"Shaxsiy o‘yin" bo‘yicha uchinchi Lanka ichki chempionati 🚩
1) Mavzu: Oʻzbekiston Oliy taʼlim muassasalari
10. ushbu oliygoh Britaniyaning nufuzli nashri tomonidan top 1000talikka kirgan OTMlardan biri boʻlib, unga 1937-yilda bir guruh agranomlar tomonodan asos solingan. U?
Javob: Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash instituti
20. ushbu OTM nomida biz 1877-yil muomalaga kiritilgan terminni ham uchratamiz. U?
Javob: Xalqaro buyuk ipak yoʻli turizm universiteti
30. Oʻzbekiston OTMlaro mashina koʻrinishida boʻlganida deb nomlangan videoda bu OTM inson tanasidagi Jiguli 07 mashinasi sifatida tasvirlangan. U?
40. 1931-yil tashkil etilgan ushbu universitetga kiraverish joyida Landliz doirasida Oʻzbekistonga keltirilgan paravozlardan biri joylashtirilgan. U?
Javob: Toshkent Transport universiteti
50. u 1992-yilda tashkil etilgan boʻlib, uning qisqartmasi kapitalizatsiyasini oʻzgartirsak bir Hind-Yevropa tillar oilasiga kiruvchi tilga duch kelishimiz mumkin. U?
10. Dastlab muallif bu asarni "Yolg‘on, ahmoqlik va qo‘rqoqlikka qarshi 4,5 yillik kurash" deb nomlamoqchi edi.
20. U o‘yinlarda ajoyib natijalar tufayli "shaxmat Motsarti" laqabini olgan.
30. Fransiya o‘zining eng ardoqli vakillarini dafn etuvchi bu qabristonga 5 nafar ayol dafn etilgan. Germen Tillion, Simone Vayl, Jenevye de Goll, Jozefina Beyker va U. Kim?
40. Xonadagi tartibsizlik-boshdagi tartibsizlikdir. Fikr muallifi kim?
50. 1962 -yil 7-aprelda Kalininda tug‘ilgan sovet va rus qo‘shiqchisi. Rus shansoni janrining mashhur vakili. Muxlislar e‘tiroficha "Rus shansoni qiroli". Uning kimligini ayting.
(Boshlovchiga eslatma: savol matnidagi katta harflar bilan yozilgan jumlalar biroz urg‘u berib o‘qilsin. Shuningdek , savol to‘liq o‘qib bo‘linmasdan topilganda savol matnini va izohlarni ma'lumot uchun to‘liq o‘qib qo‘yishingizni iltimos qilib qolamiz.rahmat )
3) Mavzu: 2024-YIL VAFOT ETGAN MASHHURLAR
10. Raj Kapur bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan u va qizi o‘rtasida bir necha yil oldin uy va mashinalarini o‘z nomiga o‘tkazib olish bo‘yicha nizolar kelib chiqqan. 1940 yil Chorjo‘yda tug‘ilgan u "KIM EKAN"ligini toping.
Izoh: savol formasini Kim ekan shaklida berishimiz ham sizga mashhur qo‘shiq orqali javob topishingizga yordab berdi degan umiddamiz.
20. 1955-yil Namanganda emas Farg‘onada tug‘ilgan .O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist. Tog‘lik kuyov filmi rejessiyori , shuningdek bizga charxpalak seralida Jabbor va Sehirli qalpopcha firmida "Rais" rollari bilan tanish. KIM?
Izoh: Namanganda Boborahim Mashrab tug‘ilgan. Kim shaklida savol formasini berishimiz biroz bo‘lsada Kimsanov familiyasiga olib bordi deb o‘ylaymiz.
30. 1960-yil imom oilasida tug‘ilgan . Motaxari Universitetida Huquq fanlar doktori darajasini olgan. 1981-yil "namunali va dindor musulmon" sifatida Karaj shahri prokrori etib tayinlangan. Sharqiy Ozarbayjonda favot etgan uni kimligini toping.
Izoh: Eron prezidenti 2024-yil 19-mayda vertaliyot halokatida vafot etdi.
40. 1935-yil Parijda tug‘ilgan, "Zorro", "Samuray", "Trotskiyni o‘ldirilishi", "Qora lolalar" filimlaridagi rollari mashhur. Ixirgi ijro etgan roli "Astriks va Obliks: olimpiada o‘yinlarida" filmidagi Sezar roli edi .kim?
50. Joriy yilning 7-fevralida vafot etgan ushbu aktyor bizga Suyunchi filmidagi Futbol hakami, Abdullajondagi raisning haydovchisi va Chinor ostidagi duel filmidagi PARPI kabi epizotik rollari va "Kulol va Xurmacha "da Xurmacha rollari bilan tanish. U kim?
4) Mavzu: Javobda O‘zbekiston tumanlari qatnashadi.
10. Uni tayyorlash uchun mayda to‘g‘ralgan go‘sht ,un, piyoz , pomidor va ko‘katlar kerak bo‘ladi .pishirish muddat tez bo‘lganligi uchun piyozni qig‘ichdan yoki blinderdan chiqar tavsiya etiladi. Tuxum sarig‘ini surtish va 15-20 daqiqa mikroto‘lqinli pechga qo‘yish kerak. U Nima?
Izoh: Olot Buxoro viloyatidagi tuman
20. Savol matnida X bilan ikki so‘z almashgan.
- "Bezovtalikni tark etish va X ni boshlash sirlari" nomli kitob 1948-yil Deyl Karnegi tomonidan yozilgan self-help janirida yozigan mashhur kitob. Shuningdek, X Navoiy shahrida joylashgan eng yirik gipermarketning ham nomi .X ni toping.
Izoh: Yangi hayot Toshkent shahridagi tuman
30. 1991-yil To‘xtamurod Jumayev tashabusi bilan tashkil topgan u haqida gap ketganda "ijtimoy tarmoqlardan, o‘yin -kulgudan boshqacha aytganda tashqi dunyoda uzulish va matimateka" kabi jumlalarni ko‘p eshitib mumkin. Ba'zi hazil fikrlarga ko‘ra hozir u o‘zidan ham ko‘ra Toshkentda ko‘p ekan .
Izoh: Qorako‘l Buxora viloyatidagi tuman.
40. 2022-yil mart joyida boshlangan qurilish uch bosqishda amalga oshiriladi. Uni to‘liq bitkazish 2028-yilga rejalashtirilgan va qiymat 92 mlrd AQSH dollariga baholanmoqda. Uni toping.
Izoh: Qo‘shtepa Farg‘ona viloyatidagi tuman. Savolda Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali haqida gap kelayotgan edi.
50. 1953-yil neogen yotqiziqlari orasidan topilgan. 2016-yil Nedirlandiyaning "Buncra BV" kompaniyasi investetsiyasi asosida yangi zavod qurildi. Qadoqni yashil erkinligi sabab Quyosh turlari va boshqa salbiy ta'sirlardan himoya erkinligi keltirilgan. Uni ayting.
Izoh: Chortoq Namangan viloyatidagi tuman.
5) Mavzu: Birinchidan Beshinchigacha
(Javobda yoki mazmunan boʻlishi mumkin)
10. Oʻyinga tayyor boʻlsangiz boshlaymiz. Stiven Spilbergning 2018-yilda chiqarilgan ilmiy-fantastika filmi nomini toping.
Javob: Birinchi oʻyinga tayyor
20. Bu insonlarda oshqozon yaralari va miokard infarkti nisbatan koʻproq kuzatilar ekan. Kimlarda?
Javob: Ikkinchi qon guruhli insonlar
30. Javobda qoʻsh undosh yoʻq. Shimoliy amerikada joylashgan balandligi 6193m boʻlgan choʻqqi mavzumizga mos tushadi.
Izoh: Eng xavsiz choʻqqilar orasida uchinchi
40. Bu ishni qilish Metateatr mexanizmi ga misol boʻladi. Qaysi ish?
Javob: Toʻrtinchi devorni buzish
50.Qurʼoni Karimdagi bu surada Iso paygʻambarga berilgan moʻjizalardan biri-osmondan dasturxon tushgani voqeasi borligi uchun oʻz nomini olgan Qaysi sura?
Izoh: Qurʼondagi 5-sura va maʼnosi dasturxon
10. Vadim Klevayevning ta'kidlashicha, bu kemada eng jiddiy personaj masxarabozdir, boshqa qahramonlar esa uning vazifalarini bajarayotganga o‘xshaydi.
Javob: "Ahmoqlar kemasi" rasmi
20. “Bir kuni kechqurun so‘qmoq bo‘ylab ketayotgan edim, shahar bir tomonimda, fyord pastda edi. O‘zimni charchagan va yomon his qilib, to‘xtab, fyordga aradim, quyosh botayotgan edi va bulutlar qon rangini o‘zgartirgan edi. Go‘yo tabiatdan faryod eshitildi”. Eshitganingiz muallifning ushbu asarning yaratilishi haqidagi eslatmalaridan.
Javob: Qichqiriq (asarning asl nomi: "Tabiat orqali qichqiriq")
30. Shahar Biskay provinsiyasida joylashgan, 17 mingga yaqin aholi o‘rnashib qolgan, "tinchlik harakati timsoli"ning bir qismi hisoblangan va shaharning poydevorini 1366 yilda graf Telyo qo‘ygan.
Javob: Gernika (shahar 1937 yilda fashistlar tomonidan bombalangan)
40. “To‘rsiz baliq ovlash”, “Issiq cho‘g‘da o‘tirish”, “Qulog‘ingga Puflash”, “Kunni savatda ko‘tarish” – siz ulardan bazilarini eshitdingiz
Javob: Golland maqollari (Buyuk Piter Bryugelning rasmi)
50. Versiyaga ko‘ra, bu rasmni yaratish vaqtida Anna vaqtni kursida o‘tirib, ibodat qilib, rassom o‘g‘liga qarab o‘tkazgan.
Javob: Whistlerning onasi (Anna rasmdagi ranglar bilan ko‘rsatilgandek, ruhiy ayol edi)
7) Mavzu: Rangli adabiy qahramonlar
10. Rassom Basil Xollvard birinchi uchrashuvdayoq uning go‘zalligiga qoyil qolgan va uning portretini yasashni taklif qilgan.
20. Stiven King uni filmda irland obrazi sifatida tasvirlagani uchun bu rolga Klint Istvud, Xarrison Ford, Pol Nyuman va Robert Redford kabi aktyorlar ko‘zda tutilgan. Ammo oxir-oqibat rejissyor Morgan Frimanni afzal ko‘rdi.
Javob: Red (Morgan Friman bu rolni o‘ynagan, garchi u asar syujetiga zid
30. Begunoh bo‘lishiga qaramay, Azkabanda bir muddat qamoqda o‘tirgan U Feniks ordenining qarorgohiga aylangan uyini Garri Potterga vasiyat qildi.
40. Bella Sorensen Ginnes sevgi maktublarini yozgan va erkaklar bilan uchrashishni taklif qilgan va ularni shafqatsizlarcha o‘ldiradi. Siz esa unga berilgan taxallusda qaysi ertak qahramonining ismi borligini aytasiz.
Javob: Ko‘k soqol (U "ayol ko‘k soqol" laqabini olgan)
5. “Yulduzli sayohat” turkumlaridan birida qahramonlarning xayoliy personajlari boshqa sayyorada uchrashadi va bu adabiy qahramon birinchi marta doktor Makkoyning oldida paydo bo‘ladi.
Javob: Oq quyon (Oq quyon yordamida Elis mo‘'jizalar mamlakatiga tushadi)
8) Mavzu: Yevro-2024 da eng qimmati
Izoh: Sizga bir terma jamoa nomi aytiladi siz transfermarktning iyun oyidagi transfer narxiga terma jamoasining Yevro-2024 da qatnashgan eng qimmat futbolchisini aytishingiz kerak.
(Manba: Erudit Sport gazetasi 2024-yil 20-iyuldagi 50 soni 16 bet)
9) Mavzu: Nafaqat Imagine Dragons qoʻshiqlari “tarjimada”
10. Amerikalik Roy Sallivan Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan. Sababi Roy yetti marta uning urishidan tirik qolgan. Forma: Uni ayting?
Javob: Chaqmoq (Music: Thunder)
20. Odamdagi U 25 yoshdan keyin har yili bir foizdan mo‘rtlasha boshlaydi. Uning yupqalashishi va mo‘rtlashishining oldini olish uchun kalsiy, fosfor, D vitaminiga boy mahsulotlar isteʼmol qilish zarur. Forma: Uni ayting?
Javob: Suyaklar (Music: Bones)
30. Ularning umr koʻrish boʻyicha kamida 272 yil yashashi mumkin boʻlgan Grenlandiya turlarini uchratish mumkin. ularning 6 chi tuygʻusi elektr stimulni sezib, yashirin oʻljani ovlashda yordam beradi. 16 chi asrda dengizchilar ularni “Dengiz itlari” deb atashgan. Forma Ularni ayting
Javob: Akulalar (Music: Sharks)
40. U 1896-yilda olimlar Henri Becquerel va Marie Curie tomonidan fosforli moddalar bilan ishlash jarayonida kashf etilgan. Ushbu xossa ayting
Javob: Radioaktivlik (Music: Radioactive)
50.XX asr 60-yillarida yaratilgan triller janridagi ushbu film slogani “...Va shuni unutmangki, siz eshitgan keyingi qichqiriq oʻzingizniki bo‘lishi mumkin!ʼʼ edi. Forma: Ushbu filmni ayting
Javob: Qushlar. Alfred Hichkok (Music: Birds)
10) Mavzu: Filmlarga qarab umumiy aktyorni toping
10. Buyuk Shoumen, Jonli po‘lat, Prestij. Qaysi aktyor?
20. Po‘lat odam, Graf Monte Kristo, Jodugar seriali. Qaysi aktyor
30. Stranger Things seriali, Damsel, Enola Holms. Qaysi aktrisa
40. Karib dengizi qaroqchilari 5, Kichik suv parisi, Pabloni sevmoq. Qaysi aktyor
50. Ochlik o‘yinlari, Zatura, Terabitiya mamlakati. Qaysi aktyor
10. Fors tilidan odam emas deb tarjima qilinuvchi bu so‘z ko‘pincha hech nimaga to‘ymaydigan insonlarga nisbatan aytiladi.
20. Kesilgan so‘zini fransuzcha ayting. Yig‘iladigan, yig‘ib boriladigan narsa,savdoga do‘kon yoki Supermarketlarga bog‘liq.
30 Fransuzchadan qaynatmoq deb tarjima qilinuvchi bu so‘z ko‘lpincha betob insonlar darmoni?
40 Bu matematik terminning yunonchadan tarjimasi Nisbiy son
50 U xarbiy unvon bo‘lib, kichik komandir ma'nosi ham bor. Nemis tilida Ozod qilingan degan manoni anglatadi.
(Sizga shaharlar aytiladi siz ularda joylashgan umumiy nomi bir xil klubni aytasiz.)
10-Savol: Baku, Qoʻchqor ota, Bolqonobod va Fargʻona.
20-Savol: London, Tbilisi, Kiyev, Sarandi, Tula.
30-Savol: Baku, Bratistlava, Turku, Zapreshich, Luanda va mashhur Italiyada.
40-Savol: Braunshveyg, Trir, Bamberg, Frankfurt.
50-Savol: Moskva, Jodino, Kutaisi, Berdiyansk.
10. Jef Airplane'ning U nomli qo‘shig‘i "bir dori sizni katta qiladi, biri esa kichik qiladi" so‘zlari bilan boshlanadi. Qo‘shiq nomini ayting
20. Kolin Bryusning 2004-yilgi "Uning quyonlari" kitobi nomida kvant dunyolari so‘zlarini ko‘rish mumkin. U o‘rnidagi familiyani ayting
30. Quyonlarning tezligi va o‘zida yuqori energiya saqlashi sabab ushbu ikki kompaniya o‘zlarining marketingida quyondan ko‘p foydalanishadi. Ulardan istalgan birini ayting
40. 1893-yilda U 5 yoshli o‘g‘lini xursand qilish uchun quyon surati tushirilgan hikoyali xat yozadi. Keyin esa o‘g‘lining qiziqishi sabab bunday xatlardan ko‘plab jo‘natadi.
Izoh: "Piter quyon" kitobi muallifi
50. "Looney Tunes"ga tegishli 1981-yilgi filmda U o‘zining mashxur"Men yomon emasman, faqat shunday chizilganman" gapini aytadi.
10. Unga atalgan bir nekrologda "O‘lim savdogari vafot etdi" so‘zlari yozilgan edi.
20. 1991-yil 20 krona muomalaga chiqqach, U shved banknotasida tasvirlangan ilk ayolga aylandi.
30. XIX asr 70-yillarida u telegraf uskunalari chiqaruvchi Ollers kompaniyasi, biroz vaqt esa Siemens kompaniyasida ishlagan. Uning familiyasini ayting
40. Upsala universiteti professori boʻlgan U inson yaratgan shkala dastlab lotincha yuz qadam ma'nosini beruvchi santigrad so‘zi bilan atalgan. Uning ism-familiyasini ayting
Qabul emas: Selsiy. Sababi Ander Selsiyning amakisi Olof Selsiy mashxur botanik boʻlgan va Karl Linneyning ustozi edi
50. 2011-yildagi Elizabet Asbrinkning "Shvetsiyada ishlab chiqarilgan" kitobi ushbu shaxs haqida edi.
Izoh: IKEA kompaniyasi asoschisi
10. Bir hazilda vodiy palov so‘ragan odamga uni isitib kelishadi u nima?
20. uning natijasida shaharning 4 ta metro bekati ishlamay qolgan.
30. Tilning aylanmay qolishi madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar, jet lag va charchoqning ta'siri Psixolog Mario Reno uning sabablari deb yuqoridagilarni keltirib o‘tgan u nima.
40. ransuz tilida “Xitoy halqalari” deb nomlangan asbob nomida “vaqtni behuda sarflovchi” ma’nosini bildiruvchi so‘z ishlatilgan. Ayting-chi, Edvard Lukas qanday ixtironi yaratishda "Xitoy halqalaridan" ilhomlangan.
50. Qizig‘i shundaki, bu boradagi ilk g‘oyalar Chikago universitetida boshlangan bo‘lib, “Kamalak” nomini olgan,uning ishtirokchilari orasida A. Eynshteyn, Jon fon Neyman, N. Tesla kabi olimlarni ko‘rish mumkin.
16) Mavzu: Germaniya terma jamoasidagi legionerlar
10. Uning onasi nemis, otasi esa tunislik. Futbolchi uzoq yillar “Yuventus” sharafini himoya qilgan
20. Uning otasi Matias etnik jihatdan nemis, onasi Lili esa Serra-Leonedan. Futbolchi professional faoliyatini Shtutgartda boshlagan, keyin esa Italiyaga ketgan.
30. 2005-2011 yillarda Gamburgda to‘p surgan bu yarim himoyachi Polshaning Tchev shahrida tug‘ilgan.
40. JCH-2010 oldidan Nigeriya terma jamoasi taklifini qabul qilmagan bu futbolchi “Shalke” sharafini himoya qilgan
50. “Dornberg” havaskor futbol klubiga ustozlik qilgan bu qonli futbolchi surunkali jarohati tufayli 29 yoshida faoliyatini yakunlashga majbur bo‘ldi. U 2002-2006 yillarda Dortmundning "Borussiya" klubida o‘ynagan.
10. 1955-yilda unga Milliy kutubxona direktori etib tayinlash taklif qilinganida, u bunga bajonidil rozi bo‘lgan edi.
20. Shvetsiyaning ushbu shahri kutubxonasi Karl Linney nomi bilan atalgan
30. U Belarus Milliy kutubxonasining N1-sonli o‘quvchi chiptasiga ega
40. Rossiyaning eng yirik ilmiy-pedagogik kutubxonasi ushbu mashhur shaxs nomi bilan atalgan
50. Alejandro Amenabarning 2009 yildagi ushbu filmi tarixdagi birinchi ayol olim va Iskandariya kutubxonasi rahbari Gipatiyaga bag‘ishlangan.
18) Mavzu: Nafaqat Eminem qoʻshiqlari ishtirok etadi.
10. Uning guvohnomasida Yaponiya fuqaroligi bilan birgalikda Yaponiya pop madaniyati elchisi unvoni ham koʻrish mumkin. Yashash manzili sifatida 1954-yilda birinchi u haqida filmini chiqargan Toho kino kompaniyasining binosi ko‘rsatiladi. Forma: Uni ayting?
20. 1962-yilda Grigoriy Pek ushbu filmdagi Attikus Finch roli uchun ʼʼOskarʼʼ mukofotini qoʻlga kiritadi. Film Xarper Li ning shu nomli asari asosida suratga olingan. Forma film nomi?
Javob: Mazaxchini oʻldirish “To kill a Mockingbird”
30. 1910-yilda O‘sha yili u sanoqli soniyalar ichida gumburlashga shay turgan zambarak og‘zidan qutulish tomoshasini namoyish etdi. Tarixda ilk bor Biplan samolyot bilan Avstraliya uzra parvoz qildi. Forma u kim?
40. Savolda bir soʻz tushurib qoldirilgan. Shahed-149 dronining ma’lum xususiyatlar: optik modul, termal tasvir, infraqizil sensor va lazer masofa o‘lchagich bilan taʼminlangan.Shahed-149 droni razvedka va zarbalar uchun ishlab chiqilgan. parvoz paytida u 13 tagacha bomba olib yurishi mumkin.nForma Tushurib qoldirilgan soʻzni ayting?
Izoh: U kamikadze dron boʻlib Bomba bilan nishonga zarba beradi va oʻzi ham portlaydi.
50. Oʻyindagi asosiy missiya birinchi boʻlib 800 ta nishonni oʻldirgan QOTIL gʻolib boʻladi. Albatta qotilliklar HISOBLAB boriladi. Forma: Ushbu video oʻyinni ayting
10. Yunon yetti donishmandlaridan biri. U nafaqat siyosatchi, balki shoir ham boʻlgan. Uni ayting?
20. Sintoizmda aqiydasida uchraydigan USHBU mahluqot suv va havoda yashashi aytiladi. Shuningdek, Miyadzaki UNI oʻzi qahramoni sifatida ham jonlantirgan.
30. Ushbu Yevropa QURULISH uslubi 18 asr ikkinchi yarmida fransuz arxitekturasida keng qoʻllanilgan. Terminni esa birinchi navbatda J.J.Russo ishlatgan. Terminni ayting?
Javob: Rokoko. Qabul emas: Boroko.
40. Bu klostridium bakteriyalari keltirib chiqaradigan jiddiy infeksiya, koʻproq tuporqda, goʻngda va hayvonlarning najasida uchraydi.
50. U Budapeshtda yahudiy oilasida, 1926-yili tugʻilgan. Muhandis-mexanik boʻlgan U qurilish kompaniyasiga asos soladi. Jahon matbuoti uni KOʻRINMAS SOROS deb ataydi. Uning ism-familiyasi?
10. Bu orolning eng yirik shaharlari: Oristano, Sassari, Karboniya va Kalyari
20. Tinch okeanida joylashgan Xuan Fernandes arxipelagiga 3 ta orol kiradi. Santa Klara, Aleksandr Selkrik. siz bu orollar orasida yagona odamlar yashaydigan uchinchi orolni ayting
30. Poytaxti Viktoriya boʻlgan va Lui XV davrida turli vazirlik lavozimlarida ishlagan Jan Maruan nomi bilan atalgan bu nomli orollar Hind okeanidagi 115 ta kichik quruqlikdan iborat.
40. Golland tilidan tarjima qilingan, ya'ni "o‘tkir, uchli tog‘lar" degan ma'noni anglatadigan bu orol 1596 yilda uni kashf etgan sayohatchi Villem Barens sharafiga nomlangan.
50. Dunyodagi uchinchi yirik orol Borneoda ushbu 3 davlatning yerlari mavjud; Orol bu xususiyatga ega dunyodagi yagona oroldir, uch davlatni ham ayting
Javob: Bruney, Malayziya, Indonesia
21) Mavzu: Turli davlat Jorjlari
10. 1936-yil tavallud topgan ushbu argentinalik 2013-yilning mart oyida o‘ziga Fransisk ismini oladi. Kim bu inson?
20. Mamlakatimizda 2010-yildan buyon muntazam ravishda, Sevastoplda vafot etgan ushbu inson xotirasiga bag‘ishlab, shaxmat turniri o‘tkazilib kelinadi. Kim bu inson?
30. O‘z asarlarida ijtimoiy tenglik hamda ayollar va erkaklar huquqi barobarligi g‘oyalarini ilgari surishi bilan tanilgan Avrora Dyupinni biz shu taxallus ostida taniymiz! Qanday taxallus?
40. 2023-yilgi "FOOD" Tv-shousi afishasida U bir-necha bog‘lam dollarni pichoq bilan to‘g‘rayotgani tasvirlangan! Uning kimligini yozib bering!
50. Uning bizga mashhuridan tashqari "G‘assonlik qiz" , " Horun ar-Rashidning singlisi" kabi ayollar bosh qahramon sifatida gavdalantirilgan asarlari ham mashhur! 1914-yilda Qohirada vafot etgan ushbu yozuvchi kimligini yozib bering!
Izoh: Jurji ismi Jorjning baskcha analogi hisoblanadi. Jurji Zaydon Livanda tavallud topgan!
22) Mavzu: Ism yoki familyada qush nomlari!
10. Qanchalik g‘alati tuyulmasin, ayrim manbaalarga ko‘ra , U hech kim bilan yaqin munosabat o‘rnatmagan va to‘liq feministik ruhda karera olib borgan! U deganda nazarda tutilayotgam italyan kimligini ayting!
Izoh: Ma'lumot Naytingeyl effektini inkor etadi. Naytingeyl so‘zi bulbul deb tarjima qilinadi!
20. 2020-yil The New York Times nashri ushbu shaxsni "XXI asrning eng buyuklaridan biri" deb tabriklar ekan " Unaqasi boshqa TUG‘ILMAYDI " jumlasi orqali hazl qiladi! Ushbu aktyor kimligini ayting!
30. Terminologiyada o‘zini-o‘zi tinimsiz tanqid qilish va qilgan ishlaridan asossiz qoniqmaslik holati, 1883-yilda tavallud topgan ushbu Pragalik nomi bilan ataladi. Kim bu Pragalik?
Izoh: Frans Kafka o‘z asarlaridan ko‘ngli to‘lmagani uchun 80% qo‘lyozmasini yoqib yuborgani haqida manbaalar mavjud!
40. Bir qishloqda tug‘ilib umri davomida shu yerdan tashqariga chiqmagan bo‘lsada, 4 ta davlat fuqaroligi egasi bo‘lgan bu inson haqida 2010-yilda "Uch asr guvohi" filmi suratga olingan! Ushbu ayol kimligini ayting!
Javob: To‘ti ( Tojiboyevna) Yusupova
Izoh: 2012-yilda "Dunyoning eng keksa kishisi" deb tan olingan To‘ti Yusupova 134 yil-u 270 kun umr ko‘rgan o‘zbek ayoli hisoblanadi. U 2014-yilda vafot etgan!
50. Filmni su'ratga olish paytida ushbu aktrisa atigi 14 yoshda bo‘lgani sababli film so‘ngidagi jumlalar haqiqatga to‘la mos deyish mumkin! Kim bu aktrisa?
Izoh: Dodo Chokuvadze "Alovuddin" filmidagi Malika Budur roli orqali mashhur. Bilsangiz kerak, film "16 yoshga to‘lmaganlar" jumlalari bilan yakunlanadi!
23) Mavzu: Yunon mifologiyasi va asteroidlar
10. Lubosh Kohutek tomonidan kashf etilgan ushbu asteroid 3 ta asosiy qismdan iborat bo‘lib, ushbu mifologik mavjudot nomi bilan atalgan. Qaysi mifologik jonzot
20. Benjamin Gould bu asteroidga vafot etgan rafiqasi Blandina xohishga ko‘ra shu nomni bergan balki blandina bu asteroidlar ichdagi ilk ayol astroid deb hisoblagandi.
30. 1865 yilda kashf etilgan, 1997 yilda qayta ko‘rib chiqilgan, 2007 yilda tarixda xatolilar bo‘lishi mumkin deb hisoblanib rasadxonada yana o‘rganilgan. Bu asteroid qaysi ilohiyot nomi bilan atalgan.
40. 1987 yilda ushbu asteroidning zichligi Goldstone radarı tomonidan aniqlangan. Qaysi asteroid?
50. Qizigi shundaki 1901-40 yillarda asteroid harakatini kuzatgan astronomlar u yerga hech qanday xavf tug‘dirmagan degan xulosaga kelishdi. Astroid nomini ayting
10. Uning nomlaridan biri M31 bo‘lib, uning kengayish tezligi sababli Somon yo‘li gallaktikasi o‘lchamiga tenglashib olishi ham mumkin ekan. U nima?
20. Feyenoord, PSV va u birgalikda Niderlandiyaning katta uchligini tashkil etadi. U nima?
30) Serbiyada tashkil etilgan ushbu kompaniya dastlab havo transportlatini ishlab chiqargan bo‘lsa, keyinchalik jamoat transportlarini ishlab chiqara boshlagan. Shunga ko‘ra kompaniya o‘z nomiga 1 harf qo‘shib, o‘ziga yangi nom olgan. Kompaniya hozirda qanday nomlanadi?
40. Rojer van der veyderga tegishli Burgundiya grafi Filip Yaxshining portretida Uni ham ko‘rish mumkin. Balkim shuning uchundir uning asl nusxasi o‘g‘irlab ketilgan deyiladi. Uni 3 so‘zda ayting
50. 2021-yil qadri jihatidan bu kompaniya Louis Vuitton va Chanel dan keyingi 3-o‘ringa chiqa olgan bo‘lib hozirda uning eng mashxur mahsuloti Birkin Bag hisoblanadi. Kompaniya nomini toping
10. Kontr strayk 2 boʻyicha ilk Major turniri USHBU shahardagi Royal arenada boʻlib oʻtdi.
20. Uning soʻnggi egasi Yanik Sinner boʻlib, mezbon Teylor Friszdan ustun kelgandi.
30. Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa”, Surxondaryo viloyatidagi “Dalverzintepa”, Andijon viloyatidagi “Mingtepa”, Qoraqalpogʻistondagi “Qoʻyqirilgan qalʼa” va Samarqand viloyatidagi BU joy Oʻzbekistonda rasman roʻyxatga kiritilgan ochiq osmon ostidagi muzeylar hisoblanadi.
40. U 2018-19 yillarda Uzbekiston Futbol federatsiyasiga rahbarlik qilgan. Hozirda esa Boks federatsiyasi rahbari. Shovot tumanida tug‘ilgan U kim?
50. Arxitektor Frenk Vrayt BUNI XX asr boshida o‘ylab topgan. U Karl va Anri Grin g‘oyasini rivojlantirib, xodimlar uchun erkin ish joyi yaratish tarafdori bo‘lgan.
10. Qizil iblislarning ushbu oʻyinchisi debyut oʻyinini 2016-yil fevralida UEFA Yevropa Ligasida "Midtjylland"ga qarshi boshlagan.
20. U toʻqqiz farzandning eng kattasi boʻlib, uning familiyasi Segal ismining bir varianti boʻlib, yahudiy jamiyatida odatda levitlar oilasida tugʻilgan bolalarga qoʻyilgan.
30. U o‘zining mashhur harakatini izohlash maqsadida yozgan kitobida bahonalardan biri sifatida Mona Liza aslida italyanlarga tegishli ekanligini aytgan.
40. 1992-yilda Xayao Miyadzaki tomonidan uning qilgan ishlariga bagʻishlangan Porko Rosso animesi ishlab chiqilgan.
50. Ushbu Avstraliyalik yozuvchi "Kitob oʻgʻrisi" va "Messenjer" romanlari uchun 2014-yilda Margaret Edvards mukofotiga sazovor boʻlgan.
10. 100 yil bir unga teng. Uni ayting
20.Birinchi marta 1980-yilda nashr etilgan ushbu asarni oʻzbek tiliga Asil Rashidov tarjima qilgan. Bosh qahramonlari Edigey, Kazangap, Sobitjon.
30. 1968-yil 18-oktabrda Mexiko olimpiadasi doirasida o‘tkazilgan uzunlikka sakrash sportida Bob tomonidan amalga oshirilgan 8.90 m lik natija tarixda shunday nom ostida qolgan.
Ushbu kino kompaniya tomonidan Avatar, X-odamlar, Muzlik davri, Rio, Maymunlar sayyorasi kabi mashhur film va animatsiyalar ishlangan.
qabul emas XX CENTURY KINO FOX
50. Jamol Kamol qalamiga mansub ushbu saylanma 2007-yilda nashr etilgan boʻlib, unda 60-80-yillarda yozilgan eng sara she’rlari, g‘azal va muxammaslari jamlangan.
10. U "Real Madrid"ga o‘tganida, 7-raqamli forma Raulga tegishli edi, shuning uchun u o‘z kumiri Maykl Jordan faoliyati davomida kiygan 23-raqamli formani afzal ko‘rdi.
20. “Olimpik Lion”da 17-raqam, “Lans” klubida 17-raqam, “Manchester Siti”da 23-raqam ushbu futbolchi tufayli nafaqaga chiqqan.
30. Beshiktosh klubi tomonidan 2005-06 yilgi mavsum uchun Turkiya futbol federatsiyasiga yuborilgan ishtirok arizasida bu futbolchi 1-raqamda qayd etilgan.
40. 2004-2006 yillarda "Vilyarreal"da o‘ynagan uzun sochli chap qanot himoyachisi ba'zi o‘yinlarda 12-raqamli libosiga "+" belgisini qo‘shib qo‘ygan, chunki uning jamoadoshi 3-raqamga ega edi.
50. 2008 yilda «Milan» tomonidan transfer qilingan uch nafar futbolchi tug‘ilgan kunlari sharafiga 76, 80 va 84 raqamli formalarni tanlashgan. So‘z yuritilayotgan futbolchilar mos ravishda "Chelsi", "Barselona" va "Arsenal"dan transfer qilingan. Ularni uchalasini ham ayting
Javob: Andrey Shevchenko, Ronaldino, Matyo Flamini
10. Uning afzalliklari qatorida "Bizning vazifamiz mashhur messenjerlar orasida eng yaxshi himoyani ta'minlashdir" degan yozuvni ko‘rishimiz mumkin?
20. U Iso Masihni va toʻrtta xushxabarchini tasvirlaydigan umumiy nasroniy ramzidir. Uni ikki so‘zda ayting?
30. 1863-yilda Xalqaro Qizil Xoch Qizil Xochni qabul qilganda, U Yashil Xochga o‘tdi. Uni aytib bering?
40. U dunyoni egallash maqsadida yaratilganligini uning logosidagi yer sharidan ham bilish mumkin. 1997-yili asos solingan qaysi kompaniya?
50. U elektr energiyasi va issiqlik ta'minoti sohasida faoliyat yurituvchi Rossiyaning eng yirik xususiy kompaniyasidir. Kompaniya logosida bir harf ham plus ko‘rinishida tasvirlangan. Qaysi kompaniya?
30) Mavzu: Unlisi faqat u (Toponomika)
10. Tilshunos Z.Do‘simov toponimni arg‘u qabilasi nomi bilan bog‘lash mumkin, deydi. Arkut asosida bu joy “arg‘u, arg‘ular yashaydigan joy” ma’nosini bildiradi, deydi. Qaysi toponim?
20. Bu nomning kelib chiqishi asosiy sababi shuki, mahaliy aholi xo‘jalik faoliyatida yaylov, quduq, qum, suv kabi
tabiiy landshaft komponentlari muhim rol o‘ynaydi. Qaysi nom?
30. Yana bir versiyaga ko‘ra, “burchak oxiri, chegara va qir, qir yonbag‘ri, tog‘ yonbag‘ridagi soylik, zov, tepalik qirrasi” so‘zlaridan tashkil topgan. Demak, Bu toponim – “uzunasiga ketgan yassi tog‘lik burchagi” ma’nosini beradi. Qaysi toponim?
40. Bu toponim “tez”, “harakatchan”, “chiroyli”, “go‘zal”, “loyiq” degan ma'noni anglatishi ehtimoldan xoli emas. Qaysi toponim?
50. Rivoyatga ko‘ra, bu nom surgun qilingan to‘qqizta qizning o‘g‘illaridan tarqalgan kishilarning avlodi bo‘lib, “To‘qqiz kishi” demakdir. Qaysi toponim?
31) Mavzu: Turli millat Umarlari
10. 1048-yilda Nishopurda tavallud topgan. matematik, astronom, faylasuf, hakim, fizik va mutafakkir shoir. Kim?
20. U intervturlarining birida shunday degan edi: Ronaldoni chizish messidan ko‘ra qiyinroq. U kim?
30. Uning haqiqiy familyasi Lutfulloyev. 2020-yil 12-dekabrdan beri IBA prezidenti. EUBC birinchi prezidenti xisoblanadi. Kim?
40. Ispan aktyori, Netflix tomonidan suratga olingan Elita nomli serialidagi Omar Shana roli bilan mashxur. Kim?
50. Indoneziya harbiy va siyosiy arbobi, 1983-1988- yillarda Indoneziyaning to‘rtinchi vitse-prezidenti bo‘lib ishlagan kim?
32) Mavzu: Dunyo davlatlari etimologiyasi
10. Bu davlat nomi muzliklar bilan qoplangani uchun muz va yer sozlarining qoshilishidan kelib chiqqan.
20. Afsonalarga ko‘ra, Sumatra shahzodasi Sang Nila Utama bu yerda ovga chiqib, qandaydir yirtqichga duch kelgan va uni sher deb o‘ylagan. Shu sababli bu yer "arslon shahri" deb ataladi. Ammo bu yerda arslonlar yoq.
30. Bu davlat nomi janubiy degan manoni bildiradi. Qadimgi yunonlar bu yerni nomalum janubiy yer deb atashgan.
40. Bu davlatning ikkinchi nomi Druk-Yul, olimlarning taxminlariga ko‘ra, "dahshatli ajdar mamlakati" ma'nosini anglatadi.
50. Avstraliya shimoli sharqida joylashgan bu davlat nomi anaoero so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib men plyajga ketyapman degan manoni bildiradi.
10. Nikitinning "Aleksandra" qoʻshigʻi USHBU filmda ijro etilgan.
Javob: Moskva koʻz yoshlarga ishonmaydi.
20. Aleksandra Asteroidi USHBU nemis olimi sharafiga nomlangan.
30. UNING sharafiga 1898 yil Buxoro Amirligida Iskandar Solis (Aleksandr Quyoshi) ordeni ta'sis etilgan.
40. U otasi bilan ikki yil davomida uning bu kungacha bosib oʻtgan yoʻllari haqida “Qanday qilib 14 yoshda grossmeyster boʻlish mumkin” nomli kitobini chop etishgan.
50. USHBU inson xususiy ingliz kemasi "Sink Ports" ning eng mashhur kvartermeysteri edi.
10. USHBU shahar Rossiya shaharlarining onasi hisoblanadi.
20. Saudia Arabistonidagi BU shaharning arab tilidan tarjimasi ham shahar ma'nosini anglatadi.
30. Sinhala tilida Korumbu chegara degan ma'noni anglatadi. Ushbu soʻzdan keyinchalik shu shahar nomi kelib chiqqan.
40. Voronejning Pavlovsk shahrining qadimiy gerbida U tasvirlangan.
50. Afsonaga koʻra BU shahar Karfagen generali Hamilkar tomonidan asos solingan.
35) Mavzu: Shaxs nomidan kelib chiqqan
10. Ushbu soʻz 18-asrda Londonda bezorilar toʻdasi boshligʻi boʻlgan, Irlandiyalik - Partik nomidan kelib chiqqan deya qaraladi
20. Bu musiqa asbobini yaratgan usta, olim Gektor Berlioz oʻz ijod mahsuliga yaqin doʻsti Adolf sharafiga nomlaydi
30. Ushbu atama Napoleon armiyasi askari - Nikolay nomidan olingan. U oʻlgunicha oʻz imperatoriga sodiq qolgan va u haqida nutqlar soʻzlagan. Qaysi atama?
40) Ushbu soʻz fransuz oshpazi Andre Dyupon tomonidan o‘ylab topilgan bo‘lib, rus grafi Aleksandr Grigoryevich Strogonov sharafiga nomlangan
Izoh: Fransuzchadan bu taom nomi "Strogonovcha tayyorlangan goʻsht" degan ma'no anglatadi
50. Muttaham qalloblarga nisbatan ishlatiladigan bu soʻz, fransuz tabibi Sharl ismidan olingan ekan. Bu qallob tabib bemorlarni pulini olib, davolamasdan qochib qolgan ekan
10. Trinidad orolidagi mashhur "Peach Lake" ko‘li, afsonalarga ko‘ra, xudolar hindulardan g‘azablanib, ularning qishlog‘ini yutib yuborgan havza yaratishi orqali paydo bo‘lgan. Chunki hindular bu KICHIK qushni juda ko‘p iste'mol qilishgan. Qaysi qush?
20. Heysli Krovford - USHBU OLIY NATIJAga erishgan yagona Trinidad va Tobago fuqarosi hisoblanadi. Qanday natija?
Javob: Olimpiada oltin medali - Yengil atletika bo‘yicha
30. BU MUKOFOTGA esa, ikki nafar Trinidad va Tobagoga aloqador shaxslar, Derek Uolkott va Vidiadxar Naypollar sazovor bo‘lishgan. Qaysi mukofot?
Javob: Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti
40. Kallalu sho‘rvasi - Trinidad va Tobagoning milliy ovqati bo‘lib, boshqa bir kontinentdoshining nomi bilan ataluvchi mahsulotsiz tasavvur qilish qiyin. Qaysi mahsulot?
Izoh: Chili qalampiri bu sho‘rvaning asosiy masallig‘i ekan.
50. 18-asr oxirida Trinidad va Tobago aholisi inqilobdan qochgan fransuzlar va BU kichik orol DAVLAT aholisi tufayli keskin ko‘paydi. Qaysi davlat?
Izoh: O‘sha davrda Gaitida ham katta inqilob yuz bergan.
37) Mavzu: Bir xil initsialli adiblar.
10. Oilasining Dublin bo‘ylab u yoqdan bu yoqqa sang‘ib yurishi ushbu yozuvchiga o‘z personaji Blumning sargardonliklarini tasvirlashda turtki bo‘lgan deyish mumkin. Qaysi yozuvchi?
Izoh: "Uliss" asari qahramoni.
20. Uning bobosi va onasi Hindistonda — Karachida missionerlik bilan shug‘ullanishgan. Asarlaridagi sharqona simvolizm uchun unga "buddist" degan ayblov ham qo‘yilgan. Kim u?
Izoh: "Siddhartha" asari muallifi.
30. "Evrilish sarxushligi" asari avstriyalikning tugallanmagan romani sifatida talqin qilinib, rus tiliga "Kristina Xoflener" nomi bilan tarjima qilingan. Asar muallifini ayting.
40. Ushbu rus adabiyotining klassigi "Ayoz, qizil burun", "Mazay bobo va quyonlar", "Temiryo‘l" kabi she'r va dostonlar muallifi hisoblanadi.
50. Ushbu gruzin dramaturgiyasi va teatrining yetakchilaridan biri bo‘lgan adibning "Dengiz xayoli" asarini Rauf Parfi o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Qaysi adib?
10. Osiyodagi ushbu poytaxt shaharda Petronas egizak binolari joylashgan
20. Yevropada joylashgan bu poytaxt ikkita davlat bilan chegaradosh dunyodagi yagona poytaxt hisoblanadi.
Izoh: Avstriya va Vengriya bilan chegaradosh.
30. Ushbu Osiyodagi poytaxt shaharni "Farishtalar shahri" deb ham atashadi. Qaysi shahar?
40. Dastlab 1908-yilgi IV-Olimpiya o‘yinlari ushbu Yevropa poytaxtida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Biroq, 1906-yilda yuz bergan tabiiy ofat mamlakat byudjetiga zarar yetkazadi va o‘yinlar Londonga ko‘chiriladi.
Izoh: tabiiy ofat Vezuviy vulqoni otilishi.
50. Bu poytaxt shaharning hududini 2ta ko‘prik birlashtirgani uchun aynan shunday nomlangan.
Izoh:Ma'nosi: "Koʻprik shahar".
10. Bu shtatning poytaxti Juno hisoblanadi. Axolining aksariyatini aluetlar, eskimoslar va indeyslar tashkil qiladi.
20. Bu shtatni "Buyuk koʻllar shtati" yoki "Rosomaxalar shtati" deb atashadi.
30. Bu shtatni Yevropadagi boshqa bir davlatga adashtirib yubormasligingiz uchun inglizchada yozmayman.
40. AQShning bu shtatida odamlar soniga qaraganda qoramollar koʻproqdir. Yana bu shtat oʻzining steyklari bilan ham mashxur.
50. Bu shtatning tarjimasi "qizil insonlar" ma'nosini beradi. Bunday atalishiga sabablardan biri hindularning soʻngi eng katta qabilasi aynan shu shtat hududida yashagan ekan.
10. Uning yon taxtalarida koʻpincha qanotlar tasvirlangan. Uni qoʻsh undosh qatnashtirib ayting.
20. Uning ismlaridan biri Xiaolong boʻlib, "kichik ajdaho" degan maʼnoni anglatadi. Ehtimol bu ismni 1940-yil ajdar yilida tugʻilganligi sabab olgan.
30. Ispanlar 1596-yilda uning vafot etgan kunini milliy bayram sifatida nishonlashgan. Uning ismi va familiyasini ayting.
40. Bu orolda musulmonlar oʻliklarni quyma sement plitalari bilan oʻrab dafn etishadi. Qaysi orol
50. Ajdaho sifatida tasvirlangan bu shumer maʼbudasi nomi Shvetsiyaning bir musiqiy guruhi nomlangan.
41) Mavzu: A harfiga yozuvchilar
10. 1928-yil Shakar qishlog‘ida tug‘ilgan bu yozuvchining millati mo‘g‘ul emas, balki qirg‘iz.
20. U 1875-yilda vafot etgan va Kopengagendagi Assestens qabristonida dafn etilgan.
30. Uning nomidagi adabiy mukofot Yaponiyada 1935-yildan buyon berib kelinadi.
40. U shuningdek 2017-yilda Leonardo da Vinchi, 2023-yilda Ilon Mask biografik kitoblarini ham nashr ettirgan.
50. Uning 2011-yilda chop etilgan “Men ko‘r edim, lekin hozir ko‘raman” kitobi 2011-yilda Amazon.com saytining motivatsion kitoblar bo‘limida 1-o‘rinni egalladi. Kimning?
10. Istanbul-qalbga ishq olovi tushgan, ishq tasavvur dunyosi bilan topishib, o‘lim bilan tutashib ketgan shahardir... Shaharning har bir toshida ishqning asari bor. Men sizga bu kitobda Istanbul oshiqlarining afsonaga aylanib ulgurgan hayotini aytib bermoqchiman. Muallif Fotih Duman qaysi asariga ishora qilmoqda?
20. Ispaniyalik professional futbolchi, premyer liganing Fulhem klubi va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi.1996-yil 25-yanvarda tug‘ilgan. Futbolchining ismini ayting?
30.Iroq diktatori (1979–2003), Iroqni mintaqaviy super kuchga aylantirishga urinishlari 1991 yilgi Fors ko‘rfazi urushiga olib keldi. Kim?
40. Angliyalik huquqshunos, 1968-yil tug‘ilgan. ''Baxtli bo‘lishni 10ta siri'' kitobini muallifi. Kim?
50. 2000-yilda tugilgan ushbu Daniyalik yarim himoyachi bizga EURO 2020 dagi yorqin oyinlari orqali yaxshi tanish, Nordshellan Sampdoriya va hozirgi kunda Brentford sharafini himoya qilib kelmoqda-Mikkel Damsgor
44) Mavzu: Hammasi H dan boshlanadi
10. Rauf Jilasun qalamiga mansub asar. Bo‘lgan voqealarga asoslangan. Ikki so‘zda yozib bering?
20. Livandagi shia-islomiy siyosiy partiyasi va jangari guruhi boʻlib, 1992-yildan beri unga bosh kotibi Hasan Nasrulloh rahbarlik qiladi. Qaysi partiya?
30. Turk meʼmori va muhandisi, 1538-yildan Sulton Sulaymon I huzurida bosh meʼmor. U Vizantiya meʼmorligini ijodiy oʻrgangan. Uning bevosita rahbarligida juda koʻp saroy, masjid, maqbara, istehkom, koʻpriklar va boshqa inshootlar bunyod etilgan. Kim?
40.Ushbu kompaniya O‘zbekistonning yangi aviakompaniyalaridan biri bo‘lib, 2021-yilda tashkil etilgan. Kompaniya O‘zbekistonning xalqaro va ichki aviatsiya bozorida xizmat ko‘rsatadi. Kompaniya nomini 2 so‘zda ayting
50. Amerikalik aktrisa. U 1999-yilda ABC telekanalining The Practice serialidagi sudya Roberta Kitlson roli uchun drama serialidagi eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun Primetime Emmy mukofotini qo‘lga kiritdi. Javobni topishingizda bir norveg futbolchisi yordam berishi mumkin? Kim?
Javob: Holland Virginia Taylor
10. U nomli o‘yinda siz olmalar yig‘ib, do‘ppi sotib olasiz. U nomli asa bosh personaji ismini toping?
20. Timur Yunusov va Dostonbek Islomov qaysi guruh a'zolari hisoblanadi?
30. Sochidagi Olimpiya o‘yinlari translyatsiyasi vaqtida sharhlovchi fransiyalik figurachi Mae Berenis Meyteni kutilmaganda yaxshi harakat qilganini ko‘rib, Uni esga oladi. Uni 2 so‘zda toping?
40. Uning logotipida reza meva emas balki qora D harflaridan bir nechtasi joylashtirilgan. Qaysi kompaniya?
50. Afgʻon urushi davrida "Yuk 200" ortilgan sovet samalyotlari shunday atalgan. Aleksandr rozenbaumning ham shu nomi lirik qoʻshigʻi mavjud. Qaysi 2 soʻz bilan nomlangan.
Izoh: Aleksandr Rozenbaumning qoʻshigʻi askar tanalarini olib ketayotgan “Qora lola”ning uchuvchisi xaqida.
10. Yosh buqalarni o‘ldiradigan Ularga novilero deyiladi. Ularning bosh kiyimi Monteradir. Ularni toping?
20. Ularning Birinchi yirik qoʻzgʻoloni 1337-yil Sabzavor hokimining jiyani Boshtin qishlogʻiga kelib, aholiga zulm qilishi natijasida koʻtarilgan.
30. Filipp Peti Egizak binolarda bu ishni qilgani bilan juda mashhur. Filipni kasbi nima?
40. Asarda Rassom Basil Xollvard yosh va go‘zal Uning portretini chizadi. U kim?
50. Siz-u bizga yoshlikdan tanish bo‘lgan "Oshin" yapon Alfasi hisoblanadi. Alfa bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki mavsumlarga bo‘linadi. Alfani o‘rnidagi so‘zni toping?
10. Oʻz vaqtida ushbu mamlakatning ayollar olimpiya shaxmat jamoasining tayanchi opa-singil Polgarlar edi.
20. Vera Menchik klubi tarkibiga rasmiy musobaqalarda UNGA yutqazgan erkak shaxmatchilar kirgan. Ushbu beshinchini ayting.
30. Aynan ushbu shaxmatchi revansh bahslarida ikki marta jahon chempioni unvonini qaytarib oldi. Kim?
40. 1975-yilgi erkaklar oʻrtasidagi jahon chempionati UNING rad etishi sababli oʻtkazilmagan. U kim?
50. 1999-yil 7-fevralda Sofiya isroillik grossmeyster Yona Kosashviliga turmushga chiqdi va Isroilga koʻchib oʻtdi. Ularning Alon va Yoav ismli ikki farzandi bor. Sofiyaning familiyasini ayting.
(1-savolda opa-singil Polgarlarni eslab oʻtgandik)
10. Guo‘shu Deb ataluvchi bu sport turi , Xitoyda Sabr , kuch Va vaqtni talab etadi. Bu sport turini balki siz bir Multfilm orqali bilsangiz kerak. Siz U sportni Bizga tanish nomini ayting?
(Demak mavzu javobda Kung-fu so‘zi)
20. Bu film personajining eng katta dushmani Zinalar ekanligini aytadi.
30. 2001 yılda suratga olingan film bo‘lib, Stiven Chou unga rejissorlik qilgan.
Javob: Kung-fu Futbol (Shaolin Soccer)
40. 2008 - yılda chiqqan bu filmning sobiq nomi "Slam Dunk" hisoblanadi.
50. Bosh rolni Jackie Chan ijro etgan bu film 2017-yili Stanley tomonidan ishlangan.
49) Mavzu: O‘zbekiston Qahramonlari
10. Toshkent ZK da o‘ynaydi. Jamoasi Musaffo Osmon, Balki uni siz rasmları bilan tanishingiz mumkin.
20. "Yurakni keng Qilish kerak" , "Fotimajon" , "G‘iybatchi" qo‘shiqlari bu insonga tegishli. Uning taxallusini ayting?
30. "İbrohimbek Qo‘rboshi" , "Razzoq bobo yerleri" , "Madaminbek" va "Xamro polvon" kitoblarini yozgan bu inson , 1962-yil Buxoroda tug‘ilgan. Hozirda O‘zbekiston fanlar akademiyasi Tarix instituti bosh ilmiy xodimi. Kim?
40. Hozirda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi kim ekanligini bir xil harflar bilan boshlanuvchi ikki so‘zda ayting?
50. Bu xonanda ayol, 1994-yil O‘zbekiston xalq artisti, 2021-yili O‘zbekiston Qahramoni, 2024-yil Tojikiston xalq hofizi faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Kim?
10. Xitoyning rasmiy tili hisoblanadi. Va bu til Xitoy lag‘chalarini umumlashtiruvchisi hisoblanadi
20. Hazilga koʻra xotin erini 20 yil kutdi eri kelmadi. Eri u gullaganda kelaman degandi. Uni ayting
30. Erkin Aʼzamning Ushbu asari asosida Chantrimore filmi suratga olingan
Javob: Anoyining jaydari olmasi
40. 2024-yilda Toshkent viloyati hokim Zarkentdagi unga byudjetdan 1milliard 300 million ajratdi
50. “Buzzy Bubble” mevali saqichi reklamasida, saqichdan boʻlgan pufakchalar har xil meva shaklida boʻlib, Bir inson asarlariga ishora qilingan. Qaysi inson
10. U bir vaqtning o‘zida ogʻzida to‘qqiztagacha yong‘oqni olib yurishi mumkin.
20. 1 yoshgacha boʻlgan Otning bolasi shunday ataladi
30. X mahalliy soʻzda Lashkari deb nomlanadi. X Hindiston konstitutsiyasida tan olingan 15ta adabiydan biri hisoblanadi.
40. Javobda 2 ta soʻz. 2001-yilda Qardosh davlatda yaratilgan U Xit paradlar choʻqqisiga chiqib 500 000 ming nusxada sotiladi. Karma albomining 3 treki xisoblanadi
Tarkanning xit qoʻshiqlaridan biri
50. Bu tizim KXL xokkey klubida nomida bor. Bu Tizimning tarjimasi Piyozli togʻlar. Buni ayting
Izoh: Xokkey jamoasi Kunlun redstar
10. Uning asariga ishlangan posterda biz pandani koʻrishimiz mumkin. Kim?
20. Tarmoqlarda uning Yevro 2024 uchun Terma jamoaning soʻngi short listiga kiritilgani uchun koʻrsatgan kuchli emotsiyasi tarqalgandi. Kim?
30. Maʼlumotlarga koʻra Latviyada tugʻilgan bu rassom 1949 - yilga kelibgina oʻz asarlarida monoxramiyaga urgʻu bera boshlagan. Kim?
40. Ushbu italiyalik haqidagi wikipedia maqolasida radiotoʻlqinlar, elektromagnit spectrlarga havola mavjud. Ushbu Nobel laureatini ayting.
Izoh: Atlantika okeani orqali radioaloqa oʻrnatgan.
50. U Amerikalik bolalar kitoblari muallifi va ilyustratori boʻlib, oʻzining Artur multik seriallari yaratuvchisi ekanligi bilan mashxur. Kim
10. Bu 2024-yilgi oskar sohibining birinchi filmi 1970-yilda suratga olingan "Pound" filmidagi Puppy rolidir.
20. 1999-yilgi bu filmda bosh qahramonga Maykl Jey Fox antagonist mushukka esa Natan Leyn ovoz bergan.
30. Ushbu hukmdor qadimgi podsholik davridagi 4-suloladan boʻlib, oʻzining Mikerinos ismi bilan ham mashhur boʻlgan.
40. Olimlar fikriga ko‘ra, U Koinot qanday tuzilgani borasidagi nazariyada shu paytgacha yetishmay turgan yoki ilmiy isbotlanmagan zanjir ekan.
50. Tersier studios tomonidan 2017-yilda ishlab chiqilgan bu oʻyin horror janridagi boshqotirma hisoblanadi. U game streamerlar orasida ham juda mashxur. Qaysi oʻyin?
54) Mavzu: Shaxmat womans (Ayol shaxmatchilar)
10. Chexoslovakiyalik ushbu ayol 1927-yildan 1944 yilgacha ayollar o‘rtasidagi shaxmat boʻyicha birinchi va eng uzoq hukmronlik qilgan chempion hisoblanadi.
20. FIDE tomonidan 2013 yilda ushbu shaxmatchi yili deb e'lon qilingan. 6 karra moskva chempioni 3 karra SSSR chempioni. 1953-yilda Lyudmila Rudenkoga 8:6 hisobda g‘olib bo‘lgan 3 ayting?
30. 1991-yil dekabr oyida Vengriya milliy chempionatida gʻolib boʻlib, grossmeyster unvoniga erishgan. Bu Fisherning rekordini bir oyga yangiladi. Bu uni tarixdagi eng yosh grossmeyster boʻlgan birinchi ayol va grossmeyster boʻlgan toʻrtinchi ayolga aylantirgan edi. Kim?
tezkor yoki klassik shaxmat bo‘yicha o‘n bir nafar amaldagi yoki sobiq jahon chempionlarini mag‘lub etgan.
40. Birinchi boʻlib erkaklar o‘rtasidagi xalqaro grossmeyster unvoni olgan Gruziyalik "Oscar" shaxmat sovrindori. Grizuya milliy olimpiadasi qo‘mitasi prezidenti.
50. Xitoylik shaxmatchi grossmeysteri 2023-yil jahon chempionligini himoya qilgan. 2017-yilning mart oyida,2600 reytingga erishgan beshinchi ayol bo‘lgan.
55) Mavzu: Mashhur xakkerchilar.
10. 2016-yilda Oliver Stone tomonidan chiqarilgan film unga bag‘ishlangan edi.
20. 1971-yil 3-iyulda Avstraliyaning tausvill shahrida tavallud topgan. Uning asosiy ishi 2006-yilda o‘zi asos solgan WikiLeaks sayti bo‘ldi.
30. "Yolg‘onchilik san'ati",tarmoqdagi sharpa filmlari ushbu insoni hayot yo‘li haqida. Yadro urushini boshlanishi mumkin bo‘lgan ushbu Los Angleslikni ayting.
40. Yaponiyalik fizik,2008-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Osamu Shimomuraning o‘g‘li u FQBga Kevin Mitnikni xibsga olishda yordam berganligi bilan mashhur.
50. San-fransiskolik ushbu xaker ayol cypherpunks asoschilaridan biri.BCC vaqt almashish tizimining aloqa boshqaruvchisini joriy etishga yordam bergan. 2003-yil 19 iyulda Milxon saraton kasalligidan vafot etdi.
10. Bir janubiy amerikalik to‘rtinchidan ilhom oldi.To‘rtinchi kimligini ayting?
20. Suv parisi sindromi tibbiyot tilida shunday ataladi.
30. "Mariya Antuanneta atirgul bilan" asari uning faoliyatidagi eng mashhur asaridir. Uning kimligini ayting
40. XIX asr so‘nggilarida chiqqan "Good morning to all" musiqasi opa-singillar Petti va unga tegishli edi.
50. Stromae tomonidan chiqarilgan ushbu albomda "Papaute","Formidable" kabi mashhur qo‘shiqlar joy olgan.2013-yilda chiqarilgan ushbu albom nomini ayting
10. Italiyaning Ferrero kompaniyasiga tegishli boʻlgan ushbu shokoladli mahsulot dastlab ishlab chiqarilganida Pasxa bayramida ota-onalari tomonidan bolalarga "syurpriz" sifatida berilgan.
20. Mahalliy aholi tomonidan bu cho‘qqi Denali ya'ni "Baland" deb nomlangan. Bizga esa u AQShning 25-prezidenti familiyasi bilan tanish.
30. Bu soʻzning boshqa bir ma'nosi Islom anʼanasida diniy tabaqaga mansublik va nazr belgisi sifatida bolalarning boshida qoldiriladigan bir oʻrim sochni anglatadi.
40. Muallif 1952-yilgi ushbu asaridan so‘ng o‘zining "Qayta imtixon" kartinasini yaratadi. Kartinada yozgi ta'til vaqtida past baho olgani sabab imtixonga tayyorlanayotgan bolakay tasvirlangan. (Forma: 1952-yilda yaratilgan kartina nomini toping).
50. Asl familiyasi Bottom bo‘lgan ushbu aktyor keyinchalik bizga mashhur familiyasini afsonaviy jonzot nomidan ilhomlanib olgan. 1974-yil Puerto-Rikoda tugʻilgan bu aktyor kim?
10. Everestni zabt etgan birinchi ayol kim?
20. Polka raqsi birinchi boʻlib aynan ushbu davlatda paydo boʻlgan?
30. "25-aprel" futbol klubining uy stadioni aynan shunday nomlanadi?
40. Ideal ayol timsoli hisoblangan "Gibson qizi" modeli aynan ushbu omil tufayli modadan qolgan?
50. Ushbu atama birinchi marta 1950-yil 28-martda "Christian Science Monitor" gazetasida chop etilgan maqolada qayd etilgan
59) Mavzu: Mashhur iboralar mualliflari
10. "Tasodiflar tasodifan bo‘lmaydi" kimga tegishli?
20."Tiz cho‘kib yashagandan ko‘ra, tik turib o‘lgan ma'qul" iborasi
30."Biz hammamiz Gogolning "Shineli"dan chiqqanmiz" iborasi
40."Kelajakda hamma 15 daqiqa davomida dunyoga mashhur bo‘ladi"
60) Mavzu: Ixtirochi va asoschilar
10. Raislik davrida “qayta qurish” siyosatini amalga oshirgan, AQSH prezidenti R.Reygan bn sovuq urushni tugatish sammitlariga kirishgan, SSSRning birinchi va oxirgi prezidenti kim?
20. Bu shotlandiyalik mikrobiolog tomonidan yaratilgan antibiotikning samarasi haqida “Kasallik ustidan erishilgan buyuk g‘alaba” ta'rifini keltirishadi, ba'zi manbalarga ko‘ra bemorlari orasida yoshlikdagi do‘sti Cherchill nomi keltirilgan.
30.Bu shaxs Viktor va Paskal davrlari orasida Rim Papaligini egallagan bo‘lib, faoliyatini ko‘pchilik Salib yurishlari tashkilotchisi sifatida yodga oladi
40. U Psixoterapiya shakllaridan birining asoschisi bo‘lib, inson ruhiyatida ongsizlik asosiy rol tutishini ilk bor aniqlagan?
50.U 17-asr ilm-fan inqilobining asosiy figuralaridan biri bo‘lib,sayyoralararo harakat qonunlari va ingliz hamkasbining universal tortishish nazariyasining ilmiy asoslarini yaratgan shaxs sifatida tarixda qolgan?
10. Gollandiyada 1634-37 yillarda bo‘lgan inqiroz tarixda shunday nom bilan qolgan.
20. Saudiya Arabistoni tomonidan Qatarning terrorizmni qo‘llab-quvvatlaganligi haqidagi ayblovdan so‘ng deyarli 4 yil davom etgan ushbu inqiroz boshlandi.
30. 1772-yilgi Kredit inqirozining pik nuqtasi sifatida ushbu "ziyofat" e'tirof etiladi.
40. "Arab bahori" ni qo‘llab-quvvatlagan 15 nafar mahalliy o‘smir qiynoqqa solinishi ushbu inqilobga turtki berdi
50. SSSR VA AQSH o‘rtasidagi Sovuq urushning eng kuliminatsion nuqtalaridan biri bo‘lgan ushbu inqirozdan so‘ng,ular o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashib bordi.
62) Mavzu: Mashxur fotosuratlar
10. Nisofer Nepsning La Grasning derazadan ko‘rinishi nomli surati qalay plastinkada tasvirlangan surat hisoblanadi. Suratning statusini ayting.
20. Ushbu surat Germaniyadagi fashistlar ustidan qozonilgan g‘alaba ramzi sanaladi. Surat 1945 yilning 1 may kuni olingan bo‘lib, suratda askar Sovet ittifoqi bayrog‘ini o‘rnatmoqda. Qaysi shaharda?
30. Yerning eng mashhur fotosuratlaridan biri bo‘lgan bu surat Apollon17 ekipaji tomonidan Oyga yo‘l olgan paytda olingan. Unda Yer sayyorasi Moviy tusda jilolanib turgan go‘zal shar sifatida namoyon bo‘ladi. Surat nomi bir xil harf bilan boshlanuvchi 2 so‘zda ayting
Javob: Moviy Marmar (Blue Marble)
40. XX asr boshlarida uning eng ko‘p tarqalgan fotosurati fotomontaj ekanligi ma'lum boʻldi. Rasmda faqat uning faqat boshi o‘ziniki bo‘lib, rasmning qolgan hamma qismlari shuningdek tana, qo‘llar, oyoqlar AQSh sobiq vitse-prezidenti Jon Koldvell Kelhounning rasmidan qirqilgan edi. U kim?
50. 1989-yil Jef Videner Pekinda olgan surati 1990-yilda Pulitser mukofotini oldi. Suratda Zirhli Tanklarga Tankdek qarshi chiqqan chiqqan insonni korishimiz mumkin. Surat nomini ayting.
Javob: Tank Man yoki Noma'lum ishonch
63) Mavzu: Afsonaviy maxluqotlar
10. Sosoniylar sulolasi ramzi bo‘lgan bu mavjudotga prototip sifatida Humo, garuda, feniks kabi mavjudotlarni ko‘rsatish mumkin. Qaysi mavjudot?
20. O‘rta asrlar yevropa folklorida Uning Shoxi zaharlangan suvni tozalash va kasalni tuzatish xislatlariga ega deb hikoya qilinadi. Shuningdek, u yovvoyi oʻrmon maxlugʻi va soflik ramzi sifatida tasvirlangan. Uni ayting.
30. Adolat ramzi sifatida tanilgan bu mavjudot Seul shahri maskoti hisoblanadi va u Haqni nohaqdan ajrata olishning tug‘ma qobiliyatiga ega. Qaysi mavjudot?
40. Turkiy xalqlar og‘zaki ijodida uchrovchi u Obraz sifatida kishilik jamiyati hali urugʻchilik bosqichida ekanligida shakllangan. U ko‘pincha tashlandiq joylarda asosan suluv qiz, sochi yoyiq kampir, qoʻzichoq, echki qiyofalarida namoyon boʻlishi aytiladi. Uni ayting.
50. Lestershirdagi kottejlar ataylab kichik derazalar bilan qurilgan va shunda uning faqatgina bitta qo‘li kira oladi. Afsonalarga ko‘ra U Lestershir qal'asi ostidagi yerto‘lalarda yashagan va asosan bolalar go‘shtini yeyuvchi jodugar bo‘lgan. Uni ayting.
Izoh: Ingliz folklorida uchrovchi bu mavjudot ko‘k yuzli, temir tirnoqli va inson ayniqsa, bolalar go‘shtini yeyuvchi jodugar sifatida tasvirlanadi
64) Mavzu: Nafaqat Doxxim taronalari nomi!
10. Vinni pux U – sen ari uyasini kovlab asal olganingda, arilar ortingdan quvlagan paytda seni yolg‘iz qo‘ymay, sen bilan birga qochadigan inson degan. U kim?
20. Mulla Muhammad Ibrohimbek Chaqaboy to‘qsabo o‘g‘li 1889-yil Dushanbe shahridan 12 kilometr uzoqlikda Kappon daryo bo‘yidagi so‘lim Ko‘ktosh qishlog‘ida tug‘ilgan. bizga uning mavzuga mos maqomini ayting?
30. Filmda ikki kinochining shu nomli musiqiy film olish uchun aktyor va aktrisa izlashi tasvirlangan. 1959-yili chiqqan film nomini ayting?
40 Bu qizlar ismi manosi Mangu porlasin, hech qachon so‘nmasin,degan manoni anglatadi.Shuningdek shu nomli gul turi ham mavjud.
50. Umurtqali hayvonlar tarixidagi eng yirik va qudratli yirtqich baliqlardan biri bo‘lgan. Suyak qoldiqlarini o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, bu akula ulkan hajmga ega bo‘lib, uning uzunligi 22 metrga va vazni 50 tonnaga yetgan.
(2 ta shaxs soraladi biri futbolchi )
10. Futbolchi: 1988-yili tavallud topgan ushbu nemis futbolchisi zo‘ravonlikni tanqid qilishi orqali oz karerasiga putur yetkazdi.
Mashxur: bu italyan konstruktori 1898 yil 18 fevral kuni modenada tavallud topgan, qaysidur manodada traktorlarni xushlamagan
20. F: Real madrid va Fransiya termasining qanot himoyachisi, Realgacham Lion va Gavr futbolkalarini ham kiyishga ulgurgan
M: bu shaxsni super onsonlik bilan topa olasiz degan umiddaman. Karerasida kotarilish nuqtasi karantin vaqtiga to‘gri kelgan ushbu insta blogger italyada emas senegalda tavallud topgan
Javob: F: Ferlan Mendy M:Khaby Lame
30. F: ushbu sobiq kanoniyer “oshpaz” ozining gol nishonlashi bilan ajralib turadi
M: umrining 2009-2011-yillar oraligini eng qiyin davr deb tariflovchi ushbu kanadalikni hafta oxirida tug‘ulganligi haqida malumot topa olmadik
Javob: F: Gnabry M: Eybel Makkonen Tesfaye (Weeknd)
40. F: Ikkinchi Prins laqabli ushbu argentinalik hujumchi Saragosa tarkibida real darvozasiga bir oyinda 4 ta gol urgan bo‘lsa ham asosiy yulduzlik davri italyada bo‘lib otadi
M: Ushbu shaxs ismi yuqoridagi futbolchining laqablaridan biri bolganligi ham oxshashligidan dalolat, ammo unga mashxurlikni futbol emas yakka kurashlar olib keldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi
Javob: F: Diego Milito M: Rocky Balboa (Rembo)
50. F: 1991 yil kanadada tug‘ulgan u 2023-yil Al Xilol tarkibiga o‘tgani bazi futbol ixlosmandlari etiroziga sabab bolib,uni pul ortidan quvayotganlar sirasiga kirgazishdi. So‘nggi JChda termasi yarim finalga yetib kelishiga katta xissa qoshgan.
M: 77chi qamoqxona, sky high kinolarida asosiy rollardan birini ijro etgan ushbu ispanga mashxurlikka erishishga qaysidur manoda Braziliyaning ham aloqasi bordir
Javob: F: Yassin Bounu M: Migel Herran (Rio personaji qogoz bino)
10. 1992-yilda u "Janna D'ark gulxanda" kartinasini chizdi, bu kartinada naturshitsa bo‘lgan qiz ertasi kuni yonib ketdi.
20. U 1900-yil Butun jahon ko‘rgazmasini aylanib yurganda to‘satdan golf musobaqasiga duch keldi va qatnashib g‘olib bo‘ldi. U o‘zining olimpiadada g‘olib bo‘lganini bilmasdan olamdan o‘tdi. Uning kimligini ayting
30. Malika Merida obrazi ushbu inson tomonidan yaratilgan, bu inson mashhur animatorlar qatorida yuqori o‘rinda turadi
40. "Yozsiz yil" to‘g‘risida tadqiqot ishlari olib borgan bu inson Indoneziyadagi Tamboro vulqoni otilishi sabab atmosferaga ko‘p miqdorda kul chiqib ketgan degan xulosaga keldi
50. Monsye-De-Klermon Fransiyadagi shahar bo‘lib, bu shahar bir italyan brendining nom olishida ilhom manbai sifatida xizmat qilgan. Ushbu brend asoschisini ayting
10. Devid Jons va Mayk Dailli tomonidan yaratilgan sarguzasht jangovar video o‘yinlar seriyasining to‘liq nomi Grand Theft Auto hisoblanadi. Qaysi o‘yin.
20. 1982 yilda Atari 8 bitli kompyuterlar uchun yaratilgan o‘yinda bu jonzot olma yeyish orqali o‘sib boradi.
30. Dizayner Toru Ivataniga boʻlagi olib tashlangan pitsa u uchun ilhom vazifasini oʻtagan ekan.
40. Wikipediada aytilishicha Ularning bosh qarorgohi Alamut hamda Masyut qal'alari bo‘lgan. Ubisoft Monreal studiyasi tomonidan ishlangan o‘yinda esa ular Tampliyer ritsarlari bilan jang qilishadi. Ularni ayting.
50. Wargaming tomonidan ishlab chiqarilga ushbu oʻyinda 2-jahon urushidan oldingi va Sovuq urush davrigacha boʻlgan 10 ta davlatdan 600 dan ortiq zirhli mashinalar mavjud.
68) Mavzu: Mashhur siyosatchilar
10. U hech qachon original g‘oya va esda qolarli imijga ega bo‘lmagan, ustiga-ustak ko‘zga tashlanadigan notiq ham emas. Germaniyada uni Mutti (“ona”) deb atashadi. U kim?
20. Tasviriy sanat akademiyasiga olib kelgan 4 ta surati bilan 2-turga otolmagan bu insonga rektor arxitektura sohasi boyicha davom etish kerakligini maslahat beradi. Savol: Kim u?
30. Uilyam Mak-Kinli kabi bakalavr diplomini olmagan bu siyosatchi ASL INSON bolish uchun diplom hal qiluvchi omil emasligini isbotlab qoygan. U eski poytaxtga ham, yangi poytaxtga ham shafqatsizlik qilinmasligini oldindan aytgandi. Savol: Kim u?
Izoh: ASL INSON sozlari bilan uning familiyasiga ishora qildik. Uning qarori bilan Yaponiyaga atom bombasi tashlangan.
40. 2008-yilda bu siyosatchi CHOKIB BORAYOTGAN iqtisodiyotni qutqarish maqsadida Gordon Braun tomonidan taqdim etilgan rejani qollab-quvvatlagandi. Savol: Bu siyosatchining failiyasini toping!
Izoh: Chokib borish sozlari bilan “Titanik” ka ishora qilingan, “Titanik” esa boshqa bir Kemeronning ijod mahsuli.
50. Bakalavr unvoniga ega bolgach uning ismiga “olim” unvoni ham qoshib aytila boshlagan. 4-yurak xurujidan keyingi olimi yuz bergach uning nomida hali qarzi ham tolab bolinmagan mashina borligi aniq boldi. Rostdan ham QIMMATBAHO inson edi. Savol: Kim u?
Izoh: Shastri – olim degani. Lal qimmatbaho tosh ekaniga ishora qildik.
10. Maydoni 1 717 854 km², aholisi mos boʻlmagan ravishda 750 ming kishi atrofida, maydoni kattaligi boʻyicha AQSH dagi eng katta shtatlardan xisoblanadi, asosiy xududdan tashqarida joylashgan?
20. «Biron dirhami, biron dinori, uy-joy va mulki boʻlmagan faqir bir ayolga uylangan, otasidan qolgan merosni qisqa muddat ichida sarf qilib boʻlgan, shundan keyin muhtojlik va qashshoqlik mashaqqatini tortgan, tirikchilik qilgani chora topolmay garang boʻlib qolgan” arab ertagi qahramoni?
30. Uning miloddan avvalgi 520-yilga oid sopol idishga qora ranglarda tasvirlangan mashxur tarixiy surati Luvr muzeyida saqlanmoqda. Qadimgi yunon mifologiyasiga koʻra Mikena podshoxi. Siz uni Troya filmi orqali yaxshi taniysiz. Illiada dostoni qaxramoni.
40. 2004-yili premyerasi boʻlgan ushbu multifilm qaxramoni Rostov shaxrida tugʻilgan. Otasi Pop Rostovskiy, koʻzlari yashil, Doʻstlaridan biri Moisey.
50. Portugaliyaning Viana-du-Kastelo tumanidagi mintaqa. Montsan munitsipalitetining ajralmas qismi hisoblanadi. Eski maʼmuriy boʻlinish boʻyicha Minyu provinsiyasi tarkibiga kirgan. Shimoliy mintaqaning bir qismi boʻlgan Minho Lima iqtisodiy va statistik subregioniga kiritilgan. 2001-yilda aholi soni 260 kishi. 8,89 km² maydonni egallaydi?
10. Yevropada joylashgan ushbu poytaxt shaxar nomini oʻqib boshlasangiz Oʻzbekistonda joylashgan tarixiy shaxar nomi xam yodingizga tushishi shubhasiz. Axolisining asosiy qismini ruminlar tashkil etadi.
20. Ushbu sanʼatkor 1936-yili Moskvada tugʻilgan, 1985-yili Toshkentda vafot etgan. U nafaqat xonanda, balki yozuvchi va rassom xam boʻlgan. Otasi Karim Zokirov.
30. Amerikalik aktyor Ueyd Uilyams yaratgan ushbu obraz “Panjara ortida” serialidagi kamoqxona qoʻriqchisi xisoblanadi. Qattiqqoʻl va shavqatsiz ushbu qoʻriqchi keyinchalik kamoqxonadan qochgan aka-ukalarga yordam berish uchun oʻz jonini fido qiladi.
40. Fransiya sharqidagi tarixiy va sobiq mintaqa. 2016-yil 1-yanvarda kuchga kirgan hududiy islohotdan soʻng u boshqa mintaqaning bir qismidir. Islohotdan oldin u shimolda Ile-de-Frans va Shampan-Ardenn viloyatlari bilan, gʻarbda Markaz bilan, sharqda Fransh-Kont bilan, janubda Auvergne va Rone viloyatlari bilan chegaradosh edi. Viloyatning maydoni 31 582 km². Aholisi 1 642 734 (2011) kishi.
50. Ushbu viloyatning bayrogʻi asosan qizil rangdan iborat, gerbida esa xalqining ot mingan asfonaviy qaxramoni tasvirlangan. Shaxar nomi xam viloyat nomi bilan bir xil. Shaxar meri 2000-yilda Sultonov Mamasodiq Mamadiyevich boʻlgan.
10. Mashxur Robinzon Kruzo asari muallifi?
20. Ushbu film 1982-yili suratga olingan boʻlib. Rejissyori Babbar Subxash xisoblanadi. Film asosan keksa avlod vakillari yodida ajoyib raqs va musiqalari bilan yodda qolgan.
30. 1990-yili Temurmalik Yunusov tomonidan suratga olingan, ushbu filmning bosh qaxramonlaridan birining ismi aktyor ismi bilan bir xil boʻlib, aktyor keyinchalik xonandalik yoʻlini tanlagan. Filmdagi yosh obraz ismini ayting?
40. Ushbu soʻz fransuz tilidan kelib chiqqan. Uning turkumiga kiruvchi misollar keltiraman: pastilla, klafuti, shodo, kannoli, parfe. Eng mashxurining yana bir nomi Sherbet.
50. Seriyali qotilliklar sodir etgan amerikalik ushbu shaxsga 1991-yili 15-marta umrbod qamoq jazosi tayinlandi. 1994-yili qamoqxonada boshqa bir maxbus tomonidan oʻldirilgan. U xam Zodiak kabi koʻzoynak taqib yurgan. U kim?
10. Familiyasi Mirzoxidov, dublyaj ustasi. Afzal Rafiqovning taklifi bilan dublyaj soxasiga oʻtgan ekan. Ayniqsa multfilmlarga qoyilmaqom ovoz bergan. Muzlik davri, Kung-Fu Panda, Tom va Jerri v.b.
20. Multfilm Djennifer Vestkott tomonidan 2018-yili Kanadada yaratilgan. Toʻliq nomi “Qorboboning eng kichik bugʻusi”
30. Ingliz tilidan olingan ushbu soʻz balanslashtiruvchi, umumiy qisqartma maʼnolarini anglatadi. Tembr bloki deb ham ataladi- radioelektron qurilma yoki yuqori darajadagi stereofonik komplekslarning bir qismi boʻlib, signal amplitudasini chastota xususiyatlariga (balandligi, tovush tembri) qarab tanlab sozlash imkonini beradi.
40. 2019-yili Sem Levinson tomonidan yaratilgan amerikalik oʻsmirlar uchun dramatik teleserial. U bir guruh oʻrta maktab oʻquvchilari haqida boʻlib, giyohvandlik, doʻstlik, sevgi, oʻziga xoslik hamda travmalar haqida. U Ron Leshem va Dafne Levin tomonidan yaratilgan xuddi shu nomdagi Isroil televideniyesining mini-serialiga asoslangan. Serial nomini ayting?
50. 1972-yil 17-oktyabrda Missuri shtatida tugʻilgan. Asl ismi Marshall Bryus.
10. Labli shamolli cholgʻu asbobi boʻlib, unda asosiy tebranish manbai asbob devorining chetini kesib oʻtuvchi havo oqimi xisoblanadi. Jaydari tilda nay desak xam boʻladi.
20. Ushbu dori vositasi tabletka boʻlib, asosan Xindiston va Rossiyada ishlab chiqiladi, xazm qilish jarayoniga koʻmak beradi. Yaltiroq qadoqda joylashgan. Oʻzbekistonning deyarli barcha dorixonalarida uchratish mumkin.
30. 1965-yilda Germaniyada tugʻilgan. Yarim ximoyachi boʻlgan. Xozirgi kunda Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.
40. Torsxavn shaxri u yerda joylashgan. Axolisi soni boʻyicha dunyoda 209 oʻrinda turadi. Gerbida qoʻchqor rasmi tushirilgan.
50. 1984-yili Oʻzbektelefilm tomonidan suratga olingan ushbu multfilmdagi qizning ismi qimmatbaxo tosh nomi bilan bir xil. Siz menga undagi erkak obrazining ismini ayting? Kartina rejissyori N.Smirnov.
74) Mavzu: Oʻzbek milliy oʻyinlari
10. Bu oʻyinni yoshligimizda hammamiz oʻynaganmiz. Asosiy inventar esa kanop oʻsimligidan olinishi mumkin.2021-yilgi serialda esa unda yutqazgan odamlar oʻlishar edi.
20. Bu oʻyinda 10 va undan koʻproq ishtirokchilar halqa hosil qilishadi. Ulardan ikki nafari tanlanadi va ulardan biri ikkinchisini quvadi. Quvilayotgan ishtirokchi doira ichiga kirishi mumkin quvayotgani emas. Oʻyin nomini ayting?
30. Birinchi qor yogʻgan paytda oʻynaladigan bu oʻyinda qogʻozga yozilgan turli shartlarni bajarmaslik uchun qogʻozni olgan odam bergan odamdan maʼlum belgilangan masofagacha qoʻlga tushmay qochishi kk. Aks holda u qogʻozdagi shartlarni bajaradi.
40. Bu oʻyinda yongʻoq oʻrik va boshqa danakli meva poʻchoqlaridan foydalaniladi. Bunda yutuqqa ega chiqish uchun poʻchoqlar teskari holatda tushishi kerak.Qaysi oʻyin
50. Quvlashmachoqqa oʻxshash bu oʻyinda quvlayotgan ishtirokchi raqibini quvib yetolmasa Xapachak deb bir oyogʻini koʻtarib yugurishga majbur boʻladi. Oʻyin nomini qoʻsh undoshli bir soʻzda ayting.
75) Mavzu: Nafaqat O‘zbekiston tumanlari
10. Bu milliy taom asli qirg‘izlarga tegishli hisoblanadi, Lekin biz uni asosan Poytaxt bilan bog‘laymiz.
20. Siz ushbu bank logotipidagi A harfini qizil fonda ko‘rishingiz mumkin?
30. Jaloliddin Safoyevning bu inson haqidagi Siz bilmagan 11 haqiqati kitobining muallifi hisoblanadi. 1917-yilda Jizzaxda tug‘ilgan bu inson kimligini toping?
Javob: Sharof Rashidov (Jizzaxdagi tuman)
40. Pat va Patashon mashhur daniyalik ovozsiz kino aktyorlari, Ulardan birini laqabi mavzuyimizga mos?
50. Klara Izabel Simo fikricha Ular vaqt o‘tishi bilan hosil bo‘ladigan kichik qum donalaridir. Ular ni toping?
10. Tayvanlik kinorejissor Ang Li Uni ikki bora 2 filmi uchun qo‘lga kiritgan yagona inson hisoblanadi. U ni 2 so‘zda toping?
20. Udmurt halq maqoliga ko‘ra Ikki ayiq bir uyaga sig‘maydi. Bizdagi bu maqolning anologini toping?
Javob: 2 qo‘chqor kallasi bir qozonda qaynamas.
30. U yosh qizlarni xulqini buzganligi uchun ko‘rish yoshi ba'zi kanallarda ko‘tarib qo‘yilgan.
40. Tomas Maykl Bond bir doʻkon vetrinasida yolg‘iz turgan kichik ayiqchani xotini Brendaga sovgʻa qilganini eslaydi. Keyinchalik bu ayiqcha Maykl Bondga ilhom manbasi boʻlib xizmat qilgan. Bu ayiqni nomi nima?
50. Hindchada bu so‘z ayiq degan ma'noni anglatadi?
10. U 1570-yil 13-aprelda tavallud topgan, 5-noyabrda emas (U kim)
20. U lar haqidagi maqolalarni bir birdan ajratish uchun wikipediya "diktator" va "Siyosatshunos" so‘zlaridan foydalangan. (U kim)
30. Diqqat qiling Djentelmenlar: Uning birinchi hotini Madonnadan Rokko ismli farzandi bor. (U kim)
40. U Temir odam 3 filmida asosiy antogonist ro‘lini ijro etgani bilan sizning yodingizda qolgan bo‘lsa ne ajab. (Ushbu britaniyalik akterni ayting.)
50. Uning asl ismi-sharifi Valeriya Igorevna Dudinskaya. Rossiyada tavvallud topgan Germaniyada emas. (Ushbu rejisserni ayting)
78) Mavzu: Nafaqat Miyagi qo‘shiqlari
10. Ayol ular onna-bugeysya deb atalib, ular ham busidoga amal qilishgan. Uni bir so‘zda ayting.
20. Ularning ratsionidam asosan ikki pallali ko‘p yillik o‘tlar va butalarning gullari, bazida esa daraxt gullari nektari o‘rin olgan. Uni ayting.
30. Bu inson 1-darajali Temir toj ordenini ham qo‘lga kiritgan. U kim?
40. Diqqat: Javob Tagal tilida emas!
Benchmeyd kompaniyasi Tagal tilidan olingan so‘zni savdo belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazib Uni ishlab chiqarishni boshladi, bu esa 150 kishini ish bilan taminlanishiga sabab bo‘ldi. Uni bir so‘zda ayting.
Izoh: Kompaniya Bali-song savdo belgisi ostida kapalak pichoqlar ishlab chiqargan.
50. Aelita Romanenko bu personajni Stiven Spilbergning O‘zga sayyoralik filmidagi o‘zga sayyoradan kelgan personajga qiyoslaydi. Qaysi personaj?
10. Uning qismlaridan biri Rio deb nomlanadi, agar bu savolga javob topolmasangiz jahlingiz chiqmasin. Uni ayting.
20. U 1990-yilda muallifning o‘limidan biroz oldin yozilgan. 2015-yilda Lyudmila Pavlichenko hayotini hikoya qiluvchi filmda uni Polina Gagarina ijro etgan. Uni ayting.
Izoh: Tsoy o‘limidan oldin yozgan so‘ngi qo‘shig‘i, slenglarda snayperchilarni kukushka deyishadi.
30. Atstek mifologiyasiga ko‘ra Ketsalkoatlning bosh kiyimidagi gullar ularni boqish uchun. Ular?
40. Ularning birinchi 1956-yilda ishlab chiqilgan Mercedes Benz 300SL edi. Ularni 2 so‘zda ayting.
Ulardan biri bo‘lgan Salim Ali Hindistonlik qushodam laqabini olgan. Uni inglizchada ayting.