July 27, 2025

Reaksiya for #Aerin onni

~ ¤ - - Reaksiya - - ¤ ~

Ishdan har doimgidek kech kelgan erini kutib olgan Aerin eri kiyimini almashtirib chiqguncha o‘zi qilgan taomni suzib stol ustiga qo‘ydi. Sharbat va stakanlarni ham olib stol ustiga joylagach o‘zi stullardan biriga o‘tirib erini kuta boshladi.
Zinalardan qadam tovushi eshitilib Taehyung oshxonaga kirib keldi

~ Mmm bu mazali hidga qaraganda kechgi taomni o‘z qo‘llaring bilan qilgansan - Taehyung jilmaygancha ayolini oldiga kelib uni peshonasidan o‘pib qo‘ygancha uni yonidagi stulga joylashdi
~ Hammasini ataylab siz uchun tayyorladim. Barchasi sizni sevimli taomlaringiz - Aerin jilmaygancba stakanga sharbatni quyib eriga uzatdi
~ Mm unda bularni tezroq yeyishim kerak ammo zaharlanmasam bo‘ldi - Taehyung hazillashib jilmaygancha og‘ziga taomni soldi
~ Har doim shunaqa deysizda qilgan taomlarimni ohirigacha qoldirmay yeb qo‘yasiz yoqmas ekan o‘zingizga boshqasini tayyorlab yeng - Erini oldidagi taom solingan idishni o‘zini oldiga qo‘yib lablarini ishirgancha arazlab oldi Aerin.

- Ishdan charchab kelgan bo‘lsamda Aerinni ko‘rishim bilan hamma charchoqlarim yo‘q bo‘lib qolgandek bo‘ldi. U aslida taom qilishni juda yaxshi biladi lekin uni jig‘iga tegish uchun ba'zida shunday hazillar qilaman. U esa doim arazlaydi. Arazlagan paytida judayam yoqimtoy bo‘lib ketadi hayollarim uni ishirib olgan yuzchasidan tishlab ol deydi ammo o‘zimni bundan tiyishga harakat qilaman. Yoqsa rostan ham bu yoqimtoy ayolimni yeb qo‘yardim. Hozir ham u shunday og‘zini havoga to‘ldirib labini ishirib olgancha araz qilyabdi. Yana hayolim uni yuzidan tishlab ol derkan bundan o‘zimni zo‘rg‘a tiydimu u olib qo‘ygan taomimni qaytarib o‘zimni oldimga qo‘ydim

~ Azizamm taom judayamm shirin chiqibdii hazillashib aytdim bilasanku menii senga hazil qilishni yaxshi ko‘raman - Taehyung jilmaygancha qoshiqni qo‘liga olib taomdan yana og‘ziga solgancha chaynashni boshladi
~ Ha bilaman juda yaxshi bilaman ahir siz aqlini yo‘qotgan jinnisizku - Aerin zarda qilgancha taomdan olib og‘ziga to‘ldirgancha solib chaynashni boshladi. Taehyung jilmayib Aerin tomon cho‘zilgancha ishib turgan yuzidan o‘pdi so‘ngra yengil tishlab oldi

~ Bunday shirin ko‘rinishda davom etsang seni yeb qo‘yaman - Taehyung Aeringa qarab uni yuzini og‘ritmay chimchilab oldi va taomlanishni davom ettirdi

Ular taomlanib olishgach Aerin idishlarni yuvib qo‘ygancha mehmonxonada televezor tomosha qilayotgan erini oldiga kirdi. Uni yonida o‘tirib divandan joy olarkan Taehyung Aerinni belidan ushlab o‘ziga tortgancha mahkamroq quchdi

~ Sog‘indingmi meni - Televizordan ko‘zini uzmagan holda gapirdi Taehyung
~ Aslo yo‘q zarracha ham sog‘inmadim - Aerin ham e'tiborini televizorga qaratdi
~ Shuning uchun ham judayam ko‘p SMS yozgan ekansanda - Taehyung qoshlarini tepaga ko‘targancha ayoliga qaradi go‘yoki " Aldashni eplay olmading" degandek
~ Jim gapirmang qiziq joyiga keldi - Aerin gapni boshqa yoqqa burib yuborgancha televizordan ko‘zini uzmay gapirdi
~ Mayli ammo bir gap aytishim kerak - Taehyung Aerinni sochlarini silab bo‘yniga yuzini ko‘mib chuqur nafas oldi
~ Q..qanday gap ekan - Aerin bo‘ynidagi issiq nafas tufayli duduqlangancha gapirib
~ 2 kundan keyin hamkorlarim katta tadbir uyishtirayotgan ekan hamma o‘zini ayoli bilan borsin deb taklifnoma berishdi oldindan aytib qo‘ydim - Taehyung qizni bo‘yniga yengil o‘pich qo‘ygancha undan uzoqlashib qizni ko‘zlariga qaradi
~ H..ha mayli boraman - Aerin g‘alati jilmaygancha o‘rnidan turdi
~ Qayoqqa - Taehyung qizni qo‘lidan ushlab unga qaradi
~ Bugun judayam charchadim uxlamoqchiman - Aerin yolg‘ondakam o‘zini charchagan odam ro‘liga solgancha xo‘rsinib qo‘ydi
~ Birpas men bilan o‘tir keyin birga uxlaymiz - Taehyung qizni qo‘lidan ushlab o‘ziga tortgancha tizzasida o‘tirg‘izdirib oldi
~ Tae..Taehyung nima qilyabsiz a qo‘yib yuboring - tipirchilashni boshlagan qizni belidan o‘tkazilgan baquvvat qo‘llar sabab u qimirlay olmay qoldi
~ Tshsh tipirchilama shunchaki rohatlan - Taehyung ayyorona jilmaygancha qizni belidan silashni boshladi
~ Taehyung qo‘yib yu.. - qizni gapi tugallanmay turib uzun barmoqlar uni labi ustidan joy oldi
~ Gapirma dedim yo‘qsa lablarim orqali jim qilaman - Taehyung qizni labini qo‘li bilan silab to‘xtab qolgan ishi uni belidan silashni davom ettirdi.
Taehyungni qo‘li Aerinni belidan mayin silar ba'zida og‘ritmay belini qisib qo‘yardi. Aerin eda hayajondan yuragi qattiq urushni boshladi. Taehyungni harakati tepalashib borarkan Aerin Taehyungga qarab uni labiga labini bosdi. Taehyung nima bo‘lganini endi anglab qizga javob qaytarmoqchi bo‘lgan Aerin undan uzoqlashib o‘rnidan turgancha ikkinchi qavatga yugurib chiqib ketdi.
Taehyung biroz o‘ylanib qolib keyin televizorni o‘chirgancha qizni ortidan yugurdi

~ Aerinn azizam to‘xtaaa - Taehyung qizni ortidan xonaga kirarkan yuvinish xonasidan kelayotgan ovozlar sabab yuvinish xonasi tomon yurib eshikni tutqichini buradi ammo eshik qulf

~ Aerinnn azizam eshikni och - Taehyung qizni erkalagancha eshikni sekin taqillatdi
~ Yuvinmoqchiman siz uxlayvering - Aerinni eshik ortidan ovozi keldi
~ Azizamm eshikni ochsang bo‘lardi axir er xotinmiz - Taehyung nolingancha

Ichkaridan ovoz eshitilmadi ammo eshik qulfi buralib ochildi.
Taehyung jilmaygancha yuvinish xonasiga kirdi.

~ Men bo‘ldim - Aerin sochiqni olgancha chiqish uchun yurarkan Taehyung uni qo‘lidan ushlab qolib rakvena oldidagi tumbochka ustiga o‘tirg‘izdirib ikki qo‘lini qizni yoniga tiragancha turib oldi

~ Extirosimni uyg‘otib qochib qolmoqchimiding - Taehyung qizni ko‘zlariga qarab
~ Aslida shunday qilgan o‘zingiz - Aerin erini ko‘zlariga qarab keyin uyalgancha yuzini pastga qaratdi

Taehyung labi chetida jilmaygancha qizni yuzini o‘ziga qaratib uni lablariga egalik qildi. Bo‘sa borgan sari chuqurlasharkan Taehyung qizni ko‘tarib yotoq tomon yurdi..

Paq tugadi🌚🤣
Hot yozmiman bilasizu🙂‍↔️

Taehyung&Aerin