April 24

"Shaxsiy o'yin"

SI-29 guruhi uchun “shaxsiy o‘yin” savollar

Mavzu: P harfi boshlanuvchi shaharlar (Muallif: Rahmonov Orifjon)

10. Mavzuimizni ochib olamiz. Ushbu shahar haqidagi maʼlumotlar ilk marta "Hudud ul olam" asarida uchraydi. Oldingi nomi Bob. Ushbu shahar nomini ayting.

Javob: Pop

Izoh: Bob so‘zi darvoza degan maʼnoni anglatadi. Pop nomi esa keyinchalik oʻzgargan nomi.

20. Ilk oʻrta asrlardagi bu shahar tarjimasi "quyi shahar" maʼnosini anglatadi. Uni yana Osiyo pompeyi deyishadi. Qaysi shahar?

Javob: Poykent, yoki poykand

30. Ushbu poytaxt shaharga ispanlar 1519 yilda xuddi shu nomdagi hindu qishlog‘i o‘rnida asos solgan. Nomi guarani hindulari tilida - baliqchilar qishlog'i degan maʼno anglatadi. Qaysi shahar?

Javob: Panama

40. Antik davrda Suriyada joylashgan bu shahar choʻlda karvonlarga asosiy tranzit vazifasini oʻtagan. AQSHda ham shu nomli shaharlar mavjud. Peterburgni ham shimoliy u deb atashgan. Ushbu shahar nomi?

Javob: Palmira

50. Ushbu miloddan avvalgi 7 asrda asos solingan shahar boʻlib, Mitridates togʻi akropolida joylashgan, uning bosh homiysi Apollon hisoblangan. Qaysi shahar?

Javob: Pantikapey

Mavzu: Matritsa --MIN-- (Muallif: Orifjon Rahmonov)

10. Vyetnam davlati janubida joylashgan bu yirik shahar 1976-yilgacha Saygon nomi bilan atalgan. Qaysi shahar?

Javob: Xoshimin

20. Savol qisqa. Ushbu brend ilk bor 1935-yilda Buyuk Britaniyada roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, 1994-yildan BMW konserniga tegishli. Qaysi brend?

Javob: Mini

30. Asosan futbol yangiliklari berib boruvchi U, 2011-yilda FTBpro.com nomi bilan tashkil etilgan. Asoschilari Yuval Yarom, Asaf Peled, Gilam Beynam edi. Uni ayting.

Javob: 90 min

40. Aynan ushbu inson 1947-1950-yillarda Oʻzbekiston SSR oliy soveti prezdiumi rasmi vazifasini oʻtagan. U kim?

Javob: Amin Niyozov

50. "Saodat asri tijorati" asarida shar'iyat bo'yicha tijorat qilish, bozor munosabatlari, musulmon savdogarning ahloqi, o'zini tutishi, tijoratda qilishi va qilmasligi kerak bo'lgan ishlar muhtasar bayon qilingan. Ushbu asar muallifi kim?

Javob: Muhammad amin Yildirim

Mavzu: UCHINCHI (Muallif: Rahmonov Orifjon)

10. Aynan ushbu shaxs 1743-yil 13-aprelda Virjiniada tavvalud topgan boʻlib, oʻz davlatining asoschilaridan. U kim?

Javob: Tomas Jefferson

Qabul: Aqshning uchinchi prezidenti

20. Ushbu film syujetiga koʻra, Jon Lori ismli qizni sevib qoladi. Lekin Jonning uzoq yillik doʻsti Ted bu munosabatlarga toʻsqinlik qiladi. Uchbu film nomini ayting.

Javob: Uchinchisi ortiqcha третий лишний

Bu savolni yaxshilab eshiting.

30. Aynan U 1805-yilda Venada ilk bor premyera qilingan. Uni 3 soʻzda aniq yozib bering.

Javob: Betxovenning uchinchi simpfoniyasi

40. Alfaga koʻra: Yetarli darajada rivojlangan har qanday texnologiya sehrgarlikdan farq qilmaydi. Alfani aniq ayting.

Javob: Artur Klarkning uchinchi qoidasi

50. Uni dastlab Arastu izohlab bergan. Unga koʻra bir biriga zid ikki fikrdan biri zid, ikkinchisi xato, uchinchi fikrga oʻrin yoʻq. uni 3 soʻzda ayting.

Javob: Uchinchisi istisno qonuni

Mavzu: 2023-yilda vafot etganlar (Muallif: Rahmonov Orifjon)

10. Ma’lumotlarga ko‘ra, u basseynda suzish jarayonida boshidan jarohat olib, so‘ng operatsiya qilingan, ammo operatsiyada komaga tushib qolib, o‘ziga kelmagan. U kim?

Javob: Farxod Mannopov

Qabul: Mittivine(mittivayn) (2023-yil 5-mart sanasida vafot etgan.)

20. 77 yoshda vafot etgan ushbu ingliz yarim himoyachisi turli yillarda Manchester Yunayted, Preston North End, Uotford kabi jamoalarda toʻp surgan. U kim?

Javob: Ser Bobby Charlton

30. Ushbu Amerikalik muhandis va ishbilarmon 1968-tilda Robert Noyce bilan birga Intel korporatsiyasiga asos solgan. Uning nomi bilan bogʻliq qonun ham mavjud. U kim?

Javob: Gordon Moore(Mur)

Izoh: Moore qonuniga koʻra: integral sxemadagi tranzistorlar soni har ikki yilda ikki barobar ortib boradi.

40. 2023-yil 20-noyabrda vafot etgan bu inson Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti (Hozirgi Toshkent sanʼat instituti) ning drama va kino aktyorligi yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan. Zamonaviy oʻzbek estradasida konferanserlik sanʼatining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan insondir. U kim?

Javob: Oʻtkir Siddiqov

50. 1923-yilda Gʻazalkentda tugʻilgan bu jamoat arbobi va siyosatchi diplomat. 2021-yilda Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlangan. U kim?

Javob: Rafiq Nishonov

Islom Karimovdan oldingi Oʻzbekiston Kommunistik partiyasi raisi boʻlgan.

Mavzu: Rangli (Muallif: Rahmonov Orifjon)

10. Ushbu qoʻshiq 1 oyda 121 mln marta koʻrildi. Eslagan boʻlsangiz qoʻshiq muallifini ayting.

Javob: Ozoda Nursaidova

Eslatadi seni menga koʻk jiguli)

20. Ushbu asarda bir millat uygʻonishiga guvoh boʻlgan Grigoriy Petrovning kelajak haqida kuzatishlari va kuzatgan voqealari aks etgan. Qaysi asar?

Javob: Oq nilufarlar yurtida

30. “Axthepinktax.com” ma'lumotlariga ko'ra, 30 yoshli ayolga uning miqdori 40 ming dollardan oshadi. Uni 2 soʻzda ayting.

Javob: Pushti soliq

zoh: Pushti soliq - bu ayollar, shampunlar, soch turmagi, kiyim-kechak va boshqalar kabi kundalik tovarlar va xizmatlar uchun to'laydigan qo'shimcha miqdorga aytiladi.

40. Ular Oʻrta Osiyodagi turkiy xalqlar tarkibiga kirgan qabila boʻlib. Ilk oʻrta asrlarda Janubiy Sibir, Yettisuv va Sirdaryo boʻylarida usun, abdal, qay qabilalari bilan birga yashashgan. 8— 10-asrlardagi xitoy manbalarida sheli, shari nomi bilan qayd etilgan. Ularni nomini yozib bering.

Javob: Sariq

50. Ushbu nemis shirinligi asosiy tarkibida olcha va shokolatdan tayyorlangan gilosga boy hisoblanib, Yevropa anʼanalariga koʻra nordon olcha ham qatlamlar orasini, ham yuqori qismini bezash uchun ishlatiladi. Uni 3 soʻzda ayting.

Javob: Black forrest torti

Mavzu: Matritsali --BAN-- (Muallif: Rahmonov Orifjon)

10. U ikkita ieyroglifdan iborat: hayot va gul maʼnolarini anglatadi. U tabiiy gullar, barglar, novdalar va ildizlardan kompozitsiyalar yaratish bo'yicha yapon san'atidir. U?

Javob: Ikebana

20. Bu soʻz turkiycha temir omoch va toʻy soʻzlarining qoʻshilishidan hosil boʻlgan boʻlib, tatar va boshqird xalqlarida bahorgi dala ishlari tugashi munosabati bilan oʻtkaziladigan bayram hisoblanadi. Bayram?

Javob: Sabantoʼy

30. Yigirmanchi asr boshlarida irqiy segregatsiya natijasida paydo bo'lgan bu hudud aholisi asosan Janubiy Afrika va Namibiyada yashovchilardan tashkil topgan edi. Bu hudud?

Javob: Bantustan

40. “Stoic” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ushbu video oʻyin voqealari Skandinaviya mifologiyasiga bagʼishlangan boʻlib, asosan karvon yoʻllarida boʻlib oʻtadi. Video o‘yin?

Javob: Banner Saga

50. U o'tgan asr 60-yillarida Yaponiya maktablarida paydo bo'lgan bezori qizlar to'dasi boʻlib, yuzaga kelishiga bezori qizlarning bezori yigitlar to'dalariga qabul qilinmasligi sabab bo'lgan. U?

Javob: Sukeban

Mavzu: Oskar olgan filmlar (yili va aktyorlar sanab oʻtiladi) (Muallif: Rahmonov Orifjon)

10. Robert Dauni Junior, Emili Blant, Matt Damon, Killian Myorfi. 2023-yil

Javob: Oppengeymer

20. Russell Crowe, Ed Harris, Jennifer Connelly, Pol Bettany. 2002-yil.

Javob: Tafakkur oʻyinlari

30. Ralf Fiennes, Ben Kingsley, Embeth Davidz, Liam Nisson 1994-yil

Javob: Shindler roʻyxati

40. Morgan Friman, Hillary Swank, Klint Istvud, Jay Baruxel 2005-yil

Javob: Million dollar baby

50. Ben Kingsli, Roshan Set, Kandis Bergen, Deniel Dey-Lyuis 1983-yil

Javob: Gandi

Mavzu: Turli davlat Karllari (Muallif: Rahmonov Orifjon)

10. U futbolchi sifatida faoliyatini Parma klubida boshlagan boʻlib, murabbiy sifatida 4 marta ChL finalida (2marta Milan va 2 marta Real Madrid) gʻalaba qozongan.

Javob: Karlo Anchelotti

20. U Geristallik Pipin va uning kanizagi Alpaydaning o'g'li boʻlib. Bo'lajak imperator Karl Uning nabirasi edi. Ushbu xaloskor kim?

Javob: Karl Martell

Izoh: Puatye jangida gʻalabasi sabab Yevropani arab bosqinidan saqlab qolgan.

30. U oʻz avtobiografiyasida egizaklardan biri bo‘lib dunyoga kelganligini, oʻzidan bir necha soat avval tug‘ilgan egizagi olti oydan so‘ng vafot etganligini yozadi. 1628-yil Fransiyada tug'ilgan uning kimligini ayting.

Javob: Sharl Perro

40. Vasiyatnomaga koʻra, Adolf Gitler oʻlimidan soʻng Uni oʻzining vorisi etib tayinlangan edi. Kimni?

Javob: Karl Dyonits

50. Ushbu amerikalik bank qaroqchisi talonchilik paytida ipoteka hujjatlarini yoqib yuborib, ko'plab odamlarni qarzlaridan ozod qilganligi sababli Robin Gud laqabini olgan. Ushbu jorjiyalikni ayting.

Javob: Charlz Floyd

Mavzu: Matritsada qarindoshlar (Muallif: Rahmonov Orifjon)

10. Izecson dos Santos Leiteni biz shu nom bilan bilamiz. Qaysi nom?

Javob: Kaka

20. Ushbu Shveysariyalik futbolchi oʻzining professional faoliyatini Winterthur jamoasida boshlagan boʻlib, hozirda shaharliklar safida 25-raqamda top suradi.

Javob: Manuel Akanji

30. Ma'nosi ispancha-buramoq, tortmoq boʻlib, qiynoq qurollaridan hisoblanadi. Undan foydalanishni oxirgi boʻlib, Andorra davlati toʻxtatgan.

Javob: Garrota

40. Navarra viloyatining markazi boʻlgan ushbu shahar, har yili oʻtkaziladigan ensierro ya'ni erkaklarning shahar koʻchalari boʻylab 12ta g'azablagan qochadigan bayrami bilan mashhur

Javob: Pamplona

50. X bu Zefir o'tidan olingan polisaxaridlarga asoslangan tibbiy preparat bo'lib, shamollash va o'tkir respirator kasalliklarni ekspektoran (sekretolitik) sifatida davolash uchun ishlatiladi. Xni ayting.

Javob: Mukaltin

Mavzu: Matritsali --MAT-- Muallif: Rahmonov Orifjon)

10. Bu soʻz ispan tilida buqalarni oʻldiruvchi deb tarjima qilinadi.

Javob: Matador

20. Uning kartinalaridan biri 2009-yilda Kristi auksionida kim oshdi savdosida 32 million dollarga baholangan. Uni sotib olgan kolleksioner hursandligidan raqsga tushgan boʻlishi ehtimoli ham bor. Ushbu fransuz kim?

Javob: Anri Matiss

Uning "Raqs" asari mashhur.

30. Yevangeliyaga ishonadigan boʻlsak, U soliq yigʻuvchi boʻlgan va oʻn ikkitalik tarkibida ham borligi bilan mashhur. Azob chekmasdan U kimligini ayting?

Javob: Matfey

Izoh: Matfey 12 havoriylardan biri boʻlgan. Savoldagi azob chekmasdan soʻzlari Unga bagʻishlangan Matfey aytgan uqubatlar asariga ishora edi.

40. Bu kompaniyaning asoschilari Rut Handler, Elliot Handler va Matson Garold boʻlib, kompaniya dastlab video oʻyin konsollari ishlab chiqargan. Keyinchlik irqchilikga ham uchragan. Kompaniya nomi?

Javob: Mattel

Hozirda asosan Barbi oʻyinchoqlarini ishlab chiqaruvchi kompaniya hisoblanib, undagi qoʻgʻirchoqlar asosan qora qogʻirchoqlarni yevropacha koʻrinishda bolgani uchun irqchilikda ayblangan.

50. U oʻzida timsoh, begemot, arslon kabi hayvonlarning a'zolarini òzida mujassamlashtirgan. Undan gunohkorlar qòrqishgan. Uni ayting?

Javob: Ammat(Amat)

Izoh: Amat Misr mifologiyasidagi Begemot tanali, timsoh boshli, arslon sochli va panjali qilib tasvirlangan, U Osiris sudi natijasidagi gunokorlarni yuraklarini yegan.

Mavzu: Etimologiya (Muallif: Rahmonov Orifjon)

10. Etimologiyasiga koʻra Buvayda tumanidagi bu qishloq nomi "bos" va "qir" soʻzlaridan tashkil topgan. Boshqa bir versiyaga koʻra, arab bosqini paytida sarkardaning *bosib qirib tashla" buyrugʻidan kelib chiqqan deb aytadi. Qishloq nomi?

Javob: Bachqir

20. Oʻzida mezolit davriga oid yodgorligi bilan mashhur bu toponim tarjimasi forscha suv va sut soʻzlari qoʻshilidan tashkil topgan. Qaysi toponim?

Javob: Obishir

30. Surxondaryo viloyatidagi ushbu toponim tarjimasi joy nomi sifatida "oʻtib boʻlmas" togʻlar bilan har tomondan yopiq " maʼnolarini anglatadi. Bu toponimni yoki 2001 yilgi film nomini ayting.

Javob: Chimildiq

40. Mahalliy aholi bu so‘zni ikki xil talqin qiladi. Birinchisi, tuman nomi fors-tojik tilidagi peshiko‘y – “katta yo‘l ustidagi joy” ma’nosini bildiradi va shu nomdagi qishloqqa nisbatan ishlatilgan. Buxorodagi ushbu toponimni ayting.

Javob: Peshku

50. Narshaxiyning yozishicha, "U mustahkam hisor va katta shahristonga ega boʻlib, bir qancha qishloqlar unga mansub boʻlgan". Bu yerni "Bu yer duo qabul boʼladigan joy boʻlgan" deb odamlar shahardan u joyga borganlar va uni tabarruk deb hisoblaydilar. U yer Qayer?

Javob: Afshona

Mavzu: Javobda uy (oshxona) jihozlari (Muallif: Rahmonov Orifjon)

Bu savolga oʻz variantingizni chopmasdan javob bering.

10. Qonli burgut jazo turida inson qovurgʻalarini sindirish uchun undan foydalaniladi. Nimadan?

Javob: Bolta

20. Umumiy mavzuga ega bo'lgan Ushbu Amerika ujas media franshizasi ssenariy muallifi Ley Uannel va rejissyor Jeyms Vangaga tegishli boʻlib, oʻziga xos Ginnes rekordini ham oʻrnatgan. Qaysi franshiza?

Javob: Arra

30. Piter Aktins Bertranning g'oyasi inkor etib bo'lmaydigan g'oya sifatida tushuntiradi. 1952-yilda esa Bertran xudo bormi degan savolga javob tariqasida shu ateistik g'oyasini ilgari surgan. Qaysi gʻoya?

Javob: Rassel choynagi

Izoh: Bertran Rassellning so'zlariga ko'ra, chinni choynak Yer va Mars o'rtasida Quyosh atrofida elliptik orbita bo'ylab aylanadi, degan da'voni hech kim inkor eta olmaydi.

40. Xni butunlay to'ldirish imkonsiz bo'lgan. Agar bunga urinsangiz, maxsus teshik orqali ortiqcha suv to'kilib ketardi. Xni yana ochkoʻzlik yoki adolat X nomlari bilan ham aytishadi. Xni 2 soʻzda ayting.

Javob: Pifagor chashkasi

50. Makgaffin bu roman yoki filmning voqealari rivoji ha taʼsir etuvchi obyekt boʻlib, eng birinchi makgaffin sifatida Uni misol qilib keltirishadi. Uni ayting?

Javob: Graall kosasi (grall qadagi)

Izoh: Artur afsonalari va Da Vinchi siri asaridagi mashhur Muqaddas graal kosasi

Mavzu: Matritsa --nor-- (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. Klub emblemasida to'p ustida turgan kanareyka tasvirlangan. Uning asosiy raqibi Ipsvich Taun bo'lib, unga qarshi o'yinlar Sharqiy Angliya derbisi deb ataladi. U?

Javob: Norvich

20. 2010-yilda inson huquqlari faoli Liu Syaobo tufayli Xitoy diplomatik munosabatlarni uzish bilan tahdid qilgan... Qaysi davlat?

Javob: Norvegiya

Izoh: Xitoy o‘sha paytda qamoq jazosini o‘tayotgan xitoylik dissident va huquq himoyachisi Lyu Syaoboni Tinchlik uchun Nobel mukofoti bilan taqdirlash bahonasida mamlakat ichki ishlariga aralashishga keskin qarshi edi. Tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti Norvegiya Nobel qo'mitasi tomonidan beriladi.

30. Rossiyaning ushbu nomli medalida bir tomchi qoni tasvirlangan.

Javob: Donor

40. Vladimir Sorokinning bir romani nomi, mashhur aktrisa ismi bilan bir xil.

Savol Roman nomini bir soʻz bilan ayting

Javob: Norma

50. U asosan, paxta va somon tashishda ishlatilgan. 50-yillar oxiriga qadar Oʻzbekistonda xoʻjaliklar paxtani tayyorlov punktlariga ularda tashib topshirgan. U Katta Fargʻona kanalida tuproqni tashish uchun ham ishlatilgan. U?

Javob: Qanor

Mavzu: Oʻrgimchak (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. Oʻrgimchak odam filmidan parchalarni tomosha qilish unga chalingan odamlarga tavsiya qilinadi.

Javob: Araxnafobiya

20. Uning shunday nomlanishiga sabab o'rgimchak to'riga o'xshab ketishi chigal va o'zaro bog'langanligi sababli.

Javob: WWW

30. Unda o`zlari yasagan but — sanamlarga sigʻinuvchi mushriklar oʻzi toʻqigan toʻriga ishonib yashovchi oʻrgimchakka oʻxshatiladi.

Javob: Al-Ankabut surasi

40. U 1949 yilda paydo boʻlgan. Uning nomi oʻrgimchakning sakkiz oyogʻidan kelib chiqqan, gʻalaba qozonish uchun toʻldirilishi kerak boʻlgan 8 ta qatorga ishora qiladi.

Javob: Spider Solitare

50. J. R. R. Tolkienning Uzuklar hukmdori asaridagi, ulkan o'rgimchak, Ungoliantning avlodi va Beleriand shimolidagi Nan -Dungorteb darasida yashagan o'rgimchaklar qanday ataladi.

Javob: Shelob

Mavzu: Sariq (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. SSSR terma jamoasi futbolchisi Kaxi Asatiani Meksika - SSSR o'yinida uni olgan birinchi futbolchi hisoblanadi. U?

Javob: Sariq kartochka.

20. Ko'pincha chempionat jadvalining eng quyi pog'onasida joylashgan "Kadis" futbol klubi ham ushbu laqabga ega. Laqab?

Javob: "Yellow Submarine"

30. Iyuldan sentyabrgacha unga Solt-Leyk-Siti va Bozmendan avtobusda borish mumkin.

Javob: Yellowstone milliy bog'i

40. shu savoldan mavzuni boshlamoqchi edik. Fin afsonasida ma'buda Luonnotar BU IshNI QILIB, quyosh, oy va yulduzlarni yaratgan.

Javob: Tuxumni sindirish (quyosh sarig'idan keldi)

50. Sariq uy - shu turdagi kasalxonalar uchun so'zlashuv atamasi hisoblanadi. Bemorlarga tinchlantiruvchi ta'sir ko'rsatishi uchun shu turdagi shifoxonalarida devorlar ko'pincha sariq rangga bo'yalgan. Qanday shifoxonalarda?

Javob: Psixiatriya

Mavzu: Yomgʻir (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. " Formula-1" yomgʻirli ob havoda poygalaridagi yuqori yutuqlarning ko'plab misollari uchun sport jurnalistlari va muxlislar UNI "yomg'ir odami" laqabini berishgan.

Javob: Ayrton Senna.

20. Quyosh sistemasida Yerdan tashqarida faqat ushbu Saturn yoʻldoshi boʻlgan unda metan yomgʻiri yogʻishi qayd etilgan. Qaysi?

Javob: Titan

30. 1095-yilda Salib yurishi paytida sodir boʻlganda Ilohiy belgi sifatida talqin qilingan. Uni yana Olov yomgʻiri deb ham atashadi.

Javob: Meteorit yomgʻiri

40. Ernest Xemingueyning bu hikoyasi Rafiqasi Xedliga hurmat sifatida yozilgan

Javob: Yomgʻirda qolgan mushuk

50. 1764-yil 15-aprelda dafn marosimi kuni suv toshqini boʻlmasa ham kuchli yomg'ir yog'di.

Javob: Markiz de Pompadur.

Izoh: Lui XVning sevimlisiga tegishli mashhur ibora bu "Bizdan keyin, hatto suv toshqini". Suv toshqini yo'q edi, lekin yomg'ir juda kuchli edi

Mavzu: Matritsali --van-- (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. The Economist nashrining Economist Intelligence Unit (EIU) tadqiqot guruhi bu shaharni uch marta - 2005, 2007, 2009 da "Yerdagi eng yaxshi shahar" unvoniga sazovor bo‘lgan. Bu shahar?

Javob: Vankuver

20. Inqilob muzeyi, Xeminguey muzeyini ushbu shaharda koʻrishimiz mumkin. Shahar?

Javob: Gavana

30. Mamlakatning zamonaviy nomi "bu zamin abadiy" manosini bildiradi. 1980-yil 30-iyulda Buyuk Britaniya va Frantsiyadan mustaqillikka erishgandan so'ng hozirgi rasmiy nomini oldi. Mamlakat?

Javob: Vanuatu

40. U AQShning, ona tili ingliz tili bo'lmagan yagona prezidenti. Bundan tashqari, U mustaqil Qo'shma Shtatlarda tug'ilgan birinchi prezident edi. U?

Javob: Martin Van Buren

50. Saytlardan birida Bir foydalanuvchi devorda bir aktyorning surati tushirilgan post izohida shu soʻzni yozgan. Qaysi so‘z?

Javob: Vandamizm

Mavzu: Matritsa --YAN-- (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. Rus tilidagi Men va Indeks soʻzlari qoʻshilish natijasida bu soʻz hosil boʻlgan. Qaysi?

Javob: Yandeks

20. Qiziqarli jihati u 14 yoshida 50 metrga erkin usulda suzish musobaqasida Gretsiya milliy rekordini o'rnatgan ekan. Uning “Akropolda Live” nomli konserti barcha davrlarning eng koʻp sotilgan ikkinchi musiqiy kontsert videosi boʻlgan. Kim?

Javob: Yanni

30. 1990- yilda Ozarbayjonda boʻlib oʻtgan qirgʻin va 2022- yildagi Qozogʻistondagi voqealar tarixga shu nom bilan kirdi. Ikki soʻz

Javob: qonli yanvar

40. 1415-yil 6-iyul kuni Germaniyaning Konstants shahrining asosiy maydonida ulkan gulxanda uni yondirishdi. U?

Javob: Yan Gus.

50. 1909 yilda emblemada "N" va "Y" birlashtirilgan. Nimaning emblemasi ekanligini 3 soʻzda ayting?

Javob: New York Yankees

Mavzu: Initsial B... A... (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. U 1824- yilda yaratilgan. Unda 6 ta nuqta yordamida turli kombinatisiyalar qoʻllanadi. U?

Javob: Brayl Alifbosi

20. U asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turgʻunboyeva nomi bilan nomlanadi. U?

Javob: Bahor ansambli

30. Buyuk Britaniyaning 2003 yildagi asosiy bestsellerlaridan biri "My side" u hisoblanadi. U?

Javob: Bekxem avtobiografiyasi

40. 2010- yilda Uning 3 nafar tarbiyalanuvchisi nufuzli taqdirlash marosimida uchlikka kirgan Tarixdagi yagona boʻldi. Uni mavzuga moslab ayting.

Javob: Barselona akademiyasi

50. Eron Iroq urushi paytida u alohida ahamiyatga ega boʻlgan. Sababi avvallari muhim boʻlgan Xurramshahr va Obodon Iroq tomonidan vayron qilingan. U ni toping.

Javob: Bandar Abbos

Mavzu: Javobda yillar (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. 1968- yilda S.Kubrik tomonidan ishlab chiqarilgan ilmiy fantastik filmni aniq toping.

Javob: 2001 yil: Kosmik Odissey.

20. Stiven Kingning romanida bosh qahramon qotillikning oldini olish uchun o‘tmishga qaytadi. Roman nomi SHU YIL .22.11 deb nomlanadi.

Javob: 1963-yil (Gap Jon Kennedining o'ldirilishi haqida ketmoqda).

30. Bu Mesoamerika kalendarining 5125 yillik tsiklidagi oxirgi yili hisoblanadi. Yil?

Javob: 2012

40. Ushbu yil Faruk Aksoyning filmi nomi hisoblanadi. Imperator Konstantin XI rolini Rejep Aktug, Rim papasi Nikolay Vni Ali Ryza Soydan vazir Erden Alkan ijro etgan.

Javob: 1453 yil (bu yil turklar Konstantinopolni egallab olishdi

50. Parijlik do‘sti Jak Dyupinning hikoyalaridan ta’sirlangan Joan Miro “SHU YILNING MAY” kartinasini chizadi .Qaysi Yilning.

Javob: 1968 yil (1968 yilda Frantsiyada namoyishlar va ish tashlashlar bilan ijtimoiy inqiroz yuz berdi).

Mavzu: Imkoniyati cheklangan buyuklar (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. 1921 yilda u poliomielit bilan kasallangan va uning oyoqlari doimiy ravishda falaj bo'lgan. Shunga qaramay, u 1933-yildan 1945-yilda vafotigacha prezident bo'lib ishladi

Javob: Franklin Ruzvelt

20. Valentina Gatash XX asrda tug'ilgan BU yevropalik haqidagi maqolasini "Asirlangan ruh" deb atadi. Ushbu maqolada ikkita barmoq haqida ham eslab oʻtilgan. Qaysi odam.

Javob: Stiven Xoking

Sharh: Harakatsiz jism tomonidan asirlangan ruh. Yozish paytida Stiven Xokingning ikkita harakatlanuvchi barmog'i bor. Endi faqat bittasi harakatlanmoqda va ehtimol bundan ham battarroq.

30. U 1982 yil 4 dekabrda Melburnda tug'ilgan. U qo'l va oyoqlarning yo'qligi bilan ajralib turadigan kamdan-kam uchraydigan fokomeliya bilan tug'ilgan. Dunyiga mashhur motivatsiyan maʼruzachi hisoblanadi

Javob: Nik Vuychich

40. U oʻziga xos kasalligi kitobning ikki sahifasini bir vaqtning o‘zida – chap varaqni chap ko‘zi bilan, o‘ng sahifasini o‘ng ko‘zi bilan o‘qish imkoniyatini berdi. Ikki sahifani o'qish va eslab qolish uchun unga atigi 8 soniya kerak bo'ldi. Ajoyib o'qish va eslash qobiliyati tufayli u hayoti davomida 12 000 dan ortiq kitoblarni yod oldi. U 15 ta fan bo'yicha mutaxassis edi. U Kim?

Javob: Kim Pik

50. Uning bo'yi (135 sm). U Gollivudda televideniye va kino aktyoriga aylandi.  “Taxtlar o‘yini” teleserialidagi Lord Tyrion Lannister obrazi bilan mashhur.

Javob: Piter Dinklaj

Mavzu: 100 (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

100. Orqa tomonda Mustaqillik zali, oldi tomonida esa u tasvirlangan. Uni ayting

Javob: Benjamin Franklin

20. Ayollar oʻrtasida 1988- yilda Florens Griffit Joyner tomonidan oʻrnatilgan. rekord 10,49 soniyani tashkil qiladi. Nima boʻyicha?

Javob: 100 metrga yugurish

30. U 1952 yilda birinchi vodorod bombasi portlashi qoldiqlarida topilgan va yadro fizikasining kashshoflaridan biri Enriko Fermi sharafiga nomlangan. U?

Javob: Fermium

40. Jon Malkovich tomonidan suratga olinayotgan bu film siz hech qachon koʻrmaydigan film shiori bilan reklama qilingan. Film?

Javob: 100 yil

50. Fransuzchada Les Cent Jours ni tarjima qiling.

Javob: 100 kun.

Izoh: Napaleonning qaytishi tarixda 100 kunlik hukmronlik deb nomlanadi.

Mavzu: Initsial M... M... (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. U Parij mim maktabining yaratuvchisi hisoblanadi. Kim?

Javob: Marsel Marso.

2. Hozirgi jamoaviy natijalardan tashqari, unda Perugiadagi 100 lab o'yinlar va Evertonida bir mavsum bor. U?

Javob: Marko Materatsi

30. U taxminan 1594-yilda Mashhadda tug‘ilgan. U asli Eronlik bo‘lib, bobosi va ota-onasi kambag‘allik yuzasidan Hindistonga ko‘chib kelishgan. Uni laqabini ayting.

Javob: Mumtoz Mahal

40. Italyan o'qituvchisi va o'z nomi bilan atalgan ta'lim tizimining asoschisi. U yaratgan tizim bolalarning ijodiy salohiyatiga, ularning o'rganishga bo'lgan intilishiga va har bir bolaga shaxs sifatida munosabatda bo'lish huquqiga ishonishga asoslanadi. Kim?

Javob: Mariya Mantessori

500. Bu Janubiy Afrikalik rok musiqachi va qo'shiqchining haqiqiy ismi Maykl Lubovitsdir.

Javob: Manfred Mann.

Mavzu: Matritsali --kan-- (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. Ushbu soʻz qadimgi Rimdagi oq Togo kiyimi nomidan olingan va nomzod manosida qoʻllaniladi. Qaysi so‘z?

Javob: Kandidat

20. Tasviriy Sanatda Abstraktsionizm asoschisi boʻlgan bu inson 1866- yilda Moskvada tugʻilgan. Kim?

Javob: V.Kandinskiy

30. Bu Shtat "Amerikaning non savati" deb ham ataladi: bug'doy etishtirish bo'yicha shtatlar orasida etakchi hisoblanadi. Qaysi shtat?

Javob: Kanzas

40. Shimoliy Afrika taomlarini taklif qiluvchi Moskva restoranining nomi bir daryo nomi bilan bir xil eshitiladi. Bu restoranning nomi nima?

Javob: Marakana

50. Mishel Turnierning romanida kiyik o'zining shoxdor shoxlari tufayli ushbu laqabini oldi.

Javob: Kandelyabr

Mavzu: Matritsali --tel-- (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. Tezligi, kreativligi, dribling qobiliyati bilan tanilgan uni koʻplab frantsuz vatandoshlari Kilian Mbappe va Karim Benzema bilan solishtiradi. Kim?

Javob: Matis Tel

20. Uning kimyoviy xossalari selenga oʻxshaydi. Shuning uchun nomlanishida Yoʻldoshi bilan nomlangan boʻlishi mumkin. U?

Javob: Tellur

30. Uning otasi haqiqatan ham «uzoqlarda jang qilgan». Balki shuning uchun ham u shunday ismga ega edi. Kim?

Javob: Telemax

40. Uning laqabi Bolgʻa manosini bildiradi. Cherkov yerlarining bir qismini musodara qilish va ularni harbiylarga tarqatish yoʻli bilan davlatning harbiy qudratini mustahkamlagan. Kim?

Javob: Karl Martell

50. Zamonaviy shakldagi Ular Tyudorlar sulolasi davrida Angliyaga qo'ng'iroqchilarni tayyorlash uchun foydalanilgan. U?

Javob: Gantel

Mavzu: Qoʻllar tepaga (Muallif: Muhammadiyev Asilbek)

10. Kollin Atvud BAFTA mukofotiga ushbu 1990-yildagi FILM liboslarini yaratganligi uchun nomzod bo'lgan. Qaysi film?

Javob: Edvard qaychi qo'l

20. 1822-yilda ularni restavrator Bernard Lange yetishmayotgan qismni tishlashni rejalashtirdi. Biroq oxir oqibatda u fikridan voz kechgan. Ular?

Javob: Venera de Milosning qo'llari.

30. U Atakama choʻli Pan-Amerika shossesining 5-sonli avtomagistralidan 400 metr uzoqlikda joylashgan va 1992- yilda ochilgan. U?

Javob: Sahro qoʻli haykali

40. Italyanchada “mani pulite”ni tarjima qiling.

Javob: toza qo'llar

50. U Fotimaning qo'li sifatida ham tanilgan va Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda mashhur bo'lgan qoʻl tumor bo'lib, zargarlik buyumlari va devorga osilgan bezaklarda keng qo'llaniladi. U?

Javob: Xamsa

Mavzu: Matritsada --iri-- (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

10. Buxoroning Sitorai Mohi Xosa saroy-bog'ida 1879-yilda tug'ilgan qaysi naqqoshning byusti mavjud?

Javob: Usta Shirin Murodov

20. Syuzan Bennet bir intervyusida Scan Soft bilan shartnoma imzolaganini va kuniga 4 soatlab magnitafonga tushunarsiz iboralarni aytganini ta'kidlagan. Syuzan 2011-yilda ilk paydo bo'lgan Uning amerikalik ovozi sifatida tanilgan. U ni ayting?

Javob: Siri

30. Uning o'z nomi eng yuqori Polineziya xudosi Tangaroa sharafiga, Tungaru deya ataladi. Rasmiy nomi Gilbert nomi bilan bog'liq. Uni ayting?

Javob: Kiribati

Izoh: Kiribati davlati nomi inglizcha Gilbert nomidan kelib chiqqan bo'lib, o'z nomi Tungaru ekan.

40. U ning nomi esperanto tilidan tarjima qilganda "Hayratga loyiq", "hayratlanarli" so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, raqobat uchun paydo bo'lgan deyish mumkindir balki. Uni ayting?

Javob: Mirinda

Izoh: Mirinda Pepsiga tegishli bo'lib, Coca Colaning Fantasi bilan raqobat qiladi.

50. Tabiatning ustida g'olib chiqqan bu inson hattoki o'z diniy yo'nalishiga asos solgan bo'lib, hozirda zamonaviy kiyimlardan voz kechish " U fenomeni" deyiladi. Uning kimligini ayting?

Javob: Porfiriy Ivanov

Mavzu: Barcha undoshlari bir xil (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

10. U A Seriyadagi debyut o'yinini 1993-yil 28-martda o'tkazgan ekan. Ushbu "imperator" kimligini mavzuga moslab ayting.

Javob: Totti

Izoh: Franchesko Totti "imperator" laqabiga ega.

20. Kino tarixida Oskar, Oltin Globus va Baftaning beshtadan bosh sovrinlarini olishga muvaffaq bo'lgan birinchi film hisoblanib, Milos Forman tomonidan suratga olingan. Film nomida qaysi jonzotni ko'rishimiz mumkin?

Javob: Kakku

Izoh: Gap Ken Kezey romani asosida suratga olingan "Kakku uyasi uzra parvoz" filmi haqida ketmoqda edi.

30. Uning birinchi rahbari Robert Gerin bo'lgan. Uni qisqartmada ayting.

Javob: FIFA

40. Shimoliy dengiz qirg'og'idagi shahar bo'lib, yirik xalqaro yuridik organlar: Xalqaro Sud, Xalqaro jinoyat sudi, Doimiy arbitraj sudi kabilar joylashgan. Qaysi shahar?

Javob: Gaaga

50. Savol teskari emas, aylantirmay javob bering.

Uning tavfsifini ilk bor fransuz tadqiqotchisi Mishel Adanson izohlab bergan. Uni 1 so'zda ayting?

Javob: Baobab

Izoh: Baobab xuddi teskari aylantirib qo'yilgandek ko'rinadi. Preambula balki yordam bergandir.

Mavzu: Barcha unlilari bir xil (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

10. U sigirlar tomonidan ko'p istemol qilinganda ularni jinniga aylantiradi va og'ir xolatlarda hatto ko'r qilib qo'yadi. U o'rnidagi kimyoviy elementni ayting?

Javob: Selen

20. U o'zining zamonaviy qiyofasini uni takomillashtirgan musiqachi-pedagog Vasiliy Andreyev va bir necha ustalar tufayli oldi. Uni ayting.

Javob: Balalayka

30. Qushlarni cho'chitib haydashda ishlatiladigan asbob bo'lib, yog'och va uning go'lasi yasash jarayonida kerak bo'ladi. Asbob nomini ayting?

Javob: Tartarak

40. "X sini bolta kesmaydi" iborasi- hech kimning qurbi yetmaydi ma'nosida qo'llaniladi. Shuningdek X so'zi mo'ylov bilan sinonimdir. X ni ayting?

Javob: Murut

50. U rassom, musiqachi hamda mashxur huquq himoyachisi hisoblanib, Jon Lennonning rafiqasi hamdir. U eri bilan o'zlarining guruhiga ham asos solishgan. U kim?

Javob: Yoko Ono

Izoh: Ular "Plastic Ono Band" guruhiga asos solishgan.

Mavzu: Initsial B… Q... (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

10. Andijondagi Oxunboboyev teatrida aktrisa bo'lib ishlagan Tojixon Axmedjonova Uning san'atdagi ilk ustozi ekan. Kimning?

Javob: Botir Qodirov

20. Bu usuldan barchamizga tanish manbada bosh qahramon o'zini boshqa dunyoga ravona qilishda foydalangan. Usul nomini ayting?

Javob: Barmoq qaychi

Izoh: Bizga tanish Kung Fu Panda multfilmi qismlaridan birida Po o'zini shu usul orqali ruhlar dunyosiga jo'natadi.

30. Eskimoslar uchun Yangi yil 31-dekabr emas, U hisoblanadi. Uni ayting?

Javob: Birinchi qor

40. Alimardon, Anvar, Muqaddam, Lobar. Bu nomlarni birlashtiruvchi manbani ayting.

Javob: Bahor qaytmaydi

Izoh: Bular O'tkir Hoshimov qalami mansub "Bahor qaytmaydi" asari personajlari edi.

50. 2004-yilgi film bo'lib, film slogani "Yangi sarguzashtlarga tayyorlaning". Film davomida astronavt Jeff Treysi tomonidan to'plangan sayyoralararo qutqaruv otryadida to'plangan kuchli va jasur odamlarga ko'zimiz tushadi. Film nomi?

Javob: Bo'ron qushlari

Mavzu: Yetti (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

10. Bir manbada U Nabi ismli kulolga xonni aldab, kambag'allarning yerlarini sug'orish uchun suv berishga yordam beradi. Xohlang manba nomini, xohlang U ni ayting

Javob: Yettinchi jin

Izoh: Gap "Yettinchi jin" filmi haqida edi. Filmda 7-jin obrazini Baxtiyor Ixtiyirov yaratgan.

20. Edvard malakali shifokor bo'lib, bir keksa ayolni operatsiya qilish vaqtida mast bo'lgani uchun ayolning o'limiga sabab bo'lgan. Orolga esa katta pul evaziga ishlashga kelgan edi. Edvardni mavzuga moslab ayting?

Javob: Yettinchi negr bolasi

30. Uning nomi qadimgi grek tilidan "jonsiz" deb tarjima qilinadi. Nemislar esa uni atashda "bo'g'uvchi" so'zini ham ishlatishadi. Uni ayting?

Javob: Azot

Izoh: Azot davriy jadvaldagi 7-element bo'lib, qadimgi grek tilidagi "azotos"-"jonsiz" so'zidan kelib chiqqan. Nemislar esa uni "stickstoff" ya'ni "bo'g'uvchi gaz" deya atashgan.

40. U ning nomi sheriklarinikidan kechroq paydo bo'lgan. Chunki Gvido Aretinskiy dastlab 6 bosqichli shkaladan foydalangan. U ni ayting?

Javob: Si

Qabul: Si notasi

Izoh: Gvido Aretinskiy nota nomlari ixtirochisi hisoblanadi.

50. 2017-yilgi qaysi film slogani "Dushanbaga nima bo'ldi?" deya nomlanadi?

Javob: 7 opa-singil siri

Izoh: Filmda 7 opa-singil bo'lib, ularning ismlari hafta kunlari bilan bir xil.

Mavzu: Futbol klubi logotiplari (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

10. Bu klubning 1-emblemasida ko'kraklarida medallar bor Britaniya armiyasi faxriylarining jamoaviy surati bor edi. Shundan keyin klub "Pensionerlar" laqabini oldi. Gap qaysi klub haqida ketmoqda?

Javob: Chelsea

20. Bu klub emblemasi Shvetsariya qalqoni shaklida bo'lib, klub va shahar ranglarini aks ettiradi. Emblemadagi qora harflar klub ramziga aylangan. Ushbu klub nomini ayting.

Javob: Sevilla

30. Bu klub logosi sariq va yashil rangdan iborat bo'lib, markazida kanareykani ko'rishimiz mumkin. Qaysi klub?

Javob: Norwich City

40. Klub logotipidagi g'ildirak shaharning konchilik an'analariga ko'rsatilgan hurmatdir. Markazda 4 qismga bo'lingan qalqon mavjud. Pastki o'ng burchakda shaharning janubiy va shimoliy qismlarini bog'laydigan Wearmouth ko'prigi joylashgan. Qaysi klub logosi haqida gap ketmoqda?

Javob: Sunderland

50. Markazida do'lana novdasi ustida o'tirgan qush tasvirlangan klub nomini 3 so'zda ayting.

Javob: West Bromwich Albion

Mavzu: Asarlardan parchalar. (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

Bunda siz berilgan parchalar qaysi asardan olinganini topishingiz kerak.

10. "Otasi kirib kelgandan keyin Zebining ko'nglida o'ynagan iztirob va hayajonlar Razzoq so'fining "Nima bu qiyomat",- degan qiyomatidan ham qo'rqinchliroq edi." Parcha qaysi asardan olingan?

Javob: Kecha va kunduz

20. "Imperatritsa va imperatorning chiqishini kutar ekanlar, Prussiya elchisi bilan baron Liven o'rtasida, Polshadan olingan so'ngi vahimali xabar munosabati bilan qiziq suhbat boshlanib ketdi". Parcha qaysi asardan?

Javob: Hojimurod

30. "Bu qo'shiqning musiqasini ikkala oyog'i ham falaj bo'lib qolgan Ahmad Tsurmilov yozgan. Men bir vaqt unga bag'ishlab shunday she'r bitgandim:

"Sozimning bor sakkizta tori,

Bordir sakkiz mingta izhori"".

Parcha qaysi kitobdan olingan?

Javob: Mening dog'istonim

40. "Xasan bilan bolalikdan do'st edik. U bilan ko'pincha uyimiz oldida o'sgan teraklar shoxiga mingashib olib, cho'ntagimizdagi yong'oq va tutmayizlarni yeb o'tirardik, qo'limizdagi oyna parchasi bilan devorlarga quyosh nurini yo'naltirardik". Parcha qaysi asardan olingan?

Javob: Shamol ortidan yugurib

50. Davom etamiz

"Mening xonamdagi muqaddas kitoblarning eng muqaddasi- telefon ma'lumotnomasiga qo'limni qo'yib, faqat haqiqatni gapirishga qasam ichaman. Hayot- bo'm-bo'sh. Lekin ma'lum bir najot, albatta, bor". Qaysi asardan parchani tingladingiz?

Javob: Shamol qo'shig'ini tingla

Muallif: Xaruki Murakami. 40 ballik savol javobi Shamol bilan boshlangan edi, shuni davom ettirib 50 ni ham shamol bilan davom ettirdik

Mavzu: Jadidchilik (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

10. "Uning she'riyati butun XX asr qadriyatlarini o'zida mujassam qildi. Uni olamshumul maqomga olib chiqqan omil- shoirning cheksiz ehtirosli gumanizmidir." Rauf Parfi U deganda kimni nazarda tutgan?

Javob: Abdulhamid Cho'lpon

20. 18 yoshiga yetganida bu inson madrasa ta'limini tugatib, Chashmaob volostida qozilik qilgan tog'asi Muhammad Siddiq qo'l ostida mirzalik lavozimida ishlay boshlaydi. Bu inson kim?

Javob: Mahmudxo'ja Behbudiy

30. U- xazinayi adab-u ilm-u izzating,

U- bog'i jannati firdavs, ne'mating.

U kishini jahl-u daniydin qilur xalos,

U- kalidi Ka'bayi qalb-u zakovating.

Abdulla Avloniyga tegishli satrlardagi U so'zi bilan almashgan so'zni ayting.

Javob: Maktab

Izoh: Bu satrlar Avloniyning "Maktab gulistoni" kitobini ochib beradi.

40. "Sharqda shaxmat" asari va "Begijon" dramasi muallifi bo'lgan insonni ayting.

Javob: Fitrat

50. G'ulom Zafariyning "Halima" nomli dramasi 1920-yilda yozilgan bo'lib, o'sha yilning 14-sentyabrida BU INSON tomonidan "Turon" teatr truppasida sahnalashtirilgan. Bu inson kim?

Javob: Mannon Uyg'ur

Mavzu: Ikkilik zanjir (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

10. Bu davlat bayrog'i qizil, yashil va sariq rangdan iborat. Markazdagi sariq yulduzning tagida oy bo'lib, u xuddi kulib turgan og'izga o'xshaydi. Gap qaysi davlat haqida?

Javob: Mavritaniya

20. U o'zining nomidan tashqari "Shimoliy yoki Gollandiya Monalizasi" deb ham ataladi. U ni emas, uning muallifini ayting.

Javob: Yan Vermer

Izoh: U deganda "Marvarid sirg'ali qiz" kartinasi nazarda tutildi.

30. Wikipediaga ko'ra, U meditatsiyani yoqtirgan va Uning mashhur harakatlari shu sabab kelib chiqqan. Uning faqat ismini ayting?

Javob: Erling

Izoh: Erling Haalandning gol nishonlashi, meditatsiyani yoqtirganidan kelib chiqqan deyiladi wikipediada.

40. U Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi respublika bo'lib, poytaxti- Magas shahri. Uni ayting?

Javob: Ingushiya

50. Bu kanadalikni mashhur qilgan ijod mahsuli 3,14 soniga aloqadormi yo'qmi bilmaymiz. Bu kanadalik kim?

Javob: Yan Martel

Izoh: Y.Martel "Pi hayoti" asari muallifidir. Pi esa matematikada 3.14 ga teng.

Mavzu: Alifbo tartibida shaharlar (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

10. 1890-yilda Fransuzlar tomonidan asos solingan bu shahar, Kot-d'Ivuarda joylashgan. Bir shoirimizga aloqasi yo'q. Qaysi shahar?

Javob: Abidjan

Izoh: Shoir deganda Anvar Obidjon nazarda tutildi.

20. Bu poytaxt shahar Arab-Isroil urushi davomida 1970-yilda sharqiy xristian sektori va g'arbiy musulmon sektoriga ajralgan. Rimliklar bu shaharni, Beritus deb lotinchalashtirganlar. Qaysi shahar?

Javob: Bayrut

30. Bu shahar 1216-yildan buyon ma'lum bo'lib, Slavyanlar yashagan qishloqda vujudga kelgan va 1485-yilda Vettinberg gersoglarining qarorgohiga aylangan. 1806-1918-yillarda Saksoniya qirolligining poytaxtiga aylangan. Qaysi shahar?

Javob: Drezden

40. Germaniyaning shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeridagi shahar bo'lib, 2010-yilda Yevropa madaniyat poytaxti deya topilgan. Shahar nomini qo'sh undosh qatnashtirib ayting.

Javob: Essen

50. Kunchiqar mamlakatdagi bu shahar Xakata qo'ltig'idagi port shahar hamdir. Shu nomdagi prefekturaning ma'muriy markazidir. Kyusyu orolining shimoliy g'arbida joylashgan. Shaharni ayting?

Javob: Fukuoka

Mavzu: Matritsada notalar ketma-ketlikda (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek)

10. Fransuz shoiri va esseisti, "Parnas maktabi" namoyondasi, 1901-yilda adabiyot bo'yicha Nobel mukofotining birinchi laureati. Gap kim haqida ketmoqda?

Javob: Syulli-Pryudom

20. Bu neologizm 2013-yil feministlar tomonidan, erkaklarning jamoat transportida o'zlarini tartibsiz tutishlariga qarshi qaratilgan aksiya natijasida paydo bo'lgan. Neologizmni ayting.

Javob: Manspreading

Izoh: Manspreading - erkaklarning jamoat transportida oyoqlarini yoyib, bir kishiga mumkin bo'lgandan ko'ra, ko'proq joyni egallab o'tirishiga nisbatan qo'llaniladigan termin.

30. Bu bastakor shu paytgacha 20 dan ortiq filmlarga musiqa bastalagan. Filmlar orasida mashurlaridan, "Chol va Nabira", "Ko'zlarim yo'lingda", "Abdullajon", "Tangalik bolalar", "Kelinlar qo'zg'oloni" va "Suyunchi" kabi filmlarni misol qilishimiz mumkin. Bu bastakor ism-familyasini ayting.

Javob: Mirhalil Mahmudov

40. 2011-yilda SAFA Bu nomdan foydalanish uchun "Standton Woodrush Ltd"ga 5 million rend to'laydi. Bu nom mavzuga 2 karra mosdir. Bu nomni ayting?

Javob: Bafana-bafana

Izoh: Bu nom JAR futbol terma jamoasi laqabi hisoblanadi. Bu nom uchun JAR hatto sudgacha borgan. Savoldagi SAFA esa JAR futbol federatsiyaning qisqartmasi.

50. 2008-yili may oyida olib borilgan rebrendingdan so'ng bir BU NOM paydo bo'ldi. BU NOM lotin tilidan tarjima qilganda " Mohir, ixtirochi" degan ma'noni beradi. BU NOMni ayting.

Javob: Sollers

Izoh: Severstal-Avto 2008-yildan boshlab Sollers brendi ostida ish boshlagan.

Mavzu: Qo'sh undosh qatnashgan so'zlar (Muallif: Sayfiddinov Fayozbek) (Masalan: massa, katta, qulluq)

10. Azotning vodorod bilan hosil qilgan eng oddiy birikmasi shunday ataladi. Qanday?

Javob: Ammiak

20. U yunoncha "barcha, butun" va "dengiz" so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, hozirgi Tinch okeanidan ancha kattaroq edi. U ni ayting?

Javob: Pantalassa

Izoh: Pantalassa bu eng qadimiy, o'z vaqtida yagon bo'lgan faraziy okean nomi.

30. Bu shahar ancha qadimiy bo'lib, aholisi o'zlarini Xettlar deb atashgan. Hozirgi Turkiya hududida joylashgan. Bu shaharda ajoyib landshaftlarning guvohi bo'lasiz va osmondagi ko'plab havo sharlari sizda ajoyib taassurotlar qoldiradi. Bu shahar nomini mavzuga moslab ayting.

Javob: Kappadokiya

40. Wikipediaga ko'ra, Bu so'z arabchada "to'la, butun" deb tarjima qilinib, muayyan adibning to'la yoki asosiy asarlari to'plamini bildiradi. Bu qaysi so'z?

Javob: Kulliyot

50. U- og'ir narsalar tortiladigan bir pallali ulkan tarozi. U g'alla bozoriga o'rnatilib, 1-2 qop g'alla tortish mumkin bo'lgan. Shuningdek, hozir ham g'alla sotiladigan joy U deb ataladi. Uni ayting.

Javob: Kappon

Mavzu: Sovet filmlari (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. Bu film bosh qahramoni Mustaqil teatr aktyori va sugʻurta agenti Yuriy Detochkin.

Film haqidagi maʼlumotlarda „Beregis avtomobilya“ saytiga ham xavolalar mavjud.

Javob: Avtomobildan saqlaning

20. 1976-yil 1-yanvarda primyera qilingan. Film Yevgeniyni 31-dekabr kuni hammondan chiqib mast xolda Lelingradga borib qolishi bilan boshlanadi. Film nomini toʻliq ayting.

Javob: Taqdir hazili yoki qushdek yengil boʻling!

30. Film 1924-yili Moskvada oʻz zamonasining buyuk jarrohlaridan biri Filipp Filippovichning odam gipofizini Sharik tanasiga koʻchirish boʻyicha jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi va uning huddi insondek yashashi haqida. Qaysi film?

Javob: Ityurak

40. Ushbu film Muz ustida balet ansamblining havaskor solisti Oksana ismli qizning Karlikiya nomli ertak qirolligining yosh malikasi Izabella bilan ikki tomchi suv kabi oʻxshashligi sabab ular hayotdagi oʻz oʻrinlarini almashtirib turgani haqidagi ertak asosida suratga olingan. Qaysi film?

Javob: Bor ekanda yo‘q ekan

50. 1987-yil suratga olingan komediya, satirik badiiy film. Filmda bir necha kishi otin quyma topib olishadi, keyinroq esa undan ayrilishadi.

Javob: Omad hamisha kulavermaydi

Mavzu: Mashhurlardan iqtiboslar (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. Yaxudiylarning barchasini qirib tashlashga kuchim yetardi ammo kelajak avlod nega bunday qilganimni bilishlari uchun ularni ozginasini tirik qoldirdim. Kim?

Javob: Adolf Gitler

20. Mamlakatimizning muammosi shundaki DOKTORlar tavsiyasi sabab dorisini qabul qilishi kerak bo’lgan odamlar qonun qabul qilmoqdalar. Kim?

Javob: Mixail Bulgakov

30. Urushni boshlash uchun urushdan keyin xam o’z ahamiyatini yoʻqotmaydigan bahona topa olmagan davlat arbobining xoliga voy. Kim?

Javob: Otto fon Bismark

40. Baxt faqat tan olinsagina mavjuddir. U hayoliy emas. Xususan hukumatning ayblovlari ham! Kim?

Javob: Jorj Oruel

50. Insonni jismni davolash uchun uxlatish, ruhni davolash uchun uyg’otish zarur. Kim?

Javob: Lev Tolstoy

Manba: Sayid Abudlaziz Yusupov Iqtiboslar kanali

Mavzu: Matritsali --OT-- (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. Bu tashkilot 2001-yil 24-aprelda bo'lib o'tgan ta'sis qurultoyi qarori bilan tashkil etilgan va yoshlar masalariga qaratilgan. Tashkilot?

Javob: Kamolot

20. Shaxmatda yurish vaqti kelgan oʻyinchi oʻz shohini biror joyga oʻtkaza olmasa va unda boshqa yurish uchun figura bo’masa shu holat qanday atalashini aniq ayting.

Javob: Pot

30. Fan sohalari, ijtimoiy hayot, jamiyat va shu kabilar haqidagi ilmiy qarashlar, nazariy xulosalar majmui, nazariya shunda ataladi.

Javob: Taʼlimot

40. U "Ibtido", "Chiqish", "Loviy", "Sonlar" uning umumiy nomlaridir. Uni ayting.

Javob: Tavrot

50. Juda past harorat va shunga bog'liq hodisalarni o'rganish fanda shunday ataladi.

Javob: Kriyotologiya

Mavzu: Ensiklopedik T (barcha javoblar T harfidan boshlanadi) (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. Tekshirish obyektining ahvoli yoki musobaqaning borishi va natijalari, tijorat xabarlari va eʼlonlari yozib koʻrsatib turiladigan signal taxtasi shunday ataladi.

Javob: Tablo

20. Bir fikrni boshqa soʻz, soʻz yoki soʻzlar bilan takroran, ortiqcha anaqa ifodalash, bir soʻzni ortiq, koʻp takrorlash. Shunday ataladi?

Javob: Taftologiya (biz ham savol matnida bir qancha taftologik xatolarga yoʻl qoʻydik)

30. 1325-yilda Mansa Muso tashrifidan keyin bu hudud tuz, oltin va fil suyagi savdosidan gullab-yashnadi. U 14-asr boshlarida Mali imperiyasining bir qismi boʻlishidan oldin Sahroi Kabirdagi savdo yoʻlidagi muhim islomiy shahar sifatida kengaygan. Hudud?

Javob: Timbuktu

40. Filmning premyerasi 2019-yil 1-yanvar kuni Rossiya kinoteatrlarida bo‘lib o‘tdi. Bosh rollarni Aleksandr Petrov, Viznez Kifer va Irina Starshenbaumlar ijro etishgan. Qaysi film?

Javob: T-34

50. AQSHning ushbu "koʻngilli" shtati markazi - Noksvill shahri. Eng yirik shahrining nomi Misrdagi bir shahar nomi bilan bir xil. Shtat?

Javob: Tennessi

Tennessi shtatining eng yirik shahri Memfis shahridir. Misrning ham yirik shaharlaridan biri Memfisdir

Mavzu: Matritsali --man-- (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. 76 oyatdan iborat bu suraning bunday nomlanishiga ko’p ulamolar undagi tarjimasi mehribon bo’lgan Ollohning bir sifati borligi bilan izohlaydilar. Qaysi sura?

Javob: Rohman surasi

20. Bu qo’shiq klipi 2021-yil 15-dekabrda YouTube tarmog’iga joylangan. Klipda bosh rolni Durdona Qurbonova va Imron ijro etgan. Qoʻshiq nomini 4 soʻzda ayting.

Javob: "Hech kimga bermay sevaman" Imron

30. Mehnat taqsimoti va qoʻl hunari texnikasiga asoslangan korxona. Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida 16-asrning oʻrtalarida vujudga kelib, 18-asrning oxirgi choragigacha davom etgan davr. Davr?

Javob: Manufaktura

40. AQShning Nevada shtatidagi Black Rock cho'lida har yili avgust oyining so'nggi dushanbasi soat 00:00 da boshlanadigan va sakkiz kun davom etadigan festival. Qaysi festivalligini ikki soʻzda ayting.

Javob: Burning man

50. Amerika xevi-metal rok guruhi. Guruhnig to’liq nomi o’zbek tiliga "Urush odami" so'zlarining qisqartmasidir. Ushbu guruh o'zining harbiy qo'shiqlari va skandinav mifologiyasiga tez-tez murojaat qilishi bilan mashhur. Guruh?

Javob: Manowar

Izoh: Guruh nomi "Man of war" so’zlari qisqartmasidan olingan.

Mavzu: Yozuvchilar fobiyasi (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

Eng mashhur adiblarning ham o'ziga yarasha qo'rquvi bo'lgan. Shulardan ayrimlari haqida savollar tuzilgan.

10. 1809-yil Poltava guberniyasida tug‘ilgan ushbu adib tirik ko'milib ketishdan qo'rqqan va shuning uchun o'tirib uxlagan. Kim?

Javob: Gogol

20. Mashxur bolalar yozuvchisi uxlab qolganda odamlar uni o'ldi deb ko'mib yuborishlaridan qo'rqqan. Har safar uyquga ketishdan oldin xat yozib ketgan. Kim?

Javob: H. K. Andersen

30. 1799-yilda Toursda tug‘ilgan Ushbu yozuvchi uylanishdan qo'rqqan. Ayollardan emas, balki oila qurishdan hayiqqan. Bekorga bo'lmagan ko'rinadi, chunki uylangach, besh oydan so'ng vafot etgan. Kim?

Javob: Onore de Balzak

40. Qo'rqinchli hikoyalar muallifining ham qo'rquvlari bo'lgan. Suvdan, qorong'ulikdan va tiriklayin ko'milishdan. Kim?

Javob: Edgar Allan Po

50. Fantastik asarlar muallifi bo‘lgan bu yozuvchi yangi texnologiyalardan juda ham qo'rqqan. Hatto mashinani ham turmush o'rtog'i haydagan. Kim?

Javob: Rey Bredberi

Mavzu: Matritsali --sel-- (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. “Asaxiy.uz”ning U bilan bog‘liq bo‘limiga o‘tganingizda "Atom odatlar", "Sarmoyador", "Ajib yangi dunyo" kabi asarlarni uchratishingiz mumkin. U?

Javob: Bestsellerlar

20. 1887-yilda Shotlandiyada ma'lum bir cherkov mas'ullari tomonidan ushbu jamoaga asos solindi. Jamoa?

Javob: Seltik

30. U haqidagi Wikipedia maqolasi yakunida Vankuverizatsiya, Manhettenizatsiya, Kalifornizatsiya kabi bo‘limlarga havola bor. U?

Javob: Bryusselizatsiya

40. Bu element sigirlar tomonidan meyoridan ortiq istemol qilinganida ularni ko‘r qilib qo‘yishi mumkin. Elementlar jadvalidagi tartib raqami 34. Qaysi element?

Javob: Selen

50. "Quddus", "Botqoqdagi fermadan chiqqan qizcha" kabi asarlari mavjud bo‘lib, 1858-yil Verlandda tug‘ilgan. Ko‘plab asarlarini Sitsiliya, Falastin, Misr kabi davlatlarga uyishtirgan sayohati paytda yozgan. Kim?

Javob: Selma Lagerlyof

Mavzu: Mashhur kartinalar. (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. Asarda o‘g‘ilning boshi va yirtilgan kiyimlari uni xarob xolga tushirganini bildiradi. Taʼsirchanlikni oshirish uchun esa bir poy oyoq kiyimi yo‘q holda tasvirlangan. Kartina?

Javob: Adashgan o‘g‘ilning qaytishi .

20. Mashxur asarning aksi bo‘lgan bu asarda eshikdan kirar-kirmas bola onasiga barcha barmoqlarini ko‘rsatayotgan edi. Kartina?

Javob: Yana besh

30. Ukiyo e uslubida ishlangan bu asarda to'fon qayiqlarni gugurt cho‘pidek uyoqdan buyoqqa uloqtiradi. Sanʼatshunoslar fikricha qayiqlar chetiga yopishib olgan baxtsiz dengizchilar insoniyat timsoli. Kartina?

Javob: Kanagavadagi katta to‘lqin.

40. 40 balli savolimizga kim javob topishi aniq emas lekin 1883-yilda chizilib hozirda Tretyakov davlat muzeyida saqlanuvchi bu asar muallifning eng mashxur asarlari sirasiga kiradi. Asarga bunday nom berish orqali muallif unga o‘zgacha aura baxsh etadi. Asar muallifini toping.

Javob: Ivan Kramskoy (Noma'lum)

50. Suratda taxminan mexmon kutayotgan inson ovqat tuzini ko‘rish uchun chalg‘igan. Natijada suratda ULAR paydo bo‘lgan. Suratni post sifatida obunachilariga bo‘lishar ekan blogger mana nima uchun it va mushuk boqmayman deydi. Ular?

Javob: Tatib ko‘ruvchilar. Vadim Solodkiy

Mavzu: Ensiklopedik IN.. (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. Mollyuskalarning mantiya terisida sharsimon yoki notoʻgʻri shaklda paydo boʻladigan mahsulot, zeb-ziynat buyumi, oʻrta asrlarda Moʻgʻulistonda xotin kishining sepi shuningdek, chingiziy shaxzodalarning ulus mulklari shunday nomlangan.

Javob: Inju

20. Ushbu Rim senatori boshqa senatorlardan farqli ravishda hech kimni oʻldirmagan va imperatorga yomon maslahat bermagan edi. Uni bu lavozimga imperator Kaligula tayinlagan shuningdek uni Penelopaga ham uylantirib qoʻygan. Uning ismini ayting?

Javob: Insitat

30. 1891-yil Kanadada tugʻilgan Fredrik Banting Uni kashf qilganligi sababli 1923-yil Fizialogiya va Tibbiyot yoʻnalishida nobel mukofoti sovrindori boʻlgan. U oʻz hayotining SHIRIN davrlarini Torontoda oʻtkazgan desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Javob: Insulin

40. U qadimiy, katta amaliy ahamiyat kasb etgan tibbiy boʻyoqlardan hisoblanadi. U asosan selluloza tolalaridan qilingan materiallarni boʻyashda, shuningdek turli maqsadlarda ishlatiladigan pigmentlar ishlab chiqarishda qoʻllanadi. 2017-yil esa zoʻr tv telekanalida shu nomli koʻrstuv faoliyatini boshlagan.

Javob: Indigo

50. Ushbu atama uyquning mutlaqo yoʻqligini emas, balki uxlash qiyinligini anglatadi. Tegishli sharoit boʻlishiga qaramay, uxlay olmaslik muammosi bn harakterlanuchi kasallik simptomi xisoblanadi. Javobni topishda sizga rejissyor ham yordam bera olmaydi.

Javob: Insomnia

Mavzu: Initsialli ikki soʻz (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. Inson bitta kompyuter va bir kishi bilan muloqot qiladi. Savollarga berilgan javoblarga asoslanib, u kim bilan gaplashayotganini aniqlashi kerak. Siz hozir U ning standart talqinini tingladingiz. U?

Javob: Tyuring testi

20. Turkmanistonning Dashoguz viloyatidagi Qoraqum choʻlida joylashgan ushbu kraterning xalq orasida shunday nomlanishiga sabab unda 50 yildan beri olov tinimsiz yonib turishidadir. Krater nomi?

Javob: Doʻzax darvozasi

30. Qorongʻu gʻorda negrlarni urishtirgan ushbu fransuz yumoristi "Buyuk karning dafn marosimi uchun traur marshi" nomli asar ham yaratgan. Kim?

Javob: Alfons Alle

40. Ushbu frazeologizm odatda SSSRda tugʻilgan negroid irqiga mansub odamlarga nisbatan ishlatiladi. Paydo boʻlishiga sabab esa 1957-yil Moskvada boʻlib oʻtgan "Vl Butunjahon yoshlar festivali"dan keyin SSSR da qora tanli bolalarning tugʻilishi koʻpayib ketganligidadir.

Javob: Festival Farzandlari

Davom etamiz...

50. Birinchi jahon urushidan keyin imzolangan Versal shartnomasini bu inson "Germaniya uchun juda ham yumshoq" deb baholaydi. Uinston Cherchillning "Ikkinchi jahon urushi" kitobi, shuningdek, Pol Reynoning "Memuarlar"ida yozilishicha, Versal shartnomasidan xabar topgan U "Bu tinchlik emas, 20 yillik sulh!" deb aytgan ekan. Diqqat savol: U kim?

Javob: Ferdinand Fosh

Mavzu: Zanjir (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. Kunlardan bir kuni o‘z aravasida sayr qilar ekan U daryo ilohi qizi Youhva ni sevib qoladi. Shu kundan boshlab o‘z ishqiga to‘la quyosh nurlarini qiz ustidan yog‘dira boshlaydi.

Javob: Haemosu

20. Ushbu Amerika prezidentining oʻziga xos talismani bor edi u har doim chap koʻkragiga qizil chinnigul taqib yurgan. 1901-yil 6-sentyabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuv paytida Mirtl Ledjer ismli kichkina qizaloq undan gul soʻraydi. Noiloj qolgan prezident unga oʻz talismanini olib beradi va shu kuni otib tashlanadi.

Javob: Uilyam Makkinli

30. Ushbu kompaniya mahsulotlari nomida raqamlarning uchramasligiga sababi kompaniya asoschisining nomida raqam bor mahsulotlar nomini eslab qola olmasligi hisoblanadi. Shu sababli kompaniya mahsulotlarida koʻpincha Shvetsiyadagi yoki qoʻshni davlatlardagi toponim nomlarini koʻrishingiz mumkin.

Javob: IKEA

40. Ushbu 102 metrli koʻp funksiyali konstruksiyalardan tashkil topgan bino shakli temir atomining 1:165 mlrd. marta kattalashtirilgan kristal panjaralardan ilhomlanib yaratilgan. Har biri 18 m diametrli 9 ta metall sharning 5 tasi kuzatuv maydoni eng yuqoridagi esa ponaramik restaran hisoblanadi.

Javob: Atomium

50. Ushbu iboraning kelib chiqishi Ispaniya qirollik oilasiga borib taqaladi. Ular oʻzlarini vest-gotlardan kelib chiqqani va afrikadan kelgan mavrlar bn aralashib ketmagani bn juda magʻrurlanishgan. Ularning terisi qora emas, oppoq boʻlgani uchun qon tomirlari yaqqol koʻrinib turgan. Keyinchalik ushbu ibora barcha aristakratlarga nisbatan ishlatila boshlangan.

Javob: Moviy qon

Mavzu: Ayollar (Muallif: Mutalibov Farhodbek)

10. Uning Italiyaning Akvileya kommunasidagi ibodatxonada joylashgan namunasida odatdagi "yetishmovchilik"dan tashqari sochlarining ham yoʻqligini koʻrishimiz mumkin. Gap shundaki U qadimda dushman hujum qilgan payt shaxar mudofaasiga oʻziga xos tarzda yordam bergan ayollar sharafiga yasalgan.

Javob: Venera haykali

20. Usbu Amerikalik qora tanlilarnig huquqlarini himoya qilish uchun ROSA harakat qilgan. U Jeyms Bleyk qarata aytgan "Turishim shart emas deb oʻylayman" soʻzlaridan soʻng hibsga olingan va 10 doʻllar jarimaga tortilgan.

Javob: Roza Parks

30. Otasining mashxurligi unga kamlik qilgandek o‘zi ham hozirgi soqqali yo‘nalish hisoblangan dasturchilikni qaysidir manoda boshlab berdi . 1815 yilda tug‘ilgan qaysi ayol haqida gap ketmoqda

Javob: Ada Lavleys

40. 1953-yilning 24-avgustida u uyqu tabletkalarini haddan tashqari ko'p iste'mol qilgan, 1962-yilda esa U o‘z mashinasini yo‘l chetidan daryoga haydab yubordi, keyinchalik uning o‘zi buni suitsid ekanini tan oldi.

Javob: Silviya Plat

50. Amerikalik adiba va tarjimon. Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan ilk amerikalik ayol. Shuningdek, 1932-yilda "Yer" Asari uchun Pulitser mukofati sohibasiga aylangan. Shuningdek adiba "Jon Sedjes" Taxallusi ostida amerikadagi hayoti haqida beshta roman nashr ettirgan.

Javob: Perl Bak

Mavzu: Yaponiya (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. Yaponiya metrosida faqat Ular uchun vagonlar bor. Bu shoshilinch vaqtda hech kim ularni bezovta qilmasligi uchun qilingan.

Javob: Ayollar

20. Yaponiyada maktabidagi ular yoshiga qarab uzunligi turlicha bo‘ladi, o‘quvchi qanchalik katta bo‘lsa, u shunchalik qisqa bo‘ladi.

Javob: Yupka (Maktab formasidagi yupka)

30. Yaponiya davlat bayrogʻi shunday ataladi. Qayday?

Javob: Hinomaru

40. 1890-yil 9-sentabrda tug‘ilgan bu inson Yaponiyada Rojdestvoning eng muhim ramzlaridan biri hisoblanadi?

Javob: Polkovnik Sanders

50. Har bir yaponiyalik bu muhrga ega. Bu mamlakatda imzo o‘rniga ular nominal muhr qo’yishadi. Uni yaponchada ayting?

Javob: Hanko

Mavzu: Oskar mukofoti (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. 1959-yilda suratga olingan film. O‘tgan asrning o‘rtalarida rekord o'rnatgan bu film 11 ta “Oskar” haykalchasini qo‘lga kiritib, Qo‘shma Shtatlarning milliy xazinasiga aylanadi. Qaysi film?

Javob: Ben Gur

20. Rejissyor Mstislav Chernov tomonidan suratga olingan filmi eng yaxshi to‘liq metrajli hujjatli film deb topildi. Qaysi film?

Javob: Mariupolda 20 kun

30. 96-«Oskar» kinomukofotini topshirish marosimida Eng yaxshi animatsion film uchun mukofot Bu insonning «Bola va qush» filmiga nasib etdi. Kim?

Javob: Xayao Miyadzaki

40. Bu film prokatda 2 milliard dollardan ko‘proq daromad oladi. Film Keyinchalik 20 daqiqaga uzaytirilgan 3D versiyasi ham chiqariladi. Filmni yana ikki marta — 2012- va 2017-yillarda kinoteatrlarda namoyish etishadi. Qaysi film?

Javob: Titanik

50. Filmdagi 15 daqiqalik obrazida aktrisa tomoshabin eslab qolish uchun hamma narsani qiladi. Masalan, Fantina obrazini tasvirlash uchun U 11 kiloga ozadi, sochini deyarli oldiradi va fohishalarning dahshatli hikoyalarini oʻrganadi, bu uning ruhiy holatiga sezilarli darajada taʼsir oʻtkazadi. Natijada U epizodik rol uchun “Oskar”ga loyiq koʻriladi. Kim?

Javob: Enn Xeteuey

Mavzu: 5 (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. Uning logotipda aks ettirilgan 5 raqami “aʼlo, zoʻr, qoyilmaqom” maʼnosini anglatadi. U “Quvonch bilan xabar beramiz, xabar berib — bilim olamiz, bilib olib — rivojlanamiz, rivojlanib — yaratamiz!” - aynan mana shu shior bilan 2014-yilning 12-noyabr kuni o‘z ishini boshladi. U?

Javob: MY5

20. 1994-yilda, ular hali oʻrta maktabda oʻqib yurganlarida, Kara's Flowers sifatida birlashgan. Ular?

Javob: Maroon 5

30. Kaliforniyalik yuk mashinasi haydovchisi Teri Xorton 1992-yilda uni do'stini xursand qilish uchun sovg'a sifatida 5 dollarga sotib oldi. 2008-yilda uni 50 million dollarga sotilgani e'lon qilindi. Uni ayting?

Javob: Nomer 5 kartinasi

40. Unda asosiy voqea Xathor ma'buda va xudo Apis ustidan chiqarilgan hukm edi. Uni nima bilan bog'liqligini toping?

Javob: Chorva mollarining o'limi

(Misrning 5-balosi)

50. Uning 5-kitobida “O‘ylab topilmagan harakat”, “Sodiq mangus”, “To‘rt xazina izlovchi”, “Arslon yaratuvchilar”, “Yuz aqlli ming aqlli va bir aql”, “Musiqiy eshak”, “To‘quvchini sekin”, “Brahman orzusi”, Kechirimsiz maymun, Ishonchli shayton, Uch ko'krakli malika, Oyog'ini yuvgan shayton hikoyalar mavjud. U?

Javob: Panchatantra

Mavzu: Matritsada --RAN-- (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. O'tgan asr 30-yillarida ba'zi bir insonlar uni “qora zulmat” deb atashgan. U nima?

Javob: Paranji

20. 2017-yil 22-may sanasida Uning Manchester arenasidagi konsertida portlash sodir boʻldi. Portlashdan soʻng, u 4-iyun kuni „One Love Manchester“ deb nomlangan yordam konsertini oʻtkazib, portlash qurbonlari va jabrlangan oilalarga yordam boʻlishi uchun $23 million miqdorda mablagʻ yigʻdi. U kim?

Javob: Ariana Grande

30. “1942-yil 28-sentabr. Hech qachon ko‘chaga chiqa olmasligimizni anglab yetish tobora qiyinchilik tug‘dirmoqda. Bizni topib olib, otib tashlashlari borasidagi qo‘rquv ham. Odamni xursand qilmaydigan istiqbol!”. Yuqoridagi gaplar undan olingan, uni ayting?

Javob: Anna Frank kundaligi

40. U Simurq safidagi ilk golini 2013-yil 1-sentabr kuni „Inter“ klubiga qarshi oʻyinning 78-daqiqasida (2: 1) kiritildi. U kim?

Javob: Dragan Cheran

50. Xopi qabilasi uni keyingi hayotga kirish eshigi deb biladi. Uni mavzuga mos nomini ayting?

Javob: Grand Konyon

Mavzu: Pomidor (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. 2007-yildagi Tekken 6 o'yinida u asosidagi "Fiesta del Tomate" nomli sahna mavjud. Uni ayting?

Javob: La tomatina

20. U ishga boradi, bog'ni parvarish qiladi, o'z uyini jihozlaydi va hokazo. U ishlarini bajarishga doimo fidoyilik va katta ishtiyoq bilan kirishadi. Biroq, uning barcha intilishlari kulgili vaziyatlarni keltirib chiqaradi. U?

Javob: Do'ppi Pomidor

30. Uning logosida pomidor o'rtasida RT harflarini ko'rish mumkin. U?

Javob: Rotten Tomato

40. U haqidagi xabarni rossiyalik immunolog, tibbiyot fanlari nomzodi Nikolay Kryuchkov quyidagicha sharxlaydi. "Qulaylik, og'riq yo'qligi. Ignada ukol qilishga hojat qolmaydi. Yeysanu, qutulasan". Uni bir so'zda ayting?

Javob: Tamovac (covidga qarshi Pomidor vaksinasi)

50. 2013-yilda Buyuk Britaniyada Thompson&Morgan uni "TomTato" brendi ostida ommaviy bozorga chiqardi. U?

Javob: Pomidofel (Tomatofel)

Mavzu: Yer yuzidagi odamlar yashaydigan eng xavfli hududlar (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. Bu hududdan mashxur voqeadan keyin 30 kilometrlik hududdan jami 115 000 kishi butunlay ko‘chib ketgan. Zararlanish xavfi hali yana uzoq vaqt davom etsada, yashashda davom etayotgan kishilar bor. bular Olimlar, radiatsiya darajasini kuzatuvchi ilmiy xodimlar bilan jami 80 nafar inson istiqomat qiladi. Bu hudud?

Javob: Chernobil

20. Bu joyning aholisining soni 2000, aholiga xavf soladigan hayvonlar esa 1700 nafarni tashkil qiladi. Ular uchun deyarli 80 yil avval qo‘riqxona tashkil etilgan bo‘lib, u keyinchalik YuNESCOning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu hayvonlarning odamlarga tashlanishi ham ehtimoldan holi emas. Shunga qaramay, mahalliy aholining mazkur orolni tark etish niyati yo‘q. Bu joy?

Javob: Komodo oroli

30. Yerning yorig‘ida joylashgan mazkur hudud yashash uchun eng xavfli joylardan biri sanaladi. Bu yerda 8 ballgacha yer silkinishi, vulqonlar otilishi, dovullar ko‘plab kuzatilishi mumkin. Shunga qaramasdan bu joyda 50 milliondan ortiq “metin asabli” odamlar yashaydi. Bu joy?

Javob: Sumatra oroli

40. Kongo demokratik respublikasidagi qishloq 970 metr balandlikdagi tog‘da joylashgan. Aholi turmush tarzi va salomatligini saqlash maqsadida mazkur qishloqda telefon, planshet va boshqa shu kabi narsalardan foydalanish taqiqlanadi. Gap shundaki, ushbu qishloqda muntazam ravishda yashin urishi odatiy hol bo‘lgan anomal hudud mavjud. Bu joy?

Javob: Kifuka

50. Dengiz sathidan 5 ming balandlikda joylashgan Perudagi, bu shaharda o‘simliklarni uchratish mumkin emas. Qoyalardan iborat mazkur hududda kislorod tanqisligi sabab, odam nafas olishga qiynalishi mumkin. Iqlim va maishiy muammolarning borligi qaramasdan shahar aholisining soni so‘nggi vaqtda ikki karraga ko‘paygan va bugungi kunda 50 ming kishini tashkil qiladi. Bu shahar?

Javob: La-Rinkonada

Mavzu: Alanlar (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. Biograf Endryu Xodjsning fikriga ko‘ra uning eng sevimli ertagi Uolt Disneyning "Oppog‘oy va yetti gnom" ertagi bo‘lganini aytadi. U kim?

Javob: Alan Tyuring

20. U 1827-yil aprel oyida Bostonga sayohat qilib, oʻzini kotib va ​​gazeta yozuvchisi sifatida gʻalati ishlar bilan davom ettirdi va bu davrda Anri Le Rennet taxallusidan foydalanishni boshladi. U kim?

Javob: Edgar Allan Po

30. U 1997-yil 24-avgustda Angliyaning Nortgempton shahrida ingliz-shotland oilasida tugʻilgan. Otasi britaniyalik onasi esa norvegiyalik. Natijada, unga Buyuk Britaniya va Norvegiyaning ikki fuqaroligi berildi. U kim?

Javob: Alan Walker

40. U va koptok o‘rtasida nisbatan qisqa 40 yard masofa bo‘lishiga qaramay, biroz yaxshilanish bor edi. Birinchi to‘p 24 yard masofani bosib o‘tgandi. U kim?

Javob: Alen Shepard

50. U 1986-yilda televizion dasturda u ikkita o'smir aktyorga ochiq dengizda haqiqiy raft yordamida omon qolish texnikasini o'rgatadi. U kim?

Javob: Alen Bombard

Mavzu: Quyosh (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. Maryam Layloning qalbini yorita oldi, uni zulmatdan qutqardi. Asarda Afgʻon davlatidagi oʻzaro urushlar, davlat toʻntarishlari, ichki iqtisodiy tuzumlari ham aks ettirilgan. Va bularning barchasi xalqqa ziyon yetishiga sabab boʻlgan. Qaysi asar?

Javob: Ming quyosh shu'lasi

20. U to'quvchilik bilan shug'ullanganiga qaramay, turli biografik hikoyalarda, jumladan, fors tarixchisi Davlatshoh Samarqandiyning tarjimai holida "kashtachi" (zarduz) laqabini olgan. U kim?

Javob: Shams Tabriziy

30. 2020-yilning 28-fevral kuni Toshkentga borgan Ozodlik fotomuxbiri Amos Chapl “Muz saroyi” yoki qurilayotgan “Islom siviliatsiyasi” markaziga emas¸ balki akademik olim G‘iyos Umarovning g‘oyasi asosida qurilgan mahobatli inshootni ko‘rishga oshiqdi. Qaysi inshoot?

Javob: Katta quyosh sandoni

40. 2012-yil avgust oyida Tel-Aviv universiteti arxeologlari diametri taxminan 15 mm (0,59 dyuym) bo‘lgan dumaloq tosh muhr topilganini e’lon qilishdi, u Bayt-Shemesdagi uyning polidan topilgan va uzun sochli odam o‘ldirilayotgani tasvirlangan. Bu maqolada kim eslab o‘tilgan?

Javob: Samson (Quyosh o‘g‘li)

50. Unga Turkiya bolalar sammiti tomonidan “Bolaga doʻstlik” mukofoti, “Oila va bolalar” dasturlari uchun Media axloqi mukofoti hamda Chanakkale 18 Mart universiteti Senati tomonidan Faxriy doktor unvoni berildi. U kim?

Javob: Adam Gunesh

Mavzu: O‘zbekiston toponomikasi (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. Olimning yozishicha, “Toponim sug‘d tilidagi far, (yuqori) va turkiy, mo‘g‘ul tillaridagi sin, shin (xalqlar) qismlaridan tashkil topgan. Farshin – "yuqorida istiqomat qiluvchi xalqlar demakdir”. Qaysi toponim?

Javob: Forish

20. Bu nomni kelib chiqishini ko‘pchilik “ochiq ko‘ngil” deb ifodalasa, ba’zilar “ko‘ngilni xush qiladigan, ko‘ngilni ochadigan” joy degan ma’noda, deb tushuntiradilar. Qaysi nom?

Javob: Vodil

30. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, bu nomni kelib chiqishi forscha chuqur va qozon so‘zlarini qo‘shilishidan kelib chiqqan ekan. Qaysi toponim?

Javob: Chodak

40. Bu nom arabcha chegara va forscha “yoʻl”, “koʻcha” ma’nosini beruvchi so‘zlardan kelib chiqqan degan versiya mavjud. Qaysi nom?

Javob: Xadra

50. Mahalliy aholi vakillari va ayrim mahalliy ijodkorlar mazkur toponimni bug‘doy so‘zi bilan bog‘lab, shunday izohlashadi: bu so‘z forscha so‘z bo‘lib, bug‘doy va kon so‘zlarini qo‘shilishidan hosil bo‘lgan, ya’ni “bug‘doy koni” degan ma’noni bildirgan. Qaysi toponim?

Javob: Gandimiyon

Mavzu: Qizil (Muallif: Davronbek Jo'raboyev)

10. Asar syujeti avval Petrogradda bo'lishi yoziladi, keyin esa muallif asar qahramonlarini "Grenlandiya"ga ko'chiradi. Qaysi asar?

Javob: Alvon yelkanlar

Izoh: "Grenlandiya" bu Aleksandr Grinning hayoli oroli

20. 2014-yil 19-avgustda uni 20 million yevroga sotish boʻyicha kelishuv Sporting va United tomonidan eʼlon qilingan. U "Manchester United " bilan oʻynash „men uchun orzu“ deb aytadi. U kim?

Javob: Markos Rojo

30. U 1996-yilda Westwood Studios tomonidan ishlab chiqilgan Command & Conquer franshizasidagi real vaqt rejimidagi strategiya video oʻyini. “Command & Conquer”ning tarixida Ittifoqdosh kuchlar Yevropa materigini nazorat qilish uchun agressiv Sovet Ittifoqiga qarshi jang qilishi tasvirlanadi. Qaysi o'yin?

Javob: Red Alert

40. Fransuzcha Le Petit Chaperon rouge so'zlari o'zbekchada qanday tarjima bo'ladi?

Javob: Qizil qalpoqcha

50. Taxminlarga ko'ra Uning shiori "Sinab ko'ring va his qiling, sinab ko'ring". Uni ayting?

Javob: Red apple

Mavzu: Faqat A unlisi (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. Bu so‘z negiz, asos, poydevor ma'nolarini bildiradi. Qaysi so‘z?

Javob: Tamal

20. Bu toponim tosh yoki tog‘ va qal’a so‘zlarini qo‘shilishidan hosil bo‘lgan bo‘lib, istehkom degan ma’noni anglatadi. Qaysi toponim?

Javob: Sangardak

30. Uning shimoli-g‘arbiy qismida Nishizava no Atama, Mizuxi no Atama va boshqalar cho‘qqilar joylashgan. U?

Javob: Kanagava

40. Oʻz vaqtini ayamay, sirkul yoki chizgʻichni qogʻozda sidirg‘a yurgizib, chizmachilikda faqat aʼlo baholarga erishgan talabagina kelajakda xoʻpam yetuk loyihachi boʻla oladi. Yuqorida unga misol tingladingiz uni ayting?

Javob: Pangramma

50. Ochiq ko‘rsatilganda go‘yo uxlayotgandek chalqancha yotgani uchun, ba’zan ular uchun shou to‘shagi atamasi qo‘llaniladi. U?

Javob: Katafalk

Mavzu: Futbolchilarning laqablari (Muallif: Davronbek Jo‘raboyev)

10. Uning Futbolning Charli Chaplini“, ”Buyuk oqsoq" degan laqablari bor. Kim?

Javob: Garrincha

20. Unga uch o’pkali deb laqab berishgan. Kimga?

Javob: Park Ji Sun

30. U tashqi ko‘rinishi juda o‘xshashligi tufayli Nikulin laqabini oladi. U kim?

Javob: Yuriy Jirkov

40. Uning qanotdagi shiddatli o’yinlari sababli muxlislar Tor laqabini berishgan. Kim?

Javob: Vitaliy Denisov

50. U jarima zarbalarini ham xuddi David Bekxemdek amalga oshirgani uchun osiyo Bekhami laqabini olgan. Kim?

Javob: Xidetoshi Nakata

Mavzu: Matritsada shaharlar qatnashadi (Muallif: Shomurodova Mohira)

10. U dastlab "Reyn armiyasining jangovar qo'shig'i" deb nomlangan. Ruje de Lisle uni birinchi marta do'sti Detrichening uyida ijro etgan. Uni ayting.

Javob: MARSELyeza

20. Pxenyandagi birinchi metro liniyasi afsonaviy mavjudot nomiga qoʻyilgan. Uni ayting

Javob: ChxolLIMA (Koreys afsonaviy oti)

30. 1898-yilda u "Pskov ayoli" operasining muqaddimasi va "Tsar kelini" dramasini yozgan. Uni defis qatnashtirib ayting?

Javob: RIMskiy-Korsakov

40. Fransuz marshali Jan Batist, Karl 14 Yoxan nomi bilan Shvetsiya taxtini boshqarib ushbu sulolaga asos solgan. Qaysi sulola?

Javob: BERNadotlar

50. Bu ikki ayolni qariyb ikki ming yil ajratib turadi, lekin ularning taqdiri nihoyatda o'xshash - harbiy harakatlar paytida boshiga tushgan baxtsizlikdan tortib nikoh tarixi va farzandlar tug'ilishigacha. Bu ikki ayolning ismlarini ayting.

Javob: RokSANA va Roksolana.

Mavzu: uch (3) va unga aloqador (Muallif: Shomurodova Mohira)

10. Kompaniyaning logotipi kompaniya ta'sischilarining ikkita oilaviy gerbi - uchta eman daraxti barglari va bir-birining ustiga joylashgan uchta olmosning birlashmasidan shakllangan. Qaysi kompaniya?

Javob: Mitsubishi (Yaponcha-Uch olmos)

20. Bu maxfiy jamiyatlar 18-asr oxirida paydo boʻlgan va Xitoyda manjurlarga qarshi kayfiyatni ifodalagan.

Javob: Triada (Xitoy mafiyasi)

30. Bir "erkaklar" futbol klubi logotipida futbol toʻpi va ular tasvirlangan. Gerbda tasvirlangan ikki asosli yunoncha so'zni ayting.

Javob: Triskelion

Izoh: futbol tom ma'noda oyoq to'pi deb tarjima qilinadi. Emblemada markazda to'p bo'lgan triskelion (tripod) tasvirlangan. "Erkak" so'zi gerbida triskelion tasvirlangan Men oroliga ishoradir.

40. Andrey Tarkovskiyning "Qurbonlik" filmida kamera ushbu asar bilan albom sahifasini batafsil koʻrsatadi. Moskva knyazligida tugʻilgan shaxsning qaysi asari?

Javob: Uchlik (Andrey Rublevning mashhur kartinasi)

50. Ushbu pyesa birinchi marta 1928-yilda Shiffbauerdam teatrida Kaspar Neher tomonidan ishlab chiqilgan komplektda namoyish etilgan. Pyesada Tilanchilar orqali burjua tuzumi tahlil qilinadi. Qaysi pyesa?

Javob: Uch tiyinlik opera. (Bertold Brext)

Mavzu: Jahon sahnalarini zabt etgan asarlar (Muallif: Shomurodova Mohira)

10. Asarda bosh qahramon otasi vafotidan soʻng taxtga oʻtirgani va onasi bilan turmush qurgan amakisi Klavdiydan oʻch olgani haqida hikoya qilinadi. Qaysi asar?

Javob: Gamlet

20. Asar shu darajada taniqli bo‘ldiki, hatto pyesani biron marta ko‘rmagan kishilar ham nimanidir kutayotgan tanishining holatini ushbu asarga qiyoslashadi. Qaysi asar?

Javob: Godoni kutib

30. Chexovning ushbu asarida XIX asrda Rossiyada sodir bo‘lgan ijtimoiy o‘zgarishlarning odamlarga ta’siri haqida hikoya qiladi.Asar qahramoni Madam Ranevskaya vatanidan uzoqda yashaydi va oradan 5 yil o‘tib qizi bilan mamlakatga qaytadi. Qaysi asar?

Javob: Olchazor bog'

40. Nobel mukofoti sovrindori tomonidan 1944-yilda yozib tugatilgan asarda sevikli ayolining o‘limidan so‘ng baxt, ozodlik va axloqiy qadriyatlardan shubhalangan Rim imperatori xalqi va o‘zini halokatga yetaklagani haqida so‘z yuritiladi. Qaysi asar?

Javob: Kaligula (Albert Kamyu)

50. Gogolning hayotga tashna shizofreniya kasalligi bilan og‘rigan bemor ichki dunyosi haqida so‘z yurituvchi ushbu asari dunyo miqyosida shuhrat qozongan, durdona asarlardan biridir.

Javob: Telbaning kundaligi

Mavzu: Matritsali --mur-- (Muallif: Shomurodova Mohira)

10. Moʻgʻullar bu daryoni Xara-Muren deb atashadi. Qaysi daryo?

Javob: Amur

20. Qahramon shahar» maqomiga ega ushbu shahar 1917-yilgacha Romanov na Murman deb atalgan. Qaysi shahar?

Javob: Murmansk

30. 1962-yilda tugʻilgan bu aktrisaning haqiqiy ismi Demetriya Geyns. Qaysi aktrisa?

Javob: Demi Mur

40. Bir versiyaga koʻra bu afsonaviy qitʼa Gavayi orollaridan Pasxa oroliga qadar choʻzilgan. Qaysi qitʼa?

Javob: Lemuriya.

1864-yil zoolog Filipp Sklater tomonidan ilgari surilgan isbotlanmagan ilmiy farazga ko'ra , Hind okeanida joylashgan va keyinchalik cho'kib ketgan qitʼa

50. Ushbu avtonom viloyat Ispaniyaning janubi-sharqiy sohilida joylashgan. Toponim nomi lat tilidan "mertlar mamlakati" degan maʼnoni anglatadi. Qaysi toponim?

Javob: Mursiya

Mavzu: Avto Fauna (savol yoki javobda jonzotlar) (Muallif: Shomurodova Mohira)

10. Britaniyaning ushbu nufuzli brendi 2008-yildan boshlab Tata Motors kompaniyasiga qarashli boʻlgan. Qaysi brend?

Javob: Yaguar

20. Ushbu italyan kompaniyasining emblemasi birinchi marta 1918-yilda italyan qiruvchi samolyotida paydo boʻlgan. Qaysi kompaniya?

Javob: Ferrari (Qizil ot)

30. Ushbu yapon kompaniyasi avtomobillari kapotlarida uchib ketayotgan qush siluetiga oʻxshash emblemani koʻrish mumkin. Qaysi kompaniya?

Javob: Mazda

40. Chevrolet Camaro sport avtomobili chiqarilgach, ishlab chiquvchilar Camaro ular bilan oziqlanadigan kichik, yovuz hayvon ekanligini ta'kidladilar. ULARNI ayting.

Javob: Mustang

50. Alfa zodiak yulduz turkumi, ispan jangchi buqasi shuningdek, Ford avtomobili hisoblanadi alfani ayting.

Javob: Toros