January 8, 2025

Darkness 8-qism🩶

Jungkook va YN yotoq ustida bir-birlariga yaqinlashib ehtirosning eng cho‘qqisiga chiqmoqchi bo‘lib turganida eshik taqillab qoldi. YNning nafasi hali ham og‘ir edi, yuragi esa shiddat bilan urardi. Jungkook esa bir lahza to‘xtab g‘azabli ohangda:

Jk: Kim?

Eshik ortidan xizmatkorning muloyim ovozi eshitildi:

— Janob, YN xonim uchun buyurtma qilgan go‘zallik vositalari va kiyimlar yetib keldi.

Jungkook chuqur nafas olib qattiq siqildi. U endi YNning egasi ekanini va unga eng zo‘r narsalarni hadya qilishni xohlayotganini unutmagandi. Ammo ayni damda bu buyurtmalar unga halaqit bergani uchun jahli chiqdi.

U bir zum YNga qaradi. YN esa lablarini tishlab ustidagi kiyimlarning tartibsiz holatini to‘g‘rilayotgandi. Nigohi esa Jungkookni yanada junbushga keltirar darajada ayyorona porlardi.

Jk: Hali tugatmadik!

U eshik tomon yurarkan YN uni kuzatdi. Jungkook tashqariga chiqishi bilan YN chuqur nafas olib yotoqda yonboshladi. U endi biroz tin olish imkoniyatiga ega edi ammo bilardi — Jungkook qaytishi bilan hammasi yana boshlanardi.

YN yotoqda yonboshlagancha xonaning bir nuqtasiga tikildi. Yuragi hanuz urib turardi. U bugun qochishga harakat qilgandi ammo bu urinish ham natija bermadi. Endi esa Jungkook undan voz kechmayotgani kundek ravshan edi.

Eshik ortidan Jungkookning xizmatkor bilan gaplashayotgan ovozi eshitildi. YN asta o‘rnidan turib xonadagi katta oynaga yaqinlashdi. Oyna orqali tashqaridagi ikki qop-qora mashinani ko‘rdi. Ulardan bir necha yigit tushib qimmatbaho qutilarni ichkariga olib kirishayotgan edi.

Jungkook yuzida sovuq tabassum bilan qo‘llarini orqasiga qovushtirib kelgan narsalarni ko‘zdan kechirdi. U qimmatbaho kiyimlar, tilla aksessuarlar va turli go‘zallik vositalari orasidan eng yaxshilarini tanlab xizmatkorga ishora qildi.

Jk: Bularning hammasini YNning xonasiga olib chiq.

Xizmatkorlar shoshilmay harakat qildilar. Jungkook esa asta xonasiga qaytdi.

YN joyida qotib qolgandi, u oynadan kuzatib turgan paytda Jungkook eshikni ochib ichkariga kirdi. Uning nigohi yana YNga tushdi. U darrov qomatini tik tutdi va ko‘zlarini pastga tushirdi. Ammo Jungkook yaqin kelib uning iyagini barmoqlari bilan mahkam ushlab ko‘zlariga qaradi.

Jk: malikam mana sen xohlagan narsalaringni muhayyo qildim xo'sh yana boshqa noroziliklaring bormi?

YN hech narsa demadi. U shunchaki o‘zini beozor tutishga harakat qildi.

Jungkook unga shubhali tikildi, so‘ngra shartta yotoq tomon yurdi.

Shu payt xizmatkor eshikni yana taqillatdi.

— Janob yana mehmonlar keldi.

Jungkookning yuzi bir lahzaga jiddiy tus oldi.

Jungkook xonadan chiqib ketdi.

YN xonada yolg‘iz qolgach burchakda turgan qutilarga qaradi va asta-sekin ularga yaqinlashdi.

Jungkookning shaxsan o'zi chertib chertib eng qimmatbaho narsalarni buyurtma qilgandi: nafis ipak liboslar, tilla taqinchoqlar, eng qimmat parfyumlar, yuzni parvarish qilish uchun vositalar… YN qutilarni ochib ichidan o'ziga yoqqan oq ko‘ylakni chiqardi. Uni ushlab ko‘rib jilmayib qo‘ydi.

YN: Hech bo‘lmaganda unda yaxshi didi bor.

U ko‘ylakni kiyib oynaga qaradi. O‘zini qirollik malikasi kabi his qildi. Uzoq yillar pul ortidan quvgan bo‘lsa-da bunday hashamatga duch kelmagandi. Endi esa bularning hammasi uning atrofida.

YN asta-sekin xonadan chiqdi. Hech kim unga to‘sqinlik qilmadi. U uy bo‘ylab yurarkan devorlar bo‘ylab chiroyli bezaklarni kuzatdi. Bu joy shunchalik katta ediki u o‘zini bir necha soniyaga qamoqdagidek emas erkin his qildi.

Shirinliklar turadigan burchakka yetib kelganida stol ustida tort va turli mevalar solingan likopchalarni ko‘rib biroz hayratlandi. U shokoladli pirojniy olib bir tishladi. Shirin ta’m tilini qitiqladi

YN (zavqlanb):Ajoyib…

Shu payt biroz narida kimningdir nigohi unga qadalganini his qildi. U boshini asta-sekin burdi va koridorning narigi burchagida turgan yigitni ko‘rdi.

Suga unga beparvo qarab turardi ammo nigohi juda o‘tkir edi. YN uni ilgari hech qachon uchratmagandi. U yigitning sovuqqon nigohidan biroz noqulay sezdi.

- Yangimisan? — deb so‘radi YN qo‘lidagi shirinlikni yana bir tishlab.

Suga bir muddat sukut saqladi keyin jilmayib qo‘ydi.

Suga: Ha, deyarli.

Uning ovozi sokin lekin yengil istehzo bilan yangradi. YN unga yana bir bor sinchkovlik bilan tikildi. Bu yigit boshqa soqchilarga o‘xshamasdi. Uning yurish-turishida nimadir boshqacha edi… qandaydir yashirin xavf.

Suga: juda erkin yuribsan demak Jungkook seni endi qochmaydi deb o‘ylayaptimi deyman.

YN jilmayib qo‘llarini bukdi.

YN: Ha, ehtimol. Lekin men bu joydan unchalik shikoyat qilayotganim yo‘q. Hozircha menga yoqyapti.

Suga kulimsiradi lekin uning ko‘zlari hamon jiddiy edi.

Suga: Hali hammasi oldinda.

U shunday deb orqasiga o‘girildi va sokin yurib ketdi. YN esa uning ketidan qararkan ko‘ngliga g‘alati his tushdi.

YN xonadan chiqib yana uyni aylanib yurdi. Uning har bir qadamida nafis ipak ko‘ylagi yengil silkinib tanasiga mayin tegardi.

Koridorda yurarkan to‘satdan eshik oldida turgan Jungkookni ko‘rib qoldi. Lekin uning yonida kimdir bor edi. YN qiziqib to‘xtadi va ularni kuzata boshladi.

Jungkookni oldida bir chiroyli xonim turardi. U uzun sochlarini yon tomonga tashlab nafis jilmayib gapirayotgandi. Ko‘rinishidan juda jozibali latofatli edi. Uning nozik harakatlari, sokin ovozi Jungkookning e’tiborini tortayotgani shundoq ko‘rinib turardi.

YNning yuragi g‘ash tortishni boshladi. Ichidan nimadir g‘ashlik bilan qo‘zg‘aldi. U bu tuyg‘uni nafrat deb atadi. Ha, nafrat! Rashk emas!

U labini tishlab uzoq kuzatdi. Jungkookning nigohi sokin lekin jilmayishida nimadir bor edi. YN o‘zini beixtiyor g‘azab bilan bosib oldi.

YN: Kim bu ayol?

Jungkook unga shunday kulib qarayotgani… YN uchun bu juda g‘alati tuyuldi. Axir bu nigohlar faqat unga tegishli emasmidi?

U beixtiyor barmoqlarini musht qildi. O‘zini tinchlantirishga harakat qildi lekin bu qizning bexavotir Jungkook bilan bemalol gaplashayotgani uni asabiga tegardi.

YN buni rashk emas deb o‘ziga ming bor takrorladi. Axir u Jungkookni sevmasdi shunday emasmi? Lekin negadir ichidan bu ayolni yo‘q qilish istagi tug‘ilayotgandi…

YN ichidagi g‘ashlikni bosishga harakat qildi. Ko‘zlarini qisib yana bir bor ularni kuzatdi. O‘sha ayol Jungkookning qo‘liga yengil tegib nimadir dedi, Jungkook esa jilmaydi.

Bu holat YNning yuragida g'azab va rashkni uyg‘otdi. YN Jkdan qattiq g'azablandi chunki u hech qachon boshqa bir ayolning Jungkook bilan shunchalik yaqin bo‘lishini ko‘rmagan edi.

YN bir necha qadam oldinga yurdi. O‘zi sezmagan holda yonida turgan stolni qattiq turtib yubordi. Stol ustidagi bir nechta mayda buyumlar polga tushib ketdi. Shovqindan Jungkook va o'sha xonim boshlarini burishdi.

Jungkookning nigohi YNga tushdi. Bir zum unga tikilib qoldi keyin sekin jilmaydi.

YN hech narsa demay shoshib xonasiga qarab ketib qoldi. Yuragi qattiq urardi, ich-ichidan qandaydir g‘alati his uni bosib kelardi.

U xonasiga kirishi bilan eshikni qattiq yopdi va chuqur nafas oldi. O‘ziga kelishga harakat qildi.

YN o'sha xonim Chaewonni yodga oldi.

U juda chiroyli edi. O‘zini xuddi Jungkookga tegishli insondek tutardi. U bilan juda bemalol gaplashardi.

YN yostiqni qo‘liga oldi va polga otib yubordi.

YN: Jungkoook!!!

YN oynaga tikilib qoldi. O‘z aksini ko‘rdi… lekin bu avvalgi o‘zi emas edi. Ko‘z ostidagi ko‘karishlar, lab chetidagi mayda yirtiq, bo‘yin va yelkasidagi qizarish… Yana barmoqlari, bilaklari, hatto sonlaridagi tirnalgan joylar.

U shunchalar charchagan va holdan toygan ko‘rinardi. Jungkookning sovg‘alari qimmatbaho ipak ko‘ylak, nafis aksessuarlar bu jarohatlarni yashira olmasdi.

U sekin barmoqlari bilan yuziga tegdi. Ko‘zlarida alam va vahima uyg‘ondi. Agar bu jarohatlar iz qoldirsa-chi?

Bu fikr YNni daxshatga soldi. Agar chandiqlar qolib ketsa… agar endi avvalgidek go‘zal bo‘lmasa… Erkaklar bir ko'rganidayoq oshiq bo'lish o'rniga jirkansachi?

U shoshib kosmetik stoli yoniga bordi. Krem shishachalarini titkiladi, bir necha flakonni o‘rab ko‘rdi. Lekin bu oddiy kremlar bilan hech narsa o‘zgarmasdi. Unga jiddiy muolaja kerak edi.

YN Chaewonni o‘zini oynadagi tasviri bilan solishtirdi. Chaewon hech qanday jarohatlarsiz, bejirim edi. Uning yuzi mayin, silliq edi. Qorong‘u rangdagi sochlari jilolandi. Uning yonida esa YN xuddi qafasdagi yarador qushga o‘xshardi.

Yuragi g‘ashlandi. Nafasi ichiga tiqildi. U barmoqlarini yuziga bosib zo‘rg‘a yig'lab yubormaslik uchun o‘zini ushlab turdi.

YN yig'lashdan o'zini tiyib, zo‘rg‘a turgan paytda Jungkook xonaga kirib keldi va uning kayfiyatsiz yuziga nazar soldi.

Jungkookning qoshlarining orasidagi chiziq chuqurlashdi. U YNning bu ahvolidan norozi edi lekin sabr bilan gapirdi:

Jk: Senga nima bo‘ldi? Qani o‘zimga kel oppog‘im.

U quchog‘ini ochdi.

YN esa endi o‘zini ushlab turolmadi, shunchalik ezilgan ediki hech o‘ylamay Jungkookning bag‘riga otilib, qattiq yig‘lab yubordi.

Jungkookning butun tanasi tarang tortildi. U bunday sahnalar uchun yaratilmagan edi. Lekin YN hozir titrab turibdi, o‘zini nazorat qila olmayapti. Uning yuragi Jungkookning ko‘kragiga tez-tez urilardi.

Jungkook nima qilishni bilmay shunchaki YNni sochlarini silay boshladi.

YN yig‘lashdan to‘xtashga harakat qildi lekin nafas olishi hamon og‘ir edi. U shunchaki Jungkookning quchog‘ida jim turardi. Hech narsa demasdan, hech qanday harakat qilmasdan.

Jungkook uning qaltirayotgan yelkasini ohista siladi lekin sabrsizlik bilan pichirladi:

Jk: seni kim xafa qilganini ayt hayotini do'zoxga aylantiraman, jim turma hammasini menga ayt

YN hech narsa demadi, faqat uni yanada qattiqroq quchoqladi. Uning barmoqlari Jungkookning orqa tomoniga mahkam yopishib olgan edi, go‘yo u yo‘qolib qolishidan qo‘rqayotganday.

Jungkook bir lahzaga sukut saqladi. YNning bunday harakati uni har doimgidan ko‘ra ko‘proq bezovta qilardi. U o'zini yomon his qilardi YNni har bir ko'z yoshi uni yuragini tirnab o'tayotganday lekin ayni paytda bu unga yoqardi ham. Chunki YN yana unga bog‘lanib borayotgandi.

— Mayli… gapirmasang ham mayli, — deya Jungkook xuddi taslim bo‘lgandek past ovozda shivirlay boshladi. — Shunchaki yana biroz mana shunday tur…

U YNni yanada mahkam quchoqladi, uning sochlari orasiga yuzini yashirdi. Ichida nimalar bo‘layotganini o‘zi ham tushunmay qoldi. Bu qizdan jahli chiqqan, uni jazolashni, qattiq azob berishni xohlagan edi. Lekin hozir… hozir esa YNning yumshoq badanini his qilarkan butun g‘azabi tarqalganday bo'ldi. Jungkook hozir YNning qaynoq taftidan boshqa hamma narsani unutdi va boshqa sayyoraga sayr qildi

YN hali ham Jungkookning quchog‘idan chiqmasdi. Yana biroz yig‘laganidan so‘ng asta bosilayotganini sezdi. Ko‘z yoshlarini artishga harakat qilib yuzini Jungkookning ko‘kragiga yashirdi.

Jungkook uning sochlarini sekin silab pichirladi:

Jk: oldindan seni diding nozik bo'lgan, nima senga buyurtmalarim yoqmadimi?

YN sekin bosh chayqadi.

YN: Yo‘q… Men…

U gapini davom ettirmadi. U hozir nimadir aytsa juda zaif va ojiz ko‘rinib qolishini bilar edi. Lekin Jungkook shundoq ham uni tushunib bo‘lgandi.

Jk: O‘zingni yomon his qilyapsanmi?

YN javob bermadi. Jungkook asta uning iyagini ushlab, yuzini ko‘tarishga majbur qildi. Ko‘zlaridan qizargan va charchagan ifodani ko‘rib yuragida nimadir titrab ketdi.

Jk: Kimdir seni xafa qildimi?

YN “Ha, sen xafa qilding,” deb baqirgisi keldi lekin ovoz chiqarmadi. Buning o‘rniga ataylab ko‘zlarini erkalik bilan qisib shikoyat ohangida gapirdi:

YN: seni juda chiroyli xonim bilan ko'rib yomon xayolga bordim...

Jungkookning lablariga yengil kulgi yugurdi.

Jk: Kim? Chaewonmi? U men uchun hech kim, faqat biznes bo‘yicha sherik xolos undan ortiq hech narsa yo'q… Nima sen rashk qilyapsanmi?

YN darrov bosh chayqadi.

YN: Yo‘q! Rashk emas, shunchaki… bilmadim.

Jungkook kulib yubordi va qo‘llarini uning beliga joylashtirdi.

Jk: Sen rashk qilgan payting haqiqatan ham juda shirin bo‘lib ketasan oppog'im

U shunday deya YNning sochlarini orqaga tashladi. Jungkook YN bilan munosabatlari paytida ham YN Juda rashkchi bo'lgani sabab Jkni ko'p rashk qilardi va YNni rashk qilayotganini ko'rish Jungkook uchun alohida takrorlanmas o'ziga mast qiluvchi hissiyotlarni berardi. Jungkook har doim barlarga ko'ngilxushlik uchun borganida qizlar tinmay unga yopishib olishardi. Bundan YNni juda qattiq g'azabi chiqib hatto Jungkookga tarsaki tushurgan. Keyin YN Jungkoookga shart qo'ygan. Yoki u bilan munosabatlari davom ettirib barlarga qizlar bor joylarga bormaydi yoki u bilan aloqalarni uzib xohlaganini qilib yuraveradi. Albatta Jungkook YNdan vos kechmasdi.

YN hali ham Jungkookning quchog‘ida turardi lekin ichidagi g‘azabni yuta olmay sekin orqaga chekindi. Ko‘zlari yoshdan qizarib ketgan, lablari esa titrayotgandi.

YN: Sen… meni rasvo qilding Jungkook.

Jungkookning kulgisi yuzidan asta yo‘qoldi.

Jk: Nima?

YN lablarini tishlab oynaga ishora qildi.

YN: O‘zin qaragin! Mening yuzim… tanam… butunlay jarohatlarga to‘lib ketgan! Agar dog‘lar qolsa-chi? Agar men shunday yomon xunuk bo‘lib qolsam-chi?!

Jungkook bir muddat jim turdi. YN esa gapini davom ettirdi, yuragidagi barcha g‘azabni sochib yuborayotgandi.

YN: Sen menga faqat o‘yinchoqdek munosabatda bo‘lyapsan! Senga faqat sen istagan narsa kerak menga nima bo‘lishi esa ahamiyatsiz shundaymi?!

Jungkook asta unga yaqinlashdi lekin YN orqaga tisarildi.

YN: Yana yaqinlashsang seni chindan ham yomon ko‘rib qolaman!

Jungkookning yuzida g‘alati ifoda paydo bo‘ldi, u jahl va qiziqish orasida turardi. U shunchaki YNni kuzatdi. Bir necha soniyalik sukunatdan so‘ng ohista pichirladi:

Jk: Dog'lar qolmaydi xavotirlanma o'zim muolaja qildiraman. Agar dog‘lar qolsayam buni menga ahamiyati yo'q, seni sevishimga bu oddiy narsalar to'sqinlik qilolmaydi.

YN qattiq nafas oldi.

ular o'zaro shunday suhbatlashishar ekan biroz ochiq qolgan eshikdan Yoongi ularni ko'rib qoldi.

Namjoon YNni topish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilardi. Yollamagan odami qolmagandi izlamagan joyi qolmagandi.

Namjoon charchagancha divanga o‘tirib oldi. Stol ustida ochilgan viski shishasi va bo‘sh stakan yotardi. U titrayotgan qo‘llari bilan shishani ko‘tarib ichidan chuqur ho‘pladi. Ko‘zlari qonga to‘lib, chuqur nafas oldi.

Eshik qarsillab ochildi. Namjoon boshini ko‘tarmasdan ichkariga qaradi. Taehyung unga tikilib turardi. U do‘stining bu holatini ko‘rib bir lahza sukut saqladi, so‘ng stol ustidan bo‘sh shishani olib, bir chetga qo‘ydi.

Th: Yetar Namjoon. O'zingni ancha oldirib qo'yibsan. Men bilgan Namjoon qayerda qoldi? O'zingni qo'lga ol. Men bu voqealardan kech xabar topdim. Chunki qizim Soahni tobi yo'q edi. Juda qattiq kasal bo'lgani uchun u bilan ovora bo'lib qoldim

Nm: Men hammasini yo‘qotdim Tae. Hayotim mazmunini yo'qotdim

Taehyung uning yoniga o‘tirdi qo‘lini yelkasiga qo‘ydi.

Th: yo'q aslo, biz uni qaytarib olamiz. Sen uni kim o'g'irlaganini bilasanmi?

Nm: yo'q...

Th: menda bir taxmin bor.....

AVTOR POV

Bells Chaewonga xeyt qimasligilani so'rab qolaman☺️ u manga yoqadigan qiz bola idolladan. Ozi Yunjinni qoshmoqchidim prosta uni Rosa yaxshi ko'rib qzgonaman oshanchun Chaewonni qoshdim uyam Juda chiroyli idol🎀