling bulgan 41 yoshda.
40. 2009-yilda fiziologiya yoki tibbiyot boʻyicha Kerol Greyder va Jek Szostak bilan birgalikda “telomerlar va telomeraza fermenti tomonidan xromosomalarni himoya qilish mexanizmlarini kashf etgani uchun” Nobel mukofotiga loyiq koʻrilgan. Uni topishda Angliya va APL ning atirguli yordam berishi mumkin
50. Ushbu ayol Nobel mukofotini olgan birinchi Yaman fuqarosi, birinchi arab ayoli va ikkinchi musulmon ayoldir. Uni Tavakkal qilmasdan, choʻntakdan qidirmasdan toping?
Mavzu. Kinomanlar bir yayrasin. Sizga kinoposter tasvirlanadi. Qaysi film ekanligini topishingiz zarur. (Muallif: Diyorbek Ubaydullayev)
10. Bu film posterida pushti fonda mashina va qulogchin tasvirlangan.
20. Bu filmda foiz belgisi tasvirlangan bo‘lib, undagi doiralar qizil va ko'k rangda.
30. qorong’uda yugoridan sariq yoruglik tushib turibdi. Yerda nota tasviri ustida juftlikni
40. bu posterda qon sachragan bug'doy o'simligini ko'rishimiz mumkin.
50. Bu posterda oqko'ylak qora galstukni va ko'ylak yogasidagi qon dog'larini ko'rishimiz mumkin.
Mavzu: MODA OLAMI (KIYIM-KECHAKLAR) (Muallif: Bahodir Taxirov)
10. Fransuzcha “jupe”, arabcha “jubba”, yaʼni paxtadan tayyorlangan mato maʼnolarini beruvchi soʻzdan olingan bu ayollar kiyimining qoʻngʻiroq, quyosh, qalam va mini turlari mavjud. Kiyim nomi?
20. Leningrad guruxi tomonidan ijro etilgan Eksponat qoʻshigʻining 2-nomi Udir. U baland poshnali, tagcharmi qizil rangda boʻladigan ayollar oyoq kiyimi boʻlib, oʻz nomini fransuz dizayneri familiyasidan olgan. Uni ayting.
30. Uzunligi tizzagacha keladigan ushbu koʻylak kunduzi ofis uchun, turli aksessuarlar bilan kechki tadbirlarda kiysa ham boʻladi. Versiyalardan biriga koʻra, bu koʻylak 1926-yilda fransuz modelyeri tomonidan vafot etgan turmush oʻrtogʻi xotirasiga atab yaratilgan. Tiffanidagi nonushta filmida Odri Xyopbern qahramoni sizga yordam berishi mumkin. Qaysi koʻylak?
40. 16-17-asrlarda u yog'ochdan, qamishdan, shoxdan, kit suyagidan, metalldan yoki fil suyagidan yasalgan. U o‘rnidagi fransuzcha so‘zni aytib bering.
50. Bu soʻz fransuz tilidan tarjima qilinganda “birikish”, “birlashish” maʼnolarini berib, yuqori va pastki kiyimlarning birlashishidan hosil boʻlgan tashqi kiyim shunday nomlanadi. Soʻzni ayting.
Mavzu: Dunyo xalqlarining milliy "birinchi" taomlari (Muallif: Behruzbek Usanov)
10. Koreya milliy taomi bo'lib, orangizdagi bilimdonlar ham uni qanday tayyorlashni ham bilsa kerak. Koreyaliklar uchun bu taom juda ham muhim.
20. O'zbekistonga mansub bo'lgan bu taomga qanday masalliq ketishini bilsangiz ham sizlarga keltirib o'tamiz: kartoshka, sabzi, tovuq, sarimsoq piyoz, pamildori, qo'y yog'i, piyoz, zira, murch.
30. Gruziyaning birinchi milliy taomi. Tarkibida mol go'shti, Yong'oq, yumshagan olxo'ri, xmeli-suneli. Mol go'shtidan boshqa go'sht ishlatilishi mumkin emas.
40. Marokkoning milliy birinchi taomi bo'lib, ularda bu taom kechqurun istemol qilinadi. Taom quyuqroq, sal nordon va bir oz achchiq tamli bo'ladi.
50. Rossiya xalqining sevimli va milliy birinchi taomi. Taom go'sht, kartoshka, ko'katlar, rediska va qatiqdan tayyorlanadi.
Mavzu: Ayollar (Muallif: Behruzbek Usanov)
10. Bu ayol 1379 yilda tug'ilgan bo'lib, G'iyosiddin Tarxonning qizi edi. Tarixiy manbalarda bu ayol yuksak did-farosatli, oqila, tadbirkor, suxandon bir so'zli benazir ayol bo'lgan deyiladi.
20. O'zi haqidagi hujjatli filmda bu ayol bolaligida qo'shiq aytish, raqsga tushish, rol o'ynash bilan birdaniga shug'ullanishni ham hohlaganini hamda musiqa olami ko'proq yoqishini aytib o'tgan. "Nigohdan tashqari" filmidagi ishtiroki uchun 2 mln dollar gonorar olgan. Qo'shiqchi sifatida esa 1999 yilda debyut qilgan.
30. X asrda yashab o'tgan istedodli shoira Balx amiri Ka'bning qizi edi. Qiz juda sohibjamol va oqila bo'lib, tim qora jodu ko'zlari, nayzamisol kipriklari har qanday yurakka g'ulg'ula solardi.
40. Yelizavetta II ning singlisi u butun umri davomida bir insonni - otboqar Piterni yaxshi ko'rgan. Rasmiy marosimlardan birida u Piter bilan yaqin munosabatda ekani reportyorlar etiboridan chetda qolmagan. 1960 yilda U Entoni Armstrong-Jonsga turmushga chiqqan.
50. XVIII asrning 70 yillarida Parijda o'zini rus malikasi deb atagan xonim paydo bo'ladi va nazokati bilan hammaning e'tiborini o'ziga qaratib olgan. O'zini rus imperiyasi vorisi Yelizavetta Petrovnaning qizi deb tanishtirgan bu xonim hatto Angliya banklarini ham chuv tushira boshlaydi.
Mavzu: Javobda bitta harf (Muallif: Jonibek Zokirov)
10) Bu harf juda koʻp alifbolarda deyarli bir xil, qaysi harf?
20) inglizlar bu harfni it harfi deb atashadi.
30) Bu harfi Qo'shma Shtatlarning hech bir shtatining nomida uchramaydigan yagona harf hisoblanadi.
40) Morze alifbosidagi bu harf bitta chiziqcha bilan ifodalanadi.
50) Yahudiylar va italyanlar uchun bu xarf eng omadsiz hisoblanadi
Javob: M (O'LIM SO'ZI "morto")
Mavzu: Toʻplar (Muallif: Jonibek Zokirov)
10) Bu to'p 16 ta g'oz patlaridan tashkil topgan tiqin va charm asosli konus shakldan iborat. Patlar aerodinamikani barqarorlashtirish uchun moʻljallangan. Savol: bu to'p qaysi sport turida ishlatiladi.
20) Parvoz vaqtida zarba, yo'nalishni yaxshiroq ushlab turish uchun BU O'YIN to'pi kichik chuqurchalar bilan qoplangan boʻladi. Savol: bu to'p qaysi sport turida ishlatiladi.
30) Braziliya futbol chempionatining har bir pozitsiyasi uchun eng yaxshi jami 11 o'yinchisi Plakar jurnali tomonidan ta'sis etilgan BU MUKOFOT bilan tagdirlanadi. Bu mukofot nomini ayting.
40) Asosan ot, sigir terisi yoki kauchuk bilan qoplangan bu toʻp. Boshqa toʻplarga qaraganda farqli ravishda ikkita egar shaklidagi bo'laklardan hosil bo'ladi. Va choklari qizil ip bilan tikiladi. Savol: bu to'p qaysi sport turida ishlatiladi.
50) Oyda ikkita golf to'pi bor, ikkalasini ham 1971-yil 6-fevralda shu inson tomonidan urigan.
Ⓜ️avzu: Matritsali -MAN- (Muallif: Bekzod Jalilov)
10. Bu protseduraning ma'nosi lotinchadan qo'lni parvarish qilaman degan ma'noni beradi. Uni lotincha so'zda ayting?
20. Metan zapravka va GMga navbatni kutishdan tashqari, yurtimizda avgust oylarida ko'plab yoshlar uni kutishadi. Nimani kutishadi?
30. Uning Ozarbayjoncha va Turkmancha variantlari bo'lib, birining ifodasi AZM ikkinchisining ifodasi esa TUM. Nimaning?
40. 1897-yil Toshkentda tug'ilgan Rejjsyor, aktyor va dramaturg. 1919-yilda “Turon” truppasini qayta tiklagan va 1932-yilda O'zbekiston xalq artisti unvonini olgan. u kim?
50. 2011-yilgi WTA bo'yicha US open turnirida Amerikalik ushbu tennis malikasi g'alaba qozongan. Kim?
Ⓜ️avzu: Javoblarda faqat A unlisi (Muallif: Bekzod Jalilov)
10. Anadolu yassitog'ligida joylashgan bu shaharni biz 1402-yilgi jang orqali yaxshi bilamiz. qaysi shahar?
20. Laqabi Dixie yuragi bo'lgan bu Aqsh shtatining mamuriy markazi Montgomery. Asosiy mahsuloti Broyler. Qayshi shtat?
30. Lyuk Besson tomonidan 2019-yilda premera qilingan bu filmda bosh rollarni Sasha Luss, Xelen Mirren va Killian Myorfi ijro etishgan. Qaysi film?
40. Bu hududning tarjimasi ispanchadan “Boanie” deb tarjima qilinadi. Uni biz Shon Konnery va Nikolas Keyj orqali eslaymiz. Uni ayting?
50. Mihail Lermontov qalamiga mansub bu dramaning bosh qahramoni oliyjanob Yevgeniy Arbinindir. Bu drama 1941- va 1968-yillarda ekranizatsiyalashtirilgan. Qaysi drama?
Mavzu: Initsialli ayollar (Muallif: Behruzbek Usanov)
10. Ushbu shoiraning ilk sheriy to'plami "Oqshom" nomi bilan 1912 yilda chop etilgan. Uni bolalik chog'idayoq Sarskoye Seloga keltirishadi va u yerda bo'lajak shoira 16 yoshigacha yashaydi.
20. Ushbu aktrisa 1983 yilda tug'ilgan bo'lib, otasi Kashmirlik britaniyalik tadbirkor, onasi ingliz huquqshunosi hisoblanadi. 14 yoshida U Gavayidagi go'zallik tanlovida g'olib chiqqan va zargarlik kompaniyasida birinchi modellik ishini olgan.
30. Ikkinchi jahon urushi paytida U Amerika Qizil Xoch jamiyatida ko'ngilli bo'lgan va urush obligatsiyalarini sotish orqali urush harakatlari uchun pul yig'gan. Bolaligi Atlanta markazining sharqidagi Jekson tepaligida o'tgan. Ijodini hayvonlar haqidagi hikoyalar bn boshlagan.
40. Ushbu amerikalik tinchlik faoli va Meyn shtatining Manchester shahridan bo'lgan Bolalar aktrisasi bo'lib, AQSH va Sovet ittifoqi o'rtasidagi sovuq urush davrida urushga qarshi chiqishlari bilan mashhur bo'lgan. Amerikaning eng yosh elchisi sifatida tanilgan.
50. Ushbu tojikistonlik ikki yoshida onasi vafot etgach otasi bilan birga Buxoro yaqinidagi Bog'utdin qishlog'iga ko'chib o'tgan. Biroz vaqtdan so'ng esa qashshoqlik sabab otasi qizini buxorolik do'ppi ustasiga 75 rublga sotishga majbur bo'lgan. U ilk bor Stalinobod musiqali drama teatrida aktrisa sifatida saxnaga chiqqan va 1937 yilda Tojikiston musiqali teatrida balet Solisti bo'lgan.
Mavzu: Multfilmlar (Muallif: Jonibek Zokirov)
10) O’lchami bo’yicha dunyoda 4-o’rindagi orolni nomini topishda DreamWorks animatsion studiyasi sizga yordam berishi mumkin.
20) Komikslardan birida Joker yotgan kasalxona xonasidagi akvariumda Ularni koʻrish mumkin. 2003-yilgi Bosh qahramonlari Ular boʻlgan multfilm ayting.
30) Multfilm syujeti Gamletga juda o‘xshash. Sarlavha esa Shekspirning ushbu tragediyasiga asoslangan.
Javob: "Qirol sher" (mos ravishda "Qirol Lir").
40) “Sevgi farishtasi” multfilmida sevgi farishtasi adashib personajga 2 ta o’q sanchib qo’yasi. Shunda keyin personaj doim yonida X olib yuradigan bo’lib qoladi. Boshqa bir doim yonida X olib yuradigan personajing ismini aying.
Javob: Olifta (Smurflar seialidan)
50) Qirol Julian yangi yil bayramlarida sevgilisi bo’lgan undan boshqa hech kimga sovg’a ulashmas edi. Uning ismini ayting.
Javob: Amelya (Amelya Etxart ham yer yuzini aylanib uchish vaqti gʻoyib boʻlgan va qayta topilmagan)
Mavzu: Oq. (Muallif: Jonibek Zokirov)
10) O’zbekistondagi fast food tayyorlaydigan qahvaxonalar tarmogi mavzumizga mos tushadi.
20) Bu asarning ikkinchi nomi Ertakdan keyin deb ham ataladi. Ilk bor 1970-yilda Noviy Mir jurnalida chop etilgan.
30) Tuz va shakarsiz insoniyat taomlarini tasavvur qilish qiyin. Lekin ularning zararli tomonlari ham ko’p. shuning uchun olimlar ularni 2 so’z bilan atashadi.
40) Ikkinchi mavsumda Uolter kichkina tomonidan yaratilgan "Uni saqlab qoling" deb nomlangan veb-sayt haqiqiy hayotda ham mavjuddir. Uning ism familiyasini ayting.
Javob: Uolter Uayt (Walter White)
50) 2022-yil sputnik nashrining bergan ma’lumotlariga qaraganda Rossiya tashqi ishlar vaziri Natoning Afg’onistondagi jinoyatlari ro’yxatga olingan uni tayyorlagan. Boshqa bir u esa Germaniyada nemis xalqining xavfsizlik siyosati bo’yicha mamlakat harbiy doktrinasinidir.
Ⓜ️avzu: Javoblarda oylar (Muallif: Bekzod Jalilov)
10. Uning ma'nosi muqaddas bo'lib, hijriy yil hisobida birinchi oy hisoblanadi.
20. Yukatan yarim orolida qadimdan yashab kelgan yukateklar xalqini biz shunday nom bilan bilamiz. Nomini ayting?
30. Yaponiyada maktablar huddi Sakura gullari kabi shu oydan boshlanadi. Qaysi oy?
40. Ular ikki oqimga ega bo'lishgan, birinchisi Nikita Muravyov boshchiligadagi Konstitutsion Monarxiya tarafdorlari, ikkinchisi esa Pavel Pastel boshchiligadagi respublikachilar edi. Ularni umumiy nom bilan ayting?
50. Amerika Qo'shma Shtatlarida Qurolli Kuchlarida xizmat qilganlarni hurmat qilish kuni aynan shu kunda nishonlanadi. Qaysi kuni?
Ⓜ️avzu: Qora tanli mashxur ayollar. (Muallif: Bekzod Jalilov)
10. Aqshda uni sport olamidagi birinchi raqamli ayol deb bilishadi. Ha u chindan ham opasidan ham ancha mashxurroq. kim?
20. Qiziqchi, teleboshlovchi va kinoaktrisa Wopi Goldbergni 1990-yilda chiqqan ushbu film orqali yaxshi taniymiz. Qaysi film?
30. Amerika va Shvetsariyalik qo'shiqchi va musiqachi afsona. 12 ta Grammy mukofoti sovrindori. Dunyo bo'ylab yana ko'plab shuhrat va rekordlar sohibasi. Rok - N - Roll qirolichasi? Kim?
40. Sen-sxolastikada bakalavr, Pittsburgda magistr unvonini olgan bu ayol, Sharqiy va Markaziy Afrikada falsafa doktori bo'lgan birinchi ayol edi. U ijtimoiy, ekologik va siyosiy faolligi uchun Tinchlik bo'yicha nobelga loyiq ko'rilgan. kim?
50. Keniya va Meksikalik aktrisa Lupito Nyongo ilk filmdiayoq suratga tushib mashxurlikka erishgan aktrisalardan biri. U 2013-yil bu filmdagi roli uchun eng yaxshi ikkinchi darajali aktrisa deb topilib Oskarga loyiq ko'rilgan. Qaysi film?
Mavzu: ensiklopedik "sul" (Muallif: Botirjon Mamasoliyev)
10. U haqidagi rivoyatlarda hudhud va Bilqis ham eslab o'tiladi.
20. Yorqinxo'ja Umarov o'zining ko'plab qo'shiqlarini ushbu guruh bilan birga taqdim etgan.
30. 2015-yil oktabr oyida amerikalik aktyor Silvestr Stallone USHBU film uchun Xonning ekrandagi murabbiyi sifatida jalb qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi, biroq bu xabarlar rad etildi. Film nomini toping.
40. Miloddan avvalgi 82-yilda o'zini diktator deb e'lon qilgan U bosh qo'mondon sifatida Afinani qo'lga kiritgan va Rimga qilgan xizmatlari feliks-baxtli taxallusini olgan
50. Urdu tilida "besi" - temir degan ma'noni beradi. Ushbu hududdagi Matano ko'li yaqinida ko'plab temir konlari mavjud bo'lgan.
Izoh: hozirda Indoneziyaga tegishli orol
Mavzu: Sakkizinchi (Muallif: Botirjon Mamasoliyev)
10. Eng yaxshi ular deb nomlangan ro'yxatda Jennaro Gattuzo, Juninyo Pernambukano, Frenk Lempard va Toni Kroos nomlarini uchratish mumkin. Ular?
20. Dastlab Maykl Sengdivigus tomonidan ajratilgan bo'lsada, unga nomni yonishdagi rolini aniqlagani uchun Antuan Lavuazye bergan. (forma: uning nomi)
30. U 1936-yil 5-martda Los-Anjelesdagi Biltmor mehmonxonasida bo'lib o'tdi va shundan so'ng o'z an'anaviy nomiga ega bo'ldi.
Javob: 8-Oskar topshirish marosimi
40. Uilyam Genri Blor sudda begunoh insonni nohaq ayblab umrbod qamoqqa mahkum etadi. Uilyamning o'limi esa "ayiq" bilan bog'liq. Uilyam kimligini mavzuga moslab ayting.
Javob: Sakkizinchi negr bolasi
50. Ularning ikkinchisi qurbaqa bilan, to'rtinchisi pashshalar bilan, yettinchisi do'l bilan bog'liq.
Mavzu: Matritsali -inchi- (Muallif: Botirjon Mamasoliyev)
10. 1968-yilgi manbada muallif Uni eslab yig'lashi, eslab bag'rini tig'lashini ta'kidlagan.
20. “Daryo.uz” saytining U nomli maqolasida Yangi Zelandiyadagi minglab turistlarni jalb etgan, balandligi 8 qavatli uyga teng bo'lgan sharsharasi mavjud bo'lgan Rotomaxana ko'li haqida ma'lumot berilgan. (forma: maqola nomini uch so'zda ayting)
Javob: Dunyoning sakkizinchi mo'jizasi
30. Adolf o'z kitobida Uning bayrog'ini tanlashda yakuniy shaklini o'zi yaratganligini, Uning bayrog'i qizil fondagi oq doiraning ichida svastikadan iborat bo'lishi kerakligini yozgan. (Forma: uni ikki so'zda ayting.)
40. Asaka shahri "otliq" degan ma'noni berib, tarixchilarning fikricha bu hududda ko'plar otboqarlar va ULAR yashashgan.
Izoh: ot zotini aytib beruvchilar shuningdek ot tabiblari ham hisoblangan.
50. U "O'chirg'ichbosh" bilan boshlangan bo'lib, eng yuqori nuqtasiga "Dyuna", "Fil odam", "Mulholland drive (Malholland drayv)" orqali chiqqan. Uni mavzuga moslab ayting.
Izoh: mashxur rejissor o'z ijodidagi cho'qqiga ushbu filmlari orqali chiqqan.
Mavzu: ensiklopedik "va" (Muallif: Botirjon Mamasoliyev)
10. Maʼlum bir tilga chet tillardan kirib kelgan, tilda toʻla oʻzlashmay, yotligi bilinib turadigan soʻz va iboralar u deb nomlanadi.
20. Bu so'z alban tilidagi "tish" va "ichish" so'zlarining qo'shilishidan kelib chiqqan degan versiya mavjud.
30. Bu avliyo shuningdek asalarichilik homiysi ham hisoblangan bo'lib, U imperator Klavdiyning buyrug'iga qarshi borib nasroniylar o'rtasida nikoh to'yini o'tkizgan va Iso Masihga MUHABBATI tufayli payg'ambarni inkor etmagan va qatl qilingan. Uning ismini ayting
40. Kanadaning Saskatun kanadcha futbol bo'yicha ayollar jamoasining laqabi Ular. Jamoa tarkibida Skandinaviyaliklar borligi haqida ma'lumot topa olmadik.
50. Ikkinchi jahon urushi paytida German Gering Gitlerga inglizlar va polyaklarga qarshi urushda ko'p narsani tikish kerakligi haqida aytganda, fyurer bu so'zni tilga olgan.
Mavzu: filmlardagi mashxur gaplar. Film chiqqan yillar ham beriladi. (Muallif: Botirjon Mamasoliyev)
10. Luis, menimcha bu yaxshi do'stlikning boshlanishi. 1942
20. Carpe diem. Kunni yaxshi o'tkazing, bolalar. Hayotingizni g'ayrioddiy qiling. 1989
Javob: O'lik shoirlar jamiyati.
30. Toto, biz endi Kanzasda emasmiz deb o'ylayapman. 1939
40. Iltimos Hal, kema eshigini och. 1968
50. Yigitning eng yaqin do'sti - uning onasi edi. 1960
Mavzu: PARALLEL CHIZIQLAR (Muallif: Shukurillo Ahmedov)
10. Sushi deb nomlangan muassasa belgisida "H" harfi ularning koʻrinishida tasvirlangan
20. Shtrix uchun ishlangan kreativ reklamada koʻchaning bir qismiga shtrix idishining ulkan maketini joylashtirishgan. Aynan qayeriga?
30. Birinchi BUNDAY mahsulot 1974-yil 26-iyun kuni ertalab soat 8:01 da sotilgan Wrigleyʼs edi.
40. Ular VIA logotipida ikkita uzun parallel chiziq bilan ifodalangan. Ular orasidagi belgilangan masofa bir yarim metrdan bir oz kamroq.
Izoh: Kompaniya nomi "yo'l" deb tarjima qilinadi. Dunyodagi aksariyat temir yo'llarning o'lchami 143,5 sm.
50. The Wall Street Journali uni internet foydalanuvchilarining hislari uchun ijtimoiy tarmoqlar va mikrobloglar kurashidagi vosita deb atagan
Mavzu: Boshlangan harf bilan tugaydigan soʻzlar (Muallif: Shukurillo Ahmedov)
10. Ushbu atama 1940 yilda Amerika Qo'shma Shtatlari dengiz floti tomonidan radio aniqlash va masofani aniqlashning qisqartmasi sifatida kiritilgan
20. Ilk notebooklar ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan
30. 1930-yil 12-avgust Budapeshtda tugʻilgan ushbu insonni Rejep Tayyip Erdoğan yahudiy fitnasining oʻzagi deb atagan. Ushbu inson mavzuyimizga ikki bor mos keladi
40. 2005-2008-yillarda shaharliklar tarkibida toʻp surgan bu futbolchining familiyasi Rossiyaning port shahridan bir harfga farq qiladi.
50. Ushbu nemis olimi, muhandisi qushlarning uchishini oʻrgangan va planerlar yasagan. Birinchi samolyotni ishlab chiqargan ham u edi.
Mavzu: Matritsa -SSA- (Muallif: Shukurillo Ahmedov)
10. "Baliqxoʻrlar" maʼnosini beruvchi qadimiy qabila
20. 59 kg ogʻirlikda boʻlgan ushbu lotin amerikalik pilotning eng yaxshi natijasi 2008-yildagi vitse-chempionlik edi
30. Bir vaqtlar Kaabu va Malining bir qismi boʻlgan bu davlat 1973-yil 24-sentyabrda Portugaliya mustamlakasidan ozodlikka chiqqan. Yangisiga chalgʻimasdan qaysi davlat ekanini yozib bering.
40. Uning eng mashhuri 1918-yilda yaratilgan boʻlib, xozirda Nitsadagi muzeyda saqlanadi. Uni yozib bering
Javob: Anri Matiss avtoportreti
50. Futbolda amaldagi U Kostas Fortunis hisoblanadi. Voleybolda esa Dragan Travitsa. Uni kleverga aloqasi yoʻqligini hisobga olib, ikki soʻzda yozib bering
Mavzu: Banknotlardagi mashhurlar (Muallif: Shukurillo Ahmedov)
10. 1973-yilda muomalaga chiqarilgan 1000 Polsha zloti banknotlarining old tomonida Uning surati, orqa tomonida esa quyosh tizimi tasvirlangan.
20. 2003-yilda muomalaga chiqarilgan 100 serb dinorining old tomonida uning surati, orqa tomonida esa elektromagnit asinxron dvigatelining bir qismi ko‘rsatilgan.
30. Uning suratini 1997-2002 yillarda chiqarilgan 500 000 liralik italyan banknotlarining old tomonida, orqa tomonida esa Aristotel, Platon, Diogen kabi faylasuflarning suratlarini ko‘rish mumkin.
Izoh: Orqa tomonida Afina maktabi tasvirlangan.
40. 1996-yildan beri Meksikaning 500 pesolik veksellarida bu ikki shaxs aks ettirilgan.
Javob: Diego Rivera va Frida Kahlo
50. 1995-2000-yillarda chiqarilgan Portugaliyaning 1000 eskudo banknotlari uning suratiga ega bo'lib, orqa tomonda suzuvchi kema va Braziliyaning endemik hayvonlarini ko'rishingiz mumkin.