January 28, 2025

Darkness 10-qism🩶

YNning yuragi birdan vahimaga tushib, nafasi bo‘g‘ziga tiqildi. U Namjoonning sovuq nigohidan nafrat va g‘azabni o‘qiy oldi. Ammo tanasi hanuz qimirlamasdi. Namjoon uning sochlarini silagancha past ovozda gap boshladi.

Nm: Bu sochlar faqat meniki edi. Bu nafis, ipakdek sochlar mening ayolimniki edi. Lekin...

Namjoonning ovozi bir zum to‘xtadi ammo qo‘llari to‘xtamadi. U birdan YNni sochlarini qattiq tortib, yuzini YNning yuziga yaqinlashtirdi. Endi uning ovozi past lekin o‘tkir edi:

Nm: Lekin... sen meniki bo‘lgan narsaga kimdir tegishiga yo‘l qo‘ydingmi?!

YNning ichidan qichqiriq otilib chiqmoqchi bo‘ldi lekin ovozi chiqmadi. U zo‘rg‘a ko‘zlarini katta ochib, Namjoonga qarab turardi. Ammo bu holat Namjoonni battar g‘azablantirdi.

Nm: Gapir! — deya sochlarini battar tortdi u. — Kim edi u?!

YNning ko‘z yoshlari yonoqlaridan oqib tushayotgan edi. Lekin uning sukut saqlashi Namjoonni yana ham asabiylashtirdi. Namjoonning ovozi titradi, so‘zlari esa qattiqlashdi:

Nm: Jim turma! Gapir!

Ammo YNning lablari hanuz qimirlamasdi. Bu ojizlik Namjoonni bir lahza to‘xtatdi. U chuqur nafas olib YNni sochlarini sekin qo‘yib yubordi. Ammo uning nigohi hanuz sovuq va o‘tkir edi.

Nm: Yaxshi sen gapirmasang o'zim bilib olaman

Namjoon qimirlamay yotgan xotini YNni iyagidan ushlab shu darajada qo'pollik bilan bo'sa oldiki xuddi YNni lablari lavaga tekkan kabi achishib, zirqirab Namjoonni tishlari orasida og'riq bilan aylandi. Namjoon uni shu darajada sog'ingandi. Xuddi qish faslida insonlar yozdagi quyosh issiqligini sog'inganlari kabi.

Namjoon hech ham YNni qo'yib yuborgisi kelmadi lekin hal qilishi kerak bo'lgan ishlar mavjud. U o'z qastini olishi kerak. U jahl bilan chiqib ketdi

U eshikni shunday qattiq yopdiki, xonaning devorlari titrab ketdi. YN qimirlay olmasdan yotgancha, ichida minglab savollar va qo‘rquv bilan to‘lib borayotgan edi.

Namjoon palataning eshigini shartta yopib, qattiq asabiy holda shifokorlarga qarab qoldi. Ularning ko‘zi pastga qaratilgan, hech kim birinchi bo‘lib gap boshlashga jur’at qilmasdi. Namjoonning ko‘zlari birma-bir shifokorlarni kuzatar ekan, ovozi o‘tkir va buyruq ohangida yangradi:

RM: Xo‘sh, YNning ahvoli haqida to‘liq hisobot bering. Men birorta detaldan bexabar qolishni xohlamayman!

Shifokorlardan biri jur’at qilib gap boshladi:

-- xonim keraksiz dorini qabul qilgan, dori YN xonimga juda yomon tasir qilgan buni natijasida vaqtinchalik falajlik holati kuzatilmoqda. Shu sababdan u hozircha harakat qila olmayapti. Bu vaqtincha...

Namjoon gapni bo‘lib dag‘al tovushda:
Rm: Bu "vaqtincha" qancha davom etadi?! Bir hafta, bir oy?

Shifokor ikkilandi:

— Aniq ayta olmaymiz, janob. Bu uning ruhiy holatiga bog‘liq.

Namjoon o‘zini tutolmay, kafti bilan devorga urib yubordi.

Rm: YN o'ziga juda etiborli edi. Qanday qilib bu ahvolga tushgan bo'lishi mumkin

Shu payt u yo‘lak oxirida ko‘rinib turgan Yoongini ko‘rib qoldi. Yoongi vaziyatdan xabardor bo‘lishni istagan holda ularga qarab yondashdi. Ammo Namjoonning ko‘zlari yiltirab, g‘azabi avjiga chiqdi.

Rm: Nega hamon bu yerda yuribsan Yoongi?

Yoongi tinch ohangda gap boshladi:

Sg: Men faqat YNni ahvoli qandayligini bilmoqchi edim. Axir u...

Namjoon uning gapini bo‘ldi:

Rm: Senga bu aloqador emas! Sening vazifang tugadi, Yoongi. Endi darhol ko‘zimdan yo‘qol! Bu masala senga tegishli emas!

Yoongi bir lahza sukut saqladi. U Namjoonning qattiq g‘azablanib turganini tushunsa ham, ich-ichidan shubhalanib, nimanidir yashirayotgandek tuyuldi. Ammo bu kasalxona, shifokorlar unga tegishli, YN ham uning rafiqasi. Shu sababdan Yoongi vaziyatni avj oldirmaslik uchun boshini egib:

Sg: Yaxshi Namjoon.

Namjoon uni kuzatib turar ekan, ichidagi g‘azab hali bosilmagan edi. Shifokorlarga bir nazar tashlab, qat’iy ovozda buyurdi:

Rm: YNni ahvoli yaxshilanishi uchun nima kerak bo‘lsa, shuni qilinglar. Agar biron-bir xatolik ketadigan bo‘lsa birortangni tirik qoldirmayman
!!!

Jungkookning mototsikli yo‘l bo‘ylab xotirjam harakatlanardi. Uning yuzida vazmin va sovuq bir ifoda aks etgan edi. Ko‘zlari oldida esa Chaewon bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvning tafsilotlari aylanar, lekin bu fikrlarni tezda chetga surib, u uyga yetib borishni o‘ylardi. Chunki u uchun YNning holati har qanday muhim masaladan ustun turadi.

Bu orada Jungkookning odamlari Yoongi va YNni topishga qattiq kirishgan edi. Hamma yo‘llar tekshirilmoqda, Yoongining ehtimoliy manzillari ro‘yxati esa qo‘riqchilar orasida taqsimlanayotgan edi. Ammo Yoongining sirli yo‘q bo‘lib ketishi ularga qo‘rqinchli edi.

Bir guruh odamlar mashinada tez harakatlanar ekan, bir-birlari bilan xushtakchalab gaplashib ketayotgan edi:

— Agar Yoongini topolmasak, Jungkook bizni o‘z qo‘llari bilan o‘ldiradi! — dedi biri ovozi titrab.

— Ha, u shafqatsiz, bilasan-ku! Jungkookning jahli chiqqanini ko‘rish hech kimning boshiga kelmasin! — dedi boshqasi bosh chayqab.

Shu payt Jungkookning odamlaridan biri aloqa vositasi orqali xabar berdi:

— Bir manzilda Yoongining mashinasiga o‘xshash transport vositasi ko‘rindi. Tekshirishga o‘tyapmiz!

Lekin ular yetib borguncha mashina allaqachon yo‘q bo‘lib ketgan edi. Bu holat ularni yanada vahimaga soldi. Chunki Yoongi juda ehtiyotkor va aqlli harakat qilayotgani aniq edi.

Jungkook esa uyga yetib kelib, hovlida xizmatkorlarni va qo'riqchilarni ko‘rib, ular bilan bexosdan to‘qnashdi. Hammani yuzida o‘ziga xos taranglik bor edi. Ularning og‘ir nafasi va shoshilib qadam tashlashlari bir narsadan xavotirda ekanliklarini bildirdi. Jungkook ularning hayratli nigohlariga qaramay, uy ichiga qadam qo‘ydi.

Uning odamlari esa birdan xushyor tortib, Jungkook bilan gaplashishga jur’at topa olishmadi. Chunki YN va Yoongini topishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashgani haqida xabar berish ularga o‘lim bilan baravar edi.

Jungkook juda hayratga tushib bu uyda nima bo'layotganini bilishga shoshildi.

Jk: Nega hammangiz bu ahvoldasiz? Nimani menga aytolmayapsizlar a?

shunda bir qo'riqchi o'zida zo'rg'a kuch topib Jungkookga gapirdi.

-janob YN xonim o'lim yoqasida edi Yoongi janob esa uni ko'tarib olib ketdi. Ortidan yo'lga tushtik lekin yarim yo'lda uni ko'zdan qochirdik. Hozir na YN xonimni va na Yoongi janobni topolmayapmiz. Ular go'yo izsiz yo'qolgandek.

Jungkook qattiq g'azablandi va qo'riqchini bo'g'zidan oldi

Jk: NIMA DEDING LANATI BOSHQATTAN AYT!!!!

-janob sizga buni aytmoqchi bo'lib ko'p marotaba telefon qildik lekin bo'shakni ko'tarmadingiz, menimcha Yoongi YNni olib keladi Deb umid qilyapmiz

Haligi qo'riqchi qo'rqqanidan titragan ovozlari bilan zo'rg'a javob qaytarayotgandi. Jungkookni shu darajada jahli chiqdiki uni o'ldirib qo'yishiga oz qoldi

Jungkook butun kuchlarini oyoqqa turg'izdi.

Jk: Sizlarga bir soat vaqt. Agar bir soat ichida YN yonimda bo'lmasa hammangni oilang bilan qirib tashlayman!!!!!

Namjoon kasalxona atrofida qo'riqlashni kuchaytirdi.

YNdan

Jin ursin. Ahvolingga qara YN. Oxiri seni shu ahvolgacha olib kelishdi. Hatto zahar tillaringdan bir so'z ham chiqmaydi. Juda ko'p pul ortidan quvganimning jazosimi bu? Endi nima qilaman? Shu ahvolda qolib ketamanmi? Nahotki? To'shakka mixlanib qolamanmi? Yo'q aslo bu mening aybim emas. Ularning o'zi meni nayrangimga uchgandi. Namjoon ham ortimdan yuraverib xoli jonimga qo'ymadi. So'ngra men ham u boy bo'lgani uchun turmush qurishga rozi bo'ldim. Albatta pullar hamma narsadan ustun turadi. Jungkook ham shunday. Boshida menga g'amxo'rliklar qilardi. Tinmay menga yopishib olib qimmatbaho taqinchoqlar hadya qilardi. Meni ham keyin u bilan biroz o'ynashgim keldi xolos. Bor gap shu. Bo'layotgan ishlarni hammasiga Namjoon va Jungkook sababchi. Bularning birortasida zarracha ham meni aybim yo'q. Men tinchkina pullarimni olib ketayotganimda Jungkook meni majburlab olib qochdi. Xo'sh erli ayolni olib qochib menikisan deyish g'alati emasmi? Bu yerda ham meni aybim yo'q edi. Endigina unga ko'nikdim desam Namjoon qayerdandir paydo bo'lib kasalxonaga yotqizib qo'yibdi. Men hamma narsaga rozi bo'lishim mumkin edi lekin meni shu ahvolga solgan kim bo'lishidan qatiy nazar hayotini do'zoxga aylantiraman. Meni bu darajada xorlashga hech kimning haqqi yo'q!!!!

Taehyung Namjooni yoniga keldi.

Th: uni ahvoli qanday?

Rm: Yaxshi bo'ladi. Hali hammasi unda yaxshi bo'ladi. Chunki yonida endi men borman. Uni hech kimga berib qo'ymayman. Lekin uni olib qochgan odamdan qastimni olmagunimcha tinchimayman

Th: uni kimligini aniqladim

Rm: ?

Th: uni gangster deyishyabdi. Juda qudratli va juda sirli odam ekan. Uni ism familiyasini aniqlashni umuman imkoni bo'lmadi. Lekin uni juda xavfli shaxs deb tilga olishdi. Hali unga qarshi chiqa oladigan birortasi chiqmagan ekan

Rm: endi bor. Menman o'sha lanatiga qarshi chiqadigan. Undan qo'rqmayman. Kimligini bilsam bo'lgani!!!!!

Yoongi kasalxonadan chiqib yashirinib ketishga majbur bo'ldi. Chunki u endi Jungkook uchun eng katta xiyonatkor dushman hisoblanadi. U endi qolgan umrini yashirinib o'tkizishga majbur. Lekin Yoongi bir yaxshigina hayotini nega bu darajada xavf ostiga qo'ydi? Kim uni shunga undagan bo'lishi mumkin? Yoongi hayotini shu darajada xavfga qo'yadgan Kim bor o'zi?

Namjoon darrov kerakli ishlarini hal qilgach yana YNni yoniga shoshildi. YNga hamon to'yganicha yo'q. Endi aniq bir oycha YNni yonidan umuman siljimasa kerak

Namjoon kasalxona vip xonasiga asta qadam qo'yarkan yig'lab yotgan YNni ko'rdi. Ichida nimadir uzilgandek bo'lib stol olib unga termulib o'tirdi. Bu vaqt davomida YNni oppoq paxtadek qo'llarini ushladi

Jungkook Yoongi bilan ovora bo'lib Namjooni yodga olish umuman xayoliga kelmadi. Lekin oxir oqibat u tushundi

Jk: Jin ursin. Lanati. It emgan. Axir bu Namjoon. Meni YNnimga yana ko'z olaytirishga jurat etgan bu o'sha lanati. Men uni shu bugunoq jahannamga jo'nataman. Hammangiz eng kuchli qurollaringizni olib tayyorlaning kettik. Birini uyini lava kabi yoqib kelamiz