𝑼𝒔𝒉𝒂𝒍𝒎𝒂𝒈𝒂𝒏 𝒐𝒓𝒛𝒖𝒍𝒂𝒓
~ Oppa )- Kanya yana boshini Jungkookni ko‘ksiga qo‘yib yengil nafas oldi
~ Hmm )- Jungkook jilmayib
~ Sizni sevaman )- Ikki yuzi olma misol qizil tusga kirib ulgurgan bo‘lsa ham " Sevgi izhori " ni aytdi Kanya
~ Men sendan ham ko‘o‘o‘p sevaman.Bu sevgini ta'riflash uchun so‘zlar ojiz )- Jungkook jilmayib
Kanyadan bu safar javob kelmadi u Jungkookni qattiqroq quchoqlagancha ko‘zlarini yumdi.Uni hozir " Yurak " i hotirjam edi..
Yana birozdan so‘ng ular qo‘l ushlashgancha Kanyani uyi tomon piyoda yurib keta boshlashdi.
Kanyani ko‘chasini oldiga kelganda esa Jungkook Kanyani o‘ziga qaratib bag‘riga bosdi.
~ Sog‘inaman seni Chagiyam.Uyga extiyot bo‘lib yetib ol.Uyingga kirgach esa xabar jo‘nat )- Jungkook
~ Ho‘p oppa siz ham yaxshi yetib oling )- Kanya Jungkookdan uzoqlashib bir ikki qadam yurdi ammo joyida to‘xtab ortga yurgancha Jungkookni oldiga kelib oyoq uchida turgan holda uni yuzidan o‘pib qo‘ydiyu jilmaygancha oldinga qarab yugurib ketdi..
~Buyerdan emas buyerdan )- Jungkook Kanyani yuzidagi lab izlari ustiga barmog‘ini qo‘yib lablariga olib borgancha jilmaydi
Eshikdan jilmaygancha hayolga berilib uyga kirgan Kanyani qo‘lida olma tishlagancha oldidan chiqqan onnisi cho‘chitib yubordi
~Onniii yo‘talib kelmaysizmi )- Kanya yuragi ustiga qo‘lini qo‘ydi
~Shu mahalda qayerdan kelyabsan )- Kanyani savoliga javob ham bermay uni tergashga o‘tgan onnisi sekin u tomon qadam tashlagancha yurib kelardi
~A..a )- Sochini qashib o‘ylangan Kanya qanday " Bahona " to‘qisam ekan deya o‘ylardi
~Jungkookni yonida eding shundaymi )- Bona
~H..ha )- Boshini quyi eggan Kanya "Buni qayerdan bildilar" - deya o‘ylanayotgandi
~ Buni sezmaslik qiyin emas )- Bona Kanyani qarshisiga turib jilmaydi
~ U aniq seni sevadimi )- Bona Kanyani egilgan yuzini o‘ziga qaratib biroz qoshlarini yuqoriga ko‘tardi
~ Ha )- Kanya o‘ylanib ham o‘tirmay savolga javob berarkan yuzida o‘zi bilmasada tabassum paydo bo‘ldi
~ Senchi )- Bona Kanyani holatini kuzatib turarkan uning yuziga ham tabassum yugurayotgandi
~ Menam )- Kanyani yuzi qayta yerga egilib yuzlari olma misol qizardi
Bona jilmaygancha Kanyani sochini siladi
~ Boraqol tepaga chiq )- Bona
~ Yaxshi dam olinglar )- Kanya boshini ko‘tarmagan holda tez-tez qadam bosib zinalardan ko‘tarilgancha xonasiga kirib ketdi
Bona ham zinalardan asta yurib chiqarkan Taehyung oshxonadan qo‘lida stakan bilan kelayotgandi
~ Nima qilyabsiz )- Bona Taehyungga qarab
~ Chanqadim suv ichgani pastga tushdim. Kanya keldimi shu paytgacha qayerda yurgan ekan )- Taehyung biroz asabiy ohangda ayolini oldiga yurib keldi
~A..a haligi dugonalari bilan ekan biroz kech qolibdi )- Bona Taehyungga jilmayib qaradi
~ Hali uxlamagandir u bilan gaplashib olishim kerak )- Taehyung zinalardan ko‘tarila boshlarkan Bona ham uni ortidan yurdi
~ Nima qilasiz shu mahalda u charchab keldi damini olsin. Nima demoqchi edingiz gapingizni ertaga aytsangiz bo‘lmaydimi )- Bona Taehyungni bilagidan ushlab to‘xtatgancha
~ Lekin buni hozir aytishim kerak )- Taehyung Kanyani xonasi oldida turib
~ Men bilan yuringg u dam olsin qanday akasiz o‘zi aa singlisini dam olishga qo‘ymaydigan )- Bona Taehyungni bir qo‘lidan ushlagancha xonalari tomon keta boshladi
Ayni damda Kanya kiyimlarini ham alishtirmay o‘zini yotoqqa tashlagancha telefonini qo‘liga oldi va Jungkookga SMS yozdi
《 Men uyga keldim xavotir olmang》 - Kanya jilmayib SMSni yuborgancha
Zum o‘tmay Jungkookdan ham SMS keldi
《 Men ham uyga yetib keldim yaxshi dam ol chagiyam 💋❤️ 》
Kanya telefoniga qarab jilmayib ko‘zlarini yumdi. Bu juftlik ayni damda baxtdan sarmast edilar
Xonalariga kirib yotoqqa joylashgancha bir birini quchoqlagancha yotgan Taehyung va Bona bir birlariga qarab yotisharkan Bona o‘zini qiziqtirayotgan savolni Taehyungga berdi
~ Kanyaga nima demoqchi edingiz )- Bona
~ To‘y haqida aytmoqchi edim )- Taehyung o‘ylanib
~ Yana qanaqa to‘y kimni to‘yi )- Bonani birdan havotir egalladi
~ Meni to‘yimmasdir har xolda albatta Kanyanikida . Dadam shunday qarorga keldilar )- Taehyung
~ Ahir Kanya hali o‘qishini tugatmadiku )- Bona
~ Men ham shuni aytdim o‘qishini bitirishiga ham uzog‘i bilan 1 oycha qoldi undan keyin darrov to‘yni qilarkanmiz )- Taehyung
~ Kimga )- Bona najot kutgandek Taehyungni ko‘zlariga qaradi
~ Dadamni hamkorini og‘li Yeonjunga )- Taehyung
~ Y..Yeonjun )- Bona titroq ovozda gapirarkan singlisidek bo‘lib qolgan qizga achinishni boshlagandi