July 19, 2025

𝗨𝘀𝗵𝗮𝗹𝗺𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗢𝗿𝘇𝘂𝗹𝗮𝗿

𝗙𝗜𝗡𝗔𝗟‼️

Oshxonadan kelayotgan mazali hid sababli zinadan tushishni tezlatgan yigit oshxona eshigi oldida kuyunib taom pishirayotgan sevgilisiga qarab turishni boshladi
Keyin asta oshxonaga kirib sevgilisini ortidan quchdi.

~ Nimalar qilyabsan )- Jungkook Kanya qilayotgan quymoqlarga qaradi
~ Nonushta )- Kanya jilmayib quymoq qilishda davom etdi

Nonushtani tayyorlab stol ustiga qo‘ygan Kanya Jungkookga o‘tiring degandek ishora qildi. Jungkook asta stulga o‘tirib nonushta qilishni boshladi. Kanya ham Jungkookni yonidagi stulga o‘tirib nonushta qilishni boshladi.
Jungkook Kanyaga qarab jilmayib uni burnini qisib qo‘ydi

Pov/Jungkook

- Uni yonimdaligi hamma narsaga davodek. 4 kun ichida qanchalik qiynaldim ammo uni ko‘rib bari esimdan chiqdi.
Qaniydi biz bir-birimizni qanchalik qattiq sevishimizni ota onalarimiz ham bilishsa..

Jungkook

Jungkook e'tiborini hayol surgancha nonushta qilayotgan sevgilisiga qaratarkan asta uni qo‘lidan ushlab mayin siladi

~ Ahvoling yaxshimi nimani o‘ylayabsan )- Jungkook
~ H..ha ha yaxshi shunchaki biroz hayol surib qolibman )- Kanya jilmayib Jungkookga qarab
~ Bugunga rejalaring yo‘qmi )- Jungkook
~ Imm yo‘q )- Kanya
~ Bugungi kunimizni birga o‘tkazamiz maylimi faqat sen va men )- Jungkook
~ Ho‘p roziman )- Kanya jilmayib Jungkookga qararkan Jungkook o‘rnidan turib Kanyani yuzidan o‘pib qo‘ygancha stol ustidagi narsalarni yig‘ishtirishni boshladi. Kanya ham Jungkookga yordam bergani o‘rnidan turdi ammo Jungkook uni to‘xtatdi

~ O‘zim qilaman sen dam ol yaxshisi meni xonamga kirib menga biron bir kiyim tanlab tur darrov yig‘ishtirib oldingga chiqaman qani bor chagiyamm )- Jungkook Kanyaga qarab
~ Lekin )- Kanya uyalgancha Jungkookga qararkan
~ Lekin degan so‘z inobatga olinmaydi qani borr )- Jungkook Kanyani eshik tomon sekin itargancha ishida davom etdi

Kanya Jungkookni xonasiga kirgancha asta kiyimlar turadigan xona tomon yurdi.

~ Qay birini tanlashni qayerdan bilay hammasi baribir Jungkookga yarashadi )- Kanya jilmaygancha asta kiyimlarni ko‘rishni boshladi..

Ko‘p vaqt o‘tmay Jungkook xonaga kirib kiyinish xomasi tomon yurarkan uni kiyimlarini birma bir ko‘rayotgan sevgilisiga qarab mayin tabassum qildi va asta xonaga kirib uni belidan qo‘lini o‘tkazgancha quchoqlab yelkasiga boshini qo‘ydi

~ Tanlay oldingmi )- Jungkook Kanyani qulog‘iga shivirlarkan Kanya hayajondan qattiq urayotgan yuragi sababli tutilib gapira boshladi
~ Yo‘q yo‘q tanlay olmayabman. Aslida tanladim lekin bilmadim )- Kanya chuqur nafas olgancha Jungkookga qararkan Jungkook kulgancha Kanyani qo‘lidagi kiyimlarni oldi

~ Men bularni kiyaman )- Jungkook ogohlantirmasdan egnidagi futbolkasini tugmalarini yechishni boshlarkan Kanya Jungkookga qarab turgancha ortiga o‘girilib tez tez qadam bosib xonadan chiqib ketdi

Time_skip/KECHGI VAQT

Ertalabdan beri o‘zlari borishni xohlaydigan hamma joyga borgan bu juftlik piyoda yurgancha Kanyani uyi tomon ketishardi. Oy yog‘dusi yoritib turgan yo‘l bo‘ylab yurib ketisharkan Jungkook Kanyadan ko‘zini uzmasdi. Go‘yo unga to‘ymayotgandek

~ Bugungi kun uchun sizga katta raxmat. Ancha charchagandursiz a)- Kanya jilmaygancha Jungkookga qaradi
~ Raxmatga hojat yo‘q Chagii seni ko‘zingdagi quvonchni ko‘rsam hamma charchoqlarim chiqib ketadi )- Jungkook qizni yelkasidan asta quchdi

Kanya jilmaygancha asta yurishda davom etarkan uning ko‘chasi oldiga kelganda to‘xtashdi

~ Yaxshi dam ol hech nimani o‘ylama ho‘pmi )- Jungkook jilmaygancha Kanyani sochlarini siladi
~ Siz ham )- Kanya Jungkookga qarab jilmaygancha asta Jungkookga yaqinlashib bir qo‘lini uni yelkasiga qo‘ygancha yuzidan o‘pib qo‘ydi va ortga aylanib undan uzoqlashmoqchi bo‘larkan Jungkook uni qo‘lidan ushlab o‘ziga tortdi

~ O‘pish boru qochish yo‘q )- Jungkook jilmayib Kanyani yuzini kaftlari orasiga oldi
~ Yeb qo‘yaman seniii )- Jungkook jilmaygancha Kanyaning ishib turgan yuzidan sekin tishlab oldi
~ Senga sovg‘am borr )- Jungkook cho‘ntagiga qo‘lini tiqqancha uzunroq bo‘lgan qutichani oldi
~ Bu meni senga arzimas sovg‘am. Meni senga bo‘lgan sevgim atiga shunchalik )- Jungkook qutichani ochgancha marjonni Kanyani bo‘yniga sekin taqib qo‘ydi

Kanya bir Jungkookga bir marjonga qarab jilmaydi

~ Atiga shunchalik sevsangiz ko‘pi qanday bo‘larkan )- Kanya Cheksizlik belgisi bo‘lgan marjonga qarab Jungkookni bo‘ynidan qo‘lini o‘tkazib quchdi

Marjon

~ Chagiyammm )- Jungkook Kanyani mahkam quchib olarkan Kanya yig‘lashdan o‘zini zo‘rg‘a tiyardi. Jungkook Kanyani quchog‘idan chiqarib uni yuzini yana kaftlari orasiga olib mayin silagancha Kanyani ko‘zlariga tikildi

~ Ular juda chiroylii )- Jungkook jilmaygancha
~ Manabu tubsiz ko‘zlaringda o‘zimni aksimni ko‘rish esa baxt )-
~ Sizniki menikidan ham chiroyli )- Kanya jilmaygancha Jungkookni qo‘lidan ushlab
~ Baribir seniki chiroyli )- Jungkook jilmaygancha asta kuldi
~ Sovg‘a uchun raxmat oppa )- Kanya jilmayib Jungkookni quchoqladi
~ Arziysann endi boraqol yana gap eshitib yurma )- Jungkook jilmaygancha Kanyani yuzidan o‘pib qo‘ydi

Kanya jilmaygancha asta qadam tashlab uyiga kirib ketdi. Jungkook Kanya uyiga kirguncha qarab turdi va u ham asta o‘girilgancha keta boshladi
Uyga kirgan Kanya asta bildirmay qadam bosgancha 2- qavatga chiqish uchun yurarkan kimningdur uni ortidan yo‘talganini ko‘rib joyida to‘xtadi

~ Shu paytgacha qayerda eding )- Yeonjun
~ Hisob berishga majbur emasman 2 kundan keyin to‘yimiz deb menga o‘zingiz xohlaganingizcha gapira olmaysiz )- Kanya Yeonjunga qaragancha ichidagi bor zaharlarini sochdi.

Pov./Kanya

- Qaniydi shu Yeonjun bo‘lmaganda balki hammasi yaxshi bo‘larmidi

Yeonjun asta Kanyaga qarab turgancha u tomon yurib kela boshladi
Kanya esa orqaga yurarkan Yeonjun Kanyani devorga tiradi
~ 2 kundan keyin to‘yimiz sen esa o‘sha lan'ati sevgilingni oldidan kelyabsan shundaymi.
Bir savol beraman o‘zi u senga teginmaganmi )- Yeonjun Kanyaga lab chetida jilmaygancha qararkan Kanya Yeonjunga tarsaki tortdi
~ Olov bilan o‘ynashyabsan )- Yeonjun Kanyani belidan ushlab mahkam qisdi. Kanya og‘riqdan ingradi

Yeonjun

~ Qo‘yib yubor menii og‘riyabti )- Kanya tipirchilashga harakat qilarkan Yeonjun uni belini mahkamroq qisardi
~ Jonim og‘riyabti deyabman qo‘yib yubor )- Kanya Yeonjunga qararkan Yeonjun asta qo‘lini bo‘shatdi ammo haliham u Kanyani belidan ushlagancha unga yaqin turardi
~ Gapimga javob bermading )- Yeonjun
~ Meni qayoqdagi foxishalarga o‘xshatma va Jungkook senga o‘xshagan iflos emas )- Kanya o‘tli nigoh bilan Yeonjunga qararkan Yeonjun lab chetida jilmaydi
~ Ishonch hosil qilishim uchun bu tuningni menga sarflashingga tog‘ri keladi )- Yeonjun
~ Seni o‘ldiraman iflos )- Kanya tipirchilagancha Yeonjunni changalidan chiqdi Yeonjun u tomon yana yaqinlasharkan zinalardan Taehyung pastga tushishni boshladi

~ Nima bo‘lyabti )- Taehyungning jiddiy ovozi yangradi Kanya najot topgandek Taehyungni oldiga borib uni ortida turib oldi
~ U menga tegajonlik qilyabdii )- Kanya Taehyungga qararkan Taehyung qoshini chimirgancha Yeonjunga qaradi
~ 2 kun shoshmay tursang u seniki bo‘ladi! Lekin hozir unga bunday qilishingga haqqing yo‘q haddingdan oshma )- Taehyung Yeonjunga qarab Kanyani qo‘lini ushlagancha " Qo‘rqma " degandek bo‘ldi
~ Kechirasiz hyung uni ko‘rdim endi ketaqolay )- Yeonjun yolg‘ondakam tabassum qilgancha Kanyaga " Hali qo‘limga tushasan " degandek qaradi va uyni tark etdi

Taehyung

Kanya chuqur nafas oldi
~ Hech nima qilmadimi )- Taehyung Kanyaga qarab
~ Yo‘q hammasi joyida raxmat aka yaxshiyam chiqib qoldingiz )- Kanya
~ Raxmat shart emas qani endi xonangga chiq dam ol )- Taehyung
~ Yaxshi dam oling )- Kanya jilmaygancha xonasiga chiqib ketdi

Time skip/TO‘Y_KUNI

Erta tongdan hamma xizmatkorlar ishga tushib ketgan hech kim tinim bilmay o‘zini ishini qilardi. Ahir bugun ikkala katta biznesmenlar oilasida to‘y kuni bo‘lsa..

Kechasi bilan uxlay olmagan Jungkook oldida turgan 2 yo‘ldan qay birini tanlashni bilmay hunobi oshgandi. Biri Kanyani og‘irlab ketish bo‘lsa yana biri to‘yni buzish edi!

~ Nima qilsam bo‘ladi nima qilay qay biri yaxshi biz uchun )- Xonasida tinmay uyoqdan buyoqqa borib kelayotgan Jungkookni e'tiborini eshikning sekin taqillab ochilishi buzdi

~ Sen aytgan hamma narsalar taxt )- Sehun Jungkookni oldiga kelgancha
~ Men haliyam nima qilishni bilmayabman Sehun o‘lay agar boshim qotdi )- Horg‘inlik ila yotoqiga o‘tirgan Jungkook unga diqqat bilan qarayotgan do‘sti Sehunga nazar soldi
~ Og‘irlab ketgandan ko‘ra to‘yini buzganing yaxshi emasmi )- Sehun
~ O‘ylab ko‘r og‘irlab ketganing bilan sevgilingni oilasi bu ishga jim qarab turadi deb o‘ylaysanmi? Ahir u katta biznesmenni qizi bo‘lsa! Uni ustiga anavi sen aytgan Yeonjunchi? U ham bunga jim qarab turadi deb o‘ylaysanmi? Qochib yurganingizdan ko‘ra shartda borib to‘yini buzganing afzal yana o‘zing bilasan bu meni senga do‘stlik maslaxatim )- Sehun Jungkookni yoniga o‘tirgancha yelkasiga yengil qoqib qo‘ydi

Jungkook do‘stini gapini o‘ylagancha yengil bosh irg‘idi.

~ To‘yini buzish bo‘lsa buzish! Muhimi u meniki bo‘lsa bo‘lgani. )- Jungkook

Time Skip/ Kechgi_Vaqt

Hashamatli va dabdabali bo‘lgan marosimlar zali allaqachon to‘y o‘tkazilishi uchun taxt! Hamma narsa joy joyida va hammasi o‘ylanganidanda a'lo.
Kechgi payt ham yaqinlashib to‘yga taklif qilingan mehmonlar asta zalni to‘ldirishdi. Ikkala xonadon ham o‘ziga yarasha obroli va Seulning eng oldi biznesmenlar oilasi bo‘lgani sababli mehmonlar qatorida hatto ularning chet eldagi hamkorlari ham joy olgandi.
Hamma kutgan o‘sha vaqt keldi. Kelin marosimlar zaliga asta yurgancha kirib kelardi. Yonida albatta uni kuzatish uchun Taehyung singlisini qo‘lidan ushlagancha Yeonjun turgan minbar tomon yurishardi
Zalda baralla qarsak ovozlari yangrashni boshladi. Hamma bu ikki juftni ko‘rib ko‘zlari baxtga to‘lardi. Hatto o‘sha g‘iybatchi ayollar ham bir birini qulog‘iga " Ular eng ideal juftlik " deya pichirlab hasaddan yonib kul bo‘lishardi
Birlari kelinni husnini maqtashsa yana birlar kuyov bo‘lmish Yeonjunning naqadar kelishgan yigitligi haqida gapirishardi.

Kanya akasini qo‘lidan ushlagancha oppoq libosda o‘ziga yuragiga umuman begona bo‘lgan bir inson tomon asta yurib borardi. Ko‘zlarida anglab bo‘lmas hissiyot na baxt na g‘amginlik bor edi. Go‘yo hammasi shu onning o‘zida Kanya uchun tugagandek. Ahir u bu narsa xohlamagandi. Uni orzulari umuman boshqacha edi..

Kanya

Ayni damda to‘y bo‘layotgan bu bino oldida mashinada o‘tirgan Jungkook qulay payt bo‘lishi kutayotgandi

~ Ishqilib hammasi men o‘ylagandek bo‘lsin )- Jungkook chuqur xo‘sringancha mashinadan tushib bino ichkarisiga kirib ketdi

》 》 》 》 》 》 》 》 》 》 》

Taehyung Kanyani qo‘lidan ushlagancha Yeonjunni oldiga kelib turishdi. Yeonjun Kanyadan ko‘zini uzmagan koyi unga yana bir bor oshiq bo‘ldi..

Pov/Yeonjun

~ Meni oq libosdagi farishtam.. Yana bir bor ko‘rib senga qaytadan oshiq bo‘ldim o‘zimga ishona olmayabman nahotki sen endi mening rafiqam umr yo‘ldoshim bo‘lasan. Seni hech kimga bermayman hatto o‘sha sevgilingga ham. U hech qanday ko‘rinish bermadi demak nimanidur reja qilayotgani aniq ammo u bizni to‘yimizni buzishiga aslo yo‘l qo‘ymayman

Yeonjun Kanyani qo‘lidan ohistalik ila ushlab uni ko‘zlariga tikildi. Ammo bu ko‘zlarda hech qanday emotsiya yo‘q.. Yeonjun Kanya bilan birga rohibni oldida turishdi

~ Choi Yeonjun Lee Kanyani yaxshi kunda yomon kunda ham yig‘lagan paytida va kulgan paytida ham yonida bo‘lasanmi )-
~ Ha )- Yeonjun qat'iy ovozda
~ Lee Kanya Choi Yeobjunni yaxshi kunda yomon kunda ham yig‘lagan paytida va kulgan paytida ham yonida bo‘lasanmi )- Rohibning so‘zlari Kanyaning qulog‘ida jarangladi. Sahnani sukut egalladi. Yeonjun Rohibdan hijolat tortgancha Kanyaning qo‘lidan mahkam qisib qulog‘iga pichirladi
~ Tezroq ha demaysanmi sevgilim ha demasang kechqurun holingga maymunlar yig‘laydi bilib qo‘y seni mendan hech kim qutqara olmaydi )-

Kanya karaxt ahvolga tushgancha bir Yeonjunga bir Rohibga qarab yutundi lablar orasidan sekinlik bilan - Ha degan so‘z chiqdiyu jim bo‘lib qoldi

~ Sizlarni er xotin deb e'lon qilaman bir biringizdan bo‘sa olishingiz mumkin )- Mana shu on Kanyaning ko‘zlari katta katta bo‘lib ochildi Yeonjun jilmaygancha Kanyani o‘ziga tortib labiga yaqinlashgan payt zalni o‘q ovozi tutdi

~ TO‘YNI TO‘XTATINGG )- Jungkook baqirgancha hammani e'tiborini o‘ziga qaratib Yeonjun va Kanya tomon kela boshladi

Zalda hamma o‘q ovozidan qo‘rqqancha jimib qolishdi

~ MEN BU TO‘YGA QARSHIMAN )- Jungkook shahdam qadamlar bilan Yeonjun va Kanyaning oldiga yetib kelib Kanyani Yeonjunni changalidan halos qilgancha o‘ziga tortdi
~ Sevgilimni senga berib qo‘yadigan darajada axmoq emasman )- Tishlarini g‘ijirlatgancha Yeonjunga o‘lim nigohi ila qarab turgan Jungkook ko‘z yoshlariga erkinlik berishga ulgurgan sevgilisiga nigohini qaratdi

~ Yig‘lama Chagii yoningdaman )- Jungkook Kanyaning qo‘lidan mahkam ushlab silagancha unga jilmayib qaradi
~ Seni bunga nima haqqing bor )- Yeonjun Jungkookga qarab baland ovozda
~ Sen kimsanki meni to‘yimni buzasan )- Yeonjun Jungkookni yoqasiga yopishdi Jungkook ham Yeonjunni yoqasidan ushlagancha ko‘zlariga qaradi
~ Qoidabuzarlik qilgan aslida SEN meniki bo‘lgan insonni mendan tortib olayotgan ham SEN IFLOS BO‘LASAN )- Jungkook ovoz tonini balandlatib baqirgancha

Bu voqealarni kuzatib turgan Kanya va Yeonjunni ota onasi ular tomon kelarkan Yeonjun ularga qarab " Sizlar aralashmanglar" dediyu yana Jungkookga qaradi

Jungkook

Orada mushtlashuv boshlanib ketdi. Bu mushtlashuv go‘yo taqdirni hal etib beradigandek edi. Ikkala yigit ham taslim bo‘lishni istamas bir birlariga ayamay musht tushirishardi. Jungkook sport zallarda yurib chiniqqan uni ustiga boksda ham karatedan ham anchayin saboqlarga ega bo‘lgani uchun Yeonjun unga bas kelolmas edi. So‘nggi zarbani ham Yeonjunni yuziga joylagan Jungkook uni ustidan tushgancha ikkalasiga qo‘rquv aralash qarab turgan Kanyani qo‘lidan ushlab eshik tomon yura boshladi. Hamma karaxt ahvolda hech kim ularni to‘xtatish uchun o‘zida kuch topolmas edi

~ Hali tugagani yo‘q )- Yeonjun pichirlab yo‘talgancha cho‘ntagidan to‘pponchasini chiqardi. Bularni bari oldindan o‘ylanib qo‘yilgandi

FLASHBACK: 2 soat oldin

~ Hammasi joyida shundaymi )- Yeonjun xizmatkorga qarab ko‘ylagini tugmalarini qadayotgandi
~ Ha janob hammasi siz aytgandek )-
~ Qurolchi u ham tayyormi )- Yeonjun tugmalarni qadab nigohini xizmatkorga qaratdi
~ Ha janob qurol ham tayyor va o‘qlangan ham )- Qo‘shimcha qildi xizmatkor
~ Bo‘ldi ketaver )- Yeonjun qayta oynaga qarab yenggini tog‘irlagancha xizmatkor olib kelgan to‘pponchani shimiga ko‘rinmaydigan qilib joylashtirdi
~ Har extimolga qarshi kutilmagan mehmonlar uchun )- Miyig‘ida kuldi u va sochini tarab atirini sepgancha to‘y bo‘ladigan bino tomon yo‘l oldi

Yeonjun

2 marta ketma ket otilgan o‘q ovozi yana hammani sergak torttirdi.
Orqa tomondagi kuchli og‘riq va nafas olishdagi biroz qiyinchilik sabab Jungkook joyida to‘xtagancha ortiga qaradi yovuzlarcha jilmayib turgan Yeonjunning nigohini zo‘rg‘a ilg‘adi va oyoqlari bo‘shashib yerga quladi.
Kanya nima bo‘lganini anglamay turib uni qo‘lidan ushlagancha pastga qulagan Jungkook va u qulagan joyda paydo bo‘layotgan qon izlari sabab esidan ayrildi go‘yo.
Sevgilisini oldiga o‘tirdiyu uni haliyam ushlab turgan qo‘llarini o‘pdi
~ Oppa iltimos uxlab qolmangggg ko‘zingizni oching menga qarab turingg ho‘pp ILTIMOS UXLAB QOLMANGG UXLAB QOLMANGGG )- Kanya dard bilan yig‘lagancha Jungkookni qo‘lini yuziga bosdi
~ Tez yordam chaqiringlarr )- Kanya yon atrofga alanglab qaradi. Butun bir zal to‘la odam huddi kinofilm tomosha qilayotgandek jim o‘tirishi ayni damda Kanyaning jaxlini chiqardi.
Ojiz yo‘talgan Jungkook sekin boshini burgancha Kanyaga qaradi

~ Chagii )- Qiyin bo‘lsa ham jilmaydi Jungkook. Butun boshli badani qaqshab og‘rir nafas olishi sekund sayin qiyinlashar har olgan nafasi suyak suyakigacha og‘riq bersada sevgilisiga bu og‘riqni bildirishni istamasdi
~ Seni.. )- Sekin gapirardi Jungkook
~ Seni so‘nggi )- Jungkook yana gapirishga og‘iz juftladi ammo bu safar kuchli yo‘tal tutdiyu gapirishga ulgurmay turib yo‘taldi. QON
Yo‘talganda ham Jungkookni og‘zidan qon chiqishni boshladi
~ Oppa gapirmangg kuchingizni sarflamangg chidang ho‘p chidangg men uchunn iltimoss )- Kanya Jungkookni boshini tizzasiga qo‘yarkan uni oppoq kelin libosi Jungkookni qizil qoniga burkandi
~ Seni..oq libosda ko‘rdim endi o‘lsam ham armonim yo‘q faqat..)- Yana yo‘tal sabab gap yakuniga yetmadi
~ Gapirmangg deyabmann qiynamangg o‘zingizni )- Kanya yig‘lagancha Jungkookni yuzidan tinmay silar bu holatda hozir u esidan ayrilardi

~ Faqat baxtli bo‘lishga va'da ber )- Jungkook yana bir bor yo‘taldi u sevgilisini nigohlarini ohirgi bor ko‘rdi keyin esa uni ko‘zlari Kanyani yuzini g‘ira shira ko‘rishni boshladi
~ Seni so‘nggi nafasimgacha sevdim )- Ohirgi jumla ohirgi so‘z va ko‘zini bazor ochib turgan Jungkook sekinlik bilan ko‘zlarini yumdi
~ Oppa )- Kanya Jungkookni yuziga yengil tegindi
~ Oppa )- Keyingi so‘z qaltiroq bilan chiqarkan ko‘zini yumgan Jungkookni yuz ko‘zidan o‘pa boshladi
~ Tashlab ketmaysiz hazil qilmoqchisiz shundaymi hazil qilyabsiz hozir uyg‘onasiz )- Kanya telbanamo jilmayib Jungkookni yuzini silardi
~ Uyg‘oning oppa bo‘ldi bu haziliz o‘xshamadii meni yetarlicha qo‘rqitdiz bo‘ldi endi uyg‘oningg )- Kanya Jungkookni labidan ohista o‘pdi
~ Uyg‘onmayabsizkuuu oppa uyg‘oning deyabmann tashlab ketmayman sen bilan doim birga bo‘laman degan kimm. Hozir turmasangiz arazlayman )- Kanya labini ishirib qattiq yig‘lab yubordi
Bu yig‘i uni ich ichidan chiqdi
~ Axmoq telba aldoqchii TASHLAB KETMAYMAN DEB BARIBIR TASHLAB KETDINGIZ VA'DANGIZDA TURMAYABSIZMI OPPAAAA )- Kanya yig‘lagancha Jungkookni yuziga yuzini bosdi. Uni ko‘z yoshlari Jungkookni yuziga tomishni boshladi

~ Kanya bo‘ldi bas qil )- Taehyung singlisining oldiga kelib uni Jungkookdan ajratish uchun qo‘lidan ushladi
~ Tegmang )- Kanya Taehyung qarab
~ U allaqachon o‘lib bo‘ldi singlim o‘likni tinch qo‘y )- Taehyung
~ Jungkook o‘lmagan eshityabsizmi O‘LMAGAN MENGA HAZIL QILYABDILAR HOZIR UYG‘ONADILAR )- Kanya Jungkookga qarab. Taehyung singlisini qo‘lidan ushlab ko‘targancha uni qarshiliklariga qaramay bu yerdan uzoqlashtirishga harakat qilardi
Kanya esa Jungkookdan uzoqlashmoqchi emas buni xohlamayabti. Tinmay akasini qo‘lida tipirchilagancha Jungkook tomon talpinarkan bari befoyda edi.

~ Uni yonida bo‘l )- Taehyung Kanyani Bonani oldida qo‘ygancha o‘zi oq mato olib sahnaga chiqdi va Jungkookni ustidan oq matoni yopdi.
Kanyani ko‘rgan ohirgi manzarasi shu bo‘ldi va u shu vaqtning o‘zida hushini yo‘qotdi

1 HAFTADAN KEYIN

O‘sha kundan beri aqlini deyarli yo‘qotgan Kanya na ichishi na yeyishi bir axvol bo‘lib qoldi.
Xonasiga qamalib olgancha tinmay yig‘lar ba'zida bir nuqtadan ko‘zini uzmay yotardi.

~ Tashlab ketdingiz )- Kanya tizzasini quchgancha yotoqining bir burchagida o‘tirardi
~ Sen bilan ohirgacha birga bo‘laman dedingiz ammo tashlab ketdingiz )- Alamli ko‘z yosh yana uni egalladi
~ Sizsiz hayotni ma'nosi qolmadi. Yashayabman ammo o‘likdan farqin yo‘q.. Bunday yashashdan menga nima foyda )- Kanya qo‘liga Jungkookni suratini oldi
~ Qanchalik sog‘inganimni bilsangiz edi sog‘intirayotganingizdan uyalardingiz )- Jungkookni suratiga qarab jilmaydi u ammo hamon ko‘zida yoshlar

~ Yoningizga boraman meni kuting )- Kanya Jungkookni suratini bag‘riga bosgancha o‘rnidan turdi shkafi eshigini ochdi va bir qancha pachkadagi dorilarni olgancha polga o‘tirdi
Dorilarni birinma ketin og‘ziga solib 2 pachka dorini ham ichib yubordi. 5 daqiqa o‘tar o‘tmas ko‘z oldi qorong‘ulashdi so‘ngra nafas olish qiyinlashdi. Kanya polga quladi
Afsus bu hodisa yarim tunda bo‘lganligi tufayli buni hech kim sezmadi..Kanyani shu kechani o‘zida joni uzildi..

Ertalab Taehyung singlisidan xabar olish uchun uni xonasiga chiqarkan eshikni ochishga urindi. Ammo eshik qulf. Eshikni taqillatdi ammo hech kimdan sado yo‘q
Havotirlangancha eshikni yelkasi bilan urib sindirib xonaga kirgan Taehyung ko‘rgan manzarasidan hushini yo‘qotay dedi
Polda singlisining jonsiz tanasi va sochilib yotgan bir qancha dorilarni ko‘rib tezda singlisini oldiga cho‘kkaladi. Tomir urishini tekshirdi ammo yurak urishdan to‘xtagandi.
Shu joyning o‘zida Taehyung suyukli yakkayu yagona singlisidan ayrildi.

Sevgi shunday telbalikki sevgan insoning uchun joningni qurbon qilishga tayyor bo‘lasan. Kanya ham shunday sevgan insonlar qatoriga kirdi.

Taehyung

~ Chagii )- Jungkook Kanya tomon qo‘l siltab yugurgancha uni oldiga kelib mahkam bag‘riga bosdi
~ Baribir kelibsanda )- Jungkook Kanyaga qarab jilmaygancha uni sochlarini siladi
~ Juda sog‘indim )- Kanya Jungkookni qayta quchoqlab uni bag‘rida biroz tin oldi
~ Endi abadiy birga bo‘lamiz )- Jungkook Kanyani yuzini kaftlari orasiga olib jilmaydi

𝑯𝒂 𝒔𝒉𝒖𝒏𝒂𝒒𝒂 《 𝑼𝒏𝒖𝒕𝒅𝒊𝒎 𝒅𝒆𝒚𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏 𝒉𝒂𝒓 𝒔𝒐𝒏𝒊𝒚𝒂𝒅𝒂 𝒚𝒂𝒏𝒂-𝒅𝒂 𝒌𝒐‘𝒑𝒓𝒐𝒒 𝒔𝒆𝒗𝒊𝒍𝒈𝒂𝒏, 𝒂𝒋𝒓𝒂𝒍𝒊𝒔𝒉 𝒔𝒐𝒏𝒊𝒚𝒂𝒍𝒂𝒓𝒊 𝒚𝒂𝒒𝒊𝒏𝒍𝒂𝒔𝒉𝒂𝒓𝒌𝒂𝒏 𝒚𝒂𝒏𝒂-𝒅𝒂 𝒎𝒖𝒔𝒕𝒂𝒉𝒌𝒂𝒎𝒓𝒐𝒒 𝒃𝒐𝒈‘𝒍𝒂𝒏𝒈𝒂𝒏, 𝒃𝒐𝒈‘𝒍𝒂𝒏𝒂𝒚𝒐𝒕𝒊𝒃 𝒕𝒖𝒈𝒖𝒏𝒈𝒂 𝒂𝒚𝒍𝒂𝒏𝒈𝒂𝒏 𝒃𝒊𝒓 𝒉𝒊𝒌𝒐𝒚𝒂 𝒆𝒅𝒊 𝒃𝒊𝒛𝒏𝒊𝒌𝒊.. 》

𝗧𝗛𝗘 𝗘𝗡𝗗