January 24, 2025

Darkness 9-qism🩶

Rm: sen nimanidir bilasan shundaymi?

Namjoon Taehyungga umid bilan qaradi

Jungkook va YN hamon quchoqlashib gaplashib turisharkan Suga uzoq qarab turmadi. U xuddi hech narsa bo‘lmagandek ketdi. Lekin nigohi g‘alati edi.

Jk: hammasi oldingidanda yaxshi bo'lishiga harakat qilaman!!

YN: sendan bir narsa so'rayman

Jk: xo'sh?

YN: oldinlari sen oddiy yigit eding, hozir aql bovar qilmas darajada boylikka ega ko'rinyabsan bular qayerdan?

Shu payt birdan eshik tashqarisidan shovqin eshitildi.

YN va Jungkook bir-biriga qaradi. So‘ng Jungkook orqasiga o‘girilib keskin qadam tashlab eshikni ochdi.

Yo‘lakda qip-qizil qon izlari yaltirab ko‘rindi.

Jungkookning yuzi o‘zgardi. Uning nigohi qonga tushgan zahoti lablari qattiq qisildi.

YN yuragi gursillab urardi. U orqaga tisarilib ichki qo‘rquvi bilan kurasha boshladi.

YN: Bu… bu nima?

Jungkook hech narsa demadi.

Eshik yonida Suga turardi. Uning qo‘llari qonga belangan, yuzida esa mayin iljayish.

— Kechirasan Jungkook, — dedi Yoongi beparvolik bilan. — Menimcha, bizning odamlardan biri xiyonat qilgan. Endi esa muammo yo‘q.

U shunday deb yerga yotib qolgan tanani oyog‘i bilan bir chetga surdi.

YN ko‘zlarini katta ochib orqaga tisarildi. U boshiga yetib kelayotgan falokatni his qilayotgandi.

Jungkook esa hech qanday hissiyot bildirmadi. Faqatgina Suga tomon bir qadam tashlab past ovozda so‘radi:

Jk: Boshqa kim bilardi?

Suga yuzidagi tabassumni yo‘qotmadi.

Yg:Hech kim.

Jk: sen xato qilishga haqqing yo'q. Har bir odamlaringni tekshir

Bo'lgan voqeadan Jungkook qattiq g'azablandi. Uni lug'atida xato degan so'zni o'zi yo'q. Jungkook shu bilan ichimlik ichish maqsadida ketdi. YN esa titragan holida xonasiga kirib o'ziga kelishga urinardi

Yarim tun. YN hamon uxlay olganicha yo'q. Jasad, qon, o'lik, o'q ovozi unga uyqu bermasdi. Uyam yetmaganiga Jungkook ham xonaga qaytmadi. YN yolg'izlikda qo'rqib o'zini chalg'itishga urinardi

YN Jungkookning sovuq qo‘lidan qochib chiqib ketishni orzu qilgan edi. Ammo hozir bu uy devorlari uning dunyosiga aylangan. Pastdan kelayotgan qadam tovushlari YNni xushini o‘g‘irladi. Havo sovuq hatto xonaning ichida ham qaltiroq his qilinardi.

Pastdan kelgan ovoz kuchayganida YN o'zini xotirjam his qila boshladi. Bu qadam tovushlari hoynahoy Jungkookga tegishli deb o'ylagani aniq ammo eshikdan Yoongi kirib keldi

YNning nigohi Yoongiga qadaldi. Yoongi uning oldiga asta yaqinlashdi ammo Nigohi YNdan uzoqlashmas edi. YN burchakda qotib qolgancha Yoongiga tikilib turdi so'ngra o'zini hech qanday emotsiyasiz odamdek tutishni boshladi

YN: Seni kim chaqirdi Yoongi? Xonamga ruxsatsiz Jungkook yo'qligida kirishga qanday jurat etding

Suga YN tomon bir qadam tashladi. Ularning orasidagi ziddiyat xonadagi havoni zaharlab yuborayotgandek edi.

Suga: sen qiz..... Qilayotgan ishlaringni oqibatini o'ylamayapsan. Jungkookni batamom o'zgartirib yubording

YN Suganing nigohida o‘zini noqulay his qildi. U nima qilishni bilmay, boshqa joyga qaradi.

YN: Nega bu yerda ekaningni ayt! Keyin darhol yo‘qol!

Suga: (sekin ovozda, sirli ohangda) Men faqat ogohlantirgani keldim. O‘zingni ehtiyot qil tannoz YN xonim. Sen haqingda barini bilaman. Sen sabab tez orada Namjoon va Jungkook o'rtasida so‘nggi jang boshlanadi. Shu bilan birga bu uy sening qabringga ham aylanishi mumkin.

Bu so‘zlardan so‘ng Suga eshik tomon burildi va o'zining sovuq aurasi bilan xonani tark etdi. YN shu yerda Jungkook bilan qolishni istayotgandi. Chunki u xohlagan barcha narsa, pul, qasr, xizmatkorlar va eng muhimi uni sevadigan Jungkook yonida edi.

Lekin YNning har qadami xavf xatarga to'la ekanligidan xabari bor edi. YN pulga o'ch faqat o'zini o'ylaydigan qiz bo'lsada lekin doim tinchlik tarafdori bo'lgan. Bu tinchlik ham o'zi uchun. YN qondan judayam qo'rqardi. Qotilliklar bo'ladigan joy uning o'rni emasdi. YN malikalar kabi joyda yashashga o'rganib qolgan. Ammo bu qasrda allaqachon qotilliklarga guvoh bo'ldi. YNni xayollarida qandaydir arvohlar va shunga o'xshash qo'rqinchli narsalar aylanishni boshladi.

YNni xayolini qasr hovlisidan kelgan mototsiklning baland tovushi o'g'irladi. YN darrov xonasi oynasidan qaradi. Jungkook har doimgidek sevimli mototsikliga o'tirib qayergadir yo'l olgandi. YN esa unga qasrning hashamatli oynalaridan qaragancha qolib ketdi. Lekin yarim tunda Jungkook qayerga shoshilib ketgan bo'lishi mumkin?

Jungkook judayam muhim qarorlarga duch kelganida mototsikliga o'tirib yolg'iz borib hal qilardi. Buni YN bilardi. Lekin eng yomoni YN haqiqatni tagiga yetolmay qoldi. Jungkook qay tarzda juda qisqa muddatda bu darajada boyib ketdi? Sir asrorlar juda ko'p. Ammo javoblar hech qayerda ko'rinmasdi

YN dan

Men yaqinda aqldan ozib qolaman. Nega bu tentak Suga o'zidan o'zi kelib menga qabr jang deyapti? Aqldan ozganmi? Jungkookchi. U nega indamay ketib qoldi. Axir shunchaki boshqa xonaga chiqqan edi. Menga ham indamay ketib qoldi. Jin ursin. Men qachon o'z baxtimni tinchgina topa olaman a. Endigina Jungkook bilan qolishni o'ylab shunga qaror qilayotgandim. Endi mana bu tentakni gaplaridan so'ng va bo'lgan qotilliklar fikrimni o'zgartiryabdi. Qaror qilishga juda qiynalyapman. Nima qilishim kerak. Namjoonni yoniga qaytsammikina...... YO'Q, YO'Q, YO'Q, aslo! YN qanday qilib sen Namjoonni yoniga qaytishni o'ylayapsan. To'g'ri uni qonuniy xotiniman lekin nechi kundan beri boshqa erkak bilan birgaman. Namjoon aslo qabul qilmaydi. Qanday qilib shunchalik axmoq fikrlarni o'ylayapman🤦‍♀

YNni ich etini har xil xayollar yeb bitirardi. Tonggacha YN bir qarorga kela olmay mijji qoqmay chiqdi. Tongga yaqin stol ustida qo'llariga suyangancha ko'zi ilingandek bo'ldi.

YN zo'rg'a tongga yaqin ko'zi ilinib uxlab qoldi. Xizmatkorlar YNni xonasiga tong saharda xabar olish uchun kirishdi lekin YNni miriqib uxlayotganini ko'rib bezovta qilmay chiqib ketishdi. Jungkook tongda o'z mototsiklida qaytib keldi. Uni birinchi qiladigan ishi albatta YNni go'zal chehrasidan bahra olib unga to'yib to'yib termulish edi. Har soniya Jungkook YNni sog'inganini his qilardi. Jungkook YNni xonasiga ko'tarilar ekan xizmatkorlarga duch keldi. Xizmatkorlar YN xonim uxlayotganini uni bezovta qilishmaganini aytishdi.

Jungkook xizmatkorlarning gapiga yengil bosh irg‘ab zinapoyadan ko‘tarilishni davom ettirdi. Har bir qadamda yuragi tezroq ura boshladi. U YNni yana bir bor ko‘rishni, unga termulib, uning har bir nozik chizig‘ini kuzatishni kutayotgan edi. Jungkook xonaga yetib kelib, eshikni asta ochdi, xonadan chiqayotgan mayin nafas olish ovozi unga quvonch bag‘ishladi.

Jungkook YNni asta ko'tarib yotoqqa yotqizdi.

YN tinch uxlab yotardi. Uning yuzidagi sokinlik, muloyim lablaridagi zaif tabassum Jungkookning ko‘nglini to‘ldirdi. U asta-sekin qadam tashlab YNga yaqinlashdi. YNning chiroyli oppoq yuzi, barmoqlarining nozik chizig‘i va ochiq sochlari yostiqda to‘kilib yotgan edi. Jungkook chuqur nafas olib unga yaqinlashdi va yoniga tiz cho‘kib yuzini kuzata boshladi.

Uning barmoqlari asta YNning yuziga yaqinlashdi. "Seni butun dunyodan yashirishim kerak" deya ichida o‘z-o‘ziga g‘udurladi. Lekin bu muhabbatmi yoki shunchaki o‘zining ehtirosli egalik tuyg‘usimi o‘zi ham bilmasdi.

Bir zum o‘tib, Jungkook qo‘llarini orqaga tashlab, orqaga suyanib o‘tirdi. U YNni bezovta qilmoqchi emasdi, faqatgina uning borligidan bahra olishni xohlardi. U uzoq vaqt davomida unga termulib o‘tirdi va xayollar og‘ushida bo‘lib qoldi.

Jungkook uxlab yotgan YNga termulib to'ymadi. Keyin turib yuvinish uchun chiqib ketdi.

Jungkook yuvinish xonasidan chiqib toza kiyimlarini kiyib oldi. Oyna qarshisida sochlarini tez-tez tararkan yuzida mamnuniyat va xotirjamlik aks etardi. U YNning tinch uxlab yotganini eslab ich-ichidan quvondi. “Shu darajada yoqimtoyligingdan hammadan seni qizg'onib yeb qo'ymasam bo'ldi edi malikam,” deya pichirladi o‘zicha.

Yuvinib olgach oshxonaga tushdi va xizmatkorlar tayyorlagan issiq taomlardan bahra olib, bir necha muhim qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirdi. Ishlari tugagach yana xonasiga chiqib YNdan xabar olishga qaror qildi. Soat chamasi 11:25 edi. U eshikni asta ochdi va ichkariga qadam qo‘ydi.

YN hali ham chuqur uyquda edi. Yotoqda yonboshlab yotgan holda nafas olishi xotirjamlikdan darak berardi. Jungkook sekingina qoshlarini chimirdi. “Hali ham uxlayapti...” dedi o‘ziga ohista. Keyin asta YNni yuziga egilib peshonasidan o'pdi

Jungkook asta-sekin o‘rnidan turdi va sekingina xonadan chiqishga qaror qildi lekin ichki bir tuyg‘u uni yana qaytishga majbur qilyotgandek edi.

Jungkook xonadan chiqib eshikni ohista yopdi. Shu payt ichki cho‘ntagidagi telefon titray boshladi. Ekranga qaradi — bu Chaewon edi. U biroz hayron bo‘lib qo‘ng‘iroqni qabul qildi.

Jk: Eshtaman?

Ch: Jungkook, kechirasan, bezovta qilganim uchun, lekin sen bilan muhim masalada gaplashishim kerak

Chaewon shoshilib gapirardi. Ovozi notinch edi, go‘yoki biror muhim gap aytmoqchidek.

Jk: Hozirmi? Men bandman Chaewon.

Ch: Bu juda muhim. Yonimga kelishing kerak.

Jungkook bir zum jim qoldi. Chaewonning ovozidan bir narsa o‘zgacha ekani sezilib turardi. Nihoyat u qisqa javob qaytardi

Jk: Yaxshi, tezda yetib boraman.

Telefonni o‘chirgan zahoti Jungkookning yuzi jiddiylashdi. "Bu safar nima bo‘ldi ekan?" deya o‘ylab, xonasiga qaytib kiyimlarini almashtirdi va yo‘lga shoshildi.

Jungkook mototsiklida dvigatelni shovqin bilan ishga tushirib yo‘lga tushdi. U shoshilib Chaewonning yoniga yetib borishga harakat qilardi. Har doimgidek, uning harakati qat’iyat bilan, fikrlari esa tarqoq edi. Orqasida esa Yoongi unga loqaydgina qarab xotirjam bir yuz ifoda bilan kuzatib turardi.

Yoongi Jungkookning mototsikli g‘oyib bo‘lganidan keyin asta o‘zini to‘g‘rilab, ichki g‘arazini yashirgancha ichkariga qaytdi. Uning harakati sust ammo qat’iyatli edi. U YNning xonasiga yetib bordi va bir lahzaga to‘xtab eshikni sekin ochdi.

Ichkarida YN hali ham chuqur uyquda edi. Qalin pardalar orqali kirayotgan kun nurlari uning yuzini yoritib turardi. U YN tomon yaqinlashar ekan yuzida sirli, g‘amgin bir tabassum paydo bo‘ldi.

U jim-jitlikni buzmasdan YNning yostig‘i yoniga cho‘kkalab o‘tirdi va uzoqdan unga termuldi. Uning yuz ifodasi g‘alati edi — ichida ming xil tuyg‘u kechayotganday.

Oradan chamasi bir soatlar o‘tib uy ichida favqulodda vaziyat yuzaga keldi. Yoongi hovliqqancha YNni hushsiz holda ko‘tarib xonasidan yugurib chiqdi. Uning yuzi tarang tortilgan nafas olishi esa tezlashgandi. Uy ichida xizmatkorlar va qo‘riqchilar birdaniga sarosimaga tushishdi.

Suga: Mashinani tezroq tayyorlang! Tezroq!

deb baqirdi Yoongi. Uning ovozida xavotir va buyruqning qattiqligi aniq sezilib turardi.

Bir necha xizmatkorlar Yoongining gapini darhol tushunib mashinani eshik oldiga olib chiqish uchun yugurishdi. Qo‘riqchilar Yoongi va YNning ortidan kelib nima bo‘layotganini so‘rashdi ammo Yoongi hech kimga javob bermasdan faqat YNni hushiga keltirishga urinardi.

Suga: Vaqt yo‘q, tezroq harakat qilinglar!

YNning sochlari yuziga yoyilgan, uning rangi oppoq oqarib ketgandi. Qo‘llari bo‘shashib, jon izi ko‘rinmasdi. Xizmatkorlardan biri hushini yo‘qotgan YNni ko‘rib yig‘lab yubordi:

— Nima bo‘ldi unga? YN xonimni o‘ldirib qo‘yishdimi?!

Yoongi bu so‘rovga jahl bilan yuzlandi:

Suga: U hali tirik! O‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymayman!

Xonadagi barcha larzaga tushib Yoongining buyrug‘ini so‘zsiz bajara boshlashdi. Nihoyat mashina tayyor edi. Yoongi hushsiz YNni mashina orqa o‘rindig‘iga ehtiyotkorlik bilan joylashtirdi. O‘zi esa darhol rulga o‘tirdi va tezlikni oshirib uyni tark etdi.

Hamma hayratda edi: Yoongi nima uchun bunday shoshayotgan edi? YNga nima bo‘lgan edi? Bu sir ichida yotgan savollar hali javobsiz edi.

Qo‘riqchilar Jungkookni voqeadan xabardor qilish uchun telefoniga tinmay qo‘ng‘iroq qilishdi. Biroq Jungkook birorta ham qo‘ng‘iroqqa javob bermadi. U Chaewon bilan uchrashuvga borayotganida telefonini ovozini o‘chirib qo‘ygandi va hozirda bu qo‘ng‘iroqlardan bexabar edi.

Bu orada Yoongi mashinada xushsiz YN bilan yolg‘iz edi. Uning yuzi tarang, ko‘zlari yo‘lga tikilgan, ammo miyasi doimiy ravishda bir narsani o‘ylayotgan ko‘rinardi. Yoongi tezlikni oshirar ekan, bir qo‘li rulda, ikkinchi qo‘li esa YNning bilagidan pulsini tekshirish uchun ushlab turardi.

Orqadan esa qo‘riqchilar Yoongini kuzatib borishga harakat qilishardi. Yoongi tezlikni haddan tashqari oshirib yuborgan edi. Uning har bir burilishdagi keskin harakati qo‘riqchilarni ortda qoldirdi.

Yoongi orqa oyna orqali kuzatuvchilarni ko‘rib turar edi, lekin ulardan xavotirlanmadi. U shunchaki manziliga yetib olishga urinayotgandi.

Yo‘lning navbatdagi burilishida Yoongi yana tezlikni oshirdi va kuzatuvchilarni butunlay ortda qoldirdi. Orqada kelayotgan mashinalar endi uning yo‘nalishini yo‘qotib qo‘yishdi.

Yoongi YNni kattakon kasalxonaga yetkizib olib keldi.

Oradan biroz vaqt o'tdi

Hech narsadan xabari yo'q YN ko'zlarini zo'rg'a ochdi. Yorug'lik ko'zlariga qadalib oppoq palataning shiftini ko'rdi. Nafas olishi qiyin edi. Butun tanasi og'riqdan zirqirardi. Xonadagi vaziyatga biroz moslasha boshladi va o'rnidan turgisi kelib harakatlanmoqchi bo'lganida oyoq qo'llari bunga zaiflik qilib harakatlanmay qoldi

YN endigina yonidagi insonni payqadi

Bu Namjoon edi