October 21

Still with you 11-qism

Th: nima? qanday xiyonat? kim haqida gapiryabsan

B: Park Hyunsik haqida albatta, unga juda ko'p ishonarding lekin u seni ortingdan nimalar qilganidan xabaring yo'q

Th: nimalar deyapsan?

B: kompaniya qarzlarini seni bo'yningga ilib qo'ygan aynan u bo'ladi, men bularni hammasini surishtirib bilib oldim, qog'ozlarni stoling ustiga aynan u qo'ygandi

Taehyung Bogumni gaplarini eshtar ekan benihoya qattiq shok holatida qoldi chunki Park Hyunsikni o'ziga juda yaqin olardi

AVTOR POV

oradan bir muddat vaqt o'tdi

Bugun Jungkookni tug'ilgan kuni lekin bundan Taehyungni hali xabari yo'q, Jk 26 yoshga kiradigan ajoyib tongda uyg'ondi, ertalabdan uni kayfiyati alo darajada. Dushga kirib yangi tug'ilgan chaqaloq kabi bo'ldiyu judayam chiroyli kiyimlarini kiyib xonasidan chiqdi, qadam bosguncha sochlarini to'g'irlab zinadan asta tushdi

Lekin birdan qayerdandir Eujin Jungkookni qarshisida paydo bo'ldi. Jungkook birzum to'xtab kayfiyati buzildi va unga past Nazar bilan qarab gapirishini kutayotgandek ikki qo'lini cho'ntagiga soldi

Jk: menga qara, o'sha kuni senga yaxshilab tushuntirdim akangni hurmati bilan senga qattiq gapirmayabman, sen bo'lsa borgan sari haddingdan oshyabsan, qaytib yo'limdan chiqma demaganmidim..aaa.. Shu yuzingni ortiq ko'rishni istamayapman dedim senga

E: senga oson ekanda birovlarni hayotini o'yinchoq qilish. Meni homilador qilib endi ko'zimga ko'rinma deysanmi, qornimdagi bolani laylak tashlab ketdimi seningcha

Jk: ahahaha qaysidir laylak o'ynashingdan bola orttirib menga to'nkayabsanmi?!?! Men senga anoyilardan emasman o'sha tunda mast holatda bo'lgan bo'lsamda hamma narsani eslay olaman

Eujin va Jungkook suhbati

E: Hali bola seniki ekanligini isbotlayman, shunda sen bilan boshqacha gaplashamiz😒

Jungkook Eujin'ni turtib o'ziga ishonch bilan shaxtam qadam tashlab uydan chiqib ketdi

AVTOR POV

aslida Jungkook o'sha tunda nimalar bo'lganini umuman eslay olmaydi lekin o'ziga ishonchi katta. U Taehyungga oshiq bo'lganidan buyon qizlarga hatto qo'lini uchini tekkizishga jirkanadigan holatga kelib qolganini biladi. O'sha tunda aslida nima bo'lgani sizu bizga qiziq, balki keyingi qismlarda bu oshkor bo'lar......

Har doimgidek, Taehyung KIA'ning eng hashamatli moshinasi yonida Jungkookni kutardi. Jungkook o'zining takrorlanmas kelishgan holati ila uy eshigidan chiqib Taeni yoniga yaqinlasharkan, Taehyung undan ko'zini uzolmay qoldi. Tae uchun dunyo bir muddat to'xtab qoldi. Unga hozir atrofidagi hech narsa ko'rinmas eshtilmas edi

Jk: xayrli tong kichkintoy 🌝

Th: a...xayrli kech....

Jk: xayrli kech?😂

Th: mazur tuting...xayrli tong demoqchi edim

Jungkook unga ayyorona jilmayib qo'ydi. Ular ikkisi ham moshinaga o'tirishdi

Taehyung jimgina moshinani haydab ketardi Jungkook ham unga indamay telefonidan boshini ko'tarmay nimadir ishlar bilan band bo'lib ketishardi

Taehyung har zamon Jungkookga qarab qarab yo'lda davom etdi

Th: Ian nimagadir bugun har kungiga qaraganda judayam xursandsiz. Umuman telefondan bosh ham ko'tarmayabsiz

Jk: ha aytkancha .......Senga aytishni unutibman. Bugun uyimizda katta bazm bo'ladi shunga ishchilarni yolladim. Sen hozir meni kompaniyaga tashlagandan keyin tayyorlanib uyda bo'lib tur, keyinroq ishlarimni yakunlagach men o'zim qaytaman

Taehyung "mayli" ishorasini qildi va indamay yo'lida davom etdi. Jungkookni kompaniyaga tashlagach o'zi Bogumni yoniga ketdi

AVTOR POV

bu axmoq bola Jungkook Bogumdan uni qanchalik rashk qilishini bila turib tinmay Bogumni yoniga boraveradi. Agar bulardan Jungkook xabar topsa Taeni ahvoliga maymunlar yig'lashi aniq

B: Taehyung qasd olishing kerakligi haqida aytyabman senga. Hyunsikdan qasd ol. Buni shundayligicha qoldirma, bunda senga yordam beraman

Taehyung judayam oqko'ngil bo'lgani sabab qasd olish haqida juda ko'p o'ylandi

oradan 1 soat vaqt o'tdi. Taehyung uyga qaytdi. Darvozadan kirishi bilan butun uy hovlisi xizmatkorlar tomonidan maxsus tug'ilgan kun uchun bezatilgan. Nafaqat hovli balki uyning ichkarisi ham 26 sonli sharlar bilan bezatilingandi

Tae Jungkook ertalab bazm haqida gapirganida aynan tug'ilgan kuni ekanligini nazarda tutganini tushunib yetdi

Th: jin ursin, bunday muhim kun haqida nega judayam kech bildim. Unga sovg'a ham tayyorlamagan bo'lsam

Taehyung Jungkook uchun qanday sovg'a olishni bilmay boshi qotdi, axiyri unga juda ajoyib g'oya keldi va uydan shoshilgancha chiqib ketdi

Jungkook o'zi taklif qilgan mehmonlarini kelishidan biroz avval uyga yetib keldi. Uning ko'zlari Taeni qidira boshladi lekin u uyda yo'q. Jungkook hayron bo'ldi. U o'ylagandiki allaqachon Taehyung uyda bo'lishi kerak edi. Jungkook shoshilib xonasiga chiqib tug'ilgan kun uchun mos kiyindi. U biroz qolib ketdi. Allaqachon mehmonlar birin ketin kela boshlashdi. Jungkook ham ularni kutib olish maqsadida chiqdi

Jungkook ko'p mehmonlarini o'zi kutib oldi. Lekin hamon Taehyungni qidirardi. Unga qo'ng'iroq qildi afsus Tae javob bermadi

Birozdan so'ng Taehyung qo'lida qandaydir kattaroq quti bilan shoshilib kelib mehmonlar ko'zidan pana holatda uy ichiga kirib ketdi

Qo'lidagi qutini tashlab tashqariga yani Jungkook yoniga chiqdi. Mehmonlar bilan gaplashib turgan Jungkook Taeni ko'rib yoniga bordi

Th: sizga sovg'am bor edi

Jungkook o'zida yo'q judayam xursand bo'ldi. Ikkisi Jungkookni xonasiga chiqishdi chunki Taehyung o'z sovg'asini o'sha yerga qo'yib chiqqan edi. Xonaga kirishi bilanoq Jungkook ne ko'z bilan ko'rsinki kichik kuchukcha quti ichida sakrab sakrab turardi

Th: esingizdami, ikkimiz ovqatlanishga borganimizda o'sha yerdagi kuchuk bilan juda ko'p o'ynagandingiz. O'sha paytdayoq kuchuklar sizga yoqishini tushunib yetgandim. Shuning uchun sizga kichik kuchukcha sovg'a qilishni o'yladim. Bazmdan so'ng agar xohlasangiz unga birgalikda ism qo'yamiz

Jk: rostan ham o'shanda sen bilan birga ovqatlangani borganimizda men ko'p o'ynagan kuchukcha judayam yoqqan edi. Sen judayam etiborlisan kichkintoy

Jungkookning tug'ilgan kuniga olgan eng zo'r sovg'asi bu aynan Taeni sovg'asi bo'ldi

Ular ikkisi birga mehmonlar yoniga chiqishdi. Bazmga Park Hyunsik ham tashrif buyurgandi lekin Taehyung ikkisi hali to'qnashishmadi. Bazmga kelgan mehmonlar Jungkookga turli xil qimmatbaho sovg'alar berishardi, birga suhbatlashishardi. Bazmga taklif qilingan mehmonlarning bari Jungkookning badavlat hamkorlari. Bazm o'rtasida Jungkookni yoniga borib suykalishni boshlagan Park Hyunsikni Tae payqab qoldi

Th: jin ursin, u bu yerda nima qilyabdi, uni Jungkookda nima ishi bor

Park Hyunsikning bazmga taklif qilinishi Taeni hayratda qoldirdi. Uyam yetmagandek Jungkookga kim yaqinlashsa Taeni jahli chiqayotgandi. Albatta buni rashk deb atasak ham to'g'ri bo'ladi. Taehyung Jungkookga Park Hyunsikni aytish uchun yoniga yaqinlashishga bir qadam bosganida bazmga judayam kutilmagan mehmon tashrif buyurdi. Jungkook uni ko'rgan zahoti yuragi juda bejo ura boshladi

Winter: Hello, bazmni buzib qo'ymadimmi ahahaha

ha aynan bu Jungkookni Amerikadagi sobiq sevgilisi...