August 7, 2025

𝑼𝒔𝒉𝒂𝒍𝒎𝒂𝒈𝒂𝒏 𝑶𝒓𝒛𝒖𝒍𝒂𝒓

Bahor – bu tabiatning qayta tug‘ilishi, umid va yangilanish fasli. Gullar erkin ochilib, shamol yuraklarga iliqlik olib kelar, xuddi hayot o‘zining eng chiroyli sahifasini qayta yozayotgandek edi go‘yo...
Istirohat bog‘ida yam yashil tusga kirib ulgurgan daraxtga qaragancha o‘z hayonot olamida sayohat qilayotgan Jungkookni ortidan kelib uning ko‘zlarini qo‘llari bilan berkitgan Kanya sababli buzildi.

~ Men kimman topingchi )- Kanya erkalangancha Jungkookga savol berdi
~ Aysh Chagiyam albatta sensan )- Kanyani erkalatgan bo‘ldi Jungkook
~ Men ekanligimni darrov qayerdan bildingiz )- Lablarini ishirib biroz norozi bo‘ldi Kanya
~ Sen ekanligingni mana bu yengil esayotgan shamoldan kelib turgan mayin ifordan sezdim Chagiyam yaxshi keldingmi )- Kanyani qo‘lini ko‘zlaridan olib u tomon o‘girilgancha uni kaftlarini o‘z kaftlari orasiga oldi
~ Ha yaxshi keldim. Bugun vaqtimiz ko‘o‘o‘p bemalol aylansak bo‘ladi )- Kanyani yuzidan ufurub turgan quvonch Jungkookni yuzida tabassum paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ldi.
~ Ahhh shundaymi unda bugun sen yoqtirgan hamma joylarga boramizzz )- Kanyani erkalatib sochlarini tozg‘itib qo‘ydi Jungkook
~ Men roziman oppa )- Kanya jilmaygancha Jungkookni ko‘zlariga qaradi
~ Qani ketdik )- Jungkook Kanyani qo‘llarini mahkam ushlagancha yura boshladi..

Kechqurungi paytgacha o‘zlari yoqtirgan hamma joylarga borishga ulgirgan bu juftlik so‘nggi manzillari bino tomida tungi Seulni tomosha qilishayotgandi.

~ Oppa )- Kanya Jungkookni ko‘ksidan boshini ko‘tarib uni ko‘zlariga qaradi.
~ Hmm Chagiyam )- Jungkook ham Kanyani ko‘zlariga qaradi.
~ Doim men bilan birga bo‘lasiz shundaymi hech qachon tashlab ketmaysiz nima bo‘lgan taqdirda ham qo‘llarimdan hozirgidek mahkam ushlab turasiz a )- Kanya Jungkookni javobini eshitish uchun yanada unga yaqinlashdi..Mayin shamol esib Kanyani sochlarini o‘ynay boshladi.
~ Ha har doim yoningda bo‘laman.Hech qachon qo‘llaringni qo‘yib yubormayman.Nima bo‘lgan taqdirda ham sevgimiz uchun kurashaman.Seni hech qachon tashlab ketmayman Chagiyam.Bunga va'da beraman.)- Jungkook Kanyani shamolda to‘zg‘iyotgan sochlarini silab jilmaydi..Yuragida esa qandaydur hayajon bor edi..

Jungkook&Kanya

~ Oppa )- Kanya yana boshini Jungkookni ko‘ksiga qo‘yib yengil nafas oldi
~ Hmm )- Jungkook jilmayib
~ Sizni sevaman )- Ikki yuzi olma misol qizil tusga kirib ulgurgan bo‘lsa ham " Sevgi izhori " ni aytdi Kanya
~ Men sendan ham ko‘o‘o‘p sevaman.Bu sevgini ta'riflash uchun so‘zlar ojiz )- Jungkook jilmayib

Kanyadan bu safar javob kelmadi u Jungkookni qattiqroq quchoqlagancha ko‘zlarini yumdi.Uni hozir " Yurak " i hotirjam edi..
Yana birozdan so‘ng ular qo‘l ushlashgancha Kanyani uyi tomon piyoda yurib keta boshlashdi.
Kanyani ko‘chasini oldiga kelganda esa Jungkook Kanyani o‘ziga qaratib bag‘riga bosdi.

~ Sog‘inaman seni Chagiyam.Uyga extiyot bo‘lib yetib ol.Uyingga kirgach esa xabar jo‘nat )- Jungkook
~ Ho‘p oppa siz ham yaxshi yetib oling )- Kanya Jungkookdan uzoqlashib bir ikki qadam yurdi ammo joyida to‘xtab ortga yurgancha Jungkookni oldiga kelib oyoq uchida turgan holda uni yuzidan o‘pib qo‘ydiyu jilmaygancha oldinga qarab yugurib ketdi..

~Buyerdan emas buyerdan )- Jungkook Kanyani yuzidagi lab izlari ustiga barmog‘ini qo‘yib lablariga olib borgancha jilmaydi

》 》 》 》 》 》 》 》

Eshikdan jilmaygancha hayolga berilib uyga kirgan Kanyani qo‘lida olma tishlagancha oldidan chiqqan onnisi cho‘chitib yubordi

~Onniii yo‘talib kelmaysizmi )- Kanya yuragi ustiga qo‘lini qo‘ydi
~Shu mahalda qayerdan kelyabsan )- Kanyani savoliga javob ham bermay uni tergashga o‘tgan onnisi sekin u tomon qadam tashlagancha yurib kelardi

~A..a )- Sochini qashib o‘ylangan Kanya qanday " Bahona " to‘qisam ekan deya o‘ylardi
~Jungkookni yonida eding shundaymi )- Bona
~H..ha )- Boshini quyi eggan Kanya "Buni qayerdan bildilar" - deya o‘ylanayotgandi

~ Buni sezmaslik qiyin emas )- Bona Kanyani qarshisiga turib jilmaydi
~ U aniq seni sevadimi )- Bona Kanyani egilgan yuzini o‘ziga qaratib biroz qoshlarini yuqoriga ko‘tardi
~ Ha )- Kanya o‘ylanib ham o‘tirmay savolga javob berarkan yuzida o‘zi bilmasada tabassum paydo bo‘ldi
~ Senchi )- Bona Kanyani holatini kuzatib turarkan uning yuziga ham tabassum yugurayotgandi
~ Menam )- Kanyani yuzi qayta yerga egilib yuzlari olma misol qizardi

Bona jilmaygancha Kanyani sochini siladi

~ Boraqol tepaga chiq )- Bona
~ Yaxshi dam olinglar )- Kanya boshini ko‘tarmagan holda tez-tez qadam bosib zinalardan ko‘tarilgancha xonasiga kirib ketdi

Bona ham zinalardan asta yurib chiqarkan Taehyung oshxonadan qo‘lida stakan bilan kelayotgandi

~ Nima qilyabsiz )- Bona Taehyungga qarab
~ Chanqadim suv ichgani pastga tushdim. Kanya keldimi shu paytgacha qayerda yurgan ekan )- Taehyung biroz asabiy ohangda ayolini oldiga yurib keldi

~A..a haligi dugonalari bilan ekan biroz kech qolibdi )- Bona Taehyungga jilmayib qaradi
~ Hali uxlamagandir u bilan gaplashib olishim kerak )- Taehyung zinalardan ko‘tarila boshlarkan Bona ham uni ortidan yurdi
~ Nima qilasiz shu mahalda u charchab keldi damini olsin. Nima demoqchi edingiz gapingizni ertaga aytsangiz bo‘lmaydimi )- Bona Taehyungni bilagidan ushlab to‘xtatgancha
~ Lekin buni hozir aytishim kerak )- Taehyung Kanyani xonasi oldida turib
~ Men bilan yuringg u dam olsin qanday akasiz o‘zi aa singlisini dam olishga qo‘ymaydigan )- Bona Taehyungni bir qo‘lidan ushlagancha xonalari tomon keta boshladi

Taehyung

Ayni damda Kanya kiyimlarini ham alishtirmay o‘zini yotoqqa tashlagancha telefonini qo‘liga oldi va Jungkookga SMS yozdi

📨

《 Men uyga keldim xavotir olmang》 - Kanya jilmayib SMSni yuborgancha

Zum o‘tmay Jungkookdan ham SMS keldi

📨

《 Men ham uyga yetib keldim yaxshi dam ol chagiyam 💋❤️ 》

📨

《 Ho‘p siz ham ❤️》

Kanya telefoniga qarab jilmayib ko‘zlarini yumdi. Bu juftlik ayni damda baxtdan sarmast edilar

》 》 》 》 》 》 》 》 》

Xonalariga kirib yotoqqa joylashgancha bir birini quchoqlagancha yotgan Taehyung va Bona bir birlariga qarab yotisharkan Bona o‘zini qiziqtirayotgan savolni Taehyungga berdi

~ Kanyaga nima demoqchi edingiz )- Bona
~ To‘y haqida aytmoqchi edim )- Taehyung o‘ylanib
~ Yana qanaqa to‘y kimni to‘yi )- Bonani birdan havotir egalladi
~ Meni to‘yimmasdir har xolda albatta Kanyanikida . Dadam shunday qarorga keldilar )- Taehyung
~ Ahir Kanya hali o‘qishini tugatmadiku )- Bona
~ Men ham shuni aytdim o‘qishini bitirishiga ham uzog‘i bilan 1 oycha qoldi undan keyin darrov to‘yni qilarkanmiz )- Taehyung
~ Kimga )- Bona najot kutgandek Taehyungni ko‘zlariga qaradi
~ Dadamni hamkorini og‘li Yeonjunga )- Taehyung
~ Y..Yeonjun )- Bona titroq ovozda gapirarkan singlisidek bo‘lib qolgan qizga achinishni boshlagandi

《 Erta tong 》

Kanya uyg‘ongancha yuvinib chiqib pastga tushdi. Bugun dam olish kuni bo‘lganligi uchun ham u o‘qishga borishim kerak deya shoshilayotgani yo‘q edi.
Zinalardan asta pastga tushib kelarkan oshxonadan taralayotgan quymoq hidi sababli Kanyaning oshqozoni g‘oldirarkan qadamlarini oshxona tomonga qaratdi. U asta yurib kelgancha oshxona oldida turarkan ichkaridagi manzarani ko‘rib yuzida o‘zi bilmagan holda tabassum paydo bo‘ldi.

Pov Kanya::...

~ Uyqisiragan holatda zinalardan tusharkanman nogahon qornim oshxonadan kelayotgan shirin hidlar sababli g‘oldirashni boshladi. Mehmonxonaga ham kirmay tog‘ri oshxona tomon yurarkanman ko‘rgan manzaramdan yuzimda o‘zim bilmagan holda tabassum paydo bo‘ldi. Oshxonada onnim quymoqlar qilar akam esa onnimga yordamlashgan holda turardi. Ular birgalikda jilmayib bir biriga hazil qilgancha nonushta tayyorlashayotgandi. Bu manzarani ko‘rib yuragim shirin orziqib ketarkan kutilmaganda hayolimga " Biz ham Jungkook bilan bir kun shunaqa baxtli oila bo‘lamiz. Bir- birimizga yordam beradigan sevadigan ardoqlaydigan. " – degan hayol kelarkan o‘zimni jilmayishdan sira tiyolmasdim. Ularni kuzatib turarkan asta oshxonaga qadam bosdim

~ Hayrli tong aka onni )- Kanya jilmayib onnisini oldiga borgancha quymoqdan olib og‘ziga soldi
~ Hayrli tong senga ham )- Taehyung jilmayib singlisini sochlarini siladi
~ Oyim va dadam haliham kelishmadimi )- Kanya quymoqlardan yeyarkan onnisiga qarab " Juda shirin chiqibti " deya yana bitta quymoqni qo‘liga oldi
~ Ha kelishmadi. Menimcha bugun ham kela olishmasa kerak )- Taehyung
~ Haa )- Kanya quymoqdan yeb
~ Sen bilan gaplashib olishim kerak )- Taehyung sochlarini qo‘li bilan ortga taradi
~ Nima mavzuda )- Kanya quymoqini qolganini og‘ziga solib akasiga asta qaradi

Bona yuragi g‘ash bo‘lgancha hozir bo‘ladigan voqeani o‘ylarkan gazni tagini asta o‘chirib aka-singilga qaradi

~ Gapni cho‘zib o‘tirmayman singlim. Hullas bir oydan keyin to‘y )- Taehyung sochlarini qo‘li bilan taradi

Kanyani jilmayib turgan yuz ifodasi birdan so‘narkan akasini gapini tahlil qila olmayotgandi

~ T..to‘y dedingizmi kimni to‘yi )- Kanya yutungancha najot kutgandek akasiga qaradi
~ Seni to‘ying. Dadamni o‘zi senga bu gapni aytmoqchi edi ammo hozir ular safarda bo‘lganliklari uchun bu ishni menga tayinladilar. Aslo inkor qilishlar inobatga olinmaydi. Kuyovni yaxshi taniyman hatto sen ham taniysan. Dadamni do‘stini og‘li Yeonjun. Juda yaxshi bola u seni baxtli qiladi )- Taehyung jilmayib

Kanya go‘yo nafas olishni unutgan inson kabi chuaur nafas olarkan olayotgan nafasini his qilmasdi. Uni yuragi qattiq urgancha og‘rishni boshlarkan zo‘rg‘a gapirdi

~ A..aka ahir )- Kanya ko‘ksiga qo‘lini qo‘yib chuqur nafas oldi. Akasini aytgan gaplari qulog‘ida aks sado bo‘lib jaranglarkan ko‘zidagi yoshni zo‘rg‘a tiyib turardi
~ Inkor qilinishlar inobatga olinmaydi dedim. Bu qaror qabul qilinib bo‘lgan va o‘zgartirilmaydi )- Taehyung jiddiy ohangda gapirib

Kanya akasiga ham qaramay yugurgancha xonasiga chiqib ketarkan ko‘zidagi yoshni xonasini eshigini yopib qulflagandan so‘ng qo‘yib yubordi

Taehyung&Bona

Kuni bilan xonasidan chiqmagan Kanya yig‘layverganidan ko‘zlari ishib qizarib ketgandi.
Taehyung va Bona necha bora uni oldiga kelishdi ammo Kanya eshikni ochishi uyoqda tursin hatto javob ham bermadi

Kechki taomdan so‘ng mehmonxonada uyoqdan buyoqqa borib kelayotgan Taehyungni e'tiborini zinadan tushib kelayotgan Kanya tortdi

~ Qayerga ketyabsan )- Taehyung Kanyaga qarab
~ Toza havoda aylanib kelaman )- Kanya onnisiga o‘ziz tushuntiring deganday qaradi
~ Taehyung )- Eriga ma'noli qarash qilgan Bona uni qo‘lidan tutdi
~ Extiyot bo‘l )- Taehyung xo‘rsingancha yuqoriga chiqib ketdi

Kanya hech nimaga e'tibor bermay uyidan chiqishi bilan Jungkookga qong‘iroq qildi.

📲 Telefon suhbati 📲

~ Chagii yaxshimisan kuni bilan senga qo‘ng‘iroq qildim qancha SMS yozganimni bilasanmi ahvoling yaxshimi )- Jungkook havotirlangancha
~ Oppa har doimgi joyga keling )- Yana ko‘ziga quyilib kelayotgan yoshni ichiga yutib zo‘rg‘a gapirgan Kanya iloji boricha tez yurib ular har doimgi uchrashadigan joyga ketayotgandi
~ Ho‘p 5 daqiqada o‘sha yerda bo‘laman )- Jungkook

📲 Telefon suhbati tugadi 📲

Go‘shakni qo‘ygan Jungkook uyidan yugurgancha chiqib ketdi va har doimgi joy ko‘prik tepasiga kelib turdi. Zum o‘tmay Kanya ham yetib kelarkan Jungkook Kanyani oldiga yugurib borgancha uni qattiq bag‘riga bosdi.

~ Chagiii juda sog‘indimm judayamm )- Jungkook Kanyani shunaqanggi qattiq quchdiki ikki tana birdek jipslashdi go‘yo
~ Oppa )- Kanya asta Jungkookga qaradi
~ Hmm )- Jungkook Kanyani yuzini kaftlari orasiga olarkan uni ko‘zlariga tikildi
~ Yig‘ladingmiii kim xafa qildi senii )- Jungkook havotir bilan
~ M..meni b..boshqa birovga berib yuborishmoqchi 1 oydan keyin to‘y deyishdi. Qarshilik qilsam ham bo‘lmadi oppa qo‘limdan kelmadi )- Kanya yana yig‘lab yuborarkan Kanyani gapini eshitgan Jungkook karaxt ahvolga tushib qoldi

~N..nima deding hozir aldayabsan a shunaqami aldayabsan bu meni chagiyimni navbatdagi o‘xshamagan hazili shundaymi )- Jungkookni ko‘zlari mo‘ltillagancha Kanyani ko‘zlariga qaradi ammo tinmay yig‘layotgan Kanyani ko‘rarkan bu jiddiyligini bildi. Jungkook bir nuqtaga qarab qolarkan uning hayolida Kanya bilan qilgan qanchalik orzulari baxtli yashashni niyat qilganlari birgalikda o‘tkazgan onlari fotolentadek o‘ta boshladi

Jungkook

Maroqli mutola💗
O‘z fikringizni bildrishni va reaksiya bosishni unutmang💕