𝗨𝘀𝗵𝗮𝗹𝗺𝗮𝗴𝗮𝗻 𝗢𝗿𝘇𝘂𝗹𝗮𝗿
Soat allamahal bo‘lgan bo‘lsada haliham uxlamagan Kanya xonasida uyoqdan buyoqqa borib kelardi
~ Nega telefonni ko‘tarmayabsizz )- Kanya Jungkookga qayta qayta telefon qilsada Jungkook telefonni ko‘tarmayotgandi
~ Juda sog‘inyabman sog‘inib ketyabman siz hech sog‘inmadingizmiii na qong‘iroq qildingiz na xabar yozdingiz xavotir olmayabsizmi mendan )- Kanya telefonga qaragancha Jungkookga qayta qong‘iroq qildi
Jungkookni yotoqida yotishga yordam bergan Namjoon uni ustiga ko‘rpasini tortib qo‘ydi
~ Biroz uxla dam olib ol )- Namjoon allaqachon uxlab qolgan Jungkookga qarab jilmayarkan Jungkook uxlagan bo‘lsada " O‘ldiringlar meni " deyishdan to‘xtamagandi
Namjoon Jungkookga qarab chuqur uhh tortdi
~ Sevgi odamni shunday koylarga solarkanda..Shunisi aytishsa kerak baxtdan osmonga uchiradigan ham lop etib yerga tushiradigan ham sevgi deb. Ahvolingga qara uka es hushingdan ayrilibsan )- Namjoon gapini tugatib ulgurmay telefonning ovozsiz rejimda qong‘iroq bo‘layotganini eshitib jim turgancha yostiqlar orasida yotgan Jungkookni telefonini qo‘lga oldi
Biroz o‘ylanib turgan Namjoon go‘shakni ko‘tardi.
~ J..Jungkook oppa )- Kanya ahiyri yig‘lamsiragan ovoz bilan
~ Bu men Jungkookning akasiman )- Namjoon
Kanya pastki labini tishlab tomoq qirdi
~ Anyonghaseo uzr kech bo‘lganda bezovta qildim Jungkookning ahvoli yaxshimi )- Kanya
~ Yaxshi desa ham bo‘ladi )- Namjoon Jungkookga qarab
~ N..nima bo‘ldi biron yomon narsa sodir bo‘ldimi yashirmangg iltimoss ayting juda ham xavotir olyabman nechi kundan beri qong‘iroq qilaman ammo bari javobsizz )- Kanya yig‘lamsiragancha xonasida uyoqdan buyoqqa borib kelardi
~ Juda ham ko‘p ichgan ruhiy holati yaxshimas hozir uxlayabti )- Namjoon
~ Iltimos uyg‘onsalar qong‘iroq qilisinlar aytib qo‘yingg o‘tinib so‘rayman )- Kanya
~ Mayli )- Namjoon go‘shakni qo‘ydi
Kanya telefonni yotog‘i ustiga otib chuqur nafas oldi
~ Hammasi meni debb )- Kanya polga o‘tirgancha
~ Men sababchiman barigaa qaniydi tug‘ilmaganimda )- Kanya yig‘lashni boshladi. Bu tun ikkala sevishganlar uchun ham yaxshi bo‘lmadi
Ertasi kuni erta tongdan Kanya uydan dugonalarim bilan ko‘rishishim kerak deya uydan chiqib ketdi. Ammo u tog‘ri Jungkookni uyi tomon ketardi.
Jungkook ota onalari bilan birga yashamasdi unga mustaqil bo‘lish yoqardi. Shu sababli ham Kanya Jungkookni uyiga ketayotgandi
– So‘nggi 1 oy ichida hayotim qanchalar o‘zgarib ketdi. 1 oy oldingi hayotimda juda ham baxtli edim. Bunday voqealar hatto tushimga ham kirmagandi. Bilmadim balki taqdirimizga Jungkook bilan birga bo‘lish yozilmagandir. Lekin unda nega biz bir-birimizga telbalarcha oshiq bo‘ldik? Nega haligacha bir-birimizdan ko‘ngil uza olmayabmiz ? Qo‘l siltab tashlab keta olmayabmiz? Nega?
O‘ylar bilan o‘zimga savol bergancha qanday qilib Jungkookni uyiga tezda yetib kelganimni o‘zim bilmay qoldim. Ikkilanib turmay qong‘iroqni bosdim. Jungkook odatda bunday vaqtda uyg‘oq bo‘lishi kerak edi. Eshik ortidan qadam tovushlari eshitilarkan ust boshimni tog‘irlab hozir Jungkook eshik ochishini o‘ylagancha quvonardim. Ahir uni necha kundan beri ko‘rmadim aqalli 1 marta bo‘lsa ham qong‘iroqlashmadim. Tan olaman uni juda sog‘ingandim
Eshik ochilarkan Kanya jilmaygancha eshikni ochgan odamga qaradi. Ammo u o‘zi kutgan insonni ko‘rmadi va biroz uyaldi ham
~ Anyonghaseo )- Kanya nima deyishni bilmay asta tazim qildi
~ Uzr bezovta qildim )- Kanya uyalgancha asta pastga qararkan Namjoon Kanya kirishi uchun eshikni to‘liq ochib biroz chetga o‘tdi
~ Kelganing yaxshi bo‘ldi. Ayni damda Jungkookga sen keraksan. Ammo u hozir uxlayabti istasang kutib tur yoki oldida bo‘l. Uyg‘onganda seni ko‘rsa balki kayfiyati yaxshilanar )- Namjoon Kanyani Jungkookni xonasi tomon boshladi.
Kanya Namjonni ortidan ergashgancha Jungkookni xonasiga kirdi. Namjoon Kanyani shu yerda qoldirgancha o‘zi xonadan chiqib ketdi.
Kanya asta Jungkookga bir qarab qo‘ygancha xonaga ko‘z yugurtirdi. Xona qora rangda bo‘lib o‘zidan o‘zgacha aura taratardi. Kanya asta yurib Jungkookni ishtoli oldiga keldi. Buyer ham tartiblangan bo‘lib stol ustida ularning birgalikda tushgan rasmlari turardi. Kanya jilmaygancha suratni qo‘liga oldi. Bu surat ular Namsan Tower minorasiga borganlarida olingandi. Kanya suratga qarab jilmayib asta yotoq tomon yurib yotoqqa asta joylashdi.
Jungkook ham buni sezgandek Kanya tomonga o‘girilib yotib oldi.
Kanya jilmaygancha Jungkookga qarashni boshladi. Benuqson bo‘lgan bu yuzga qararkan yuzida beixtiyor tabassum yugurdi. Uzun kipriklari, nayzadek uzun va qora bo‘lgan qoshlari, qirrali chiroyli burni, va nozik jozibali lablari bilan u go‘yo mukammallikning o‘zi edi
Kanya asta Jungkookni yuzi tomon qo‘lini olib bordi va asta uni yuziga qo‘lini qo‘ydi
~ Sog‘ingandim judayam )- Kanya yig‘lamsiragancha asta burnini tortib qo‘ydi va Jungkookni yuzidan asta va mayin silashni boshladi. Keyin uni uyg‘onishidan qo‘rqqandek qo‘lini tortib oldi va o‘zi nima qilyabman degancha o‘ylanib o‘rnidan turishga shaylangandi ammo baquvvat bo‘lgan qo‘l uni ushlab qolgancha o‘z quchog‘iga tortdi
~ Ketma qol ,tashlab ketma meni iltimos ketma )- Jungkook uyqusiragancha gapirarkan birdan ko‘zlari ochildi. Kanya Jungkookga hayron qarab turardi
~ Ketdi tashlab ketdi )- Jungkook yig‘lashga shay holda lablarini egri bugri qilarkan Kanya qoshini chimirdi
~ Hali hech qayerga ketganim yo‘q )- Kanya
Jungkook birdan Kanyaga qaradi
~ Nima men o‘ldimmi )- Jungkook shiftga qaragancha o‘ylashni boshlarkan Kanya qo‘li bilan Jungkookni yelkasiga yengil urdi
~ Axmoq yoningizda bo‘lsam siz o‘lgan bo‘lasizmi )- Kanya labini ishirib
Jungkook ishonqiramay ko‘zlarini qayta qayta yumib ocharkan birdan boshida og‘riq turdi. Kechasi ichganligining alomati
~ Nima bo‘ldi yaxshimisiz )- Kanya havotirlanib
Jungkookni esiga birdan 4 kun oldin ko‘rgan manzalasi gavdalanib Kanyani quchog‘idan chiqargancha o‘rnidan turishga urundi ammo boshi aylangancha yotoqqa o‘tirib qoldi
~ Yaxshimisiz deyabman )- Kanya Jungkookni oldiga o‘tirgancha uni qo‘lidan asta ushlarkan Jungkook qo‘lni siltab tashladi
~ Nega kelding )- Jungkook hatto Kanyaga qaramadi ham
~ Oppa bu nima deganingiz )- Kanya Jungkookga qarab
~ Ne-ga kel-ding deb so‘radim )- Jungkook ovoz tonini biroz balandlatdi
~ Sizga nima bo‘ldii nega bunday deysizz )- Kanya
~ Chiqib ket yo‘qol. Ko‘zimga ko‘rinma SENI KO‘RISHNI ISTAMAYMAN ESHITYABSANMI ISTAMAYMAN YO‘QOL KET O‘ZING BILAN YURAGIMNI HAM OLIB KETT KELMAAA )- Jungkook yig‘i aralash baqirarkan bo‘ynida tomirlari bortib chiqdi
Kanya Jungkookni bunday holatda ko‘rmagandi chunki Jungkook Kanyaga hech qachon jaxl bilan munosabatda bo‘lmagandi
~ Nega ketishim kerak sababini ayting ahirr. Nima qildimm men aybim sizni sog‘inganimmi )- Kanya qizargan ko‘zlarini ishqalagancha Jungkookga qaradi
~ O‘SHA KUNI UNING MASHINASIDA NIMA QILAYOTGANDING NEGA QUCHSA JIM TURDING NEGA O‘ZINGDAN ITARMADINGGG NEGA NEGA )- Jungkook yotoqni mushtlagancha telbanamo harakat qilardi
Kanya biroz jim turarkan o‘sha kungi voqea esiga tushdi. O‘sha kundan beri Jungkook unga hatto qong‘iroq ham qilmadi.
Demak Jungkook buni ko‘rdi
~ Jungkook buni men xohlamadim uni o‘zi shunday qildi. Qarshilik qilolmaganimni sababi buni oyim va dadam kuzatayotgandi oppa hech nima qila olmay qoldim kechiringg )- Kanya Jungkookni bilaklaridan ushlagancha unga qararkan Jungkook g‘azab bilan unga qaradi
~ Chiqib ket )- Jungkook chuqur nafas oldi
~ Yo‘q )- Kanya pastga qaragancha
~ Yo‘qol dedim )- Jungkook Kanyaga qarab
~ Ketmayman ketmaymannn )- Kanya yosh boladek yer tepindi
~ Unda o‘zim qilaman )- Jungkook Kanyani qo‘lidan ushlagancha eshik tomon sudrarkan Kanya yig‘lagancha polga o‘tirib oldi
~ A..axmoq t..telba esi..ni ye..gan )- Kanya yig‘lagancha yuragi ustiga qo‘lini qo‘ydi
Jungkook nima qilayotganini endi sezgan odamdek tezda sevgilisining oldiga cho‘kkaladi va bag‘riga bosdi
~ Kechir kechir Chagii men g‘azabda edim hammasi uchun uzr so‘rayman kechiir chagii )- Jungkook Kanyani yuzidagi yoshlarni artgancha mahkam quchoqladi
Kanya hiqillagancha Jungkookni quchoqladi
~ S..sog‘indim juda juda sog‘indim )- Kanya Jungkookga namlangan ko‘zlari bilan qararkan Jungkook uni ko‘zlaridan o‘pdi
~ Men ham juda sog‘indim chagiyam o‘zimni )- Jungkook Kanyani sochini silab sochi ustiga labini bosdi
𝙁𝙄𝙉𝘼𝙇/1-𝙌𝙄𝙎𝙈 ham tugadi
Davomi chiqishi uchun reaksiya bosib fikringizni yozib ketasiz deb o‘ylayman
Yangi kelganlar sizlar rekda qo‘shilgan ff shu bo‘ladi
Qiziqarli joylari hali oldinda🌚🥂