January 2, 2025

Darkness 7-qism🩶

Shuuuurrrt!

Yuragi shu zahoti to‘xtab qolganday bo‘ldi. Qora Mercedes uning orqasida to‘xtadi. Mashinaning oynasi asta-sekin tushdi. Ichkaridan sovuq nigoh unga qadaldi. Bu nigohni minglab odamlar orasidan ham tanirdi. Jungkook edi.

Uning ovozi past lekin aniq eshitildi:

Jk: Hoy sen... qayerga shoshilyapsan?

YN bir lahzaga qotib qoldi. Og‘zi quruqshadi. Nafas olishni ham unutdi. Qo‘rquv va umidsizlik bir-biriga aralashib ketdi. Orqaga sekin qadam tashladi ammo oyoqlari xuddi muzlab qolganday edi.

Jungkook mashinadan chiqdi. Yengil charm kurtkasining taqillagan ovozi atrofda aks sado berdi. Unga yaqinlashgan sari bosimi og‘irlashib borardi.

Jungkook: Qochish rejang shumi? Xizmatkor kiyimida? Judayam aqlli qizsan

Uning lablarida kulgi yo‘q edi. Faqat sovuq hisob-kitobli nigoh.

YN ko‘zlarini yumib yuragini bosishga urindi. Lekin hech qayerga qochib bo‘lmasligini bilardi. Bu safar u tuzoqqa tushdi.

YN chuqur nafas oldi. Qo‘rquv yuragini siqib turgan bo‘lsa-da uning miyasi tez ishlay boshladi. Bu safar qo‘lga tushsa Jungkook uni kechirmasligini yaxshi bilardi. Ko‘zlarida qotib qolgan vahima o‘rnini endi ayyorlik egalladi.

YN: Jungkook, men qochmoqchi emasdim. Havo olish uchun chiqqandim xolos. Bu yerda juda dim edi...

Ko‘zlarini yerga tikdi, o‘zini aybsiz ko‘rsatishga harakat qildi. Ovozi titraganday yurakdan gapirayotganday edi.

Jungkookning nigohi biroz yumshaganday bo‘ldi lekin hali ham ishonchsizlik ko‘rinib turardi.

YN sekin unga yaqinlashdi, qo‘lini uning ko‘ksiga qo‘ydi va past ovozda davom etdi:

YN: Senga tushuntirmoqchi edim, lekin sen doim jahl qilasan... Men qo‘rqaman.

Jungkook hech narsa demay unga qarab turardi. YN uning yuzida paydo bo‘lgan ikkilanishni payqadi. Buni imkoniyat sifatida ko‘rdi.

Qo‘llari Jungkookning yoqasiga sekin tegdi. Uning nigohini ushlab turib past ovozda shivirladi:

YN: Senga qarshi hech narsa qilmadim. Faqat sen bilan bo‘lishni xohlayman.

Bu gaplar yolg‘on edi, lekin hozir faqat shu uni qutqarishi mumkin edi. YN asta-sekin uning e’tiborini o‘zida ushlab turib atrofga qaradi. Darvoza orqasida o‘rmon yo‘li qorong‘ilikka yo‘qolib ketardi.

Birgina imkoniyat kerak edi. Faqat birgina imkoniyat.

Jungkook bir necha soniya YNning ko‘zlariga qarab qoldi. Uning ko‘zlaridagi sovuq nafrat aralash ishonchsizlik hali yo‘qolmagandi. Ammo YN bunga tayyor edi. U sekin nafas oldi va qo‘lini Jungkookning yelkasiga qo‘yib unga yanada yaqinlashdi.

YN: Iltimos... men senga ishonaman. Sen ham menga ishon...

Jungkookning lablari keskin chimirildi. Boshini biroz egib qulog‘i ostida shivirladi:

Jungkook: Sen doim juda yaxshi yolg‘on gapirasan. Ammo bu safar kech bo‘ldi.

Birdan Jungkook uning bilagini qattiq siqib o‘ziga tortdi. YNning ko‘zlari katta-katta ochildi, bilaklarini o‘tkir og‘riq qopladi. Uning tishlari labiga botdi, og‘riqni yashirishga harakat qildi. Lekin yuzidagi og‘riq ifodasini yashira olmadi.

Jungkook uning yuziga tikilib turar ekan, ovozi qaltiramas lekin xavfli edi:

Jungkook: Qochishga harakat qilganing uchun jazo olasan. Seni kechirish oson emas.

U YNni o‘zining qora Mercedesi tomon sudrab bordi. Taqillagan qadam tovushlari va jimjitlik o‘rtasida YNning yuragi tez urar miyasi qochishning yangi yo‘lini izlar edi. Lekin Jungkookning qo‘llari temir kabi bo‘lib, qochishning imkoni yo‘qdek tuyuldi.

Mashinaning orqa eshigi ochildi. Jungkook uni ichkariga itarib yubordi. YNning tirsagi mashina eshigiga urilib og‘riqdan yuzini burdi. Bir tomchi qon oqib tushdi. Ammo u og‘riqqa emas o‘zining qo‘lga tushganiga achinardi.

Jungkook eshikni qarsillatib yopdi va past ovozda shivirladi:

Jungkook: Qon to‘kilishini o‘zing tanlading malikam.

Mashina o‘rmon yo‘li bo‘ylab sirg‘alib ketar ekan YNning miyasi qasos va qochish rejasini yana o‘ylay boshladi. Bu jang endi tugamaydi.

YN mashina o‘rindig‘ida o‘tirgancha og‘riqli bilagini ushladi. Tirsagidan oqayotgan qon iliq edi ammo u bunga endi ahamiyat bermasdi. U ich-ichidan yonayotgan g‘azabni bostirishga harakat qildi. Ko‘zlarini yumib nafasini chuqur oldi.

YNdan

Jungkook hamon meni sevadi. U qanchalik sovuq va shavqatsiz bo‘lmasin yuragining tubida o‘sha eski hislar hali ham bor. Men buni his qilyapman. Uning nigohi, qo‘llarining titrashi, men bilan muomala qilayotganda boshqarolmagan hissiyotlari... Bularni yashirishga urinadi lekin ko‘zlari sotib qo‘yadi. Bu sevgi mening yagona qurolim. Agar u meni sevishini anglab tursa bu o‘yin hali mening foydamga ishlashi mumkin. Uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi — uning eng katta zaif tomoni. U meni ushlab turibman deb o‘ylaydi lekin aslida men uni qo‘lga olaman. Kerak bo‘lsa bu sevgidan uning boshini aylantirib to‘liq nazoratimga olishga foydalanaman.
Sabr qilishim kerak. Har bir qadamni o‘ylab bosishim kerak. Unga qarshi o‘ynashim shart. Men qanchalik ojiz va aybsiz ko‘rinsam u shunchalik mening yolg‘onimni sezmaydi. Men qochaman... va bu safar u meni hech qachon topolmaydi. Lekin undan oldin... uning bor pulini, uning kuchini va uning g‘ururini yo‘q qilaman.

Jungkookning qo‘llari rulni mahkam siqib turardi, ko‘zlarida vaxshiy bir olov yondi. Mashina tor va qorong‘u yo‘l bo‘ylab shiddat bilan borardi. O‘rmon chuqur va sukunatli edi, faqat g‘ildiraklarning g‘ijirlashi va dvigatelning gumburlashi bu sukunatni buzardi. Nihoyat, Jungkook o‘rmonning o‘rtasida zulmat qoplagan joyda tormozni keskin bosdi. Mashina qarsillagan tovush bilan to‘xtadi.

YNning yuragi go‘yo tomog‘iga tiqilib qolganday bo‘ldi. Hali nafasini rostlashga ulgurmasidan Jungkook eshikni ochib uni qo‘pol sudrab tushirdi. Oyog‘i qaltirab tuproqqa tirnaldi ammo qarshilik qilish foydasiz edi.

Jungkook: Senga qochishga harakat qilish qanday oqibatlarga olib kelishini aytmaganmidim?

Uning ovozi sovuq jag‘lari qattiq qisilgan. Jungkook YNni yaqin atrofdagi daraxtga qo'pollik ila bor kuchi bilan tiradi. YNning orqasi qattiq po‘kakka urildi, og‘riq butun tanasiga tarqaldi.

Jungkook: Sen hamon o‘yin o‘ynayapsan, a? Men bilan o‘ynashishning natijasi nima bo‘lishini bilmas ekansan!

Uning barmoqlari YNning iyagini siqib boshini ko‘tarishga majbur qildi. YNning lablari titrardi ammo ko‘zlarida yiltillagan ayyorlik hali ham yo‘qolmagandi. Jungkook buni payqab g‘azabdan bo‘g‘ilib ketayotganday nafas oldi.

U bir qo‘li bilan YNning bo‘ynini mahkam ushladi. YN nafas olishga qiynalib ko‘zlarini yumib oldi.

Ammo YNning og‘riq bilan charchagan tanasi ostida bir reja hali ham tirik edi. U har safar mag‘lub bo‘lganday ko‘rinardi ammo imkoniyatni kutardi. YN titrayotgan lablari bilan:

YN: J......Jungkook....

Jungkook qotib qolgan nigohi bilan YNning yuziga qarab turdi, lekin ichida bir bo‘linish tobora chuqurlashib borardi. Jkning ichida go‘yo ikki ovoz ikki shaxsiyat uning ongida kurash olib borishardi

Birinchi ovoz, yumshoq va titroq:
Sen uni sevasan. Bu qiz sening hamma narsang. Uni yo‘qotsang yana zulmat ichida qolasan. Esingdami? Uni ko‘rmasang nafas olishing ham og‘irlashardi.”

Jungkookning yuragi og‘ir urdi. U YNning ko‘zlariga bir qarab qo‘ydi. Shu ko‘zlar bir paytlar unga mehr iliqlik bergan. Shu nigoh unga shavqatsiz dunyoda umid baxsh etgan. Uning yuragi bir lahza o‘ziga bo‘ysunishni xohlaganday silkinib ketdi.

Ikkinchi ovoz, sovuq va vaxshiy:
Sevging seni zaif qilyapti. U seni sotib ketdi. U senga xiyonat qildi. Seni aldadi, o‘yinchoqqa aylantirdi. Qaytarib bo‘lmaydigan xatoga yo‘l qo‘yma. Unga rahm-shavqat ko‘rsatish bu o‘zingni o‘ldirish bilan barobar"

Jungkookning jag‘lari qattiq qisildi. Nafas olishi chuqurlashib, ko‘zlaridagi qahr yanada o‘tkirlashdi. Qo‘llari beixtiyor musht bo‘lib tugildi.

Birinchi ovoz, umidsiz iltijo bilan:
Agar uni yo‘q qilsang o‘zing ham yo‘q bo‘lasan. Uni yo‘qotsang bo‘shliqdan boshqa hech narsa qolmaydi. Axir u sening dunyong...”

Ikkinchi ovoz, qat’iy va shafqatsiz:
Dunyo? U seni dunyongni vayron qildi. U faqat o‘zini sevadi. Uni yo‘q qil shunda sen ozod bo‘lasan!”

Jungkookning qo‘llari titray boshladi. U YNning lablaridagi kuchsiz tabassumni ko‘rdi. Bu tabassum hammasi tugamaganini, hali ham u o‘ynayotganini bildirardi. Bu tabassum uni nafrat va sevgi o‘rtasida chayqalishga majbur qilardi.

Uning nafasi bo‘g‘ilib, boshini silkitdi. Ichidagi kurash uni yoqib yuborayotganday edi. Yuragi ikki bo‘lakka bo‘linayotganday, bir tomoni YNni bag‘riga bosishni, ikkinchi tomoni esa uni o'ldirishni xohlardi.

Jungkook (pichirlab): Nega meni shunday ahvolga solasan?.. Nega hamon seni yo‘q qilish o‘rniga sevib turibman?

Jungkookning jahli hali ham o‘chmagandi. U YNni daraxtga tirab bo‘g‘ayotgan qo‘llari tobora kuchayib borardi. Uning ko‘zlarida nafrat va iztirob aralash edi lekin bir zumda YNning zaif ovozi eshitildi:

YN (hansirab, zaif ovozda): Men... men seni sevaman, Jungkook...

Bu so‘zlar Jungkookning ongiga o‘qdek kirib bordi. Qo‘llarining kuchi bir zumda susaydi. U o‘zining nima qilayotganini anglaganday qo‘rquv va hayrat bilan qo‘llarini tortdi.

YN esa yerga qulab tushdi. U nafas olishga harakat qilib bo‘g‘zini ushlab turardi. Qo‘llari titrar ko‘zlari yosh bilan to‘la edi. Uning yuzi oqarib nafasi zo‘rg‘a tiklanardi.

Jungkook qadamini orqaga tashlab qo‘llariga tikildi. Bu qo‘llar sevgan insonini qiynoqqa solayotgan qo‘llar edi. U ichida titrar ammo o‘zini oqlashga biror sabab topolmasdi.

Jungkook (past ovozda, o‘zini yo‘qotib): Sen... shunday deyapsan, a? Sevaman deysanmi? Yana yolg‘on gapirayapsan, to‘g‘rimi?

YN hech nima demadi. Faqat yerda titrab yotgancha nafas olishga urinardi. Ammo ichida allaqachon keyingi qadamni o‘ylayotgandi. Uning ayyorligi yana bir marta ish berdi lekin bu faqat vaqtinchalik edi.

Jungkookning yuzidagi qattiqlik biroz bo‘shashdi lekin ko‘zlarida hali ham ishonchsizlik va g‘azab bor edi. U egilib YNning yuziga tikildi.

Jungkook: Agar bu ham yolg‘on bo‘lsa... O‘zing bilasan, YN. Men seni kechirmayman.

YNning ko‘zlarida qo‘rquv aralash ayyorona uchqun chaqnadi. Uning ichida bir fikr aylanar edi: "Bu o‘yinni o‘zim yutaman."

YN yerda og‘ir nafas olib yotar edi. Bo‘ynidagi og‘riq va nafas olishdagi qiyinchilik uni yana bir chorasiz vaziyatga tushirib qo‘ygandek. Qochish rejasining o‘xshamagani uni battar siqib qo‘ydi. Lekin hozir o‘ylash uchun vaqt bor edi va birgina yo‘l ko‘rinib turardi: Jungkookni tinchlantirish uchun xushidan ketgandek ko‘rsatish.

U chuqur nafas olib ko‘zlarini yumdi. Qo‘llarini bo‘shashtirib, tanasini qimirlamas holda qoldirdi. Nafasini esa sekin va zaif olib, o‘zini holsiz qilib ko‘rsatdi.

Jungkook birdan to‘xtab uning yoniga cho‘kdi. Bir lahza avvalgidek qahr emas endi xavotir uning yuzini egalladi.

Jungkook: YN! Nima bo‘ldi? Nega jim bo‘lib qolding? Hey ko‘zlaringni och! Meni qo'rqityabsan

Uning ovozi titrab ketdi, qo‘llari bilan YNning yuzini silkitdi. Ammo YNdan hech qanday javob yo‘q edi. Jungkookning yuragi qo'rquvdan tez ura boshladi.

Jungkook: Men seni o‘ldirganim yo‘q... To‘g‘rimi? Axir bunday bo'lishi mumkin emas!

U shoshib atrofga qaradi, nima qilishini bilmas edi. Ammo YN ichida o‘z rejasining ishlayotganini sezib o‘zini nazorat qilardi.

YN dan

Hozircha bu rolni davom ettirishim kerak. Shunda hech bo‘lmaganda vaziyatni boshqarish imkonim bo‘ladi

Jungkook battar sarosimaga tushib, uni mashinaga ko'tarib olib ketardi

Jungkook YNni ehtiyotkorlik bilan orqa o'rindiqqa yotqizdi va bir necha daqiqa davomida YNning nafas olayotganini tekshirdi. Ammo uning hech qanday harakat qilmayotganini ko‘rib yuragi muzlab qolganday bo‘ldi.

Jungkookdan

Men bir soniyaga aqlimni yo'qotib qo'ydimmi? Uni o'ldirib qo'ygan bo'lsam o'zimni aslo kechirmayman. Uni sevamanku axir. Menga nimalar bo'lyabdi

U mashinani shiddat bilan haydar ekan qo‘lida nimani yo‘qotganini his qilar ammo hislarini jilovlay olmasdi. YN esa mashinada yotgancha bir nuqtada o‘z roliga kirishib ketganidan uxlab qoldi.

Jungkook YNni uyga olib kelgach uni malakali shaxsiy shifokorlari qo'liga topshirdi. Shifokorlar YNni ahvoli yaxshi ekanligini aytishgach Jungkook o'zini yaxshi his eta boshladi va o'z ishlari bilan shug'ullanishni davom ettirdi.

Jungkook o‘zining ashaddiy qat’iyati bilan uyiga maxsus guruhni chaqirtirdi. Ikkita qora qoplangan mashina qasr oldida keskin tormoz bosib to‘xtadi. Ichidan ko‘rinar-ko‘rinmas xavfli qiyofadagi erkaklar birin-ketin tushishdi. Har biri go‘yo o‘limga dars beradigan darajada sovuq va tajribali edi.

Mashinalarning biridan Suga birinchi bo‘lib tushdi. Qora ko‘zoynagi ostidan uning nigohi sovuqqonlik bilan atrofni kuzatardi. U o‘z odatiga ko‘ra xotirjam qadamlar bilan Jungkookga yaqinlashdi va qo‘l uzatdi.

Jk: Seni o‘z vaqtida chaqirdim Suga. Bunga o‘xshagan vaziyatlarni qanday nazorat qilishni yaxshi bilasan.

Suga : Bu sening odating bo‘lsa kerak-a Jungkook. Meni eng qiyin paytlarda chaqirishdan zavqlanasan.

Jungkook uning gapini kulimsirab qarshiladi lekin ichida uning har bir harakatini kuzatardi. Chunki Suga ishonchli bo‘lsa-da Jungkook hech kimga 100 foiz ishonmas edi.

Jk: Xonada men uchun eng muhim inson bor. Uni himoya qilishda xatoga yo'l qo'ysang seni suyaklaringni ham qoldirmayman. Tiriklayin jasadingni yoqib yuboraman. U umuman qocha olmasligini nazorat qil. Lekin aslo....aslo unga qarashga jurat etma. Hammangiz meni diqqat bilan eshting. Agar qaysi biringiznidir hatto ko'z qiri bilan meni YNnimga qaraganingizni ko'rsam ikkala ko'zlaringizni qo'llarim bilan yulib olaman. Hamma tushundimi

Suga: Hech kim bu joyga yaqinlasha olmaydi. Menga ishon.

Bu yerga kelgan hamma kriminallar Jungkookdan qo'rqishgani sabab uni har bir so'ziga ko'nishdi.
Suga orqasiga o‘girilib odamlariga imo qildi. Ular bir zumda joylarini egallab uyning har burchagini nazoratga olishdi. Qasr atrofi endi nafaqat shinam uy balki jangovar lagerga o‘xshab qoldi.

Jungkook so‘nggi bor tashqarini kuzatib ichkariga,
YNnini yoniga qaytdi

Oradan bir necha soat o‘tdi. YN asta-sekin ko‘zlarini ochdi. Atrofni tanimadi. Yumshoq va qimmatbaho ko‘rpa ichida yotganini his qildi. Qarshisida baland hashamatli shiftlar ammo sirli tusli xona ko‘zga tashlanardi. Unga qimmatbaho ipak ko‘ylak kiygizilgan edi.

YN dan

Jin ursin. Biram uyquchimanki. Qattiq uxlaganimdan hatto kiyimlarimni almashtirishganini ham sezmabman

Xona eshigi ochildi. Jungkook ichkariga kirdi. Uning yuzi sovuq lekin ko‘zlarida qandaydir qarama-qarshi hislar ko‘rinardi.

Jk: malikam o'zingga kelgan ko'rinasan. O'zingni yaxshi his qilyabsanmi?

YN unga tikildi va ichida yangi o‘yin boshlashni rejalashtirdi.

Namjoon qasrining qorong‘i burchagidagi maxsus xonada yolg‘iz o‘tirardi. Stolda tartibsiz yotgan hujjatlar, qo‘lyozmalar va o‘q-dorilar uning miyasi qanchalik chalkash va g‘azabga to‘lganini ko‘rsatib turardi. Qo‘lidagi sigareta ohista yonar, chetidan ko‘tarilayotgan tutun uning xayollarini qalin pardaga o‘rab olgandek edi.

U YNnini qattiq sog'inganidan tinmay uni videolarini tomosha qilardi. Ular orasida YNning baxtli kunlari eski sevgililari va hattoki u bilan o‘zining ilk uchrashuvlari ham bor edi. Namjoonning yuzi tundlashdi. Ko‘zlaridagi sovuq nurlar endi alam va rashkka o'girildi.

u xotini YNni boshqa erkak yonida o'tkizayotgan har bir soniyasini o'ylab rashkdan yonardi. YNni boshqasini yonidagi har bir soniyasi Namjooni xuddi qurt kabi badanini kemira boshladi

Namjoon qo‘lida ushlab turgan kichik pichoq bilan barmog‘ini ohista kesdi. Qon asta sekin oqib oq qog‘ozga tomchiladi.

Namjoon YNni topish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilardi

Namjoonning qo‘llari tizzalari qaltirab nafasi og‘irlashardi. Qovog‘ini solib o‘tirgan joyida xonani boshdan-oyoq ko‘zdan kechirdi lekin uning ko‘zlari bir nuqtaga qadalgan edi — stol ustidagi dorilar. Ular noqonuniy tinchlantiruvchilar. Bu uning vaqtinchalik xotirjamligi g‘azabini bostiradigan yagona narsa edi. Ammo shu narsa uni asta-sekin yemirib borayotganini ham bilardi.

U birdan o‘rnidan turdi lekin qo‘llari yana titray boshladi. Ko‘zlari o‘zini tutolmay qonga to‘lganday qizarib ketgan edi. Bir necha marta nafas olib tinchlanishga harakat qildi ammo bu befoyda edi. U xonadagi hamma narsani changallab yerga uloqtirdi. Kitoblar, stul, hatto stoldagi lampochkani ham sindirib yubordi.

Eshik ochilib, Namjoonning ishonchli odami kirib keldi. Bu odam uning holatini bir qarashdayoq tushundi. Qo‘lida dori va bir stakan suv olib, unga yaqinlashdi.

—: "Xo‘jayin, sizning ahvolingiz yomonlashmoqda. Dori ichmasangiz ahvolingiz og‘irlashadi."

Namjoon unga bir zum qaradi lekin hech narsa demadi. Uni ko‘zlari g‘azab, qo‘rquv va umidsizlikni aks ettirar edi. Nihoyat, u stakanni qo‘lidan tortib olib, dorini ichdi. Ammo bu jarayon ham asabiy edi — suvni bir yutib, stakanni devorga otib yubordi.

Dori ta’sir qila boshlaganda Namjoon ko‘zlarini yuma boshladi, qo‘llarining titrashi biroz pasaydi. Ammo uning ongida hali ham boshqa erkak va YNning qiyofasi gavdalanardi. Har safar ularni tasavvur qilganda nafrati va g‘azabi yanada avj olar edi.

Ammo uning psixikasi tobora ko‘proq ishdan chiqib borayotgan edi. Namjoon o‘z his-tuyg‘ularini boshqarolmay, bir zum o‘zini yo‘qotib qo‘yardi. Goh qandaydir idishni quchoqlab, unga murojaat qilgandek gapirardi, goh esa qotib, uzoq jim turib qolardi.

Uning odami chiqib ketayotganda, eshik ortida qisqa gapirdi:

—: "Namjoonning holati kundan-kunga yomonlashmoqda. Agar bu davom etsa, u o‘ziga ham, atrofdagilarga ham zarar yetkazadi."

Jungkook YNga gapirar ekan birdan uning ochiq va nafis kiyimi Jungkookning nigohlarini o‘ziga tortdi. U ko‘zlarini YNning oppoq nozik sonlariga qaratganini o‘zi ham sezmay qoldi. Bir lahza ichida uning nafsiy fikrlari uyg‘onib ketdi. YNning oppoq ochiq sonlari, biroz ochiq ko'kraklari uni shu darajada qaynoq sexy qiz qilib ko'rsatardi. U aql bovar qilmas darajada go'zal tanaga ega. Jungkook bunday tana qarshisida qay tarzda o'zini boshqara olayotganiga hayron qolsa arziydi

YN uning nigohini sezdi va bir oz tabassum bilan unga qaradi.
YN: Qiziq, oyoqlarimda nimadir topdingmi?

Jungkook ko‘zlarini bir lahza YNdan olib, yuzida hech narsani bildirmaslikka harakat qildi. Ammo ichidagi bosim unga tinchlik bermayotgandi.

YN da hozircha hech qanday rejasi yo'qligi sabab shu yerda biroz ko'ngilxushlik qilishni rejalashtirdi. Jungkookga shuncha boylik qayerdan kelganini bilmasa ham unga farqi yo'q. U shu pullarni ishlatishni xohlab qoldi

YN: Jungkook sen sabab, mening nozik nafis terim Juda yomon ahvolga kelib qoldi. Yuzimniku gapirmasa ham bo'ladi. Shu yerga kelganimdan beri yuzimni parvarish qilmayapman. Menga parvarish vositalari zarur. Men ularni sotib olishim uchun pul ber va meni do'konga olib bor

Jk: uydan bir qadam bosib ham chiqmaysan. Nima kerak bo'lsa o'zim olib kelib beraman

YN: yaxshi, ungacha men yuvinib chiqaman

YN xonadagi yuvinish xonasiga kirib ketar ekan ortidan Jungkook unga qarab qolib ketdi. YN xuddi hech narsa bo'lmagandek xursand holatda baland ohangda musiqa kuylab yuvinishni boshladi. Xonada kompyuterda o'z ishlari bilan shug'ullanayotgan gangster Jungkook YNni musiqasini eshtib miyig'ida kulib qo'ydi. YNni ovozi sehrli edi. Juda yoqimli edi.

YN yuvinib bo'lgach maxsus xalatni kiymay ataylab sochiqqa o'ranib dushdan keyin suriladigan upani olib ho'l sochlari bilan hammomdan chiqdi. U Jungkookga etibor bermay oynaga qarab tanasiga upani asta sura boshladi. Jungkook beixtiyor YNga qattiq tikildi. YNning ho'l sochlaridan oqayotgan suv ochiq tanasiga tegib judayam qaynoq ko'rsatardi. YN tanasini o'ragan sochiq faqatgina ko'kraklarini va orqasini yopishga zo'rg'a yetib turgandi. YN bunday ochiq ko'rinishda ho'l sochlar va nomiga surilayotgan upalar bilan Jungkookni ichidagi maxluqni uyg'otib yubordi. Jungkook oxiri endi o'zini umuman boshqarolmay qoldi. Qo'lidagi kompyuterini yopib chetga olib qo'ydi va kuchli uyg'ongan xirsi bilan YNni orqasidan qattiq quchoqladi. YNni bo'ynida och bo'ridek o'pib ko'kartira boshladi. Jungkookning barmogi sochiqqa sal tegishi bilan sochiq yerga tushib ketdi va YNni tanasi yalt etib ochildi. Jungkookni qarshisida YN yalang'och hot tanasi bilan qotib qoldi. Jungkook bir soniyani ham boy bermastan YNni ko'tarib yotoqqa otib yubordi. YNni xirsi ham uyg'ongani sabab tanasini berkitishga harakat qilgani ham yo'q. Aslida boshidan beri YNning o'zi Jungkookni xirsini kuchaytirish maqsadida bu ishlarni qilayotgandi

AVTOR POV

zo'r joyida to'xtadimi a🤣