Still with you 22-qism final 🎀
Shu tariqa oradan vaqt o'tar ekan kundan kunga Jungkookning ahvoli yomonlashaverardi. Boshida umuman sog'ligiga etibor qilmadi. Bir kuni Taehyung bilan o'tkizgan xotiralarini eslash maqsadida Taehyung sevgi izhor qilgan kechada ular borishgan piknik joyiga Jungkook yo'l oldi.
Manzilga yetib borgach xotiralarni eslab yuraklari parcha parcha bo'larkan birdan anchadan beri uni bezovta qilayotgan qorin og'rig'i boshlanib qoldi. Jungkookning ko'z oldi qorong'ulashib tezda xushini yo'qotdi. O'sha yerda aylanib yurgan odamlar darhol tez yordamni chaqirishdi. Tez yordam moshinasi Jungkookni kasalxonaga olib ketdi
Shifokorlar kimga xabar berishni bilmay muolajalardan so'ng shunchaki Jungkookni ko'zini ochishini kutishdi. Chamasi 1 soat ichida Jungkook kasalxonada ko'zlarini ochdi. U atrofga alanglab qararkan qayerda ekanligini hamon tushunolmasdi
hamshira: janob siz kasalxonadasiz
Jungkook biroz o'ziga kelib olgach bosh shifokor huzuriga tashrif buyurdi
shifokor: janob birorta yaqiningiz bo'lsa chaqirishingizni xohlardim. Sizni sog'ligingiz bo'yicha gaplashib olishim zarur
Jk: menga aytavering sizni eshtaman
sh: siz hepatotsellyulyar karsinoma yani jigar saratoniga chalingansiz. Saraton rivojlanishni ancha vaqt oldin boshlagan. Sizda asosan judayam ko'p spirtli ichimliklar ichganingizdan saraton borgan sari rivojlanib borgan
Jk: s-s-saraton? yo'q yo'q siz adashayotgan bo'lsangiz kerak. Meni shu paytgacha hech qanday og'riqlar bezovta qilmagan. Shu oxirgi bir oy ichida biroz tobim bo'lmadi xolos
sh: Jigar saratonining rivojlanishi ko'pincha rivojlanguniga qadar o'ziga xos belgilar ko'rsatmaydi, chunki jigar ko'p funksiyalari bilan o'zini kompensatsiya qila oladi. Ammo saraton rivojlanib, metastaz bosqichiga o‘tganda jigar joylashgan hududda qattiq og'riq paydo bo'lib shishishlar kuzatiladi. Yana ko'ngil aynishi, qayt qilish, ishtahaning yo'qolishi, bosh aylanishi yoki charchoq va suyaklarning og'rishi ham kuzatiladi
sh: bu vaziyatlar shuni anglatadiki allaqachon jigardagi saraton eng rivojlangan bosqichga yetib kelgan bo'ladi, sizdagi saratonning rivojlanib ketishiga sabab meyordan ortiq alkogol istemol qilgansiz va uzoq muddat davomida shifokor ko'rigidan o'tmagansiz
Jungkook shifokorning gaplarini eshtarkan oyoq qo'llari titrab vujudini qo'rquv egalladi. Chunki shifokor aytayotgan barcha belgilar unda allaqachon kuzatilishni boshlagandi lekin u sog'ligiga etibor qilmadi
Jk: m...me...men agar saratonga chalingan bo'lsam buni qandaydir davosi bo'lishi kerakku to'g'rimi, menga ayting barcha muolajalarni olaman. Puldan muammo yo'q
Sh: mazur tuting juda afsusdaman. Saraton eng rivojlangan bosqichda. Buni hech qanaqasiga davolab bo'lmaydi. Umringiz oz qolgan......
Jk: meni chet elda ham tanishlarim bor. Axir hozir meditsina rivojlangan. Qanday qilib buni davosi bo'lmasligi mumkin. Men albatta sog'ayaman. Bunga majburman. Taeni erta tashlab ketolmayman yo'q
Jungkook qattiq shok holatiga tushib kasalxonadan ketib qoldi. Uyga kelgach chet eldagi tanishlariga qo'ng'iroq qilib, saraton bo'yicha surishtirishni boshladi. Jungkook Taehyung uchun yashab qolishni judayam istayotgandi. Hali Tae bilan amalga oshiradigan orzular juda ko'p. Ularni his qilib ko'rmaguncha qayerga ketaman deb o'zini ishontirib kasallikka davo izlashni boshladi
Jungkook chet eldagi eng mashhur shifoxonalarga qo'ng'iroq qilib kasallikka davo izlarkan hamma kasalxonalardan bir xil javob olaverdi "Saratonning rivojlangan bosqichida hech qanday chora ko'rishni imkoni yo'q. Umringiz judayam oz qolgan"
Shunga qaramay Jungkook umidini so'ndirmadi. Unda oxirgi imkon qoldi. Germaniyadagi bir mashhur kasalxonaga qo'ng'iroq qilganida ular Jungkookni kasalxonaga tashrif buyurishini so'ngra shifokorlar uni yaxshilab tekshirib keyin davolashlarini aytishdi. Jungkook bundan judayam xursand bo'lib ketdi
Jk: nihoyat men topdim, Germaniyaga borib davolanib qaytaman keyin Taehyung bilan qolgan umrimni birga o'tkizishim mumkin bo'ladi
Jungkook darhol chipta buyurtma qilib Germaniyaga yo'l oldi. Yo'lda uni yana qorin atrofidagi og'riqlar ko'ngil aynishi ko'p bezovta qildi. Lekin Jungkookda kichik bo'lsada umid bor. U bu sinovni yengib o'tishiga ishonardi
Samolyot Germaniyaga qo'ndi. Jungkook boshqa hech narsaga chalg'imay to'g'ri shifoxonaga yo'l oldi. Chunki vaqti judayam oz qolganini bilardi
Ahvoli og'irligiga qaramay o'zini yaxshidek kuchlidek ko'rsatardi xolbuki Jungkook kasallik bilan yolg'iz kurashardi. Hatto bitta yaqiniga ham o'z dardlarini ayta olmagan
U kasalxonaga yetib bordi. 3 kun mobaynida Jungkookni judayam sinchkovlik bilan tekshirishdi. Uni o'zi kasalxonada qoldi.
Nihoyat bugun Jungkookga tekshiruv natijalarini malum qilishadi. Jungkook bosh shifokorning xonasiga asta yurib borarkan yuragini nimadir tirnardi. Unda qattiq qo'rquv bor edi chunki u hozir yolg'iz o'z qismatini eshtish uchun ketmoqda
Shifokor xonasiga kirib stolga o'tirdi. Natijalarni eshtishdan oldin 2-3 marotaba chuqur nafas oldi
sh: janob sizni sinchkovlik bilan tekshirdik. Siz rostan ham jigar saratonining eng rivojlangan bosqichidasiz. Bularni aytishdan judayam afsusdaman lekin bizning shifoxonamizda ham saratonning rivojlangan bosqichiga davo yo'q. Lekin siz umidingizni so'ndirmang, yaqinlaringiz bilan vaqt o'tkizing albatta mo'jizalar ro'y berishi mumkin
Jungkook qo'rqqan narsasiga yana duch keldi. Bu gaplarni eshtarkan allaqachon umrining oxirini yashayotganini his qildi
Jk: iltimos yana qancha vaqtim qolganini ayting
Jungkookning ich ichida dunyolar qulardi. U so'nggi umididan ham ayrildi. U juda ko'p o'ylandi oxiri Koreyaga qaytib Taehyungga umri oz qolganini, undan nafratlansa ham hayotining so'nggi kunlarini birga o'tkizishni iltimos qilishni rejalashtirdi
Bu vaqt mobaynida Jimin va Yoongi Taekookni yarashtirish ularni Nega urushganini aniqlash bilan ovora edi
Yoongi hatto Jungkookni Germaniyaga ketganidan bexabar edi.
Jungkook Koreyaga qaytgach bir kun mobaynida hech qayerga qimirlamay uxladi
Jungkook Koreyaga qaytgach bir kun mobaynida hech qayerga qimirlamay uxladi
Yoongi uyg'onib oshxonaga tushdi. O'ziga qahva damlab turgan paytida Jimin qo'ng'iroq qildi
Jm: Jungkook Taehyungni singlisiga tegajog'lik qilganmi? Bundan xabaring bormidi?
Yg: nimalar deyapsan. Bunday bo'lishi mumkin emas. U Taehyungni qanchalar sevishi ko'zidan bilinib turardi. Sevgilisini singlisiga bunday qilmagan bo'lardi
Jm: hozir to'ydan oldin Eujin va Taehyungni suhbatini eshtib qoldim. Menimcha ular shuning uchun ajralishgan
Jungkookni og'riqlar yana bezovta qilgani sabab oshxonaga suv ichish uchun tusharkan Yoongini gaplari uni to'xtashga majbur qildi
Yg: to'y deysanmi? Nima Taehyung uylanyabdimi?
Birdan qo'ng'iroq uzilib qoldi
Jungkookga havo yetishmay qolib joyida yerga o'tirib qoldi. Yoongi shovqinni eshitgach Jungkookga ko'zi tushdi va darrov yoniga kelib unga yordamlashdi
Jk: Taehyung uylanayotgan ekanmi?
Jungkook amallab o'rnidan turdida ichidagi olovni bosish uchun suv ichib xonasiga chiqib ketdi
Yoongi do'stiga qanday yordam berishni ham bilmay qoldi. Tinmay bo'layotgan voqealarni o'ylab tahrirlashga urinardi. Jiminga qayta qo'ng'iroq qilganida u telefonni ko'tarmadi
Lekin Yoongi Jungkookga ishonayotgan yagona inson edi. U Koreyaga qaytganida duch kelgan o'sha butunlay o'zgargan Jungkookdan bunday ishlar kuta olmasdi
Jungkook esa Taehyungni yoniga bormaslikka qaror qildi. U Taeni baxtiga to'sqinlik qilishni istamadi. U Amerikaga qaytib ketib o'sha yerda o'lim topishni afzal ko'rdi. Hech kimga indamay Amerikaga jo'nab ketdi
Oradan bir kun o'tgach Yoongi telefonini titkilab o'tirar ekan birdan Koreyaga qaytishidan oldin Jungkook bilan suhbati yodiga tushdi. O'sha paytda bir qizni Jungkookga qilayotgan do'q po'pisasini aniq tiniq eshitgandi. Yoongi darhol kiyinib qo'ng'iroqlar tarixini ochtirish maqsadida ketdi. Bu ko'p vaqtni olganligiga qaramay nihoyat Yoongi yozib olingan qo'ng'iroqlar ovozlarini qo'lga kiritdi va aynan u Koreyaga qaytgan kunidagi yozuvlarni eshtishni boshladi
Sen qanday foxisha qizsanki........qanday qilib Seni xohlamagan bir erkakka yopishaverasan......... Taehyungni hurmatini deb jim yuribman, menga qilgan shuncha tuxmatlaring, sevgi izhorlaring, birga o'tkizmagan tunimiz haqidagi o'ylab topgan ertaging haqida akangga aytmaganim uchun rahmat ayt
Shu gaplaring uchun hali seni afsuslantiraman........Tuxmat qilgan bo'lsam, endi ko'rasan haqiqiy tomoshani......... Sen meni kimligimni hali bilmaysan........ akam bilan munosabatlaringiz haqida bilmaydi deb o'ylaysanmi........Akam meni hamma gaplarimga ishonadi, shunday ekan, endi o'zingdan ko'r
Yg: lanati jin ursin men bilganim shunday ekanligini
Yoongi darhol ovozlarni eshtirish maqsadida Taehyungni yoniga yo'l oldi
Nihoyat Taehyung bilan bafurja gaplashish uchun imkon topdi va ovozlarni unga qo'yib berdi. Taehyung ovozlarni eshtar ekan ko'nglida bir yorug'lik va uyat hissi bittada jonlandi. Jungkookga ishonmay unga qilgan qo'pol muomilasi uni qiynoqqa sola boshladi
Taehyungni shu qadar jahli chiqdiki hatto Eujinga qo'l ko'tardi
Eujinni jahli bosilguncha og'zi burni qonab ketguncha do'pposladi va yerto'laga qamab qo'ydi
Th: Yoongi tezroq meni Jungkookni yoniga olib bor iltimos qilaman
Th: qanaqa to'y haqida gapiryabsan?
Yg: seni to'ying bo'lmayabdimi?
Th: yo'q meni to'yim bo'lmadi. Shunchaki kecha oilaviy bolalikdagi do'stimning to'yiga borgan edik. Nega hozir buni so'rayabsan
Yg: jin ursin biz seni noto'g'ri tushunibmiz. Qani shoshil tezroq Jungkookni yoniga boraylik
Taehyung va Yoongi shoshilib Jungkookni uyiga kelishdi. Jkni xonasiga yaqinlashishar ekan Taehyungni yuragi judayam qattiq bosim bilan ura boshladi
Taehyung va Yoongi shoshilib Jungkookni uyiga kelishdi. Jkni xonasiga yaqinlashishar ekan Taehyungni yuragi judayam qattiq bosim bilan ura boshladi
Taehyung va Yoongi shoshilib Jungkookni uyiga kelishdi. Jkni xonasiga yaqinlashishar ekan Taehyungni yuragi judayam qattiq bosim bilan ura boshladi
Ular xonani ochib ichkariga kirishganida xonani bo'shligini ko'rib hayron qolishdi. Jungkook uyda yo'qligini faxmlashdi. Birdan Yoongi yerda yotgan qandaydir qog'ozlarga ko'zi tushdi. Ularni olib ko'zdan kechirarkan Taehyung ham unga qo'shildi
Bu qog'ozlar Jungkookga kasalxona tomonidan berilgan, uni saraton kasalligi haqida tashxis qo'yilgan qog'ozlar edi
Bularni o'qiyotgan Yoongini qo'llari qaltirab nafas yetishmay qoldi. Uni tepasida Taehyung ham bundan xabar topayotgandi. Yoongini qo'llaridan qog'ozni yulib olib qayta qayta o'qidi bunga hech ham ishongisi kelmasdi
Taehyung sarosimaga tushib Jungkookni izlay boshladi. Yoongi va Taehyung Jungkookni har yerdan izlashdi
izlash bilan oradan 3 kun o'tib ketdi.
Yg: oxirgi manzil bu uni Amerikadagi uyi.....
Taehyung buni eshitgach Yoongi bilan ham ishi bo'lmay chipta buyurtma qilib Jkni AQSHdagi uyini manzilini olib yo'lga tushdi
Taehyung nechi kundan beri Jungkook sabab halovatini yo'qotgan. Tuz ham totgani yo'q. Tinmay ko'z yosh to'kardi. Umridagi eng katta xatoni qilganini tushunib yetgandi allaqachon.
Taehyung tezroq Jkni yoniga borishni istardi lekin negadir yo'l judayam uzoqlik qilayotgandek tuyulardi
nechi soat deganda nihoyat Taehyung Amerikaga yetib keldi. Darhol o'zining IANnini ko'rishga shoshildi
Taehyungning yuragi nimagadir judayam g'ashdek edi
U Jkni uyiga yetib kelgach tinmay eshikni taqillatdi. Lekin eshik ichkaridan qulflangan edi va hech kim eshikni ochmadi
Oxiri Taehyung eshikni buzib kirganini biladi birinchi bo'lib polda yotgan Jungkookning jasadiga ko'zi tushdi
Jungkookning joni allaqachon uzilgan💔
Taehyung Jkga qarar ekan nafas olishi qiyinlashib yerga o'tirib qoldi. Sekin sudralib kelib Jkni jonsiz tanasini ko'tarib quchoqlay boshladi. Jkning muzdek tanasi Taega xuddi issiqdek tuyuldi. Tae uni o'lgan ekanligiga hali hamon ishonolmasdi
Inson nonsiz suvsiz qanchadir kun yashashi mumkin lekin umidsiz bir daqiqa ham yashay olmaydi Jungkookda esa yashashiga undaydigan hech qanday zarracha umid ham yo'q edi
Taehyung uning o'lganiga ishonolmay tez yordamni chaqirdi lekin uni joni uzilganiga ancha bo'lgan
Th: yolvoraman IAN meni tashlab ketma, bunga haqqing yo'q. Men sensiz qanday yashayman. turaqolsangchi IAN, ko'zlaringni ochsangchi IAN!!!!!!
Taehyung ich ichidan qancha afsuslansa ham endi barcha narsalar uchun allaqachon kech bo'lgandi
Jungkookning dafn marosimi ham o'tdi. Lekin Taehyung qabr tepasidan hech ham ketolmadi. U qabrga gullar qo'yib xayollarida xuddi Jk bilan gaplashardi
O'sha kunni o'zidayoq ular Jungkookning telefonini Taehyungga topshirishgandi. Lekin hozir Tae telefon titkilab o'tiradigan ahvolda emasdi
Jungkookning o'limidan keyin Yoongi ham umuman uyidan chiqmay qo'ydi. Bundan kech xabar topgan ukasi Jungwon ham Juda qattiq afsuslandi lekin judayam kech
Jungkook o'limini bilganida nomidagi barcha boyliklarni yarmini Taehyungni nomiga qolgan yarmini Jungwonni nomiga rasmiylashtirib qo'ygan edi
shu tarzda oradan biroz vaqt o'tdi lekin hamon Taehyung Jkni qattiq sog'inardi. Keyinchalik uni telefoni yodiga tushdi va uni quvvatlab yoqdi.Taehyung galereyani titkilar ekan u yerda faqat o'zining rasmlarini ko'rdi. Ular orasida minuti judayam ko'p bo'lgan videoga ko'zi tushdi. Uni yaqinroqdan ko'rish maqsadida telefonni televizorga ulab videoni yoqdi