July 29, 2025

Wedding

~ ¤ - - Wedding - - ¤ ~

Endigina to‘yxonadan chiqqan baxtli juftlik o‘zlariga tayyorlangan mashinaga o‘tirgancha uylari tomon yo‘l olishdi.
Bugun ularning eng baxtli kunlardan biri. Bugun ularning to‘y kuni edi.
7 yil deganda birga bo‘lishgan juftlik hozit baxtdan sarmast edilar

~ Ana to‘y ham o‘tdi - Kanya Jungkookning yelkasiga boshini qo‘ygancha jilmaydi
~ Mmm men qancha kutgandim a bu kunlarni - Jungkook jilmaygancha Kanyani quchoqlab uni qo‘llarini ushlagancha asta silashni boshladi
~ Judayam charchadim - Kanya ko‘zlarini yumgancha chuqur nafas oldi
~ Men ham charchadim - Jungkook qizni qo‘lini silashda davom etarkan uni yuziga qaradi
~ Uyga borsak dam olamiz - Jungkook jilmaygancha qizni yuziga lablarini bosdi

Mashina uy oldida to‘xtarkan Jungkook birinchi bo‘lib mashinadan tushdi va Kanyaga tushishda yordam berdi

~ Ko‘tatib olardimu ammo ko‘ylagingda biroz noqulay - Jungkook hijolat bo‘lgancha sochlariga tegindi
~ Hech qisi yo‘q uyga kirsak bo‘ldi - Kanya jilmaygancha Jungkookga qarab

Jungkook qizni qo‘lidan ushlab uy tomon yurdi. Eshikni ochib ichkariga kirishdi. Ularni chiroyli bezatilgan uy kutib turgandi.
Kanya ichkari tomon 1 qadam otdiyu uni boshi uzra qizil atirgul yaproqlasi yog‘ilishni boshladi. Kanya jilmaygancha bir boshi uzra to‘kilayotgan qizil yaproqlarga qarasa bir uni chetda yosh bolalarcha samimiylik bilan kuzatib turgan eri Jungkookga qarardi

~ Bular men uchunmii - Kanya quvonchini yashira olmay tinmay jilmayarkan Jungkook uni qo‘lidan ushlab zinalar tomon yetakladi.

Zinalar ham shamlar orqali bezatilgan atirgul yaproqlari zinalar bo‘ylab chiroyli qilib sochilib turardi. Bir so‘z bilan aytganda hammasi shunchalik puxtalik bilan o‘ylangan ediki bu narsalarni hammasi Kanyani tinmay jilmayishiga sababchi bo‘lardi.
Xona eshigini ochib ichkariga kirgan juftlikni o‘zgacha bezatilgan xona qarshi oldi

..

Kanya ortiqcha dabdabalarni hush ko‘rmaganligi uchun soddagina bezatilgan xona Kanyaning yana bir bor quvongancha Jungkookga qarashiga sababchi bo‘ldi.
Xona ham atirgul yaproqlari bilan bezatilgan bo‘lib yotoqga ham yurakcha shakli chizilgan va ichiga "Forever I love you" deb yozilgandi.
Yotoq chetidan katta chiroyli atirgulli buketni qo‘liga olgan Kanya uni hidlagancha jilmaydi

~ Raxmat hammasi uchun - Kanya Jungkookga qarab

Jungkook Kanyani oldiga sekinlik bilan yurib kelgancha uni ortidan quchib oldi

~ Hammasi endi boshlanadi azizam - Jungkook jilmaygancha Kanyani sochini yelkasidan ortga olgancha bo‘yniga yengil o‘pich qo‘ydi

~ A men kiyimimni alishtirib chiqaman - Kanya tok urgandek seskangancha gulni yotoqga qo‘yib shkaf tomon yurib uyerdan kiyishga pijama oldi
~ Yordamim kerak emasmi - Egnidagi kostyumni yechib yotoq chetiga tashlagan Jungkook galastugini bo‘shatgancha Kanyaga qaradi
~ Kerak bo‘lsa aytaman - Kanya yuvinish xonasiga kirib ketarkan Jungkook futbolkasini tugmalarini bo‘shatgancha futbolkasini yechib yotoq chetiga uloqtirdi

Kanya yuvinish xonasida ko‘ylagining zamogini pastga tushira olmay xunobi oshardi

~ Shu zamogni yon tomonda qilsa ham bo‘ladikuu - Kanya zamogga qo‘li yetmay ohiri taslim bo‘ldi.

Endigina Jungkook deb chaqirmoqchi edi ammo Jungkookning o‘zi yuvinish xonasiga ko‘ylakchang holda kirdi

~ Yordamim kerak - Jungkook Kanyani ortida turgancha sekinlik bilan zamogni ushlab pastga tushirdi. Kanya uyatdan qizarib ketdi. Jungkook oynaga qaragancha Kanyani ortidan qucharkan ko‘ylakning orqa tomoni ochiqligi bois uning ochiq tanasi Jungkookning yalang tanasiga urildi.

~ Jungkookk - Kanya uyalgancha biroz qimirladi ammo ko‘ylak uni tanasidan sirg‘alib pastga tushishni boshlarkan Kanya tipirchilamay ko‘ylagini ushladi
~ Eshityabmann - Jungkook Kanyani sochlarini yig‘ib bir tomoniga olgancha uni ochiq bo‘yniga yuzini ko‘mib chuqur nafas oldi
~ Ch..chiqib turing - Kanya Jungkookni o‘zidan uzoqlashtirishga harakat qilarkan Jungkook uni belidan yanada mahkamroq quchdi
~ Aqldan ozdiryabsann - Jungkook Kanyani bo‘ynidan yuzini olmagan koyi shivirladi. Qaynoq lablarni bo‘ynida his qilgan Kanya nafas olishdan to‘xtagandek bo‘ldi. Yuragi qattiq urar o‘ziga bo‘ysunmasdi.

~ 7 yil jilovlagan hislarimni endi jilovlay olmayman sen menikisann faqat meniki - Jungkook Kanyani o‘ziga qaratgancha uni gapirishiga ham yo‘l qo‘ymay lablariga lablarini bosdi. Kanya ham bu extirosli bo‘saga taslim bo‘lgancha Jungkookga javob qaytarishni boshlarkan Jungkook Kanyani ochiq belidan silashni boshladi. Bo‘sa borgan sari chuqurlasharkan sabri tugagan Jungkook Kanyani dast ko‘targancha yuvinish xonasidan chiqib uni yotoqqa qo‘ydi
Bo‘sani uzib Kanyaning ko‘zlariga mehrli tikildi

~ Menga ishonasanmi - Jungkook Kanyani yuzini silab
~ H..ha - Kanya past ovozda mayinlik bilan gapirarkan Jungkook jilmaygancha to‘xtab qolgan bo‘sani davom ettirdi..

Tong endi yorishay deyabti.
Bir birini quchgancha uxlayotgan juftliklardan birinchi bo‘lib Kanya ko‘zini ochdi. Ko‘zini ochishi bilan belidan o‘tqazilgan baquvvat qo‘llar sabab hatto u qimirlay olmayotgandi

~ Qochib ketarmidim nega bunday qattiq quchasiz a - Kanya endi qimirlamoqchi bo‘larkan og‘riqlar sabab qimirlay olmadi ham

Keyin hayolida kecha bo‘lgan ishlar gavdalanarkan uyatdan yuzlari olma misol qizardi

~ Ashsh endi qanday yuzizga qarayman aa - Kanya pichirlagancha miriqib uxlayotgan Jungkookga qaradi. Keyin uni ko‘zlari ochiq yelkalariga tusharkan nigohini undan darrov uzdi va o‘zini tanasiga ko‘rpa tagidan qaradi

~ N..nima hali - Kanya keyingi gapini gapira olmay yuzini ko‘rpa tagiga kiritdi
~ Yer yorilmadiyu ichiga kirmadimm - Kanya uyalgancha

Kanya ko‘rgan o‘sha holat

Kanya yuzini ko‘rpadan chiqargancha qayta uxlab qoldi.
Soat 10 dan oshdi
Jungkook erinibgina ko‘zlarini ocharkan quchog‘idagi sevgilisini ko‘rib tabassum qildi. Biroz unga tikilgancha sochlarini siladi. So‘ngra ochiq yelkalariga lablarini takror takror bosdi. Uning ham hayolida kechagi ishlar gavdalanib ko‘zlarini yumgancha pastki labini tishlab nim tabassum qildi. Biroz qizning yuziga tikilgancha yotarkan asta uni burunchasidan o‘pdi. Harakatdan to‘xtab u shunchaki sevgilisini qanday maroq bilan uxlashini kuzatishni afzal ko‘rdi
Kanya asta qimirlagancha ko‘zlarini ocharkan Jungkook undan ko‘zini uzmay kuzatib turardi

Jungkook

~ Hayrli tong - Jungkook jilmayib
~ S..sizga ham - Kanya asta jilmayib
~ Yaxshi dam oldingmi - Jungkook Kanyani sochlarini silab
~ H..ha - Kanya uyalgancha
~ Mm yaxshii - Jungkook jilmayib

Kanya o‘rnidan turmoqchi bo‘larkan hamma joyi og‘rigani uchun qayta joyiga yotdi

~ Nima bo‘ldi - Jungkook havotirlanib
~ Biroz og‘riqlar bor - Kanya ko‘zini yumgancha
~ Kechir meni deb bo‘l.. - Jungkookni gapi yakuniga yetmay Kanya uni gapini bo‘ldi
~ og‘riq qoldiradigan dori bering - Kanya Jungkookga qarab
~ Tokchada bo‘lishi kerak - Jungkook o‘rnidan turmay biroz cho‘zilgancha yonidagi tokchadan dori va shu yerda turgan stakandagi suvni qizga olib berdi

Kanya dorilarni ichib qayta joyiga yotdi

~ Kechaa rossa jinni qildingda - Jungkook kulimsiragancha Kanyaga qarab
~ Axmoq siz aybdorsiz - Kanya labini ishirib
~ Nima deding to‘xta hozir eslay - Jungkook biroz to‘xtab kulgancha
~ Jungkook aa bas qiling to‘xtang - Jungkook ro‘lga kirishgancha Kanyaga qarab kulishni boshladi
~ Bo‘ldi qiling yaramass - Kanya Jungkookni yengil urib
~ Lekin kecha mazza bo‘ldida - Jungkook labini tishlab
~ Siz mazza qiling meni jonim og‘risin aa - Kanya Jungkookga qarab labini ishirgancha
~ Bo‘ldi quyoncham hech nima demadim - Jungkook Kanyani quchib sochini silab
~ Telba - Kanya jilmayib Jungkookga qaragancha
~ Seni ishqingdaa - Jungkook jilmaygancha qizni burniga burnini ishqalab jilmaydi

Paq tugadi😂
Opa meni urushmang ideam shunaqa bo‘b qoldi🥲😂