January 22

𝗣𝗔𝗜𝗡

04.09.2022

Kuz fasli allaqachon kirib kelgan daraxtlardan yaproqlar to‘kilib atrofga o‘zgacha atmosfera bag‘ishlar edi.
Shunday kunlarning birida ikki dugona maktabdan so‘ng qahvaxonaga kirishga qaror qilishdi yo‘lda yurib ketisharkan har xil mazvularda gaplashishar bir birlariga qarab kulishishar edi
Vanihoyat ular qahvaxonaga kirib kelishgach hae doimgi joylariga o‘tirib qahva buyurtma qilishibdi

~ Maylimi agar vaqting bo‘lsa bugun parkga ham borsak qara havo yoqimli - Soyun oynadan tashqariga imladi
~ Ha havo yaxshilikda yaxshi ammo bilasanku uyga borishim kerak darslarim bor - Kanya dugonasiga qarab biroz o‘ychan alfozda gapirdi
~ Senda doim shunaqa sen faqat maktabdan uyga uydan maktabga borasan doim shu hol hozir ham seni majburlab bu yerga olib kelmaganimda balki kelmasding - Soyun dugonasiga qarab labini qimtigancha arazlagan bo‘ldi
~ Ha men shunaqa zerikarli insonman sen esa quvnoqsa biz bir birimizga umuman mos kelmaymiz - Kanya achchiq qilib gapirgancha yuzini oyna tomon burdi
~ Arazlamaginn kechir sen zerikarli emassan shunchaki seni odamlar tushunishmaydi mendan tashqari - Soyun jilmaygancha dugonasini yuzini chimchilab olarkan Kanya ham mayin tabassum qildi

04.09.2025

Huddi o‘sha sana huddi o‘sha joy deyarli hech narsa o‘zgarmagan ammo odamlar qiyofalar harakterlar hozir umuman boshqa.

~ Jin ursin - Ko‘z yoshlari o‘zi bilmasada yuzidan oqib tushishni boshlagan Kanya yoshlarni palapartish artdiyu o‘rnidan turdi. Ichgan qahvasini pulini to‘lab tez-tez yurgancha qahvaxonadan chiqib ketdi. Yo‘lda yurib ketarkan hayolida 3 yil oldingi voqealar gavdalanar bu ham yetmagandek yana yaqinim deb hisoblagan insonning 4-5 kuncha oldin unga nisbatan qilgan muomilasi va say harakatlari baridan oshib tushardi.

~ Nega yana bularni eslab qoldim - Qulog‘iga naushnekni taqqan Kanya baland qilib musiqani qo‘ydiyu hayolidagi o‘ylarni yo‘q qilishga harakat qila boshladi

Afsuski bu holatga na musiqa na bosha narsa yordam berardi. Qadamlari yana asta sekinlashgan Kanya ko‘zyoshlariga erk bergancha odamlar kam bo‘ladigan joyga o‘tib ho‘ngrab yig‘lab yubordi
Kichik jussaga ortilgan bunchalik yuk va dard qizchaning allaqachon ahvolini yomonlashtirgandi

~ Men chidayman men kuchliman - O‘ziga o‘zi taskin beruvchi so‘zlarni aytib ko‘zidagi yoshni artarkan buni ham foydasi bo‘lmadi
Go‘yo ichiga yillab yig‘ilgan dard alam endi chiqayotgandek

3 yil oldin o‘sha qahvaxonadan baxtli holda chiqqan qizlar 1 hafta o‘tar o‘tmas janjallashib qolishdi.
Janjal oddiy narsadan chiqqan bo‘lsa ham bu ikki tomonni ham vir biridan ayirdi

Soyun va Kanya bir biriga gapirmas hatto ko‘rishib qolishsa ham bir biriga salom berishmas edi
Bunga sabab Kanyaning Soyunga gapirishga yo‘l qo‘ymaydigan g‘ururi yoki Soyunning bevafoligidandir

~ Hayollarimni bir joyga yig‘ishim kerak - Kanya chuqur nafas olgancha chiqardi
~ Men uddalayman shu paytgacha chidadimmi bundan keyin ham eplayman - Kanya ko‘z yoshlarini artib o‘zi doim yaxshi ko‘rib tinglaydigan musiqani qo‘ydi va uyi tomon asta qadam tashlab keta boshladi

Yo‘llar shovqin kimdir ishidan kimdir o‘qishidan qaytayotgandi. Atrofda odamlar shoshilgancha yurar Kanya esa bunga ahamiyat ham bermasdi. O‘tgan yillar qizni shunchalik tarbilayalidiki u odamovi bo‘lib qoldi.
Qayerda bo‘lmasin odamlardan uzoqroq bo‘lgan joyda yurar agar odamlar ko‘p, gavjum bo‘ladigan joyga kelib qolsa nafasi qisib qolardi

Kanya hayollar og‘ushida yurib ketarkan kutilmaganda yomg‘ir yog‘ib yubordi.. Kanya endi tushundiki odamlar yomg‘ir yog‘ishini bilgani sababli yugurgilab yurgan ekan.
Kanya yomg‘irdan qochmadi hatto o‘zini qo‘llari bilan pana qilmadi. Bu havo, u sevgan muhit, qizga go‘yo g‘amginlikdan qutilish chorasidek ko‘rina boshladi ammo u kutilmaganda yon tarafdan chalingan signal sabab hayollarini yig‘ishtirdi. Qiz o‘z hayollari va musiqaga shunchalik berilib ketganidan yashil chiroq yonganda qanday qilib piyodalar o‘tish yo‘lakchasiga qadam bosganini ham bilmadi.
Qizning hayolida hozir mashina unga urilganda paydo bo‘ladigan og‘riqlar hissi chulg‘ab oldiyu "Nahotki men o‘laman" degan o‘y bilan na oldinga na orqaga yura olmay to‘xtab qoldi..

Kanya avtohalokatga uchrashini kutib ko‘zlarini yumarkan bilaglaridan tutilgan baquvvat qo‘llar-u qattiq zarb bilan kimningdir tanasiga urilishi hayolidagi barcha narsani "puff" qilib o‘chirib yuborgandek bo‘ldi

- Hayollar og‘ushida qolganim sababli qanday qilib mashinalar yurishi uchun yashil chiroq yongan paytda piyodalar o‘tish yo‘lakchasiga qadam bosganimni sezmay qolibman. Hayollarimni mashinaning signal ovozi buzdi.
Hayollarim battar chalkashib na oldinga na orqaga yurishni bilmay qoldim. Hayolimni sovuq his chulg‘ab oldi.. Nahot men "O‘laman?"
Ammo bari boshqacha tus oldi. Kimdir qo‘limdan ushlab meni yo‘ldan chekkaga tortdi.
Hayratdanmi yoki qo‘rquvdanmi og‘ir-og‘ir nafas ola boshladim. Qancha paytdan beri o‘lishni xohlayman deb yurganimni esladim. Ammo o‘lim yoqasiga kelganimda jonim o‘zimga shirindek tuyildi. "O‘lishni xohlamay qoldim"

Hansiragan holatda meni qutqargan odam tomon ko‘z tashladim.
Qora kiyingan, boshidagi kepkasi va yuzidagi maskasi sabab uni aniq ko‘ra olmadim.

- O‘lging keldimi? - Qoshlarini tepaga ko‘tarib menga qaradi
- Yaqinlaring sensiz azoblanishini o‘ylamadingmi? Hammasini o‘lim bilan hal qilib bo‘ladi deb o‘yladingmi? -

Menga asabiy gapirayotgan yigitga qarar ekanman bu birdan bo‘lganini, aslida bunday qilishni xohlamaganimni gapirish uchun menga vaqt ham bermayotgandi.
Gapirishga og‘iz juftlagan onim yigit ortiga o‘girilib ketib qoldi.

Ayni shu payt Svetaforda piyodalar o‘tishi uchun yashil chiroq yondi. Bu ham meni qanchalik "Omadliligim" belgisi. Uni ko‘zlarim bilan izlab topmoqchi bo‘ldim ammo odamlar ko‘pligi sabab uni yo‘qotib qo‘ydim.